JADID ADABIYOTINING XORIJ ADABIYOTSHUNOSLIGIDA OʻRGANILISHI (JEFF SAHADEO)
Full text
175 3 5 JADID ADABIYOTINING XORIJ ADABIYOTSHUNOSLIGIDA OʻRGANILISHI (JEFF SAHADEO) Kenjayev Farxod Ikram o‘g‘li, O‘z RFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti kichik ilmiy xodimi, E-mail: [email protected] UOʻK 821.512.133.09’06-047.48 ORCID: 0009-0004-4332-8951 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18014047 Annotatsiya: Ushbu maqolada jadid adabiyotining xorijiy adabiyotshunoslikda, xususan, Jeff Sahadeo tadqiqotlarida o‘rganilishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda Sahadeonning Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati, mahalliy jamiyat va jadidchilik harakatiga doir qarashlari ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, jadidlarning ma’rifiy va siyosiy faoliyatining xorijiy manbalarda aks etishi, jadidchilikning milliy o‘zlikni anglash va modernizatsiya jarayonidagi o‘rni tahliliy yondashuv asosida baholanadi. Kalit so‘zlar. Jadidchilik, Jeff Sahadeo, mustamlakachilik, Turkiston tarixi, modernizm, jadid matbuoti, ozodlik harakati. Abstract: This article analyzes the study of Jadid literature in foreign literary scholarship, with a particular focus on the works of Jeff Sahadeo. The research examines Sahadeo’s scholarly interpretations of the Russian Empire’s colonial policy in Turkestan, the local society, and the Jadid movement. It also evaluates the representation of the Jadids’ educational and political activities in foreign sources and assesses the role of Jadidism in the processes of national identity formation and modernization through an analytical approach. Keywords. Jadidism, Jeff Sahadeo, colonialism, history of Turkestan, modernism, Jadid press, national liberation movement. Аннотация: В данной статье анализируется изучение джадидской литературы в зарубежном литературоведении, в частности в трудах Джеффа Сахадео. В исследовании раскрываются взгляды Сахадео на колониальную политику Российской империи в Туркестане, местное общество и движение джадидов. Также оценивается отражение просветительской и политической деятельности джадидов в зарубежных источниках и роль джадидизма в формировании национальной идентичности и модернизации на основе аналитического подхода. Ключевые слова. Джадидизм, Джефф Сахадео, колониализм, история Туркестана, модернизм, джадидская пресса, движение за национальное освобождение. Kirish. Movarounnahr doimiy ravishda Markaziy Osiyo xalqlarining qizg„in voqealar yadrosini tashkil qilgan. Bunda siyosiy-ijtimoiy, ayniqsa adabiy hayotning butun aholiga ta‟sir doirasi ustun bo„lib, bu ham madaniy yetakchilikdan dalolat beradi. Necha yillar davomida hukm surgan mutelikka nuqta qo„yish maqsadida boshlangan harakat – o„z zamonasida turli xil tuhmatlarga mubtalo bo„lgan. Chor Rossiyasi bosqini paytida Farg„ona general gubernatori Mixail Skobelevning shunday gapi bor edi: “Millatni yo„q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyati, san‟ati, tilini yo„q qilsang bas, tez orada o„zi adoyi tamom bo„ladi...”[1]. Millatni savodsizlantirish fitnasi to yaqin kunga qadar o„z izini va ta‟sirini yo„qotmagan. Millat boshiga kelgan ko„lankani yo„q qilish vatanimiz ziyoli qatlamining zimmasida edi. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari millatni
