MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O'QUVCHI -YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR
Abstract
Ushbu monografiyada birinchi, ikkinchi Renessans davrida yashab ijod qilgan mutafakkirlar, ularning ta’lim-tarbiya, shu jumladan, shaxsning muhim sifati hisoblangan axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida vatanparvarlik tarbiyasiga oid qarashlari, yondashuvlari, fikrlari tahlil qilingan. Ulardan bugungi kunda ta’lim-tarbiya amaliyotida foydalanish yo‘llari ko‘rsatilgan. Shunga ko‘ra ushbu monografiya ilmiy pedagogik jamoatchilik, o‘qituvchilar, ma’naviy-ma’rifiy soha xodimlari uchun muhim manba sifatida xizmat qiladi.
Full text
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 0
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI QORI NIYOZIY NOMIDAGI TARBIYA PEDAGOGIKASI MILLIY INSTITUTI R.G.SAFAROVA MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHI -YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR Monografiya Toshkent – 2025 “Science and Innovation” nashriyoti
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 2 UOʻK: 37.017.92 KBK: 74.00+74.200.52 S-14 R.G.Safarova. Mutafakkir va jadidlarning konseptual qarashlari asosida o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga oid yondashuvlar. Monografiya. – Toshkent: “Science and Innovation”, 2025. – 170 bet. Ushbu monografiyada birinchi, ikkinchi Renessans davrida yashab ijod qilgan mutafakkirlar, ularning ta’lim-tarbiya, shu jumladan, shaxsning muhim sifati hisoblangan axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida vatanparvarlik tarbiyasiga oid qarashlari, yondashuvlari, fikrlari tahlil qilingan. Ulardan bugungi kunda ta’limtarbiya amaliyotida foydalanish yo‘llari ko‘rsatilgan. Shunga ko‘ra ushbu monografiya ilmiy pedagogik jamoatchilik, o‘qituvchilar, ma’naviy-ma’rifiy soha xodimlari uchun muhim manba sifatida xizmat qiladi. Mas’ul muharrir: Professor Temur Xo‘ja o‘g‘li, AQSH Michigan davlat universiteti faxriy professori, O‘zbekiston milliy universiteti O‘zbek filologiyasi professori. Taqrizchilar: X.M.Tojiboyeva - pedagogika fanlari doktori, professor. G.R.Akramova - pedagogika fanlari doktori, professor. Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti kengashining 2025-yil 2-sentabrdagi 9/4.8-sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. https://doi.org/10.5281/zenodo.18029175 ISBN 978-9910-8312-6-3 © R.G.Safarova. Mutafakkir va jadidlarning konseptual qarashlari asosida o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga oid yondashuvlar. Monografiya, 2025. © “Science and Innovation” nashriyoti, 2025
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 3 MUQADDIMA Barcha xalqlar o‘z farzandlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga harakat qilishadi. Shuning uchun ham yoshlikda bolalar qalbiga vatan tuyg‘usini singdirishning usul, metod va texnologiyalarini kashf qilishga bo‘lgan intilishlar mavjud. Bu intilishlar natijasida vatanparvarlik tarbiyasining o‘ziga xos metodologiyasi vujudga kelgan. Vatanparvarlik tarbiyasining metodologiyasi bu vatanparvarlikni shakllantirish jarayonini ilmiynazariy asosda tashkil etishni ta’minlaydigan tamoyillar, qonuniyatlar va yondashuvlar tizimidir. Vatanparvarlik tarbiyasining metodologik asoslari sifatida insoniyat tomonidan yaratilgan falsafiy, aksiologik, pedagogik, psixologik, ijtimoiy madaniy bilimlar, yondashuvlar, tamoyillar e’tirof etiladi. Vatanparvarlik insonning ijtimoiy va ma’naviy borlig‘ining uzviy qismi, inson va Vatan o‘rtasidagi ongli ma’naviy aloqadorlikdir. Vatan “millat”, “fidoyilik”, “meros”, “xotira”, “qadriyat” kabi tushunchalar orqali ma’naviy qadriyatlar tizimi shakllantiriladi. Vatanparvarlik ta’limning tarbiyaviy maqsadi sifatida qaraladi, u o‘quvchi va talabalarda faol fuqarolik pozitsiyasini tarbiyalaydi. Identiklik insonda, hissiy bag‘ishlanish, milliy g‘urur va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantiradi. Vatan madaniyat, tarix, til, an’ana va merosning yaxlit tizimi sifatida qaraladi. Vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishda bir qator metodologik yondashuvlarga tayaniladi. Ular: 1. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, bunda har bir shaxs shu jumladan o‘quvchilar Vatanni o‘z bilimlari va tajribalariga tayangan holda anglaydilar; 2. Aksiologik yondashuv, o‘quvchilarda vatanparvarlik eng oliy qadriyat sifatida tarbiyalanadi; 3. Dialogik yondashuv, ushbu yondashuv doirasida “Men -Vatan – Jamiyat” munosabati dialog orqali shakllantiriladi;
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 4 4. Madaniyatshunoslik yondashuvi, o‘quvchilarda milliy madaniyat orqali fuqarolik, muayyan vatanga mansublik ongi shakllantiriladi; 5. Kompetentlik yondashuv, ta’lim natijasi sifatida o‘quvchilarda vatanparvarlik kompetensiyasi shakllantiriladi. Vatanparvarlik ta’limi texnologiyasi vatanparvarlik g‘oyalarini ta’lim jarayoniga tizimli ravishda joriy etish usulidir. Ushbu texnologiya vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga xizmat qiladigan didaktik shakllar, vositalar, maqsad, mazmun, metod va natija o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlaydi. Vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi o‘quvchi va talabalarda Vatanga muhabbat va sadoqat hissini shakllantirish, milliy g‘urur, fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy faollikni tarbiyalash, Vatanning ma’naviy va madaniy merosiga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdan iborat. Vatanparvarlik texnologiyasi o‘zining tarkibiy qismlariga ega. Ular maqsadli blok, mazmunli blok, texnologik blok, refleksiv blok, natijaviy blok. Maqsadli blok vatanparvarlik kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni o‘z ichiga oladi. Mazmunli blok o‘zbek xalqining milliy tarixi, madaniyati, qahramonlik an’analari, Vatanning hozirgi taraqqiyoti haqidagi bilimlar majmuini mujassamlashtiradi. Texnologik blok vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga xizmat qiladigan pedagogik usullar, interfaol metodlar, ijodiy faoliyat shakllarini birlashtiradi. Refleksiv blok Vatan va vatanparvarlikka bo‘lgan shaxsiy munosabat, hissiy identifikatsiya, o‘z fuqarolik pozitsiyasini anglash kabi ko‘nikmalar majmuidan iborat. Natijaviy blok Vatanga sadoqatli, ijtimoiy faol, ma’naviy yetuk shaxs qiyofasini ifodalaydi. Vatanparvarlik texnologiyasi o‘zining muayyan bosqichlariga ega. Ular motivatsion, ta’limiy, amaliy, refleksiv bosqichlardan iborat. Motivatsion bosqichda o‘quvchilarda Vatan haqidagi histuyg‘ular, qiziqish va faxr tuyg‘usi shakllantiriladi. Bu bosqichda
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 5 suhbatlar, videoroliklar, milliy tarixiy qahramonlar haqida bahs, “Mening Vatanim” essesi kabilardan foydalaniladi. Ta’limiy bosqichda o‘quvchilarga Vatan tarixi, madaniyati va hozirgi taraqqiyoti haqida bilim beriladi, multimedia darslar, keyslar, ma’ruzalar, davra suhbatlaridan foydalaniladi. Amaliy bosqichda Vatan uchun foydali bo‘lgan, unga manfaat keltiradigan ishlarda faol ishtirok etishga oid bilimlar va ma’lumotlar beriladi. “Yosh vatandoshlar” loyihasi, vatanparvarlik aksiyalari, muzeyga sayohatlar amalga oshiriladi. Refleksiv bosqichda o‘quvchilarga o‘z faoliyatini tahlil qilish, faxr va mas’uliyat hissini mustahkamlash imkoniyatlari kengaytiriladi. Bu jarayonda esselar, refleksiv kundalik, muhokama, “Mening fuqarolik pozitsiyam” taqdimoti kabi faoliyat usullaridan foydalaniladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan metodologiya va metodlar dastlab mutafakkir ajdodlarimiz tomonida ilgari surilgan, ular vatanparvarlik tarbiyasining nazariy amaliy asoslariga munosib hissa qo‘shganlar. Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri” asarida jamiyatdagi adolat va ezgulik asosi - fozil inson deb ta’kidlaydi. Uning fikricha, fozil inson: “o‘z xalqi va Vatani uchun foyda keltiradigan ilmni va amalni tanlaydi”.Bu yerda Forobiy vatanparvarlikni faqat hissiy tuyg‘u sifatida emas, balki ma’naviy-ma’rifiy mas’uliyat sifatida talqin qiladi. o‘z navbatida Abu Rayhon Beruniy ilmni Vatan manfaatlariga xizmat qildirish zarurligini ta’kidlab: “Haqiqiy ilm odamni Vataniga, xalqiga foyda yetkazishga undaydi”, deb yozgan.Uning asarlarida Vatanga sadoqat ilmga sadoqat bilan uyg‘un holda ifodalangan. Ibn Sino ham vatanparvarlikni axloqiy kategoriya sifatida talqin etgan. U insonni: “jamiyatning ma’naviy a’zosi, Vatanga xizmat qilish eng oliy fazilat”, - deb baholaydi. Bu fikr keyinchalik musulmon falsafasida “ijtimoiy mas’uliyat” g‘oyasini shakllantirgan. Alisher Navoiy asarlarida Vatan sevgisi yuksak ma’naviy qadriyat sifatida ifodalangan. Elga xizmat etmoq – Vatanga xizmat etmoqdir.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 6 “Muhokamat ul-lug‘atayn” va “Hayrat ul-abror”da xalqni ilm, mehnat va adolat orqali yuksalishga chaqirib, vatanparvarlikni ma’naviy poklanish bilan bog‘laydi. Fitrat “Rahbari najat”, “Oila”, “Hind sayyohi” asarlarida vatanni qutqarishning yagona yo‘li bilim va ma’rifat deb ta’kidlaydi. Unga ko‘ra bilimsiz millat Vatanni muhofaza qilolmaydi. Fitrat vatanparvarlikni faqat sevgi emas, balki ijtimoiy faollik, ma’rifiy kurash orqali namoyon bo‘ladigan harakat sifatida ko‘radi. Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida “Vatan - muqaddas bir sevgi, Vatanni sevmoq imondandir” deb yozadi. U vatanparvarlikni inson axloqining eng oliy fazilati sifatida ko‘rsatib, ta’lim orqali uni shakllantirish zarurligini ta’kidlaydi. Behbudiy “Padarkush”, “Tarixi islom”, “Mexnatkash xalq” kabi asarlarida millat taqdiri uchun qayg‘urgan ziyoli sifatida xalqni ilmga, uyushqoqlikka va Vatanni ozod qilishga chaqirgan: “Vatan taraqqiyoti ilm bilan bo‘ladi, ilm esa maktabda yetiladi” deb yozgan Behbudiy. Munavvarqori Abdurashidxonov Vatan ravnaqini ta’lim bilan bog‘lab: “Maktab Vatanning qalbi” degan g‘oyani ilgari surgan. U maktab orqali Vatanga sadoqat, mehnatsevarlik va ma’naviy mas’uliyatni singdirish g‘oyasini ko‘tarib chiqqan. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki mutafakkir ajdodlarimiz va jadid ma’rifat parvarlari vatanparvarlik teoriyasiga oid ko‘p yo‘nalishli pedagogik ta’limotni ilgari surganlar. Biz ushbu monografiyada o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun zarur bo‘lgan ushbu g‘oyalarni tahlil qilib pedagogik jamoatchilik hukmiga havola qilish o‘qituvchilarni esa vatanparvarlik tarbiyasiga oid nazariy amaliy yondashuvlar bilan yaqindan tanishtirish maqsad qilgan holda ushbu monografiyani yaratdik. Kitob ilmiy pedagogik jamoatchilik, o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz. Muallifdan
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 7 INTRODUCTION All nations try to educate their children in the spirit of patriotism. Therefore, there are efforts to discover methods, techniques, and technologies for instilling the feeling of homeland in children’s hearts from a young age. As a result of these efforts, a specific methodology of patriotic education has emerged. The methodology of patriotic education is a system of principles, regularities, and approaches that ensure the organization of the process of forming patriotism on a scientific-theoretical basis. As the methodological foundations of patriotic education, the philosophical, axiological, pedagogical, psychological, and socio-cultural knowledge, approaches, and principles created by humanity are recognized. Patriotism is an integral part of a person’s social and spiritual existence, a conscious spiritual connection between a person and the Homeland. Through concepts such as “nation,” “devotion,” “heritage,” “memory,” and “value,” a system of spiritual values is formed. Patriotism is regarded as an educational goal of instruction, and it nurtures an active civic position in students and pupils. Identity forms in a person feelings of emotional dedication, national pride, and social responsibility. The Homeland is viewed as a unified system of culture, history, language, tradition, and heritage. The number of methodological approaches are relied upon in implementing patriotic education. These are: 1. Person-centered approach, in which each individual, including students, understands the Homeland based on their own knowledge and experience. 2. xiological approach, in which patriotism is cultivated in students as the highest value. 3. Dialogic approach, within which the relationship “I – Homeland – Society” is formed through dialogue.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 8 4. Cultural studies approach, in which the consciousness of citizenship and belonging to a particular homeland is developed through national culture. 5. Competence-based approach, in which patriotic competence is formed in students as an outcome of education. The technology of patriotic education is a method of systematically introducing patriotic ideas into the educational process. This technology ensures the interrelation between didactic forms, tools, goals, content, methods, and outcomes that serve to carry out patriotic education. The purpose of patriotic education is to develop feelings of love and devotion to the Homeland in students and pupils, to cultivate national pride, civic responsibility, and social activity, and to form a sense of respect for the spiritual and cultural heritage of the Homeland. Patriotic technology has its own components. These are the goal block, content block, technological block, reflective block, and outcome block. The goal block includes educational tasks aimed at developing patriotic competence. The content block integrates a set of knowledge about the national history, culture, heroic traditions of the Uzbek people, and the current development of the Homeland. The technological block brings together pedagogical methods, interactive techniques, and forms of creative activity that serve to carry out patriotic education. The reflective block consists of a set of skills such as personal attitude toward the Homeland and patriotism, emotional identification, and understanding one’s civic position. The outcome block represents the image of a loyal-to-the-Homeland, socially active, spiritually mature individual. Patriotic technology has specific stages. These consist of motivational, educational, practical, and reflective stages. In the motivational stage, feelings about the Homeland, interest, and pride are cultivated in students. At this stage, conversations, video clips, discussions about national historical heroes, and the essay “My
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 15 «Меҳнаткаш халқ» выступал как просветитель, глубоко обеспокоенный судьбой нации, призывая народ к знаниям, сплочённости и освобождению Родины. Он писал: «Развитие Родины осуществляется через знания, а знания формируются в школе». Мунавваркори Абдурашидхонов связывал процветание Родины с образованием, выдвинув идею: «Школа — сердце Родины». Он подчёркивал роль школы в формировании верности Родине, трудолюбия и нравственной ответственности. Как видно из вышеизложенного следует, что наши мыслители-предки и джадидские просветители выдвинули многогранное педагогическое учение, посвящённое патриотическому воспитанию. В данной монографии мы поставили цель проанализировать эти идеи, необходимые для воспитания учащихся в духе патриотизма, представить их на рассмотрение педагогической общественности, а также ознакомить учителей с теоретическими и практическими подходами к патриотическому воспитанию. Мы убеждены, что данная книга послужит важным источником для научно-педагогического сообщества, учителей и исследователей. От автора
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 16 I - BO‘LIM. MUTAFAKKIRLAR MEROSI – MILLIY AXLOQIY HAMDA VATANPARVARLIK TARBIYA MANBAI SIFATIDA 1.1. - § TASAVVUF PEDAGOGIKASIDA AQL VA FIKR TARBIYASI ORQALI YOSHLARNI MA’NAVIY-AXLOQIY RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Har bir xalqning merosi yosh avlodning ma’naviy – axloqiy rivojlanishi va o‘zligini anglashi uchun metodologik manba vazifasini o‘taydi. Chunki, ushbu merosda millatning faxri va g‘ururi bo‘lgan ajdodlarning aql-idroki, tafakkuri, ma’naviyati va madaniyati namoyon bo‘ladi. Zero, ma’naviy-axloqiy mazmundagi meros avlodlarning taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Ularni ma’naviy-intellektual faollikka undaydi. Mazkur faollik kognitiv faollik sifatida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, inson tafakkuri nisbiy mustaqillikka ega. Shuning uchun ham tafakkur mantiqiy xulosa chiqarishga ko‘maklashadi. Inson hissiy bilishdan aqliy bilishga o‘tganda, uning bilish faoliyati sifat o‘zgarishiga uchraydi. Aqliy bilish - tushuncha, hukm va xulosa shaklida namoyon bo‘ladi. Ilmiy bilish jarayonida empirik bilish bilan nazariy bilish uyg‘unlashadi. Empirik bilish jarayonida inson narsalarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Empirik bilishning metodlari sifatida kuzatish, tasvirlash, tajriba hamda o‘lchovlarni ko‘rsatish mumkin. Nazariy bilish jarayonida inson hodisalarning mazmun mohiyatini chuqurroq anglashga muvaffaq bo‘ladi. Nazariy bilishning shakllari aniqlash, modellashtirish, abstraksiyalash, formallik, nazariyalar yaratish kabilardan iborat. Inson bilish jarayonida mantiqiy fikrlashning muayyan metodlaridan foydalanadi. Ular o‘rganilayotgan obyektga yaxlit yondashuv hamda narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonini ifodalaydi. Insonning bilish
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 17 jarayonida nutq birliklari va turli shartli belgilar alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, ularda kognitiv faoliyat ko‘rsatkichlari aks etadi. Shaxsning bilish faoliyati muayyan vazifalarni bajaradi. O‘quv topshiriqlari yordamida o‘quvchilarda tarixiy-madaniy tajribalar, axborotlar haqida aniq tasavvur hosil qilinadi. Bu esa o‘quv-tarbiya jarayonida ajdodlarimiz merosiga oid ma’lumotlar, bilimlarni o‘zlashtirish imkonini beradi. Ulardan foydalanishga oid ijtimoiy tajriba shakllantiriladi. Mutafakkir ajdodlarimiz insonning bilish faoliyati bilan bog‘liq muammolarning yechimiga qaratilgan metodologik yondashuvlarni ilgari surganlar. Chunki, ular birinchi navbatda, ta’lim oluvchilarning bilish imkoniyatlarini kengaytirishga e’tibor qaratganlar. Buning uchun ta’lim oluvchilar oldiga ularning aqliy tarbiyasi, izlanuvchanligiga qaratilgan topshiriqlar qo‘yishga harakat qilganlar. Kognitiv topshiriqlarni bajarish o‘quvchilardan intellektual faollik, evristik izlanuvchanlik hamda idrok jadalligini talab qiladi. Shu maqsadda, mutafakkir ajdodlarimiz maktab va madrasalarda ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash va izlanishga oid faoliyatlarini tizimli tarzda rivojlantirishga alohida e’tibor qaratganlar. Buning uchun birinchi navbatda, fikr tarbiyasiga ustuvorlik berilgan. Shu maqsadda, mutafakkirlar o‘quvchilarni mustaqil mutolaa bilan shug‘ullanishga da’vat etganlar. Mustaqil mutolaa qilish va mantiqiy mashqlarni uzluksiz bajartirish orqali ta’lim oluvchilarning kognitiv faoliyatlarini rivojlantirishga muvaffaq bo‘lganlar. Natijada, o‘quvchilarda o‘z mehnatidan qoniqish hissi, ijobiy his-tuyg‘ular, muvaffaqiyat qozonishga intilish kabi sifatlar tarbiyalangan. Chunki, X-XIV asrlarda yashagan mutafakkirlarning aksariyati maktab va madrasalarda yosh avlodga ta’lim-tarbiya bergan yoki tarbiya masalalari bilan muntazam shug‘ullangan. Ta’lim oluvchilar yangi axborotlar va bilimlarni o‘zlashtirish bilan bir qatorda, ularni kundalik hayotiy faoliyatlariga tatbiq etganlar. Shuning uchun ham
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 18 o‘zlashtirilgan bilimlar yosh avlod uchun tarbiya manbai sifatida xizmat qilgan. Ularni xatti-harakatlari va shaxsiy sifatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Ular bu masalaga didaktik nuqtai nazardan yondashgan holda, ta’lim oluvchilarning ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan bilimlarni o‘zlashtirishlari va unga amal qilishlarini ta’minlashga erishganlar. Bunday yondashuv mutafakkir ajdodlarimiz faoliyatida yetakchi o‘rin egallagan. Ayniqsa, madrasada mudarrislik qilgan mutafakkir ajdodlarimiz ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarning chuqur o‘zlashtirilishi va ularning barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilishiga intilganlar. Kognitiv faoliyat ta’lim oluvchilarda turli kreativ g‘oyalarning tug‘ilishi va ularda emotsional kechinmalarning vujudga kelishiga asos yaratadi. Shunga ko‘ra, mazkur faoliyat shaxsni faollik ko‘rsatish va pozitiv harakatlarni amalga oshirishga undaydi. Bunday faoliyatga yo‘naltirish maqsadida, ajdodlarimiz pedagogik muhitning ideal modellarini yaratishga muvaffaq bo‘lganlar. Ta’lim oluvchilar esa mazkur jarayonning faol subyekti sifatida faoliyat ko‘rsatganlar. Chunki, ta’lim oluvchilar birinchi navbatda, o‘zlarini o‘rab turgan ijtimoiy-pedagogik muhitning mazmun-mohiyatini anglagan holda, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirishlari zarurligini mutafakkir ajdodlarmiz qayta-qayta uqtirganlar. O‘z xattiharakatlarining mohiyatini anglash natijasida, insonning bilim olish, ma’naviy yuksalish, atrof muhitdagi voqelikni anglash, ma’naviyaxloqiy hamda intellektual rivojlanish ehtiyojlari qondirilishini ta’kidlaganlar. Kognitiv faollik bilimlarning o‘quvchilar ongida aks etishi va qayta shakllanishini ta’minlab, haqiqiy bilimlar va faoliyat tajribasining hosil bo‘lishiga xizmat qiladi. Shaxsning kognitiv faoliyati o‘zining muayyan darajalariga ega bo‘lib, uning aqliy taraqqiyotini ta’minlaydi. U o‘z ichiga hissiy bilish – sezgilar, idrok,
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 19 tasavvur orqali hosil qilinadi; ratsional bilish - tushunchalar, mulohazalar, aqliy xulosalardan o‘tib, nazariyalar tarzida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, inson bilish faoliyatining kundalik, badiiy, ilmiy darajalari ham mavjud. Ilmiy bilish faoliyati tabiat va jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishga qaratilgan. Shunga ko‘ra, kognitiv faoliyat muayyan yo‘nalish, aniq maqsad va vazifalariga ega. Kognitiv faollik yordamida shaxs tarixiy, madaniy, ijtimoiy tajribaning mohiyati, atrof olam, undagi voqea-hodisalarni to‘laqonli tarzda anglaydi. Kognitiv faoliyat jarayonida o‘quvchilar tarixiy tajribalar, voqea-hodisalarning mazmun-mohiyatini anglagan holda, unga u yoki bu darajada javob qaytaradi. Insonning bilish jarayoni aniq bilimlar yordamida rivojlanadi. Mutafakkir ajdodlarimiz merosi yordamida o‘quvchilar bilishning turli shakllarini o‘zlashtiradilar. Masalan, aqliy bilish, hissiy bilish kabilar. O‘quvchi yoshlar bilish faoliyati orqali ma’naviy-madaniy, intellektual boyliklar, ajdodlar merosi va xalqning ko‘p asrlik ijtimoiy tajribasi hamda qadriyatlarini egallaydi. Inson o‘zi o‘zlashtirgan bilimlar va ijtimoiy tajribani tushunchalar, qonunlar, prinsiplar, nazariyalar sifatida talqin qiladi va keyingi avlodlarga uzatadi. Bilish jarayoni o‘zining muayyan bosqichlariga ega. Uning bosqichlari shaxsning dunyoni anglash darajasi, bilish faoliyatining shakl va metodlaridan kelib chiqqan holda turli-tuman bo‘ladi. Shaxsning bilish faoliyati o‘z xarakteriga ko‘ra hissiy hamda aqliy bilish shakllariga ajratiladi. Hissiy bilish jonli mushohadadan iborat bo‘lib, bilimning dastlabki manbaidir. Hissiy bilish orqali shaxs ongida narsa va hodisalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks etadi. Hissiy bilish o‘zining muayyan shakllariga ega. Ular: sezgi, idrok, tasavvur. Hissiy bilishda narsa va hodisalar shaxs ongida alohida-alohida aks etadi. Shuning uchun ham
