scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUVCHILARDA MILLIY TUYG'ULARNI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY – PEDAGOGIK ASOSLARI

Begmatova Nasiba Safarbayevna

Full text

YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 412 O‘QUVCHILARDA MILLIY TUYG‘ULARNI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY – PEDAGOGIK ASOSLARI Begmatova Nasiba Safarbayevna Chirchiq davlat pedagogika universiteti, mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.18029628 Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarda milliy tuyg‘ularni shakllantirishning ilmiy asoslari tadqiq qilinadi. Milliy tuyg‘ularni tarbiyalash jarayonida psixologik, pedagogik va madaniy omillarning o‘zaro bog‘liqligi, o‘quvchilarda milliy ongni rivojlantirishdagi ahamiyati ta'kidlanadi. Kalit so‘zlar: identitet, milliy tuyg‘ular, psixologiya, pedagogika, madaniyat, ta'lim muassasasi, milliy ong, madaniy qadriyatlar, ijtimoiy muhit, tarbiyaviy metodlar, tarixiy xotira. Аннотация: В данной статье исследуются научные основы формирования нацио нальных чувств у школьников. Особое внимание уделяется взаимосвязи психологических, педагогических и культурных факторов в процессе воспитания национальных чувств и значению развития национального сознания у учащихся. Ключевые слова: Идентитет, национальные чувства, психология, педагогика, культура, образо вательные учреждения, национальное сознание, культурные ценности, социальное окру жение, воспитательные методы, историческая память. Annotation: This article investigates the scientific foundations of shaping national feelings among students. It emphasizes the interconnection of psychological, pedagogical, and cultural factors in the process of cultivating national feelings and the importance of developing national consciousness among students. Keywords: identity, national feelings, psychology, pedagogy, culture, educational institutions, na tional consciousness, cultural values, social environment, educational methods, historical memory. Kirish. O‘quvchilarda milliy tuyg‘ularni shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari O‘zbekiston ta’lim tizimida milliy g‘urur, vatanparvarlik va identitetni rivojlantirishga qaratilgan.Bu jarayon etnopedagogik qadriyatlar, an’anaviy tarbiya usullari va psixologik omillarga asoslanadi.[1,2]Etnopedagogik qadriyatlar orqali milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish uchun maxsus vositalar, usullar va metodlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular pedagogik jarayonlarni tashkil etishda qo‘llaniladi.[1]O‘zbek milliy pedagogikasi ko‘p asrlik tarix, madaniyat va an’analarga tayangan holda yosh avlodni yetuk shaxs sifatida tarbiyalaydi. Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi.O‘quvchilarda milliy tuyg‘ularni shakllantirish zamonaviy pedagogika va psixologiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, yosh avlodning ma’naviy axloqiy kamoloti, ijtimoiy faolligi, milliy manfaatlarga sodiqligini ta’minlaydigan muhim jarayon sanaladi.Milliy tuyg‘ular shaxsning o‘z milliy mansubligini anglash, milliy qadriyat va an’analarga hurmat, tarixiy xotiraga e’tibor, milliy manfaat uchun mas’úliyat kabi shaxsiy sifatlarni mujassamlashtiradi[3]. Milliy tuyg‘ú tushunchasi pedagogika, psixologiya, sotsiologiya va madaniyatshunoslik fanlari kesishmasida o‘rganiladigan murakkab kategoriyadir.Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, milliy tuyg‘úlar quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: -kognitiv component-milliy tarix, til, madaniyat, qadriyatlar haqidagi bilimlar; -affektiv component-milliy g‘úrur, hurmat, mas’úliyat, daxldorlik hissi YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 413 -behavoral component-milliy qadriyatlarga mos hatti-harakat va faoliyat[4] 2021-2025 yillardagi tadqiqotlarda milliy tuyg‘úlarning mazmuni globalizatsiya, raqamli transformatsiya, madaniy xilma-xillik sharoitida qayta talqin qilinmoqda.Masalan, Xakimjon Shodmonov (2021) o‘quvchilarda milliy identifikatsiya jarayonining emotsional-motivatsion mexanizmlarini psixometrik modellari asosida tadqiq qilgan[5]. I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida ham qiyidagi jumlalar keltirilgan.Falsafiy va ijtimoiy-pedagogik manbalarda milliy