scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GOOGLE EARTH KML FAYLLARI ASOSIDA IRRIGATSIYA TARMOG'INI GRAF KO'RINIShIGA AVTOMAT TARZDA AYLANTIRISH USULLARI

Adilbay Qudaybergenov

Abstract

Ushbu maqolada Google Earth muhitida tayyorlangan KML/KMZ fayllaridan irrigatsiya tarmog'ini hisoblashga tayyor yo'naltirilgan grafga avtomat aylantirish usuli taklif etilgan. Metod KML tuzilmasini o'qish, koordinatalarni metr tizimiga normallashtirish, yaqinlik bo'yicha tutash va "nuqta–chiziq" proeksiyasi orqali tugunlarni kanal trassalariga biriktirish bosqichlarini qamrab oladi. Siniq chiziqlar tugundan tugunga segmentlanadi, kesishuv, uzilish va dublikat xatolari semantik qoidalar bilan tozalanadi. Atributlar name/description/ExtendedData maydonlaridan qoidaga asoslangan matn tahlil qilgich bilan ajratildi. Amalda Qizketken–Kegeyli misolida PK–s muvofiqligi va segment metrikalari hisoblandi.

Full text

219 “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252. Tom: 1 | Son: 4 | 2025-yil "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal. ISSN 2181-4252. Vol: 1 | Iss: 4 | 2025 year Электронный научный журнал "Потомки АльФаргани" ISSN 2181-4252. Том: 1 | Выпуск: 4 | 2025 год https://al-fargoniy.uz/ GOOGLE EARTH KML FAYLLARI ASOSIDA IRRIGATSIYA TARMOG‘INI GRAF KO‘RINIShIGA AVTOMAT TARZDA AYLANTIRISH USULLARI Qudaybergenov Adilbay Abatbaevich, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti doktoranti, dotsent, t.f.f.d., (PhD) Annotatsiya. Ushbu maqolada Google Earth muhitida tayyorlangan KML/KMZ fayllaridan irrigatsiya tarmog‘ini hisoblashga tayyor yo‘naltirilgan grafga avtomat aylantirish usuli taklif etilgan. Metod KML tuzilmasini o‘qish, koordinatalarni metr tizimiga normallashtirish, yaqinlik bo‘yicha tutash va “nuqta–chiziq” proeksiyasi orqali tugunlarni kanal trassalariga biriktirish bosqichlarini qamrab oladi. Siniq chiziqlar tugundan tugunga segmentlanadi, kesishuv, uzilish va dublikat xatolari semantik qoidalar bilan tozalanadi. Atributlar name/description/ExtendedData maydonlaridan qoidaga asoslangan matn tahlil qilgich bilan ajratildi. Amalda Qizketken–Kegeyli misolida PK–s muvofiqligi va segment metrikalari hisoblandi. Kalit so‘zlar: KML, Google Earth, irrigatsiya tarmog‘i, graf modeli, topologiya tiklash, yaqinlik bo‘yicha tutash, GDAL/OGR, NetworkX, axborot 1. Kirish Irrigatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish sharoitida kanallar, gidrouzellar, yon suv olish nuqtalari va nasos inshootlarini tezkor inventarizatsiya qilish, fazoviy ma’lumotni tizimlashtirish hamda keyingi hisoblash modellarida foydalanish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Amaliyotda bu turdagi ob’ektlarni tez belgilash va tahrirlash uchun Google Earth qulay muhit hisoblanib, u vizual geokontekstni ta’minlaydi, ob’ektlarga atribut biriktirishga imkon beradi va natijani KML/KMZ formatlarida almashinuv fayli sifatida saqlaydi. Bu formatlardan foydalanish ilmiy adabiyotlarda ham keng yoritilgan, masalan, qurilish-geoma’lumot integratsiyasida Google Earth muhitida KML orqali geometrik modellar va sayt tasvirlarini birlashtirish yechimlari taklif qilingan [1; 317–331-b.]