DAVR XARAJATLARINING HUJJATLASHTIRILISHI VA SINTETIK HISOBI
Abstract
Bozor iqtisodiyotining ustunligini ta’minlovchi muhim xususiyati unda barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zaro raqobat asosida faoliyat yuritishi hisoblanadi. Raqobatchilik sharoitida faoliyat yuritish barcha korxonalardan xarajatlarini tejagan xolda xo’jalik faoliyatini tashkil etishni talab qiladi. Aks holda ular raqobatda yutqazadilar.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 193 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us DAVR XARAJATLARINING HUJJATLASHTIRILISHI VA SINTETIK HISOBI Ilmiy rahbar: Doʻsmuxamedova Nozima Xamidulla qizi Termiz iqtisodiyot va servis universiteti “Buxgalteriya hisobi va statistika” kafedrasi oʻqituvchisi, [email protected], 0009-0007-8603-5616 Charshenova Feruza Zaripboy qizi Razzoqova Gulrux Abdulfayizovna Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabasi Bozor iqtisodiyotining ustunligini ta’minlovchi muhim xususiyati unda barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zaro raqobat asosida faoliyat yuritishi hisoblanadi. Raqobatchilik sharoitida faoliyat yuritish barcha korxonalardan xarajatlarini tejagan xolda xo’jalik faoliyatini tashkil etishni talab qiladi. Aks holda ular raqobatda yutqazadilar. Korxona xarajatlarining tarkibida o’zining axamiyati va salmog’i bo’yicha davr xarajatlari ham muhim o’rin egallaydi. Bozor iqtisodiyoti davr xarajatlarini ham optimal miqdorda saqlashni , keraksiz sarflarga yo’l qo’ymaslikni talab qiladi. Buni nazorat qiluvchi muhim vosita bolib, buxgalteriya hisobi sanaladi. Korxonalarning doimiy faoliyat yuritishlari uchun ishlab chiqarishdan tashqari mahsulotlarni (Tovarlarni ,ish va xizmatlarni) sotishga,korxonani ma’muriy boshqaruviga va boshqa operatsion faoliyatiga oid xarajatlarni ham amalga oshirishlari talab etiladi. Bunday xarajatlar davr xarajatlari ,deb ataladi. Korxonalar xarajatlarining tarkibida o’zining miqdori bo’yicha davr xarajatlari ham muhim o’rin egallaydi. Davr xarajatlarining turlari,tarkibiy elementlari “Mahsulot (ish,xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalari to’g’risadagi Nizomda” batafsil ochib berilgan .Unga muvofiq davr xarajatlari quyidagi 4xil xarajatni o’z ichiga oladi: 1. Sotish xarajatlari; 2. Ma’muriy xarajatlar; 3. Boshqa operatsion xarajatlar; 4. Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari; Birinchi guruhga korxonada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni ,sotish uchun xarid qilingan tovarlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiradi.Bularga sotish (marketing)bo’limi xodimlari ish haqisi , ular ish haqidan ijtimoiy sug’urta fondlariga ajratmalar ,tovarlarni saqlash ,tashish, navlarga ajratish,qadoqlash xarajatlari,reklama uchun qilingan xarajatlar,tovarlarni sotishga xizmat qiluvchi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi kabi xarajatlar kiradi. Ma’muriy xarajatlarga korxona rahbariyatini tutib turish uchun qilingan barcha xarajatlar kiradi. Bunday xarajatlar tarkibiga boshqaruv xodimlariga tegishli bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari , ish haqidan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar ,xizmat avtotransportiga va xizmat mikroavtobusini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari,boshqaruvning texnik vositalari , aloqa uzellari , signalizatsiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo’lmagan boshqaruvining boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari , ma’muriy – boshqaruv axamiyatidagi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni saqlash, ularga xisoblangan amortizatsiya va boshqa xarajatlar kiradi.