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 20 ular orasidagi aloqadorlik ba’zi hollarda shaxs e’tiboridan chetda qoladi. Insonning sezgilari aqliy bilish manbai hisoblanadi. U muayyan dalillarga asoslanadi. Ushbu jarayonda buyumlar va hodisalar orasidagi aloqadorlik namoyon bo‘ladi. Kognitiv faoliyatga egalik insonning o‘ylash, fikrlash, izlanish, voqea-hodisalarni oldindan ko‘ra bilish layoqatini ko‘rsatadi. Ajdodlar merosi esa xuddi mana shunday layoqatni tarbiyalashga xizmat qiladi. O‘zlashtirilgan bilimlar va shaxsiy sifatlar kognitiv faoliyat jarayonining mahsuli hisoblanadi. Mazkur jarayon faol, kreativ, tanqidiy xarakter kasb etishi uchun o‘quvchilarga ularni intellektual rivojlantirish, o‘ylashga undash, mushohada qilish, aniq xulosalar chiqarish, tahlil qilish imkonini beradigan didaktik materiallar taqdim etilishi kerak. Bunday didaktik materiallar sirasiga, xalqning ko‘p asrlik ijtimoiy tajribasini o‘zida mujassamlashtirgan tasavvuf adabiyoti va xalq pedagogikasi namunalarini kiritish mumkin. Adab bu – xulqni chiroyli qilish, so‘zni va fe’lni soz qilishdir. Bahouddin Naqshband * * * Bodir inson zotida oncha sharaf, Kim yamon axloqin echsa bartaraf. Alisher Navoiy * * * Go‘zal sifat va husni xulq siyratlarida kishini hech qanday chiroyli kiyimlar ko‘rkam qilolmas. Mahmud Zamaxshariy * * *
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 21 Yomon nimani istamasang, xushxulq bo‘l, Kasb etma riyoni, to‘g‘ri bo‘lsin ko‘ngil. Alisher Navoiy Markaziy Osiyoda yashagan buyuk allomalar shaxsni har tomonlama kamol toptirish uchun tarbiya vositalari va ularni kognitiv o‘zlashtirish metodlariga alohida e’tibor qaratganlar. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy kabi mutafakkirlar o‘z asarlarida mazkur vositalar va metodlarni har tomonlama tahlil qilib, uning tarbiyaviy imkoniyatlarini ko‘rsatganlar. Shaxsni har tomonlama tarbiyalash uchun aqliy va intuitiv bilish metodlarini qo‘llash zarurligini uqtirganlar. Empirik bilish metodlari sirasiga, mutafakkirlar kuzatish, tajriba, tavsiflash, o‘lchash kabilarni kiritganlar. Nazariy bilish metodlari sifatida esa abstraksiya, formallashtirish, modellashtirish kabilarni ko‘rsatganlar. Allomalar har bir metodning operatsional, qadriyatli jihatlari mavjudligini e’tirof etganlar. Metodning operatsional jihati shaxsning bilimdonligi, tarbiyalanganlik layoqatini ko‘rsatadi. Qadriyatli jihati esa uning samaradorligi, aniqligi, tushunarliligi, ishonchliligi kabilarda namoyon bo‘ladi. Ajdodlardan avlodlarga shaxsiy iqtidor, nutq, maqsadga yo‘naltirilgan holda mehnat qilish, fikrlash faoliyati, faoliyat jarayonida o‘z xatti-harakatlarining ijtimoiy tajriba sifatida uzatilishini ko‘rsatganlar. Ajdodlardan bir qator sifatlar milliy mentalitet doirasida kelgusi avlodlarga o‘tishi fanda isbotlangan. Ular, milliy qiyofa, jismoniy quvvatlar, qon guruhlari, iqtidor va layoqatlar, intellektual sifatlar, ma’naviy-axloqiy sifatlar kabilar. Biologik xususiyatlar shaxsning o‘ziga xosligi va farqli jihatlarini namoyon etadi. Meros tushunchasi doirasida ajdodlardan
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 22 kelgusi avlodlarga o‘tadigan bir qator sifatlar nazarda tutiladi. Ajdodlardan avlodlarga o‘tadigan xususiyatlar sirasiga, ularning kognitiv faolligi ham kiradi. Ajdodlarimiz yuksak aql-zakovat egasi bo‘lganliklari tufayli ham ularning xususiyatlari va intellektual imkoniyatlari mahsuli bo‘lgan kognitiv ma’naviy sifatlar yosh avlodning shaxsiy sifatlarini tarbiyalashning manbai hisoblanadi. Mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ulkan tarbiyaviy meros yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu esa ularning ma’naviy intellektual jihatdan rivojlanishi uchun pedagogik asos yaratadi. O‘quvchi-yoshlarda ma’naviy axloqiy sifatlarni shakllantirish natijasida jamiyatning ma’naviy qiyofasi tarkib topadi va sog‘lom madaniy-ijtimoiy muhit vujudga keladi. Ta’lim-tarbiya mazmunida xalq ijtimoiy tajribasining ifodalanishi o‘quvchilarda kognitiv faollikning vujudga kelishiga asos bo‘ladi va ta’lim muassasasining tarbiyaviy imkoniyatlari kengayadi. Ularda qiziqishlar, layoqatlar, iqtidorning to‘liq namoyon bo‘lishi uchun sharoitlar yaratiladi. O‘quvchilarda kognitiv layoqatlarning shakllanishida ajdodlar merosi va mavjud pedagogik shart-sharoitlar muhim o‘rin egallaydi. Ajdodlarimiz merosi asosida tanlangan didaktik vositalar o‘quvchilarning sifatlari bilan bir qatorda, ularning anatomik, morfologik xususiyatlarini ham rivojlantirishga ko‘maklashadi. O‘quvchilardagi rivojlanish ko‘rsatkichlari ularning integrativ xarakterdagi layoqatlari orqali namoyon bo‘ladi. Bu jarayonda o‘quvchilarning umumiy va individual layoqatlari o‘zaro farqlanadi. Umumiy layoqatlar o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy rivojlantirish bilan bog‘liq vaziyatlarning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlaydi. Bu: aqliy layoqatlar, qo‘l harakatlarining aniqligi va nozikligi, xotiraning rivojlanishi, nutq va muomala madaniyatining takomillashuvida o‘z aksini topadi.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 23 Maxsus layoqatlar esa shaxsning o‘ziga xos layoqatlari sifatida namoyon bo‘lib, o‘quvchilarning o‘quv tarbiya jarayonidagi faoliyati muvaffaqiyatlarini belgilaydi. Bunday layoqatning namoyon bo‘lishi uchun o‘quvchilarning iqtidorini tarbiyalash lozim. Ushbu maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaviy jarayonlar o‘quvchilarning kreativ, fikrlash, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, texnik-ijodkorlik, tashkilotchilik iqtidorlarining namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. O‘quvchilarning umumiy va maxsus layoqatlari bir-birini boyitishini mutafakkir ajdodlarimiz ko‘rsatib o‘tganlar. Bunda iqtidorning ajdodlardan avlodlarga o‘tishiga ham e’tibor qaratish lozim. Masalan, poetik, musiqiy, tasviriy faoliyat, texnik ijodkorlikka oid layoqatlar ajdodlarimiz faoliyatida yaqqol namoyon bo‘lgan. Bunday layoqatlarni yosh avlodda tarbiyalash orqali uning ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan kurtaklarini rivojlantirish mumkin. Ajdodlar merosi vositasida o‘quvchilarning kognitiv sohalarini faollashtirishda ularning qiziqishlari va mayllarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Bu ota-onalar va o‘qituvchilarning bolalarning har bir harakatini chuqur tahlil qilishni taqozo etadi. Ularda mavjud bo‘lgan iqtidor nishonalarini tarbiyalash va rivojlantirish ota-onalar va pedagoglardan ham mas’uliyatni talab etadi. Bu ko‘p jihatdan o‘qituvchilarning tarbiyaviy jarayonlarni maqsadga muvofiq tarzda tashkil etishlariga bog‘liq. Har bir bola faoliyatning muayyan turiga qiziqadi. Shunga ko‘ra, ajdodlar tajribasiga ko‘ra mazkur faoliyat usullarini o‘zlashtiradi. Ota-onalar va o‘qituvchilardan bolalarni ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib o‘tib kelayotgan faoliyat turlariga qiziqtirish talab qilinadi. Bu o‘z navbatida, ajdodlar tajribasining davomiyligi va millatimiz vakillari orasida iqtidorlarni tarbiyalashga mas’uliyat bilan yondashishni ta’minlaydi. Har bir o‘quvchining qiziqishlarini rag‘batlantirish asosida ularni o‘zlari qiziqqan faoliyat turiga jalb
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 24 etish lozim. Buning uchun dastlab o‘quvchilarda kognitiv faollikni ta’minlash talab qilinadi. Har bir shaxsning iqtidori muayyan faoliyat orqali namoyon bo‘ladi. Mutafakkir ajdodlarimiz san’at va fanning muayyan sohasida faoliyat ko‘rsatib, butun dunyoga o‘zbek millatini tanitishga muvaffaq bo‘lganlar. Millatimizning har bir vakilida milliy g‘urur tuyg‘usini tarbiyalash uchun asos yaratadi hamda o‘quvchilarda kognitiv fikrlash faoliyatining rivojlanishini ta’minlaydi. Iqtidor muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu faoliyatni insonning o‘zi mavjud bilimlari, shart-sharoitlari, qiziqishlari, motivlari hamda ijtimoiy tajribadan kelib chiqqan holda tanlaydi. Insonning ushbu faoliyat turida muvaffaqiyat qozonishi uning bilim darajasi, o‘zlashtirgan ijtimoiy tajribasiga bevosita bog‘liq. O‘quvchilarda intellektual faoliyat va kognitiv faollikning rivojlanishida xalqning ijtimoiy tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida, ijtimoiy tajriba ajdodlar merosida mujassamlashgan bo‘lib, ko‘p asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib, boyib, rivojlanib boradi. U ajdodlar tafakkuri mahsuli hisoblanadi. Chunki, tafakkur shaxs kognitiv faoliyatining asosiy ko‘rinishi hisoblanadi. U g‘oyalarning rivojlanishi, yangiliklarning kashf etilishi jarayonida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, tafakkurning mahsuli betakror g‘oyalar, fikrlar, kashfiyotlardir. Tafakkur inson ruhiyatining ichki xususiyati bo‘lib, uning rivojlanishi shaxs xulqatvorining xarakterini belgilaydi. Tafakkur betakrordir. Har bir shaxsning tafakkur tarzi o‘ziga xosdir. Ajdodlar tafakkurining mahsuli bo‘lgan ilm, ijod yosh avlod ongiga samarali ta’sir ko‘rsatib, ularning kognitiv faoliyatini jadallashtirishga va ma’naviyatini boyitishga xizmat qiladi. O‘quvchilarning atrof-muhit va jamiyat hayotiga moslashishi uchun ikki narsa muhim hisoblanadi: Har qanday vaziyatda o‘zlashtirilgan ijtimoiy tajribaga tayangan holda ijobiy harakatlarni amalga oshirish;
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 31 uyg‘unligini asoslab berganlar. Naqshbandiylikda “Dil ba yoru, dast ba kor” (“Ko‘ngil Allohda, qo‘ling mehnatda”) shiori ilgari surilgan bo‘lib, u insonni doimo halol mehnat qilishga, bunyodkorlik bilan shug‘ullanishga da’vat etadi. Xuddi shuningdek, zardushtiylikda ham “mehnat qilgan odam - ezgulik urug‘ini sochadi” degan g‘oya ilgari surilib, yerga ishlov berish, suvni asrash va tozalikni saqlash muqaddas burch sanalgan. Shu tarzda naqshbandiylik va zardushtiylik ta’limotlari o‘rtasida mehnat, halollik va tabiatni asrashga doir g‘oyalarning mushtarakligi namoyon bo‘ladi. Chunki, zardushtiylik dinida ham inson pokligi, uning aql-zakovati mustaqilligi va ma’naviy barkamolligini ta’minlash zarurligi e’tirof etilgan. Tasavvufda pedagogik ta’limotga oid nazariy yondashuvlar ishlab chiqilgan bo‘lib, unda insonning amaliy-ruhiy, psixologik mashqlar yordamida rivojlanishi asoslab berilgan. Tasavvuf ta’limotida shaxsning ma’naviy-axloqiy jihatdan rivojlantirish, mehnat va nafs tarbiyasi, shaxslararo munosabatlar, tolerantlik, o‘zaro hamkorlik, ota-onaga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilgan. Shaxs va jamiyat orasidagi munosabatlarni barqarorlashtirish ham mutafakkir ajdodlarimizning pedagogik qarashlarida ustuvor o‘rin egallagan. Pedagogik ta’limotlar o‘zida insonparvarlik g‘oyalarini mujassamlashtirgan tasavvuf adabiyotida ham markaziy o‘rinni egalladi. Badiiy adabiyot namunalari orqali yosh avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi. Maktab va madrasalarda darsliklar o‘rnida xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari, mutafakkir shoirlar tomonidan yaratilgan she’r dostonlar hamda nasriy adabiyot namunalaridan keng foydalanilgan. Ta’lim oluvchilar badiiy asarlarni mutolaa qilib, ularning mazmun-mohiyatini izohlash barobarida qahramonlar faoliyatidan tegishli xulosalar chiqarganlar, ularning hayotiy tajribalarini o‘rganganlar, ijobiy qahramonlarning hayoti, e’tiqodiy qarashlari, faoliyati, ideallari yosh avlod uchun
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 32 ibrat-namuna vazifasini o‘tagan. Tasavvufning shaxsni ma’anaviyintellektual rivojlantirish haqidagi g‘oyalari Abunasr Sarroj (vafoti 988 yil)ning “Kitob al-luma’”, Al-Kalabodiy (vafoti 990 yil)ning “Kitobat ta’arruf”, Abu Tolib Makkiy (vafoti 998 yil)ning “Qutal qulub”, Abdurahmon Sulamiy (vafoti 1021 yil)ning “Risolatal malomatiya”, Qushariy (vafoti 1072 yil)ning “Risola fit tasavvuf”, Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy”, Al Hujviriy (vafoti 1076)ning “Kashfal mahjub”, Abdulloh Ansoriyning “Manozil assoirin”, Farididdin Attor (1119–1222)ning “Tazkiratul avliyo” nomli asarlari orqali keng targ‘ib qilingan. Chunki, ushbu asarlarda yosh avlod tarbiyasiga oid qimmatli fikrlar, yondashuvlar, tavsiyalar berilgan. Masalan, “Agar shayxlik ruknlari nechta, deb so‘rasalar, yettita deb aytgin, deb uqtiradi Koshifiy “Futuvvatnomai sultoniy” asarida. – Birinchidan, shayx komil ma’rifat egasi bo‘lsin. Ikkinchidan, o‘tkir farosatli, odamshunos kishi bo‘lib, bir nigoh tashlash bilan muridning qobiliyatini ilg‘ay olsin. Uchinchidan, yetuk ruhiy-ma’naviy quvvati bo‘lsin, toki agar murid tariqat yo‘lidan adashsa, unga ma’naviy madad berib, mushkulini oson qilolsin, to‘g‘ri yo‘lga solsin, ya’ni narsaga muhtojligi bo‘lmasin. Beshinchidan, ixlosi mustahkam bo‘lib, riyo va tama’ni tark etsin, mol va mansab deb birovga sarg‘aymasin, egilmasin. Oltinchidan, rostlik va beg‘araz do‘stlikni shior qilsin – haq so‘zini har yerda, har qanday sharoitda ayta olsin, gapirganda ikkinyuzlamachilik qilmasin. Yettinchidan, qalbida shafqat nuri porlab tursin, murid manfaatini va umum manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘ysin” [66;24-b]. Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy” asarida keltirilgan shayxlikning yetti rukni haqidagi ta’limotda yoshlarni tarbiyalashga oid muhim g‘oyalar o‘z ifodasini topgan. Unda komil insonni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan fazilatlar - bilimdonlik, farosat, ruhiy kuch, ixlos, rostgo‘ylik, beg‘arazlik va shafqat kabi sifatlar yuksak qadriyat sifatida talqin etilgan. Ushbu g‘oyalar yoshlarni
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 33 ma’naviy barkamollikka, halollikka, insonparvarlik va vijdoniylik ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ajdodlarimiz tomonidan ilgari surilgan pedagogik ta’limotda shaxsning kognitiv faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ularning tasavvuri, his-tuyg‘ulari, mantiqiy fikrlash faoliyatini rivojlantirish zarurligi ta’kidlangan. Ma’lumki, aqliyhissiy bilish o‘quvchilarga ijtimoiy tajriba va axborotlarni faol o‘zlashtirish imkonini beradi, aql isbotni talab qiladi. Dalillar esa shaxsning tajribasidan kelib chiqqan holda asoslanadi, tajriba esa kognitiv faoliyatga asos bo‘ladi. Mutafakkir ajdodlarimiz kognitiv faollikning shaxs aqliy ma’naviy kamolotiga ko‘rsatadigan ta’sirini chuqur anglagan holda o‘z pedagogik qarashlarini bayon qilganlar. Boyazid Tayfur bin Iso Bistomiy tasavvuf tarixida intuitiv bilish nazariyasining asoschisi hisoblansa, Abulqosim Junayd al Muhammad Qavoririy alBag‘dodiy ilm va aqlga suyanadigan ratsional bilish nazariyasini ilmiy jihatdan asoslagan. Insonning kognitiv faoliyatini rivojlantirish zaruriyati komil inson konsepsiyasining mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Shaxsning intellektual, ma’naviy-axloqiy kamolotga erishish yo‘lini belgilab berish Sharq mutafakkirlar pedagogik ta’limotining asosini tashkil etgan. Insonni tarbiyalash uchun dastlab uni ichki olamini boyitish, tafakkurini kengaytirish mutafakkirlarning pedagogik ta’limotlarida muhim yo‘nalish sifatida e’tirof etilgan. Har bir bola tabiiy, ilmiy bilimlar, borliqdagi hodisa voqealarni o‘rganish asosida o‘zining intellektual ma’naviy olamini boyitishga muvaffaq bo‘ladi. Mutafakkir ajdodlarimiz bolalarga birinchi navbatda, jamiyatda munosib yashash, mehnat qilish, olam sirlarini bilishga intilish zarurligini uqtirish lozimligini ta’kidlaganlar. Mazkur pedagogik ta’limotda mol-dunyo to‘plash, nafs ehtiyojiga qarab yurish, hirs havas qattiq qoralangan. Ular insonni turli qusurlar va falokatlardan
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 34 qutqarishning to‘g‘ri yo‘li – nafsni yengish, qanoat bilan halol yashash, ruh - irodani chiniqtira borib, insoniylikni rivojlantirish zarurligini ta’kidlaganlar. Ushbu fikrlar mutafakkir ajdodlarimizning asarlarida aniq misollar, rivoyatlar, hikmatlar misolida bayon qilingan. Ular yomon ishlardan tiyilish, sabr-qanoat insonni kamolot sari yetaklashini o‘z asarlarida qayta qayta ta’kidlaganlar. Mutafakkir ajdodlarimiz orzu qilgan komil inson aqliyintellektual, ma’naviy-madaniy jihatdan rivojlangan ideal shaxsdir. Sayyid Abdulkarim Geloniy va Aziziddin Nasafiy (XIII asr)larning “Insoni komil” nomli risolalarida shaxsning bilish faoliyatini rivojlantirish orqali uni barkomillikka undash g‘oyasiga ustuvor o‘rin ajratilgan [46]. Komil inson modeliga ilk bor Muhyiddin Ibn Arabiy (1165–1240) asos solgan. Ibn Arabiy komil insonni “aqli avval yoki nafsi avval tushunchalariga teng” hodisa sifatida talqin etishga muvaffaq bo‘lgan[104]. Aqli avval tushunchasi shaxsning kognitiv layoqatga egaligini anglatadi. U “Komil inson”, “Maqsadi aqso”, “Zubdatul haqoyiq” asarlarida komil inson modelini yaratgan va tavsiflashga harakat qilgan. U komil inson tushunchasiga shaxsning tug‘ilishi, inson sifatida shakllanishi, muayyan mavqe va martabani egallashi, shaxslararo munosabatga kirishishi, axloq odob va yurish turish qoidalarini egallashi, ijtimoiy tajribani hosil qilishi zarurligi nuqtai nazardan yondashadi. Aziziddin Nasafiy esa komil inson tushunchasi doirasida aqliy intellektual, ma’naviy madaniy, axloqiy jihatdan barkamol insonni tushunadi. Nasafiy barkamol insonni ruh tushunchasi bilan uyg‘un tarzda anglashga muvaffaq bo‘lgan. U bu haqida quyidagi fikrlari bayon qiladi: “Bilgilki, Komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bo‘lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi to‘rt narsa kamolga yetgan bo‘lsin: yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorif” [46].
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 35 Mutafakkirlarning ta’biricha, komil inson kognitiv imkoniyatlari keng, muntazam rivojlanuvchi, aqliy kamolotga erishgan shaxsdir. Faollik, aqliy bilish, mantiqiy, tanqidiy fikrlash va o‘z fikrlarini asoslash bunday kishilarga xos bo‘lgan sifat hisoblanadi. Mazkur sifatlarni shakllantiruvchi asosiy manba esa ko‘p asrlar mobaynida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan pedagogik ta’limotlar, ma’naviymadaniy boyliklar, badiiy adabiyot namunalari, tarbiyaviy qadriyatlardir. Aziziddin Nasafiy kognitiv layoqati rivojlangan insonning asosiy shaxsiy sifatlari sirasiga quyidagi ikki jihatni kiritgan: Birinchisi - axloqlilik, ikkinchisi - o‘zini-o‘zi anglash ko‘nikmasiga egalik. Aziziddin Nasafiy yuqoridagi belgilarga ko‘ra insonlarni uch guruhga ajratgan: 1. Axloqiy sifatlarga ega bo‘lmagan va o‘zini anglamagan kishilar; 2. Axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan, biroq, o‘zini-o‘zi anglamagan insonlar; 3. Axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan va o‘zini-o‘zi anglagan, aqliy faoliyati yuksak darajada rivojlangan shaxslar. Shaxsning kognitiv faolligi unda axloqiy sifatlar va o‘z-o‘zini anglash layoqatining shakllanganligida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham mutafakkir ajdodlarimiz yosh avlodning o‘z-o‘zini anglashi va intellektual rivojlanishini nazarda tutib, o‘zlarining pedagogik qarashlarini bayon qilganlar. O‘rta asrlarda yashagan allomalar komil inson deganda, bir tomondan, ruhiy-ma’naviy qudrat, aql-u zakovat, yaxshi sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan shaxsni, ikkinchi tomondan esa, aqlidrokning yuqori darajasiga erishib, kamolot yo‘lini tanlagan, ijtimoiy faol kishilarni nazarda tutganlar. Ular bunday darajaga aqliy tarbiya tufayli erishilishini har tomonlama asoslab berganlar.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 36 Tasavvuf pedagogikasidagi o‘zini-o‘zi rivojlantirish g‘oyasi insonning aqliy kamolotini ta’minlash omili ekanligi mutafakkirlarning didaktik asarlarida har tomonlama asoslab berilgan. Shu bilan bir qatorda, aqliy tarbiya didaktik asarlar bilan qatorda, tasavvuf adabiyotining ham yetakchi mavzusiga aylangan. Insonning intellektual imkoniyatlarini kengaytirish g‘oyasi Ibn alArabiy, Abu Homid Muhammad G‘azzoliy, Fariddidin Attor, Aziziddin Nasafiy, Yahyo Suhravardiy, Ibn Saboin, Abdurazzoq Koshoniy, Abdulkarim Jiliy, Mahmud Shabistariy, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Abdulqodir Bedil kabilarning didaktik va badiiy asarlarida o‘z ifodasini topgan. Ularning pedagogik ta’limotlarida odam va olam munosabatlari haqidagi pedagogik mushohadalar, insonning erkin va ixtiyoriy fikrlash imkoniyatlari, mazkur fikrlashning darajalari, surat va siyrat, aql va ruh, mazmun va mohiyat orasidagi aloqadorlikga oid fikrlar o‘z ifodasini topgan. Mutafakkir ajdodlarimizning asarlarida aqliy-axloqiy kamolot va ma’rifatga erishish yo‘llari ko‘rsatilgan. Jumladan, Abu Nasr Farobiy “Baxtsaodatga erishuv to‘g‘risida” asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida fikr yuritadi. Uning ta'kidlashicha, avval bilish zarur boʻlgan ilm oʻrganiladi, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni oʻrgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish lozim. Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat, o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi, deydi. Abu Rayhon Beruniy esa ilm-u toliblarga qalbni yomon illatlardan, inson o‘zi sezishi mumkin bo‘lmagan holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, behuda raqobatdan, ochko‘zlikdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini o‘qtirgan. Beruniy til va adabiyot, tarix, geografiya, geodeziya, biologiya, mineralogiya fanlari, tibbiyot va dorishunoslik, fizika, falakiyot ilmiga oid tadqiqotlarini o‘zi targ‘ib etgan nazariya hamda kuzatishlar natijasida amaliyotda sinab ko‘rib, fanda haqiqat ustuvor turishini ta'kidlaydi. U barcha illatlarning
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 37 asosiy sababi ilmsizlikda deb biladi. Ilmlarni egallashda esa shaxsda intilish va qiziqish, muhitni alohida ta'kidlaydi. Bilim olishda tushunib oʻrganish, ilmiy tadqiqotchining poklikka rioya etishiga alohida e'tibor beradi. Jamiyatning ravnaqi, ma'rifatning rivojiga bog‘liq degan g‘oyani ilgari so‘radi [54;86-b]. Buyuk mutafakkirlar Abu Ali Ibn Sino, Ibn Rushd, Umar Xayyomning asarlarida insonning aqliy tarbiyasiga oid masalalar tizimli tarzda rivojlantirilgan. Tasavvuf pedagogikasi namoyondalari tomonidan ilgari surilgan yoshlarni ilm-ma’rifat egallash orqali intellektual jihatdan faollashtirish g‘oyasi Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Rushd, Umar Xayyomlarning shaxsning aqliy kamolotini ta’minlash konsepsiyasining asosini tashkil qilgan. Birinchi va ikkinchi renessans davrida yashagan mutafakkirlar tomonidan ilgari surilgan orifona yo‘nalishdagi pedagogik ta’limotlar shaxsning intellektual faolligini ta’minlash ya’ni, aql tarbiyasiga oid konseptual fikrlari zamonaviy pedagogika uchun ham nihoyatda qimmatlidir. Chunki, tasavvuf pedagogikasi namoyondalarining ilmiy yondashuvlarida shaxsning aqliy hamda imperik bilish faoliyatini rivojlantirish nazariyasi o‘zaro mutanosib tarzda rivojlantirilganligini ko‘rish mumkin. Shuning uchun ham ularning didaktik hamda badiiy asarlarida falsafiy bilimlar, fikr tarbiyasiga oid qarashlar, hikmatlarning mohiyati va insonning aqliy kamolotini ta’minlashdagi ahamiyati nazariy-didaktik jihatdan asoslangan. Bu borada, Jaloliddin Rumiy aql-fikr tarbiyasiga oid falsafiy-pedagogik qarashlari, insonning aqliy kamolotini ta’minlash konsepsiyasi darajasida asoslab berilgan. Jaloliddin Rumiy o‘zining “Ma’naviy masnaviy” asarida [61] shaxsning aqliy kamolotini ta’minlash va fikr tarbiyasiga oid qarashlari o‘zining didaktik talqiniga ega. Jaloliddin Rumiy o‘zining mazkur asarida insonning aqliy faoliyati, ichki intizomi, fikrning paydo bo‘lishi va yo‘qolishi, tasavvur va tafakkur, xayol va borliqning ongga, ongning borliqqa ta’siri, inson
