scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TIL – MILLATNING KO'ZGUSI

Ismoilova Mashhura Rustam qizi

Abstract

Ushbu maqolada tilning millat hayotidagi o’rni, uning xalq ma’naviy boyligi va madaniy merosini ifodalovchi asosiy vosita sifatidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, tilning millat birligini mustahkamlashdagi o’rni va uni asrab-avaylash zaruriyati haqida so’z yuritiladi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 882 TIL – MILLATNING KO’ZGUSI Ismoilova Mashhura Rustam qizi Buxoro xalqaro universiteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18023534 Annotatsiya. Ushbu maqolada tilning millat hayotidagi o’rni, uning xalq ma’naviy boyligi va madaniy merosini ifodalovchi asosiy vosita sifatidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, tilning millat birligini mustahkamlashdagi o’rni va uni asrab-avaylash zaruriyati haqida so’z yuritiladi. Kalit so’zlar: Til, ona tili, jamiyat, ko’zgu, millat, xalq, nutq, o’zbek tili. Abstract. This article discusses the role of language in the life of a nation, it’s the importance of language as the main means of expressing the spiritual wealth and cultural heritage of the people is highlighted. The role of language in strengthening national unity and the need to preserve it are also discussed. Keywords: Language, mother tongue, society, mirror, nation, people, speech, uzbek language. Аннотация. В данной статье рассматривается роль языка в жизни нации е подчеркивается важность языка как основного средства выражения духовного богатства и культурного наследия народа. Также обсуждается роль языка в укреплении национального единства и необходимость его сохранения. Ключевые слова: Язык, родной язык, общество, зеркало, нация, народ, речь, узбекский язык. Kirish. Til har bir millatning ko’zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilning Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o’z onasini ko’rmasdan uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Bu fikrimizning yorqin misoli sifatida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan so’zlagan nutqini keltirishimiz mumkin: “Kimda-kim o’zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo’lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o’lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo’shiqlariga quloq tutsin”. Til – millat ko’zgusi, deb bejiz aytishmagan. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko’hna va serqirra madaniyati o’zbek tili – ona tilimiz ta’sirida shakllangan. So’nggi yillarda O’zbekistonning barcha soha va tarmoqlari qatorida ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi siyosat va amaliy ishlari ham yangi bosqichga ko’tarilmoqda. 1989-yil 21-oktabr “Davlat tili haqidagi’’ qonun qabul qilinib, o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi [2, 23]. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lgan ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va mustaqilligiga ega bo’ldi. O’zbek tilining eng ahamiyatli jihati shundaki, u juda shirali, har bir so’z quloqqa xush yoqadi, eshitgan inson ruhlanib ketadi. Til orqali xalqning tarixi, urf-odatlari, qadriyatlari, hatto dunyoqarashi ham avloddanavlodga o’tadi. Masalan, o’zbek tili orqali biz ajdodlarimiz – Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Cho’lpon singari buyuk zotlarning ma’naviy merosini o’rganamiz, ularning fikr dunyosiga kirib boramiz. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 883 Har bir millatning tarixi va madaniyati, urf-odatlari va an’analari aynan til orqali avloddanavlodga o’tadi. Shuningdek, o’zbek xalqining boy folklori, maqol va matallari, doston va asarlari o’zbek tilining betakror boyligini, xalq donoligini aks ettiradi. Bu tilning nafaqat aloqa vositasi, balki millat ma’naviyatining ko’zgusi ekanini ko’rsatadi. Bugungi globallashuv davrida tillar orasida raqobat kuchaymoqda. Shu sababli har bir xalq o’z tiliga e’tiborli bo’lishi, uni asrabavaylashi zarur. Zero, til kelajak avlod uchun muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.’’Til vositai robitai olamiyondur’’ [Avaz O’tar]. bu hikmatli so’zda tilning insoniyat hayotidagi o’rni naqadar muhimligi ifodalangan. Jahonda millionlab o’zbeklar yashaydi, ularni bir-biri bilan bog’lab