scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ILM – INSONNI YUKSAKLIKKA KO'TARUVCHI NUR

Zokirov Izzatulloh

Abstract

Mazkur maqolada ilmning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni yoritilgan. Ilmning Qur’on va sunnatdagi fazilatlari, olim va tolibi ilmning martabasi hadislar hamda ulug‘ ulamolar hayotidan keltirilgan ibratli voqealar orqali bayon etilgan. Shuningdek, ilm talabida oliy himmatli bo‘lish, sabr-toqat, bedorlik, kamtarlik va ustozga hurmat kabi muhim odoblar yoritib berilgan. Maqolada ilm yo‘lidagi mashaqqatlarning haqiqiy mo‘min uchun rohatga aylanishi, ilmning qalb hayotidagi o‘rni hamda dunyo va oxirat saodatiga eltuvchi nur ekani asoslab berilgan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 878 4123 ILM – INSONNI YUKSAKLIKKA KO‘TARUVCHI NUR Zokirov Izzatulloh Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi 4-kurs talabasi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18023484 Annotatsiya. Mazkur maqolada ilmning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni yoritilgan. Ilmning Qur’on va sunnatdagi fazilatlari, olim va tolibi ilmning martabasi hadislar hamda ulug‘ ulamolar hayotidan keltirilgan ibratli voqealar orqali bayon etilgan. Shuningdek, ilm talabida oliy himmatli bo‘lish, sabr-toqat, bedorlik, kamtarlik va ustozga hurmat kabi muhim odoblar yoritib berilgan. Maqolada ilm yo‘lidagi mashaqqatlarning haqiqiy mo‘min uchun rohatga aylanishi, ilmning qalb hayotidagi o‘rni hamda dunyo va oxirat saodatiga eltuvchi nur ekani asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Ilm, tolibi ilm, oliy himmat, Qur’on va sunnat, olimning fazilati, ustozga hurmat, ilm odoblari, sabr va mashaqqat, bedorlik, qalb nuri, vaqt, ulamolar, ixlos, nur, jaholat. Ilm insoniyatni zulmatdan nurga olib chiquvchi eng buyuk ne’matlardan biridir. Insonning qadr-qimmati, jamiyatning taraqqiyoti va madaniyatning rivoji ilmga bog‘liq. Alloh taolo Qur’onda ilmlilarning martabasini ulug‘lab shunday marhamat qiladi: "Biladiganlar bilan bilmaydiganlar barobar bo‘ladilarmi?", yoki boshqa oyatda : "Alloh sizlardan iymon keltirganlarni va ilmga berilganlarning darajalarini ko‘tarur". Abu Dardo raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyidagilarni eshitdim dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Kim ilm yo‘lini tutsa, Alloh uni jannat yo‘liga yo‘llab qo‘yadi. Albatta, farishtalar ilm talabidagi kishiga rozi bo‘lib, qanotlarini yozib turadilar. Darhaqiqat, olim kishi uchun yer – osmondagi mavjudotlar va hattoki suvdagi baliqlar ham istig‘for aytadilar. Albatta olimning obidga nisbatan fazilati to‘lin oyning yulduzlarga ko‘ra fazliga o‘xshaydi. Darhaqiqat, ulamolar payg‘ambarlarning merosxo‘ridir. Payg‘ambarlar dinor va dirhamlarni meros qoldirmadilar, ular faqatgina ilmni meros qoldirganlar. Kimki uni olsa, to‘liq nasiba olibdi" – dedilar. Abu Umama al-Bahili roziyallohu anhu rivoyatiga ko‘ra: Rasululloh sollollohu alayhi vasallamga ikki odam haqida zikr qilindi. Ulardan biri oddiy ahli ibodat, ikkinchisi esa ilm o‘rganuvchi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Olimning ibodatgoʻydan ustunligi — Mening sizlardan eng past martabali odamdan ustidagi ustunligimga o‘xshashdir. Alloh, Uning farishtalari, osmon va yer