PROTOJURNALISTIKAGA TEGISHLI LAVOZIMLAR VA ATAMALAR
Abstract
PROTOJURNALISTIKAGA TEGISHLI LAVOZIMLAR VA ATAMALAR
Full text
93 PROTOJURNALISTIKAGA TEGISHLI LAVOZIMLAR VA ATAMALAR TERMS AND TERMS RELATED TO PROTOJOURNALISM Kasimova Sarvinoz Sayfullaevna, PhD, dotsent O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xorijiy tillar kafedrasi dotsenti [email protected] Annotation. Maqolada O‘rta asr Movarounnahrida axborot tarqatishga xizmat qilgan muftiy, qozikalon, mudarris, muharrir, devon xodimlari kabi protojurnalistik shaxslar hamda masjid, madrasa, bozor va devon singari muassasalarning jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi o‘rni qisqacha tahlil qilinadi, tarixiy manbalar asosida yoritiladi. Kalit so‘zlar: protojurnalistika, Movarounnahr, axborot tarqatish, ijtimoiy muassasalar, qo‘lyozma manbalari. صّخلملا . ،ةاضقلا يضاقو ،نيتفملا لثم ،يفحصوتوربلا عباطلا تاذ تايصخشلل اًزجوم ًلايلحت ةلاقملا هذه مّدقت .ىطسولا روصعلا للاخ رهنلا ءارو ام يف تامولعملا رشن يف اومهسأ نیذلا ناویدلا يفظومو ،نیرّرحملاو ،نيسّردُملاو ىلع اًدامتعا ،ماعلا يأرلا ليكشت يف ناویدلاو ،قاوسلأاو ،سرادملاو ،دجاسملا لثم تاسّسؤملا رود ضرعتست امك .تاطوطخملاو ةيخیراتلا رداصملا ةيحاتفملا تاملكلا رداصملا ،ةيعامتجلاا تاسّسؤملا ،تامولعملا رشن ،رهنلا ءارو ام ،ةيلّولأا ةفاحصلا : .ةطوطخملا Аннотация. В статье дан краткий анализ протожурналистских фигур — муфтиев, казикалонов, мударрисов, редакторов и сотрудников дивана, которые играли важную роль в распространении информации в средневековом Мавераннахре. Также рассматривается влияние таких институтов, как мечеть, медресе, базар и диван, на формирование общественного мнения на основе исторических рукописных источников. Ключевые слова: протожурналистика, Мавераннахр, распространение информации, социальные институты, рукописные источники. Аbstract. The article provides a concise analysis of proto-journalistic figures such as muftis, chief judges, teachers, editors, and divan officials who played a role in information dissemination in medieval Mawarannahr. It also examines the influence of institutions such as mosques, madrasas, markets, and the divan in shaping public opinion, based on historical manuscript sources. Keywords: proto-journalism, Mawarannahr, information dissemination, social institutions, manuscript sources. KIRISH Jamiyatni axborot bilan ta’minlash, g‘oya va voqealarni tarqatish, fikr shakllantirish vazifalariga ega bo‘lgan shaxslar, vazifalar yoki vositalar protojurnalistik faoliyatning ajralmas qismidir. 35 35 К. Куле. СМИ в Древней Греции. Сочинения, речи, разыскания, петешествия. М. : Новое лит. Обозрение, 2004
94 Quyidagi lavozimlar va shaxsiy vazifalar protojurnalistik faoliyatning ibtidoiy shakllari sifatida baholanishi mumkin. Ular axborot tarqatish, hujjatlashtirish, jamoatchilikka rasmiy yoki diniy ma’lumot yetkazish kabi vazifalarni bajarganligi bois zamonaviy jurnalistikaning tarixiy ildizlarini tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan, muftiylar, qozikalonlar, muhaddislar, xattotlar, mualliflar, taniqli safarnoma mualliflari, tarixchilar, shuningdek, rasmiy maktub yozuvchilari, roviylari va xutba o‘quvchi imomlar 36 kabi shaxslar jamiyatda ma’lumot tarqatish va uni hujjatlashtirish vazifasini bajarganlar. Bu funksiyalar jumladan: — xalqga axborot yetkazish (xutbalar, fatvolar), — voqealarni hujjatlashtirish (safarnomalar, tazkiralar, tarixiy yozuvlar), — ijtimoiy va siyosiy masalalarni yoritish (rasmiy maktublar, amr va farmonlar) kabi jarayonlarda namoyon bo‘lgan. Mazkur vazifalarning amalga oshirilish tarzini tahlil qilishda, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan X–XIII asrlarga oid arab, fors va turkiy tillardagi asarlar asosiy manba sifatida xizmat qildi. Xususan, “Fatavolar xazinasi”, “Buxoro tarixi” (Narshaxiy), hamda juma xutbalari, rasmiy maktublar, safarnomalar va maqollar to‘plamlarida mazkur vazifalarning amaldagi shakllari, mazmuni va ta’siriga oid muhim ma’lumotlar jamlangan. Ushbu qo‘lyozma manbalar tahlili natijasida ma’lum bo‘ldiki, mazkur shaxslar ijtimoiy axborot oqimini boshqarishda, uni hujjatlashtirish va tarqatishda markaziy rol o‘ynaganlar. Bu esa, ularni protojurnalistik mutaxassislar sifatida baholashga asos yaratadi. Manbalar ro‘yxati (X–XIII asr qo‘lyozmalaridan): 1. Narshaxiy, “Buxoro tarixi” – Buxoro shahri tarixi, ijtimoiy hayot va rasmiy ma’lumotlar haqidagi bayonlar (arab tilida). 