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 38 mavjudligini aniqlaydigan belgilar kabi ko‘plab pedagogik muammolar haqida o‘z qarashlarini bayon qilgan. Tasavvuf pedagogikasining yetakchi g‘oyalari ifodalangan “Axloqi Nosiriy”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi Muhsiniy” kabi didaktik asarlarda ham shaxsni intellektual, axloqiy jihatdan rivojlantirish, fikr tarbiyasiga oid qimmatli qarashlar bayon qilingan. Natijada, tasavvuf pedagogikasida komil insonning qiyofasi shakllantirilgan, uning ichki va tashqi olami tavsiflangan. Shaxsda sog‘lom tafakkur va ma’naviy dunyoqarashni tarbiyalash g‘oyasi nafaqat mutafakkirlarning asarlarida, balki xalq pedagogikasida ham keng ko‘lamda ifodalangan. Etnopedagogik qadriyatlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, sharq xalqlari pedagogik tafakkurida insonni aqliy intellektual jihatdan tarbiyalash, unda sog‘lom sog‘lom fikr va dunyoqarashni shakllantirish g‘oyasi yetakchi ahamiyat kasb etgan.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 39 1.2. - § TASAVVUF PEDAGOGIKASIDA SHAXSNING AQLIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ORQALI VATANGA MUHABBAT TUYG‘USINI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK YO‘NALISHLARI Pedagogikada ta’lim oluvchilarning intellektual taraqqiyotini ta’minlash, fikr tarbiyasi, shaxsning ma’naviy-axloqiy kamoloti masalalari ko‘p asrlar davomida yetakchi ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shuning uchun ham o‘zbek xalqi o‘zining tarixiy taraqqiyoti davomida yosh avlodning kognitiv faolligini ta’minlashning turli shakl, vosita, usul va metodlarini aniqlashga yo‘naltirilgan pedagogik ta’limotlar ilgari surgan. Ushbu masala didaktik asarlar, xalq og‘zaki va badiiy adabiyot namunalarining mazmun-mohiyatini o‘z ifodasini topgan. Ta’lim oluvchilarni intellektual jihatdan faollashtirish, ularning ma’naviy-axloqiy sifatlari va dunyoqarashini rivojlantirish, fikr tarbiyasiga ustuvorlik berish mutafakkirlarning pedagogik faoliyati va didaktik qarashlarida yetakchi o‘rinni egallagan. Mazkur tajribadan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy jarayonlarda mutaffakir va jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik merosi vositasida o‘quvchilarda sog‘lom fikr va ma’naviy-axloqiy dunyoqarashni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Otaonalar mazkur fikrlardan oilada farzand tarbiyasida samarali foydalanishlari, bunda o‘zbek xalqining ushbu yo‘nalishdagi tarixiy tarjibasiga tayanishlari muhim hisoblanadi. Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida milliymadaniy yondashuv asosida asosida o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini rivojlantirish, ya’ni, fikr tarbiyasining nazariy-metodik yo‘nalishlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratish talab qilinmoqda. Tarbiyaviy jarayonlar mazmuniga mutafakkir ajdodlarimizning mazkur yo‘nalishdagi pedagogik ta’limotlari,
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 40 ta‘lim mazmuni tarkibida buyuk allomalarning pedagogik ta’limotlari, ular tomonidan yaratilgan va qo‘llanilgan didaktik vositalarga alohida o‘rin ajratish orqali o‘quvchilarni intellektual, ma’naviy-axloqiy, estetik, ruhiy jihatdan tarbiyalashga alohida e’tibor qaratish zaruriyati vujudga keldi. Shu maqsadda, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni intellektual jihatlari rivojlangan, fikrlash darajasi yuqori, ma’naviy-axloqiy, estetik jihatdan shakllangan, mehnatsevar, vatanparvar, fidoiy, insonparvar, tolerant shaxs sifatida shakllanishi uchun qulay sharoit yaratish talab qilinmoqda. O‘quvchilar birinchi navbatda, o‘zlarining shaxsiy nuqtai nazarlari va intellektual imkoniyatlarini namoyon eta olish layoqatiga ega bo‘lishlari kerak. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayonlarda o‘quvchilarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlash, ularning mantiqiy, tanqidiy bilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etish hamda amalga oshirish nazarda tutilishi lozim. Buning uchun o‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishga oid bilimlarini boyitish, ularning xalq pedagogikasi va mutafakkirlarning shaxs tarbiyasiga oid bilimlarni rivojlantirish etnopedagogik qadriyatlarni bilish hamda qo‘llash mahoratini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zaruriyati vujudga keldi. Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi tarbiyaviy jarayonlar maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon sifatida tashkil etiladi. Bu jarayonda o‘quvchilarda u yoki bu sifatlar tarbiyalanadi. Shuning uchun ham o‘qituvchilar tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan bilimlar hamda tajribalarga ega bo‘lishlari lozim. Chunki, tarbiyaga oid bilimlar, etnopedagogik qadriyatlar, tarixiymadaniy tajribalar o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik tajribasiga singib, kasbiy mahoratini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ularning
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 47 faollashtirish muammosi o‘zining nazariy talqiniga ega. Chunki, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning kognitiv sohalarini rivojlantirish o‘zining milliy-tarixiy yo‘nalishdagi nazariy talqiniga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun o‘quvchilarning kognitiv sohalarini mutafakkirlarning qarashlari vositasida faollashtirishning pedagogik tizimi va strategiyalarini ishlab chiqish talab etiladi. O‘quvchilarning kognitiv sohalarini faollashtirish muayyan pedagogik shartsharoitlarni yaratishni taqozo etadi. Buning natijasida, o‘quvchilar mustaqil bilim olish va o‘z-o‘zlarini rivojlantirish darajasiga ko‘tariladilar. Mutafakkirlarimiz qoldirgan merosda o‘quvchilarning kognitiv faolligini rivojlantirishning muayyan usullari, metodlari, vositalari va texnologiyalari mavjud. Ular o‘quvchilarning kognitiv sohalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bunday didaktik vositalar va texnologiyalar sirasiga, tasavvuf adabiyoti namunalari, mutafakkir ajdodlarimiz fikr tarbiyasida qo‘llagan usullar, metodlar hamda etnodidaktik qadriyatlarni kiritish mumkin. Ular “Suqrotona savoljavob”, “evristik izlanish”, “bahs-munozara”, “o‘zaro muloqot”, “muroqaba”, “suhbat” metodlaridir. Bunday metodlar yordamida maktab va madrasalarda ta’lim oluvchilarning fikrlash faoliyati jadallashtirilgan. Ularda sabr-bardoshlilik, mas’uliyatlilik, hamkorlik, mustaqil bilim olishga intilish, hozirjavoblik sifatlari tarbiyalangan. Mutafakkir ajdodlarimiz ta’lim oluvchilarda mustaqil va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda quyidagi talablarga rioya qilishni tavsiya qilganlar: Ta’lim mazmunining fikr tarbiyasini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’minlash; Qo‘llanilgan didaktik usullarning ta’lim oluvchilarda fikrlash faolligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishiga erishish;
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 48 O‘quvchilarning kognitiv sohalarini rivojlantiruvchi bilimlarning tadrijiy xarakter kasb etishiga e’tibor qaratish kabilar. Maktab va madrasalarda ushbu talablarga qat’iy rioya qilingan holda ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilgan. Mudarrislar ta’lim oluvchilarga taqdim etiladigan o‘quv materiallarini tanlashga alohida e’tibor qaratganlar. Har bir o‘quv materiali katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishiga erishish mudarris va o‘qituvchilarning ustuvor maqsadi hisoblangan. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarning shaxs sifatida shakllanishi, ularning tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilgan. Har bir mudarris, ustoz o‘z shogirdlari orasidagi shaxslararo munosabatlar va hamkorlikka alohida e’tibor qaratgan. Ular o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash va hozir javoblik sifatlarini tarbiyalovchi didaktik materiallarni tanlashga alohida e’tibor qaratganlar. Aql va fikr tarbiyasini amalga oshirish ta’lim jarayonining ustuvor maqsadida har bir o‘quv materialida o‘zining mantiqiy tatbiqini topgan. Mutafakkir ajdodlarimiz ta’lim oluvchilarga taqdim etiladigan o‘quv materiallarining mahsuldorligi va tarbiyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lishiga alohida e’tibor qaratganlar. Shuning uchun ham insonparvarlik, sog‘lom tafakkur, nekbinlik, sadoqatlilik, muruvvatlilik ruhida tarbiyalovchi didaktik materiallarni o‘zida mujassamlashtirgan hikmatlar, afsonalar, rivoyatlar, ertaklar, dostonlardan asosiy o‘quv materiali sifatida foydalanilgan. Negbinlik 2 tarbiyasida har bir narsadan hikmat va ezgulik izlash ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadiga aylangan. Bunday o‘quv materiallari sirasiga, allomalar tomonidan yaratilgan ilmiy-ommabop va badiiy asarlardan olingan namunalar, tarixiy-xronologik 2 Nekbinlik yoki optimizm – bu hayotdagi voqea va holatlarni yaxshi tomonini ko‘rib, kelajakda muvaffaqiyatga erishishiga ishonish tushunchasidir. Nekbin insonlar har qanday qiyinchilikda ham imkoniyat va yaxshi tomonni ko‘ra oladi. Optimizm insonning ichki kuchi bo‘lib, unga hayotdagi to‘siqlarni yengib o‘tishda yordam beradi va ruhiy mustahkamlikni oshiradi. Bu tushuncha, asosan, har qanday holatda yaxshi natijaga umid qilish va ijobiy fikrlashni o‘z ichiga oladi.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 49 xarakterdagi matnlarni kiritish mumkin. Ular asosan, pand-nasihat xarakteriga ega bo‘lib, ta’lim oluvchilarni ezgu amallarni bajarishga da’vat etgan. Shu bilan bir qatorda, jamiyatda ezgu fikr, ma’naviy barkamollik, insoniylik, negbinlikni qaror toptirish maqsadida tasavvuf adabiyoti namoyondalari tomonidan pandnomalar, dostonlar, qissalar ham yaratilib, ta’lim muassasalarida keng qo‘llanilgan. Ta’lim oluvchilarning kognitiv sohalarini rivojlantirishda ajdodlarimizning pedagogik tajribalari va didaktik g‘oyalari bilan bir qatorda, ularning ruhiy salomatliklari ham muhim ahamiyatga egaligini mutafakkir ajdodlarimiz o‘z vaqtida anglab yetganlar. Ular har doim sog‘lom tanda sog‘ aql degan hikmatga rioya qilganlar. O‘quvchilarning hissiy barqarorligi ta’minlashda quyidagilar muhim ahamiyatga ega: ma’ruzalar, munozaralar, muhokamalar, hikoyalar, suhbatlar, o‘quvchilarning shaxsiy tajribalaridan foydalanish va hayotiy vaziyatlar bilan bog‘liq suhbatlar, o‘rganilayotgan materiallar bilan bog‘liq holda o‘quvchilarning hissiy kechinmalarini namoyon qiluvchi vaziyatlar shular jumlasidandir. O‘quvchilarning kognitiv sohalarini rivojlantiruvchi vositalar yordamida ularni tarbiyalashga erishilgan. Bunda mutafakkirlarning mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, hozirjavoblikka o‘rgatuvchi didaktik vositalar alohida ahamiyatga ega. Mutafakkir ajdodlarimiz ta’lim oluvchilarning kognitiv sohalarini rivojlantirish maqsadida ularning mustaqil bilim olish, o‘qib o‘rganish faoliyatlarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratganlar. Har bir ta’lim oluvchi mustaqil o‘qib o‘rganish, mutolaa qilish, o‘z ijodiy layoqatini ro‘yobga chiqarish uchun qulay shartsharoitlarga ega bo‘lgan. Ular o‘zbek xalqining ijtimoiy tajribasidan hayotiy vaziyatlarda foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lganlar. Har bir mudarris toliblarda shunday ko‘nikmani shakllantirishga harakat
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 50 qilgan. Buning uchun ta’lim oluvchilarning rang-barang faoliyat usullarini o‘zlashtirishlariga e’tibor qaratilgan. Faoliyat usullarini qo‘llash natijasida ta’lim oluvchilar quyidagi natijalarga erishganlar. Quyidagi aqliy faoliyat usullarni egallaganlar: tahlil qilish, umumlashtirish, qiyoslash, ommalashtirish, topshiriqlarni yechish bajarish jarayonida evristik izlanishlarni amalga oshirish, faoliyat algoritmlarini qo‘llash, tashxis qo‘yish, natijalarni tahlil qilish va umumlashtirish kabilar shular jumlasidandir. Ajdodlarimiz ta’lim oluvchilarning bilimlarni qo‘llash algoritmlarini puxta o‘zlashtirishlariga alohida e’tibor qaratganlar. Buning natijasida ularda qat’iy o‘quv intizomi shakllangan. Ularda bunday o‘quv intizomini tarbiyalash orqali mustaqil ishlash, tezkorlik, hozirjavoblik, vaqtni qadrlash kabi shaxsiy sifatlar shakllantirilgan. Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi ta’limiytarbiyaviy jarayonlarda rang-barang metod va usullardan foydalanilmoqda. O‘quvchilarning kognitiv sohalarini faollashtirish uchun ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar vositasida tarbiyalash uchun ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan didaktik qadriyatlar darajasidagi o‘quv materiallari, usul va metodlaridan keng ko‘lamda foydalanish talab qilinmoqda. Chunki, mazkur metod va vositalar yuqori darajadagi mahsuldorlikka ega bo‘lib, tarbiyaviy jarayonlarning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday metodlar sirasiga, ajdodlarimiz tomonidan qo‘llanilgan mantiqiy fikrlashga undovchi usullarni ko‘rsatish mumkin. Bunda o‘qituvchining muhim vazifalaridan biri o‘quvchilarda kognitiv faollikni vujudga keltiruvchi vaziyatlarni tashkil etishdan iborat. O‘qitishning faol metodlari yordamida o‘quvchilarda ijtimoiy faoliyat tajribasi hosil qilinadi. Bunday metodlar sirasiga, dialog metodini kiritish mumkin. Mazkur metodni qo‘llash natijasida, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar hamda o‘quvchilar bilan o‘quvchilar
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 51 orasida o‘zaro qadriyatli munosabat tajribasi va hamkorlik tarkib topadi. Bu esa o‘quvchilarni jamiyat hayotiga samarali moslashtirish imkoniyatini ta’minlaydi. Bugungi kunga kelib umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan qo‘llanilgan muammoli o‘qitish metodi, vaziyatlarni loyihalash, o‘yin, tadqiqotlarni amalga oshirish, bahs-munozara, suhbat, tahlil-mutolaa kabi metodlarni qo‘llash o‘quvchilarning aqlini charxlash, mantiqiy fikrlashga o‘rgatishga xizmat qiladi. Induktiv-deduktiv fikrlash layoqatini rivojlantiradi. Natijada, o‘quvchilarning fikrlash darajalari rivojlanib, ularning mustaqil bilim olish motivlari shakllanadi. Bu esa o‘z navbatida, o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashda innovatsion metodlar bilan bir qatorda, asrlar sinovidan o‘tgan va pedagogik tajribalarni o‘zida mujassamlashtirgan pedagogik vositalar va metodlar ham o‘quvchilarni tarbiyalash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini kengaytirish, ular bilan aqliy tarbiyani amalga oshirish, negbinlik, insonparvarlik sifatlarini shakllantirish, o‘smirlik davrida vujudga keladigan inqirozli holatlarni bartaraf etish uchun qanday usul va vositalardan foydalanish metodlarini tanlash haqida pedagoglar orasida bahs-munozaralar davom etmoqda. O‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo‘llash, atrofdagilar bilan samarali muloqot o‘rnatish sifatlarini o‘quvchilarda tarkib toptirishda tasavvuf pedagogikasi alohida imkoniyatlarga ega. Bu sohada so‘nggi yillarda metodologik asos sifatida xizmat qiladigan bir qator qarorlar qabul qilindi. Bugungi kunda o‘quvchi-yoshlarning shaxsiy tanlovga ega bo‘lishi muhim hisoblanadi. Buning uchun ular ko‘p asrlar davomida mutafakkir ajdodlarimiz va o‘zbek xalqi tomonidan yaratilgan intellektual, madaniy-ma’naviy boyliklar, tarixiy tajribalar yordamida ijobiy sifatlarni o‘zlashtirishlariga alohida e’tibor qaratish
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 52 taqozo qilinmoqda. Chunki, o‘zlikni anglash va o‘zlikka qaytish millatimiz vakillari uchun intellektual va ma’naviy jihatdan rivojlanish imkoniyatini taqdim etadi. Har bir xalqning eng katta boyligi, uning tili va madaniyati hisoblanadi. Nutq va madaniyat boyliklarida millatning ruhi, o‘zligi, qadriyatlari, e’tiqodiy qarashlari, tarbiya prinsiplari mujassamlashgan bo‘ladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy jarayonlarning mazmuniga alohida e’tibor qaratish talab qilinmoqda. Bunday mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilar fikrlash faolligini namoyon etishlari, o‘quv mehnati natijalari uchun mas’uliyatni his qilishi, egallagan bilimlarning shaxs mavqeyini oshirishga xizmat qilishini anglab yetishlariga erishish muhim hisoblanadi. Mazkur vazifani tarbiyaning samarali texnologiyalari va didaktik qadriyat darajasiga ko‘tarilgan metodlar yordamida muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. O‘quvchilar bilan fikr tarbiyasini amalga oshirishga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda davr sinovidan o‘tgan mahsuldor didaktik vositalar va metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu sohada uzoq asrlar mobaynida katta tajriba to‘plangan: Mazkur metodlar yordamida nafaqat o‘quvchilarning fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki, ularning ma’naviymadaniy dunyoqarashini boyitish mumkin; O‘quvchilarda jamoaviy fikrni shakllantirish, ularni amaliy faoliyat ko‘rsatishga o‘rgatish, o‘zaro munosabat va muloqotga kirishishga oid ijtimoiy ko‘nikmalarni, individual va hamkorlikda qarorlar qabul qilish, mas’uliyatlilikni tarbiyalash, jamoa va jamiyatdagi ijtimoiy qadriyatlarga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirishga erishiladi. O‘quv jarayonida o‘quvchilarni tizimli tarbiyalash imkoniyati mavjud. Bu jarayonda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 53 kognitiv ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Kognitiv ko‘nikmalar hissiyidrok, nazariy tafakkur va amaliy faoliyatni o‘zida mujassamlashtiradi. Ushbu sifatlar shaxs faoliyatining barcha bosqichlarida jamiyat a’zolari bilan munosabat, muloqot jarayonida shakllanadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning fikrlash faoliyati jadallashadi. Ta’lim-tarbiyaviy jarayonlar o‘quvchilardan faol fikrlash, tezkorlik va zukkolikni namoyon etishni talab qiladi. Bunday kognitiv harakatlar ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarga taqdim etiladigan bilimlar va ular oldiga qo‘yiladigan topshiriqlar orqali namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘quvchilarning intellektual hamda ma’naviy jihatdan rivojlanishlarini ta’minlaydi. Ular bilish motivlarining shakllanishiga xizmat qiladi. Pedagogik jarayonlar didaktik vositalarni o‘quvchilarga shunchaki uzatishdan iborat emas, unda o‘quvchi shaxsi kamolotini ta’minlovchi, gender mansublik sifatlarini tarkib toptiruvchi, o‘zo‘zini rivojlantirishga undovchi, ma’naviy-axloqiy takomillashuvini ta’minlovchi pedagogik faoliyat amalga oshiriladi. Mazkur pedagogik jarayon ikki yoqlama xarakterga ega. Birinchidan, o‘quvchilarga ularning rivojlanishi zarur bo‘lgan bilimlar va ilmiy axborotlar taqdim etiladi. Ikkinchidan, ma’naviy-axloqiy, intellektual, jismoniy jihatdan rivojlanishi va milliy ruhda tarbiyalanishi uchun zarur bo‘lgan didaktik vositalar taqdim etiladi. Faollik o‘quvchilarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati mahsulidir. Ijobiy ma’nodagi faollik, o‘quvchi shaxsining tarbiyalanganlik darajasini ko‘rsatadi. Shaxsning faolligi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: Har qanday topshiriqni bajarishga tayyorlik; Mustaqil faoliyat ko‘rsatishga intilish; Topshiriqlarni bajarishga nisbatan ongli yondashuv; Muntazam tarzda o‘qib va o‘rganish;
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 54 O‘zining shaxsiy rivojlanish darajasini aniq baholay olish kabilar. Faollik o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasi bilan bevosita aloqadorlikda namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, o‘quvchilarning mustaqilligini ta’minlaydi. Faol o‘quvchilar mustaqil faoliyatni o‘qituvchi hamda ota-onalarning ko‘magisiz amalga oshiradilar. Mutafakkir ajdodlarimiz ta’lim oluvchilarning faolligi va mustaqilligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratganlar. Shu maqsadda, ular oldiga turli darajadagi muammoli va evristik topshiriqlar qo‘yganlar. Shu bilan bir qatorda, ta’lim oluvchilarning mustaqilligi ota-onalar va ustoz-murabbiylar tomonidan qo‘llabquvvatlangan. Ularning ijodiy faoliyatni amalga oshirishlari uchun qulay sharoit yaratilgan. Shuning uchun ham birinchi va ikkinchi Renessans davrida adabiyot va san’at, ilm-fan sohasida ko‘plab iste’dodlar yetishib chiqqan. Faollik va mustaqillik har doim o‘zaro aloqadorlikda bir-birini taqozo qilgan. O‘qituvchilar va ota-onalarning o‘quvchilarning mustaqilligini ta’minlagan holda, ularni faollashtirishga erishishlari lozim. Ushbu maqsadda tarixiy tajribalar va mahsuldor metodikalardan foydalanishlari talab etiladi. Faollashtirish o‘quvchilarni muntazam motivalashtirish, ruxlantirish va bilimlarni faol egallashga undashni anglatadi. Bu jarayonda ulardagi sustkashlik, to‘xtab qolish, bilim olishni istamaslik kabi holatlar bartaraf etilib, aqliy faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlari kengaytiriladi. Faollashtirishning asosiy maqsadi, o‘quvchilarni faollikka undash, ularni maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirishga yo‘naltirish. Bunda ko‘proq mustaqil ijodiy faoliyat ko‘rsatishga undashga ustuvorlik berish lozim. Ushbu maqsadda, o‘qituvchilar mutafakkir ajdodlarimiz merosidan maqsadga muvofiq fikrlarni tanlab, qo‘llash tajribasiga ega bo‘lishlari talab etiladi.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 55 Pedagogik amaliyotda o‘quvchilarda faollikni tarbiyalashning ko‘plab yo‘llari, usul va metodlari mavjud. Mazkur usul va metodlarning aksariyati, mutafakkir ajdodlarimizning pedagogik qarashlari, xalq pedagogikasi namunalari hamda jadidlarning shaxs tarbiyasiga oid yondashuvlarida o‘z ifodasini topgan. Ular sirasiga, rang-barang tarbiyaviy metodlar, etnopedagogik qadriyatlar va didaktik vositalarni kiritish mumkin. Maxsus tashkil etilgan vaziyatlarda o‘quvchilarni faollashtirish mumkin. O‘quvchilarda ijtimoiy faollikni tarbiyalash uchun o‘qituvchilar va ota-onalar tomonidan muayyan vaziyatlar yaratiladi. Jumladan: O‘z fikrini qat’iy himoya qilish; Muhokama va munozara; Savol-javob, dialog; Hamkorlikda ishlash; Mustaqil ijodiy ishlash; Muammolarga yechimlar topish; O‘z-o‘zini nazorat qilish; O‘z-o‘zini tahlil qilish vazifalari kabilar. O‘tmishda ajdodlarimiz keng qo‘llagan mustaqil bilim olish texnologiyasi o‘quvchilarni faollashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur texnologiya birinchi navbatda, o‘quvchilarda ijtimoiy hamda kreativ faollikni ta’minlashni nazarda tutadi. O‘z imkoniyatlarini aniq hisobga ola bilish, uni to‘g‘ri baholay olish, o‘quvchilarning o‘z-o‘zlarini takomillashtirishlari talab etiladi. O‘quvchilarning o‘qib o‘rganishga bo‘lgan munosabati ularning mustaqilligi va faolligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu tarixiy tajribalarda o‘z tasdig‘ini topgan. Mutafakkir ajdodlarimiz yosh avlodning mustaqilligi va faolligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratib, ularning ma’naviy-axloqiy yuksalishi mustaqillik mahsuli ekanligini ta’kidlaganlar. Ular birinchi navbatda, o‘quvchilarning irodaviy faollik ko‘rsatishga nisbatan xohish-irodalarini aniqlashga
