AYOLLARNING TARBIYAVIY SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH ORQALI SHAXS VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada ayol-qizlarimizning tarbiyaviy salohiyati, ularda tarbiyani shakllantirish va rivojlantirish orqali, shaxs va oila axloqiy asoslarini shakllantirish va mustahkamlash, shuningdek maqolada bugungi davrda ayol-qizlarimizning oila va shaxs tarbiyasidagi o‘rni haqida so‘z boradi.
Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 27 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18014225 AYOLLARNING TARBIYAVIY SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH ORQALI SHAXS VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI Mamasoliyeva Xadichaxon Andijon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika yo‘nalishi 1-bosqich talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada ayol-qizlarimizning tarbiyaviy salohiyati, ularda tarbiyani shakllantirish va rivojlantirish orqali, shaxs va oila axloqiy asoslarini shakllantirish va mustahkamlash, shuningdek maqolada bugungi davrda ayol-qizlarimizning oila va shaxs tarbiyasidagi o‘rni haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: tarbiyaviy salohiyat,ayol-qizlarning tarbiyaviy salohiyati shaxs va oila axloqiy asoslari ,shaxs va oila tarbiyasi,ayollarning bugungi kundagi tarbiya jarayonida tutgan o‘rni, oila va shaxs axloqiy asoslari. ABSTRACT This article discusses the educational potential of our women and girls, the formation and strengthening of the moral foundations of the individual and family through the formation and development of their upbringing, as well as the role of our women and girls in family and personal upbringing in today's era. Keywords: educational potential, educational potential of women and girls, moral foundations of the individual and family, education of the individual and family, the role of women in the educational process today, moral foundations of the family and individual
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 28 АННОТАЦИЯ В данной статье рассматривается образовательный потенциал наших женщин и девочек, формирование и укрепление моральных основ личности и семьи посредством формирования и развития их воспитания, а также роль наших женщин и девочек в семейном и личностном воспитании в современную эпоху. Ключевые слова: образовательный потенциал, образовательный потенциал женщин и девочек, моральные основы личности и семьи, воспитание личности и семьи, роль женщин в образовательном процессе сегодня, моральные основы семьи и личности. Har bir shaxsning axloqli va ma’naviy yuksak bo‘lib voyaga yetishida oila muhim ahamiyatga ega,shuningdek oilaning axloqiy asosi shakllanishi va mustahkam bo‘lishi uchun esa munis ayol-qizlarimizning o‘rni beqiyos deb ishonch bilan ayta olamiz. Ularning o‘zlaridagi go‘zal axloqi va ta’lim-tarbiyasi ularning oiladagi muhim qism ekanligidan dalolat beradi.Aynan ayol farzandi uchun tarbiya timsoli hisoblanadi. Ayolning oiladagi axloqi va madaniyati asosida ushbu oilada voyaga yetuvchi yoshlarning tarbiyasi va axloqi haqida fikr yuritish mumkindir.Oila bu davlatimizning poydevori hisoblanib,kelajagimiz egalari bo‘lmish yosh avlod aynan oila bag‘rida kamol topadi va komillikka erishadi. Oilada sog‘lom muhitni shakllanishi va rivojlanishida ota-onalar asosiy o‘rinni egallaydi.Shuningdek aynan ayollarning aqliy salohiyati va yuksak tarbiyasi farzandlarining ham tarbiyasida aks etishi,ularning dunyoqarashi va fikrlarida namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi deb ayta olamiz.Ayollarning axloqiy sifatlari farzandlarida ham shakllangan bo‘ladi, shu bilan birga yana ko‘plab ezgu fazilatlarni yosh avlod ongiga ayna ayol-qizlarimiz singdirishadi.Aynan ayol-qizlarimizga bugungi rivojlanib kundan-kunga taraqqiy etib borayotgan vatanimizda keng imkoniyatlar: ta’lim olishi, bilimli bo‘lishi, yosh avlodda axloqiy fazilatlarni