176 3 5 uyg„otishga da‟vat qilgan holda asarlar yozishgan, teatrlar tashkil qilishgan va gazetalarda ilm olishga undovchi maqolalar e‟lon qilib turishgan. Maktablar uchun darsliklar yozib, muallimlik ham qilishgan. Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu tadqiqotda ilmiy manbalarni taqqoslash, kontent tahlili, xorijiy adabiyotshunoslarning fikrlarini qiyosiy o„rganish metodlaridan foydalanildi. Tahlil va natijalar. Dunyoviy bilim olish uchun yosh avlodni doimo qo„llab kelgan. Yurtboshimizning jadidchilik harakatining ilmiy ijodini va mashaqqatli hayot yo„lini o„rganish hamda o„rgatishga bo„lgan da‟vatlari bejiz emas. Prezidentimiz jadidlarning milliy davlatchilikka qo„shgan hissasini o„rganish dolzarbligicha qolayotganini ta‟kidlaydi. Barchamizga ayonki, “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan ezgu g„oya bilan maydonga chiqqan jadid bobolarimiz xalqlarimizni jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, ularni g„aflat botqog„idan qutqarishning asosiy yo„li – bilim va ma‟rifatda, dunyoviy taraqqiyotni egallashda, deb bildilar[2]. Bundan tashqari jadidchilik harakati nafaqat ma‟rifiy balki siyosiy ahamiyatga ega ekanligini ham alohida aytib o„tgan: Shu nuqtayi nazardan qaraganda, taraqqiyparvar ajdodlarimizning ilg„or g„oya va qarashlarini tadqiq etish va tizimlashtirish, Turkiston jadidlarining milliy davlatchilik rivojidagi o„rni va ta‟sirini o„rganish, XX asrning birinchi choragida ular tomonidan barpo etilgan davlat tuzilmalarining qonunchilik bazasini tahlil qilish, dunyoviy, huquqiy va demokratik jamiyat qurishga qaratilgan faoliyatiga tarixiy baho berish, Yangi O„zbekiston va Uchinchi Renessansni bunyod etishda ushbu merosning mustahkam poydevor bo„lib xizmat qilishi bilan bog„liq masalalar bugungi konferensiyaning asosiy muhokama mavzulari etib belgilangani alohida ahamiyatga ega [3]. Bugungi globallashuv davrida jadid adabiyotining xorij adabiyotshunosligida o„rganilishiga e‟tibor kuchaygan. Ayniqsa, mustamlakachilik davridagi qaram millatlarning ozodlik harakatlari xorijiy tadqiqotchilar e‟tiborini tortgan. Shunday tadqiqotlar egasi Jef Sahadeodir. Jeff Sahadeo tadqiqotchi sifatida u ko„pincha Markaziy Osiyo, Kavkaz, Rossiya, Sharqiy Yevropa va Yevrosiyo tarixi, imperiya, migratsiya va diaspora kabi mavzularni tadqiq qiladi. U hozirda Markaziy Osiyo va Kavkaz hududida olib boriladigan tadqiqotlar bilan shug„ullanadi[4]. Markaziy Osiyodagi mustamlakachi davlatning olib borgan siyosati va mahalliy xalqning ahvolini yoritgan ishlari katta e‟tiborga sazovor bo„lgan. Ayniqsa, millatni savodsizlantirish yoki ruslashtirish siyosati ochiq bayon qilingan. Olim Markaziy Osiyodagi vaziyatni yorituvchi bir qancha katta ishlarga qo„l urgan. “Everyday Life in Central Asia: Past and Present”(Markaziy Osiyo xalqining kundalik hayoti). Jef Sahadeoga ko„ra, ruslar koloniyaga aylantirilgan Toshkentda qo„llay boshlagan “sivilizatsiya” so„zi, biroz ma‟nosini o„zgartirgan va Yevropada ko„p ishlatiladigan “madaniyat”, “taraqqiyot”ga yaqinroq edi[5]. Bundan tashqari, ruslar Turkistonda shunday qizg„in jamiyat va iqtisodiy holatga duch keldilarki, bu ularning Osiyoning qotib qolgan va qoloq holdagi tasavvurlariga butunlay to„g„ri kelmas edi. Sahadeoning ta‟kidladshicha,