maxluqotlari — hatto teshigida yashovchi chumolilardan tortib, suvdagi baliqlargacha yaxshilik o‘rgatuvchi kishi uchun salavot (duo, baraka) aytadilar.” Termiziy rivoyati Ilmning insonni kamtar, hushyor va doimo izlanishda tutishini ulug‘ imomlarimiz hayoti yana bir bor tasdiqlaydi. Buning yorqin misoli quyidagi ibratli voqeada ko‘rinadi: Abu Yusuf rahimahulloh og‘ir betob bo‘lib qoldi. Ustozi Abu Hanifa rahimahulloh uni bir necha marta ziyorat qildi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 879 Oxirgi marta ziyoratiga kelganida shogirdining ahvoli yanada og‘irlashgan edi. Ustoz istirjo 1 aytdida: «O‘zimdan keyin uni imom qilib tayinlamoqchi edim. Agar u vafot etsa, bu ilm borasida katta yo‘qotish bo‘ladi», dedi. Alloh, Abu Yusufga shifo berib, kasallikdan forig‘ qildi. Odamlar «Siz betob yotganingizda Abu Hanifa shunday dedi», deyishdi. Abu Yusuf bundan g‘ururlanib ketdi. Odamlarning ham unga hurmati ortdi. Fiqhdan masala aytish uchun alohida majlis tuzib, Abu Hanifaning majlisiga bormay qo‘ydi. Abu Hanifa shogirdining kelmay qo‘ygani sababini odamlardan so‘ragan edi, ustozi aytgan gapdan keyin uning o‘z fiqh majlisi tuzganini aytishdi. Abu Hanifa bir kishini chaqirib, bunday dedi: “Abu Yusufning majlisiga borib, unga bunday savol ber: "Bir kishi boʻyoqchiga kiyim olib bordi. Uni bir dirhamga boʻyab berishga kelishib, kiyimini tashlab keldi. Bir necha kundan keyin kiyimini so‘rab borganda, boʻyoqchi: “Menda senga tegishli hech narsa yo‘q”, deb, kiyimini olganini inkor qildi. Kiyim egasi bir muddatdan keyin yana boʻyoqchining oldiga borib, kiyimini talab qildi. Boʻyoqchi unga kiyimni boʻyalgan holda qaytarib berdi. Shunda kiyim egasi boʻyoqchiga kelishilgan pulni berishi kerakmi yoki yoʻqmi?" Agar Abu Yusuf «Berish kerak», desa ham, «Berish shart emas», desa ham xato qilgan qilding”, — degin". Haligi odam Abu Yusufning majlisiga borib, savolni berdi. Abu Yusuf: “Berish kerak”, deb javob berdi. U odam: “Xato qildingiz”, dedi. Abu Yusuf bir muddat o‘ylanib: “Yo‘q, berish shart emas ekan”, dedi. U odam yana: “Xato qildingiz”, dedi. Abu Yusuf shu zahoti o‘rnidan turib, Abu Hanifaning oldiga keldi. Abu Hanifa: “Seni bu yerga boʻyoqchining masalasini olib keldimi?” dedi. Abu Yusuf: “Ha”, dedi. Abu Hanifa: “Subhanalloh! Kim ekan u oʻtirib olib fatvo beradigan? Ijara masalasida toʻliq javob bera olmaydi-yu odamlarga Allohning dinini gapiradimi?", dedi. Abu Yusuf dedi: “Ey Abu Hanifa, menga buning hukmini o‘rgating”. Abu Hanifa dedi: “Boʻyoqchi: ‘Kiyimni men olmadim deb inkor qilgandan soʻng boʻyagan boʻlsa kiyim egasi unga pul bermaydi, chunki boʻyoqchi kiyimni oʻzi uchun boʻyagan hisoblanadi. Agar kiyimni olganini inkor qilishdan oldin boʻyagan boʻlsa, kiyim egasi xizmat haqini berishi lozim boʻladi. Chunki bu holda kiyimni egasi uchun boʻyagan boʻladi", dedi. Shunda Abu Yusuf: “Kim endi ilmga muhtoj emasman, deb o‘ylasa, holiga voy!” dedi. Ulamolarimiz ilm yo‘lida zarur bo‘lgan odoblar haqida juda ko‘p nasihatlar qilganlar. Shularning yana bir muhim qismi quyidagilardir: Ilmni har Dushanba, Payshanba va Juma kunlari talab qilishlik sunnatdandir, chunki ana shu kunlarda ilm olish oson boʻladi. Va yana unga garchi bir harf boʻlsa ham yaxshilikni oʻrgatgan kishiga kamtar (hokisor) boʻlmoqligi, unga xushmuomala boʻlishiligi va uni haqqiga sir va oshkora duo qilishligi, uni xizmatini qilishi va yordamlashishi ham (sunnatdandir). Darhaqiqat Paygʻambar alayhissalom aytdilar: Kim bir bandaga Alloh taoloning kitobidan bir oyatni oʻrgatsa, bas u oʻsha bandaning xoʻjayinidir, va uni yordamsiz tashlab qoʻyishligi va boshqasini undan ustun koʻrishi joiz boʻlmaydi. Agar kim shunday qilsa, islom rishtalaridan bir rishtani uzibti dedilar.!!! 