TURLI GUL TIPLI SUR RANGLI QO'ZILAR TERISIDA GUL UZUNLIGI VA KENGLIGI
Abstract
Maqolada qo‘zilarni seleksion ko‘rsatkichlariga qarab gullarni uzunligi, kengligi, mustaxkamligi kabi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 33 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18022269 UDK .636.933.2. TURLI GUL TIPLI SUR RANGLI QO‘ZILAR TERISIDA GUL UZUNLIGI VA KENGLIGI Shavkatov Shahzod Sherzod o‘g‘li, Qurbonov Diyorjon Ma’ruf o‘g‘li, Narzullayev Nodir Farhodovich, Norbekov Dostonbek Umurzoq o‘g‘li, Nazarova Mokhira Azamatovna ANNATATSIYA Maqolada qo‘zilarni seleksion ko‘rsatkichlariga qarab gullarni uzunligi, kengligi, mustaxkamligi kabi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan Kalit so‘zlar: Sur rang, rangbaranglik, jun qoplami, yassigul, gullar eni, uzunligi. ANNOTATION The article presents the results of an increase in the mass of lambs of this species in the offspring as a result of mating of sheep with flat rams Kirish: Qorako‘l qo‘y zotining kelib chiqish tarixi va kelgusida rivojlantirilib borilishi qizilqum cho‘li bilan bog‘liq. Ushbu zot hozirgi kunda turli qimmatli ranglar bilan boyitilgan. Ular orasida sur rangi o‘zining jun qoplami va uchki qismining ochroq bo‘lishi bilan ajralib turadi va sur qorako‘l terilarning rangbarangligini va xilma-xilligini ta’minlaydi. Sur terilarning bunday xususiyati ularning yuqori narxda sotilishi va keng iste’mol talabini belgilaydi. Mavzuning dolzabligi: Buxoro zot tipiga mansub sur qorako‘l qo‘ylari zotning eng qimmatli rang guruhlaridan biri bo‘lib, ushbu rangdagi qorako‘l mahsulotiga ichki va tashqi bozorda talab yuqori. Ushbu rang qo‘ylar salohiyatidan unumli foydalanish, olinadigan mahsulot sifatini yaxshilash va assortimentini kengaytirish dolzarb muammolardan biridir.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 34 Shu bilan birga ta’kidlash joizki, etishtirilayotgan bunday qorako‘l terilari nafaqat sifatiy, balkim miqdoriy jihatdan ham bozor, ayniqsa tashqi bozor talabini qondira olmayapti, ushbu tiplardagi qorako‘l qo‘ylarining yuqori mahsuldor genotiplari respublika miqyosida etarli emas. Maqsad va vazifasi. Qorako‘lchilikda sur rangli yassigul tipli qorako‘l qo‘ylarining nasliy va mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish, undan sohada qo‘ylarning naslini yaxshilash va sifatli mahsulot etishtirishni ko‘paytirish yo‘nalishlarida samarali foydalanish yo‘llarini aniqlash dolzarb va muhim muammolardan biri bo‘lib, vazifalarni echimini topishga muayyan darajada xizmat qiladi. Bu yo‘nalishda tanlash ishlari, asosan gullarning tip va shakllari, uzunligi, eni, mustahkamligi, joylashish rasmi kabi muhim seleksion belgilar bo‘yicha olib boriladi. Ushbu ko‘rsatkichlar qanchalik yuqori darajada namoyon bo‘lsa qo‘ylarning nasliy qimmatliligi shunchalik ortadi. SHu nuqtai nazardan tadqiqotlarda qo‘zilarda ushbu belgilarning namoyon