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 56 harakat qilganlar. Ularda o‘z harakatlarini mustaqil amalga oshirishga nisbatan rag‘bat, qat’iyatlilik va motivatsiyani shakllantirish, o‘zlarining aql-zakovatlari va kuch-quvvatlarini shu maqsadga yo‘naltirishlari uchun qulay sharoit yaratishga harakat qilganlar. Shu maqsadda, ta’lim oluvchilarda maqsad sari intilish sifatini tarbiyalashga muvaffaq bo‘lganlar. Shuning uchun ham ta’lim oluvchilar o‘zlashtirgan bilimlar, ma’lumotlar, turli hodisalar, faoliyat usullari ularning ijtimoiy tajribasidan o‘rin olgan. Shunga ko‘ra, mustaqillik va faollik ta’lim oluvchilarning shaxsiy sifati darajasiga ko‘tarilib, ularni ezgu amallarni bajarishga rag‘batlantirgan. O‘quvchilarda mustaqillik va faollikni tarbiyalashda: 1) pedagogika psixologik; 2) tashkiliy omillarni hisobga olish talab etiladi. Faollikning ichki yo‘nalishi muayyan tarkibiy qismlarga ega: Har qanday faoliyatga nisbatan qiziqish, tashabbuskorlik; Bilish mustaqilligi; Qo‘yilgan vazifalarga yechim topish uchun jismoniy intellektual quvvatlarni safarbar etish kabilar. Mustaqillik va faollik ko‘rsatish natijasida, o‘quvchilarda tashabbuskorlik, ijodkorlik, barqaror fikrlash, muammolarga yechim topish layoqati namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarni faollashtirishning tashqi yo‘nalishi ularda qiziquvchanlik, intiluvchanlik va o‘z-o‘zini namoyon qilish sifatlarining rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq holda ifodalanadi. Buning uchun o‘quvchilar bilan individual ishlash, ularni qo‘llab quvvatlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish talab etiladi. Shuningdek, tarbiyaviy vositalarni samarali qo‘llash natijasida, o‘quvchilarni faollashtirishga erishiladi. Bunday vositalar sirasiga, ilmiy ommabop hamda badiiy asarlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlarni kiritish mumkin.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 63 bo‘lganlar. Tahlil esa o‘qilgan matnlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglash imkonini bergan. Shu bilan bir qatorda, tahlil mutolaa metodi ta’lim oluvchilarning diqqatini barqarorlashtirish, ularda bilimlarni sabr toqat bilan o‘rganish, chuqur mushohada qilish dalillarga asoslangan holda aniq xulosalar chiqarish kabi sifatlarni tarbiyalashga xizmat qilgan. Ta’lim oluvchilar har bir matnga tanqidiy, tahliliy munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini egallaganlar. Natijada, ta’lim oluvchilarning shaxsiy sifatlari va bilim zaxiralari boyitilgan. Ushbu maqsadda ta’lim oluvchilarga muallim va mudarrislarga o‘qib o‘rganish uchun qo‘shimcha manbalarni tavsiya qilganlar. Bunday yondashuv natijasida o‘rta asrlarda kitobxonlik, dostonxonk, g‘azalxonlik, mushoira keng yoilib, har bir oilaning assiy mashg‘ulotgiga aylangan. Oila a’zolari orasida bedilxonlik, navoiyxonlik, fuzuliyxonlik, mashrabxonlik kechalari tashkil etilgan. Ota-onalar bilan farzandlar, ustozlar va shogirdlar orasida o‘qilgan asarlar keng muhokama qilingan. Ushbu muhokamalarda har bir kitobxon o‘z fikr mulohazalarini bayon qilib o‘qilgan asarlari asosida chiqargan xulosalarini o‘rtaga tashlagan. Natijada, yoshlarning fikri va zehni charxlangan. Ularda asardagi ijobiy qahramonlarga ergashish, ulardan ibrat olish motivlari shakllangan. Aksariyat yoshlar Farxod kabi jasorat ko‘rsatish, Shirin singari sadoqatli bo‘lishga intilganlar. Ulardagi mehnatsevarlik, xalqparvarlik, fidoyilik, bunyodkorlik sifatlarini egallaganlar. Qizlar va ayollarga bo‘lgan hurmat millatimiz vakillarida eng yuqori darajalarda namoyon bo‘lgan. O‘g‘il bolalar singari qizlar ham ilm va hunar o‘rganishga intilganlar. O‘z quvvati hofizalarini namoyon etganlar. O‘tmishda millatimiz qizlarining aql zakovati yuqori darajalarda namoyon bo‘lgan. Ular tadbirkorlik, hunarmandlik, san’atsevarlik, she’riyatga oshnolik sifatlarini namoyon etganlar. Qizlar maktablarida otinoyilar adabiyot va san’at, hunar, odob-axloqdan saboq berganlar.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 64 Muvaffaqiyatga undash prinsipi. Ham maktab va madrasalarda muhim ahamiyat kasb etgan muallim va mudarrislar har bir tahsil oluvchini ilm-fan, hunar sirlarini egallashda muvaffaqiyat qozonishga da’vat qilganlar. Ularning eng katta muvaffaqiyati axloqodob, nafosat va shaxslararo munosabat jarayonida erishgan yutuqlari bilan belgilangan. Mutafakkir ajdodlarimiz yoshlar, jumladan, jamiyat a’zolarining muloqot madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratganlar. Muloqot madaniyati shaxslararo qadriyatli munosabatlarning asosiy o‘lchovi sifatida baholangan. Faollik, ta’lim oluvchilarning mustaqil va hamkorlikda bilim olishlari uchun qulay sharoit yaratgan. Bu o‘rinda muallim va mudarrislar har bir ta’lim oluvchining muvaffaqiyat qozonishiga imkoniyat yaratish bilan bir qatorda, ularning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishda ham ushbu maqsadga erishishni ta’minlovchi omil deb hisoblaganlar. Shaxsning ma’naviy kamoloti uning kasbiy kamolotini belgilashiga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur omil ta’lim oluvchilarda o‘qib o‘rganish, rivojlanish, bilimlarni mustaqil izlab topish istagini shakllantirgan. Mutafakir ajdodlarimiz ta’lim oluvchilarni faollashtirish omillarini ham tadqiq etganlar. Ular dastlabki omil sifatida ta’lim oluvchilarda bilim olish qo‘yilgan muammolarga yechim topish istagining mavjudligi bilan izohlanadi. Ta’lim oluvchilarning shaxsiyatlari hamda kognitiv sohalarini faollashtirish, ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlashtirilgan. O‘quvchilarning shaxsiyatlari hamda kognitiv sohalarini faollashtirish metodlari bilan bir qatorda, omillari mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan oydinlashtirilgan. Mazkur omillar ta’lim oluvchilarni aqliy, intellektual faollikka undab, ularning tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilgan. Natijada, ularda o‘qib o‘rganish motivlari rivojlangan.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 65 Ta’lim oluvchilarning mustaqil o‘qib o‘rganish motivlarining faollashtiruvchi omillar sifatida mutafakkir ajdodlarimiz quyidagilarga e’tibor qaratganlar: Shaxsiy qiziqishlar; Ijodkorlik sifatlari; Yaratuvchanlikka intilish; Hissiy ta’sir ko‘rsatish kabilar. Shaxsiy qiziqishlar ta’lim oluvchilarning o‘quv-biluv harakatlarini faollashtiruvchi asosiy omil hisoblanadi. Ajdodlarimiz xuddi mana shu omilga tayangan holda madrasalardagi o‘quv jarayonini tashkil etganlar. Didaktik materiallarini tanlashda ham mazkur omilga tayanganlar. Ta’lim oluvchilar o‘quv jarayonida real borliqni ko‘ra olishlari va undagi voqealarni muhokama qila olishlari uchun muallim va mudarrislar qulay sharoit yaratganlar. Ular tanlangan o‘quv materiallari va matnlar, savol hamda topshiriqlar sifatida tanlangan materiallarning muammolilik xarakteriga e’tibor qaratganlar. O‘quv materiallari sifatida pandnomalar, badiiy asarlar, dostonlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, hikmatlar, maqollar, rivoyatlar, hadislardan muntazam foydalanganlar. Shuning uchun ham ta’lim oluvchilar bunday o‘quv materiallariga alohida qiziqish bilan yondashib, uni ishtiyoq bilan o‘rganlar, uni muhokama, mushohada qilganlar. Ular kundalik faoliyatlari davomida bir-birlari bilan turli muammolar ustida fikr yuritib bahslashganlar, muhokamalarda ishtirok etganlar. Bir-birlarining fikrlarini tasdiq yoki inkor qilganlar. Bunday bahslar natijasida, ta’lim oluvchilar hayotiy voqeliklar, haqiqatlarni bilib olishga muvaffaq bo‘lganlar. Mazkur jarayonda o‘zlari duch kelgan muammolarni birgalikda yechishga muvaffaq bo‘lganlar. Madrasadagi ta’lim jarayoni qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan. Natijada, ta’lim oluvchilar mustaqil, tanqidiy va mantiqiy fikrlashga muvaffaq bo‘lganlar. Induktiv va deduktiv fikrlashga muvaffaq bo‘lganlar. Bunday vaziyatlar ta’lim
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 66 oluvchilarda mantiqiy mushohada, hozirjavoblik, zehnlilik, mustaqil tafakkur qilish, o‘zida mavjud bo‘lgan so‘z zaхirasini o‘z o‘rnida ishlatish sifatlariga ega bo‘lganlar. Ta’lim oluvchilarda bunday sifatlarni tarbiyalashda mudarrislar, davrning ilg‘or kishilari, xalq donishmandlari yetakchilik qilganlar. O‘sha davrlardayoq ta’limtarbiya umumxalq, umummillat ishiga aylangan. Ushbu faoliyatda zamonning ilg‘or vakillari, mutafakkirlar, yozuvchilar, shoirlar, muallim va mudarrislar peshqadamlik qilishgan. Bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga ota-onalar alohida mas’uliyat bilan yondashganlar. Ular imkon qadar o‘z farzandlariga eng obro‘li, bilimdon muallimlarni tanlashga intilganlar. Ustoz-shogird munosabatlari eng muhim axloqiy sifatga aylangan. Ular orasida hamkorlik, ishchan muloqot, bir-birini qadrlash, pedagogik faoliyatga qadriyat sifatida yondashish munosabatlari ustuvorlik qilgan. Zamonaning ilg‘or vakillari esa ustoz-shogird munosabatlarining metodologikpedagogik munosabatlarini yaratishga harakat qilganlar. Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Najmiddin Kubro, Xoja Axror Valiy, Abdulxoliq G‘ijdivoniy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiylarning har biri ustoz shogird munosabatlarini axloqiy nuqtai nazardan tahlil qilganlar. Ular o‘qituvchining mehnatiga yuqori baho berib, mazkur mehnatning jamiyat va shaxs taraqqiyoti uchun qimmatli jihatlarini ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo‘lganlar. Ijodkorlik ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi muhim omil hisoblangan. Maktab va madrasalarda ta’lim oluvchilar har bir muammoga ijodiy jihatdan yondashib, uni tadqiq qilishga intilganlar. Natijada, ular o‘z tadqiqotlari va kashfiyotlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni mustaqil izlab topishga intilganlar. Ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi omillardan yana biri, ulardagi yaratuvchanlik sifatidir. Birinchi va ikkinchi renessans davrida aksariyat bolalar va madrasa toliblari yaratuvchanlik faoliyati
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 67 bilan shug‘ullanganlar. Ular ko‘proq she’riyat, musiqa, me’morchilik, tasviriy faoliyat bilan keng ko‘lamda shug‘ullanib, aqliy-ijodiy yaratuvchanliklarini namoyon etganlar. Bir qator motivlar ta’lim oluvchilarni yaratuvchanlikka undagan. Ular: o‘zaro musobaqalashish, o‘z bilim va layoqatlarini namoyon etish, o‘z ijod mahsulini yaratishga intilish, o‘yin jarayonida g‘alaba qozonishga intilish, bir-biriga hissiy ta’sir ko‘rsatish kabilar. O‘yinlar va musobaqalar jarayonida ta’lim oluvchilar bir-birlariga hissiy ta’sir ko‘rsatganlar. Shu bilan bir qatorda, o‘z raqiblarini hurmat qilish, uning imkoniyatlarini munosib baholash, ularga nisbatan qadriyatli munosabatda bo‘lish sifatlari shakllantirilgan. Hissiy ta’sir ta’lim oluvchilar uchun ijodiy xarakter kasb etgan. Ularda rivojlanish motivlari, empatiya, hamkorlik, hissiy yaqinlik va do‘stona munosabatlarni shakllantirishga xizmat qilgan. Ta’lim oluvchilar orasida ijodiy muhit hukm surib, ular bir-birlaridan ruhlanganlar. Bu jarayonda yaratuvchanlik va hamkorlik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ta’lim oluvchilarning o‘z-o‘zlarini refleksiyalashlarida muallim va mudarrislar alohida e’tibor qaratganlar. Ta’lim oluvchilarning bir-biriga ko‘rsatadigan hissiy ta’siri ularni faollikka undagan. Muallim va mudarrislar ta’lim oluvchilarni ijodiy faollikka undashda evristik topshiriqlardan samarali foydalanganlar. Muallim va mudarrislar ta’lim oluvchilarni faollashtirish usullarini muntazam qo‘llashga intilganlar. O‘quvchilarning o‘quv-biluv harakatlarini faollashtirish usullari ham o‘ziga xos xarakterga ega. Bunday usullar sirasiga, muammoli vaziyatlar yaratish, ijtimoiy tajribadan samarali foydalanish, tayanch manbalarni qo‘llash, aniq dalillarni qo‘llash, ta’lim oluvchilarning ijod mahsulini tahlil qilish, Suqrotona savol-javob metodidan
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 68 foydalanish, tahlil mutolaaga keng o‘rin ajratish kabilarni ko‘rsatish mumkin. Muammoli vaziyatlar yaratish jarayonida muallim va mudarrislar ta’lim oluvchilarni ko‘proq mustaqil fikrlashga undaganlar. Natijada, ularning aksariyati ijodkorlik va ilmiy izlanish faoliyati bilan shug‘ullanishgan. Bunday mashg‘ulotlarda o‘quvchilar o‘z farazlarini ilgari surganlar, o‘z guruhdoshlarini tinglash va har biri o‘z sinfdoshlarini g‘oyasini asoslashga muvaffaq bo‘lgan. Shu tariqa, o‘quvchilar bosqichma-bosqich murakkabroq tadqiqot faoliyatni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ladilar. Muammoli o‘qitish jarayonida o‘quvchilar uchun muammoli o‘quv vaziyatlarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayonda ijtimoiy tajribadan foydalanish orqali o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash alohida ahamiyatga ega. Chunki, hayotiy vaziyatlar o‘quvchilarni ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu jarayonda mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan didaktik vositalar, tarixiy - madaniy tajribalardan foydalanish tarbiyaviy jarayonlarning samaradorligini ta’minlash imkonini beradi. Shu maqsadda, mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan pand-nasihatlar, badiiy asarlar, hikoya va she’rlardan foydalanish maqsadga muvaffaq hisoblanadi. Masalan, Yusuf Xos Hojibning quyidagi misralarini keltirish mumkin. Birisi shoshilmoq, biri-ko‘zi och, Biri jaholatdir, yaqinlashma, qoch. To‘rtinchi – yovuzlik, buzuq fe’llilik, Oxirgisi – yolg‘on, qo‘pol tillilik. Bulardan tubani yomon fe’l erur, Yomon fe’l kishiga alamlar berur. Ochiq yuz, shirin so‘z, mayinlik kerak, Fe’l-atvorda moslik, tayinlik kerak [110;185-b].
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 69 O‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan didaktik materiallar ularni tarbiyalash uchun muhim manba vazifasini o‘taydi. Amaliy xarakterdagi tarbiyaviy jarayonlar o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini faollashtiradi va o‘z-o‘zlarini namoyon qilishlari uchun sharoit yaratadi. Chunki, mutafakkir ajdodlarimiz yosh avlodning ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi, o‘zini shaxsiy dunyoqarashini boyitishi uchun qulay imkoniyat yaratganlar. Maktab va madrasalarda o‘quvchi va talabalarning erkin ijod bilan shug‘ullanishlari uchun qulay muhit yaratilgan. Ota-onalar ham har doim o‘z farzandlarining qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlab, ularni sabr-toqat bilan ilm-ma’rifat, kasb-hunar sirlarini egallashlariga homiylik qilganlar. Ustoz-murabbiyning o‘quvchilarning ijodiy rivojlanishi uchun amalga oshirgan ishlarini maqullab, rag‘batlantirganlar. Har bir ota-ona qo‘shimcha tarzda o‘z farzandining kamoloti uchun ular bilan shug‘ullangan va ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaganlar. Farzandlarning kamol topishi uchun ota-onalar ustoz-murabbiylarning eng yaqin yordamchisi hisoblangan. Natijada, ta’lim oluvchilarda mustaqillik rivojlangan. Ular his-tuyg‘ulari, kechinmalarini ijodiy ishlarida bemalol ifodalashga muvaffaq bo‘lganlar. Ushbu o‘rinda, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tayanch didaktik vositalar ta’lim jarayonining tarbiyaviy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Bunday didaktik vositalar sirasiga maqollar, pandnomalar, hikmatlar, rivoyatlarni keltirish mumkin. Ular o‘quvchilarning ong ostiga tez ta’sir ko‘rsatib, ularni ezgu amallarni bajarishga rag‘batlantirish, taniqli va milliy qahramonlarga ergashib, ularning sifatlarini o‘zlashtirishga da’vat etish imkoniyatiga ega. Masalan: Ilmning avvali sukut, so‘ng eshitish, so‘ng yod olish, so‘ng amal qilish, so‘ng uni tarqatish.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 70 Imom G‘azzoliy * * * Ilm o‘qub amal qilmag‘on, kariz qazib tuxum solmag‘ong‘a o‘xshar. Alisher Navoiy * * * Daryolarning doimo dengizga quyilishi uning suviga ta’sir ko‘rsatmaganidek, amal va lazzat — haqiqiy ilm oluvchiga ta’sir ko‘rsata olmasligi kerak Abu Rayhon Beruniy * * * O‘zini gunoh va badxulqlikdan saqlay olmagan kishiga ilm foyda bermaydi Imom Shofeiy * * * Ilmga barcha narsangni bermaguningcha, u senga hech narsangni bermaydi. Imom G‘azzoliy Bunday didaktik vositalardan tarbiya, ona tili, adabiyot, tarix darslari va kelajak soatlarida tizimli tarzda foydalanish mumkin. Tarbiyaviy jarayonlarning imkoniyatlarini kengaytirish natijasida, o‘quvchilar muayyan shaxsiy sifatlarga ega bo‘ladilar. Ularda, kreativlik rivojlanib, o‘zlarining hayotiy rivojlanish modellarini yaratishga muvaffaq bo‘ladilar. Ushbu modeldan ularning maqsadlari, intilishlari, istiqboldagi rivojlanish harakatlari o‘rin oladi. Mazkur jarayonda mutafakkir ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘li, amalga oshirgan ishlari, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi o‘quvchilarni ezgu amallarni bajarishga rag‘batlantiruvchi omil vazifasini o‘taydi. Kelajak soatlarida o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar va guruhlararo bahs-munozara vaziyatlari tashkil etilib,
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 71 o‘quvchilar mutafakkir ajdodlarimizning ibratli ishlaridan hayratlanib, yaratgan hayotiy modellarini birgalikda muhokama qiladilar hamda istiqbolda amalga oshiradigan ishlarini aniq rejalashtiradilar. Shu bilan bir qatorda, ajdodlarimiz tomonidan amalga oshiriladigan ibratli ishlarni o‘rganish natijasida, o‘quvchiyoshlarda o‘z ajdodlarini tanish, ular bilan faxrlanish, o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va milliy mansublik tuyg‘ulari shakllanadi. O‘qituvchilar esa mutafakkir ajdodlarmiz tomonidan yaratilgan pedagogik tajribani ijodiy o‘zlashtirish, tarbiyaviy vaziyatlarni tashkil etish, tarbiya metodlarini tanlash va saralash, ulardan o‘z pedagogik faoliyatlarida ijodiy foydalanish tajribasini o‘zlashtiradilar. Natijada, o‘quvchilarning xotirasidagi zo‘riqish pasayib, ularning ijodiy harakatlari faollashadi. O‘qituvchilar o‘quvchilarning tanqidiy va kreativ fikrlash jarayonlarini faollashtirish, tizimli rivojlantirish va nazorat qilish usullarini qo‘llashda mutafakkir ajdodlarimiz merosiga tayanishlari alohida ahamiyatga ega. Tarbiyaviy jarayonlar tizimlilik xarakteriga ega bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘qituvchi tarbiyaviy jarayonlarda o‘quvchilarni faollashtiruvchi topshiriqlar, ya’ni, didaktik vositalar to‘plamidan foydalanishni nazarda tutishlari lozim. Ajdodlarimiz maktab va madrasalarda, asosan, ta’lim oluvchilarni ijodiy faollashtiruvchi metodlar hamda intellektual, ma’naviy-axloqiy, jismoniy jihatdan rivojlantiruvchi didaktik vositalardan foydalanganlar. Farzandlarning jismoniy taraqqiyotini ta’minlash asosan, ota-onalarning zimmasida bo‘lgan. Ular ot sporti, chovgan o‘yini, kurash, komondan o‘q otish mashqlari bilam muntazam foydalanganlar. Aksariyat hollarda ota-onlar o‘z farzandlarini murabbiylar qo‘liga topshirganlar. O‘sha davrlarda qizlar ham turli hunarlar va uy-ro‘zg‘or ishlari bilan br qatorda, jismoniy jihatdan rivojlantiruvchi sport turlari ot sporti, chovgan
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 72 o‘yini, kurash, komondan o‘q otish bilan shug‘ullanganlar. Bundan birinchi navbatda, vatanni himoya qilish zaruriyatining kuchliligi bo‘lsa, ikkinchi navbatda esa, farzandlarning jismoniy rivojlanishini ta’minlash zaruriyati ustuvorlik qilgan. Bular o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirishga yo‘naltirilgan. Bu jarayonda quyidagilar tavsiya etiladi: O‘quvchilarning shaxsiy sifatlarini rivojlantiruvchi didkatik materiallardan foydalanish; O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantiruvchi vaziyatlarni tashkil etish. Bunda mutafakkir va jadidlarning fikr tarbiyasiga oid qarashlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada jadidlarning fikr tarbiyasiga oid fikrlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, “Maorif va o‘qituvchi” jurnalining 1925-yil iyul oyidagi sonida bu haqda quyidagicha fikr bildirib o‘tilgan. “Fikr tarbiyasi – umumiy tarbiyaning eng ahamiyatli bo‘limi dir… . Fikr tarbiyasida eng ilgari borg‘on yurtlar, albatta, eng baxtli yoshlardandir va tabiatning u mamlakatga bag‘ishlangan boylik manbalaridan foydalanmoq yo‘llarini topadirlar. Negakim, Afrikada fikr tarbiyasidan butunlay mahrum bo‘lg‘on yovvoyi ellar bordir. Yerda o‘zlaricha o‘sgan o‘tlarni yeb safolana umr o‘tkazadilar. Yer yuzining bir necha gaz tegrasida bo‘lg‘on xazinalaridan foydalanmoq nari tursin, bunday bir foydaning borlig‘ini xayollaridan o‘tkaza olmaydilar. Qisqasi shudirkim, fikr tarbiyasi madaniyatimiz, ya’ni baxtiyorlig‘imiz uchun eng boshda ahamiyatli va kerak bo‘lg‘on shartlardan birisidir. Bu to‘g‘rida har qancha gapirilsa va yozilsa arziydir” [102]. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida esa “Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur… Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, Xanjar, olmosdan bo‘lur o‘tkur,
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 79 Zardushtiylik ta’limotida, yosh avlodning ma’naviy-axloqiy, intellektual yetukligini ta’minlash, ezgu amallarni bajarishga undash, axloqiy sifatlarni tarbiyalashga oid pedagogik g‘oyalar o‘z ifodasini topgan. O‘sha davrdayoq ta’lim oluvchilarga individual hamda guruhli yondashuv asosida ularni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu maqsadda o‘qitish va tarbiyalashning ko‘rgazmali - amaliy metodlaridan unumli foydalanilgan. Individual va гуруҳли o‘qitish asosida ta’lim oluvchilarga mehnat, axloq-odob, nafosat tarbiyasi berilgan. O‘quvchilarga individual va guruhli yondashish asosida ularning muayyan harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida pand - nasihat metodidan foydalanilgan. Shu bilan bir qatorda, ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy, intellektual jihatdan rivojlantirish maqsadida rag‘batlantirish, jazolash va qo‘llab-quvvatlash metodlaridan foydalanilgan. Avestoda o‘quvchi-yoshlarni faollik, ijodkorlik, yaratuvchilikka undash g‘oyasi ilgari surilgan. Ushbu asarda shaxs aqliy taraqqiyotini ta’minlovchi fikrlash bosqichlari o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, shaxsning bilish imkoniyatlarini kengaytirish orqali uni tarbiyalash metodlari bayon qilingan. Unda insonning bilish harakatlarini faollashtirishga oid pedagogik fikrlar talqini bayon qilingan. Zardushtiylik dinida yoshlarda ilm va iymon-e’tiqod uyg‘unligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Zardushtiylik ta’limotidagi “ezgu fikr”, “ezgu so‘z”, “ezgu amal” shaxsni tarbiyalovchi, uni ezgulikka undovchi asosiy tarbiya konsepsiya darajasiga ko‘tarilgan. “Avesto”da yoshlarni bilim olishga undash yetakchi g‘oya sifatida namoyon bo‘ladi. Yoshlarning bilish imkoniyatlarini kengaytirishda matematika, astronomiya, tib ilmi, tarix, falsafa, huquqshunoslik, gigiyena singari dunyoviy fanlarni o‘qitish muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlangan. Fanlarni o‘qitish va shaxsni tarbiyalashda ko‘rgazmali qurollar, hikoya, suhbat, muloqot usullaridan keng foydalanish tavsiya etilgan. Ko‘rinib turibdiki, yosh avlodni
