MAKTAB VA OTA-ONA HAMKORLIGINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada yosh avlodga ta’lim tarbiya berish jarayonida ota-ona va ta’lim muassasasining hamkorlikda ish yuritishi, bola tarbiyasida oila muhitining ahamiyati va ta’lim muassasalaridagi mas’ul shaxslarning vazifalari haqida fikr yuritiladi.
Full text
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 160 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us MAKTAB VA OTA-ONA HAMKORLIGINING PEDAGOGIKPSIXOLOGIK ASOSLARI Termiz davlat pedagogika institute Tillar fakulteti rus tili ta’lim yo’nalishi talabalari Boltayeva Ruxshona Shaydam qizi Baxriyeva Ra'no Abror qizi. Anotatsiya: Ushbu maqolada yosh avlodga ta’lim tarbiya berish jarayonida ota-ona va ta’lim muassasasining hamkorlikda ish yuritishi, bola tarbiyasida oila muhitining ahamiyati va ta’lim muassasalaridagi mas’ul shaxslarning vazifalari haqida fikr yuritiladi. Kalit so’zlari: Ta’lim sifati, oila, oila muhiti, ota-ona nazorati, ota-ona savodxonligi. Yurt kelajagi, vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimiz va yoshlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liqdir. Shu sababli har bir ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, o‘nib-o‘sib kelayotgan yoshlarni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”. Shunday ekan, ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borish talab etiladi. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov o’z asarida shunday deydi: “Inson qalbiga yo’l, avvalo, ta’ lim-tarbiyadan boshlanadi”. Shu bois ham yoshlarga ta’ lim-tarbiya berish jarayonida ota-onalardan va o’qituvchi pedagoglardan mehnat va yuksak mahorat talab etiladi. Oila bolaning shaxsini tarkib shakllanishida eng muhim omildir. Tevarak-atrof muhit toʻgʻrisidagi birinchi bilimlar oilada beriladi, asosan bolaning nutqi va tafakkurining qay tarzda rivojlanishi oila muhitiga bogʻliq. Bolaning qanday inson boʻlib voyaga yetishishi ota-ona tarbiyasi va atrof muhitga bogʻliq. Pedagoglar ta'lim-tarbiya jarayonini toʻgʻri tashkil etishda muhim jihatlardan biri otaonalarning savodxonligida deb hisoblagan.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 161 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Buyuk vatandoshimiz Imom Gʻazzoliy bunday deydi: “Bolalar ota-onalariga berilgan bir omonatdir. Bolaning qalbi har qanday naqsh-u tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi. Agar yaxshilikka o‘rgatilsa, shu bilan o‘sadi va dunyo-yu oxiratda saodatga erishadi. Uning savobiga ota-onasi ham, har bir muallim-u ustozlari ham sherik bo‘ladilar. Agar yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, oxir-oqibat halok bo‘ladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar bo‘lganlarning gardaniga tushadi”. Har bir bolaga munosabat ota-onaning ham, o’qituvchining ham Vatanimizga bo’lgan munosabatini aks ettiradi. Tarbiyani faqat oilaga yoki ta’lim muassasasiga tashlab qo’ymay, hamkorlikda ish yuritsagina o’sib kelayotgan yosh avlod barkamol va har tomonlama yetuk bo’lib yetishadi. Barkamol avlodni tarbiyalashda asosiy bo’g’inlardan biri ota-onalar va mahallalar bilan yaqin hamkorlikda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishga mas’ul bo’lgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Mustaqil fikrlaydigan, o’zining qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo’lgan yoshlarni tarbiyalash; 2. Ta’ lim muassasalarida o’quvchilarning ichki tartib odob-axloq qoidalariga to’liq amal qilinishini ta’minlash; 3. O’quvchilar o’rtasida milliy mafkurani targ’ib qilish, aqidaparastlik, diniy ekstremizm va milliy taraqqiyotimizga zararli boshqa g’oyalarning kirib kelishiga qarshi kurashishni tashkil etish; 4. O’quvchi yoshlarning ta’lim muassasalarida ta’ lim tarbiya jarayonida turli xil chalg’ituvchi vositalar ( uyali aloqa vositalari, komputerdagi o’yinlar, ommaviy ijtimoiy tarmoqlar) ning zarari va ularning oqibatlarini oldini olish bo’yicha keng targ’ibot ishlarini olib borish; 5. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ta’lim muassasalarining va mahallalarda fan, sport va qiziqishlar bo’yicha to’garaklar faoliyatini kuchaytirish va doimiy nazorat qilish; Oilada bolani tarbiyalashda kundalik oilaviy va maktab kun tartibini oʻrnatish va unga rioya qilishga oʻrgatish pedagogik jihatdan katta ahamiyatga egadir. Kundalik qat'iy rejim organizmning bir maromda ishlashi, jismoniy salomatligini saqlash, shuningdek, uni hamma narsani oʻz vaqtida bajarishga, mas'uliyat bilan yondashishga, tartibli boʻlishga odatlantiradi.