scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AMERIKA LATIFALARINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Yo'ldoshev Ulug'bek Ravshanbekovich

Abstract

AMERIKA LATIFALARINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Full text

44 AMERIKA LATIFALARINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori, dotsent Annotatsiya. Maqolada kulgu tushunchasining mohiyati, uni tilshunoslikdagi o’ziga xos xususiyatlar, Amerika latifalari, ularning lingvokulturorlogik xususiyatlari, kulguning til va madaniyatdagi funksiyalari, latifaning sotsial va pragmatik xossalari borasida masalalarga to’xtalib o’tilgan. Kalit so’zlar: kulgu, til, madaniyat, lingvokulturologiya, latifa, funksiya, texnologiya, kulgu xissi, effekt, kommunikatsiya. Til – insonga atrof olamni anglash, til konstruksiyalari yordamida kelgusi avlodga yetkazish uchun boshqa odamlarga ma’lum qoidalar asosida yaratiladigan o‘z tajribasi va to‘plangan bilimlarini qoldirish imkonini beruvchi inson faoliyatining muhim elementidir. Nutq fikrlarni ifodalash vositasi hisoblanadi. Nutq jarayoni til vositalari yordamida fikrlarni shakllantirish va formulirovka qilish hamda til konstruksiyalarini anglash va tushunishni o‘z ichiga oladi. O.K. Tixomirov, A.N. Leontyev, L.S. Vыgotskiy kabi bir qator mualliflar tilning quyidagi asosiy funksiyalarini ko‘rsatishadi: 1. Mavjud bo‘lish, ijtimoiy−tarixiy tajribani egallash vositasi. Til keyinchalik kelgusi avlodlar mulki bo‘lib qoladigan ma’lumotlarni kodlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 2. Muloqot vositasi. Til suhbatdoshga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. 3. Intellektual faoliyat quroli (fikrlash, tasavvur qilish, xotira, anglash). Nutq yordamida obrazdan tushunishga o‘tish imkoniyati bor, shuningdek fikrlash aktining ayrim birliklarini (fikrlash va xulosa chiqarish) yaratish mumkin 15 V.V Solojenkin nutqning bir necha asosiy funksiyalarini ko‘rsatib o‘tadi: 1. Kommunikativ funksiya (boshqa mamlakatdagi odam bilan muloqot qila olish imkonini beradi). 2. Nutqning axborotli funksiyasi (bir kommunikantdan ikkinchi kommunikantga axborotni uzatishda undan foydalaniladi). 3. Tilning inson faoliyatidagi ishtiroki (so‘zlar ma’lum malakaga ega, yoki ularga ega bo‘lmagan odamning harakatlariga taqlid qilishi mumkin). 4. Hissiyotlarni ifodalash (nutqning og‘zaki va noog‘zaki turlari). Qaramaqarshi axborotning kuchayish, zaiflashish yoki kiritish ehtimoli haqida fikr bildiradi. 5. Gaplarni tushunish funksiyasi. 6. Tilning me’yoriylik funksiyasi. Til – bu ijtimoiy me’yorlarni tasdiqlash usulidir. 7. Tilning o‘yinli funksiyasi 16 . 15 http://kurs.ido.tpu.ru 16 Соложенкин В.В. Психологические основы врачебной деятельности: Учебник для студентов высших учебных заведений. – М., 2003, - С.133. 45 Barcha funksiyalarni taqqoslab, shu xulosaga kelish mumkinki, ularning barchasi tilning asosiy funksiyasi bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘yinli funksiya metafunksiyaning bir turidir. Yumor o‘yin texnologiyasidir. Yumorning insonga ta’sirida o‘zi va borliq haqidagi yashirin muloqotga ega zarbali to‘lqin o‘tib ketadi hamda zarbali to‘lqin materiali axborotga aylanadi. Reallik noreallik tarzida berilishi mumkin. Aksariyat hollarda bu ham komik effekt bo‘ladi. Yumor – bu o‘yin va undagi g‘alaba – kulgu. Ma’lumki, latifa qiziq va kulguli mazmunga va kutilmagan kuchli yakunga ega kichik hikoyadan iborat bo‘ladi. Shakl nuqtai nazaridan latifa deyarli doimo ikki jismlilik prinsipida tuziladi: unda tinglovchiga mavzuni ma’lum qiluvchi, kulgu soluvchi interpretatsiya bo‘ladi, ma’lum kutish keskinligini yaratadi va keyin odatda kulguni uyg‘otadigan kutilmagan paradoksal yechim bo‘ladi 17 . Mazmun nuqtai nazaridan latifa rasmiy madaniyatni uning barcha ko‘rinishlarida parodiya qilishdan iborat. Unda tasvirlanayotgan voqealar jamiyat hayotidagi turli - tuman realiyalarni atayin hazilli yoki kulguli imitatsiyalar orqali berish, kommunikativ qoidalarga asosan bu realiyalar «ataylab» jamoatchilik fikrining teskari rakursida, antimadaniy provokatsiya rakursida beriladi 18 . Ko‘plab kulgili hikoyalar orasida «til» latifalari deb atalmish guruhni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ularning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu yerda komik effekt til