scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XI–XII ASR TURKIY MANBALARI LEKSIKASINING SEMANTIK MAYDONI VA UNING LINGVOMADANIY TALQINI

Abdujabbarova Feruza Abdunazarovna

Abstract

XI–XII ASR TURKIY MANBALARI LEKSIKASINING SEMANTIK MAYDONI VA UNING LINGVOMADANIY TALQINI

Full text

97 XI–XII ASR TURKIY MANBALARI LEKSIKASINING SEMANTIK MAYDONI VA UNING LINGVOMADANIY TALQINI СЕМАНТИЧЕСКОЕ ПОЛЕ ЛЕКСИКИ ТЮРКСКИХ ИСТОЧНИКОВ XI– XII ВВ. И ЕГО ЛИНГВОКУЛЬТУРНАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ THE SEMANTIC FIELD OF THE LEXICON OF 11TH–12TH-CENTURY TURKIC SOURCES AND ITS LINGUOCULTURAL INTERPRETATION Abdujabbarova Feruza Abdunazarovna Oriental Univeriseti filologiya fanlari nomzodi, dotsent [email protected] Annotatsiya: Maqolada XI–XII asr turkiy yozma manbalarining — “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk” va “Hibatul-haqoyiq” asarlarining leksik tizimi lingvomadaniy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda bu asarlar tili xalqning ma’naviy dunyosi, axloqiy qadriyatlari, diniy-falsafiy qarashlari va ijtimoiy ongining ifodasi sifatida baholanadi. Maqolada uch asosiy lingvomadaniy qatlam — madaniymaishiy, ma’naviy-axloqiy va diniy-falsafiy qatlamlar ajratib ko‘rsatilgan. Tahlil natijasida “bilim”, “adolat”, “adab”, “el-yurt”, “haq”, “sabr” kabi konseptlar turkiy xalqlarning madaniy identitetini shakllantiruvchi asosiy lingvomadaniy markazlar ekanligi aniqlangan. Shuningdek, maqolada o‘zbek tilining ushbu tarixiy leksika bilan semantik uzviyligi ko‘rsatilib, turkiy madaniyatdagi til va tafakkur barqarorligi ilmiy asosda yoritilgan. Kalit so‘zlar: lingvomadaniyat, XI–XII asr manbalari, turkiy leksika, konsept, madaniy qatlam, semantik uzviylik. Аннотация: В статье рассматривается лексическая система тюркских письменных памятников XI–XII веков — «Кутадгу билиг», «Дивану лугат иттурк» и «Хибатул-хакаик» — с точки зрения лингвокультурологии. В статье анализирует лексику этих произведений как отражение духовного мира народа, его моральных ценностей, религиозно-философских взглядов и общественного сознания. В работе выделены три основных лингвокультурных слоя: культурнобытовой, нравственно-этический и религиозно-философский. Исследование показывает, что концепты «знание», «справедливость», «нравственность», «народ», «терпение» служат важнейшими элементами культурной идентичности тюркских народов. Подчеркивается семантическая преемственность между древнетюркской лексикой и современным узбекским языком, что свидетельствует о стабильности культурно-языковых традиций. Ключевые слова: лингвокультура, тюркская лексика, XI–XII века, культурная преемственность, концепт, этнолингвистика. Abstract: The article explores the lexical system of 11th–12th century Turkic written sources — Kutadgu Bilig, Divanu Lugat it-Turk, and Hibatul-Haqa’iq — from a linguocultural perspective. The study interprets the vocabulary of these works as a reflection of the Turkic people’s spiritual world, moral values, religious-philosophical 98 worldview, and collective consciousness. Three main linguocultural layers are identified: cultural-domestic, moral-ethical, and religious-philosophical. The research highlights key