. KML ning Google Earth bilan birgalikda qo‘llanilishi ko‘p hollarda vizuallash va qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash nuqtai nazaridan baholanadi. Jumladan, KML asosida Google Earth da sunami to‘lqinlarini spatiotemporal vizuallashtirish usuli taqdim etilgan [2; 1291–1299-b.]. Shuningdek, KML va Google Earth/Google Maps orqali zilzila ofati ma’lumotini ifodalash va tahlil qilish ishchi jarayoni (KML fayllarini avtomat hosil qilish va geoma’lumotni ko‘rsatish) bayon etilgan [3; 1001–1004-b.]. Real vaqt monitoring ma’lumotlarini Google Earth da KML orqali almashish va ko‘rsatish KML ning “faylga asoslangan ma’lumot almashinuv” vositasi sifatidagi amaliy ahamiyatini yanada tasdiqlaydi [4; 42-b.]. Landshaft loyihalashda esa Google Earth uchun KML hosil qilish va vizual tajriba berishga yo‘naltirilgan tizimlar ishlab chiqilgani ko‘rsatilgan [5; 11–15-b.]. Google Earth ma’lumotlarining ilmiy qiymati va cheklovlari (xususan, pozitsion aniqlik) ham tadqiq qilingan, yuqori aniqlikdagi Google Earth tasvir arxivining gorizontal pozitsion aniqligi D.Potere muallifligidagi maqolada baholangan [6; 7973–7981b.]. Shu yo‘nalishda, WGS-84 koordinatalaridan foydalanib IGS stansiyalarini Google Earth xaritasida KML orqali belgilash va aniqlikni tahlil qilish usuli ham taklif etilgan [7; 1053–1056-b.]. KML/Google Earth ishchi jarayonlari sohaga xos amaliy vazifalarda ham mustahkam o‘rin egallaydi. Masalan, sog‘liqni saqlash geoinformatikasida interaktiv xarita tuzishda Google Earth KML dan foydalanish namunasi berilgan [8; 22, 1476-072X-4–22-b.]. Qurilgan muhitni baholashda esa Google Earth da yo‘lak (sidewalk) masofalarini o‘lchash va KML/GIS almashtirishi amaliyoti qadamma-qadam ko‘rsatilgan [9; 39-b.]. Ta’lim sohasida Google Earth asosida 3D virtual marshrutlarni KMZ ko‘rinishida tayyorlash va tarqatish metodologiyasi ishlab chiqilgan [10; 8567–8591-b.]. 220 “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252. Tom: 1 | Son: 4 | 2025-yil "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal. ISSN 2181-4252. Vol: 1 | Iss: 4 | 2025 year Электронный научный журнал "Потомки АльФаргани" ISSN 2181-4252. Том: 1 | Выпуск: 4 | 2025 год https://al-fargoniy.uz/ Biroq ushbu ishlar, asosan, KML ni vizuallash va almashinuv formati sifatida qo‘llashni yoritadi, irrigatsiya tarmoqlarida esa asosiy ehtiyoj − Google Earth da tuzilgan KML/KMZ ma’lumotlarini hisoblashga tayyor yo‘naltirilgan graf shakliga avtomat aylantirishdir. Bunday ( ) ,G V E= graf ko‘rinishida kanal uchastkalari, gidrouzellar va yon suv olish nuqtalari o‘rtasidagi tugun–qirra munosabatlarini (topologiya), yo‘nalishni (yuqori b’ef → pastki b’ef), hamda atributlarni (kanal nomi, piket, quvvat, boshqaruv jihozlari) formal saqlaydi. Shu sababli, KML formatdagi fayl ma’lumotlarini graf shakliga aylantirish irrigatsiya axborot tizimlarida suv taqsimoti, limitlash va boshqaruv algoritmlarini ishonchli qo‘llash uchun dolzarb va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan metodik vazifa hisoblanadi. 