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 162 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Bolani maktabda qanday oʻqishi koʻp jihatdan oilasiga bogʻliq boʻladi. Bolani yaxshi oʻqishi uchun moddiy va ma'naviy gʻamxoʻrlik qilish muhimdir, ya'ni stol-stul, oʻquv qurollari va oʻqish muhitini yaratib bera olish kerak. Oʻqituvchi oʻzining oʻquvchilarining oila muhiti, shart-sharoitlari bilan tanishib chiqishi bolani yanayam yaxshiroq tushinadi. Ota onalar ham bolasini maktabda kimlar bilan oʻrtoqlashayotgani, qanday oʻqiyotganligidan xabardor boʻlib turishlari lozim. Ota-onalar farzandlarini bo’sh vaqtlarini foydali ishlarga bandligini ta’minlash kerak, o’qituvchilar bilan birgalikda bolada kitobga mehrni oshirishi, ota-onalar va o’qituvchilar yoshlarga o’rnak bo’la olishlari muhimdir. Maktabdan tashqari ham qo’shimcha mashg’ulotlar ( sport, musiqa yoki til) bilan bo’sh vaqtini band qilishda moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash maqsadga muvofiqdir. Yoshlar o’rtasida ko’pgina muammolar, yomon yo’llarga kirib ketishi bekorchilikdan kelib chiqadi. Bola maktabga roʻyxatiga kiritilganch, har bir oʻquvchining ota-onasi bilan ta'lim muassasasining rahbarlari, sinf rahbari bilan aloqa bogʻlaydi. Bolalarning darsdan tashqari boʻsh vaqtlarni qanday oʻtkazotganligi va boʻsh vaqtlarini qanday oʻtkazish haqida oʻqituvchilar ma'lumot berib turishlari kerak. Tarbiya ishlarini hamkorlikda olib borilishi doimo ijobiy natija bergan. Bola tarbiyasida ularning yosh jihatiga, ruhiyatiga, shaxsiy individual xususiyatlariga alohida e'tibor berishlari zarurdir. Bolaga ta’lim-tarbiya berish jarayonida otaon ava o’qituvchilarning ruhan tushinishi muhimdir. Motivatsiya berish, rag’batlantirish, mehr berish va yetarlicha vaqt ajratish yosh avlodni kamol topishida muhim omillardir. Abdulla Avloniy ham oʻzining " Turkiy guliston yoxud axloq" nomli asarida shunday deydi: " Tarbiyani kimlar qilir? Qayerda qilir?" degan savol keladir. Bu savolga birinchi uy tarbiyasi, bu ona vazifasidir. Ikkinchidan, maktab va madrasa tarbiyasidir", - deydi. Shunday ekan, bola ta’lim tarbiyasida ota-ona savodxonligini oshirish maqsadida yurtimizda turli xil choralar ko’rilyapti. Oliy ta’lim muassasalariga kirishda xotin-qizlarga alohida to’xtalib, ko’p va qo’shimcha kvotalar ajratilishi, magistrga kirgan xotin-qizlarning kantraktlari davlat byudjetidan to’lab berilishi, kantraktlarini to’lashga qiynalayotgan xotin-qizlarga foizsiz ta’lim kreditlari ajratib berilishi,albatta, oiladagi savodxonlikni oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Ta'lim tizimida ota-onalarga eng yaqin inson bu sinf rahbar hisoblanadi.Otaona bilan ishlash, asosan, sinf murabbiyining vazifasiga kiradi . Sinf rahbarining vazifasi sinf
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 163 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us jamoasida ota-onalar va bolalar oʻrtasida yaxshi atmosferani yaratish, ularga ishonchli va yaxshi maslahatchi boʻla olish, ota-onalarning oʻz bolasi tarbiyasida koʻmakdosh boʻla olishdir. Bizning jamiyatimizda bola kamolotida ta'lim muassasasining va oilaning maqsadi yosh avlodga toʻgʻri tarbiya berish, toʻgʻri yoʻlga boshlashdir. Maktab bilan oila oʻrtasidagi bolalarni tarbiyalashda oʻzaro hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiqdir. Har tomonlama barkamol, komil insonni tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. " Mustahkam oila" yili davlat dasturining 69-bamdi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyundagi " Barkamol avlodni tarbiyalashda oila va ta'lim muassasalari bilan oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi 175sonli qarori qabul qilindi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq”. “ Cho’lpon”, 1994 2. I. A. Karimov, “ Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent – 2008. 3. Mardonov Erkin Xasanovich O‘quvchilarda tafakkur xususiyatlarini rivojlanish jarayoni “Zamonaviy talimda pedagogika va psixologiya fanlari” elektron jurnali Jizzax davlat pedagogika instituti.№2.2023. 4. Mardonov, E. (2023). O ‘QUVCHILARDA TAFAKKUR XUSUSIYATLARINI RIVOJLANISH JARAYONI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2). 5. Xasanovich, M. E. (2023). O’QUVCHILARDA FIKRLASH JARAYONI. Journal of Universal Science Research, 1(6), 847-851.