scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YOSHLAR MA'NAVIY-AXLOQIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDA VATANPARVARLIK TARBIYASINING AHAMIYATI

Shermatova Dilfuza Yakubjanovna

Abstract

Ushbu maqolada yoshlar ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarini shakllantirish jarayonida vatanparvarlik tarbiyasining determinatsion o‘rni, uning mazmun-mohiyati, shakl va mexanizmlari chuqur ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekistonning milliy manfaatlari, ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash, yoshlar ongida fuqarolik mas’uliyati, vatan oldidagi burchni anglash hamda ijtimoiy-psixologik immunitetni mustahkamlash kabi omillar nazariy-metodologik asoslar bilan bog‘liq holda yoritilgan. Maqolada shuningdek, vatanparvarlik tarbiyasining kompetensiya yondashuvi nuqtayi nazaridan ta’lim tizimidagi funksional modeli ishlab chiqilgan va amaliy tavsiyalar berilgan.

Full text

2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 277 YOSHLAR MA’NAVIY-AXLOQIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDA VATANPARVARLIK TARBIYASINING AHAMIYATI Shermatova Dilfuza Yakubjanovna NamDTU “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18022302 Annotatsiya. Ushbu maqolada yoshlar ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarini shakllantirish jarayonida vatanparvarlik tarbiyasining determinatsion o‘rni, uning mazmun-mohiyati, shakl va mexanizmlari chuqur ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekistonning milliy manfaatlari, ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash, yoshlar ongida fuqarolik mas’uliyati, vatan oldidagi burchni anglash hamda ijtimoiy-psixologik immunitetni mustahkamlash kabi omillar nazariy-metodologik asoslar bilan bog‘liq holda yoritilgan. Maqolada shuningdek, vatanparvarlik tarbiyasining kompetensiya yondashuvi nuqtayi nazaridan ta’lim tizimidagi funksional modeli ishlab chiqilgan va amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: vatanparvarlik tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kompetensiyalar, yoshlar, fuqarolik mas’uliyati, ma’naviy xavfsizlik, tarbiya metodlari, milliy g‘oya. Аннотация. В статье представлен глубокий научный анализ определяющей роли патриотического воспитания в процессе формирования духовно-нравственных компетенций молодёжи, его содержания, форм и механизмов. В исследовании рассматриваются такие факторы, как национальные интересы Узбекистана, обеспечение духовной безопасности, гражданская ответственность в сознании молодёжи, понимание долга перед Родиной, укрепление социально-психологического иммунитета в увязке с теоретико-методологическими основами. В статье также разработана функциональная модель патриотического воспитания в системе образования с точки зрения компетентностного подхода и даны практические рекомендации. Ключевые слова: патриотическое воспитание, духовно-нравственные компетенции, молодёжь, гражданская ответственность, духовная безопасность, методы воспитания, национальная идея. Abstract. This article provides a deep scientific analysis of the determining role of patriotic education in the process of forming the spiritual and moral competencies of young people, its content, forms and mechanisms. The study covers such factors as the national interests of Uzbekistan, ensuring spiritual security, civic responsibility in the minds of young people, understanding of duty to the homeland, and strengthening socio-psychological immunity in connection with theoretical and methodological foundations. The article also develops a functional model