1 Istirjo’ deb “Innaa lillaahi va innaa ilayhi rooji’uun” (“Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz U Zotga qaytguvchimiz”) deyiladi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 880 Dinda muboh sanalgan ishlarga ustoz buyursa unga xilof qilmaydi, mana shu ishlarning barchasida ustozi xursand bo'ladigan ishlarni qidirib yuradi, ustozining haqqini ota-onasining haqqidan va barcha musulmonlarning haqqidan ham ustun qo'yadi, oʻz molidan biror narsani ustozidan ayamaydi, ustozining toyilish xatolarini titkilab yurmaydi, ba'zi ustozdan eshitgan xato nuqsonlarni eng chiroyli taʼvilga haml qiladi. Yana ilm eshitishlikda gʻazabini yutmoqlik va ilmga hazil aralashtirmaslik ham sunnatdan hisoblanadi. Agar ilmga hazil aralashtirilsa qalbi u ilmni yomon ko'rib qoladi. Ilm olish asnosida kulmasligi va o'ynamasligi ham sunnatdandir. Agar shunday qilsa qalbi oʻlib boradi. Ilm borasida tortishib janjal qilmaydi, agar shunday qiladigan bo'lsa zalolat eshigini qoqqan bo'ladi. Imom A’zamning shogirdi qozi Abu Yusufga vasiyati rohimahumallohga qilgan vasiyatlaridan birini keltirib o’tsak: "Avvalo ilm talab qil. Keyin halol yo‘l bilan mol-dunyo to‘pla. Keyin esa uylan. Agar sen yoshlikda ilm talab qilish o‘rniga mol-dunyo yig‘ishga kirishsang, ilm olishga vaqting yetmay qoladi. Mol-dunyo yig‘ib, uni xizmatkorlar, kiyim-kechak, xonadonning bezaklariga sarflash va dunyoviy ishlarga mashg‘ul bo‘lish ilm olishdan oldin bo‘lsa, vaqting behuda ketadi. Uylanganingdan so‘ng esa bolalar tug‘iladi va ularni tarbiyalashga, hayotlarini ta’minlashga ko‘p kuch va vaqt sarflashga majbur bo‘lasan. Bu esa ilmni tark etishingga sabab bo‘ladi. Shuning uchun yoshlikda, aqling tiniq, qalbing osuda va vaqting keng paytda ilm o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘l. So‘ngra mol-dunyo yig‘ishga vaqt ajrat. Chunki bolalarning ko‘pligi va oilaviy mas’uliyatlar insonni fikran parishon qiladi. Agar mol-dunyo yig‘ib olsang, shunda uylan!" Imom Navaviy rohimahulloh ilm tolibi odoblarida haqida shunday deydilar: “Ba’zi bizdan avval o‘tganlar muallimga oldiga dars olishga boradigan bo‘lsa, uning nomidan biron narsa sadaqa qilar va “Allohim, muallimimning biron aybi, kamchiligi bo‘lsa, uni mendan to‘sib, berkitgin hamda uning ilmining barakasini mendan ketkazib qo‘ymagin!”, deya duo qilardi. Ibn Qoyyum rohimahulloh aytadilar: Ilm qalbning taomi, sharobi va davosi bo‘lib, uning hayoti, tirikligi o‘shanga bog‘liqdir. Agar qalb ilmni yo‘qotsa, u o‘likdir. Lekin o‘lganini his qilmaydi, bilmaydi. Tolibi ilm har doim oliy himmat boʻlishi kerak. Zero, oliyhimmat inson ba’zi ilmlarni bilmay qolishni o‘ziga or sanab, unga insonlar oldida aybini ochib qo‘yadigan holat deb qaraydi. Himmati past kishiga insonlarning ta’nayu dashnomlarining mutlaqo ahamiyati yo‘q, bunga parvo ham