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 80 tarbiyalash sohasidagi pedagogik ta’limotlar o‘zining uzoq tarixi va rivojlanish dinamikasiga ega ekanligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Mazkur qarashlar ajdodlardan avlodlarga o‘tib, muntazam rivojlanib kelmoqda. Shu ma’noda, aytish mumkinki, Qur’oni Karimda ham insonlarni bilim olish, muntazam rivojlanishga undash, aqliy, axloqiy, gigiyenik tarbiyaga e’tibor qaratish markaziy masalalardan biri sifatida talqin va tahlil etilgan. Qur’ondagi ilk da’vat ham insonni o‘qish va bilim olishga undashdan iborat. Jumladan, Qur’oni Karimning Alaq surasi 3-5 oyatida “O‘qing! Sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) qalamni (ya’ni, yozishni - xatni) o‘rgatgan o‘ta Karamli Zotdir”. “U Zot insonga uning bilmagan narsalarini o‘rgatdi”, deya marhamat qilingan [97]. Ushbu oyatlar insonni ilm egallashga, o‘qish va yozishni o‘rganishga undaydi. Bu esa, insonni faol fikrlash, izlanish va yaratishga chorlovchi ilohiy buyruq sifatida talqin qilinadi. Shu jihatdan, Qur’on ta’limoti inson shaxsining faolligini, ilmga intilishini va o‘z imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarishini rag‘batlantiruvchi ilohiy manba sifatida qadrlanadi. Hadisi shariflar sharq xalqlari uchun tarbiyaning asosiy manbai hisoblangan. Hadislarni izlab topish, to‘plash o‘rta asrlarda aksariyat musulmon olimlarining faoliyat mazmunini tashkil qilib, ilm izlash, o‘rganish, o‘z-o‘zini axloqiy jihatdan poklash, tarbiyalash va qayta tarbiyalash, ezgu amallarni bajarishga rag‘bat uyg‘otish, kamolot sari intilishga undovchi asosiy vosita hisoblangan. Mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy-didaktik manbalarning asosiy mazmuni hadislarga tayanilgan holda bayon etilgan. Shuning uchun ham ularda tarbiyaning barcha turlarini amalga oshirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Masalan, Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Har bir musulmonga ilm talab qilish farzdir”, dedilar” (Imom Ibn Moja rivoyati). Bundan tashqari, hadislarda farzandlarimizning aql-
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 81 zakovatlarini inobatga olgan holda yashayotgan zamonasidagi kelajagi uchun zarur bo‘lgan ilmlarni o‘rgatishimiz bilan birga, go‘zal xulq asosida tarbiyalashimiz benihoya foydali ekanligi ham bayon qilingan. Ali roziyallohu anhu: “Farzandlaringizga o‘zingizning emas, o‘zlari yashaydigan zamondagi narsalarni o‘rgatinglar. Chunki ular sizlarning emas, o‘zlarining zamonida yashaydilar” [126;16-b], degan. Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” asari islom olami oliy o‘quv yurtlarining shariat faoliyatlarida asosiy o‘quv qo‘llanmasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Yosh avlodni tarbiyalashda mazkur asardan keng ko‘lamda foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, unda bayon etilgan fikrlar tarbiyaning asosiy mexanizmi sifatida alohida pedagogik qimmatga ega. Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh aytganlar: “Tushimda menga bir idishda sut keltirildi, qongunimcha ichdim, hatto tirnoqlarim ostidan sut chiqqanini ko‘rdim, so‘ng qolganini Umar ibn Xattobga berdim”. Sahobalar so‘radilar: “Yo Rasulalloh, sutni nimaga yo‘ydingiz?” “Ilmga”, - dedilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam [100]. Bugungi kunda ham hadislar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonida undan foydalanish pedagogik samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, quyidagi hadislarda bilim olish, ezgulikka intilish kabi insoniy sifatlar ulug‘langan. Hazrat Umar raziyallohu anhu bunday deganlar: “Boshliq bo‘lmasingizdan avval ilmni chuqur o‘rganing! Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalari yoshlari ulg‘ayganda ham ilm o‘rganganlar” [100]. Hadislar vositasida o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalash, ularning ma’naviyatini boyitish muhim pedagogik ahamiyatga ega. Ilk uyg‘onish davri shaxsni tarbiyalashga oid nazariy yondashuvlarning vujudga kelganligi bilan alohida ajralib turadi. Bu davrda shaxsning intellektual salohiyati va ma’naviyatini
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 82 rivojlantirishga oid ko‘plab pedagogik g‘oyalar, ta’limotlar ilgari surilgan. Ilk uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati shaxs kamolotini ta’minlashga oid sharqona pedagogik ta’limotning vujudga kelganligidadir. Bu davrda Hakim at-Termiziy, Imom alBuxoriy, Abu Iso Muhammad Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Abu Hafs Najmiddin Umar Ibn Muhammad Nasafiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Unsurul Maoliy Kaykovuslar yosh avlodning ma’naviyatini boyitish imkoniyatlarini kengaytirishga oid pedagogik fikrlarni ilgari surganlar. Jumladan, Hakim at-Termiziy (taxm. 750/760 – Termiz – taxm. 869) ning bizgacha yetib kelgan asarlarida ko‘plab qarashlar bilan bir qatorda, shaxsning intellektual salohiyati va ma’naviyatini rivojlantirish yo‘nalishidagi fikrlar ham o‘z ifodasini topgan. Termiziyning fikricha, aql-zakovat o‘zlashtira oladigan eng oliy bilim - ma’rifat yoki hikmatdir, bu - inson qalbini yorituvchi “ilohiy nur”dir. Turfa ilmlarni o‘qib-o‘rganish jarayonida uni egallash mumkin. Termiziy o‘zining ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlarini “Kitob haqiqat al-odamiyya”, (“Insoniyat haqiqati to‘g‘risida kitob”) va “Adab un-nafs” (“Nafs odobi”) asarida bayon qilgan. Termiziy o‘zining “Navodir al-usul fiy ma’rifati ahadiys arRasul” asarida nafs tarbiyasi haqida qimmatli fikrlarni bayon qilgan. Chunonchi, “Nafs - arziy (erga mansub), shahvoniydir. Shahvat izidan shahvatga, xohish izidan xohishga moyil bo‘luvchi, xotirjamlik, tinchlanish va barqarorlikka ega bo‘lmaydigandir. Uning amallari turli-tuman - bir-biriga o‘xshamaydi. Gohida qul, gohida xoja; gohida bo‘ysunuvchi, gohida ega; gohida ojiz, gohida iqtidor (qodir bo‘lish)” [50]. U o‘z qarashlarini davom ettirib, nafs tarbiyasi haqida yana quiyidagilarni yozadi. At-Termiziyning ma’naviyaxloqiy tarbiya, shu jumladan, nafs tarbiyasiga oid qimmatli fikrlarini
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 83 bayon qilganligi mutaxassislar tomonidan alohida bayon qilingan. Jumladan, Ahmad Abdurahim Soyih o‘zining “As-Suluk inda alHakim at-Termiziy va masodiruhu minas-sunna” asarida AtTermiziyning nafs tarbiyasiga oid xizmatlarini quyidagicha baholagan: “Ma’lumki, Hakim at-Termiziy nafs borasida olim, uning kasalliklarini fahmlovchi, illat va yashirin jihatlarini yaxshi biluvchi edi. Shuning uchun soliklarga nafs kasalligi va ofatlarini ochib berishda yuksak martaba qozondi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Hakim at-Termiziyni islomiy nafs ilmining asoschisi sifatida e’tirof etish mumkin. Hakim at-Termiziy inson shaxsiyatini, uning sezgilari yordamida tahlil qildi. Nafsning ko‘rinib turgan tashqi jihatlari bilan qanoat qilmay, uning ichki jihatlariga chuqur nazar soldi. Natijada, uning zohirini idrok qilish bilan birga, undagi yashirin jihatlar va shahvatlar - xohish-istaklar ma’rifatiga ham yetib bordi [28]”. AtTermiziy o‘z qarashlarida nafs tarbiyasiga oid pedagogik ta’limotni rivojlantirgan. Jumladan, Hakim at-Termiziy “nafsni issiq shamolga o‘xshatib, Alloh uni jahannam eshigidagi tutundan yaratganligi, uning inson tanasidagi joyi o‘pka ekanligini e’tirof etib, inson harakatda bo‘lgani bois, nafs ham doim harakatda bo‘lishi, nafs jilovlanmaganda u shahvatga aylanishi, shahvatga aylanganda xavf tug‘dirishini ta’kidlab, ana shu xavf issiqlikdir. Xavfning issiqligi tana va nafs ekanligini izohlab, inson tanasidagi boshning bug‘i sovuqlik bo‘lib, u ruhdan ekanligini” tavsiflab bergan [109]. Hakim at-Termiziyning nafsni tarbiyalash omillari va vositalarini ham ko‘rsatgan. Ular: 1. Aql; 2. Sabr; 3. Qanoat; 4. Ro‘za; 5. Tavba;
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 84 6. Halollik va poklik tamoyillari asosiy tarbiyaviy vositalar va omillar ekanligini ta’kidlaydi [109]. Hakim at-Termiziy odamiylik, inson shaxsini ham tavsiflashga muvaffaq bo‘lgan. Unda inson haqida so‘ralganda quyidagicha javob beradi: “Inson - ochiq oydin zaiflik va katta da’vo”, “Inson ongi, ilmi va tafakkuri bilan boshqa mavjudotlardan farqli hamda mukarram qilib yaratilgan. U ilmi bilan yuqori darajalar va yuksak cho‘qqilarni zabt etadi. Shu ma’noda, ilm va amal birligi insonni kamolotga yetaklaydi, - deya ta’kidlaydi [58]. Termiziy tarbiya masalasida o‘z fikrlarini bildirib: “bolalarning tuzaluvchi tarbiyasi – maktablarda; qaroqchilarning tuzaluvchi tarbiyasi – hibsxonalarda; ayollarniki – uylarda; yoshlarniki ilmda; keksalarniki esa masjidlardadir” [75], degan fikrlarni bayon qilgan. Mutafakkirning “Bayonul farq”, “Yashirin masalalar” (alMasoil almaknuna), “Masoil ahli saraxs”, “Ma’rifatul-asror”, “Alimsol min alkitob vas sunna” kabi asarlarida asosiy e’tibor qalb, sog‘lom qalb, qalb pokligi masalasiga qaratilib, chuqur tahlil etilgan. Hakim at-Termiziyning fikricha, “qalb tana a’zolariga amirdir” [38]. Bunga sabab unda ilohiy ma’rifat va ilohiy ilm joylashganini asos qilib ko‘rsatgan. Hakim at-Termiziy insonni anglashda asosiy tushuncha qalb, deb hisoblaydi. Shuning uchun qalb sifatini tavsiflab, “qalb-botin, yurak-zoxir, ko‘krak esa qalb maydonidir [26]”, - deb yozgan. Hakim at-Termiziy “Masoil axli Saraxs” kitobida aytadi: “Qalb va nafs ikkisi ham bir tanada mushtarak narsalardir. Qalbning quvvati ma’rifat, aql, ilm, tushuncha, zehn, farosat, xotira, Alloh rozi bo‘ladigan tarzda unga qilingan ahdu vafoga muvofiq holda yashashdandir. Bu narsalardan keladigan shodlik unga kuch bag‘ishlaydigan, tiriltiradigan omildir. Nafs esa quvvatni shahvat, lazzat, arzimas orzular, ulug‘lik, izzat talablik, o‘zini baland tutish va ochko‘zlikdan olgan. Bu narsalardan keladigan shodlik nafsni
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 85 quvvatlantiradigan omildir. Bularning barchasi hoyu-xavas askarlaridir. Hoyu-havas nafsning, ma’rifat esa qalbning egasidir [89]”. Hakim at-Termiziy komil inson uchun sog‘lom qalb zarurligini ta’kidlab, qalb sog‘lomligi nafs holati bilan dialektik bog‘langanligini asoslab, ular aloqasini chiroq va nur, kamon va o‘q, baliq va suv bilan qiyoslaydi. Hakim Termiziy mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib, yoshlarni halol rizq topishga undagan. U o‘zining praksiologik qarashlarida kasb-hunar egallash va halol rizq topish masalasiga tahliliy nuqtai nazardan yondashgan. Termiziyning asosiy e’tiborni inson ma’naviyatini yuksaltirish, uning ma’naviy harakatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Kasb-hunar egallash va halol rizq topish - vujud pokligining asosi ekanligini Hakim Termiziy alohida e’tirof etgan. Hakim Termiziyning kasb-hunar egallash va halol rizq topishga oid pedagogik fikrlari uning “Bayonul-kasb” (Kasblar bayoni) risolasida asoslab berilgan. Hakim Termiziy Odam Atodan boshlab, inson ezgu-niyat bilan xolis mehnat qilishi, halol kasbda baraka borligi, tamasiz, xalqqa foydasi tegadigan kasbni egallab yashashga yoshlarni undagan. Mutafakkir halol rizq topishga qaratilgan harakat baraka keltirishini alohida ta’kidlagan. Mutafakkir kasb-kor bilan shug‘ullanishni inkor etuvchi kishilarni o‘tiruvchilar degan nom bilan malomat qilib, bunday ularni ayovsiz tanqid qilgan [109]. Hakim Termiziy asoslagan “Hakimiya” ta’limotida kasb-rizq tushunchasini, tavakkul qilishni to‘g‘ri anglab, allomaning o‘zi ham halol-mehnat va kasbu-kor bilan shug‘ullanganlar. “Hakimiya” ta’limoti va Hakim Termiziyning halol-kasb hamda halol rizq haqidagi g‘oyalari keyinchalik Xojagon va Naqshbandiya ta’limotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, “Dil ba Yoru dast ba kor” shiori va “Xilvat dar anjuman” tamoyilining vujudga kelishiga asos bo‘lgan [109].
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 86 Buyuk mutafakkir, hadisshunos Ismoil Buxoriy ham ta’limtarbiyaga oid qimmatli pedagogik meros qoldirgan. Buyuk hadisshunos Imom al-Buxoriy (810.21.7, Buxoro — 870.31.9, Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘i) “Al-Adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”), “Sahihi Buhoriy” (asl nomi “al-Jomi” as-sahih - “Ishonchli to‘plam”) asarlarida shaxsni ma’naviy-axloqiy rivojlantirish orqali uni kamol toptirishga alohida e’tibor qaratilgan. Yoshlar tarbiyasida buyuk muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning sahih hadislari eng muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Uning qarashlari kelajak avlodda ma’rifatli, bilimli, zakovatli, aqlli va idrokli, baxtli va saodatli, odob-axloqli, pok hamda iffatli, sabr matonatli bo‘lib ulg‘ayish tuyg‘ulari shakllanib borishiga xizmat qiladi. Imom al-Buxoriy hadislarida ta’lim-tarbiya masalasiga alohida e’tibor berilgan. Imom al-Buxoriyning hadislarida insonning ma’naviy kamolga yetish uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar aks ettirilgan bo‘lib, bular mehr-oqibat ko‘rsatish, sahiylik, ochiq ko‘ngillilik, ota-ona va kattalarga, qarindoshlarga g‘amxo‘rlik, hurmat, faqir-bechoralarga muruvvat, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug‘lash, halollik, poklik, o‘zaro do‘st, tinch-totuv bo‘lish, ilmning qadr qimmati ilm o‘rganishga bo‘lgan muhabbat va boshqalardan iboratdir. Shaxsning ma’naviy kamoloti va ta’lim-tarbiya nazariyasiga alohida hissa qo‘shgan mutaffakkirlardan biri Abu Nasr Farobiy (873-950) dir. Abu Nasr Farobiy o‘z didaktik qarashlarida shaxs fazilatlarini ikki guruhga ajratib ko‘rsatgan. Ular: tug‘ma va insonning hayotiy faoliyati davomida shakllanadigan fazilatlari. Farobiyning fikricha, tug‘ma fazilatlarga insonning o‘ta o‘tkir zehnliligi, biror narsani bilishga o‘ta qobiliyatliligi kiradi. Asosiy axloqiy fazilatlarni shaxs hayotiy faoliyati davomida egallaydi. Yuksak aql-zakovat egasi bo‘lgan insonlar ham ta’lim-tarbiyaga ehtiyoj sezadilar. Ta’lim-tarbiya jarayonida ularning intellektual
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 87 imkoniyatlari kengayadi, ma’naviy axloqiy jihatdan yuksaladi degan g‘oyani ilgari suradi. Bunday insonlarning bilish layoqatlarini ta’limtarbiya jarayonida kengaytirib, ularni faollashtirishga erishish lozim deya uqtiradi mutaffakkir. Abu Nasr Farobiy musiqani inson aqlzakovati va ma’naviyatini rivojlantiruvchi omillardan biri sifatida e’tirof etgan. Abu Nasr Farobiyning asarlaridagi yetakchi g‘oya inson kamoloti, uning yuksak axloqiyligidir. Uning fikricha, aqliy bilimni peshlash, axloqiy barkamollikni tarbiyalaydi: inson yuksak kamolotga erishuv yo‘lida harakat qilganidek, aqliy bilimga ham harakat qilsa, hech shubhasiz, oʻzi intilayotgan soʻnggi darajadagi baxt-saodatga erishadi. Baxt-saodat insonga osonlikcha berilmaydi. Baxt va mazmunli hayot uchun, dastlab, bola yoshligidan boshlab ilm-hikmatni o‘rganmog‘i lozim. Buning uchun bolalar sog‘-salomat va odob-axloqli boʻlishlari, to‘g‘ri so‘zli bo‘lishlari, yomon ishlardan o‘zini saqlashi, har qanday xiyonat, makr-hiyladan uzoq yurishlari kerakligini ta’kidlaydi. Farobiyning fikricha, baxt - bu ezgulikdir. Insoniy ezguliklar - xayrli narsalarga go‘zallik, bilimdonlik, shu bilan birga yaxshilik bilan bog‘liq boʻlgan hamma fazilatlarni kiritadi. Farobiy inson kamoloti uchun hamjihat jamoat, axloqiy munosabatlari sog‘lom boʻlgan oila zarur deb hisoblaydi. Uning fikricha, “Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashashi, oliy darajadagi yetuklikka erishmog‘i uchun koʻp narsalarga muhtoj bo‘ladi. U bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi va ularga ega bo‘lishi uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj sezadi”. Abu Nasr Farobiyning fikricha, har bir shaxs munosib odam boʻlishi uchun ta’lim va tarbiya orqali kishilar bilan muloqotni, axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni o‘rganadi.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 88 Abu Nasr Farobiy bolalarning fe’l-atvoriga qarab tarbiya jarayonida “qattiq” yoki “yumshoq” usullardan foydalanish kerak, deb hisoblagan: tarbiyalanuvchilar oʻqish va o‘rganishga moyil boʻlsa, ta'lim-tarbiya jarayonida yumshoq usul qo‘llaniladi; tarbiyalanuvchilar o‘zboshimcha, itoatsiz bo‘lishsa, qattiq usul qoʻllanishi lozim. Abu Nasr Farobiy fanlarni tavsiflash bilan birga, ularni qanday oʻrganish masalasiga alohida to‘xtalgan. Uning fikricha, har bir fanni oʻrganuvchi oldida oʻzini shu ilmni o‘zlashtirishga shayligi, so‘ngra haqiqatni izlashi va o‘zining salomatligiga, odob-axloqiga jiddiy e'tibor berishi lozim. Kimki ilmu hikmatni o‘rganishni istasa, bu ishni yoshligidan boshlashi, salomatligining yaxshi boʻlishiga intilishi, axloqli, odobli bo‘lishi, so‘zining uddasidan chiqishi, yomon ishlardan saqlanishi, xiyonat va makr-hiylalardan uzoq yurishi kerak. Abu Nasr Farobiyning pedagogik ta’limotlarida o‘qituvchining burchlari va mas’uliyati haqida qimmatli qarashlar ilgari surilgan. Abu Nasr Farobiyning ta’biriga ko‘ra, “Ustoz - shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko‘ngilchanlik ham qilmasligi lozim. Chunki, ortiqcha zulm shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg‘otadi, bordi-yu ustoz o‘ta yumshoq bo‘lsa, shogird uni mensimay qo‘yadi va u beradigan bilimdan sovib ham qoladi. U pedagogik qarashlarida vositalar, usullarni ham ko‘rsatgan. Uning didaktik g‘oyalari bugungi kun uchun ham didaktik ahamiyatga ega. Shaxsni aqliy-intellektual rivojlantirish nazariyasiga buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy (973.4.9, Kot (Kat) shahri - 1048.11.12) ham alohida hissa qo‘shgan. Beruniy ta’biriga ko‘ra, shaxs kamolotining asosini shaxsning dunyo haqidagi bilimlarimiz manbai bo‘lmish sezgi a’zolari orqali olingan bilimlari tashkil etadi. Abu Rayhon Beruniy ilmiy bilimlar haqida fikr yuritar ekan, uni aqlidrok tufayli erishilgan intellektual boylik sifatida baholaydi. Beruniy
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 95 mutaffakkirlar o‘z asarlarida shaxsni intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan kamol toptirish yo‘llarini ko‘rsatganlar. Ushbu maqsadlarga xizmat qiladigan pedagogik konsepsiyalar va modellarni yaratishga muvaffaq bo‘lganlar. Jumladan, buyuk alloma Zamaxshariy (to‘liq ism-sharifi Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad) (1075.18.3, Xorazm, Zamaxshar qishlog‘i - 1144, hoz. Ko‘hna Urganch) ham bu sohada o‘ziga xos maktab yaratgan. Uning “Atvoq uz-zahab fil-mavo‘iz val-xutab” (“Va’zlar va xutbalar bayonida oltin shodalar”) va “Navobig‘ ul-kalim” (“Nozik iboralar”) nomli asarlarida inson kamolotining asosini aql-zakovat va moddiy borliqdagi voqeahodisalarga ma’naviy munosabat bildirishga yosh avlodni undash g‘oyasi tashkil etgan. Zamaxshariyning ta’biricha, “Har qanday mushkul ish aql egalari tufayli isloh qilinur, chunonchi, yeru ko‘k faqat o‘z tegrasi qutblari atrofida aylanur”. Insonning yuksalishida aql-idrok va ilmning o‘rni beqiyos ekanligini, Zamaxshariy qaytaqayta ta’kidlagan. “Yoki ilmiy bo‘l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo‘l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo‘l, biroq to‘rtinchisi bo‘lma, chunki kasodga uchrab halok bo‘lasan (juvonmarg bo‘lasan)”, deya ta’kidlagan mutafakkir. Zamaxshariy o‘z asarlarida ilm-ma’rifatning shaxs va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini asoslashga muvaffaq bo‘lgan. Tasavvuf ta’limotining yirik namoyandasi bo‘lgan Sulaymon Boqirg‘oniy (XII - 1186) asarlarida ham insonning ma’naviy yuksaklikka erishishi, bilish imkoniyatlarini kengaytirishi lozimligi ta’kidlangan. Uning ta’biricha, ilmu ma’rifatning so‘nggi manzili haqiqat, unga tahsil yordamida erishiladi. Sulaymon Boqirg‘oniy ustozlik maqomiga erishgan insonga bo‘lgan talablarni chuqurlashtirgan. O‘z she’rlarida shariat va tariqat qoidalari, unga rioya qilish odobi haqida fikr yuritgan. U insonlarni ma’rifatli bo‘lishga undagan. U tariqat yo‘lini komil insonni
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 96 tarbiyalash yo‘li, deb baholagan. Tasavvuf insonning yashashdan asosiy maqsadi, muhabbat, poklik deb biladi. U o‘z-o‘ziga tanqidiy qarash va murosasiz bo‘lishni targ‘ib qilgan. Sulaymon Baqirg‘oniy ayyorlik, gunohlarni yashirishni qoralagan hamda rostgo‘ylik, halollik, o‘z-o‘ziga talabchanlik bilan munosabatda bo‘lishni targ‘ib qilgan. Sulaymon Boqirg‘oniyning o‘zi ham xalqni ezgulikka boshlab, ilm-ma’rifatni targ‘ib qilgan. O‘z atrofidagilarga ilm-ma’rifat tarqatgan. Ustoz sifatida yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashga undagan. U o‘zining hikmatlarida insoniy mehr-muhabbatni ulug‘lagan. Ma’rifat daryosinda g‘avvos bo‘lub, Muhabbat gavharlarin olg‘um kelur. Tariqat maydoninda parvoz qilib, Ul tubo daraxtiga qo‘ng‘im kelur [105]. Ishqni har narsadan hatto, zuhd va taqvodan ham ustun qo‘yadi. Uni yashashning mazmuni, asosi, deb hisoblaydi. Sulaymon Baqirg‘oniy shukronalik tuyg‘usini, nafsdan qochish, odamlarga mehrli bo‘lish kabi sifatlarni ulug‘lagan. Yoshlarni ham shunday sifatlarni egallashga chaqirgan. U barkamollikka erishishning asosiy sharti sifatida tarbiya, ilm egallash, ma’naviy va ruhiy poklikda, deb hisoblagan. Uning ma’rifatparvarlik, halollikka dav’at qiluvchi g‘oyalari xalq tomonidan ijobiy qabul qilinib, qo‘llabquvvatlangan. Baqirg‘oniyning o‘zi esa donishmand shoir, tasavvuf ta’limotining targ‘ibotchisi sifatida e’tirof etilgan. Uning she’riyatida ma’rifatga intilish ustuvor o‘rin egallagan. Sulaymon Baqirg‘oniy to‘g‘rilik, sofdillik, jabr-zulmga norozilik, poklik va halollik, saxiylik va mehr-shafqat, ilm-ma’rifat, kasb-hunarni egallash, adolat uchun kurash, imon-e’tiqodli bo‘lish, mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishni keng targ‘ib qilgan. Shu bilan bir qatorda, salbiy illatlarni qoralagan. Shuning uchun Sulaymon
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 97 Baqirg‘oniy ilgari surgan g‘oyalar bugungi kunda yosh avlod tarbiyasida alohida qimmatga ega. Sulaymon Boqirg‘oniy asarlari vositasida yoshlarda ijodkorlik, qobiliyatlilik, shu bilan birga, ularning ilm-fanga nisbatan muhabbatlilik sifatlarini shakllantirish imkoniyati mavjud. Sulaymon Boqirg‘oniyning hikmatlari ham alohida tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ularda o‘quvchi-yoshlarda o‘z kuch va aqlu zakovatiga ishonch, qiyinchiliklarga nisbatan bardoshlilik, murakkab muammolarga yechim topa olish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni egallash, zarurligi ta’kidlangan. Sulaymon Boqirg‘oniyning tarbiyaga oid qarashlari uning hayotiy tajribalari mahsuli hisoblanadi. U ilm egallash bilan bir qatorda, sabr-qanoatli bo‘lish, yetuk inson bo‘lishida nafaqat ilmli shu bilan birga sabr-qanoatli bo‘lishini, saxiy bo‘lish, to‘g‘rilik, rostgo‘ylikni, vafodorlik, nafs tiyishga yoshlarni da’vat qilgan. Boqirg‘oniy salbiy illatlardan qutilish yo‘llarini ham ko‘rsatgan. Boqirg‘oniy odob va insofga yuksak baho bergan. Boqirg‘oniy asarlarida komil inson tarbiyasida oila, ota-onaning o‘rni beqiyosligi, ularning burchlari, vazifalari ko‘rsatilgan. U bolalar bilan muloqotga kirishish, samimiyat bilan munosabatda bo‘lish, ularga jazo berishdan saqlanish, xato va kamchiliklarini osoyishtalik bilan tushuntirish zarurligini ko‘rsatgan. Bola tarbiyasida ota-onalar zarur me’yorlarga amal qilishlari kerakligini ta’kidlagan. Sulaymon Boqirg‘oniy o‘z qarashlarini hayotiy misollar va tajribalarga tayangan holda bayon qiladi. Sulaymon Baqirg‘oniy hikmatlarida ma’naviy-axloqiy sifatlarning mohiyatini aniq ifodalashga harakat qilgan. Shunga ko‘ra, rostgo‘ylik, to‘g‘riso‘zlik, samimiylik, mehribonlik, vafo, muruvvatlilik, sadoqatlilik, insof, adolat, diyonat, ishonchlilik, xushmuomalalik, mardlik, tadbirkorlik, nafsdan saqlanish, ijtimoiy tenglik kabi sifatlarni bolalarda tarbiyalash, zarurligini ko‘rsatgan. Shuning uchun ham Sulaymon
