O'ZBEK FRAZEMALARINING LINGVOKOGNITIV XUSUSIYATLARI.
Abstract
Ushbu maqolada frazemalar va ularning madaniyat bilan aloqasi tushuntirib beriladi. Frazemalarning lingvokognitiv xususiyatlariga doir misollar beriladi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 865 O'ZBEK FRAZEMALARINING LINGVOKOGNITIV XUSUSIYATLARI. Toshmirzayeva Ozoda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 1-kurs magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.18023224 Annotatsiya. Ushbu maqolada frazemalar va ularning madaniyat bilan aloqasi tushuntirib beriladi. Frazemalarning lingvokognitiv xususiyatlariga doir misollar beriladi. Kalit so'zlar: frazema, lingvokognitiv yondashuv, madaniyat, xalq, tilshunoslik, qadriyat. Zamonaviy tilshunoslikda til birliklarini faqat grammatik yoki semantik jihatdan emas, balki inson tafakkuri va bilish jarayoni bilan bogʻliq holda oʻrganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu jihatdan, lingvokognitiv tilshunoslik frazemalarni inson ongida shakllangan konseptual bilimlar va obrazli tafakkur mahsuli sifatida talqin qiladi. Oʻzbek tilidagi frazemalar xalqning tarixiy tajribasi, madaniy qadriyatlari va dunyoni idrok etish usulini o‘zida mujassam etgani bilan ajralib turadi. Lingvokognitivlik, hozirgi vaqtda, rus tilshunosligida eng rivojlangan yo'nalishlardan biri bo'lib, Unga doir bir qancha qo'llanmalar yaratilgan. Shuningdek, jahon tilshunosligida George Lakoff, Mark Johnson, Dmitrij Dobrovolsjik, Viktor Telialar shu mavzuga doir bir qancha ilmiy ishlar qilishgan. O'zbek tilshunosligida esa Rahmatullayev Sh. Irgasheva U. Tursunova G. larning ishlar bu yo'nalishga misol bo'ladi. Lingvokognitiv yondashuvda frazema tayyor leksik birlik bo‘lish bilan birga, muayyan konseptni ifodalovchi kognitiv model hisoblanadi. Frazemalarning ma’nosi so‘zlarning oddiy yig‘indisi emas, balki inson ongida shakllangan obraz va tajribaga asoslanadi. Har bir xalq, millatning o'z milliy an'analari, hayot tarzi bilan bog'liq urf odatlari va qadriyatlari bo'lib, ularni asrabavaylamoq, kezi kelganda ularni targ'ib qilmoq kerak. Shuningdek, o'zbek iboralarida ham o'zbek xalqiga xos g'urur, andisha, uyat, xarakterxususiyatlari, mehmondo'stligini ochib beruvchi bir qancha iboralar ko'zga tashlanadi. Ko'ngli ochiq, qo'li ochiq iborasi o'zbek xalqiga xos ibora bo'lib, bizning elimiz qadimdan mehmondo'st, saxiy bo'lgan. Shuning uchun ham bu iboralar asrlar davomida yashab kelmoqda. O'zbek xalqi oilani muqaddas dargoh deb hisoblaydi. Iloji boricha bir marta turmush qurib shu oilasi bilan bo'lishini xohlaydi. Qo'sha qarimoq, oq fotiha bermoq, bir yostiqqa bosh qo'ymoq kabi iboralar oila ildizida vujudga keladigan iboralar hisoblanadi. Qo'sha qarimoq - umrining oxirigacha turmush o'rtog'i bilan birga bo'lmoq. Oq fotiha bermoq - otasidan duo olib ota uyini tark etmoq. O'zbeklarda oq fotiha olmagan qiz baxtli bo'la olmaydi degan gap bor. Bu ibora ham o'zbeklar urf-odati bikan birga yashab kelmoqda. Ayollar va erkaklarga xos iboralar ham hayotimizda uchrab turadi. Masalan, o'zbek xalqida erkaklar ko'proq og'ir bosiq bo'lsa, ayollar esa ozroq sergap bo'lishadi. Ichida gap turmaydigan, og'zi bo'sh, elakka chiqqan xotinning ellik og'iz gapi bor, labi labiga tegmaydigan, dardini doston qilmoq kabi iboralar ayollarga xosdir. Erkaklar og'ir bo'lganligi uchun ular ko'proq qovog'idan qor yog'ib turadigan qilib tasvirlanadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 866 O'zbek xalqi mehnatkash, doimo o'z yurtini himoya qilib kelgani uchun ham bir qancha iboralar ishlatilanadi. Bular: Belinda belbog'i bor, touching qoni qolguncha, bel bog'lamoq kabi iboralardir. O'zbek frazemalari xalqning milliy-madaniy tajribasi bilan bog'liq. Dehqonchilik, oila, axloq va ijtimoiy munosabatlarga oid frazemalar bunga misol bo'ladi. Yer tishlatdimag'lub etish, nomusiga tegdiaxloqiy qadriyat. Bunday frazemalar xalqning kollektiv xotirasi va mentalitetini aks ettiradi. O'zbek frazemalari lingvokognitiv jihatdan xalq tafakkuri, konseptual bilimlar va milliy madaniyatning yorqin ifodasidir. Ular til va ongning uzviy bog'liqligini ko'rsatib, insonning dunyoni obrazlar orqali anglashini namoyon etadi. Lingvokognitiv yondashuv frazemalarni chuqurroq talqin qilish vaularning ichki mazmunini ochib berishda muhim ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, o'zbek frazeologizmlarini chuqur tadqiq etish xalq ongidagi axloqiy-estetik qadriyatlarni, milliy mentalitet va madaniy tafakkurni yanada yaxshiroq anglashga yordam beradi. Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. Nurmuhammedov Y. (2021). Frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari. Samarqand. 2. Rahimova M. Muhammadqodirova F. (2022). O'zbek tilida milliy xarakter bilan bog'liq iboralarning lingvokulturologik tadqiqi. 3. Usmanov F. (2024). O'zbek milliy qadriyatlarning lingvomadaniy aspekti. 4. Wikipedia, ziyo.net.