2. Materiallar va metodlar Kirish ma’lumotlari. Tadqiqotda kirish ma’lumoti sifatida Google Earth muhitida tayyorlangan KML yoki KMZ fayllar qabul qilindi. KML hujjatlarida irrigatsiya ob’ektlari Placemark elementlari orqali ifodalanib, ularning fazoviy shakllari (geometriyasi) asosan ikki turga ajratildi: - Point(gidrouzel, regulyator, nasos, yon suv olish nuqtasi); - LineString(kanal yo‘nalishi - ko‘p segmentli siniq chiziq). Har bir ob’ekt uchun name, description va mavjud bo‘lganda ExtendedData maydonlari semantik atribut manbai sifatida qaraldi. Tarmoqning formal modeli. Irrigatsiya tarmog‘i yo‘naltirilgan graf ko‘rinishida formallashtirildi: ( , )G V E= , bu yerda V − tugunlar to‘plami (inshootlar va topologik birikmalar), E − qirralar to‘plami (kanal uchastkalari). Tugunlar toifasi sifatida SV manba tugunlari (daryodan olish nuqtalari, magistral kirishi), CV taqsimlash va boshqaruv tugunlari (gidrouzel, regulyator), hamda TV terminal tugunlar (xo‘jaliklararo, fermer kanallari uchun chiqish nuqtalari) ajratildi. eE qirra har doim ikki tugunni bog‘laydi va e L (siniq chiziqlar) kanal geometriyasi hamda metama’lumotlar bilan tavsiflanadi. KML ma’lumotini o‘qish va atributlarni ajratish. KML/KMZ hujjatlaridan geometriya va atributlarni ajratishda ikki bosqichli yondashuv qo‘llanildi. Birinchi bosqichda KML tuzilmasi (Folder ierarxiyasi, Placemark) tahlil qilinib, har bir ob’ekt uchun (name, description, ExtendedData) to‘plami olindi. Ikkinchi bosqichda geometriya turi aniqlandi va LineString koordinatalar ketma-ketligi 12 , , , , ( , , ) m k k k k h  =p p p p ko‘rinishida saqlandi. Bu yerda  − uzunlik,  − kenglik, h − balandlik (ixtiyoriy). Point geometriyalar uchun yagona koordinata ( , , )h  =p qabul qilindi. Geometrik normallashtirish va masofalar. KML koordinatalari geodezik tizimda (WGS84) berilgani sababli topologiya tiklashda “yaqinlik” va uzunlik hisoblarini barqaror qilish uchun koordinatalar mahalliy tekislikka o‘tkazildi ( , ) ( , )xy  → . Ushbu qadamdan keyin qirra uzunligi siniq chiziqlar bo‘yicha yig‘indili masofa sifatida hisoblandi: 122 11 1( ) ( ) m e k k k k k l x x y y − ++ = = − + −  . Bu normallashtirish keyingi yaqinlik bo‘yicha tutash va segmentatsiya bosqichlarida  yo‘l qo‘yiladigan og‘ish parametrini metr birlikda izchil qo‘llashga imkon berdi. Tugunlarni aniqlash va birlashtirish. Tugunlar ikki manbadan shakllantirildi: KML da mavjud Point ob’ektlar; LineString lar o‘rtasidagi topologik zarur nuqtalar (kesishuv va tutashuv nuqtalari). Koordinata xatosi yoki raqamlashtirishdagi “deyarli tutash” holatlarni bartaraf etish uchun tugunlarni birlashtirish qoidasi joriy etildi: agar ikki nuqta orasidagi masofa belgilangan  dan kichik bo‘lsa, ular bitta tugunga agregatsiya qilindi: ( , ) i j i j v v d v v     . 221 “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252. Tom: 1 | Son: 4 | 2025-yil "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal. ISSN 2181-4252. Vol: 1 | Iss: 4 | 2025 year Электронный научный журнал "Потомки АльФаргани" ISSN 2181-4252. Том: 1 | Выпуск: 4 | 2025 год https://al-fargoniy.uz/ Bu yerda ( , ) ij d v v − tekislikdagi Evklid masofa. Hisoblash samaradorligi uchun nuqtalar to‘plamida yaqin qo‘shnilarni topish fazoviy indeks (masalan, R-tree) orqali amalga oshirildi, bu umumiy murakkablikni amalda ( ) logO N N atrofida ushlab turishga xizmat qildi. 