scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EKOLOGIK MADANIYATNI TARBIYALASHDA TABIAT BURCHAGINI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI

Jabborova Marifat Qodiraliyevna; Xamidjonova Zuxraxon Zafarjon qizi

Abstract

Mazkur maqolada MTT da tabiat burchagini tashkil etish bolalarning tabiatga oid bilimlarini yanada shakllantirish, ekologik madaniyatni tarbiyalash hamda ularning kuzatuvchanlik, mehnatsevarlik va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, tabiatni asrab - avaylash va unga ziyon yetkazmaslikka o‘rgatishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.

Full text

Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 146 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EKOLOGIK MADANIYATNI TARBIYALASHDA TABIAT BURCHAGINI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI Jabborova Marifat Qodiraliyevna Farg‘ona davlat universiteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xamidjonova Zuxraxon Zafarjon qizi Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 23.45-guruh, 3-bosqich talabasi Annotatsiya. Mazkur maqolada MTT da tabiat burchagini tashkil etish bolalarning tabiatga oid bilimlarini yanada shakllantirish, ekologik madaniyatni tarbiyalash hamda ularning kuzatuvchanlik, mehnatsevarlik va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, tabiatni asrab - avaylash va unga ziyon yetkazmaslikka o‘rgatishning ahamiyati haqida fikrmulohazalar bildirilgan. Kalit so‘zlar: tabiat burchagi, o‘simliklar dunyosi, hayvonot olami, ekologik madaniyat, Kirish. Bolalarni tevarak – atrof bilan tanishtirish ularga axloqiy tarbiya berish vositalaridan biri bo‘lib, bolalarning og’zaki nutqini o‘stirish imkonini beradi, bunda ularning so‘z boyligi o‘sib, to‘g‘ri tallafuz etish malakasi ortib boradi, ularda fikrni grammatik nuqtayi nazardan to‘g‘ri ifodalash ko‘nikmasi tarkib topadi. Bolalarni tevarak – atrof bilan tanishtirish va lug’at ustida ishlashga doir ishlarning mazmuni hamda ko‘lami bolalarning yosh xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, bu bolalar bog’chasining har bir guruhi uchun tarbiya dasturida alohida belgilab berilgan. Tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorlik munosabati, o‘simlik va hayvonlarga g’amxo‘rlik qilish va shular orqali tabiatga qiziqish, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tabiatni saqlovchi va uning boyliklarini ko‘paytiruvchi, kattalarning mehnatiga hurmatni tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshirishda MTTda tashkillangan tabiat burchagining ahamiyati katta hisoblanadi. Tabiat burchagida saqlanadigan o‘simliklar va hayvonlar bolalarning tabiat haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini oshishida, nutqini to‘g’ri shakllanishida boshlang’ich manba bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha ta’limda tabiat burchagi bolalarni tabiat bilan bevosita munosabatda bo‘lishini ta’minlaydi. Tabiat burchagi bolalarga o‘simlik va hayvonot olami bilan yaqindan tanishib, ular bilan muloqotda bo‘lish imkonini beradi. Tabiat burchagining muhim tomoni yana shundaki, uni bolalar har kuni ko‘radilar. Tarbiyachi rahbarligida bolalar tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlarni tizimli ravishda kuzatib, parvarish qilib boradilar. Buning natijasida o‘simlik va hayvonot dunyosining rang barangligi, ularning o‘sishi va rivojlanishi, ular uchun qanday shart-sharoitlar kerakligi to‘g’risidagi tasavvur va Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 147 tushunchalarni