scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MONOLOGIK NUTQNI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI VA PEDAGOGIK ASOSLARI

Jabborova Marifat Qodiraliyevna; Raximboyeva Sarvinoz Rasulberdi qizi

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalarda monologik nutqni shakllantirishning mazmuni, vazifalari va ahamiyati yoritilgan. Bolalarning so’zlashuv va monologik nutqi o’rtasidagi farqlar izohlab berilgan hamda monologik nutqning rivojlanish bosqichlari psixologik-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Shuningdek, turli yosh guruhlar bo’yicha hikoya qilishga o’rgatishning metodik yondashuvlari, bola tafakkuri, til sezgisi va mantiqiy fikrlashi rivojiga ta’sir etuvchi omillar ko’rsatib o’tilgan. Maqolada tarbiyachining hikoya tuzish jarayonini tashkil etishdagi vazifalari va hikoya tuzishning ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari ham asoslab berilgan.

Full text

Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 143 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MONOLOGIK NUTQNI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI VA PEDAGOGIK ASOSLARI Jabborova Marifat Qodiraliyevna Farg‘ona davlat universiteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Raximboyeva Sarvinoz Rasulberdi qizi Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 23.145-guruh 3-bosqich talabasi Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalarda monologik nutqni shakllantirishning mazmuni, vazifalari va ahamiyati yoritilgan. Bolalarning so’zlashuv va monologik nutqi o’rtasidagi farqlar izohlab berilgan hamda monologik nutqning rivojlanish bosqichlari psixologik-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Shuningdek, turli yosh guruhlar bo’yicha hikoya qilishga o’rgatishning metodik yondashuvlari, bola tafakkuri, til sezgisi va mantiqiy fikrlashi rivojiga ta’sir etuvchi omillar ko’rsatib o’tilgan. Maqolada tarbiyachining hikoya tuzish jarayonini tashkil etishdagi vazifalari va hikoya tuzishning ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari ham asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: monologik nutq, hikoya tuzish, nutq rivoji, pedagogik jarayon, metodika, psixologik, intellektuаl, grаmmаtik, fonetik. Kirish. Mаmlаkаtimiz yoshlаrigа ertа tа’lim-tаrbiyа berish mаs’uliyаtini hozirdа yurtimizdа fаoliyаt yuritаyotgаn mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotlаri o‘z zimmаsigа olgаn. Mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotlаridа bolаlаrgа bilim berish shаklitа’limiy fаoliyаtdir. Tа’limiy fаoliyаtlаr jаrаyonidа bolаlаrning nutqi rivojlаnib, undаgi grаmmаtik vа fonetik qirrаlаri sаyqаllаnib, lug‘аt boyligi oshib borish bilаn bir qаtordа undаgi psixologik vа intellektuаl rivojlаnish tez shakllanib borаdi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil qilish jarayonida bolalarning ravon so’zlashuvi ularning nutq turlarini egallashlari bilan bog’liq. Maktabgacha ta’lim tashkilotining vazifasi bolalarda ravon so’zlashuv nutqni (dialogik nutq) va manologik nutqni rivojlantirishdan iborat. Nutqning ushbu ikki turlari o’rtasidagi farq matn ichidagi gapning mantiqiy aloqa turi billan belgilanadi. So’zlashuv nutqini ya’ni dialogik nutqni shakllantirish vazifasi ko’p qirrali bo’ladi. Monologik nutq esa birmuncha murakkab bo’lib, boladan fikrni mustaqil, izchil va mantiqiy ketma-ketlikda bayon eta olishni talab qiladi. Monologik nutqni rivojlantirish jarayonida bola nafaqat voqeani eslab aytadi balki uni qayta ishlaydi, umumlashtiradi va o’z munosabatini bildiradi. Monologik nutq — bu bolaning o‘z fikrini mustaqil, uzluksiz va mantiqiy ketma-ketlikda bayon qila olish qobiliyatidir. Monologik nutq orqali bola: • voqealarni izchil hikoya qiladi; Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 144 • sabab-oqibat bog‘lanishlarini tushunadi; • o‘z munosabatini bildira oladi; • kelajakdagi o‘quv faoliyatiga tayyorlanadi. Shu bois maktabgacha ta’lim jarayonida monologik nutqni shakllantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Monologik nutq bir kishining ko’pchilikka qaratilgan nutqi hisoblanadi va hikoya qilish, eshitganlarini qayta so’zlab berish va o’zi savol berib, o’zi javob berish shaklida namoyon boladi. Bolalarga keng yoyilgan fikrni tuzishni o’qitishda tarbiyachi ularda matn tuzilmasi haqidagi eng oddiy bilimlarni, gap bilan fikrning tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalar haqidagi tasavvurini shakllantirishi zarur. Ma’lumki, hikoya qila olish qobiliyati kishilarning muloqotda bo‘lish jarayonida katta ahamiyatga ega. Bola uchun esa bu qobiliyat bilish, o’z bilimlarini, tasavvurlarini tekshirish vositasi hisoblanadi. Ruhshunoslarning aytishicha, bolalarda