1. Point tugunlarining kanalga proeksiyasi va yaqin tutashuv nuqtalari; 2. kanallar o‘zaro kesishuv nuqtalari (agar ular real tutashuv deb qabul qilinsa); 3. raqamlashtirish natijasida paydo bo‘lgan “uzilish” nuqtalari. v tugunni L kanalga biriktirishda “nuqta– chiziq” masofasi qo‘llanildi: |min( , ) | L L   =− q v v q . Agar attach ( , )L  v bo‘lsa, v ushbu kanalning tugunlar ro‘yxatiga qo‘shildi va siniq chiziqlar shu nuqtada kesildi. Natijada har bir kanal geometriyasi bir nechta 12 , , , r e e e qirralarga ajralib, har bir ( , ) k k k e u v= uchun k e L segment geometriyasi saqlandi. Yo‘nalishni belgilash usuli. Irrigatsiya tarmog‘ida oqim yo‘nalishi fizik ma’noga ega bo‘lgani uchun graf yo‘naltirilgan qilib qurildi. Yo‘nalishni belgilashda birlashtirilgan qoidaviy yondashuv qo‘llanildi. Birinchi qoida semantik yo‘nalish: agar atributlarda “manba–qabul”, “A→B”, “yuqori b’ef/pastki b’ef” kabi belgilar mavjud bo‘lsa, qirra yo‘nalishi shu semantik ko‘rsatkichdan kelib chiqib belgilandi. Ikkinchi qoida topologik yo‘nalish: belgilangan S manba tugunlardan boshlab tarmoq bo‘ylab yo‘nalishni tarqatish (propagation) amalga oshirildi. Agar sS ma’lum bo‘lsa, undan chiquvchi qirralar “oldinga” deb belgilanib, keyingi tugunlarda birlamchi yo‘nalish qoidasi buzilmasligi tekshirildi. Uchinchi qoida geometrik yo‘nalish: agar h balandlik ma’lum bo‘lsa, h balandlik kamayish tomonga yo‘naltirish ehtimoliy qoida sifatida ishlatildi: agar uv u v h h→ , лекин бу қоида фақат семантик ёки топологик қоида етарли бўлмаган ҳолатларда қўлланилди. Atributlarni xaritalash va turga ajratish. Graf elementlariga atribut berishda KML dagi name / description / ExtendedData maydonlaridagi kalit qiymatlar qoidaviy matn ajratgich orqali ajratildi. ()v  tugun turi (gidrouzel, regulyator, nasos, yon suv olish nuqtasi, terminal) nom va tavsifdagi kalit so‘zlar hamda Folder ierarxiyasiga tayanilgan holda belgilandi. Qirralar uchun kanal nomi, piket, tashkilot, max Q loyiha sarfi kabi metama’lumotlar meros qilib olindi, ya’ni bir LineString dan hosil bo‘lgan barcha segment qirralar shu atributlarni saqladi. Topologik tozalash va validatsiyalash. Hosil qilingan graf quyidagi formal tekshiruvlardan o‘tkazildi. Birinchi tekshiruv uzluksizlik: grafda ortiqcha ko‘p ulangan komponentalar bo‘lsa, bu raqamlashtirishda uzilish yoki yaqinlik bo‘yicha tutash parametrlari noto‘g‘ri tanlanganini anglatadi. Ikkinchi tekshiruv darajalar mantig‘i: irrigatsiya tarmog‘ida magistraldan tarqalish xususiyati sababli ba’zi tugunlarda chiquvchi daraja deg ( )v + yuqori bo‘lishi mumkin, biroq “hech qayerga ulanmagan” qirralar va yopiq siklik konturlar (agar u tarmoq tabiatiga mos kelmasa) xatolar sifatida belgilandi. Uchinchi tekshiruv geometriya mosligi: har bir qirra uchun boshlanish va tugash nuqtalarining tegishli tugun koordinatalari bilan bir xil yoki  doirasida