INSONNING ERKINLIK VA SHAHSIY DAXLSIZLIK HUQUQINING KAFOLATLARI
Abstract
Ushbu maqola muallif tomonidan milliy qonunchiligimizni takomillashtirish maqsadida amalga oshirilgan konstiutsiyaviy islohotlar natijasida inson huquqlarini roʻyobga chiqarish va himoya qilish borasida konstitutsiyamizga kiritilgan bir qator ijobiy oʻzgarishlar, inson erkinliklari va shaxsiy daxlsizliklarining kafolatlari sifatida konstitutsiya va boshqa qonunchili hujjatlari xususida fikrlar yuritilgan.
Full text
Dekabr, 2025-Yil 295 INSONNING ERKINLIK VA SHAHSIY DAXLSIZLIK HUQUQINING KAFOLATLARI To‘xtaboyev Samandar Abdullajon o‘g‘li Fargʻona davlat universiteti Yurisprudensiya yoʻnalishi 2-bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18022104 Annotatsiya. Ushbu maqola muallif tomonidan milliy qonunchiligimizni takomillashtirish maqsadida amalga oshirilgan konstiutsiyaviy islohotlar natijasida inson huquqlarini roʻyobga chiqarish va himoya qilish borasida konstitutsiyamizga kiritilgan bir qator ijobiy oʻzgarishlar, inson erkinliklari va shaxsiy daxlsizliklarining kafolatlari sifatida konstitutsiya va boshqa qonunchili hujjatlari xususida fikrlar yuritilgan. Kalit so‘zlar: konstiutsiyaviy islohotlar, inson shaʼni, inson qadr-qimmati, inson erkinligi, shaxsiy hayoti daxlsizligi, “Miranda qoidasi”, demokratik tuzum, adolatli boshqaruv. Аннотация. В данной статье автор рассматривает ряд позитивных изменений, внесенных в нашу Конституцию в целях реализации и защиты прав человека в результате конституционных реформ, проведенных в целях совершенствования нашего национального законодательства, а также рассматривает Конституцию и другие законодательные акты как гарантии свобод человека и личной неприкосновенности. Ключевые слова: конституционные реформы, честь и достоинство человека, свобода человека, неприкосновенность частной жизни, "правило Миранды," демократический строй, справедливое управление. Abstract. In this article, the author examines a number of positive changes made to our Constitution in order to implement and protect human rights as a result of constitutional reforms carried out to improve our national legislation, and also examines the Constitution and other legislative acts as guarantees of human freedoms and personal inviolability. Key concepts: constitutional reforms, human honor and dignity, human freedom, privacy, the Miranda rule, democratic system, fair governance. Oʻzbekiston soʻnggi yillarda milliy qonunchilik tizimini takomillashtirish jarayonidagi konstitutsiyaviy islohot tufayli ayni yoʻnalishda muhim natijalarga erishmoqda. Insonning shaʼni, qadr-qimmati, erkinligi, shaxsiy hayoti daxlsizligi jamiyatdagi huquqiy tartibot va adolatli boshqaruv, demokratik tuzum poydevoridir. Ushbu qadriyat 2023-yil oʻtkazilgan umumxalq referendumida qabul qilingan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlandi. Darhaqiqat insonlarning erkinlik va shahsiy daxlsizlik huquqining kafolati sifatida soʻz ketganda birinchi navbatda, soʻzsiz Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi koʻz oldimizga keladi. Shu boisdan ham Konstitutsiyadagi normalarga birma-bir eʼtibor qaratadigan boʻlsak, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shaxsiy daxlsizlik huquqlari va erkinliklarga doir talablar belgilangan. Xususan, Konstitutsiyamizning 26-moddasida “Insonning shaʼni va qadrqimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos boʻlishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.