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 98 Boqirg‘oniyning pedagogik qarashlari ta’lim-tarbiya jarayoni uchun alohida ahamiyatga ega. Sulaymon Boqirg‘oniy o‘z hikmatlarida ilmsizlikni qoralagan. Yoshlarni ilmli qilib tarbiyalashda qiziqishlar va intilishlarning muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan. Boqirg‘oniy axloqiy tarbiyaga o‘zbek xalqining milliy mentalitetidan kelib chiqgan holda yondashgan. Axloqiy tarbiya shaxsning ijtimoiylashuvini ta’kidlaydi. Yoshlarni axloqiy tarbiyalash, ilm egallashga undash, muloqot jarayonida ziddiyatlarni bartaraf etish ko‘nikmalarini shakllantirish, insonning ruhiy kamolatini ta’minlash barcha davrlarda dolzarb hisoblangan. Shuning uchun ham Sulaymon Boqirg‘oniy hikmatlarida mazkur masalalar ustuvor o‘rin egallagan. Yuqoridagilarni tahlil qiladigan bo‘lsak, Sulaymon Baqirg‘oniy hikmatlari bugungi kunda ham alohida pedagogik ahamiyatga ega. Ularda aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya yo‘nalishlari va yo‘llari o‘z ifodasini topgan. Boqirg‘oniy nafs tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratgan. Uning axloq-odobga oid hikmatlarida insoniy fazilatlar ulug‘langan. U qalbni poklash, halol yashash, adolatli bo‘lishga da’vat etgan. Halollik inson uchun zarur fazilat ekanligini ta’kidlagan. Bilimli va adolat insonni yuksaklikka daxldor qilishini ta’kidlagan. Sulaymon Baqirg‘oniyning tasavvuridagi komil inson axloqli, halol, haqgo‘y, adolatli, tadbirkor, kamtarin, vijdonli bo‘lgan. U insonning nafsga berilishi, ayyorlik bilan o‘z maqsadiga erishishi, gunohlarni yashirishi, xiyonat qilishini eng og‘ir gunoh hisoblagan. Qiyinchiliklar insonni sabrli, bardoshli, irodali, xushyorlik va faol bo‘lishini ta’kidlagan. Sulaymon Baqirg‘oniy yoshlarni g‘iybat va fitnadan uzoq bo‘lishga chaqirgan [41]. Buyuk mutaffakkir, kubroviylik tariqatining asoschisi Najmiddin Kubro (taxallusi; asl ismi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad al-Xivaqiy al-Xorazmiy) (1145 - Xiva - 1221) ma’naviy
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 99 tarbiya sohasida ulkan meros qoldirgan murafakkirdir. Najmiddin Kubro inson kamolotida ilm-ma’rifatning o‘rniga alohida e’tibor qaratgan. U bilish nazariyasiga munosib hissa qo‘shib, aqliy va hissiy-intuitiv bilishni birlashtirgan. Mutaffakkir tafakkurga asoslangan aqliy bilish haqida o‘zining pedagogik ahamiyatga ega bo‘lgan pedagogik qarashlarini ilgari surgan. Ushbu qarashlar bugungi kun ta’lim tizimi uchun ham alohida ahamiyatga ega. Ushbu qarashlardan yosh avlod tarbiyasida alohida ahamiyatga ega. Najmiddin Kubro haqida Ali Akbar Dehxudo o‘zining mashhur “Lugʻatnoma”sida shunday yozgan edi: “U kishining Kubro deb atalishlariga sabab shuki, behad ziyrakliklari va tuganmas zakovatlari tufayli har qanday muammoli masalani soʻralganda hal qilib berar edilar va har kim u kishi bilan bahs-munozara qilsa, gʻolib chiqar edilar” [67]. Najmiddin Kubro shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlash haqidagi g‘oyalarni ilgari surgan tasavvufshunos edi. U o‘zining vatanparvarlik tarbiyasi hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlari bilan sharq xalqlari orasida katta obro‘-e’tibor qozongan mutafakkir edi. Uning kubroviya ta’limotiga asos solgan. Bu tariqatning asosiy vazifasi komil insonni tarbiyalashdan iborat. Kubroviya tariqatida talab, sadoqat, ishq, muhabbat, oshiqlikning inson uchun naqadar zarur ekanligi taʼkidlanadi. Jumladan, Najmiddin Kubro shunday yozadi: Ishq dardi gʻarib tanimdagi jon boʻlgʻay, Dard cheksa kishi axiyri inson boʻlgʻay. Oshiq manu doʻzax men uchun otashgoh, Boshqa uchun u bir zimiston boʻlgʻay [37]. Kubro ta’kidlagan, muhabbat tom ma’nodagi hayotga, insonlarga muhabbat edi. Najmiddin Kubroning taʼlimotida, inson omiliga ustuvor o‘rin ajratilgan. U inson tafakkuri kuchiga yuksak baho bergan. Buni
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 100 mutafakkirning quyidagi fikrlari yaqqol isbotlaydi: “Valiylik inson bolasiga azaldan nasibadir, chunki odam Allohning suygan maxluqi, parvardigor odamga ong-aql bergan, botiniy nur bergan, uni barcha mavjudotdan afzal qilib yaratgan. Yurmoq uchun Haq yoʻliga yetmoq shart, Boshqasidan koʻzni yumib ketmoq shart. Elga shifo baxsh etu, och koʻzlarni, Olam hama-ul, unga nazar etmoq shart [67]. Kubroviya tariqati keng tarqalib, uning ko‘plab yo‘nalishlari paydo bo‘lgan. Ularning barchasini vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, nafsni tiyish kabi tarbiyaviy yondashuvlar birlashtirgan. Shayx Najmiddin Kubro o‘nlab asarlar yozgan. Ularning aksariyati, shaxs tarbiyasiga bag‘ishlangan. Jumladan, “Fiodobus solikin” (“Soliklar odobi haqida”), “Risola attul xayf ul - xoim an lavmat il - loim” (“Qo‘rquvchi ovvoralar va malomat etuvchi malomatiylar haqida”), “Favoyihul jamol” (“Go‘zallikni egallash”), “Ruboiylar to‘plami”, “Favoyihul jamol va favotihul jalol” (“Jamol xushbo‘yliklari va jalolning kashfi”), “Al-usul al - ashara” (“O‘nta usul”), “Risola at-turuq” nomli asarlarida halollik, mardlik, ilmsevarlik, ustozlik, burch va mas’uliyat kabi ma’naviy sifatlar ulug‘langan. Najmiddin Kubro jo‘mardlik g‘oyalarini targ‘ib qilgan va insonlarni jo‘mard bo‘lishga undagan. Natijada, mardlik va poklik, qahramonlik va fidoyilik, ma’rifat va jismoniy-ruhiy qudrat mujassamlashtirilgan. Inson kamolatida axloqiy yuksaklik, vatanparvarlik g‘oyalarining muhim o‘rin egallashini asoslashga muvaffaq bo‘lgan. Najmiddin Kubro insonlarni ezgu amallarni bajarish, ilm egallash, sahovatli va mard bo‘lishga da’vat etgan. U Shayx Najmiddin Bog‘dodiy, Shayx Farididdin Attor, Sultonul ulamo Shayx Bahovuddin Valad, Shayx Sa’diddin Hamaviy, Shayx Sayfiddin Boharziy, Shayx Jaloliddin Geyliy singari ko‘plab tasavvuf
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 101 namoyondalarini tarbiyalagan, ularga ustozlik qilgan. U quyidagi fikrni ilgari surgan: “Har qanday davlat ezgulik tarafdori bo‘lib rivojlansa, miskinlar ko‘z yoshin oqizmasa ham ichki va tashqi dushmanlar xuruji tufayli inqirozga yuz tutmaydi” [84]. Najmiddin Kubroning “Faqirlar haqidagi risola”si insonni tarbiyalash bo‘yicha ibrat kitobi sanaladi. Shayx yozadi: “Dunyoning bir qismini kezib chiqdim, ko‘p ishlarni tajriba qildim, qiyinchiliklarga yo‘liqdim, kishilar bilan suhbat qurdim, ulug‘ ishlarga qadam bosdim, tirikchilikning achchiq-chuchugini totdim. Kitoblarga murojaat qildim, olimlar xizmatida bo‘ldim, umrni dunyo izlash bilan zoe o‘tkazmadim, ajoyibotlarni ko‘rdim [59]. Kubroviya ta’limotining asosini tashkil etadigan komil inson tarbiyasi bugungi kun yoshlarini ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shayx Najmiddin Kubro ruboiylarida shaxs tarbiyasiga oid ko‘plab muammolarga murojaat qilgan. Ularga yechim topgan. Ruboiylarda yetakchi masala komil inson tarbiyasidir. Ularda nafs tarbiyasi, xusumatdan yiroq bo‘lish, gumonga bormaslik, ta’ma, minnat qilmaslikka undalgan. Riyokorlik, nifoq qilish, fosiqlik kabi illatlar qattiq qoralangan. Yoshlarni yaxshi xulq-axloq egasi bo‘lishga, ruhiy poklikka undagan. Jumladan: Har sabzaki suv yaqosida yuz ochmish, Bir ruhi farishtadur, magar ko‘z ochmish. Bir hoki parivashki, yomon qo‘yma qadam, Bu go‘shaki uchun lolavu nargis ochmish.. Najmiddin Kubro tomonidan ilgari surilgan tasavvufiy g‘oyalar asosini shaxs kamoloti, uning ma’naviy-axloqiy yuksalishi, inson qadrini yuksak tutish, uni e’zozlashga bag‘ishlangan. Shayx Najmiddin Kubroning vatanparvarlik g‘oyasining nazariy hamda amaliy jihatdan yirik targ‘ibotchisi, timsoli bo‘lgan [103]. U vatan
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 102 himoyasini muqaddas ish sanagan. Bu yo‘lda shahid bo‘lmoqni ulug‘ burch hisoblagan [108]. Yetti pirning biri bo‘lgan tasavvufshunos Xoja Orif Mohitobon Revgariy ham aqliy tarbiya nazariyasiga munosib hissa qo‘shgan. Revganiyning ta’biricha, shaxs inson dunyo va uning sirlarini anglab, ruhiy-ma’naviy jihatdan uzluksiz tarzda takomillashadi. Bu esa shaxsning faol harakati hisoblanadi. Inson borliqni bilishi, undan zavqlana olishi va idrokini chiniqtirishi kerak, deb hisoblaydi u. Revgariy inson aqliy taraqqiyotida mushohadaning muhim o‘rin tutishini ta’kidlagan. Shayx Xovandi Tahur, Shayxontohur (XIII-asr oxiri, hozirgi Bo‘stonliq tumani Bog‘iston qishlogi – 1359, Toshkent) uning asosiy pedagogik g‘oyalari quyidagilardan iborat: hayotda inson jamiyat rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shishi, ilm egallashi, ogohlik sifatiga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidlagan. U ustoz-shogird munosabatlariga alohida e’tibor qaratgan. Yoshlarni ustozlaridan ilm-fan sirlarini egallashga dav’at etgan. Shayxontohurning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari uning “Risola dar masoyi shariat va tariqat” (“Shariat va tariqat masalalari haqidagi risola”), “Risolai dah shart” (“Oʻnta shart haqidagi risola”), “Risola dar arkoni islom” (“Islom arkonlari haqida risola”), “Risola dar odobi tariqat” (Tariqat odobi haqida risola") asarlarida keltirib o‘tilgan. Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband (1318-yil, Buxoro viloyatining hozirgi Kogon tumani - 1389-yil. To‘liq ismi sharifi Muhammad binni Muhammad Bahouddin anNaqshband al-Buxoriy) bugungi kun ta’lim tizimi uchun zarur bo‘lgan muloqot asosiga qurilgan suhbat metodini ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi metod sifatida targ‘ib qilib, unda haqiqiy orifona bahslashuv g‘oyasini ilgari surgan. Bu tarzdagi bahslashuv ta’lim oluvchilarni faol harakatga undovchi samarali metod ekanligini ta’kidlagan. Alloma tomonidan munozara jarayonida fikrni dalil
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 103 isbotlash orqali haqiqatni aniqlash, bir-birining suhbatidan bahramand bo‘lishi asoslab berilgan. Inson suhbatdoshining fikrlarini diqqat bilan tinglashi, unga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan. Bahouddin Naqshband o‘z qarashlaridan insonni zukkolikka, donishmandlikka undovchi firlarni ilgari surgan. U insonning idrokini rivojlantirish, donishmandlikka undash kabi pedagogik ta’limotlarni rivojlantirgan. Bahouddin Naqshband xalq orasida „Balogardon“ (yaʼni duo bilan balo qazoni daf qiluvchi) unvoni bilan ham mashhur. U o‘zining ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid pedagogik ta’limotlarini yaratishda Yusuf Hamadoniy va Abduxoliq Gʻijduvoniyning barkamol shaxs haqidagi g‘oyalariga tayangan. U mehnatsevarlik tarbiyasiga oid qarashlarni ilgari surgan. Halol kasb bilan shug‘ullanishni targ‘ib qilgan. Uning pedagogik g‘oyalari hayotlik davridayoq keng yoyilgan. Bahouddin Naqshbandiy “Hayotnoma” va “Daloyil ul-oshiqin” (Oshiqlar dalili) nomli asarlar yozgani tarixiy manbalarda keltirib o‘tilgan. Naqshbandiy o‘z ruboiylarida yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan kamol toptirish, ularni mehnatsevarlikka o‘rgatish kabi g‘oyalarni ilgari surgan. Hazrati Bahouddin Naqshbandiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlari sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. U boqimandalikni, ijtimoiy zulmkorlikni qattiq qoralagan. Nafs tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan. Yoshlarni vatanparvarlikka chaqirgan. U zulmkorlik va tarkidunyochilikka qarshi turgan. U yosh avlodni halol mehnat qilib, rizq topishga undagan. Naqshbandiya tariqati tarafdorlari esa yoshlarni savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik, badiiy adabiyot, musiqa, ilm-ma’rifat, xattotlik, naqqoshlik, miniatyurasozlik, quruvchilik kabi barcha foydali va xayrli yumushlar bilan shug‘ullanishga da’vat etganlar. Shuning uchun ham o‘z davridagi ilm-ma’rifatning, adabiyotning yirik
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 104 namoyandalari bo‘lmish Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xushholxon Xatak, Ahmad Shoh Durroniy, Maxtumquli Firog‘iy kabi ma’rifatparvar shoir va yozuvchilar Naqshbandiylik tariqatini tanlaganlar. Uning insonparvarlik g‘oyalarini o‘z asarlarida ifodalaganlar va xalqqa yetkazganlar. O‘zbekistonda 1993-yil Bahouddin Naqshandning 675 yilligi o‘tkazildi. Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog‘liq bo‘lgan yodgorliklar qaytadan tiklandi. Bahouddin Naqshband haqida, uning taʼlimoti xususida, naqshbandiy shayxlar toʻgʻrisida talay asarlar yaratilgan. Birgina, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar xazinasining oʻzida naqshbandiyaga doir 195 ta asar saqlanadi. Bu Bahouddin Naqshband tariqatining ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qanchalik boy meros qoldirganligidan dalolat beradi. Mazkur asarlar sirasiga, Saloh ibn Muborak al-Buxoriyning “Anisu-t-tolibiyn va uddatu s-solikiyn“ (“Toliblar oshnasi va soliklar rahnomasi“) asarida (1383) Bahouddin Naqshbandning hayot tarzi, kashfu karomatlari va purhikmat soʻzlaridan namunalar berilgan. Mazkur asar “Maqomati hazrati Xojai Naqshband” nomi bilan ham ilm ahliga ma’lum. Saloh ibn Muborak al-Buxoriyning 4 qismdan iborat “Manoqibi Xoja Bahouddin Naqshband” (“Xoja Bahouddin Naqshbandning taʼrif va tavsiflari”) asari ham mavjud. Shu bilan bir qatorda, Bahouddin Naqshbandning shogirdi Xoja Muhammad Porso ham ustozi haqida bir qancha asarlar yozgan. Bu asarlarda Bahouddin Naqshbandning shogirdlari bilan o‘tkazgan suhbatlari va hikmatlari tahlil qilingan. Uning pedagogik faoliyatiga yuksak baho berilgan. Naqshbandiya ta’limotida ustoz-shogirdlik qoidalari, talablari bayon qilingan. Jumladan, shogirdning ustozga e’tiqod qilishi, imonli bo‘lish, itoatkorlik, ixlos bilan bilim olish va ma’naviy kamolotga intilish zarurligi bayon qilingan. Urf-odat va an’analarning
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 111 qilish lozimligini” ta’kidlaydi. Ko‘rinib turibdiki, buyuk sarkarda Amir Temur fikrlar rang-barangligi ya’ni plyuralizmga keng yo‘l ochgan. Amir Temur va temuriylar davrida dunyoviy fanlardan ta’lim berishga alohida e’tibor qaratilgan. U har bir mamlakatga borishdan oldin shu davlatning tarixi, madaniyati, etnografiyasi, xalqning psixologiyasini chuqur o‘rgangan. Amir Temur yoshlarga geografiya va kartografiyani o‘qitishga alohida e’tibor qaratgan. Amir Temur kitobning ijtimoiy-pedagogik roliga katta baho bergan. Uning fikricha, ta’lim-tarbiya jarayonida, yoshlarning ongi va dunyoqarashini rivojlantirishda kitobxonlikning alohida ahamiyatga egaligi, u shaxsda ijodkorlik motivlarining rivojlanishiga ko‘maklashishini qayta-qayta ta’kidlagan. Kitobning ijtimoiypedagogik ahamiyatiga katta baho bergan Amir Temur Movarounnahr poytaxti - Samarqandda ulkan kutubxona tashkil etgan. U davrda ushbu kutubxona ilm ahlining shakllanishiga alohida hissa qo‘shgan. Kutubxonaga Amir Temur o‘zi yurish qilgan barcha davlatlardan nodir asarlarni olib kelgan. Uning fondini muntazam boyitish uchun g‘amxo‘rlik qilgan [122;1315-b]. U ta’lim-tarbiya, madaniyat, ilm-fanga homiylik qilgan. Shu tufayli, mavaraunnahrda, ayniqsa, Samarqandda, fanning ko‘plab sohalari rivojlangan. Maktab va madrasa ta’limi kengaygan hamda yangi mazmun-mohiyat kasb etgan. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi rivojlangan. Uning farzandlari va nevaralari ilm-fanning turli sohalari bilan shug‘ullanib, o‘z iqtidorlarini namoyon etganlar. Ular ayniqsa, xattotlik, tasviriy san’at, she’riyat, me’morchilik, musiqa, falakiyot sohasida o‘z iqtidorlarini ko‘rsatganlar. Amir Temur o‘z saltanati hududida ko‘plab boshlang‘ich maktablar va madrasalar tashkil etgan. Tarixiy manbalarda ta’kidlashicha, mazkur davrda o‘g‘il bolalarni 4 yosh-u 4 oy 4 kunligida maktabga o‘qish uchun berish amaliyoti joriy etilgan.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 112 Taʼlim va ilm-fan taraqqiyoti uchun jonbozlik ko‘rsatish Amir Temur va temuriylar davrida o‘zining yangi bosqichiga ko‘tarilgan. Bular haqida Amir Temur tuzuklarida aniq fikrlar va dalillar bayon qilib o‘tgan. Jumladan, Temur tuzuklarida quyidagi vazifalar alohida ta’kidlab ko‘rsatilgan. 1. “Katta kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar”; 2. “Mudarrislar va shayxlarga kundalik maoshlarini belgilasinlar”; 3. “Sayidlar, ulamo, mashoyix, fuzalo, ulugʻlarni aziz tutsinlar”. 4. “Sayidlar, ulamo, mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar, tarixchilarni sara, eʼtiborli odamlar hisoblab, izzatu hurmatlarini oʻrniga qoʻydim”, deya taʼkidlaydi Sohibqiron oʻz tuzuklarida. Amir Temur buyrugʻi bilan madrasalarda diniy ilmlar (tafsir, hadisshunoslik, fiqh va boshqalar) bilan bir qatorda dunyoviy ilmlar (handasa, aljabr\algebra, riyozat\matematika, mantiq, astronomiya\ilmi nujum, adabiyot, tarix, xattotlik va boshqalar) oʻqitilishi keng yoʻlga qoʻyilgan. Chunki, o‘sha davrdagi bunyodkorlik ishlari riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), meʼmorchilik, muhandislik sohasida yuqori darajadagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirgan edi. Talab va taklif birligini ta’minlash Amir Temur faoliyatida yetakchi o‘rin egallagan. Shaharlardagi har bir madrasaga vaqf yer mulklari ajratilib, ulardan keladigan daromadlar madrasa mudarrislari va xizmatchilari maoshi, kutubxona taʼminoti, taʼmirlash va boshqa ishlar uchun sarflangan. XV asrda yashagan yirik alloma Abdurazzoq samarqandiy (1413-1482) ham maktab va ta’lim-tarbiya haqida qimmatli fikrlar qoldirgan. Sharqning buyuk mutaffakkiri Jaloliddin Davoniy (1427-1502) tarbiya nazariyasiga ulkan hissa qo‘shgan shaxs hisoblanadi. U
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 113 shaxsning rivojlanishi doimiy harakat mahsuli ekanligini asoslashga harakat qilgan. Jaloliddin Davoniyning “Axloqi Jaloliy” asari sharq xalqlari orasida mashhur bo‘lib, unda aqliy va axloqiy tarbiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Ular orasidagi mutanosiblikni tahliliy fikrlarga tayangan holda asoslab bergan. Davoniyning ta’biricha, inson jamiyatda, kishilar orasida, ular bilan munosabatda rivojlanadi. Davoniyning ta’kidlashicha, aqlli insonlar jamiyat hayotining barcha sohasida faol qatnashadi. Faollik aqlli insonlarning asosiy xususiyati ekanligini ta’kidlagan. Davoniyning inson aqliy faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishi ilm-fan, ma’rifat, ta’limtarbiya va axloq masalalarini talqiniga bag‘ishlangan fikrlarida o‘z ifodasini topgan. Davoniy maktab va madrasalarda aqliy tarbiyaga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlagan. U bu sohada oilaning muhim o‘rin tutishini ko‘rsatgan. Davoniyning ta’biricha, “Ilm insonlarni yomon xatti-harakatlardan, razillikdan saqlaydi”[90;245b]. U inson doimiy tarzda ilm egallash bilan shug‘ullanishi kerak, deb hisoblaydi. Davoniy insonning shaxsiy sifatlarini ikki guruhga ajratib ko‘rsatgan. Ular: tug‘ma sifatlar va insonning ijtimoiy faoliyati davomida vujudga kelgan sifatlar. Tug‘ma sifatlar sirasiga, shaxsning aqliy-axloqiy sifatlari va qobiliyatlarini kiritgan. Insonning faraz qilishi, o‘zaro bir-birini tushunishi kabi faol aqliy harakatlari uning tug‘ma sifati mahsuli hisoblanishini ta’kidlagan. Davoniyning “Axloqi Jaloliy” asari tarbiyaning yetakchi masalalariga bag‘ishlanganligi bilan alohida ahamiyatga ega. Asar 3 bo‘limdan iborat bo‘lib, uning birinchi bo‘limi xulq tarbiyasi va axloqiy xislatlarni egallashga bag‘ishlanganligi bilan xarakterlidir. Unda inson aqliy taraqqiyotining ifodasi bo‘lgan donolik, adolatlilik, shijoatlilik, iffatlilik kabi sifatlarning ahamiyati, uni tarbiyalash shart-sharoitlari bayon qilingan. Axloqning maqsad va vazifalari
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 114 belgilab berilgan. Uning alohida ilm ekanligi ta’kidlangan. “Axloqi Jaloliy” asarining ikkinchi bo‘limi oila, oilaviy hayot, oiladagi tarbiya masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, oila pedagogikasi uchun alohida qimmatga ega. Bugungi kunda ota-onalarning bola tarbiyasiga oid pedagogik bilimlarini rivojlantirishda ushbu asardan foydalanish samaradorlikka erishish imkonini beradi. Chunki, ushbu bobda oilada bolalarni tarbiyalash va kamol toptirish, ularning kasb-hunarni egallashi uchun alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, farzandlarga odobaxloq qoidalarini o‘rgatish, ularning nutq madaniyati, muomala odobi ustida ishlash yo‘llari ko‘rsatilgan. Asarning uchinchi bo‘limi ushbu davrga xos bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan. Davoniyning Axloqiy Jaloliy asarida insonlar orasidagi o‘zrao hamkorlining zarurligini alohida ta’kidlaydi. Insonning kamol topishi uchun jamiyat a’zolari bilan birgalikda hamjihatlikda yashab faoliyat ko‘rsatishi zarurligini asoslashga muvaffaq bo‘lgan. Davoniy insonga xos bo‘lgan sifatlarni 4 guruhga bo‘lib ko‘rsatgan: donolik, adolatlilik, shijoatlilik, iffatlilik. Ushbu sifatlarning har biri insonga xos bir qator fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Jumladan, Davoniy g‘azablanishni eng og‘ir ruhiy xastalik sifatida baholaydi. Uning ta’kidlashicha, “g‘azab kishining katta nuqsoni, kamchiligi, aqlsizligidir. Agar aql g‘azab va hissiyotga bo‘ysunsa, kishi hayvon darajasiga tushib qolishi mumkin. Chunki, hayvonning aqli bo‘lmaganligi tufayli u g‘azab va quvvatini o‘ziga buysundira olmaydi. Inson aqli bo‘la turib g‘azabni buysundira olmasa, buni hech qachon kechirish mumkin emas”. Davoniy har bir shaxsning jamiyatda, boshqalar bilan hamkorlik va muloqot natijasida kamol topishini e’tirof etgan. Davoniy o‘zidan oldin o‘tgan mutafakkirlarning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarni bir qadar rivojlantirgan. Davoniy bola ta’lim-tarbiya natijasidagini yaxshi fazilatlarni egallashi mumkinligini, ta’kidlaydi. Chunki, ularda his-tuyg‘ular, kechinmalar shakllanishi barobarida, narsa-
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 115 hodisalarni kechinmalarni o‘zaro farqlash ko‘nikmasi tarkib topadi. Davoniy o‘z pedagogik qarashlarini bayon qilishda mana shu holatga alohida e’tibor qaratgan. Natijada, ularda ezgulik va yovuzlik haqidagi tasavvurlar vujudga keladi. Tasavvurlari vujudga keladi, intellektual jihatdan rivojlanadi. Shu davrdan boshlab, bolalar sezgi va idrok orqali atrof-muhit, undagi voqe’likni anglay boshlaydilar. Davoniy, bolarning yaxshi xulq - odobga ega bo‘lishini, uning aqliy rivojlanishidan keyingi tarbiyaviy jarayonlar bilan bog‘laydi. Bolani o‘rab turgan atrof muhitdagi voqea-hosidalar uning xulqi, odobaxloqi shakllanshiga u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham o‘qituvchilar va ota-onalar, ularning kundalik hayoti uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy axloq me’yorlarini singdirishlari lozim, deb hisoblaydi alloma. Shuning uchun ham ularga ijobiy xislatlarni tizimli tarzda singdirish zarurligini, ta’kidlaydi. Bu jarayon muntazam davom etishi kerak, deb hisoblaydi mutafakkir. Tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun alloma ota-onalar oldiga ulkan vazifalar qo‘yilishini ta’kidlaydi. U ota va onaning farzand tarbiyasida birday mas’uliyatli ekanligini asoslab bergan. U ota-ona birgalikda tarbiyalgan farzandlar bilan, ulardan birining tarbiyasidan mahrum bo‘lgan bolalar orasida farqlar mavjudligini ko‘rsatgan. Farzandlarning mard, jasur, qat’iyatli, o‘z so‘zida turadigan, diyonatli bo‘lishida otaning o‘rni beqiyos ekanligini ko‘rsatadi. Sabrbardoshlilik, halimlik, rahmdillik, saromjon sarishtalik ya’ni sarishtalik farzandlarga onadan o‘tadigan sifat ekanligini alloma alohida ta’kilab ko‘rsatgan. Demak, farzand tarbiyasida ota va onaning har biri alohida o‘rin egallaydi. Agar ulardan bittasining roli pasaysa, farzand tarbiyasida bo‘shliqlar vujudga keladi. “Axloqi Jaloliy” asarida maktab haqida ham qimmatli fikr bildirilgan. Maktab, unda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya jarayonida ham qimmatli fikrlar bayon qilingan. Alloma farzandlar tarbiyasida ota-ona bilan bir qatorda, muallim mas’ul ekanligini
