BOLALAR FOLKLORI
Abstract
Ushbu maqolada bolalar folklorining kelib chiqishi, rivojlanishi, turli qarashlar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Bollar qoʻshiqlari, aytishuvlar, qadimiy marosimlar hamda oʻyinlarining bolalar tafakkuri va nutqida muhim tutgan oʻrni tahlil qilinadi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 885 BOLALAR FOLKLORI Goʻzal Yoqubovna Meylikova Termiz davlat universiteti talabasi. Ximmatova Go‘zal TerDU o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18033034 Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalar folklorining kelib chiqishi, rivojlanishi, turli qarashlar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Bollar qoʻshiqlari, aytishuvlar, qadimiy marosimlar hamda oʻyinlarining bolalar tafakkuri va nutqida muhim tutgan oʻrni tahlil qilinadi. Kalit soʻzlar: bolalar folklori, qoʻshiqlar, allalar, aytishuvlar,”Solay solay” qoʻshigʻi, “Tugʻdi oʻyini”, “Chillik oʻyini”, “Sanamalar”, “Lanka”,”Yashirinmachoq”, “Zanjir” oʻyini, “Qistirma chandishlar “,“Paqildoq”oʻyini, “ Yangi oy “ qoʻshigʻi, “Qogʻoz” oʻyini, beshikka solish marosimlari. Аннотация. В данной статье научно-теоретически анализируются происхождение и развитие детского фольклора, а также различные подходы к его исследованию. Рассматривается важная роль детских песен, вербальных состязаний, древних обрядов и игр в формировании мышления и речи ребёнка. Ключевые слова: детский фольклор, песни, колыбельные, словесные состязания, песня «Solay solay», игра «Tug‘di», игра «Chillik», «Lanka», “Sanamalar”, «Yashirinmachoq», игра «Zanjir», игра «Paqildoq», песня «Yangi oy», игра «Qog‘oz», обряды укладывания в люльку. Annotation. This article provides a scholarly and theoretical analysis of the origins, development, and various academic perspectives on children’s folklore. It examines the significant role of children’s songs, verbal duels, ancient rituals, and traditional games in shaping children’s thinking and speech development. Key words: Children’s folklore, songs, lullabies, verbal duels, “Solay solay” song, “Tug‘di” game, “Chillik” game, “Lanka”, “Sanamalar”, “Yashirinmachoq” (hide-and-seek), “Zanjir” game, “Paqildoq” game, “Yangi oy” song, “Qog‘oz” game, cradle-placing rituals. Bolalar folklori - folklorning qadimiy ogʻzaki ijodi sifatida eʼtirof etiladi. Tarkibiy qismlari ertak, qoʻshiq, oʻyin, marosimlar, aytishuvlar, sanamalardan iborat. Chaqaloq tugʻilishi bilan u uchun turli marosimlar, jumladan, “Beshikka solish” kabi. Jabbor Eshonqulning fikricha, Hodi Zarif va Toʻra Mirzayevlar tajribasi shuni koʻrsatadiki, kabinetda oʻtirib, nazariy adabiyotni titkilab, qancha urinmang folklorshunos boʻla olmaysiz. Ehtimol, boshqa sohada olim boʻlib yetishish mumkindir. Biroq, folklorshunos boʻlish uchun nazariyaning oʻzi kamlik qiladi. Folklorshunos oʻzi amaliy jarayonlarni boshdan oʻtkazmaguncha, olim boʻla olmaydi. Folklorshunoslikning murakkabligi ham shunda. Har bir millat oʻz milliy libosi bilan ajralib turgani kabi oʻz folklori, anʼana, urf-odatlari bilan ham farq qiladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidagi har bir viloyatda yashovchi aholining folklor janrlari, ijro uslublarining ham oʻxshash tomonlari ,hamda farqli tomonlari kuzatiladi. Masalan, Qashqadaryo viloyatida yangi tug'ilgan chaqaloqni beshikka belash urf-odati quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi: Beshikka bolani solmasdan oldin”Bismilloh“deb, “Egasi keldi