of patriotic education in the education system from the point of view of the competency approach and gives practical recommendations. Keywords: patriotic education, spiritual and moral competencies, youth, civic responsibility, spiritual security, methods of education, national idea. Kirish Globallashuv jarayoni, axborot oqimining keskin tezlashuvi, virtual madaniyatning kuchayishi yoshlar ongiga turli g‘oyaviy-psixologik ta’sirlarning chuqur kirib borishiga sabab 2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 278 bo‘lmoqda. Bunday sharoitda yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarini shakllantirish masalasi ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan “Yangi O‘zbekiston—uchinchi Renessans poydevori” g‘oyasi doirasidagi islohotlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ilmiy asoslangan yondashuvlarini talab qilmoqda. Vatanparvarlik tarbiyasi yosh avlodning qadriyatlar tizimini shakllantiruvchi eng muhim ma’naviy mexanizmdir. Uning negizida shaxsning Vatanga daxldorlik hissi, milliy o‘zlikni anglash, huquqiy va fuqarolik mas’uliyatni o‘zlashtirish jarayonlari yotadi. Shu sababli vatanparvarlik tarbiyasi nafaqat axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismi, balki ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarning tayanch komponentidir. Nazariy va metodologik asoslar Vatanparvarlik tarbiyasining falsafiy-nazariy manbalari Vatanparvarlik tarbiyasining shakllanishi va mazmun-mohiyati ko‘p asrlik tarixiy-falsafiy tajriba, milliy ruhiyat, ma’naviy qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot dinamikasi bilan uzviy bog‘liq. Uning nazariy ildizlari Sharq falsafasi, islom ma’naviyati, turkiy dunyo tafakkuri, jadidchilik ta’limoti hamda zamonaviy pedagogik-psixologik konsepsiyalarni qamrab oladi. 1. Sharq mumtoz falsafasi va turkiy dunyoqarash. Sharq falsafasida “komil inson” konsepsiyasi vatanparvarlik ruhining asosiy manbai sifatida namoyon bo‘ladi. Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar yurtga sadoqat, adolat, burch va mas’uliyatni inson kamolotining ajralmas qismi sifatida belgilagan. Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida jamiyatning farovonligi fuqarolarning Vatan oldidagi burchni anglash darajasiga bog‘langan holda talqin qilinadi. Turkiy dunyo qarashida esa Vatanga muhabbat “el” va “yurt” tushunchalari orqali uyg‘unlashib, shaxsning ruhi, nasl-nasabi, tarixiy merosi bilan bog‘liq holda uzviylik kasb etgan. Qadimiy turkiy bitiklarda yurtga sadoqat, xalq farovonligi yo‘lida fidoyilik eng oliy fazilat sifatida e’tirof etilgan. 2. Islom ma’naviyati va axloqiy qadriyatlar tizimi. Islom ta’limotida Vatan—Alloh tomonidan insonga berilgan omonat va sinov maydoni sifatida talqin etiladi. Qur’on va hadis manbalarida jamiyatga xizmat qilish, adolatni tiklash, yurt tinchligini saqlash oliy fazilat sifatida e’tirof etiladi. Bu qadriyatlar yoshlar ongida ijtimoiy mas’uliyat, halollik, vijdon, fidoyilik kabi axloqiy sifatlarni shakllantiradi. Imom Moturidiy, Abu Mansur Somoniy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi mutafakkirlar jamiyat barqarorligi fuqarolarning ma’naviy yuksakligi bilan bog‘liqligini ilmiy asoslab berganlar. Shu bilan birga, islomiy qadriyatlardagi “vatan himoyasi – iymonning bir qismidir” g‘oyasi yoshlar tarbiyasida ruhiy asos yaratadi. 3. Jadidchilik harakati va milliy uyg‘onish g‘oyalari. XX asr boshidagi jadidchilik harakati vatanparvarlik tarbiyasini zamonaviy taraqqiyot, ilm-ma’rifat, ijtimoiy faollik bilan uyg‘unlashtirgan. Munavvarqori, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat kabi ziyolilar yoshlarni vatanni sevishga chaqiribgina qolmay, uning farovonligi uchun ilmli bo‘lishni, dunyoviy bilimlarni o‘zlashtirishni vatanparvarlikning tarkibiy qismi sifatida ko‘rsatgan. 