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 116 e’tirof etadi. Shu bilan bir qatorda, mutafakkir o‘qituvchining sifatlari, o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlari haqida ham qimmatli fikrlarni bayon qilgan. U muallimni “Ma’naviy ota (padar)” sifatida ulug‘laydi. Farzandlarning ma’naviy kamolotida o‘qituvchining tutgan o‘rni beqiyos ekanligini, Davoniy aniq dalillar orqali ko‘rsatib bergan. U ota-ona tarbiyasi bilan o‘qituvchining tarbiyaga oid funksiyalarini o‘zaro qiyoslagan. Mazkur qiyoslash bugunda kunda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ota-ona va pedagogning aniq rolini chegaralashga xizmat qiladi. Alloma tarbiya usullari, metodlari, vositalari muallim tomonidan qo‘llanganda uning samaradorligi yuqori bo‘lishini pedagogik jihatdan asoslashga muvaffaq bo‘lgan. Shuning uchun ham tarbiyada o‘qituvchi-o‘qituvchi bilan otaonaning hamkorligi zarur hisoblanadi. Buning asosiy sababi o‘qituvchi pedagogik bilimga ega bo‘lib, o‘z ustida muntazam ishlashi, ota-onalar esa psixologik bilimlarga yetarlicha ega emasligini Davoniy to‘laqonli tarzda bayon qilgan. Muallim o‘quvchiga ta’lim-tarbiya berish bilan bir qatorda, uni ilm egallash sari yo‘naltiradi. Buning uchun zarur motivlarni hosil qiladi. Davoniy yoshlarning ilm-ma’rifatni egallashida tabiiy fanlarning o‘rniga yuksak baho bergan. U matеmatika, astronomiya, tibbiyot kabi sohalarning jamiyat hayoti uchun muhimligi va alohida ahamiyatga egaligini e’tirof etgan. “Riyoziyot fanini o‘rgangan kishining tabiati qat’iy va sabotli bo‘ladi”, dеydi alloma. Davoniy mardlik va shijoatlilikni shaxsning ulug‘ fazilatlaridan biri sifatida e’tirof etadi. Shijoatli insonning kamtar, qo‘rqmas, jasoratli, sabrli bo‘lishini, ta’kidlaydi. Shijoatli kishi birinchi navbatda, aqlli inson hisoblanadi. Shunga ko‘ra, shijoat aqlga bo‘ysunadi. Davoniy vatan himoyachilariga aql-idrok, shijoat xos bo‘lishi, chunki, ular vatan hududlarini himoya qilishini alohida ta’kidlagan. Shuning uchun ham vatanparvarlik tarbiyasiga ustuvorlik berishi kerak, deb hisoblaydi.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 117 Davoniy tomonidan ilgari surilgan tarbiya konsepsiyasida insonlarga xos bo‘lgan zararli odatlarning oldini olish yo‘llari ham ko‘rsatilgan. Jumladan, salbiy xarakterdagi ruhiy holatlar jahldorlik, g‘azablanish, xasad qilish, g‘am qayg‘uga berilish, tushkunlik, yalqovlik, xudbinlik, g‘iybatchilikning oldini olish yo‘llarini ko‘rsatgan. Ularning zararli oqibatlari bilan kurashish zarurligini ko‘rsatgan. Davoniy kishilarning salbiy illatlarini maslahat berish, pand-nasihat, mehnat orqali bartaraf etish mumkinligini ko‘rsatgan. Ushbu usullarning samaradorligini ta’minlash uchun vaqt, sharoit va me’yorga amal qilish zarurligini tavsiya qilgan. Davoniy ijobiy fazilatlar: mеhnatsеvarlik, to‘g‘risozlik, haqgo‘ylik, insoniylik, ezgulik, xushmuomalalik, adolatlilik, tolerantlik, zukkolik, sadoqatlilikni ulug‘lagan. U insondagi ijobiy xislatlar aql-zakovat mahsuli ekanligini e’tirof etgan. Insondagi ijobiy sifatlar uning butun hayoti davomida takomillashib, sayqallanib, ko‘payib borishini ko‘rsatadi. Kundalik hayotdagi qiyinchiliklar, turli sinovlar, ziddiyatli vaziyatlar insonni tarbiyalashi mumkinligini asoslashga muvaffaq bo‘lgan. Natijada, insonlardagi ayrim salbiy sifatlar ijobiy sifatlarga aylanadi, deb hisoblaydi. U insonlar orasidagi muhabbatni 5 turga ajratgan. 1. Ilohiy muhabbat. Bu yaratganga nisbatan muhabbat hisoblanadi. 2. Ota - onaga muhabbat. 3. Muallimning o‘z o‘quvchilariga bo‘lgan muhabbati. 4. Davlat boshlig‘ining o‘z fuqarolariga muhabbati. 5. Insonning ilm - ma’rifatga muhabbati. Bunday muhabbatga ega bo‘lgan insonlarni kamolotga erishgan, deb hisoblaydi. Davoniyning mazkur fikrlari bugungi kunda o‘quvchilar va talabalarni tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish uchun alohida amaliy ahamiyatga ega. Davoniy shaxs tarbiyasida maktab va oilaning o‘ziga xos o‘ringa egaligini asoslashga harakat qiladi. U
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 118 o‘qituvchining fe’l-atvori haqida to‘xtalib, qo‘pol, jahldor muallimlarni qattiq tanqid qilgan. Ularni aql bilan ish ko‘rishga, ijobiy xislatlarga ega bo‘lishga da’vat etgan. Davoniyning ta’kidlashicha, ota bolani jismoniy jihatdan tarbiyalasa, muallim uni ma’naviy jihatdan tarbiyalaydi. Ushbu o‘rinda alloma oila va maktabning o‘quvchilarni tarbiyalashda tutgan o‘rnini taqqoslaydi. Ular orasida hamkorlik zarur degan g‘oyasni ilgari suradi. Devoniy insondagi yomon xislatlar haqida gapirish bilan birga, ularni bartaraf etishga ham maslahatlar beradi. Devoniyning ta’lim - tarbiyaga oid qarashlari hozirgi kunimiz uchun ham g‘oyat qimmatli va foydalidir. Davoniy “Axloqiy Jaloliy” asarida aqliy tarbiyani amalga oshirish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlab ko‘rsatgan: 1) Zehn o‘tkirliligi; 2) Fahm-farosatlilik; 3) Zehnning ravshanligi; 4) Bilimlarni tezkorlik bilan o‘zlashtirishga egalik; 5) Qo‘yilgan muammoni tezlik bilan anglash; 6) Yodlash qobiliyatiga ega bo‘lish; 7) Xotiraning o‘tkirligini tarbiyalashga alohida e’tibor qaratishni ustoz-murabbiylar va ota-onalarga tavsiya etgan. Davoniy insonning kasbiy faoliyatini uch guruhga ajratgan: 1) Inson aqliy faoliyati bilan bog‘liq kasblar; 2) Ta’lim-tarbiya natijasida shakllantiriladigan kasblar; 3) Kishilarning o‘z shijoati, jasorati bilan bog‘liq kasblar. Demak, o‘quvchilarni muayyan kasb hunarga yo‘naltirishda ularning xarakteri, aqliy-intellektual taraqqiyotini chuqur o‘rganish asosida ish ko‘rish zarur, deb hisoblaydi alloma. Buning uchun o‘qituvchilar hamda ota-onalar hamjihatlikda o‘quvchilarning iqtidori, layoqatlari va qobiliyatini o‘rgangan holda, ularning kasbiy yo‘nalishlarini belgilashlari lozim.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 119 Davoniyning ilm-ma’rifat, ta‟lim-tarbiya va odob-axloq, otaona hamda o‘qituvchi munosabatlari, aqliy tarbiya, ma’naviy tarbiyaga oid ta’limotlari bugungi kunda o‘quvchi va talaba yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ota-ona va o‘qituvchi munosabatlari kun sayin dolzarblashayotgan hozirgi kunda Davoniyning pedagogik qarashlariga tayangan holda pedagogik jarayonlar va shaxslararo munosabatlarni tashkil etish hamda boshqarishning ahamiyati ortmoqda. Abdurazzoq Samarqandiy - to‘liq ismi Kamoliddin Abdurazzoq ibn Jaloliddin Ishoq Samarqandiy (1413.7.11-1482, Hirot) - axloqiy tarbiya nazariyasiga munosib hissa qo‘shgan allomadir. U tafsir, hadis, fiqh, tarix, til va adabiyot fanlarini puxta egallagan. Abdurazzoq Samarqandiy mavaraunnahr va o‘rta sharqning XIV-XV asrlardagi tarixiga oid boy ma’lumotlarni o‘zida jamlagan “Matlai sa’dayn va majmai baxrayn” nomli tarixiy, axloqiy asari bilan katta shuhrat qozongan. Abdurazzoq Samarqandiy mazkur asarda axloqiy tarbiya sohasidagi o‘z qarashlarini bayon qilgan. Insonga xos bo‘lgan axloqiy sifatlar insonparvarlik, do‘stlik, mehr-muruvvat, insofilik, diyonatlilik kabi axloqiy sifatlarni ulug‘lagan. U yoshlarni do‘stlik, rostgo‘ylik, birodarlik, o‘zaro hurmat, ezgulikka intilish kabi sifatlarni shakllantirishga oid qimmatli fikrlarni bayon qilgan. Abdurazzoq Samarqandiy yosh-avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan. Uning maktab, ta’lim-tarbiya sohasidagi fikrlaridan bugungi kun uchun ham alohida pedagogik ahamiyatga ega. Chunki, unda vatanparvarlik tarbiyasiga ustuvor o‘rin ajratilgan. Shaxs tarbiyasi haqidagi ta’limotlarga buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy ham o‘ziga xos tarzda hissa qo‘shgan. Uning asarlarini ma’naviy-axloqiy tarbiya kodeksini o‘zida mujassalashtirgan manbalar deyish mumkin. Alisher Navoiy o‘z asarlarida yoshlarni bilim olish, ijtimoiy faollik ko‘rsatishga
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 120 undagan. Mutafakkir shoir o‘zining barcha asarlarida hayot va uning mohiyati, shaxs, davlat va jamiyat orasidagi munosabatlar, shaxsning bilish imkoniyatlari, borliqni anglash, idrok etish, yaratuvchanlik, mushohada qilish, intellektual rivojlanish yo‘nalishlari haqida fikr yuritgan. U insonning intellekti, psixologik jarayonlarini rivojlantirishga ilmiy nuqtai nazardan yondashgan. Inson aql zakovat bilan tabiat va jamiyat munosabatlarini tahlil qilishi lozim deb, hisoblaydi mutafakkir. Alisher Navoiy o‘zining “Xamsa”, “Nasoyim ul-muhabbat”, “Mahbub ul qulub” kabi asarlari, she’r va dostonlarida pedagogik qarashlarini bayon qilgan. Adolat va adolatlilik masalasi shoir asarlarining yetakchi g‘oyasi bo‘lgan. Navoiyning ta’biricha, yoshlarni vatanparvar, xalqparvar diyonatli, adolatli, ilmsevar, ota-onani qadrlaydigan shaxs sifatida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Navoiy bolaning kamol topishida tarbiyaning alohida o‘rin egallashini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, bolalar nima yaxshi-yu, nima yomonligini farqlay olishlari lozim. Shunga ko‘ra, bolalarning tushunish, anglash, mushohada yuritish qobiliyatini rivojlantirish ota-onalar va ustoz - murabbiylarning zimmasidagi eng muhim vazifa hisoblanadi. Alisher Navoiy odobaxloqning inson uchun zarurligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, odobli kishi ochiq yuzli, xushmuomala, sertakalluf, yoqimli bo‘ladi. Odobaxloqqa ega bo‘lgan insonlar izzat-hurmatga loyiq bo‘ladilar. Yaqinlarini hurmat qilish har bir odobli insonning asosiy fazilati hisoblanishini shoir qayta va qayta ta’kidlagan. Shoir bu haqida shunday yozadi: Har kimgaki, daxr ichida donolik erur, Hilm ila anga majlis oraliq erur [29], ya’ni aqlli, dono kishi odobli, xushmuomala, hayoli, kamtarin bo‘ladi, deya ta’kidlagan shoir.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 127 Shu bilan bir qatorda, mutafakkir shoir ehsonning o‘ziga xos xarakterga egaligini ta’kidlagan. U ehsonning har qanday turi ham sahovatlilikdan dalolat bermasligini ta’kidlaydi. Shu o‘rinda, alloma isrofgarchilik va minnatni qattiq qoralagan. Bunday sifatlar sahovatlikka kirmasligini, ta’kidlagan. Alloma birinchi navbatda, yoshlikning qadriga yetish, bu davrda bilim va yaxshi sifatlarni egallash, ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamollika intilish, vatanparvar, xalqparvar, saxiy va odobli bo‘lish zarurligini ta’kidlagan. Alisher Navoiy o‘z asarlarida salbiy illatlar insonni halokatga duchor qilishi haqida fikr yuritib, yoshlarni bunday illatlardan saqlanishga dav’at etgan. Jumladan; Uch fe’l erur kishiga qotil oxir, Qotillik aro zahri halohil oxir. Buxl atla birin, birin havo bil oxir, Qil ujbin ham alarga dohil oxir [74;95-b]. Alisher Navoiyning pedagogik qarashlarida shaxs tarbiyasi va intellektual taraqqiyotiga ustuvor o‘rin ajratilgan. Alisher Navoiyning 26 asarini o‘rgangan turk yozuvchisi Ogoh Sirri Levend shunday fikr bildirgan edi: “Navoiy hayotini el-yurtga bag‘ishlagan, umrini xayr-saxovat bilan xalqqa foydali ishlar qilish uchun o‘tkazgan. Odamiyligi va insonlarga nisbatan sevgisi uni yuksaltirgan eng buyuk vasflaridan biridir… Navoiy mag‘rurdir, biroq g‘ururini kamtarinlik ila birlashtirgandir [88]”. Vatanparvarlik tarbiyasi Alisher Navoiy pedagogik qarashlarida ustuvor o‘rin egallagan. Uning ruboiylarida vatanga muhabbat alohida ko‘tarinkilik bilan tavsiflangan. Alisher Navoiy o‘zining quyidagi ruboiysida insonni bulbul timsolida tasvirlab, uning oddiygina uyi shoxlarning oltin koshonasidan afzal ekanligini ta’kidlaydi: G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 128 El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish. Oltun qafas ichra gar qizil gul bitsa, Bulbulg‘a tikandek oshyon bo‘lmas emish. Uning dostonlarida vatanparvarlik tuyg‘usi, insoniylikning eng oliy ko‘rinishi sifatida e’tirof etilgan. Bu “Saddi Iskandariy”da quyidagicha aks etgan: Jahon mulkida mustaqil podshoh, Anga topshurub shohlar toshu goh. Eron shohi xalqqa jabr zulum qilganligi uchun ham Iskandar uni yengadi. Chunki, zolim shoxim xalqning qo‘llab-quvvatlashidan mahrum bo‘ladilar. Alisher Navoiy vatanparvarlik bilan adolatlilik, ma’rifatparvarlikni uyg‘un tarzda ko‘radi. Unga ko‘ra, adolatli, ma’rifatli insonlar har doim vatanparvar bo‘ladilar. U o‘zining “Saddi Iskandariy” dostonida yoshlarning vatanparvar, fidoyi bo‘lishi zarurligi haqida quyidagicha yozadi: Iyolu Vatan uzra to joni bor, Kishi harb etar toki imkoni bor. Unga ko‘ra, vatanparvarlik tuyg‘usiga ega bo‘lgan har bir inson o‘zini fido qilib bo‘lsada, vatanini yovlardan himoya qiladi. Uning ozodligi uchun kurashadi. Alisher Navoiy o‘z asarlarida Vatanni oila bilan birgalikda ko‘radi. Alisher Navoiy o‘z asarlaridagi insonparvarlik g‘oyalarini vatanparvarlik talqini bilan uyg‘unlashtiradi. Jumladan: 1. Inson qadrini ulugʻlash: Navoiy insonni ulug‘ qadriyat sifatida e’tirof etadi hamda she’r va dostonlarida mazkur g‘oyani rivojlantiradi. Alisher Navoiy oliy qadriyat hisoblangan insonning ichki olami, kechinmalari, his-tuyg‘ulari, axloqiy sifatlari, adolatliligi va vatnparvarligini kuylaydi hamda u amal qilishi zarur bo‘lgan hayotiy qoidalarni ilgari suradi. U barcha insonlarning o‘zaro
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 129 tengligini e’tirof etadi. Nasl-nasabi va boyligiga qarab insonga munosabatda bo‘lish noto‘g‘ri ekanligini qayta-qayta takrorlaydi. 2. Adolat va haqiqatparvarlik: Navoiy adolatni jamiyat taraqqiyotining asosi deb biladi. U adolatsizlik, zulm va zoʻravonlikka qarshi keskin kurashadi. Uning asarlarida adolatli hukmdor, mehribon va rahm-shafqatli inson obrazi gavdalantirilgan. Alisher Navoiy amaldorlarni xalq manfaatlarini koʻzlab ish yuritishga, kambagʻal va nochorlarga yordam berishga chaqiradi. 3. Mehr-shafqat va sahovat: Alisher Navoiy ijodida insonlarga mehr-shafqat ko‘rsatish g‘oyasi yetakchi o‘rin egallagan. Alisher Navoiyning o‘zi ham sahovatpesha inson bo‘lgan. U o‘z mablag‘ini beva – bechora va tolibi ilmlarni qo‘llab-quvvatlashga sarflagan. Madrasalar, maktablar, kasalxonalar, ko‘priklar, suv inshootlarini qurish, bog‘lar barpo etishga sarflagan. Ilm-fan va adabiyot ahlini har doim qo‘llab-quvvatlagan. Ularga zarur vaqtlarda nafaqalar ajratgan. Daromadining katta qismini vatan obodligi va ilm-fan ravnaqiga sarflagan. 4. Maʼrifatparvarlik va ilm-fanni targʻib qilish: Alisher Navoiy she’riyatida ma’rifatparvarlik va ilm-fanning o‘rniga yuksak baho berish, uni targ‘ib qilish ham ustuvor o‘rin egallagan. U jaholatni qoralaydi. Jaholat taraqqiyotning kushandasi ekanligini qayta-qayta ta’kidlab, unga berilmaslikni targ‘ib qiladi. Navoiy asarlari hayotbaxsh g‘oyalarga boyligi, yosh avlod uchun tarbiya manbai ekanligi bilan bugungi kunda ham alohida qimmatga ega. U oʻzining asarlari orqali xalqni bilim olishga, oʻz ustida ishlashga va kamol topishga undaydi. Navoiy olimlar, shoirlar va sanʼatkorlarni qoʻllabquvvatlagan, ularning ijodiy faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratgan. 5. Tinchliksevarlik va bagʻrikenglik: Navoiy asarlari bugungi kunda ham yosh avlodni millatlar va dinlararo bag‘rikenglik, tinchliksevarlik, hurfikrlilik ruhida tarbiyalashda muhim manba
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 130 bo‘lib xizmat qiladi. U yoshlarni turli millat vakillarini hurmat qilish, ular bilan hamjihatlikda yashashga dav’at etadi. Navoiy o‘z asarlarida diniy bag‘rikenglik targ‘ibotiga alohida e’tibor qaratgan. Ekstrimistik g‘oyalar xuruj qilayotgan bugungi kunda Navoiyning diniy bag‘rikenglik haqidagi qarashlari alohida pedagogik ahamiyatga ega. 6. Tolerantlik insonparvarlikning eng oliy ko‘rinishi sifatida e’tirof etilgan. Uning “Xamsa”, “Lison ut-tayr”, “Mahbub ulqulub”, “Hayrat ul-abror” kabi asarlarida turli millat va din vakillari orasidagi do‘stlik, insonparvarlik g‘oyalari yuqori darajada kuylangan. Uning dostonlaridagi qahramonlar turli millat vakillari bo‘lib, o‘zaro hamjihatlilik, adolatlilik, sadoqatlilik, fodoiylik, vatanparvarlik, xalqparvarlik, yurt obodligi uchun kurashchanlik kabi insoniy fazilatlarga egaliklarini namoyon etganlar. Alisher Navoiyning she’r va dostonlari yoshlarni ezgulikka, o‘z kamoloti sari intilishga, adolatli haqg‘oy, vatanparvar, fidoiy, atrofdagilarga mehrli bo‘lishga undaydi. 7. Alisher Navoiy asarlarida adolatparvarlik g‘oyasi yetakchi o‘rin egallagan. O‘zining boy va serqirra ijodi davomida adolat g‘oyalarini doimo ulug‘lagan va bu g‘oyalar uning asarlarida markaziy o‘rinlardan birini egallagan. Alisher Navoiy adolatlilikni davlat va jamiyatni baxt-saodat, farovonlikka undovchi asosiy g‘oya sifatida e’tirof etgan. Navoiy asarlarida adolatlilik quyidagi shakllarda tasvirlangan: Uning bosh qahramonlari sifatida adolatli hukmdorlar bo‘lgan. U adolatni davlat rahbari faoliyatining asosiy mezoni sifatida talqin etgan. U o‘zining “Xamsa”sida bir qator adolatli hukmdorlar obrazini yaratgan va boshqa barcha davlat rahbarlarini ulardan o‘rnak olishga undagan. Masalan, “Farhod va Shirin” dostonidagi Kayxusrav, “Saddi iskandari”dagi Iskandar, “Sabbai sayyor”dagi Bahrom adolatli va xalqparvar hukmdor sifatida tasvirlanadi. Alisher Navoiy
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 131 hukmdorlarning adolatli bo‘lishi, xalq dardini anglay olishi, qonun ustuvorligini ta'minlashi va har bir fuqaroning huquqini himoya qilishi kerakligini, o‘z asarlarida qayta-qayta ta’kidlaydi. Alisher Navoiyning insonparvarlik, vatanparvarlik, axloqiylik, ilmsevarlik sohasidagi qarashlari o‘zbek xalqi madaniy-pedagogik merosining asosiy qismini tashkil qiladi. Bugungi kunda ham ushbu pedagogik meros yosh avlodni insoniylik, ilmsevarlik, vatanparvarlik, xalqparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Buning uchun uzluksiz ta’lim muassasalarida Navoiy ijodini chuqur o‘rganish, uning tarbiyaviy imkoniyatlaridan keng ko‘lamda foydalanish lozim. Shundagina, ushbu merosning kelgusi avlodlar kamoloti uchun xizmat qilishini ta’minlashga erishiladi. Ko‘rinib turibdiki, Alisher Navoiy bir umr xalq tashvishi, yoshlarni ilm-ma’rifatga undash va vatan obodligi uchun kurashgan. Shuning uchun ham Alisher Navoiyning yoshlar tarbiyasiga oid qimmatli fikrlari bugungi kun ta’lim tizimi uchun nihoyatda zarur manba bo‘lib xizmat qiladi. Alisher Navoiyning komil inson tarbiyasiga oid qarashlari shox va shoir, tasavvuf adabiyotining yirik namoyondasi, vatanparvar va vatanpavarlik g‘oyasining targ‘ibotchsi Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan davom ettirilgan. Zaxiriddin Muxammad Bobur ilm-ma’rifat hamda vatanparvarlik g‘oyasini keng targ‘ib qilgan. Vatan tabiati, ona yer imkoniyatlarini har tomonlama ochib berishga muvaffaq bo‘lgan. U o‘z davrida va undan keyin yashagan avlodlarni vatanni sevish, uning ravnaqi uchun kurashishga, dav’at etgan. Boburning o‘zi bir umr vatan, uning tabiati va sog‘inchi bilan yashagan. Taqdir taqozosi tufayli yurtidan uzoqda yashashni “Yuz qarolig” deb atagan. U bu haqda quyidagi ruboiysida shunday yozadi: Tole yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi, Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 132 O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim, Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi [129]. U yosh avlodning ilm-ma’rifatli bo‘lishi uchun katta imkoniyatlar yaratgan. Shoirlar va olimlarni har doim qo‘llabquvvatlagan. Boburning vatanparvarlik, ma’rifatparvarlik, tabiat va xalqqa muhabbat haqidagi g‘oyalari uning qomusiy asari Boburnomada [118] o‘z ifodasini topgan. Bobur qayerda yashashidan qat’i nazar obodonchilik va bunyodkorlik ishlari bilan shug‘ullangan. U Hindistonda, Afg‘onistonda bog‘lar, inshootlar, hovuzlar, hammomlar va madaniyat obidalarini yaratishga rahnamolik qilgan. Biroq, bunday bunyodkorlikishlarini har doim o‘z vatanida amalga oshirishni orzu qilib yashagan. U har doim adolatni o‘ziga shior qilib, atrofidagilarni ham adolatli bo‘lishga undagan. Shu bilan bir qatorda, Bobur tolerantlik g‘oyasini ham targ‘ib qilgan. G‘ayridiniy qarashlarni isloh qilishga harakat qilgan. Bobur kiyinish madaniyatini takomillashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Xalqning urf-odatlari, an’analari, qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, zarurligini ta’kidlagan. U xalqning yutuqlarini keng targ‘ib qilib, kamchiliklarini islohotchilik yo‘li bilan bartaraf etishni targ‘ib qilgan. U adolatsizlik, zulmkorlik, munofiqlikni qattiq tanqid qilgan. O‘zi ham bu illatlarga qarshi turgan. U o‘z she’riyatida insoniylik g‘oyalarini ulug‘lagan. U yoshlarni o‘z xalqiga yaxshilik qilishga dav’at etgan: Bori elga yaxshilig‘ qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘q. Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig! kabi she'riy misralaridan hamda “Boburnoma” voqealar bayonida o‘zining mazkur qarashlarini rivojlantirgan. Bobur hech qachon men shoxman deb safarlarda o‘ziga alohida e’tibor talab qilmagan. U o‘zining navkarlari bilan barobar mashaqqat chekkan. Ular bilan birga harakat
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 133 qilgan, qiyinchiliklarni birga baham ko‘rgan. Zamondoshlari uning quyidagi 8 fazilatini e’tirof erganlar. Ular: “..sekkiz sifati aning zotiga mutassil edi: birisi bukim, najhati baland etdi, ikkimchisi, himmati arjumand edi, uchumchisi, viloyat olmoq, to‘rtumchisi viloyat saxlamog‘, beshimchisi ma’murlig‘, oltimchisi rafohiyat niyati Tengri taolo bandalarig‘a, yettimchisi, cherikni ko‘ngli qo‘lg‘a olmoq, sekkizimchisi adolat qilmoq” [77]. Bobur ayol zotiga katta hurmat va ehtirom ko‘rsatgan. Iqtidorli, ijodkor ayollarni alohida qo‘llab-quvvatlagan. Ularni she’riyat, sport, badiiy ijod bilan shug‘ullanishlari uchun qulay sharoitlar yaratgan. Bobur ezgu fazilatlarni ulug‘lagan, o‘zi ham shunday fazilatlar egasi bo‘lgan. U yaxshilik qilishni o‘ziga shior qilib olgan. Bobur shunday yozadi: “Har kimdin yaxshi qoida qolg‘on bo‘lsa, aning bila amal qilmoq kerak. Agar ota yamon ish qilg‘on bo‘lsa, yaxshi ish bila badal qilmoq kerak”. Bobur juda kechirimli bo‘lgan. U hech kimga jabr qilishni istamagan. U Boburnoma asarida vaziyatlarga obyektiv baho bergan. O‘zining xatolarini tan olgan. Raqiblarini ham obyektiv, tanqidiy baholashga muvaffaq bo‘lgan. Bobur juda haqgo‘y, tanqidiy tafakkur yuritadigan shaxs edi. U o‘sha davrda yashab faoliyat ko‘rsatgan shoir-u olimlar, davlat arboblari haqida aniq ma’lumot bergan. Ularning xararkteri, qilgan ishlari, iqtidori, xatolarini ochiqoydin ko‘rsatgan. Bobur O‘rta Osiyo, shu jumladan, hozirgi O‘zbekiston, Afg‘oniston, Eron, Hindiston hududidagi flora va fauna haqida to‘liq ma’lumotlarni taqdim etgan. Ushbu mamlakatlarning iqlimi, o‘simliklar olami, hayvonot dunyosi, yashahb faoliyat ko‘rsatgan shaxslar, har bir o‘lka aholisining xarakteri, amalga oshirgan ishlari, mazkur o‘lkalardagi diqqatga sazovor joylasr haqida, bugungi kun ta’lim tizimi uchun qimmatli bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etgan. Boburnomada tarbiya, geografiya, tarix, botanika, zoologiya va boshqa ko‘plab fanlarga oid qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur ma’lumotlardan bugungi kunda