beshikni“ deyishadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 886 Qari yoshdagi momosi bolani qo'liga olib bolani chappa yotqizmoqchi bo'ladi maʼnosida “shunaqami”? deb yonadidagilardan so'raydi, ular “yo'q” deb javob berishadi, so'ng momo bolani yana boshqa xato tomonga qaratib “yotqizaymi “deydi, qolganlar “yo'q” deb javob berishadi, keyin momosi: “chapgami o'yingami” desa yonidagilar “o'nga” deb javob berishadi va chaqaloqni yotqizishadi yoki ostiga balo qazodan asrasin deb kulcha non ,pichoq va taroq qo'yishadi va belashadi, beshikka ko'zmunchoq ilib qoʻyishadi yomon koʻzdan saqlasin degan maʼnoda ushbu amallarni bajarishadi. Beshik yopinchigʻini yopib momosi bir taxtani olib beshik ustidan sekingina urib taqillatadi: Otang urushsa qo'rqma, onang urushsa qo'rqma _ deb beshik ustiga qoʻrgʻoqni tashlab qo'yadi hamda beshik ustidan shirinliklar sochiladi. Chaqaloq onasiga non tishlatib bir bolaga uni berishadi, u bola yugurib qochadi yonidagi bolalar uni ortidan yugurishadi. Qirq kun chilla qilinadi va ona bola oldiga har kim kirib kiravermaydi ,chunki yomon koʻz ,kasalliklardan asrash uchun buni lozim deb hisoblashgan. Qo'shnilarga shirinliklar tarqatiladi. Chaqaloqning tishi chiqsa rizqi chiqyapti deb yana qo'shnilarga boʻgʻirsoq ,patir nonlar, shirinliklar tarqatiladi, keyin bola tik oyoqda tursa, onasi bolani o'sha zahoti ikki oyogʻi orasidan kulcha nonni g'ildiratadi va bolani qo'liga nonni beradi. Bundan maqsad, bola yurgan yoʻli ravon boʻlsin, toʻsiqlar uchramasin degan tushunchani ilgari surishgan. Toshkent viloyatida esa biroz farqli boʻlgan udumni koʻzdan qochirmaslik lozim. Beshik va chaqaloq uchun barcha zarur anjomlar chaqaloq onasining qarindoshlari tomonidan beriladi. Dasturxonga non, shirinliklar va o’yinchoqlar o’rab beriladi. Chaqaloqning ota-onasiga, uning bobo-buvilariga sovg’alar tayyorlanadi. Boy bezatilgan beshik, dasturxonlar va sovg’alar transport vositasiga qo’yilib, mehmonlar bilan birgalikda, karnay-surnay va nog’ora sadolari ostida chaqaloqning ota-onasi uyiga jo’natiladi. An’anaga ko’ra olib kelingan beshikni avval chaqaloqning bobosi o’ng yelkasiga qo’yadi, keyin o’g’lining o’ng’ yelkasiga uzatadi, u esa beshikni chaqaloqning onasiga beradi. O’tmishda mehmonlarning barcha niyatlari toza va yaxshi bo’lishi uchun ular yuziga oq un surar edilar. Mehmonlar mehmonxonaga yasatilgan dasturxonga taklif etiladi va mehmonlar ovqatlanib, sozandalarni tinglab, bazm qilib o’tirgan paytda qo’shni xonada kampirlarning ishtirokida bolani yo’rgaklash va beshikka solish marosimi o’tkaziladi. Marosim oxirida mehmonlar bolani ko’rish uchun oldiga kiradilar, unga sovg’alarni beradi va beshikning ustiga parvarda yoki qand sepadilar. Shu bilan marosim tugab, mehmonlar uy-uylariga qaytadilar{1}. Oʻzbek xalqi buyuk tarixga ega boʻlgan xalqlardan biri hisoblanadi. Chaqaloqni sochi qaychi bilan qirqiladi, ammo orqa qismidan ozgina qoldirishadi. Bu "ergashcha" deyiladi ,buning maʼnosi uka singillari davomli ko'p bo'lsin, ergashib yursin degani, ko'proq bir yolg'iz farzandlilar qilishgan “Lanka“— o‘zbek xalqining qadimiy harakatli o‘yini bo‘lib, asrlar davomida xalq sayillari va Navro‘z bayramlarida muntazam ravishda o‘ynalgan. O‘yin uchun qo‘yning bir parcha junli terisiga metall parcha mahkam bog‘langan anjom ishlatiladi. Ushbu anjom bilan o‘ynovchi shaxs “Tepkichi”, o‘yin asbobi esa “Tepki” deb ataladi. Bugungi kunda O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida Lanka o‘yini sevib o‘ynaladi. O‘yin maxsus joy yoki qimmat asbob talab qilmaydi, shuning uchun har qanday joyda o‘ynash mumkin. Mustamlaka davrida ko‘plab cheklovlarga uchragan bo‘lishiga qaramay, u xalqimizning sevimli milliy o‘yini sifatida davom etgan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 887 Buyuk olim va mutafakkir Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” asarida inson salomatligini mustahkamlashda badantarbiyaning ahamiyati, xususan, odamning o‘z soyasi bilan shug‘ullanish o‘yinlarining foydali ekanini ta’kidlaydi. Qadimgi tarixiy manbalarda yozilishicha, Lanka (Qarabtep)o‘yinlari ko‘proq chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi hududlarda keng tarqalgan va turli millatlarda turlicha nom bilan mashhur bo‘lgan. Abu Ali Ibn Sino taʼkidlaganidek, Sog'liqni saqlashning asosiy tadbiri badantarbiya bo'ladi. Badantarbiya kishini chuqur va ketma-ket nafas olishga majbur qiluvchi ixtiyoriy harakatdir. Mo'tadil ravishda va o'z vaqtida badantarbiya bilan shug'ullanuvchi odam buzilgan xiltlar tufayli kelgan kasalliklarning va mijoz hamda ilgari o'tgan kasalliklar tufayli keluvchi kasalliklarning davosiga muhtoj bo'lmaydi. Badan tarbiyaning kuchli turiga maydonda qilinadigan kishining o'z soyasi bilan olishish o'yini (Qarabtep o'yini) kiradi{2}. Qo‘shiqlar - bolalar ijodkorligi va ijrochiligida salmoqli mavqega ega bo‘lgan qo‘shiqlar tabiatiga ko‘ra lirik va hajviy mohiyatga molikligi bilan ajralib turadi{4.182B}. Qashqadaryo hududida bolalar qoʻshiqlaridan (”Solay solay”, “Bordik”,” Zanjir” va hokazo) misol keltirish mumkin. “Zanjir” qoʻshig’i kelib chiqishi ushbu oʻyin bilan bogʻliq. Bolalar qo'l ushlashadi va birma-bir har bir bolaning qoʻlining tagidan qoʻl uzmay oʻtish kerak boladi va quyidagi qo'shiqni aytishgan: Opa opa anjir, Darvozasi zanjir. Darvozani ochdik , Toqqa qarab qochdik. Toğning yoʻli ingichka, Boyning qizi devoshka. Devoshkani ushlanglar, Yuziga bitta mushlanglar - deb aytishadi va qaysi bola boshqalarning qo'lining tagidan oʻtayotgan qolib ketsa, yaʼni qoʻshiq tugab qolsa, sekin uning yuziga qoʻllarini qo'yib yubormasdan urishadi. Ushbu oʻyindan bolalar maʼnaviy hordiq chiqarishadi, jismoniy harakatlar natijasida bplaning chaqqonligi, tezligi, jamoa boʻlib ishlash kabi fazilatlarni oʻrganishadi. Qolaversa, “Solay solay” oʻyini deyarli barcha viloyatlarda mashhur boʻlgan bolalar folklori namunalaridan biridir. Solay solay kimga solay Sochi uzun qizga solay _ deb bolalar( asosan qizlar) doira shaklda turishgan. Bolalardan biri qoʻlida bir toshni solib yashirib boshqalarining kaftiga qoʻlini tekizib yuqoridagi kuyni aytishgan. Qaysi qizga kelib qo'shiq to'xtasa tosh o'sha bolaga beriladi va toshni solgan bola unga istagan shartini beradi. Shuningdek, “Tugʻdi oʻyini” molni terisiga suv sepib, xoʻl boʻlganidan foydalanib ,yungini qoʻllari yordamida yig'ib , birlashtirib toʻp shakliga keltirishgan, keyin yerga to'rtta kichik chuqurlar qilishadi va bolalar uzoqda turib to'plarni chuqurchalarga otib uni tushurishga harakat qilishgan. Bundan tashqari, “Chillik o‘yini “— bolalarning qadimiy harakatli o‘yini bo‘lib, unda kichik cho‘p va uzun cho‘p ishlatiladi. O‘yin uchun yerga kichik chuqurcha qazilib, kichik cho‘p ustiga qo‘yiladi, keyin o‘yinchi uzun cho‘p bilan uni urib havoga uchiradi. Chillik qayerga tushsa, bolalar yugurib borib, birinchi yetib borgan bola ustunlikka ega bo‘ladi, masofa uzun cho‘p bilan o‘lchanadi. Chillik o‘yini bolalarda chaqqonlik kabi ko‘nikmalarini rivojlantiradi hamda jamoaviylik va raqobat madaniyatini shakllantiradi. Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “Xalqimizning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay 0‘zbekiston xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an'analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi”{3.3}.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 888 Shu bilan birga, yangi oy chiqqanda nafaqat bolalar ,balki kattalar ham yomon kunlar, falokatlar daf boʻlsin deb : Oyni ko'rdik omonlik, Hech koʻrmaylik yomonlik, Keyingi yangi oy yillarida, O'ynab, kulib yuraylik _ deb chapak chalib kulishadi. Bu xalq orasida “Yangi oy qoʻshigʻi” degan nom bilan mashhur. “Bordik” oʻyini, bolalar ogʻzaki ijodi namunasi sifatida mohiyatini yoʻqotmagan. Qaychi Bobong karnaychi Paqir Peshonang taqir Baqaloq Ichi toʻla chaqaloq Toʻgʻri Orqangda boʻri kabi jumlalarni aytib koʻngil ochar oʻyinlar oʻynashgan. Yashirinmachoq (bekinmachoq) o'yinida kim koʻzlarini yumishini hal qilishning bir yo'li boʻlgan. Bir nechta bolalar qator bo'lib turishadi keyin bir bola ularni birma-bir sanaydi : Nemis chiqdi oʻrmondan, Pichog'i bor karmonda. Yo olasan, yoqalasan, Ayt, kim bilan do'st bo'lasan _ deb sanab, kimga toʻxtab qolsa, oʻsha bola ko'zini yumadi. Soʻng koʻzini yumgan bola shunday deydi: Yashirinmachoq oshga pichoq, Oshxonada nechta pichoq, Oʻngacha sanayman, Yashirinmagan o'zidan ko'rsin_ deydi o'sha payt qolgan bolalar shoshib turli joylarga berkinib olishadi. Berkinmachoqning eng yaxshi tomoni shuki, epchil, chaqqon, ziyrak va topagʻonlikka oʻrgatadi. “Paqildoq” oʻyini - bolalar loydan kosa shaklini yasashadi va yerga zarb bilan otishadi kimlinikii baland ovozda yorilsa, sheriklarning loyidan biroz oladi va g'olib bo'ladi bundan tashqari, Qog'oz oʻyini - qand qog'ozlarini yigʻib, uni g‘ishtni tagiga qo'yib, g'ishtni tik qilib qo'yishgan, soʻng bolalar uzoqdan bir chiziq chizib, o'sha chiziqdan o'tmay, qo'llariga tosh olib gʻishtga otishgan faqat bir martadan, kim ğishtni yiqitsa tagidagi qogʻoz ham unga berilgan. Folklor qoʻshiqlari, janrlari,avvalo, bolalarni jismoniy yetuklikka, epchillikka, chaqqon harakatchanlikka, shuningdek, aqliy-intellektual rivojlanlantirishga xizmat qiluvchi asos hisoblanadi. Buning isbotini yuqorida tahlilga tortilgan namunalarni misolida koʻrishimiz mumkin, shuningdek, folklor - xalq maʼnaviyatini yuksaltirish, xalqimizning urf-odatlari, anʼanalarini avloddan avlodga yetkazish va nafaqat katta yoshdagilar uchun, balki bolalar uchun ham yuksak darajada maʼrifat, madaniyat, qadriyatlarni his ettirmoqda desak mubolagʻa boʻlmaydi. Shu bilan birga, bolalar folklori yoshlarga axloqiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etib, jamiyat uchun samarali vosita sifatida ulugʻlanib kelayotgani sir emas, albatta. Shuni taʼkidlash lozimki, bugungi globallashuv davrida zamonaviy texnologiyalar takomillashgan boʻlsa-da, bolalar folklorini saqlash, davom ettirish, yanada rivojlantirish bugungi kunning eng muhim vazifalardan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. https://www.toshmadaniyat.uz 2. minsport.uz. 3. T.S.Usmonxodjayev, A.A.Pulatov. Milliy va harakatli oʻyinlar. “Iqtisod-moliya”. Toshkent2015.( 3-4B). 4. T.Mirzayev, Sh.Turdimov, M.Jo’rayev, J.Eshonqulov, A, Tilavov. Oʻzbek Folklori. Toshkent.2020.(182-190B).. 5. Safarov O. Ozbek bolalar poetik folklori. – T.: Oqituvchi, 2010.(331-361B).