2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 279 Abdulla Avloniy ta’kidlagan “Tarbiya biz uchun hayot-mamot masalasidir” g‘oyasi bugungi ta’lim jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiya, jumladan vatanparvarlikning zamonaviy shakllari uchun metodologik poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Zamonaviy falsafiy yondashuvlarda vatanparvarlik tushunchasi nafaqat hududiy daxldorlik, balki: madaniy identitetni anglash, fuqarolik mas’uliyati, ma’naviy xavfsizlik, ijtimoiy birdamlik, axborot qarshilik ko‘nikmalari kabidir. Zamonaviy falsafiy oqimlar—kommunitarizm, sotsial konstruktivizm, fuqarolik jamiyati nazariyalari—vatanparvarlikni shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar uyg‘unligida talqin qiladi. Ayniqsa, kommunitarizm nazariyasi (M.Sandel, Ch.Teylor) jamiyatning umumiy qadriyatlari va tarixi shaxs ijtimoiylashuvining asosiy o‘qi ekanini ta’kidlaydi. Kompetensiya yondashuvi nuqtayi nazaridan nazariy asoslar, har qanday tarbiya jarayoni shaxsning qadriyat, motivatsiya, kompetensiya va faoliyat uyg‘unligi bilan belgilanadi. Shu asosda vatanparvarlik: kognitiv (bilim), affektiv (hissiy), konativ (faoliyat), refleksiv (o‘zini anglash) komponentlarining bir butunligi sifatida ilmiy asoslanadi. Demak, vatanparvarlik tarbiyasi falsafiy, psixologik, pedagogik va ijtimoiy yondashuvlar integratsiyasi natijasida vujudga keladigan murakkab tizimdir. Ma’naviy-axloqiy kompetensiyalar tarkibi Ma’naviy-axloqiy kompetensiyalar zamonaviy yosh shaxsining shaxsiy, ijtimoiy, professional va fuqarolik faoliyatini ongli tarzda boshqarishga imkon beradigan integrativ sifatlar majmuidir. Tadqiqot asosida ular quyidagi kengaytirilgan komponentlar orqali izohlanadi. Qadriyatli-kompetensial component-bu komponent yoshlarning milliy qadriyatlar tizimini ongli qabul qilishi, ularning shaxsiy hayotiy pozitsiyasiga aylanishi bilan xarakterlanadi. Unda milliy g‘urur, istiqlol qadriyatlariga e’tiqod, tarixiy xotira, Vatanga sadoqat, axloqiy mezonlar (halollik, vijdon, adolat) uzviy mujassam bo‘ladi. Shaxsning qadriyatli kompetensiyasi uning jamiyatga nisbatan ma’naviy mas’uliyatini belgilaydi. Kognitiv (bilim) komponenti-bu komponent yoshlarning ma’naviy-axloqiy bilimlar, milliy g‘oya, davlat ramzlari, tarixiy jarayonlar, huquqiy bilimlar va jamiyat tuzilishi haqidagi tasavurlarini o‘z ichiga oladi. Kognitiv komponent huquqiy savodxonlik, ma’naviy meros haqida ilmiy tasavvurlar, axloqiy me’yorlar va tamoyillarni tushunish, zamonaviy ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini o’z ichiga qamrab oladi. Mazkur bilimlar yoshlarni ma’naviy va huquqiy jihatdan savodli shaxsga aylantiradi. Emotsional-psixologik component-bu komponent shaxsning ichki ruhiy holati, motivatsiyasi va hissiy munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lib, vatanparvarlik tarbiyasida alohida o‘rin tutadi. U Vatanga muhabbatning hissiy namoyon bo‘lishi, ijtimoiy birdamlik va empatiya, vijdoniylik va ijobiy axloqiy hissiyotlar, ijtimoiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslik, milliy g‘ururning psixologik mustahkamligi elementlaridan iborat, Shu bilan birga bu komponent yoshlarning ichki motivatsiyasini kuchaytiradi va ularni ijtimoiy faol shaxsga aylantiradi. Faoliyat-kommunikativ component-bu komponent yoshlarning amaliy harakatlari orqali namoyon bo‘ladi. Ya’ni, shaxs o‘z vatanparvarlik hissini faqat his qilmay, amalda ko‘rsatadi, volontyorlik loyihalarida ishtirok etib, ekologik, ma’rifiy va ijtimoiy tashabbuslarida, jamoatchilik faoliyatida, madaniy merosni saqlash tashabbuslarida o’zini namoyon qiladi. 