177 3 5 Markaziy Osiyo davlatlari rivojlanish niqobi ostidagi qoloqlikka botib borayotgan edi. Bundan tashqari olimning “Central Asiya”, “The Modern Uzbeks” asarlarida Markaziy Osiyo va o„zbek xalqining ayanchli tarixi ochib berilgan. Sahadeo Jeff o„zbeklarga va Toshkent shahrida alohida qiziqish bilan yondoshgan. Buning isboti sifatida esa “Russian Colonial Society in Tashkent” asaridagi qarashlarini keltirishimiz mumkin. Bu asarning kirish qismida Sahadeo asar uchun ma‟lumotlar yig„ish jarayonini eslaydi. “Yordam bergan ko„plab insonlar va tashkilotlardan minnatdorman. Menga bu loyihani amalga oshirishda, Musallam Jo„rayev va Ergash Umarov Toshkent kutubxonalari va arxivlarida beminnat yordam ko„rsatdi. Ushbu muassasalarning barchasida do„stona munosabat va yordam berishga tayyorlikni uchratdim, Erkin Abdullayev va Marhamat Sagatovnaga alohida minnatdorchilik bildiramiz”[6]. Asarda Jef istilodan oldingi Toshkent va uning tarixi, madaniy-ma‟rifiy markaz ekanligini e‟tirof qiladi. Shu bilan birga Toshkent xalqining ijtimoiy hayotini yoritishga ham uringan: “Toshkentning har bir mahallasi o„z iqtisodiy faoliyat sohasini rivojlantirdi. Biri egarga ixtisoslashgan, ikkinchisi atlasga, yana biri poyabzal yoki charm ishlab chiqarishga”[6]. Asarning “Marosimlar. Qurilish va xotira” sarlavhasi ostida berilgan qismida esa fon Kaufmanning Toshkent hududida olib borgan qurilishlari va “Rossiya bo„limi” haqida yozadi. Markaziy Osiyodagi, xususan Turkiston hududidagi mustaqillik harakatlari, ya‟ni jadidchilik haqida alohida bobda ko„plab ma‟lumotlarni, shu bilan birga boshqa xorijiy olimlarning asarlarini ham keltirib o„tadi. “So„nggi tadqiqotlar orasida, “Adeeb Khalid‟s study on modernist Central Asian intellectuals, the Jadids”( Adib Xolidning modernistik Markaziy Osiyo ziyolilari, jadidlar haqidagi tadqiqoti) bu asar Xolidning Rossiya imperiyasi va mahalliy xalqlar o„rtasidagi to„qnashuvlari, madaniyat va din haqidagi “mahalliy tushunchalarni tubdan o„zgartirish” Toshkentda jamiyat, iqtisodiyot va siyosat sohalari mustamlaka qilinganligi haqida”[6]. O„rta Osiyolik yosh ziyolilar o„zlarini “jadidlar” deb yoki “yangi usul mutafakkirlari” deb, o„zlarining taraqqiyot konsepsiyasini yaratdi. Markaziy Osiyoda qo„llab-quvvatlandi, sivilizatsiyaning ko„plab tushunchalariga amal qilgan bu harakat iqtisodiy o„sishning, Osiyodagi Toshkentda hokimiyat va ta‟sirga ega bo„lishning yangi yo„llarini taklif qildi. Lekin jadidlar ozchilik edi. Islom ruhoniylari tomonidan qoralangan bo„lsa-da, ularning intellektual energiyasi mahalliy jamiyatdagi yangi dinamizmni belgiladi va mustamlakachi kim ekanligini allaqachon oshkor qildi. Sahadeo Jef 1905-yildagi Turkistondagi voqealarni ham to„laligicha, haqqoniy tarzda yoritadi. Turkistonda nashr qilingan matbuot nashrlaridan “Turkiston viloyatining gazetasi”, “Taraqqiy”, “Xurshid” kabi gazetalarning turkistonliklar hayotidagi o„rni haqida, jadidchilarning harakatlari haqida ma‟lumotlar keltiradi. Jadidchilar tomonidan nashr qilingan bu gazeta va jurnallarda mustamlakachilik tuzumi qoralangan, din va ta‟lim masalalariga, ilm olishga aloqador chaqiruv va da‟vatlar e‟lon qilinib borganligi haqida alohida qayt qiladi. ““Jadid” atamasi ta‟lim sohasida faol edi. Ayniqsa, milliy o„zlikni
178 3 5 anglash, “yangi usul” maktablarini tashkil qilishda keng qo„llanilardi”[6]. Jadidchilik harakatining ovozi uzoq o„lkalardagi ilm ahlini ham befarq qoldirmagan. Bugungi davrda ularning olib borgan ishlari xorijiy adabiyotlar sahifalaridan joy olishi, keng omma e‟tiboriga taqdim etilishi katta ahamiyatga molik jarayondir. Yangi usul maktablarining ochilishida tashabbus ko„rsatgan jadidchilarimiz asarda sanab o„tilgan. Munavvarqori Abdurashidxon o„g„lining 1901-yilda yangi usul maktabiga asos solganligi, unda zamonaviy va diniy fanlar o„tilishi haqida ma‟lumotlar berilgan. Jadidchilik bugungi kunda ijtimoiy-tarbiyashunoslik fanida alohida oqim sifatida shakllanib ulgurgan. Munavvar Qori ilg„or fikrli, millatning kelajagini oldindan ko„ra bilgan taraqqiyparvar edi. U o„z faoliyatini Turkiston o„lkasida ayni paytda eng zarur bo„lgan yangi usuldagi maktab tashkil qilish va shu kabi maktablar uchun o„quv darsligi yozishdan boshladi. Uning “Adibi avval”,“Birinchi muallim”, “Adibi soniy”, “Ikkinchi muallim”, “Alifbo”, “Jug‟rofiya” kabi darslik kitoblari haqida ham qimmatli ma‟lumotlar Sahadeo Jef asarida keltirilgan. 