turadigan kuch – o’z ona tilidir. Tilni hurmat qilish, uni sayqallash, ravon va to’g’ri so’zlash millat madaniyatining yuksakligini ko’rsatadi. Til millat ruhiyati va ma’naviy olamining mahsuli. Unda xalqning hayot tarzi, turmushi, mentaliteti, orzu-umidlari aks etadi. Til kishilik jamiyatida yaratilgan bo’lib, aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Uning ijtimoiy tabiati ayrim shaxsga emas, balki jamiyat uchun ximat qilishda namoyon bo’ladi. Til insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy hodisa sifatida paydo bo’ladi. Agar bir jamiyat yo’q bo’lishi bilan til ham asta-sekin iste’moldan chiqa boshlaydi va davrlar o’tishi bilan o’lik til hisoblanadi. Masalan, lotin, so’g’d, qadimiy Xorazm tillari kabilar bunga misol. Biroq tilning paydo bo’lishi taraqqiy etishi va is’temoldan qilinmay qolishi biologik jarayon emas, balki jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liqdir. Umumiy tilshunoslik fanining asoschisi V.Gumboldt ta’rificha,til murakkab, bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan sifat va xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan hodisadir. Shuning uchun ham tilni ilmiy o’rganishda, uning haqiqiy mohiyatini tushunishda antinomiya, ya’ni qarama-qarshilik metodini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Til tabiatiga xos antinomiyalar quyidagilar: Birinchi antinomiya: til bilan tafakkurning ajralmas birligi va ichki qarama -qarshiligidir. Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo’lmaganidek, tilning ham tafakkurdan ajratib qo’yilishi mumkin emas. Ikkinchi antinomiya: til har doim rivojlanib turadigan dinamik hodisadir. Bir tomondan, til faoliyat bo’lsa, ikkinchi tomondan, faoliyat mahsulidir. Tilda so’zlovchi har bir kishi o’zining nutq faoliyati jarayonida tilning rivojlanishi uchun o’z hissasini qo’shadi. Shu bilan birga til insoniyat jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha tarixiy boyliklarini mujassamlashtirgan va avloddan-avlodga o’tib boradigan aniq tarixiy me’yordir. Demak, ikkinchi antinomiya til bilan nutqning o’zaro masalasidan iborat. Uchinchi antinomiya: nutq va tushunish antinomiyasidir. V.Gumboldt ta’rifiga ko’ra, nutq bilan nutqni tushunish inson nutq faoliyatining ikki tomonini tashkil etadi. To’rtinchi antinomiya: tildagi obyektiv va subyektiv xususiyatlarini o’z ichiga oladi.V.Gumboldtning fikricha, har bir individ insoniyat kollektivi tomonidan yaratilgan tildan foydalanadi va ushbu tilning qonun-qoidalariga rioya qiladi. Subyektiv hodisa sifatida esa har bir so’zlovchi o’zining nutqiy faoliyati jarayonida tilning rivoji uchun o’z hissasini qo’shadi. Beshinchi antinomiya: tildagi kollektiv va individual xususiyatidir. Ma’lumki nutq ayrim shaxslar o’zlaridan oldingi avlod tomonidan yaratilgan kollektiv mahsulotidan foydalanadilar. |Nutq faoliyati o’z navbatida so’zlovchini va tinglovchini taqozo qiladi. Shuning uchun tildagi kollektiv va individual xususiyatlarni o’rganish zarur. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 884 Demak, V.Gumboldt fikricha, til nihoyat darajada murakkab va ko’p aspektli bo’lib, uni ilmiy o’rganish esa tilning barcha aspektlarini tekshirishni talab qiladi [X.Z.”Tilshunoslikka kirish”] F.de Sossyurning ilmiy g’oyasi tilning murakkab ziddiyatlarga boy ko’p tomonlama hodisa ekanligiga asoslangan.F.de Sossyur fikricha, til kishilik jamiyatida bajaradigan funksiyaga ko’ra aloqa quroli, fikrni ifodalaydigan vositadir. [X.Z’’Tilshunoslikka kirish’’] Xulosa qilib aytganda, til millatning ko‘zgusi, uning yuragi va ma’naviy kuchidir. Tilni asrab-avaylash, rivojlantirish, ulug’lash – bu bizning eng oliy burchimiz. Zero, ona tili bor ekan, millat ham bor, uning tarixi, buguni va kelajagi ham porloq bo’ladi. Millatning o’ziga xos dunyoqarashi, tafakkuri hamda ruhiyati aynan til orqali namoyon bo’ladi. Shu boisdan, til nafaqat aloqa vositasi, balki milliy qadriyatlarimizdan biridir. Tilga e’tibor – millatning o’ziga, uning ravnaqiga e’tibordir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi ”Davlat tili haqida”gi 3561-XI-son Qonuni, 1989. 2. Nurmonov A. Umumiy tilshunoslik. – T.; 2019. 3. Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish. – T.; 2007. 4. G’ulomov A. O’zbek tili stilistikasi. – T.: O’qituvchi, 2017.