2. “Fatavo an-Nasafiy” – Nasafiy mazhabi va fatvolari to‘plami, diniy-huquqiy axborot manbai (arab tilida). 3. Juma xutbalari majmuasi – Xutba matnlari, jamoat fikrini shakllantirish vositasi (arab va turkiy tillarda). 4. Tazkira va mano‘qiblar (masalan, “Tazkirat ul-avliyo”) – mashhur shaxslar hayoti va xulqini yoritadi (fors tilida). 5. Risolalar va nomalar to‘plami – rasmiy maktublar, amr va farmonlar (arab va fors tillarida). 6. Safarnomalar (sayohatnoma shaklida) – yurtlar, ahvol, voqealar haqida axborot manbai (arab va turkiy tillarda). 7. Maqollar va hikoyatlar – jamoat tanqidining ibtidoiy shakllari (arab tilida, xususan “Hikoyatlar majmuasi”). Protojurnalistik lavozimlar tahlilida Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Tarixiy hujjatlar fondida 36 Ali, S. A. The Role of Khutbah in Islamic Communication. Journal of Islamic Studies, 21(3),2010. -P. 287.
95 saqlanayotgan arab yozuvidagi tarixiy hujjatlarning ilmiy tavsiflarini o‘z ichiga olgan katalogdan foydalanildi. Mazkur kitob sharqshunoslar, hujjatshunoslar, manbaashunos tarixchilar, metrologlar, etnograflar, shuningdek, gumanitar fanlar sohasidagi keng doiradagi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Mazkur katalogda taqdim etilgan ma’lumotlar o‘rganildi, quyidagi lavozimlar aniqlandi. 1. Muharrir (№ 452, 465, 570) Izoh: Arabcha “muharrir” so‘zi “yozuvchi, muharrir” degan ma’noni beradi. Bu shaxslar matnlarni tuzish, tahrir qilish, rasmiy yozuvlar tayyorlash, fatvo va hujjatlarni yozish bilan shug‘ullangan. Protojurnalistik funksiyasi: Matnlarni tayyorlash va tahrir qilish — jurnalistikaning asosiy vazifalaridan biri. 2. Mudarris (№ 6, 15, 44, 138, 217, 222, 428, 432, 483, 534, 535) Izoh: Ilm tarqatish, dars berish, sharhlash bilan shug‘ullangan ulamolar. Ular ko‘p hollarda ommaga diniy, siyosiy yoki axloqiy axborotni yetkazishgan. Protojurnalistik funksiyasi: Axborotni yozma va og‘zaki tarzda jamoatga yetkazish. 3. Devon / Devon-begi / Devon-i kalon / Devon-i sarkar (№ 316, 406, 420, 421, 424, 429, 439, 460, 461, 464, 468, 467, 471, 479, 492, 495, 536, 545, 549, 557, 567) Izoh: “Devon” – davlat idorasi, kotibiyat, arxiv. Devon-begi – devon rahbari. Bu idoralarda hujjatlar, farmonlar, tarixiy voqealar yozilgan. Protojurnalistik funksiyasi: Davlat hujjatlarini yuritish, farmonlarni yozish va tarqatish. 4. Saroy xizmatchilari: Chag‘atoy-begi (№ 488), Chu qra-akasi (№ 84, 89, 159, 510) Izoh: Bu shaxslar rasmiy maktublar, farmonlar va axborotni bir joydan ikkinchi joyga yetkazgan. Protojurnalistik funksiyasi: Axborotni yozgan, arxivlagan, tarqatgan. 5. Shayx ul-Islom (№35, 313, 314, 333, 397, 563) Izoh: Yuqori diniy rahbar, fatvo beruvchi, nutq so‘zlovchi. Protojurnalistik funksiyasi: Juma xutbalari, fatvolar orqali jamoat fikriga ta’sir ko‘rsatgan. 6. Eshik-oga-boshi (№450, 495, 502, 505, 567) Izoh: Dargohdagi tashkiliy vazifalarni bajargan. Ba’zi manbalarda rasmiy xabarlarni yetkazgan yoki marosimlarda nutq so‘zlagan. Protojurnalistik funksiyasi: Marosimda axborotlar yoki rasmiy bildirishlar bilan chiqish. 7. El-begi (№265, 425, 455) Izoh: Yurt boshqaruvchisi. Protojurnalistik funksiyasi: Axborot tarqatish yoki aholi bilan muloqot qilish vazifalari — qisman protojurnalistik hisoblanadi. 8. Vakkilon (vakil, vakolat) – №406, 424, 425, 439, 454, 474, 475 Izoh: Biror shaxs yoki hokimiyat nomidan gapirish huquqiga ega shaxslar. Protojurnalistik funksiyasi: Rasmiy bayonotlar, axborotlar tarqatgan.