Dekabr, 2025-Yil 296 Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar oʻtkazilishi mumkin emas” deb yozilishi inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi. Bu albatta, Oʻzbekistonning yagona xalqi - jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar, bir xil huquq va erkinliklarga ega ekanligini anglatadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari kafolati salmoqli darajada kuchaytirildi. Jumladan, Oʻzbekistonda oʻlim jazosi tom maʼnoda taqiqlandi. Konstitutsiya davlatimizda har bir shaxsning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqilardan foydalanish boʻyicha eng muhim va asosiy qoidalarni belgilab berdi. Bu ikki tushuncha mazmunini koʻpchilik bir xil deb oʻylasada mohiyatan bir-biridan tubdan farq qiladi. Ular shaxsning bevosita aynan oʻziga tegishli boʻlgan eng muhim mutlaq huquqlari boʻlganligi sababli ularning farqlanishini bilish zarur boʻladi. Demak, shaxs daxlsizligi - shaxsning daxlsizlikka boʻlgan huquqi uning erkinlikda boʻlishi bilan ifodalanadi. Shaxsning ozodligi cheklanishi yoki undan mahrum qilinishi uchun qonuniy asos boʻlishi kerak. Masalan, jinoiy ishga jalb qilinishi, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etishda gumonlanishi kabi holatlar mavjud boʻlishi kerak. Ozodlikni cheklash deganda faqat qamoqda saqlash tushunilmasligi lozim. Misol uchun, shaxsning erkiga xilof ravishda uni biron binoga qamab qoʻyish, majburiy psixiatriya muassasalariga joylashtirish ham ozodlikdan cheklash hisoblanadi. Konstitutsiyamizning 7-bobi shaxsiy huquq va erkinliklar deb nomlanib, bir qator shaxsiy huquq va erkinliklarga oid normalar belgilangan. Xususan, Konstitutsiyaning 25-moddasida yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqi ekanligi, u qonun bilan muhofaza qilinishi hamda inson hayotiga suiqasd qilish eng ogʻir jinoyat ekanligi belgilab qoʻyilgan. Shu bilan birga bunday huquqning cheklanishida belgilangan protsessual qoidalarga rioya qilinishi talab etiladi. Aks holda amalga oshirilgan harakat noqonuniy hisoblanadi. Masalan, shaxsni jinoiy qilmishni sodir etishda ayblayotib, yetarli dalillarsiz ozodlikdan mahrum qilish qonun buzilishi hisoblanadi. Bunday vaziyatda shaxs oʻz huquqini tiklash uchun shikoyat qilishi va hukmni bekor qildirishga haqli boʻladi. Konstitutsiyamizning 27-moddasiga quyidagi normalar kiritilgan: “Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas. Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga koʻra yoʻl qoʻyiladi. Shaxs sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas. Shaxsni ushlash chogʻida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart”. Bundan tashqari, Konstitutsiyada ayblanuvchi va sudlanuvchilarga oʻziga qarshi koʻrsatma bermaslik, sukut saqlash huquqi ham berildi. Qonunchilikda nima uchun shaxsning ozodlikda boʻlishini cheklash yoki mahrum etish jazo sifatida kiritilganligining yetarli sabablari ham bor. Birinchi navbatda, bundan shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etishiga barham berish, yetkazilishi mumkin boʻlgan zararlarning oldini olish va bu odamni axloqan tarbiyalash kabi maqsad koʻzlanadi. 1 1 Sh.Isakulov. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya: inson huquqlari va erkinliklarining muhim kafolati. https://constitution.uz/uz/pages/yangi_tahrirdagi_konstitutsiya_2.
Dekabr, 2025-Yil 297 Shaxsiy hayot daxlsizligi - Shaxsning tugʻilishi bilan unda mavjud boʻladigan tabiiy huquqlaridan biri uning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqidir. Shaxsning bevosita oʻziga tegishli boʻlgan maʼlumotlari, shaxsiy va oilaviy sirlari, yozishmalari uning shaxsiy hayotini tashkil etadi. Konstitutsiyamizda shaxsning shaxsiy hayot daxlsizlik huquqlari kafolatlangan. Xususan, Konstitutsiyaning 31-moddasiga quyidagi normalar kiritilgan: “Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega boʻlish, oʻz shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega. Har kim yozishmalari, telefon orqali soʻzlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi. Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qoʻyishni va koʻzdan kechirishni oʻtkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi. Uy-joyda tintuv oʻtkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi”. Ushbu moddaga asosan, shaxsiy hayot daxlsizlik huquqining cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi. Oʻzbekiston Respublikasida shaxsning daxlsizlik huquqini himoya qilish sohasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan tashqari 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonuni, 2019-yil 2-iyulda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonuni, shuningdek 1997-yil 1-martda kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 1995-yil 1-aprelda kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi hamda 1995-yil 1-aprelda kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoiy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi bilan ham tartibga solinadi.Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunning 13moddasida shaxsning axborot borasidagi xavfsizligiga oid normalar belgilangan. Xususan: “Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi uning axborotdan erkin foydalanishi zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarini saqlash, axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy taʼsir koʻrsatilishidan himoya qilish yoʻli bilan taʼminlanadi. Jismoniy shaxslarga taalluqli shaxsiy maʼlumotlar maxfiy axborot toifasiga kiradi. Jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga taalluqli axborotni, xuddi shuningdek shaxsiy hayotiga taalluqli sirini, yozishmalar, telefondagi soʻzlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa muloqot sirlarini buzuvchi axborotni toʻplashga, saqlashga, qayta ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi axborotdan ularga moddiy zarar va maʼnaviy ziyon yetkazish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari roʻyobga chiqarilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida foydalanish taqiqlanadi. Fuqarolar toʻgʻrisida axborot oluvchi, bunday axborotga egalik qiluvchi hamda undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bu axborotdan foydalanish tartibini buzganlik uchun qonunda nazarda tutilgan tarzda javobgar boʻladilar”. Inson huquqlarini, shuningdek, shaxsning daxlsizlik huquqini Oʻzbekiston Respublikasining sud organlari orqali himoya qilish inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmining tarkibiy va hal qiluvchi qismidir.
