scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORAKO'L QO'YLARINING KONSTITUTSIONAL XUSUSIYATLARI

Nazarova, Mokhira Azamatovna; Latifov, Zohir Abduhalim o'g'li; Nurpulatov, Sarvar Sayfullo o'g'li; Saydullayev, Abbos Shovkat o'g'li

Abstract

Maqolada qo‘zilarni seleksion ko‘rsatkichlariga qarab jun-tolalarining ipaksimonligi, yaltiroqligi, uzunligi kabi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 36 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18022215 UDK:636.31 QORAKO‘L QO‘YLARINING KONSTITUTSIONAL XUSUSIYATLARI Nazarova Mokhira Azamatovna, Latifov Zohir Abduhalim o‘g‘li, Nurpulatov Sarvar Sayfullo o‘g‘li, Saydullayev Abbos Shovkat o‘g‘li ANNATATSIYA Maqolada qo‘zilarni seleksion ko‘rsatkichlariga qarab jun-tolalarining ipaksimonligi, yaltiroqligi, uzunligi kabi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Key words: glossiness, silkiness, gray color, flatness, density ANNOTATION The article provides information on parameters such as silkiness, luster, and length of wool fibers depending on lamb selection parameters Kalit so‘zlar: yaltiroqligi, ipaksimonlik, sur rang, yassi, zichlik. Kirish. Chorvachilikda seleksiyaning amaliyoti o‘rganilayotgan belgilar orasida bog‘liqlik to‘g‘risida ma’lumotlardan foydalanish hisobga olinadigan belgilar sonini kamaytirish, seleksion jarayonni tezlashtirish, uning samaradorligini oshirish imkonini yaratadi. Ushbu yo‘nalishda turli rangli gul tiplaridagi qo‘ylarning nasliy-mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish orqali mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha qator olimlar tomonidan tadqiqot ishlari bajarilgan va natijada qorako‘l qo‘zilarining irsiy – mahsuldorlik, qorako‘l terilarining tovarlik xususiyatlarining yaxshilanishi kuzatilgan. Hozirgi paytda raqamli texnologiyalardan foydalanish bir muncha qo‘layligi bilan qorako‘l qo‘ylaridan olinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda. Bunday texnologiyalardan foydalanish va qorako‘lchilik sohasiga kirib kelishi, mahsulotlari sifatini oshiribgina qolmay, oziqovqat va boshqa qorako‘l qo‘ylaridan olinadigan (barra, go‘sht, o‘z rangbarangligiga ega bo‘lgan teri va boshqa) mahsulotlarining eksportining oshishiga ham ijobiy ta’sir INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 37 ko‘rsatmoqda. Mavjud qorako‘l qo‘ylarni raqamli texnologiyalari yordamida katta miqdordagi ma’lumotlarini tahlil qilish hamda qayta ishlash, turli xil axborotlarni bir platformada jamlash, ishlab chiqarishni nazorat qilish va kamaytirish hamda ko‘p sonli qorako‘l qo‘ylaridan olinadigan mahsulotlar subyektlariga kerakli ma’lumot bilan ta’minlash mumkin bo‘ldi. Mazkur maqolada qorako‘l qo‘ylarini urchitish, ularni ko‘paytirish, irsiy va mahsuldorlik xususiyatlarini takomillashtirish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada yirik chorvachilik markazlarida turli mahsuldorlik yo‘nalishlaridagi qorako‘l qo‘ylarining foydali xo‘jalik belgilari, biologik, mahsuldorilik, urchitish xususiyatlarini aniqlashda raqamli texnologiya orqali; irsiy imkoniyatlardan foydalanib, go‘sht, jun mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish va takomillashni taqazo etmoqda bunda raqamlashtirishning umumiy holati hamda ushbu tendensiyaning holati tahlil qilindi. Qayd etilgan holatni tirik vazn ko‘rsatkichi bo‘yicha ham kuzatish mumkin. Bunda yassi tipli qo‘zilar tug‘ilganda ham, jinsiy voyaga etgan 1,5 yoshli davrida ham boshqa tiplarga nisbatan statistik ishonchli (R<0,001) pastroq ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanishi kuzatildiki, buni yassi tipli qo‘ylarni seleksiyalashda e’tiborga olish lozim bo‘ladi. 1-jadval Turli gul tipidagi qo‘zilarning konstitutsional xususiyatlar ko‘rsatkichlari Gul tipi n Konstitutsional tiplari, % (X ±Sx ) Nozik Mustahkam Dag‘al (qo‘pol) Yassi 63 17,5±4,78 69,8±5,78 