scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TURKISTONDA JADID MAKTABLARINING SHAKLLANISHIDA DAVLATMAND BOYLARNING ROLI

Usmonova Yulduz Akbar qizi Nizomiy nomidagi O'zMPU Magistratura bo'limi Tarix yo'nalishi 2-kurs magistranti

Abstract

Mazkur maqolada Turkistonda jadid maktablarining vujudga kelishi va ularning shakllanishida mahalliy ziyolilar qatlamining o’rni va roli haqida batafsil ma’lumot beriladi. Mustamlaka davrida ziyolilar qatlami tomonidan olib borilgan ushbu harakatlar nastijasida o’lkada ta’lim tizimida bo’lgan tub o’zgarishlarning millat dunyoqarashiga ta’siri yoritib beriladi Kalit so’zlar: Jadidchilik, ta’lim tizimi, Turkiston, uyezd, ziyolilar, Said Boboxon To’ra o’g’li, “Mahmudiya” maktabi, “Maktabi Rashidiya islomiyasi”, “Musulmon jamiyati”, Munavvarqori Abdurashidxonov

Full text

PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 73 TURKISTONDA JADID MAKTABLARINING SHAKLLANISHIDA DAVLATMAND BOYLARNING ROLI Usmonova Yulduz Akbar qizi Nizomiy nomidagi O'zMPU Magistratura bo’limi Tarix yo'nalishi 2-kurs magistranti Anotatsiya: Mazkur maqolada Turkistonda jadid maktablarining vujudga kelishi va ularning shakllanishida mahalliy ziyolilar qatlamining o’rni va roli haqida batafsil ma’lumot beriladi. Mustamlaka davrida ziyolilar qatlami tomonidan olib borilgan ushbu harakatlar nastijasida o’lkada ta’lim tizimida bo’lgan tub o’zgarishlarning millat dunyoqarashiga ta’siri yoritib beriladi Kalit so’zlar: Jadidchilik, ta’lim tizimi, Turkiston, uyezd, ziyolilar, Said Boboxon To’ra o’g’li, “Mahmudiya” maktabi, “Maktabi Rashidiya islomiyasi”, “Musulmon jamiyati”, Munavvarqori Abdurashidxonov XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Turkiston o’lkasida milliy o’zlikni anglash jarayoni jadallashdi. Rossiya imperiyasi mutamlakachilik siyosati sharoitida taraqqiyparvar ziyolilar – jadidlar Turkiston jamiyatida ijtimoiyiqtisodiy va madaniy jihatdan ortda qolish sabablarini anglab, uni isloh qilish yo’lini izlay boshladilar. Ularning e’tibor markazidagi asosiy masala bu ta’lim tizimi hisoblanib, eski usuldagi maktab va madrasa tizimining zamonaviy talablarga javob bermasligi yangi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish zaruratini taqazo etdi. XX asr boshlarida Turkistonda mahalliy davlatmand kishilar ilm-fan va ta’limni rivojlantirishga homiylik qilib, ziyolilar qatlamini ham moddiy, ham ma’naviy tarafdan qo’llab-quvvatlab kelgan. Ularning ko’pchiligi yangi usul maktablari uchun binolar qurish va ularni ochish, kutubxonalar tarmog’ini kengaytirishda katta tashabbus ko’rsatgan Samarqand viloyati Xo’jand uyezdiga qarashli Xaptuz qishlog’ida istiqomat qiladigan Said Boboxon To’ra o’g’li o’zining qishlog’ida ikki yuzga yaqin bola sig’adigan bir yangi usuldagi maktabga PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 74 asos solgan. Ushbu maktabda ta’lim jarayonlari boshlangandan so’ng, Said Boboxonning say harakatlari omma tomonidan yuqori baholanadi. Shu bilan bir qatorda, Samarqand viloyatining Jizzax shahrida Ahmadjon Nosirboy o’g’li o’z hisobidan zamonaviy tipdagi yangi usul maktabga asos solgan. Ushbu ta’lim dargohi ham ziyolilar va xalqning e’tibor va olqishiga sazovor bo’ladi. Shuningdek Samarqand uyezdining Pahlavon ariq volostida Ahmadxo’ja Sodiq o’g’lining bevosita tashabbusi va homiyligi bilan Aziza mavzesida yangi usul maktabi qad roslagan va bu Samarqand atrofidagi qishloqlar orasida yangi usuldagi birinchi maktab bo’lib, dastlab 24 nafar bola tehsil olgan. Keyinchalik ushbu ma’rifiy harakatlar Turkiston o’lkasining boshqa hududlarida jadal davom etadi. Misol tariqasida, Farg’ona viloyatining Xo’jand uyezdida Muhammad Abdulqosim o’g’li shaharning Qipchoq ariq mahallasidagi