bo‘lish darajalari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari. Turli gul tipiga mansub qo‘zilar gullarning uzunligi va kengligi bo‘yicha ma’lum farqlanish va o‘zgaruvchanlikka ega. Gullarning uzunligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar ko‘rsatadiki, uzun gulli avlodlar chiqimi bo‘yicha qovurg‘asimon tipli qo‘zilarning yuqori (62,5±6,99 %) ko‘rsatkichga ega bo‘lib, bu ko‘rsatkich yassi tipli qo‘zilarda ham etarli darajada yuqori (57,1±6,23) ekanligi aniqlandi. Yarim doira qalamgul tipli qo‘zilarda uning 52,3±5,97 foizni tashkil etganligi qayd etildi. 1-jadval Turli gul tipiga mansub qo‘zilarning gul uzunligi va kengligi bo‘yicha taqsimlanishi Gul tipi n Gul uzunligi, % (X±Sx) Gul kengligi, % (X±Sx) uzun o‘rta uzun kalta mayda o‘rta katta Yassi 63 57,1±6,2 3 28,6±5,6 9 14,3±4,4 1 - 71,4±5,6 9x 28,6±5,6 9 Yarim doira qalamgul 70 52,3±5,9 7 33,4±5,6 4 14,3±4,1 8 12,7±3,9 8 71,4±5,4 0x 15,9±4,3 7 Qovurg‘asimon 48 62,5±6,9 9 27,1±6,8 4 10,4±4,4 1 - 75,0±6,2 5x 25,0±6,2 5 O‘sikgul 45 - 48,9±7,4 5 51,1±7,4 5 17,8±5,7 0 46,6±7,4 4 35,6±7,1 4 X-R<0,05
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 35 Bu borada etarli nasliy qimmatlikni ko‘rsatuvchi gullarning o‘rta uzunligiga ega qo‘zilar salmog‘i yassi tipida (28,6± 5,59) foizni, yarim doira qalamgul tipida 33,4±5,64 foizni, qovurg‘asimon tipida 27,1±6,84 foizni tashkil etganligi aniqlandi. O‘siqgul tipli qo‘zilar asosan kalta (51,1±7,45 %) va o‘rta uzunlikdagi (48,9±7,45 %) gullar bilan xarakterlanishi kuzatildi. O‘rta uzunlikdagi gullar bo‘yicha birinchi uch tipdagi qo‘zilar ko‘rsatkichining o‘siqgul tipi ko‘rsatkichidan statistik ishonchli (R<0,05) ustunligi qayd etildi. Xulosa: Yassi va qovurg‘asimon tipli qo‘ylarni seleksiyalashda gullarning kengligini biroz ensizlantirishga, ya’ni yarim doira qalamgul tipi ko‘rsatkichi darajasiga etkazishga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Yusupov S.Yu va boshqalar Qorako‘lchilikda naslchilik ishini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma. Toshkent 2015y 2. Gaziev A., Yusupov S.YU., Fazilov U.T. Qora rangli qorako‘l qo‘ylari seleksiyasi samaradorligini oshirish usullari. //Uslubiy ko‘rsatmalar. Samarqand, 2001, 9 b. 3.Gaziev A., Yusupov S.Yu., Fazilov U.T. Seleksionnye osnove povsheniya effektivnosti seleksii chernыx karakulskix ovets. //«CHo‘l-yaylov chorvachiligi va ozuqa etishtirish muammolari» QCHEITIning 85 yilligiga bag‘ishlangan halqaro il.- amal. konf. materiallari. Samarqand. 2015. 51-55. 4. Azamatovna, N. M., & Nayimovich, X. J. (2023). Sur rangli qorako ‘l qo ‘ylarini gul tiplariga taqsimlanishi. QISHLOQ XO‘JALIGI, ATROF-MUHIT VA BARQAROR RIVOJLANISH MILLIY KONFERENSIYASI, 125-131. 5.Azamatovna, N. M. (2024). TURLI GUL TIPIGA MANSUB QO ‘ZILARNING GUL UZUNLIGI VA KENGLIGI. " RUSSIAN" ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ В СОВРЕМЕННОЙ НАУКЕ, 1(1)