2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 280 Kommunikativ jihatdan bu komponent shaxsning jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarini, muloqot madaniyatini va jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Refleksiv component. Refleksiya – shaxsning o‘zini jamiyatdagi o‘rni, burchi, mas’uliyati, fikr va faoliyatini ongli tahlil qila olishi demakdir. Refleksiv kompetensiya o‘z xatti-harakatlarini axloqiy baholash, Vatan taqdiri uchun shaxsiy mas’uliyatni chuqur anglash, o‘z maqsadlari va jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi uyg‘unlikni tahlil qilish, ichki intizom va o‘zini boshqarish, ma’naviy-axloqiy qarorlar qabul qilishni qamrab oladi. Bu komponent yoshlarning ma’naviy yetukligini ta’minlaydi va ularni ijtimoiy ongli shaxsga aylantiradi. Axborot-madaniy kompetensiya. Raqamli davrda yoshlarning ma’naviy-axloqiy taraqqiyotida axborot madaniyati alohida o‘rin tutadi. Bu kompetensiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi: axborotlarni tanlash va tahlil qilish, feyk va manipulyativ kontentni ajrata olish, mediaetikani tushunish, raqamli makonda axloqiy me’yorlarga rioya qilish, axborot-psixologik immunitetni mustahkamlash. Bu kompetensiya yoshlarni global axborot maydonida ma’naviy jihatdan barqaror shaxs sifatida saqlashga yordam beradi. Tadqiqot metodlari Tadqiqotning ilmiy asoslanganligi va ishonchliligi uni amalga oshirishda qo‘llangan metodlar tizimi orqali ta’minlanadi. Ushbu mavzu — yoshlar ma’naviy-axloqiy kompetensiyasi va vatanparvarlik tarbiyasining o‘zaro bog‘liqligini chuqur tahlil qilishni taqozo etadi. Shu sababli tadqiqotda ko‘p darajali, kompleks, psixologik-pedagogik va sotsiologik metodlar integratsiyasi qo‘llandi. 1. Pedagogik tahlil va diagnostika Pedagogik tahlil orqali O‘zbekiston ta’lim siyosati, davlat dasturlari (Yoshlar siyosati konsepsiyasi, Ma’naviyat va ma’rifat dasturlari, Oila konsepsiyasi va b.) hamda xalqaro tajribadagi vatanparvarlik tarbiyasi modellariga chuqur taqqoslovchi yondashuv amalga oshirildi. Diagnostika metodlari orqali vatanparvarlik mazmunidagi ta’lim faoliyati shakllari, o‘quvchi va talabalar qiziqishlari, motivatsiya darajasi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlari baholandi. 2. Sotsiologik tadqiqotlar (so‘rovnoma va intervyu). Yoshlar orasida 300 nafardan ortiq respondent ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomalar yoshlarningVatanga munosabati, milliy qadriyatlarga sadoqati, ma’naviy xatarlarni qabul qilish darajasi, ijtimoiy faolligi, tarixiy xotira haqidagi bilimlari bo‘yicha ma’lumotlar to‘plashga yo‘naltirildi. Intervyular ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, psixologlar, ijtimoiy faollar bilan olib borildi. 3. Psixologik-diagnostik metodlar Quyidagi psixologik testlar va diagnostik uslublar qo‘llandi: Motivatsion yondashuv shkalasi (McClelland modeli asosida), Qadriyatlar tizimi diagnostikasi (Milton Rokich uslubi), Sotsial identifikatsiya testi (Tajfel–Turner modeli), Axloqiy qarorlar testi, Emotsional barqarorlik va mas’uliyat darajasini baholash shkalasi. Ushbu metodlar shaxsning ichki vatanparvarlik motivlari va ma’naviy-axloqiy kompetensiyasini aniqlashga xizmat qildi. 4. Kontent tahlili O‘quv dasturlari, darsliklar, ma’naviy-ma’rifiy materiallar, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi vatanparvarlik kontenti kontent-analiz metodida o‘rganildi. 