96 Ushbu lavozimlar axborotni yig‘ish, tahrirlash, tarqatish va ta’lim berish vazifalarini bajargan, bu esa protojurnalistik manba va faoliyat turlari deb baholanishi mumkin. Yuqoridagi lavozimlar o‘z davrida ijtimoiy va siyosiy axborotni tarqatish, hujjatlashtirish va sharhlash ishlarini amalga oshirgan. Shu bois ularni protojurnalistik funksiyalar bajargan tarixiy shaxslar sifatida tahlil qilish mumkin. Ular tarixdagi birinchi “axborot vositalari”ni tashkil etgan. Protojurnalistika o‘zbek va islom tarixida turli shaxslar va lavozimlar orqali amalga oshirilgan. Ular axborotni yozgan (muharrir), tafsir qilgan (mudarris), rasmiylashtirgan (devon), jamoatga yetkazgan (vakil, shayx), ustozlik qilgan (mufassir, shayx ul-islom), xabar tarqatgan (chuqra-akasi). Protojurnalistik muassasalar tahlili va asosi 37 : 1. Masjid juma xutbalari, diniy va ijtimoiy mavzulardagi va’zlar jamoatga axborot yetkazishning asosiy yo‘li bo‘lgan. Jamiyatga rasmiy axborot berish, fatvolarni e’lon qilish, ijtimoiy fikrni shakllantirish vazifasini o‘tgan. 2. Madrasa va darshonalar islomiy va dunyoviy bilimlar tarqatilgan ilmiy markaz bo‘lib, axborotni ta’lim orqali tarqatish, asarlarni yozish, muhokama va munozara muassasasi bo‘lgan. 3. Devon va devonxonalar rasmiy idoralar hisoblanib, hokimiyatning farmonlari, qarorlari shu yerda yozilgan va saqlangan. Davlat siyosati, farmon va qarorlarni yozish, muhrlash va tarqatish bilan shug‘ullanilgan. 4. Qozi va mufti hujralarida huquqiy-ijtimoiy qarorlar, fatvolar jamiyatga yetkazilgan. 5. Bozor va karvonsaroylarda savdo nuqtasi bo‘lish bilan birga axborot almashinuv markazi ham bo‘lgan. Xabarlar, yangiliklar, mish-mishlar keng tarqalgan. Sayyoh va tarixchilarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi Buxoroda Narshaxiy, Samarqandda Balazuriy yoki Bag‘dodda Tabariy faoliyati — sayohatnomalar tuzish, voqealarni qayd etish va tarqatishga xizmat qilgan axborot markazlari. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Прохоров Е. П. Введение в теорию журналистики. – Москва: Аспект пресс, 2011. 2. Абдуазизова Н. История национальной журналистики. Т: Sharq, 20123. 3. Каримов С. О. Формирование публицистических жанров/ Международный журнал экспериментального образования. –№ 11-2 4. Мўминов Ф. Журналистика. I жилд. -Тошкент: O’zbekiston, 2019. 5. Лыткина Л. В. Итория протожурналистики древних цивилизаций. История и культура. № 5. С Пб, 2016 6. К. Куле. СМИ в Древней Греции. Сочинения, речи, разыскания, петешествия. М. : Новое лит. Обозрение, 2004 7. Ali, S. A. The Role of Khutbah in Islamic Communication. Journal of Islamic Studies, 21(3),2010. -P. 287. 37 Лыткина Л. В. Итория протожурналистики древних цивилизаций. История и культура. № 5. С Пб, 2016