ijodkorligining u yoki bu imkoniyatlari tufayli ochib beriladi, shu sababli bu kabi latifa turli lingvistik effektlar (mantiqiy-ma’noviy, leksik, grammatik va b.) asosida qurilgan til o‘yinining spesifik timsoli sifatida ko‘rib chiqiladi. Odatda, latifalardagi voqealar stereotipli tipajlar bilan sodir bo‘ladi. Ya’ni, hiqoya qahramonlari ma’lum tarixiy shaxslar yoki adabiy-kinematografik personajlar emas, balki ularning kerakli komik tasavurlar kompleksi bilan keladigan xarakterli presendent obrazlari: muayyan ijtimoiy rol, an’anaviy harakat sohasi, xulq-atvor standartlari, xarakter va intellektning belgilangan to‘plami va boshqalar biriktirilgan parodiyalaridir: Amerika yumorining rivojlanishi va shakllanishini to‘liq kuzatish uchun butun millatning tarixiga murojaat qilish lozim. Tarixan, ilk Amerikalik ko‘chmanchilarning ko‘chmanchi hayoti millat rivojlanishining o‘ziga xos xarakterini belgilaydi. Faqat o‘ziga ishonishga to‘g‘ri keladigan og‘ir mehnat, og‘ir va xavfli sharoitlar o‘ziga xos yondashuv, yengil bo‘lmagan hayotga bo‘lgan qat’iy qarashlarni belgilab berdi. Birinchi bo‘lib qit’aga kelganlar, izquvar ovchilar, daraxt kesuvchilar yoki oddiy qaroqchilar - mana shular ko‘chmanchilarning ilk kasblari bo‘lgan. Aynan ular ilk latifalarning qahramonlari bo‘lgan. Yumor ko‘proq bar ustuni yonida turib aytib berilgan ibratli hikoyalar ko‘rinishida shakllangan. Amrikaliklarning kundalik hazillarini kuzatib, tadqiq qilib, Amerika yumorining ayrim o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rish mumkin: 1. yashirin ma’no yo‘qqa o‘xshashligi, ironik to‘g‘riso‘zlik yoki ikkilamchi fikr. 1) Djo: You put your boots on the wrong feet! 17 Эльконин Д. Б. Психология игры. — 2-е изд. — М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 1999. — 360 с 18 Химик В.В. Анекдот как уникальное явление речевой культуры. Спб., 2002. 46 «Sen tuflingni boshqa oyoqlaringga kiyib olding». Mo: But I have no other feet! «Lekin mening boshqa oyoqlarim yo‘q!» 2. To‘liq eksplisitlik, «oxirigacha gapirish». Amerikaliklarga batafsil tushuntirish talab qilinadi. Har qanday holatda oxirigacha gapirmaslik yoki noaniqlik qabul qilinmaydi. Abstrakt latifa tushunilmaydi. Yagona mustasno bo‘lgan haqiqat - umumqabul qilingan haqiqat yoki hammaga ma’lum voqealar, tendensiyalar, xususiyatlar va predmetlar haqida gapirilsa. O‘qituvchi: «Sizga ma’lumki, tana qiziganda kengayadi. Sovutilganda esa torayadi. Kim menga bu qoidaga misol keltira oladi?» O‘quvchi: «Aytaylik, yozda kunlar uzunroq bo‘ladi, qishda – qisqaroq». 3. Kuligili tushunchasi Amerika jamiyatda, asosan, ahmoqlik, uzoqni ko‘ra bilmaslik, insonning pastkashlikka berilganligi ustidan kulishga asoslanadi. 1) If you are going to stay for the night here, you have to make a bed for yourselves. That’s ok. Here is the hammer and the saw. Good night! 4. Be’mani vaziyatni oxirigacha, ayrim hollarda aqlga sig‘maydigan groteskga, bema’nilikka olib kelish. Shuningdek, voqeaning sodir bo‘lishi ayon holatda. Marti: «Eshitdingmi, Bobani shpargalka uchun maktabdan haydashibdi». Vayd: “Bu qanday sodir bo‘libdi?” Marti: «Uni biologiyadan imtihon bo‘layotgan paytda qovurg‘alarini sanayotganda ushlab olishibdi» 5. Ko‘p hollarda birinchi qarashda aqlga sig‘maydigan taqqoslashlar, bo‘rttirib ko‘rsatishlar, so‘z o‘yinlari ishlatiladi. V. Rodjers Oq uyni (White house) boshqacha emas, Whitewash House deb ataydi. Ko‘rib turganingizdek bu so‘z o‘yini. «Whitewash» ingliz tilida oqlangan, ya’ni siyosatchining reputatsiyasiga (obro‘siga) qo‘yilgan ayblovlarni yuvib (olib) tashlash degan ma’noni anglatishi mumkin. Umuman olganda, shuni ta’kidlash lozimki, yumor nutq muloqotining o‘ziga xos akti sifatida nutq aktlari va strategiyasi pozisiyasidan hamda madaniyatlararo muloqot aspektlari nuqtai nazaridan chuqur tadqiq qilinishi kerak, chunki bu turli madaniyat vakillarining muloqot qilishi uchun o‘ta muhim bo‘lgan madaniyat va mentalitetning bir qismidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI: 1. Соложенкин В.В. Психологические основы врачебной деятельности: Учебник для студентов высших учебных заведений. – М., 2003, - С.133. 2. Химик В.В. Анекдот как уникальное явление речевой культуры. Спб., 2002. 3. Эльконин Д. Б. Психология игры. — 2-е изд. — М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 1999. — 360 с