yaqin bo‘lishi shart qilib qo‘yildi. Natijada xatolar sinfi sifatida uzilish, dublikat, noto‘g‘ri kesishuv talqini, yo‘nalish ziddiyati qayd etildi va ularni tuzatish uchun  , attach  parametrlarini qayta tanlash hamda semantik qoidalarni boyitish amaliyoti qo‘llanildi. Eksport va qayta ishlatish. Yakunlangach, graf ma’lumoti ikki sinf formatda saqlanadi: hisoblash uchun graf formatlari (masalan, GraphML yoki JSON); bazaga yuklash uchun jadval formatlari (tugunlar 222 “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252. Tom: 1 | Son: 4 | 2025-yil "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal. ISSN 2181-4252. Vol: 1 | Iss: 4 | 2025 year Электронный научный журнал "Потомки АльФаргани" ISSN 2181-4252. Том: 1 | Выпуск: 4 | 2025 год https://al-fargoniy.uz/ jadvali va qirralar jadvali). Tugunlar jadvalida , , , ( ) v v v id x y v  va asosiy atributlar, qirralar jadvalida esa , , , ee id u v l , kanal atributlari va geometriya siniq chiziqlari saqlanadi. Shu yo‘l bilan natija NetworkX muhitida algoritmlar uchun ham, Neo4j kabi graf MMBTda uzoq muddatli saqlash va so‘rovlar uchun ham qayta ishlatishga tayyor holatga keltiriladi. 3. Natijalar Kirish ma’lumotining tarkibi va ishchi parametrlar. Tajriba qismida Uzbekistan_Irrigation_System.kml faylidan foydalanildi. Fayl tarkibida 4 ta LineString (chiziqli ob’ekt) va 61 ta Point (nuqtaviy ob’ekt), jami 65 ta Placemark mavjud. Tadqiqot maqsadiga muvofiq, natijalar faqat ikki asosiy kanal bo‘yicha shakllantirildi: • Qizketken magistral kanali (LineString) • Kegeyli xo‘jaliklararo kanali (LineString) Nuqtaviy ob’ektlarni kanal chizig‘iga biriktirishda “yaqinlik” mezoni quyidagicha tanlandi: 60 m attach  = . Ushbu qiymat Google Earth muhitidagi raqamlashtirish xatosi va LineString generatsiyasi sharoitida nuqta–chiziq muvofiqligini barqaror ta’minlash uchun yetarli deb qabul qilindi. Qizketken va Kegeyli kanallarining geometrik ko‘rsatkichlar. Har bir kanal uchun siniq chiziqlar uzunligi hisoblandi va attach  sharti bilan shu kanalga tegishli tugunlar (Point ob’ektlari) ajratib olindi. 1-jadvalda asosiy yig‘ma ko‘rsatkichlar keltiriladi. 1-jadval. Kanallar bo‘yicha umumiy statistika (𝜀attach =60 m) Kanal LineString nuqtalari soni Uzunlik, km Kanalga biriktirilgan tugunlar soni Tugunlar qamrovi, % Qizketken magistral kanali 27 25.037 35 100 Kegeyli xo‘jaliklararo kanali 219 55.112 15 100 Ko‘rinib turibdiki, Qizketken magistralida nasos tugunlari ustun, Kegeyli kanalida esa asosiy qism yon suv olish nuqtalari hisobiga to‘liq shakllangan. Shu bilan birga, atributlar yagona formatga normallashtirildi va kanallar bo‘yicha ham biriktirilgan tugunlar qamrovi 100% darajaga yetkazildi. Kegeyli kanalini graf qirralariga avtomat segmentatsiya qilish natijalari. Kegeyli kanali KML da bitta LineString sifatida berilgan bo‘lsa-da, kanal uchastkalari bo‘yicha graf tuzish uchun uni “tugundan tugunga” segmentlarga ajratish amalga oshirildi. Segmentatsiya uchun tayanch nuqtalar • Regulyator → Kegeyli-0 (boshlanish) • Gidrouzel «Dustlik» PK 114+40 • Gidrouzel «May-jap» PK 366+00 • Gidrouzel «Bes-jap» PK 554+00 Ushbu nuqtalar kanal chizig‘iga proeksiya qilinib, kanal bo‘ylab yig‘ma s masofa hisoblandi va siniq chiziqlar 3 ta segmentga ajratildi. Geometrik uzunliklar PK (piket) bo‘yicha nazariy uzunliklar bilan solishtirildi. 