12,7±4,20 Yarim doira qalamgul 70 14,3±4,18 71,4±5,40 14,3±4,18 Qovurg‘asimon 48 14,6±5,10 72,9±6,42 12,5±4,77 O‘siqgul 45 11,1±4,68 66,7±7,03 22,2±6,20 X) - R<0,001 Yassi tipli sur rangli qorako‘l qo‘ylarini seleksiyalash xususiyatlarini o‘rganish asosida ta’kidlash mumkinki, ushbu tipdagi qo‘ylar zotning eng qimmatli guruhlari qatoriga kiradi. Buni ularda qator muhim seleksion belgilarning namoyon bo‘lish darajalarining yuqoriligi bilan izohlash mumkin. Shu bilan bir qatorda ushbu tipli INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 38 qo‘ylarni seleksiyalashda gullarning mustahkamlik darajasini oshirish, konstitutsiyasini mustahkamlash va tirik vazn ko‘rsatkichini ko‘tarishga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 2-jadval Turli gul tipidagi qo‘zilarning konstitutsional xususiyatlar ko‘rsatkichlari Tirik vazn, kg Tug‘ilganda 1,5 yoshda (X ±Sx ) Sv % (X ±Sx ) Sv % 3,76±0,05 10,56 37,9±0,38 7,96 4,12±0,04x) 8,42 39,3±0,37x) 7,88 4,05±0,06x) 10,27 39,6±0,39x) 6,82 4,84±0,08x) 11,09 41,4±0,43x) 6,97 Ushbu yo‘nalishda sur rangli yassi va boshqa tiplardagi qo‘ylarda qayd etilgan xususiyatlarning namoyon bo‘lish darajalarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. Natijalar 1-jadvalda keltirilgan. Jadval ma’lumotlari qo‘zilarning konstitutsiya tiplari hamda tirik vazn ko‘rsatkichlari bo‘yicha zot standartlariga mos kelishini ko‘rsatadi. Gul tiplariga bog‘liq holda qo‘zilarning aksariyat qismi mustahkam (66,7-72,9%) konstitutsiyaga mansubligi, tug‘ilganda 3,76-4,84 kg, 1,5 yoshligida 37,9-41,4 kg tirik vazn ko‘rsatkichlariga egaligi bilan xarakterlanadi. SHu bilan bir qatorda ta’kidlash lozimki, yassi tipida nozik konstitutsiyali qo‘zilar salmog‘ining (17,5±4,78%) boshqa tiplarga nisbatan biroz yuqoriligi kuzatiladi, o‘siqgul tipli qo‘zilar esa sezilarli qismining dag‘al konstitutsiyaga (22,2±6,20%) egaligi bilan farqlanadi. Qayd etilgan holatni tirik vazn ko‘rsatkichi bo‘yicha ham kuzatish mumkin. Bunda yassi tipli qo‘zilar tug‘ilganda ham, jinsiy voyaga etgan 1,5 yoshli davrida ham boshqa tiplarga nisbatan statistik ishonchli (R<0,001) pastroq ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanishi kuzatildiki, buni yassi tipli qo‘ylarni seleksiyalashda e’tiborga olish lozim bo‘ladi. Olingan natijalar: Yassi tipli sur rangli qorako‘l qo‘ylarini seleksiyalash xususiyatlarini o‘rganish asosida ta’kidlash mumkinki, ushbu tipdagi qo‘ylar zotning eng qimmatli guruhlari qatoriga kiradi. Buni ularda qator muhim seleksion belgilarning namoyon bo‘lish darajalarining yuqoriligi bilan izohlash mumkin. SHu bilan bir qatorda ushbu tipli qo‘ylarni seleksiyalashda gullarning mustahkamlik darajasini oshirish, konstitutsiyasini mustahkamlash va tirik vazn ko‘rsatkichini ko‘tarishga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 39 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Yusupov S.Yu va boshqalar Qorako‘lchilikda naslchilik ishini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma. Toshkent 2015y 2. Gaziev A., Yusupov S.YU., Fazilov U.T. Qora rangli qorako‘l qo‘ylari seleksiyasi samaradorligini oshirish usullari. //Uslubiy ko‘rsatmalar. Samarqand, 2001, 9 b. 3.Gaziev A., Yusupov S.Yu., Fazilov U.T. Seleksionnye osnove povsheniya effektivnosti seleksii chernыx karakulskix ovets. //«CHo‘l-yaylov chorvachiligi va ozuqa etishtirish muammolari» QCHEITIning 85 yilligiga bag‘ishlangan halqaro il.- amal. konf. materiallari. Samarqand. 2015. 51-55. 4. Azamatovna, N. M., & Nayimovich, X. J. (2023). Sur rangli qorako ‘l qo ‘ylarini gul tiplariga taqsimlanishi. QISHLOQ XO‘JALIGI, ATROF-MUHIT VA BARQAROR RIVOJLANISH MILLIY KONFERENSIYASI, 125-131. 5.Azamatovna, N. M. (2024). TURLI GUL TIPIGA MANSUB QO ‘ZILARNING GUL UZUNLIGI VA KENGLIGI. " RUSSIAN" ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ В СОВРЕМЕННОЙ НАУКЕ, 1(1)