qilmaydi, har qanday savol berilishidan qo‘rqmaydi ham. Chunki u bilmasligini aytishdan tortinmaydi. Oliyhimmmat kishi esa buni ko‘tara olmaydi. Zero, oliyhimmat kishiga ilm o‘rganish yo‘lida toliqish tom ma’noda rohat bag‘ishlaydi. Himmati past kishiga ilm olish, aql ishlatish rohat emas, mashaqqat va charchoq keltiradi. Dunyo eng oliy daraja, yuksak martaba uchun musobaqalashadigan joydir. Shuning uchun oliyhimmmat kishi katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishda qusurga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Uning maqsadi — g‘olib bo‘lish! Agar mabodo shuncha harakat qilishiga qaramay, oti toyisa ham aqldan ozmaydi, malomat qilinmaydi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 881 Ana shu haqiqatni arab tili allomasi, peshvosi Abulqosim Zamaxshariy ulamolarning kechalarni bedor o‘tkazib, ilm bilan mashg‘ul bo‘lishdan qanday rohat topganlarini tasvirlab, nihoyatda go‘zal she’riy satrlar orqali bayon etadi: Ilm tartibida uyqudan kechmoq, Har qanday lazzatdan azizu afzal. Tun aro mushkul bir masala yechmoq, Soqiy sharobidan ustun har mahal. Qalam qitirlashi bir ajib kuydir, Oshiq shivirlashi unga yetolmas. Dars o’yi dunyoda munavvar o’ydir, O’yki, dunyosidan chiqmas, ketolmas. Bu baxtga orzu-la bo‘lmaydi yetib, Bu baxtning yo‘lida xayollar abas. Bu baxt topilmaydi uyquga ketib, Bu baxtning badali — bedor bo‘lish, bas! Ilm — insonni jaholat zulmatidan hidoyat nuriga yetaklaydigan, uning qalbini tiriltirib, martabasini yuksaltiradigan eng buyuk ne’matdir. Ilm orqali inson nafaqat o‘zini, balki jamiyatni ham obod qiladi, dunyo va oxirat saodatiga erishadi. Qur’on va sunnatda ilmning fazilati, olimlarning maqomi yuksak darajada ulug‘langani bejiz emas. Ulamolar hayoti va ularning ibratli hikmatlari shuni ko‘rsatadiki, ilm yo‘li sabr, mashaqqat va bedorlikni talab etadi. Ammo bu mashaqqatlar oliy himmatli tolibi ilm uchun og‘ir yuk emas, balki ruhiy rohat va qalbiy huzur manbaidir. Ilm talabida kamtarlik, ustozga hurmat, odab va ixlos asosiy mezon bo‘lib, ana shu fazilatlar ilmning barakali bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, ilm — qalbning ozig‘i, uning hayot manbaidir. Ilmdan bebahra qalb tirik ko‘rinsa-da, aslida o‘likdir. Shu bois tolibi ilm har doim oliy himmatli bo‘lib, vaqtini g‘animat bilib, yoshlik chog‘ida ilmga jiddiy kirishmog‘i lozim. Chunki ilm bilan ziynatlangan inson — jamiyatning eng katta boyligi, ummatning yo‘lchi yulduzidir. Xulosa qilib aytganda, ilmga ixlos bilan intilish, uning yo‘lida mashaqqatdan qo‘rqmaslik va unga amal qilish insonni chin kamolotga yetkazadi. Ana shunday ilmgina insonni yuksaltiruvchi nur, hayotini ma’noli va barakali qiluvchi bebaho xazina bo‘lib qoladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Shayx Abu al Muhasin Muhammad ibn Abu Bakr "Shurʼat-ul Islam" 49-50betlar. 2. Imom Ibn Qayyum alJavziyya, “Miftaahu daaris saʼaadah” 1jild,401 - bet. 3. Mulla Ali Qori, “Mirqot al-Mafotih”, 1jild, 430bet. "Dar al - kutub al -ilmiyya”, Bayrut nashriyoti. 4. Muhammad ibn Abdulloh al-Xatib at-Tabriziy, “Mishkot ul - Masobih”, 47-48 - betlar, "Dar Ibn Hazm” Bayrut nashriyoti . 5. Xoniy al-Haj, "Solihlar gulshani", -bet, G’ofur G’ulom nashriyoti. 6. Abdulfattoh Abu G’udda, “Sahifalar” 143-147betlar.