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 134 darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy ommabop manmbalarda foydalanish, ularni o‘quvchilarga taqdim etish alohida pedagogik ahamiyatga ega. Bobur o‘zining ko‘plab zamondoshlari haqida aniq, obyektiv ma’lumotlarni keltirilgan. Diniy va milliy bag‘rikenglikni targ‘ib qilgan. Millatimiz vakillarining genofondi tozaligini saqlab qolish uchun ko‘plab harakatlarni amalga oshirgan. U o‘zining qarindiosh urug‘lariga shafqatli, mehribon, kechirimli, oqibatli bo‘lgan. Mazkur sifatlar bugungi yosh avlod uchun ibrat bo‘la oladi. U oilada farzandlasr tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan. Har birining iqtidorini aniqllagan vaularni o‘z iqtidorini ro‘yabga chiqarishga yo‘latirilgan. Jumladan Bobur qizi Gulbadan begimning yozuvchi bo‘lishini juda erta fahmlagan va uning iste’dodini qo‘llabquvvatlagan. U farzandlari orasida oilaviy ahillikni targ‘ib qilgan. Bir necha onadan tug‘ilganligiga qaramasdan ularni bir-biriga mehrli bo‘lishga da’vat etgan. Boburnoma jahonning ko‘plab yirik olimlari tomonidan o‘rganilgan va ularda kata qiziqish uyg‘otgan. Jumladan, gollandiyalik olim Vitsen, angliyalik olimlar J. Leyden, V. Erskin, R. Koldekot, A. Beverej, T. Albot, germaniyalik Yu. Klaynrat va A. Keyzer, fransiyalik Pave de Kurteyl, hindistonlik Mirzo Nasriddin Haydar Rizvi, turkiyalik R.R.Art va N. I.Bayur va bizning davrimizdagi fransiyalik olim Bakke Gromon, afgʻonistonlik olim Abulhay Habibiy, pokistonlik olimlar Rashid Axtar, Nadvi va Shoh Olam Mavliyot shular jumlasidandir. Oʻzbekiston, Tojikiston, Rossiya olimlarining faoliyatlari ham diqqatga sazovordir. XIX-XX asrlar davomida Georg Ker, N.Ilminskiy, O.Senkovskiy, M.Salye, Porso Shamsiyev, Sodiq Mirzayev, V.Zohidov, Ya.Gʻulomov, R. Nabiyev, S. Azimjonova, A. Qayumov kabi olimlarning saʼyharakatlari bilan “Boburnoma” bir necha bor rus va oʻzbek tillarida chop etildi, ularga soʻzboshi yozildi va keng kitobxonlar ommasining maʼnaviy mulkiga aylantirildi, uning sheʼrlari ham bir necha bor
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 135 nashr etildi. Mazkur mutaxassislarning barcghasi birinchi navbatda, Boburni vatanparvarlik tarbiyasining targ‘ibotchsii sifatida ta’riflagan. Shoh va shoir Boburning Xatti Boburiy risolasida arab alifbosini turkiy tillar, xususan, oʻzbek tili imkoniyatlari, til xususiyatlarini hisobga olgan holda bir muncha soda shaklda ishlab chiqgan. Bobur bunyodkorlik ishlariga alohida e’tibor qaratgan. U ko‘plab san’at asarlari va madaniyat obidalarining yaratilishiga homiylik qilgan, ularni barpo etishga buyurtmalar bergan. Dunyoning turli hududlaridan yetuk mutaxassislarni jalb qilib, Hindistonda 56 ta inshoot barpo etgan, ulardan aksariyati madaniyat obidalarini yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Barcha inshootlarida ona vatanini chizgilarini ifodlashga erishgan. Shu jumladan, ellikta xodim faoliyat ko‘rsatadigan ulkan kutubxona barpo etgan. Bu kutubxonada jahondagi yirik olimlarning asarlari jamlangan. U asrlar davomida avlodlarga ziyo tarqatib kelmoqda. Millatimiz vakillari qalamiga mansub bo‘lgan ko‘plab ilmiy hamda badiiy asarlar ushbu kutubxonaning mulki hisoblanadi. Bobur qanday ezgu ishni amalga oshirmasin, uning negizida vatanparvarlik tuyg‘usi namoyon bo‘ladi. U dunyoning barcha ne’matlaridan ona Vatna tuprog‘ini ustun qo‘yadi. Uning vatanparvarligi bugungi kunda ham yosh avlod uchun ibrat bo‘la oladi. Ularni vatanni qadrlashga undaydi.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 136 II – BO‘LIM. JADID MA’RIFATPARVARLARINING VATANPARVARLIK TARBIYASIGA OID PEDAGOGIK YONDASHUVLARI 2.1. - § JADID MA'RIFATPARVARLARINING YOSH AVLODNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID QARASHLARI Jadidlarning ma’rifiy-pedagogik qarashlari va faoliyatlarida ustuvor o‘rin egallagan. Jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiy ham mazkur mavzuda salmoqli fikrlarni ilgari surgan. U o‘z davrining ziyolisi, ma’rifatchisi, jurnalisti, pedagogi va dramaturgi sifatida millatni uyg‘otish, yosh avlodni ilm-ma’rifatga chorlab, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni o‘z hayotiy burchi deb bilgan. Behbudiy fikriga ko‘ra, “ilm va ma’rifatsiz millat – kelajaksiz millat”dir. Shu sababli u yoshlarning qalbida vatanparvarlikni uyg‘otish uchun avvalo ularga dunyoviy bilimlar, axloqiy tarbiya va milliy g‘ururni singdirish zarurligini ta’kidlaydi. Behbudiyning yosh avlod tarbiyasiga oid qarashlari quyidagilardan iborat: 1. Vatanparvarlik - tarbiyaning poydevori. Behbudiy o‘z maqolalarida va pedagogik asarlarida vatanparvarlikni tarbiyaning bosh mezoni sifatida ko‘rsatadi. U shunday yozadi: “Vatan - bu millatning jonidir. Vatanni sevmoq - millatni sevmoqdir. Yoshlar qalbida vatanni sevish tuyg‘usi bo‘lmasa, millatning kelajagi ham bo‘lmaydi.” Shu sababli u maktab va madrasalarda yangi usulda ta’lim berish, yoshlarni milliy ong va g‘urur ruhida tarbiyalash tarafdori bo‘lgan. Behbudiyning fikricha, yoshlar nafaqat diniy ilmlarni, balki tabiiy fanlar, tarix, geografiya kabi dunyoviy bilimlarni ham puxta egallashlari kerak. Chunki haqiqiy vatanparvar – bilimli insondir. 2. “Padarkush” dramasida vatanparvarlik g‘oyasi
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 143 U vatanparvarlik millatning mavjudligi va boqiliyligining muhim sharti ekanligini e’tirof etadi. Bunday yondashuv ijtimoiypedagogik xarakterag ega bo‘lib, milliy ong, milliy dunyoqarash va milliy g‘ururning uyg‘un tarzda rivojlanishini ta’minlovchi omildir. Abdulla Avloniyning vatanparvarlik bola qalbida yoshlikdan boshlab ona allasi va tarbiyasi yordamida shakllantirishi lozimligini ta’kidlaydi. Bu o‘z navbatida, qadriyatlarning shaxs taraqqiyoti bilan bog‘liq holda taqdim etilishi konsepsiyasining asosini tashkil etadi. Abdulla Avloniy barcha asarlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni millat hayoti va istiqboli uchun zaruriy shart sifatida ko‘rsatadi. Uning vatanparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik tarbiyasiga oid quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: Tarbiya – millat uchun hayot-mamot masalasi ekanligi; Ilm-ma’rifat egallash vatanparvarlikning asosi negizini tashkil etishi; Ma’naviy-axloqiy poklik - milliy g‘urur va fidoyilik tarbyasining asosini tashkil etishi; Yoshlar - millatning kelajagi va Vatanning tayanchi ekanligi kabilar. Vatnparvarlik tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan jadid ma’rifatparvar shoiri Cho‘lpondir. XX asrning boshlarida keng ko‘lam kasb etgan jadidchilik harakatida vatanparvarlik tarbiyasi alohida ustuvorlikka ega bo‘lgan. Bu davrda millat ozodligi, Vatan mustaqilligi, ma’rifat va milliy ongni shakllantirish masalalari asosiy g‘oya sifatida ilgari surildi. Bu jarayonning eng yorqin vakillaridan biri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon bo‘lib, u adabiyot, publitsistika va ijtimoiy faoliyati bilan yoshlarni vatanparvarlikka, milliy uyg‘onishga chorlagan. Uning she’rlari, maqolalari, tarjimalari – barchasi yosh avlod qalbida milliy g‘urur va ozodlik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qilgan.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 144 Cho‘lponning vatanparvarlik haqidagi asosiy qarashlari Cho‘lpon she’riyatining markazida “ozodlik” va “vatan” tushunchalari turadi. Uning mashhur she’rlaridan biri “Go‘zal Turkiston” da shunday satrlar bor: Go‘zal Turkiston, senga ne bo‘ldi? Saxar vaqtida gullaring so‘ldi. Chamanlar barbod, qushlar hamfaryod, Hammasi mahzun. Bo‘lmasmi dil shod? Bilmam ne uchun qushlar uchmas bog‘chalaringda? Birligimizning tebranmas tog‘i, Umidimizning so‘nmas chirog‘i. Birlash, ey xalqim, kelgandir chog‘i, Bezansin endi Turkiston bog‘i. Qo‘zg‘al, xalqim, yetar shuncha jabru jafolar! Ol bayrog‘ingni, qalbing uyg‘onsin, Qullik, asorat – barchasi yonsin. Qur yangi davlat, yovlar o‘rtansin. O‘sib Turkiston, qaddin ko‘tarsin, Yayrab, yashnab o‘z Vataning gul Bog‘laringda! [14;39-b] Bu satrlarda Cho‘lpon Vatan ozodligini shaxsiy hayot va baxt bilan tenglashtiradi. Bu yoshlarni millat mustaqilligi uchun kurashishga ruhlantiruvchi kuchli vatanparvarlik chaqiriqlaridan biridir. Cho‘lpon jadidchilik g‘oyalarini davom ettirib, ilm va ma’rifatsiz millat ozod bo‘la olmasligini ta’kidlaydi. Uning publitsistik maqolalarida “xalqni jaholatdan qutqarish uchun maktab, maorif, matbuot zarur” degan fikrlar ko‘p uchraydi. Shu ma’noda u yoshlarga murojaat qilib, bilim olishni Vatanga xizmat qilishning eng oliy shakli sifatida ko‘rsatadi.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 145 Cho‘lponning nazarida, adabiyot – bu xalq qalbini uyg‘otuvchi eng katta tarbiyaviy kuchdir. U o‘z she’rlari orqali yoshlarni “Vatan” tushunchasini sevishga, uning ozodligi uchun kurashga tayyorlaydi. Shu boisdan ham Cho‘lpon adabiyotga “millatni ozodlikka eltuvchi qurol” deb qaragan. Cho‘lponning qarashlari yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashning zamonaviy pedagogik konsepsiyalariga mosdir. Masalan, u yoshlarni “bilim va ma’rifat orqali milliy ongli fuqaroga aylantirish”ni targ‘ib qilgan. Cho‘lpon vatanparvarlikni milliy o‘zlikni anglash va ozodlik uchun mas’uliyat bilan bog‘laydi. Bu esa falsafada “milliy ong” tushunchasi bilan uyg‘un. Uning asarlari yoshlarning hissiy dunyosiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi, ularda milliy g‘urur, mas’uliyat va fidoyilik tuyg‘ularini uyg‘otadi. Cho‘lponning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash haqidagi qarashlari quyidagilarda mujassam: Vatan ozodligi – inson hayoti va baxtining garovi; Ilm-ma’rifat – millat ozodligining quroli; Yoshlar – millat uyg‘onishining bosh kuchi; Adabiyot – vatanparvarlik tarbiyasining eng samarali vositasi. Cho‘lponning asarlari bugun ham yoshlarni milliy g‘urur va Vatan muhabbatiga chorlaydi. Uning she’r va publitsistik asarlaridagi chaqiriqlar mustaqillik davri ta’lim-tarbiya tizimida ham dolzarbligini saqlab qolmoqda. XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda jadidchilik harakati shakllanib, xalqni ilm-ma’rifat va milliy ozodlik sari yetakladi. Bu harakatning asoschilaridan biri, millat ustozlaridan bo‘lgan Munavvarqori Abdurashidxonov nafaqat ma’rifatparvar, balki milliy uyg‘onish, vatanparvarlik g‘oyalarining targ‘ibotchisi sifatida ham tarixda alohida o‘rin tutadi. U o‘z faoliyati davomida yoshlarni ilmma’rifatli, ongli, vatanparvar qilib tarbiyalashga intildi.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 146 Munavvarqori asosan publitsistik maqolalari, darslik va o‘quv qo‘llanmalari orqali milliy uyg‘onish va vatanparvarlik g‘oyalarini tarqatdi. Uning “Adibi avval” va “Adibi soniy” nomli darsliklari, shuningdek, turli gazeta-jurnallarda chop etilgan maqolalari yoshlar tarbiyasiga qaratilgan edi. Munavvarqori xalq ozodligining garovi sifatida ilm-ma’rifatni ko‘rdi. U xalqning jaholatda qolishini mustamlakachilik siyosatining quroli sifatida baholab, yoshlarni bilim olishga undadi. Uning qarashicha, “ilmli yosh – Vatan kelajagi”. Shu bois u maktab va yangi usuldagi ta’lim tizimini joriy etishga butun kuchini sarfladi. Munavvarqori nazarida yoshlar nafaqat bilimli, balki o‘z milliy o‘zligini anglagan, Vatan taqdiriga befarq bo‘lmagan fuqarolar bo‘lishi kerak edi. U millatning qutulishi uchun yoshlarning qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va ozodlik tuyg‘ularini uyg‘otishni eng muhim vazifa deb bildi. Munavvarqori jadid matbuotining faol tashkilotchilaridan bo‘lib, “Taraqqiy” gazetasiga asos soldi. Bu gazeta sahifalarida u xalqni uyg‘otuvchi, yoshlarni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalovchi maqolalar chop ettirdi. Matbuot orqali milliy ozodlik, ijtimoiy adolat va vatanparvarlik g‘oyalari keng yoyildi. Munavvarqori uchun tarbiya masalasi markaziy o‘rinda turdi. U yoshlarda vatanparvarlikni shakllantirishni ota-ona, o‘qituvchi va jamiyatning burchi deb bildi. Uning fikricha, millat kelajagi yoshlarning qalbida yaratilgan “milliy ong va Vatan muhabbati”ga bog‘liq. Munavvarqori qarashlari zamonaviy pedagogikadagi “shaxsni har tomonlama rivojlantirish” tamoyiliga to‘la mosdir. U yoshlarda bilim, axloq va vatanparvarlikni uyg‘un tarbiyalash zarurligini uqtirgan. Uning ta’limotida Vatan ozodligi va millat kelajagi insonning ongli faoliyati bilan bog‘liq tarzda talqin qilinadi.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 147 Munavvarqorining maqolalari va asarlari yoshlarning hissiyotlariga ta’sir qilib, ularda mas’uliyat, milliy g‘urur va fidoyilikni kuchaytirgan. Munavvarqori Abdurashidxonov yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasida quyidagi g‘oyalarga urg‘u berdi: 1. Ilm-ma’rifat – Vatan ozodligining yagona yo‘li. 2. Yoshlar – millatning eng asosiy tayanchi va kelajagi. 3. Matbuot – vatanparvarlik tarbiyasining kuchli vositasi. 4. Tarbiya – millat istiqbolini belgilovchi poydevor. Shunday qilib, Munavvarqorining qarashlari bugungi ta’limtarbiya jarayonida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. U yoshlarni Vatan taqdiriga befarq bo‘lmagan, bilimli va mas’uliyatli shaxs sifatida tarbiyalash zarurligini targ‘ib qilgan buyuk ma’rifatchi sifatida tarixda qolgan. Sadriddin Ayniyning hayoti va ijodi O‘rta Osiyoda milliy uyg‘onish jarayoni bilan chambarchas bog‘liq. U jadidchilik harakatining faol namoyandasi, ma’rifatparvar yozuvchi, adabiyotshunos va ijtimoiy arbob sifatida o‘zbek-tojik xalqlarining madaniy-ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutadi. Ayniy uchun eng muhim g‘oya – xalqni jaholatdan chiqarish, ilm-ma’rifatli qilish va uni milliy o‘zlik hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash edi. Sadriddin Ayniyning “Esdaliklar” asarida o‘z davrining og‘ir ijtimoiy-siyosiy ahvoli, mustamlakachilik zulmi va xalqning jaholatda yashayotgani keng tasvirlangan. U xalqni ilm orqali uyg‘otish va ozodlikka undashni milliy burch deb bilgan. Shu bois Ayniyning qarashlarida vatanparvarlik xalqni zulmdan qutqarish, adolatli jamiyat qurish bilan chambarchas bog‘langan. Sadriddin Ayniyning “Tahzib us-sibyon” nomli darsligi yoshlarga axloqiy tarbiya berish bilan birga, ularni Vatan oldidagi mas’uliyatini his etishga chorlaydi. Uning fikricha, haqiqiy vatanparvar shaxs – ilmli, odobli, xalqiga sadoqatli insondir.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 148 Sadriddin Ayniy asarlarida xalq ozodligi, milliy o‘zlikni anglash, vatan muhabbati asosiy mavzulardan biridir. “Buxoro jallodlari” romanida u mustabid tuzumning zulmini fosh qilib, erkinlik va adolatga chanqoqlikni ifoda etgan. Bu asarlar yoshlarni ozodlikka, Vatan oldidagi burchini anglashga chorlagan. Sadriddin Ayniyning qarashlarida vatanparvarlik faqat siyosiy ozodlik emas, balki millatning birligi, xalqning birdamligi bilan ham belgilanadi. U yoshlarni o‘z xalqiga sadoqatli, milliy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan shaxs sifatida tarbiyalash zarurligini ta’kidlagan. Sadriddin Ayniy ta’lim va tarbiyani milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik tuyg‘usi bilan uyg‘un holda olib borish zarurligini uqtirgan. Uning asarlarida Vatan oldidagi burch - insoniy kamolotning asosiy mezoni sifatida ko‘riladi. Sadriddin Ayniy o‘z asarlari orqali yoshlarda Vatanga muhabbat, mustamlakachilikka nafrat, erkinlikka intilish ruhini uyg‘otgan. Sadriddin Ayniyning vatanparvarlik haqidagi qarashlarini quyidagicha umumlashtirish mumkin: 1. Vatanparvarlikning asosi – ilm va ma’rifatdir. 2. Adabiyot va san’at yoshlarni milliy ongli, erkinlikka intiluvchi shaxs sifatida tarbiyalaydi. 3. Mustamlakachilik va jaholatga qarshi kurash - milliy burchdir. 4. Millat birligi va xalq manfaatini himoya qilish - chin vatanparvarlikdir. Shunday qilib, Ayniyning merosi bugungi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ham dolzarb ahamiyatga ega. Uning asarlari milliy ongni uyg‘otuvchi, erkinlik va ozodlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Abdulla Qodiriy - o‘zbek milliy romanchiligining asoschisi, jadid adabiyotining eng yirik vakillaridan biri. Uning ijodi faqat
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 149 adabiy emas, balki ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etadi. Qodiriy asarlarida xalq taqdiri, millatning ozodligi, Vatan ravnaqi va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash g‘oyalari markaziy o‘rin egallaydi. U vatanparvarlikni faqat shior sifatida emas, balki millatni uyg‘otuvchi, kelajak avlodni tarbiyalovchi kuch sifatida targ‘ib etgan. Asarlarida vatanparvarlik motivlari. 1. “O‘tkan kunlar” (1925) 1. Bu roman – milliy romanchilikning ilk namunasi bo‘lib, o‘zbek xalqining XIX asr oxiri – XX asr boshidagi ijtimoiy hayotini yoritadi. 2. Asarda vatanparvarlik motivi milliy birlik, yurt ravnaqi va xalqning kelajagi uchun kurash g‘oyasi bilan ifodalanadi. 3. Asosiy qahramonlar – Otabek va Kumush obrazlari orqali Qodiriy milliy g‘urur, Vatanga sadoqat va xalq manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yish zarurligini ko‘rsatadi. 4. Otabekning savdo-sotiqda adolatli bo‘lishi, xalq manfaatini himoya qilishi Qodiriy tasavvuridagi vatanparvar yosh obrazini ifodalaydi. 2. “Mehrobdan chayon” (1929) 1. Bu roman orqali Qodiriy mustamlaka davridagi ijtimoiysiyosiy ziddiyatlarni ochib beradi. 2. Qodiriy bu asarda xalqning ozodligi va milliy uyg‘onishi uchun kurashish g‘oyasini ilgari suradi. 3. Vatanparvarlik bu yerda faqat yurtga muhabbat emas, balki zulmga qarshi kurash, adolat uchun kurash sifatida talqin qilinadi. 3. Publitsistik merosi. 1. Qodiriy o‘z maqolalarida ham xalqni jaholat va qoloqlikdan chiqarish, ma’rifatli jamiyat barpo etishga da’vat qilgan.
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 150 2. Uning yozuvchilik faoliyati ham vatanparvarlikning bir ko‘rinishi bo‘lib, xalqni o‘z tarixi, qadriyatlari va madaniyatini asrabavaylashga undagan. Qodiriy asarlari yoshlarni milliy o‘zlikni anglash, Vatan oldidagi mas’uliyatini his qilishga yo‘naltiradi. Uning vatanparvarlik qarashlari xalqning erkinligi, adolatli jamiyat barpo etish va milliy qadriyatlarni tiklash bilan bevosita bog‘liq. Qodiriy obrazlari – milliy g‘urur, erkinlikka intilish va Vatanga sadoqat timsollari sifatida yaratilgan. Abdulla Qodiriyning vatanparvarlik haqidagi qarashlari quyidagi jihatlar bilan ajralib turadi: 1. Vatanparvarlik – xalqning milliy o‘zligini anglash va tarixiy xotirani saqlashdir. 2. Vatanparvarlik – adolatli, erkin jamiyat qurishga intilishdir. 3. Asarlari orqali yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat va xalq manfaatini himoya qilish ruhida tarbiyalagan. 4. Qodiriyning milliy uyg‘onishdagi o‘rni – adabiyot orqali millatni uyg‘otish va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashdir. Polvonniyoz Hoji Yusupov (1880–1937) – Xorazm jadidchilik harakatining eng mashhur vakillaridan biri, davlat arbobi, o‘qituvchi va ma’rifatchi. U Xiva xonligi va keyinchalik Xorazm Xalq Sovet Respublikasida faoliyat yuritgan, maktablar ochib, darsliklar yozishda ishtirok etgan, yosh avlodni milliy ong va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni o‘z hayotiy maqsadiga aylantirgan. Polvonniyoz Yusupov fikricha, millatni ozod qilishning birdanbir yo‘li – yoshlarni ilm-ma’rifat bilan qurollantirishdir. U ta’kidlagan: “Jaholatdan qutulmas ekan, millat mustamlakachilikdan ham, o‘z qulligidan ham qutula olmaydi.”
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 151 Demak, u vatanparvarlikni bilim olish va ma’rifat bilan chambarchas bog‘lagan. Yusupov yoshlarni milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga va Vatanga sodiqlikka chaqirdi. Uningcha, xalqning kuchi - birligida, birligi esa yoshlarda uyg‘onadigan milliy ong va g‘ururda. U Xorazmda jadid maktablarini tashkil etib, yoshlarni arab yozuviga, matematika, geografiya va tarixga o‘rgatgan. Ta’lim dasturlarida Vatan tarixi va milliy o‘zlikni anglash alohida o‘rin tutgan. Polvonniyoz Yusupovning ayrim asarlari bizgacha yetib kelmagan bo‘lsada, uning matbuotdagi chiqishlari va faoliyati asosida qarashlarini tiklash mumkin. Masalan: “Hurriyat” gazetasi (1917–1918) sahifalarida uning maqolalarida shunday fikrlar uchraydi: “Xalqning ravnaqi uchun avvalo yoshlarning ko‘zini ochmoq, ularga ilm bermoq kerak. Ilmli avlodgina Vatanini asray oladi”. Shuningdek, u Xorazm maktablarida o‘qitiladigan dasturlarda “Vatanni sevish – imondandir” degan tamoyilni doimo ilgari surgan. Shu jihatdan u jadidchilik harakatida faqat nazariy emas, balki amaliy vatanparvarlik faoliyatini olib borgan rahbar shaxslardan biri bo‘lib qoldi. Polvonniyoz Hoji Yusupov yoshlarni Vatan ravnaqi uchun kurashishga, ilm olish va milliy birlikni qadrlashga da’vat etgan. U o‘z faoliyati bilan Xorazm jadidchilik maktabini shakllantirgan va yoshlarni milliy g‘urur, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni eng muhim vazifa deb bilgan. Uning qarashlari bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan: yosh avlodni ilmli, ongli va Vatanga sodiq qilib tarbiyalash – millat istiqbolining poydevori ekanini tasdiqlaydi. Avaz O‘tar (to‘liq ismi Avaz O‘tar o‘g‘li) - jadidchilik harakatining faol namoyandasi, o‘z davrining ma’rifatparvar shoiri va ijtimoiy faol arbobidir. U Xorazm jadidlarining eng ilg‘or
MUTAFAKKIR VA JADIDLARNING KONSEPTUAL QARASHLARI ASOSIDA O‘QUVCHIYOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA OID YONDASHUVLAR 152 vakillaridan biri sifatida ma’rifatni yoyish, milliy uyg‘onish va vatanparvarlik g‘oyalarini xalq ongiga singdirishda katta hissa qo‘shgan. Avaz O‘tar xalqni jaholatdan chiqarish, ilm va ma’rifat orqali Vatan ravnaqiga erishish mumkinligini ta’kidlagan. Uning nazarida, millatning kelajagi yoshlarning qo‘lida, yoshlar esa Vatan uchun mas’uliyatni his qilib tarbiyalanmog‘i kerak. U she’rlarida xalqni mustamlakachilik zulmi, amir va xonlarning istibdod siyosati, jaholat va nodonlikka qarshi turishga chaqirgan. Vatanparvarlik - bu nafaqat Vatanni sevish, balki uni zulmdan ozod qilish uchun kurashishdir, degan g‘oyani ilgari surgan. Avaz O‘tar ta’lim va tarbiyani milliylik asosida qurish tarafdori edi. U yoshlarni milliy tarix, til, adabiyot va qadriyatlarni bilishga undagan. Uning nazarida, haqiqiy vatanparvar yosh - o‘z xalqining tarixini bilgan, uni sevgan va uni kelajakda himoya qilishga tayyor bo‘lgan avloddir. Shoir qoloqlikdan, jaholatdan qutilishning birdan bir chorasi zamonaviy ta’lim, maktab-maorif ekanligiga qattiq ishonadi. Bunga nafaqat ishonadi, balki ilg‘or matbuot orqali bilganidan tashqari, zaruriy sayohati davomida bunday maktablar qanday natija berishi mumkinligini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, guvohi ham bo‘lgan. Shoirning “Maktab” deb ataluvchi she’ri ushbu fikrni to‘la tasdiqlaydi. Ochinglar, millati vayronni obod etgusi maktab, O‘qusin yoshlarimiz, ko‘nglini shod etgusi maktab. Dilu jon birla el maktab ocharga ijtihod etsin, Nedinkim bizni g‘am, qayg‘udin ozod etgusi maktab. Ko‘ngullarning sururi, dag‘i ko‘zlar nuridur farzand, Alarning umrini albatta obod etgusi maktab.