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 194 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us Boshqa operatsion xarajatlarga mahsulot tannarxiga, sotish va ma’muriy xarajatlarga taaluqli bo’lmagan xarajatlar kiradi. Bularga, kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarjatlari, maslahat, axborot va auditorlik xizmatlariga to’langan haqlar ,o’zining xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo’jaliklarni saqlashdan ko’rilgan zararlar, salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvchi bilan bog’liq bo’lmagan dam olishlarini tashkil etish tadbirlari , kompensatsiya va rag’batlantirish tusidagi to’lovlar, ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to’lovlar va xarajatlar, bank va depozit xizmatlarga to’lovlar, turli jarimalar va boshqa xarajatlar kiradi. Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlariga sarmoya bilan ta’minlash bilan bog’liq bo’lmagan va sarmoya bilan ta’minlanadigan asosiy vositalar qiymatiga qo’shilmaydigan xarajatlar kiradi . Jumladan: - Xo’jalik yurutuvchi yangi subektlar, ishlab chiqarishlar, sexlar, agregatlarni o’zlashtirishga xarajatlar; - Boshqaruv tizimlari va vositalarini yaratish hamda takomillashtirish bo’yicha xarajatlar; - Seriyali va keng ko’lamda chiqariladigan mahsulotlar yangi turlarini ishlab chiqarishni hamda texnologik jarayonlarni tayyorlash va o’zlashtirish xarajatlari; - Qonunchilikka muvofiq ishchi kuchlari qabul qilish bilan bog’liq xarajatlar; - Xo’jalik yurituvchi subektlarni, ishlab chiqarish liniyalarini rivojlantirish (takomillashtirish)xarajatlari. - Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan farqli xususiyati shundaki, unda aks ettirilgan xo’jalik operatsiyalari qatiy xujjatlashtirilgan bo’ladi, yani hisobda aks ettirilgan ma’lumotlarini muhumliligini, ishonarliligini, yuridik kuchga ega ekanligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham xujjatlashtirish buxgalteriya hisobining muhim usuli hisoblanadi. Davr xarajatlarini hujjatlashtirish deganda yuz bergan davr xarajatlariga oid operatsiyalarini ma’lum bir xujjatlar bilan rasmiylashtirish usuli tushiniladi. Davr xarajatlarini aks ettiradigan xujjatlar deganda davr xarajatlarining sarflanganligini guvohlik beruvchi yoki ularni kelgusida sarflanishiga asos bo’luvchi yozma guvohnoma tushuniladi. Masalan, ma’muriyat xodimlari uchun hisoblangan ish haqiga ularning ishga chiqish tabeli va ish haqi hisob kitobi guvohlik beradi. Boshqa bir hujjatlar davr xarajatlarining kelgusida sarflanishiga asos bo’ladi, masalan ,xodimlarni moddiy rag’batlantirish to’g’risidagi raxbarning buyrug’i xodimlarga mukofot hisoblash uchun asos bo’ladi. Davr xarajatlarining hisobi alohida moddalari bo’yicha quyidagi hujjatlarga asoslanib yuritiladi. 1-jadval Davr xarajatlari xisobini yuritishga asos bo’luvchi birlamchi hujjatlar Xarajat turlari Hisob yuritishga asos bo’luvchi birlamchi hujjatlar Ish haqi ko’rinishidagi xarajatlar 1.Tabellar 2.Ish haqi hisob -kitoblari Ijtimoiy sug’urta xarajatlari Hisob -kitoblar Xodimlarga mukofotlar va boshqa rag’batlantirish ko’rinishidagi xarajatlar 1.Raxbarning buyrug’i 2.Mukofotlar hisob-kitoblari