1916-1917-yillar voqealaridagi jadidlarning faolligi, ular tuzgan jamiyatlar va ittifoqlar nomlari va a‟zolari bilan keltirilgan. Qo„zg„olonning asosiy sabablari sifatida esa rus podshosining aholini harbiy safarbarlikka jalb qiluvchi farmoni keltirilgan. Safarbar qilingan aholini esa erkaklar tashkil qilar edi. Bu esa aholining asosiy ishchi kuchi va oilaning ustuni edi. Natijada xalq orasida norozilik kayfiyati vujudga keladi. Farmonda Toshkent va Farg„ona aholisi ko„rsatilgan bo„lsa-da, norozilik harakatlari butun Turkiston uzra avj oladi. Natijada esa qo„zg„alon ayovsiz tarzda bostiriladi. Harakatning ko„plab ishtirokchilari o„ldiriladi, natijada esa xalq orasida ozodlikka va milliy o„zlikka erishish uchun ozodlik harakatlari kuchaya boshlaydi. Bu esa o„z navbatida oktyabr to„ntarishini vujudga keltiradi va Turkiston muxtoriyati tuziladi. 1916-yilgi Milliy ozodlik harakati Turkiston oʻlkasi tarixida muhim ahamiyatga ega boʻlgan voqea boʻlib, u mahalliy aholining Rossiya imperiyasiga qarshi noroziligini aks ettirdi va kelajakda mustaqillik uchun kurashda muhim rol oʻynadi. Xulosa. Sahadeo Jef bu voqealarni asarida bayon qiladi. Boshqa jahon tadqiqotchilarining bu harakat haqidagi fikrlarini ham keltirib o„tishni joiz deb biladi. Sahadeo Jef “Urush, imperiya va jamiyat 1914-1916-yillar” bobida bu harakatlar va qo„zg„alon sabablari va natijalarini bayon qiladi. Qo„zg„alon natijasida to„lgan qamoqxonalarini quyidagicha ta‟riflaydi: “Xorijiy kuzatuvchilarning ma‟lumotlari va arxiv ma‟lumotlari Turkistondagi qamoqxona hayotini yanada og„irroq tasvirlaydi. Jerom Devis, amerikalik olim 1916-yilda Toshkent tashqarisidagi asosiy qamoqxonaga tashrif buyurgan. Uni “o„lim lageri” deb atagan. O„n ming mahbusni sig„dirishga mo„ljallangan qurilma kabi edi. U yerda yigirma besh mingdan ziyod mahbus bor edi. Bezgak va toshmali tif tarqalgandi. Har kuni o„n besh yoki o„n sakkiz mahbus o„lmoqda. 1917-yilda Toshkentga harbiy asirlarga g„amxo„rlik qilish uchun kelgan daniyalik A. X. Brun oziq-ovqat ta‟minoti
179 3 5 yetarli emasligi, kiyim-kechak yetishmasligi va sanitariya holatining yomonligi haqida xabar bergan. Lager komandirlarining yetishmovchiliklar to„g„risidagi doimiy shikoyatlari va yomon sharoitlar viloyat rasmiylari tomonidan e‟tiborga olinmagan. Bu ma‟lumotlarni Sahadeo achinish bilan keltiradi. Millat va ozodlik yo„lida kurashgani uchun qatag„onga uchragan jadidlar aslida bugungi istiqlolning ma‟naviy negizini yaratgan zotlardir. Jadidchilik harakatining g„oyalari va targ„ibotini jahon adabiyotshunosligida ilmiy asosda o„rganish hamda o„rgatish har bir tadqiqotchining dolzarb vazifasidir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. https://www.xabar.uz/uz/mualliflar/bobur-nabi/millatni-savodsizlantirish-fitnasi 2. https://kun.uz/36197360 3. https://kun.uz/36197360 4. https://www.google.com/search 5. Sahadeo, Jeff. 2007. Russian colonial society in Tashkent, 1865 – 1923. Bloomington: Indiana University Press.157.