scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TYPES OF EDUCATION AND THEIR ESSENCE

Madrimova, Yulduz; Asatova, Madina

Abstract

This article discusses the concept of personality, the role of education in the formation of a personality, and the most important factors in the harmonious development of a personality. The formation of a personality occurs in the process of education, and human education is manifested in his creative work for the happiness of the people, in solving socio-economic tasks in social life.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1256 TARBIYA TURLARI VA ULARNING MOHIYATI Termiz davlat pedagogika instituti talabasi Madrimova Yulduz Xamro Qizi Asatova Madina Sirojiddin qizi Annotatsiya: Ushbu maqolada shaxs tushunchasi, shaxsning shakillanishida tarbiyaning o’rni hamda shaxsning barkamol bo’lib yetishishidagi eng muhim omillar haqida so’z yuritilgan. Shaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro’y beradi, inson tarbiyasi uning xalq baxtsaodati yo’lidagi bunyodkorlik mehnatida, ijtimoiy hayotda sotsial-iqtisodiy vazifalarini hal etishda namoyon bo’ladi. Kalit so‘zlar: ta’lim, tarbiya, shaxs, shaxs kamoloti, ijtimoiy muhit, irsiyat, oiladagi muhit. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi, yoʻnalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Chunki, kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi barkamol shaxs va intellektual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat boʻlib, Oʻzbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlarni tayyorlashni koʻzlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir. Tarbiyaning maqsadi natijasi barkamol avlodni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama boʻlib, uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, oʻquvchi shaxsning oʻzi tomonidan faollik koʻrsatishni taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi. Chunki ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi, maqsad yoʻlida amalga oshirilayotgan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakllari, metodlar va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyaga tadbiq etadi. Inson shaxsi koʻp sonli omillar ta’siri natijasida shakllanadi va rivojlanadi: ob’ektiv va sub’ektiv, tabiiy va ijtimoiy, ichki va tashqi, odamlarning ongi va shuuriga bogʻliq boʻlgan va boʻlmagan. SHu sababli insonning oʻzi ham tashqi ta’sirni shunchaki aks ettiruvchi sust mavjudot emas. U oʻzining shaxsiy shakllanishi va rivojlanishi sub’ektidir. Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon boʻlib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi. Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan hissiyotlarga ega boʻlishini ta’minlash yoʻlida koʻriladigan chora-tadbirlar yigʻindisi [6]. Demak, tarbiya ijtimoiy hodisa boʻlib, insoning shaxs boʻlib shakllanishini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy ma’naviy qadriyatdir. Tarbiya insoniyat paydo boʻlishi bilan birga paydo boʻlgan boʻlib, usiz alohida shaxs ham, kishilik jamiyati ham faoliyat koʻrsata olmaydi. Chunki, tarbiya inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyat boʻlib, u avloddan, avlodga oʻtib boraveradi. Tarbiya yordamida inson shaxsining ma’naviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, e’tiqod ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, odatlilik va koʻnikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamida amalga oshiriladi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1257 Tarbiya jarayoni oʻzaro bogʻliq boʻlgan ikki faoliyatni – oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyatini oʻz ichiga oladi. Tarbiya jarayonida oʻquvchining ongi shakllanib boradi. His-tuygʻulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan va ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil boʻladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan toʻgʻri uyushtirish gʻoyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda boʻladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabati, bogʻliqligini koʻrsatadi. Bola faoliyatini uyushtirish emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qanday anglashni baholashi, his qilishni anglashi e’tiborga molikdir. Ulardan oʻzi uchun nimalarni maqsad qilib olayotganligini bilishi zarur. Bularning barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish, jamoadagi munosabatlar jarayonida murakkablashib boradi. Tarbiya jarayoni oʻquvchining ongini emas, balki his-tuygʻularini ham oʻstirib borishi, unda jamiyatning shaxsga qoʻyadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan huquqiy malaka va odatlarni hosil qilishi lozim. Bunga erishish uchun oʻquvchining ongiga, hissiyotiga va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga oʻqituvchi rahbarlik qiladi. Oʻquvchilar faoliyatini belgilaydi, ularni ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Tarbiyani samarali yoʻlga qoʻyish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini – tarbiya jarayonining manbasini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bir soʻz bilan aytganda tarbiya jarayoni – har bir insonning hayotda yashashi (umumiy faoliyat, ta’lim, tarbiya) jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy koʻnikmasini oʻzida shakllantirish va oʻzgalarga berish jarayonidir. Tarbiya jarayonida ichki va tashqi qarama-qarshiliklar mavjud boʻlib, u bevosita tarbiyalanganlik darajasiga bogʻliq boʻladi. Tarbiyada oʻquvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak boʻladi. Bu jihat unutilsa, qarama-qarshiliklar kuchayadi. Tarbiyalanganlik – milliy urf-odatlar, qadriyatlarga e’tiqod bilan rioya qiladigan, noqonuniy ishlardan oʻzini tiya oladigan, oʻz xatti-harakatlari bilan oʻzgalar nafratini qoʻzgʻamaydigan xulq-atfordir. Faoliyat jarayonida hosil boʻlgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi. Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – oʻquvchilik yillarida uning ongiga turlituman faoliyat (oʻqish, mehnat, oʻyin sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etishi mumkin. Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshiriladi, uning tarkibiy qismlari ham ayni bir vaqtda faoliyatning biror turi asosida amalga oshiriladi. Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek, keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi. Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uygʻunlashadi. Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi. Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish – oʻquvchilarni ijtimoiy tarbiyalashning muhim tamoyillaridan biri ularning shaxsini hurmat qilishdir. Bu tamoyil insonparvarlik munosabatidan kelib chiqadi. Oʻquvchi shaxsini hurmat qilish, ularga mehr-muhabbat koʻrsatish va ularga ishonish shart. Tajribalarning koʻrsatishicha, qayerdaki oʻquvchilarga hurmat, muhabbat, ishonch boʻlsa, shu yerda ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1258 tarbiyaning ta’siri samarali boʻladi. Bolalarga hurmat va muhabbat ular kuchiga kuch qoʻshadi, oʻqituvchiga nisbatan hurmatni uygʻotadi. Tarbiyada oʻquvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish – tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari bolalarning yosh va saviyasiga qarab turli sinflarda turlicha boʻladi. Bolalar maktabda rivojlanishining turli davrlarini bolalik, oʻsmirlik va oʻspirinlik bosqichlarini bosib oʻtadilar. Shu davrlar ichida bolaning axloqiy turgʻunligi rivojlanadi, xulqi va ongi oʻrtasidagi uygʻunlik vujudga keladi. Tarbiya berishda har bir oʻquvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olish katta ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va ma’naviy oʻsishida bir qadar umumiylik bor, biroq bolalarning tavsif-xislatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari, irodaviy sifatlari har xil boʻladi. Bu farqlar ularning xulqida, oʻqishi va mehnatida aks etadi. Bir oʻquvchiga nisbatan foydali metodni boshqa oʻquvchiga nisbatan qoʻllaganda natijasiz boʻlib chiqishi mumkin. Shuning uchun har bir oʻquvchi xususiyatini oʻrganish maqsadga muvaffiqdir. Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash – tarbiya jarayoni oʻquvchilarning jamoa boʻlib birlashishlari, ularda manfaatdorlik birligi, oʻzaro yordam tuygʻusini oʻstirishga hizmat qilishi lozim. Tuygʻu tashkil etilgan jamoa a’zolarining qobiliyat va iste’dodini rivojlantirish uchun keng yoʻl ochadi. Jamoada bola har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatga ega boʻladi. Oʻquvchilar ahil jamoa boʻlib uyushganlaridagina tarbiyaviy ishlarini amalga oshirish ancha yengil va muvaffaqiyatli boʻladi, har bir shaxsga ta’sir etadi. Oʻz manfaatini jamiyat manfaaati bilan qoʻshib olib borish, oʻzaro yordam kabi fazilatlar, avvalo, jamoada shakllanadi. Oʻqituvchi hamma vaqt oʻquvchilar jamoasiga tayanmogʻi, ularni jamoa boʻlib turli ishlarni bajarishga odatlantirib, jamoada yashash va ishlashga oʻrgatib borish lozim. Tarbiyada oʻquvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xislatlarini yoʻqotib borishga e’tibor qaratish lozim. Mahoratli pedagoglar oʻz oʻquvchilaring shaxsiy fazilatlarini yaxshi biladilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola xulqidagi ijobiy sifatlarga suyanib ish koʻradilar. Boladagi ijobiy sifatlarga tayanish uning salbiy sifatlarini yoʻqotish, yomon odatlardan qaytarishning eng yaxshi vositasidir. Tarbiya muvaffaqiyati mazkur masalaning toʻgʻri hal etilishiga koʻp jihatdan bogʻliq.Tarbiya jarayonini tashkil etishda oʻqituvchi (tarbiyachi) tomonidan qoʻllaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga egadir. Forobiy tarbiyani jamiyat taraqqiyotining asosi deb biladi. Unga ko‘ra, inson kamoloti bilim va axloqiy tarbiya uyg‘unligida namoyon bo‘ladi. Forobiy “Fozil shahar” g‘oyasida tarbiya orqali komil jamiyatni barpo etish mumkinligini ta’kidlaydi. Ibn Sino tarbiyada jismoniy, aqliy va axloqiy jihatlarning bir butunligini muhim deb hisoblaydi. U bolani yoshligidan to‘g‘ri muhitda tarbiyalash shaxs kamolotining muhim omili ekanini qayd etadi. Imom G‘azzoliy tarbiyaning asosini axloq va ma’naviyatda ko‘radi. Uning fikricha, inson qalbini poklash, nafsni tarbiyalash ilm olishdan ham muhimroqdir. Tarbiya insonni yomon illatlardan saqlab, ezgulikka yetaklaydi. Avloniy tarbiyani “yo hayot, yo mamot masalasi” deb baholaydi. U tarbiyaning millat kelajagini belgilashini ta’kidlab, ma’naviy-axloqiy tarbiyani ta’lim bilan uzviy bog‘laydi. Navoiy tarbiyada odob, halollik va insonparvarlikni ustuvor deb biladi. U komil insonni jamiyatning eng katta boyligi sifatida ko‘radi va tarbiya orqali insoniy fazilatlarni kamol toptirishni targ‘ib etadi. Xulosa Tarbiya — inson shaxsini har tomonlama kamol toptiruvchi, jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi muhim jarayondir. Allomalar fikrlarida tarbiya doimo axloq, ma’naviyat, bilim va ijtimoiy mas’uliyat ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 1259 bilan uzviy bog‘liq holda talqin etilgan. Ularning qarashlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib, zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishda mustahkam nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. To‘g‘ri tashkil etilgan tarbiya komil insonni, komil inson esa taraqqiy etgan jamiyatni vujudga keltiradi. Foydalangan adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 592 b. 2. Karimov I.A. Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 174 b. 3. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika: Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: Fan, 2009. - 480 b. 4. O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 8-jild, 270 bet. 5. Quronov M. Otalar kitobi.1 6. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika. Toshkent: Fan, 2006, 284 bet