2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 281 Natijada axborot manbalarining ta’siri, yoshlar ongiga g‘oyaviy-psixologik ta’sirlar, ma’naviy xatarlar (yot g‘oyalar, manipulyativ kontent) tizimli tahlil qilindi. 5. Modellashtirish metodi Tadqiqotning muhim qismi sifatida yoshlar uchun vatanparvarlik tarbiyasining kompetensiyaviy modeli ishlab chiqildi. Model quyidagi bloklardan iborat: kognitiv, motivatsion, emotsional, faoliyat, refleksiv bloklar. Modellashtirish pedagogik jarayonning strukturaviy-mantiqiy asoslarini aniqlashga yordam berdi. 6. Pedagogik eksperiment Eksperiment 2 bosqichda o‘tkazildi: 1. Diagnostik bosqich – ma’naviy-axloqiy kompetensiya boshlang‘ich darajasini aniqlash, 2. Amalga oshirish bosqichi – vatanparvarlik faoliyatlarini joriy etish (ijtimoiy loyihalar, tarixiy ekspeditsiyalar, ma’rifiy uchrashuvlar, volontyorlik). Eksperiment ta’lim jarayoniga vatanparvarlik tarbiyasining yangi metodlarini joriy etish samaradorligini baholash imkonini berdi. Natijalar Tadqiqot natijalari yoshlar ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarini shakllantirishda vatanparvarlik tarbiyasi hal qiluvchi omil ekanligini ko‘rsatdi. 1. Yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetensiyasi sezilarli darajada oshdi Eksperimental guruhda o‘tkazilgan yangi pedagogik texnologiyalar natijasida axloqiy qarorlar qabul qilish ko‘nikmasi oshdi, tarixiy xotira va Vatanga daxldorlik hissi kuchaydi, ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlari oshdi, media-madaniyat va axborot tanqidiyligi yaxshilandi, motivatsion vatanparvarlik ko‘rsatkichi oshganligi qayd qilindi. Bu ko‘rsatkichlar vatanparvarlik tarbiyasi kompetensiyalar shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatishini isbotladi. 2. Vatanparvarlik tarbiyasi yoshlar orasida ijtimoiy birdamlikni kuchaytiradi So‘rovnomada respondentlarning 84% i jamiyat uchun ijobiy ish qilishni vatanparvarlik deb biladi; 79% i volontyorlikni vatanparvarlikning amaliy ko‘rinishi deb baholaydi; 69% i ekologik va tarixiy merosni asrashni milliy burch deb hisoblaydi. Bu natijalar yoshlarning ijtimoiy faolligida ma’naviy qadriyatlar markaziy o‘rin tutishini ko‘rsatadi. 3. Axborot xatarlaridan himoyalanish darajasi ortdi “Trollik”, “feyk yangiliklar”, “yot g‘oya tashuvchilar” kabi tahdidlarni ajrata olish darajasi 2 baravarga kuchaydi. Demak, vatanparvarlik tarbiyasi — yoshlar axborot-psixologik xavfsizligining asosiy elementi. 4. Amaliy faoliyatga asoslangan vatanparvarlik tarbiyasi eng katta samara berdi Eksperimental loyihalarda ishtirok etgan yoshlar ijtimoiy loyihalarga ko‘proq qiziqdi, tarixiy joylarga ekspeditsiyalarda yuqori motivatsiya ko‘rsatdi, o‘z ijtimoiy pozitsiyasini aniq bildiruvchi shaxs sifatida shakllandi. Bu esa tarbiya jarayonida “tajribaviy-ta’limiy metodlar”ning ustunligini isbotlaydi. Munozara Tadqiqot natijalari bir nechta muhim ilmiy-mantiqiy xulosalarni keltirib chiqardi. 2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 282 Vatanparvarlik tarbiyasi faqat ideologik emas, balki psixologik-pedagogik jarayondir. An’anaviy yondashuvlarda vatanparvarlik ko‘proq ma’ruza, tadbirlar orqali shakllantirilgan. Biroq tadqiqot ko‘rsatdiki his-tuyg‘u, motivatsiya, faoliyat, identitet, refleksiya kabi psixologik omillar kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Demak, zamonaviy vatanparvarlik tarbiyasi shaxs psixologiyasiga chuqur ta’sir qiladigan integrativ tizim bo‘lishi zarur. Raqamli avlod uchun vatanparvarlik tarbiyasi metodikasi tubdan yangilanishi kerak. Bugungi yoshlar informasiya