tuyg‘úlarni jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy ong shakli sifatida talqin etiladi.Tadqiqotchilar milliy tuyg‘úlarni shaxsning muayyan millatiga mansublik hissi,tarixiy xotira, milliy qadriyatlar va madaniy merosga nisbatan ijobiy munosabati sifatida izohlaydilar[6]. Psixologik tadqiqotlarda milliy tuyg‘úlar shaxsning emotsional-kechinmali sohasi, ijtimoiy identifikatsiyasi va motivatsion yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganilgan[7].Psixolog olimlarning fikricha, maktab yoshida, ayniqsa o‘smirlik davrida milliy tuyg‘úlarni shakllantirish uchun qulay psixologik shart-sharoitlar mavjud bo‘lib, bu davrda berilgan tarbiyaviy ta’sirlar barqaror natija beradi[8]. Pedagogik adabiyotlarda o‘quvchilarda milliy tuyg‘úlarni shakllantirish masalasi asosan milliy tarbiya va vatanparvarlik tarbiyasi doirasida yoritilgan.O‘zbekistonlik olimlar ta’lim jarayonida milliy tarix, ona tili, adabiyot, xalq og‘zaki ijodi va buyuk ajdodlar merosidan samarali foydalanish o‘quvchilarda milliy ong va milliy g‘ururni rivojlantirishga xizmat qilishini asoslab berganlar[9]. Muhokama. So‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar milliy tuyg‘úlarni shakllantirish masalasida zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida yondashish tendensiyasi kuchaymoqda.Jumladan, shaxsga yo‘naltirilgan va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida olib borilgan izlanishlarda o‘quvchilarning ijtimoiy faolligi va fuqarolik mas’úliyatini rivojlantirish orqali milliy tuyg‘ularni shakllantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan[10]. Ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, klaster yondashuv asosida o‘quvchilarda milliy tuyg‘úlarni shakllantirish masalasi yetarli darajada tizimli o‘rganilmagan.Mavjud tadqiqotlarda asosan milliy tarbiya mazmuni va umumiy metodik jihatlar yoritilgan bo‘lib, klaster yondashuv asosida mazkur jarayonni metodik jihatdan takomillshtirish masalasi ilmiy jihatdan yetarlicha asoslanmagan. Bu holat mazkur tadqiqot mavzusini dolzarbligini belgilaydi. Xulosa.Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarda milliy tuyg‘úlarni shakllantirish muammosining nazariy asoslari keng yoritilganligini ko‘rsatadi.Biroq ushbu jarayonni zamonaviy klaster yondashuv asosida tashkil etish va samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik tizimni ishlab chiqish zarurati mavjud bo‘lib, mazkur tadqiqot aynan shu ilmiy bo‘shliqni to‘ldirishga yo‘naltirilgan. Ushbu tizim o‘quvchilarda nafaqat milliy ongni, balki vatanparvarlik, o‘z xalqiga bo‘lgan ishonch va sadoqat tuyg‘ularini ham shakllantiradi. O‘quvchilar o‘z yurtining boy madaniy merosi haqida ma'lumotga ega bo‘lishlari, bu haqda bilib olishlari orqali o‘z kelajagiga bo‘lgan mas'uliyatni his qilishadi. Bu jarayon o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, ular o‘z kelajagini millati bilan birga tasavvur qilishadi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Safarova R.G., Abdullayev M.E., 1970.Etnopedagogik qadriyatlar vositasida o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish usullari va metodlari.FarDU ilmiy xabarlari.2022-3.11-15 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 414 2. Begmatova N.S.O‘quvchilarda milliy tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik xususiyatlari:an’analar, qadriyatlar va zamonaviy yondashuvlar. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o‘rni va rivojlanish omillari (Vol.22, No.1, 23.08.2025, 303-309 b) 3. Azizxo‘jayeva N.Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.-T.:2006 4. Jo‘rayev T.Milliy tarbiya nazariyasi.-T.:Yangi asr avlodi, 2012 5. Shodmonov Z.O‘quvchilarda milliy identitetning psixologik mexanizmlari.-T.: TDPU, 2021 6. Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.-Toshkent:Ma’naviyat, 2020.-176 b 7. G‘oziyev E.G.Shaxs psixologiyasi.-Toshkent:O‘qituvchi,2019,-312 b. 8. Musurmonova O.O‘quvchilarda ijtimoiy va milliy identifikatsiyani shakllantirishning psixologik asoslari//Pedagogika va psixologiya,2022, №4.-B.45-50 b 9. Shodmonov Q.S.Milliy tarbiya asoslari.-Toshkent:Innovatsiya-Ziyo,2021.-198 b. 10. Rahmonov B.X.Vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirishda ta’lim muassasalari va mahalla hamkorligi //Xalq ta’limi, 2023, №2.-B.33-38.