monologik nutq besh yoshdan boshlab paydo bo’ladi. Ruhshunos D. V. Elkonin bu haqida shunday yozadi: ”Bola hayot tarzining o’zgarishi, kattalar bilan yangi munosabatlarning va yangi turdagi faoliyatlarning shakllanishi nutq shaklini va uning vazifasini farqlashga olib keladi. Muomalaning yangi vazifalari vujudga keladi, bola o’z taassurotlarini kechinmalarini kattalarga yetkazishga harakat qiladi. Nutqning yangi shaklimonolog tarzida habar qilish, ko’rgan va eshitganlari to’g’risida hikoya qilish paydo bo’ladi. Hikoya qilib berishda mantiqiy tafakkur, diqqat rivojlanadi, nutq grammatik jihatdan rivojlangan bo’lib, o’zini tutish,jamoa oldida so’zga chiqish malakasi hosil bo’ladi. Bundan tashqari bola nutqi monologik nutqqa aylanishi uchun u tilning lug’atini va grammatik tomonini erkin egallagan bo’lishi lozim. Shu munosabat bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim-tarbiya dasturlarida bolalarni hikoya qilishga o’rgatish boyicha har bir yosh guruhlari uchun ish vazifalari va mazmuni belgilab qo’yilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni hikoya qilishga o’rgatish o’rta guruhdan boshlab amalga oshirtiladi. Bu guruhda hikoya qilishga o’rgatish vazifalari va ularning mazmuni ancha murakkablashadi. O’rta guruh bolalari birinchi yarim yillikda hikoya va ertaklarni mustaqil holda qayta hikoya qilishga, asar qahramonlarining suhbatini ifodali so’zlab berishga o’rgatiladi. Ikkinchi yarim yillikda esa bolalarga tanish ertak va hikoyalarni tinglashni, ularda ishtirok etuvchi personajlarning gaplarini, asar mazmunini hikoya qilib beryotgan o’rtoqlarining fikrini diqqat bilan eshitishni, asar matnini buzib hikoya qilyotgan joylarini payqashni o’rgatish davom ettiriladi. Maktabga tayyorlov guruhlarida esa avvalo tarbiyachi bolalar diqqatini ertakning boshlanmasi, takrorlanib kelayotgan parchalariga va xulosa qismiga qaratishi lozim. Bolalar asar voqealarini so’zlayotganda ovoz ohangining xilma-xil turini qo’llay bilishi va ertakni nihoyasiga yetkazishda qisqa, aniq va lo’nda jumlalardan foydalanishi lozim. Shu kabi nutqiy malakalar monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg’ulotlar orqali izchil shakllantiriladi, chunki aynan ushbu mashg’ulotlarda bola voqealar ketma-ketligini tiklash, mazmunni qayta so’zlab berish, obrazli ifodalar qo’llash va nutq ohangini boshqarish kabi muhim Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 145 ko’nikmalarni egallaydi. Ushbu talablarni amalga oshirishda tarbiyachi jamoa hayotidan hikoya tuzish ya’ni “Bizning bog’cha” yoki “Bizning guruh” kabi mavzulardadan manologik nutqni rivojlantirish mashg’uloti sifatida foydalanishi mumkin. Bundan maqsad bolalarda shaxsiy hayotdan tugallangan hikoya tuzish malakasi shakllantirish va gapirayotganda so’zlarni bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzishni o’rgatish. Monologik nutqni shakllantirishda quyidagi usullar samarali hisoblanadi: • Qayta hikoyalash – bolalar badiiy matnni eshitib, o‘z so‘zlari bilan bayon qilishga o’rgatiladi; • Reja asosida hikoya qilish – matn mazmuni qismlarga bo‘linib, izchil hikoyalash o‘rgatiladi; • Rasm asosida badiiy hikoya tuzish – tasviriy vositalar orqali nutq faolligi oshiriladi; • Rollarga bo‘lib o‘qish – ifodali nutq va mustaqil gapirish ko‘nikmasi rivojlantiriladi; • Ijodiy davom ettirish – ertak yoki hikoyaning davomiga oid monolog tuzish. Bu usullar bolalarning nutqiy mustaqilligini oshiradi va monologik nutqni faol shakllantirishga xizmat qiladi. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarda monologik nutqni shakllantirishularning intellektual, ijtimoiy va emotsional rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Bola hikoya tuzish jarayonida voqealarning ketma-ketligini eslab qoladi, ma’lumotlar ustida ishlaydi va umumlashtiradi. Bu jarayon tafakkurni faollashtiradi va mantiqiy bog’lanishlarni anglashga yordam beradi. Shu bois maktabgacha ta’lim tashkilotlarida monologik nutqni rivojlantirish rejalashtirilgan, tizimli, yosh xususiyatlariga mos ta’limiy faoliyatlar orqali muntazam yo’lga qo’yilishi zarur. Tog’ri tashkil etilgan metodik ishlar bolalarda ravon nutqning shakllanishiga va jamiyatda muloqotga kirishish malakasining mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. M.Q.Jabborova “Nutq o’stirish uslubiyoti” darslik FDU “Nusxa ko’paytirish bo’limi” Farg’ona 2025. 2. I.S.Soliyev, D.T.Yuldasheva.(Farg’ona2024)”Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda nutq tarbiyasi va izchil nutqqa o’rgatish” Monografiya.72-75. 3. D.R.Babayeva (Toshkent 2018) “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” darslik.137139. 4. Q.Shodiyeva “O’rta guruh bolalari nutqini o’stirish.-T.:”O’qituvchi”,1993.