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 29 shakllantirish va rivojlantirishlari uchun ayol-qizlarimiz ta’lim olishiga ham alohida e’tibor qaratilgan.Eng muhimi esa, “Ona vatanga ” bo‘lgan muhabbatni kelajak avlod qalbida uyg‘otish va ongida vataniga bo‘lgan muhabbat, ona vatan oldidagi mas’uliyat hissini uyg‘otish ham ularning zimmasidadir. Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning «Yer yuzidagi har qaysi jamiyatning madaniy darajasi uning ayollarga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi. Sog‘lom zurriyod, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdagi o‘rningiz va xizmatingizni hech narsa bilan qiyoslab, baholab bo‘lmaydi. Sizlarning mehrmuhabbatingiz, vafo va sadoqatingiz, fidoyiligingiz sababli hayotimiz charog‘on», - degan fikrlari e’tiborlidir.[1.B.8] Darhaqiqat,Muhtaram Prezidentimiz aytgan fikrlarini o‘qir ekanmiz, ayollar tarbiyaviy va shu bilan birga ta’lim olish jarayonida o‘z o‘rniga ega ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz..Ulardagi yuksak ma’naviyati, axloqiy qadriyatlar bilan tarbiya olganligi, bizning kelajak avlodimiz ham aynan biz kutgandek axloq va ma’naviyati yuksak bo‘ladi deya olamiz.Ayolning sadoqati, vafosi, mehri va barcha o‘zida mujassam etgan ezgu fazilatlari sabab ham aynan ayolning oilada tutgan o‘rni beqiyosdir. Eslatib o‘tamiz “Oqila ayollar” harakati 2022-yil 8-avgustdagi 437-sonli Qarorga asosan tashkil etilgan. Bugungi kunda uning a’zolari soni 200 ming nafarga yaqinlashmoqda. Harakat nafaqat oila va mahallada, balki jamiyatning turli sohalarida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda faol ishtirok etmoqda. Harakat a’zolari o‘zlarining boy hayotiy va amaliy tajribalari asosida: • minglab oilalarning barqarorligini ta’minlashga, • milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlashga, • sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishga, • yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashga katta hissa qo‘shmoqda.[2.B] Quyida aytib o‘tilganidek bugungi kunda Yangi O‘zbekistonimizda “Oqila ayollar” forumi tashkil etilib kelinmoqda.Quyidagi fikrlarda ham aynan ayol farzand tarbiyasi, yuksak ma’naviyati uchun xizmat qilishi alohida ta’kidlab
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 30 o‘tilgan.Shuningdek ushbu forum doirasida xotin-qizlarni ta’lim olish va tarbiyaviy jarayonlar bilan qamrab olish ham eng asosiy masalalardan biri sifatida aytib o‘tilgan. Bizning go‘zal tariximiz,asrlar osha bizga qadar yetib kelgan betakror axloqiy qadriyatlarimiz bor. Ularning avloddan–avlodga o‘tishini ham aynan ayol-qizlarimizga bog‘liq. Zero bizning go‘zal milliy tarbiyamiz aynan ayol-qizlarimizda aks etadi va kelajak avlod ongiga singdiriladi. “Milliy ta’lim va tarbiya tizimi Uchinchi Renessans barpo etishda asosiy poydevor hisoblanadi. Ta’lim va tarbiya jarayonlarini milliy va global talablar bilan uyg‘unlashtirish orqali barkamol avlodni shakllantirish mumkin.Ushbu jarayonda davlat siyosati, jamiyatning faol ishtiroki va xalqaro hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Uchinchi Renassans faqat iqtisodiy va ilmiy rivojlanish emas, balki jamiyatning ma’naviy yuksalishini ham nazarda tutadi.”