makonining faol subyektlari. Shu bois interaktiv platformalar, virtual muzeylar, tarixiy simulyatsiyalar, media-loyihalar, ularning qiziqishiga ko‘ra ko‘proq samara beradi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy tadbirlar (ma’ruza, uchrashuv) o‘rniga participativ yondashuvlar (ishtirokchi metodlar) kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Vatanparvarlik tarbiyasi ma’naviy xavfsizlik bilan uzviy bog‘liq. Milliy identitet zaiflashgan jamiyatda g‘oyaviy bo‘shliq, axborot xatarlariga ochiqlik, ijtimoiy befarqlik kuchayadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, vatanparvarlik darajasi yuqori bo‘lgan yoshlar manipulyatsiyaga kam uchraydi, ekstremistik kontentga nisbatan immuniteti kuchli bo‘ladi, o‘z fuqarolik pozitsiyasini himoya qila oladi. Faoliyatga yo‘naltirilgan tarbiya eng samarali tarbiyadir. Yoshlar o‘z qo‘li bilan bajargan amaliy ishlar orqali ijtimoiy mas’uliyatni his qiladi, jamiyatga daxldorlikni chuqur anglaydi, Vatan uchun xizmat qilishni o‘z hayotiy qadriyatiga aylantiradi. Volontyorlik, ekologik aksiyalar, startap loyihalar, mahalliy jamiyat faoliyatlari vatanparvarlikni eng kuchli shakllantiruvchi vosita bo‘lib chiqqan. Vatanparvarlik kompetensiyasi — kelajak fuqarosining bazaviy sifatidir. Bugungi global raqobat sharoitida mas’uliyat, ma’naviyat, fuqarolik pozitsiyasi, ijtimoiy faollik yosh shaxs muvaffaqiyatining asosiy mezoniga aylanmoqda. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, vatanparvarlik darajasi kuchli bo‘lgan yoshlarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari aniq, o‘zini boshqarish ko‘nikmasi yuqori, ijtimoiy faoliyati mustahkam, kelajak rejalari pragmatik va realistic. Bu esa uni professional, intellektual va insoniy kamolotga yetaklaydi. Xulosa Yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarini shakllantirishda vatanparvarlik tarbiyasi hal qiluvchi strategik omildir. U shaxsda nafaqat milliy g‘ururni, balki jamiyat barqarorligi uchun zarur bo‘lgan fuqarolik ongini, axborot-psixologik immunitetni, mas’uliyat va tashabbuskorlikni shakllantiradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, vatanparvarlik tarbiyasini kompetensiya yondashuvi asosida tashkil etish ta’lim jarayonining sifatini oshiradi, yoshlarning ijtimoiy faolligini kuchaytiradi va ularning milliy identitetini mustahkamlaydi. Shu bois ta’lim muassasalarida vatanparvarlik tarbiyasini zamonaviy pedagogik texnologiyalar, media-resurslar va amaliy faoliyatlar bilan uyg‘unlashtirish — yoshlarning ma’naviy barkamolligi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining barqaror poydevorini yaratishda muhim ahamiyatga ega. 2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 283 Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni. — Toshkent, 2017. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” asari. — Toshkent: O‘zbekiston, 2021. 3. Avloniy, A. Turkiy Guliston yoxud axloq. — Toshkent: Ma’naviyat, 1992. 4. Forobiy, A. Fozil odamlar shahri. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010. 5. Ibn Sino. Donishnoma. — Toshkent: Abu Ali ibn Sino nashriyoti, 2012. 6. G‘ulomov, A., Jo‘raev, N. Ma’naviyat asoslari. — Toshkent: Ma’naviyat, 2016. 7. Quronov, M. Milliy g‘oya: nazariya va amaliyot. — Toshkent: O‘qituvchi, 2018. 8. Hasanov, B. O‘zbek yoshlari ma’naviyati va zamonaviy tahdidlar. — Toshkent: Fan, 2020. 9. Sodiqov, N. Pedagogika nazariyasi va tarbiya konsepsiyalari. — Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 10. Nurmatova, M. “Vatanparvarlik tarbiyasining psixologik omillari”. — O‘zbekiston pedagogika jurnali, №3, 2021.