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 195 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us Xizmat safarlari bilan bog’liq xarajatlar Bo’nak hisobotlari Ko’rilgan moddiy zararlar 1.Moddiy zararni tekshirish kommiyasining dalolatnomalari 2.Raxbarning zararni korxona hisobidan qoplash haqidagi qarori Boshqa korxonalar tomonidan ko’rsatilgan savdo boshqa xizmatlar(brokerlik, auditorlik,konsalting)haqlari 1.Shartnomalar 2.Bajarilgan ishlarni topshirish qabul qilish dalolatnomalari schyot fakturali Savdo va ma’muriy maqsadlarda qilingan moddiy xarajatlar (xo’jalik inventarlari sarfi ,materiallar sarfi) 1.Talabnomalar; 2.Chiqim dalolatnomalari 3.Naryadlar; 4.Zabor varaqlari Davr xarajatlariga olib boriladigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hisobkitoblari Savdo va ma’muriy maqsadlar uchun ishlatilgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi Eskirish hisoblash hisob-kitoblari Boshqa xarajatlar 1.Dalolatnomalar; 2.Moddiy javobgar shaxslar hisobotlari 3.Raxbar buyruqlari va boshqalar 21-son BHMS ga muvofiq davr xarajatlarining hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi 2-jadval 21-son BHMSga muvofiq davr xarajatlari hisobi uchun mo’ljallangan hisobvaraqalar Hisobraqam Schyotlarning nomi 9400 Davr xarajatlarini hisobga olivchi schyotlar 9410 Sotish xarajatlari 9420 Ma’muriy xarajatlar 9430 Boshqa operatsion xarajatlar 9440 Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davr xarajatlari Ushbu schotlarning barchasi tranzit schyotlar bo’lib, ular yil boshi va oxiriga qoldiqqa ega bo’lmaydi. Biroq, hisobot davrining o’rtalarida, masalan, muayyan oylarda bosh va oxirgi qoldiqlar hisoblanishi mumkin. Ushbu schyotlar mohiyatan aktiv schyotlarga o’xshaydi. Shu sababli, ularnining ko’payishi debet tomonda, kamayishi esa ,kredit tomonda aks ettiriladi. Bu schyotning muayyan davr mobaynidagi debet oboroti shu davr mobaynida korxona tomonidan qilingan davr xarajatlarini aks ettiradi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, amaliyotda juda ko’p hollarda kelgusi davrlarga oid xarajatlar davr xarajatlariga olib boriladi. Shuningdek ,sotish, ma’muriy va boshqa operatsion xarajatlar ham bir-biri bilan chalkashtirilgan xolda hisobga olinadi.Bunday xatolar hisobot davri foyda ko’rsatkichlarining ham noto’g’ri xulosalarning shakllanishiga olib keladi. Shu sababli, davr xarajatlari hisobini yuqorida
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 196 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us nomi e’tirof etilgan Nizom va buxgalteriya hisobi tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda yuritish maqsadga muvofiqdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni. — Toshkent, 2016 (o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan). 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug‘i. “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”. — Toshkent, 2020. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS). — Toshkent, amaldagi nashr. 4. Qodirov A.Q. Buxgalteriya hisobi (Moliyaviy hisob). — Toshkent: Iqtisodiyot, 2021. 5. Abdullayev Yo., Rahimov A. Korxonalarda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 6. Saidov A.A. Korxonalar xarajatlari va ularni boshqarish hisoboti. — Toshkent: IqtisodMoliya, 2021. 7. Dosmukhamedova, N. (2024). REGIONAL INTEGRATION AND TRADE: ANALYSIS OF UZBEKISTAN'S ECONOMIC RELATIONS. Technical science research in Uzbekistan, 2(7), 56-59. 8. Dosmukhamedova, N. (2024). GREEN ECONOMY: UZBEKISTAN'S ROLE IN SUSTAINABLE DEVELOPMENT STRATEGY. Technical science research in Uzbekistan, 2(7), 52-55. 9. Dosmukhamedova, N. (2024). INNOVATIVE TECHNOLOGIES AND THEIR IMPORTANCE IN UZBEKISTAN AGRICULTURE. Technical science research in Uzbekistan, 2(7), 60-63.