masjid yoniga ikki xonadan iborat yangi usul maktabiga bino qurib berib homiylik qilgan. Maktab 150 nafar o’quvchiga mo’ljallangan bo’lib, ushbu maktab o’qituvchiligiga Abdulvahob unga yordamchilikka esa Hakimjon Mirzoali o’g’li tayinlangan. O’qituvchilarning jonbozliglari va harakatlari natijasida o’quvchilar soni 90 taga yetadi. Shuningdek, Xo’qand shahridagi savdogarlardan biri Homidboy Oxundboy o’g’li shaharning Xonaqoh mahallasidagi yangi usuldagi “Mahmudiya” nomli maktabga o’quvchilarining soni ortib borishi munosabati bilan oz joylariga sig’may qolganligi uchun uch xonali yangi imoratini hadya qilgan. Ushbu harakat ham jamoatchilik e’tirofi va olqishiga sazovor bo’ladi. Yana bir xo’jandlik tadbirkorlardan hisoblangan Orifjonboy o’z mablag’lari hisobiga “Maktabi rashidiya islomiyasi” nomli yangi usul maktabi ochgan va keng jamoatchilikning hurmatini qozongan. Samarqand shahrining Toshhovuz ko’chasida istiqomat qiladigan tadbirkor Muhammad Aminboy ham o’z mahallasida “Maktabi isloh” nomli jadid maktabiga homiylik qilgan va tez fursatda ushbu maktab o’z faoliyatini boshlagan. Namangan shahrida Mirzahamdam Og’alikov o’zi yashab turgan mahallasining masjid va uning yonidagi maktabga homiylik qilib, uni qaytadan ta’mirlatib bergan. Andijon shahrida mahalliy davlatmand Zunnunboy PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 75 Qutlug’boyev 1907-yilda homiylik asosida yoshlar uchun zamonaviy maktab qurib bergan va unga marg’ilonlik bir o’qituvchi dars berish uchun taklif qilgan. Ammo, uning ta’lim berish usuli o’quvchilar va ularning ota-onalarini qoniqtirmaganligi sababli Toshkent shahridan tajribali o’qituvchi olib kelinib, maktab faoliyati yo’lga qo’yilgan. 1914-yilda andijonlik ma’rifatparvar Mavlaviy domlaning tashabbusi bilan sarmoyador Mullo Zayniddin ham maktablarini moliyalashtirishda katta yordam bergan. Maktabda dars berish uchun toshkentlik tajribali o’qituvchi Qori Xasan Ziyoboyev taklif qilingan. Yana bir Andijonda Badalboy Xoji tomonidan ochilgan maktabda ham Qori Xasan Ziyoboyev bosh muallim vazifasini bajargan. Bu shuni ko’rsatadiki, XX asr boshlarida Andijonga ko’proq toshkentlik o’qituvchilarning yangi usul maktablarga jalb etilishi, Toshkentda ta’lim tizimi va tajribali o’qituvchilar tarmog’i yuksak ekanligidan dalolat beradi. Ko’p hollarda mahalliy davlatmand kishilar Turkiston maktablarini moddiy va ma’naviy jihatdan ta’minlashda ziyoli taraqqiyparvarlarga o’z yordam va ko’magini ayamagan. Misol uchun, Toshkentdagi mahalliy xalq farzandlari uchun birinchi yangi usul maktabi tashkil etilib, dastlab, u 100 kishiga mo’ljallangan va shuncha parta hozirlanib, shuncha miqdorda o’quvchi qabul qilingan. Ammo, o’quvchilar sonining ko’payishi natijasida partalar yetishmovchiligi kuzatilganligi sababli o’quvchilar yerda o’tirib ta’lim olishiga to’g’ri kelgan. Bunday voqeani guvohi bo’lgan mahalliy savdogar Abduhakim Sarimsoqov 20 ta parta keltirib maktabda homiylik qilgan. Undan tashqari diniy ulamo Abdusomi qori 100 so’m, “Musulmon jamiyati” tashkiloti 300 so’m, maktab binosi qurilisshining tahabbuskori bo’lgan Dadajon Mirvoqeyev esa 1914yilda yana qo’shimcha bir xona qurib berishga va’da qilgan. Munavvar qori Abdurashidxonov homiylarning qo’llab-quvvatlashlari natijasida ushbu maktab tarmog’lari rivojlanayotganligi, maktabda olti sinf bo’lib, o’quvchilar 4 xonada, 6 ta muallim tomonidan o’qitilgani va maktabni yanada kengaytirish kerakligini aytib o’tadi. PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 76 Samarqandda 1914-yilda ochilgan “Dorul adab” yangi usul maktabida ham yuqorida aytib o’tilgan holat sodir bo’ladi. Mahalliy savdagorlar Fozilboy va Xoji Yoqubovlar shahardagi zargarlik rastasidagi