Dekabr, 2025-Yil 298 Chunki, sud buzilgan inson huquqlari va erkinliklarini tiklash tizimida eng muhim vosita hisoblanadi. Har bir shaxsning huquq va erkinliklarini sud tomonidan muhofaza etilishi, davlat organlari, mansabdor shaxslar va jamoat birlashmalarining noqonuniy harakatlaridan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasiga asosan, “fuqaro oʻzining shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar yuzasidan, basharti bunday maʼlumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbotlay olmasa, sud yoʻli bilan raddiya talab qilishga haqli. Manfaatdor shaxslarning talabiga koʻra fuqaroning shaʼni va qadr-qimmatini uning vafotidan keyin ham himoya qilishga yoʻl qoʻyiladi”. Raddiya berish fuqaroning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar ommaviy-axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, ayni shu ommaviyaxborot vositalarida raddiya berilishi lozim. Bunday maʼlumotlar tashkilotdan olingan hujjatda uchrasa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Bundan tashqari, Jinoyat protsessual kodeksiga koʻra, jinoyat ishini yuritish uchun masʼuliyatli barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar jinoyat protsessida qatnashayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishlari shart. Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas. 2021-yil 28-iyulda qabul qiligan Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunning 16-moddasida ham “Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi hamda qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas” deb belgilangan. Bunda biror bir jinoyatni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan taʼminlanadi. Sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Daxlsizlik huquqlariga oid mazkur kafolatlar qator xalqaro xujjatlarda ham mustahkamlangan. Jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 12-moddasida “hech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga oʻzboshimchalik bilan aralashish, uy-joyi daxlsizligiga, uning yozishmalaridagi sirlarga yoki uning nomus va shaʼniga oʻzboshimchalik bilan tajovuz qilinishi mumki emas”ligi belgilangan. Fuqaroviy va siyosiy huquqlar boʻyicha xalqaro paktning 17-moddasida “hech kim oʻzining shaxsiy va oilaviy hayotiga oʻzboshimchalik yoki noqonuniy tarzda aralashishga, oʻzining uy-joyi yoki yozishmalari siri daxlsizligiga oʻzboshimchalik yoki noqonuniy tarzda tajovuz qilinishiga yoki uning or-nomusi va shaʼniga noqonuniy tajovuz qilinishiga duchor etilishi mumkin emasligi va har bir inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzlardan qonun orqali himoya etilish huquqiga ega”ligi bayon qilingan. Shuningdek, 1950-yil 4-noyabrdagi Yevropa inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Konvensiyaning 8-moddasiga koʻra “har kim oʻz shaxsiy va oilaviy hayoti, uy-joyi va yozishmalarining hurmat qilinishi huquqiga egadir”.
Dekabr, 2025-Yil 299 Mazkur kafolatlar qator davlatlar (Argentina, AQSH, Bahrayn, Belgiya, Chexiya, Estoniya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Ukraina, Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozogiston, Moldova) konstitutsiyalarida mustahkamlangan. 2 Xulosa sifatida aytish mumkinki, Asosiy Qonunimizga kiritilgan ushbu yangi kafolatlar butun jahon eʼtirof etgan xalqaro standartlar boʻlib, ularning konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanishi fuqarolarimizning huquq va erkinliklari himoya qilinishining yangi va ishonchli mexanizmini ishga soladi. Shuningdek, bu progressiv qoidalarning Konstitutsiyada qatʼiylashtirilishi sud-tergov jarayonlarida huquqni muhofaza etuvchi organlarni noqonuniy harakatlardan tiyib turishga, ular tomonidan fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmati xurmat qilinishiga, shaxsiy hayot daxlsizligiga oid huquqlarining oʻzboshimchalik bilan buzilishiga yoʻl qoʻymaslikka, shaxsning yashash joyiga asossiz kirish, uy-joy daxlsizligini buzish va fuqarolarning mulkidan noqonuniy mahrum etilishi holatlarini bartaraf qilishga yoʻl ochadi. Zotan, yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklarini taʼminlash — huquqiy davlatning oliy maqsadi etib belgilanmoqdaki, bu maqsad, pirovardida davlat oʻz faoliyatini, jamiyat va fuqarolarning turmushini faqat Konstitutsiya va qonunlar asosidagina amalga oshirilishini taʼminlashi majburiyatidan iboratdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y. 2. M. Rustamboyev. Inson huquq va erkinliklarini taʼminlash huquqiy davlatning oliy maqsadi. http://insonhuquqlari.uz/uz/news/m10470. 3. Sh.Isakulov. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya: inson huquqlari va erkinliklarining muhim kafolati. https://constitution.uz/uz/pages/yangi_tahrirdagi_konstitutsiya_2. 4. Inson huquqlari nima? http://pravacheloveka.uz/uz/menu/chto-takoe-prava-cheloveka. 5. Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar. http://nhrc.uz/uz/menu/natsionalnye-institutypo-pravam-cheloveka. 6. Inson huquqlarini taʼminlash — bosh maqsadimiz. https://constitution.uz/uz/pages/maqola55. 2 M. Rustamboyev. Inson huquq va erkinliklarini taʼminlash huquqiy davlatning oliy maqsadi. http://insonhuquqlari.uz/uz/news/m10470.