[3.B.858] Yuqorda ta’kidlab o‘tilganidek, rivojlanish ma’naviy jihatdan ham amalga oshirilishi zarur. Davlatimizning go‘zal axloqiy qadriyatlari azal-azaldan xalqdanxalqga o‘tib kelgan. Bu jarayonning amalga oshish nuqtasi ham aynan ayoldir. Aslini olganda aynan ayol ma’naviy yuksaklik beruvchi, uni shakllantiruvchi, avloddanavlodga o‘z holida yetkazilishini ta’minlovchi shaxsdir. Ma’naviy yuksalish esa aynan oilada shakllantiriladi. Kelajak avlod ham ayna oila bag‘rida kamol topadi. “Ko‘plab olimlar o‘z tadqiqotlarida maʼnaviy tanazzulning asosiy omillari bo‘yicha qator izlanishlar olib bormoqda. Lekin bularning ichida eʼtiborsizdek tuyiladigan, biroq oqibati tanazzulga, jaholatga olib boradigan bir omil, yaʼni oilada farzand tarbiyasiga eʼtiborsizlik illati millatning maʼnaviy tannazulining asosi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.”[4.B.3] Quyidagi fikrni o‘qir ekanmiz oila tarbiyaning berilish markazi deya olamiz.Agar oilada tarbiyaviy jarayon yaxshi shakllanmasa, bu barcha yomon illatlar shaxsda shakllanishiga olib keladi. Oiladagi ayollar esa aynan tarbiya berish jarayonining eng ajralmas va muhim qismidir.Ayol tarbiya timsoli va uning farzandlari tarbiyasining namunasidir.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 31 Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ayollarimiz va qizlarimiz ma’naviyatimiz va axloqiy qadriyatlarimizning oila va shaxsda shakllantirishda beqiyos o‘ringa egadirlar.Ularning o‘zlariida bu aytib o‘tilgan axloqiy qadriyat va ma’naviy boylik bo‘lmasa, ularning oilasi,qizlarimizning kelajakdagi oilalarida va oilaning yosh avlodlari qalbida vatanimizga bo‘lgan cheksiz muhabbat, adolat, vijdoniylik, mehrmuhabbat, hurmat, odob va axloq kabi go‘zal qadriyatlarimiz kamol topmaydi.Ayol qizlarimiz o‘qisin,tarbiya olsin,o‘zini rivojlantirsin va shunda biz o‘zimiz maqsad qilgan tarbiyali avlodga ega bo‘lamiz. Ayollar va qizlarimiz tarbiya beshigi hisoblanib bizning kelajak avlod ilk davridanoq ularning bag‘rida kamol topadi, va tarbiyalanadi. Tarbiya juda keng ma’nodagi tushunchadir. Har bir inson uni o‘z dunyoqarashi asosida tushunadi.Tarbiyaning doimiy tashkil etilishi va farzandlar qalbiga singdirilishi aynan ayollarga bog‘liq jarayon hisoblanadi. Tarbiyaning doimiy olib borilishi biz kutayotgan ma’naviyati yuksak va tarbiyasi mustahkam avlodlarni shakllantirish demakdir. Shunday ekan,qizlarning tarbiyaviy salohiyati yuksak bo‘lsa,o‘zlarini tarbiyaviy salohiyatini tahlil qilsa,hamisha izlansa,bilim olsa bu ular kelajakda ajralmas qismiga aylanadiga oilaning ma’naviyati yuksak bo‘lishidan dalolat beradi.Ma’naviyati mustahkam oilalar Yangi O‘zbekistonimizning yorqin kelajagi bo‘la oladi.Maqsadimiz yorqin kelajakka tarbiyasi va ta’limi yuksak avlod bilan erishish. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. “Yangi O‘zbekistonda ayollarning ilm-fan taraqqiyoti va innovatsion rivojlanish jarayonidagi o‘rni” mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjuman https://uniwork.buxdu.uz/resurs/56646_1_859D8ABC5C7BA07EA9A710B0FBDE5 FECE156A959.pdf 2. “Oqila ayollar” harakati – mustahkam oila va ma’rifatli jamiyat sari dadil qadam https://gov.uz/oz/wcu/news/view/60574
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 32 3. Talabalarda milliy tarbiya va axloqiy immunitet tushunchalarini rivojlantirishning milliy-tarixiy kontextual jihatlari https://maktabgacha-vamaktab-talimi-jurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1565 4. UCHINCHI RENESSANS YOSHLARINI TARBIYALASH VA YOSHLAR MILLIY O‘ZLIGIDAN BEGONALASHUVIGA QARSHI "MILLIY TIKLANISHDAN MILLIY YUKSALISH SARI» G‘OYASINING O‘RNI https://zenodo.org/records/14956531