2-jadval. Kegeyli kanali segmentatsiyasi va PK nazorati Segment Bosh nuqta → Oxir nuqta Geometrik uzunlik, m PK farqi, m Xato, m Xato, % Kegeyli1 0+00 → 114+40 11 436.2 11 440 −3.8 −0.033 Kegeyli2 114+40 → 366+00 25 155.8 25 160 −4.2 −0.016 Kegeyli3 366+00 → 554+00 18 667.3 18 800 −132.7 −0.706 Natijalar Kegeyli-1 va Kegeyli-2 uchastkalarida geometrik uzunlikning PK bilan muvofiqligi yuqori ekanini ko‘rsatadi. Kegeyli-3 uchastkada nisbiy og‘ish ozgina kattaroq bo‘lib, bu asosan kanal izining generatsiyasi, burilishlar va KML poliliniya detallashuv darajasi bilan izohlanadi. Biroq, segmentatsiyaning umumiy ishonchliligi graf qirralarini shakllantirish uchun yetarli hisoblanadi. 223 “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252. Tom: 1 | Son: 4 | 2025-yil "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal. ISSN 2181-4252. Vol: 1 | Iss: 4 | 2025 year Электронный научный журнал "Потомки АльФаргани" ISSN 2181-4252. Том: 1 | Выпуск: 4 | 2025 год https://al-fargoniy.uz/ 1-rasm. Qizketken magistral kanali va Kegeyli xo‘jaliklararo kanali topologiyasining yo‘naltirilgan graf sxemasi (PlantUML) Qizketken magistral kanalida PK bo‘yicha geometrik muvofiqlik natijalari. Qizketken magistralida nasos tugunlari nomidagi PK belgilari asosida PK qiymatlari ajratib olindi va ular kanal bo‘yicha proeksiya orqali hisoblangan yig‘ma masofa s bilan solishtirildi. Eng kichik kvadratlar usulida quyidagi chiziqli bog‘lanish olindi (2-rasm) 0.992978 106.3.s PK  + Muvofiqlik ko‘rsatkichlari 20.999633, 111.7 м.R RMSE= Yuqori 2 R Qizketken bo‘ylab tugunlarning tartibini (kanal yo‘nalishi bo‘yicha) ishonchli tiklash mumkinligini, ya’ni KML → graf konvertatsiyasida “topologik tartib” deyarli yo‘qotilmasligini tasdiqlaydi. 2-rasm. –PK s muvofiqligi bo‘yicha eng kichik kvadratlar regressiyasi: 0.992978 106.3s PK=  + , 20.999633R= , 111.7 мRMSE = . 4. Xulosa Google Earth muhitida tayyorlangan KML/KMZ ma’lumotlarini irrigatsiya tarmog‘i uchun hisoblashga tayyor yo‘naltirilgan graf shakliga avtomat konvertatsiya qilish ishchi jarayoni taklif etildi va amaliyotda sinovdan o‘tkazildi. Usul KML tuzilmasini o‘qish, koordinatalarni metr tizimiga normallashtirish, yaqinlik parametrlari orqali tugunlarni birlashtirish, “nuqta–chiziq” proeksiyasi asosida kanallarga biriktirish, siniq chiziqlarni “tugundan tugunga” segmentlarga ajratish hamda atributlarni qoidaga asoslangan matn tahlil qilgich orqali standartlashtirish bosqichlariga tayanadi. Tajriba natijalari Qizketken magistral kanalida PK–yig‘ma masofa bog‘lanishi deyarli chiziqli ekanini va topologik tartibning ishonchli tiklanishini ko‘rsatdi. Kegeyli kanalini segmentatsiya qilishda birinchi ikki segmentda PK bilan muvofiqlik yuqori bo‘lib, uchinchi segmentdagi qoldiq og‘ish siniq chiziqlar detallashuvi bilan izohlanishi mumkin. Umuman, taklif etilgan yondashuv irrigatsiya axborot tizimlarida suv taqsimoti, limitlash va boshqaruv algoritmlarini ishonchli ishlatish uchun graf ma’lumotini tez shakllantirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan manbalar 1. D. Li, M. Lu, “Integrating geometric models, site images and GIS based on Google Earth and Keyhole Markup Language,” Automation in Construction, vol. 89, pp. 317–331, May 2018, doi: 10.1016/j.autcon.2018.02.002. 