egallab boradilar. Tarbiyachi bolalarni solishtirma analizga o‘rgatadi, ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni, ularga xos belgilarni bilib oladilar. Shuningdek tarbiyachilar tabiat burchagida o‘simliklarni o‘stirish va ular bilan bolalarni tanishtirish uchun ularning nomlarini va har bir o‘simlikning morfologik, biologik xususiyatlarini yaxshi bilishi zarur hisoblanadi. Bunda qaysi o‘simlik quyosh yorug’ligi yaxshi tushadigan joyda va qaysi biri yorug’lik kam tushadigan joyda bo‘lishini bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi bolalar diqqatini o‘simliklarning chiroyli gullashiga, barglarning shakli va tusiga, akvariumdagi baliqlarning chiroyli ko‘rinishiga va chaqqon harakatiga jalb etadi. Natijada bolalar bu go‘zallikdan quvonishga o‘rganadilar hamda ularning estetik didi o‘sadi. Bolalarning tabiatga mehr-muhabbatini o‘simliklar va hayvonlarni parvarish qilish,ularni asrab-avaylash bo‘yicha mehnat faoliyatlarini tashkil etish bilan birga qo‘shib olib borish kerak. Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishini ularning yosh xususiyatlari,pedagogik,fiziologik,imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat burchagini tashkil etish bilan birga unga qo‘yiladigan talablar kata ahamiyatga egadir. Ular quyidagilar: 1.O‘simlik yoki hayvon biron-bir aniq tur uchun xos bo‘lishi kerak; 2.Tabiat burchagida yashovchi hayvonlar beozor va qo‘l mehnatini talab qilmaydigan, ovqat tanlamaydigan, bolalar yoshiga mos bo‘lishi kerak; 3.Tabiat burchagida yashovchilar yorqin, jozibador, bolalar diqqatini o‘ziga jalb qila oladigan bo‘lishi kerak; 4.Bir turdagi o‘simlik va hayvonlarni bir necha xili bo‘lishi kerak; 5.Tabiat burchagida yashovchilar tamoman havfsiz va bolalar sog’lig’iga hech qanday zarar yetkazmasligi kerak; 6.Tabiat burchagida yashovchi o‘simliklar va hayvonlar soni cheklangan va biologik xususiyatlari hisobga olingan holda joylashtirilishi kerak. Hayvon va o‘simliklarni tabiat burchagida saqlash, joylashtirishdan tashqari, tabiat burchagida hayvonlarni boqishning o‘ziga xos hayotiy va biologik tomonlari bo‘lib, uni har bir tarbiyachi bilishi muhim. Kichik guruhda tabiat burchagini tashkil etishda tarbiyachi quyidagilarga e’tibor qaratishi kerak: O‘simliklar dunyosi: hitoy atirguli,doimiy gullovchi begoniya,fikus Baliqlar: tilla baliq. Qushlar: konoreyka. O‘rta guruhda: O‘simliklar dunyosi: begoniya,reks, fikus, hlorofitum. Baliqlar: 2-3 turdagi baliqlar bo‘lishi kerak. Qushlar: konoreyka, to‘ti. Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 148 Katta va maktabga tayyorlov guruhida: O‘simliklar dunyosi: amarallist, koleus, fikus, xlorafitum, kaktus. Baliqlar: 3-4 turdagi baliqlar bo‘lishi kerak. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat burchagini tashkil etish bolalarda ekologik tarbiyani rivojlantishga yordam beradi. Tabiat burchagi orqali bolalarning tabiatga bo‘lga mehrini shakllantirish va kelajakda tabiiy fanlarni o‘zlashtirishi uchun poydevor yaratiladi. Bolalarga ekologik tarbiya berishda turli zamonaviy usullardan foydalanish yaxshi samara beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. F.O‘.O‘rinova.(Farg’ona-2024) “Maktabgacha ta’lim-tarbiya metodikasi”. Darslik.118119. 2. M.Q.Jabborova “Nutq o‘stirish uslubiyoti” darslik FDU “Nusxa ko‘paytirish bo‘limi” Farg‘ona 2025. 3. I.H.Rajabova.(Buxoro-2021) “Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari”.O‘quv qo‘llanma.75-79. 4. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari.---T.:2018.