imoratni uch xonasini ushbu maktabga berigan. Bu haqida shunday deyilgan: “…muxtaram Fozilboy va Xoji Yoqub janoblari Samarqand zargarlik rastasidagi imoratlarni yuqori tabaqasini “Dorul adab” maktabi uchun berganliklari sababli maktab muallimlari tomonidan tashakkur qilinur. Idora ham alarg’a izhori tashakkur etib, maktabga bergon yordanlari uchun minnatdor etar, amsollari (mablag’lar-Yo.T.) ko’paytirmoqni ollohdan tilaymiz”, - deya maktab hududining kengaytirishda jonbozlik ko’rsatgan. Undan tashqari, Xo’qand shahri Xo’jand dahasidagi Bekbachcha mahallasidagi maktab binosiga zarar yetganda shahar qozisi maslahati bilan Ahmad Oxundboy uni ta’mirlashda yordam beradi. Bu haqida Imomnazar G’oyibnazar o’g’li shunday deydi: “Xo’jand dahasiga qarashli Bekbachcha mahallasida ko’pda buyon davom etmish usuli jadida maktabi binoiga shkast yetgan edi. Ushbu yilning avvalida Ahmad Oxundboy Mullo Kamoliddin qozining maslahatlari ila ta’mir qilmoqni boshlab yubordilar”. Toshkentlik yirik savdogarlardan Maxtum Yo’ldosh hoji Beshyog’och dahasi Eshonguzar mahallasida o’z hisobidan xayriya qilib bir masjid va madrasa qurib bolalarning o’qish va o’rganishlari uchun sharoit yaratib bergan. Keyinchalik ushbu jarayonlar nafaqat Toshkent, balki Turkiston o’lkasining barcha hududlari bo’ylab keng yoyiladi. Har doim ham maktab hayriya ishlari qadimchilar yoki xalq ommasi tomonidan qo’llab quvvatlanmagan. Masalan, Farg’ona viloyati O’sh uyezdida ma’rifatparvar Mirzo Fozil o’z hovlisidan maktab ochganda, ta’lim oluvchilar sonining ko’payishi bilan maktab hududini kengaytirish zarurati tug’iladi . Natijada mahalliy mulkdorlardan Sodiqboy masjid yonida imorat qurib berishini aytadi. Ammo, mahalla imomi va ba’zi shaxslar tomonidan ushbu holat qoralanib masjid atrofida maktab ochib bo’lmasligi, agar shunday bo’lgan taqdirda shovqin namoz o’qishga halaqit berishini aytib o’tib, yangi usul maktablari diniy qarshilikka uchraydi. Shuningdek, Samarqanqandlik Sharafboy ham o’z mahallasida homiylik asosida yangi maktab qurdieib, unga o’qituvchilikka biror PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 77 jadid namoyondasini taklif qilmoqchi bo’lganda eskilik tarafdori bo’lgan mahalla oqsoqoli qarshiligiga uchraga. Lekin barber savdogarnin hovlisidagi mehmonxonada yoshlarga zamonaviy diniy va dunyoviy ta’lim beradigan yangi usul maktabi ochilgn va unga “Maktabi maorif” deb nom bergan. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Turkistonda jadid maktablari tarmog’ining kengayishida mahalliy aholining ziyoli qism va davlatmand kishilarning xizmati katta bo’ldi. Ular maktab binolarining qurilishi, ta’mirlanishi va kengaytirilishida, maktablarning moddiy ta’minotida, xonalarni jihozlashda homiylik qilishdi. Garchi bu yo’lda ular ko’p qiyinchiliklarga uchragan bo’lsalarda, o’zlarining oliy maqsadlari bo’lgan Turkiston o’lkasida ta’lim, ilm-fan va ma’naviyatli avlodlarni tarbiyalash yo’lidan qaytmadilar. Mazkur maktablarda ta’lim-tarbiya olgan yoshlar o’lkada milliy uyg’onish jarayonida yetakchilik qildi va Turkistonda jadidchilik harakatining kuchayshiga katta ta’sir ko’rsatdi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Muallim kerak. Oyina jurnali 1914-yil, 42-son, 1010-bet 2. Jizzax maktab. Oyina jurnali 1914-yil, 12-son,287-288-betlar 3. Akobir Mansuriy. Xo’qandda yangi maktab. Oyina, 1913-yil, 10-son, 234-bet 4. Tashakkur. Sadoyi Farg’ona, 1914-yil, 2-son 5. Xo’qandda maktabi rashidiya islomiyasi. Oyina 1914-yil, 15-son 332-bet 6. Samarqandlik muallim. Tashakkur. Oyina 1914-yil, 18-son 259-bet 7. Asir. Namanganda to’ylarning islohi va maktab. Sadoyi Farg’ona, 1914-yil, 6son 8. Ziyoboboyev A. Andijonda maktablar. Sadoyi Turkiston, 1914-yil 3-son