2. H. Mohammadi, M. R. Delavar, M. A. Sharifi, M. D. Pirooz, “Spatiotemporal visualization of tsunami waves using kml on Google Earth,” The International Archives of the Photogrammetry, Remote Sensing and Spatial Information Sciences, vol. XLII-2/W7, pp. 1291– 1299, Sept. 2017, doi: 10.5194/isprs-archivesXLII-2-W7-1291-2017. 3. Y. X. Lin, S. T. Wang, “Expression and analysis of seismic disaster information based on KML,” The International Archives of the Photogrammetry, Remote Sensing and Spatial 224 “Al-Farg‘oniy avlodlari” elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252. Tom: 1 | Son: 4 | 2025-yil "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal. ISSN 2181-4252. Vol: 1 | Iss: 4 | 2025 year Электронный научный журнал "Потомки АльФаргани" ISSN 2181-4252. Том: 1 | Выпуск: 4 | 2025 год https://al-fargoniy.uz/ Information Sciences, vol. XLII-3/W10, pp. 1001–1004, Feb. 2020, doi: 10.5194/isprsarchives-XLII-3-W10-1001-2020. 4. P. Chen, “Visualization of real-time monitoring datagraphic of urban environmental quality,” EURASIP Journal on Image and Video Processing, vol. 2019, no. 1, pp. 42, Dec. 2019, doi: 10.1186/s13640-019-0443-6. 5. T. Honjo, K. Umeki, D. Wang, P. Yang, H. Hsieh, “Landscape Simulation and Visualization on Google Earth,” International Journal of Virtual Reality, vol. 10, no. 2, pp. 11– 15, Jan. 2011, doi: 10.20870/IJVR.2011.10.2.2806. 6. D. Potere, “Horizontal Positional Accuracy of Google Earth’s High-Resolution Imagery Archive,” Sensors, vol. 8, no. 12, pp. 7973–7981, Dec. 2008, doi: 10.3390/s8127973. 7. X. W. Wang, F. Wang, “The precision of Google Earth map analysis with the coordinates of IGS stations,” The International Archives of the Photogrammetry, Remote Sensing and Spatial Information Sciences, vol. XLII-3/W10, pp. 1053–1056, Feb. 2020, doi: 10.5194/isprsarchives-XLII-3-W10-1053-2020. 8. M. N. K. Boulos, “Web GIS in practice III: creating a simple interactive map of England’s Strategic Health Authorities using Google Maps API, Google Earth KML, and MSN Virtual Earth Map Control,” International Journal of Health Geographics, vol. 4, no. 1, pp. 22, 1476-072X-4– 22, Dec. 2005, doi: 10.1186/1476-072X-4-22. 9. I. Janssen, A. Rosu, “Measuring sidewalk distances using Google Earth,” BMC Medical Research Methodology, vol. 12, no. 1, pp. 39, Dec. 2012, doi: 10.1186/1471-2288-12-39. 10. A. Martínez-Graña, J. GonzálezDelgado, S. Pallarés, J. Goy, J. Llovera, “3D Virtual Itinerary for Education Using Google Earth as a Tool for the Recovery of the Geological Heritage of Natural Areas: Application in the ‘Las Batuecas Valley’ Nature Park (Salamanca, Spain),” Sustainability, vol. 6, no. 12, pp. 8567– 8591, Nov. 2014, doi: 10.3390/su6128567.