concepts such as knowledge, justice, virtue, nation, and patience as central to the Turkic cultural identity. Furthermore, the paper demonstrates the semantic continuity between medieval Turkic and modern Uzbek lexicon, emphasizing the cultural and linguistic stability across centuries. Keywords: linguoculture, Turkic lexicon, XI–XII century sources, concept, cultural continuity, semantic heritage. XI–XII asr turkiy manbalarining leksik tizimi xalqning ma’naviy dunyosini, ijtimoiy qadriyatlarini va dunyoqarashini aks ettiruvchi muhim lingvomadaniy manba hisoblanadi [Mahmud Koshg‘ariy, 1960; Yusuf Xos Hojib, 1971; Ahmad Yugnakiy, 1974]. Har bir so‘z o‘sha davr jamiyatining madaniy modeli, axloqiy qadriyati va dunyo haqidagi tasavvurini ifodalagan [Jo‘rayev, 2015]. Til birliklarini lingvomadaniy jihatdan tahlil qilish jarayonida so‘zlar madaniy kod sifatida qaraladi, ya’ni ular faqat ma’no emas, balki ma’naviy tajriba va jamoaviy ong mahsulini tashuvchi sanaladi [Mamatov, 2019; Ergashev, 2018]. Shu nuqtai nazardan, “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk”, “Hibatul-haqoyiq” singari asarlar leksikasi xalqning tarixiy xotirasini o‘zida mujassam etgan madaniy-lingvistik manba sifatida baholanishi o‘rinli sanaladi [Abdullayeva, 2022]. Turkiy xalqlar tafakkurida “adolat”, “el-yurt”, “vatan”, “odamiylik”, “ilm”, “aql”, “fahm-farosat”, “andisha”, “sabr” kabi tushunchalar universal qadriyatlar bo‘lish bilan birga, o‘ziga xos milliy mazмун kasb etgan [Qodirova, 2021; Ceylan, 2012]. Bularning har biri o‘sha davr ijtimoiy hayotini, siyosiy tartibini va axloqiy tamoyillarini belgilab bergan [Bartold, 1963; Tekin, 2000]. Demak, turkiy yozma yodgorliklar nafaqat tarixiy, balki madaniy-hissiy meros sifatida ham xalqning dunyoqarashini, qadриятлар и ва маънавий анъаналарини илмий асосда англаш имконини беради [Brown & Ogilvie, 2009]. Shu sababli, ushbu davr manbalari leksikasini lingvomadaniy tahlil qilish bugungi o‘zbek tilining semantik ildizlarini yoritishda muhim ilmiy ahамиятга эга [Abdurahmonova, 2020; Mamatov, 2019]. Turkiy yozma manbalar tili uch asosiy lingvomadaniy qatlamni o‘zida mujassam etgan[Ergashev, 2018; Mamatov, 2019]: 1. Madaniy-maishiy qatlam — xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, an’anaviy kasb va hunarlari bilan bog‘liq leksika [Koshg‘ariy, 1960; Yusuf Xos Hojib, 1971].: “Uy”, “yurt”, “ovul”, “toy”, “bozor”, “qorovul”, “bazar”, “bo‘riq” kabi so‘zlar o‘sha davr ijtimoiy muhitini yoritgan [Ceylan, 2012; Klyashtorny & Sultanov, 2004]. 2. Ma’naviy-axloqiy qatlam — “adab”, “halol”, “haq”, “sabr”, “to‘g‘rilik”, “sadoqat”, “or” kabi birliklar orqali xalqning axloqiy mezonlari ifodalangan [Jo‘rayev, 2015; Abdullayeva, 2022]. Bu qatlam insoniy kamolot, ruhiy poklik va ijtimoiy adolat g‘oyalarini tilda mustahkamlagan[Qodirova, 2021]. 99 3. Diniy-falsafiy qatlam — “taqvo”, “hikmat”, “zohid”, “haqiqat”, “nafs”, “ruh”, “sabr”, “ishq” kabi so‘zlar bilan belgilanadi [Ahmad Yugnakiy, 1974; Tekin, 2000]. Ular islomiy tasavvuf tafakkurining lingvistik ifodasi sifatida xalq ongiga chuqur singgan[Bartold, 1963; Abdullayeva, 2022]. Bu uch qatlam o‘zaro integratsiyada bo‘lib, tildagi leksik birliklar madaniy uzviylikni yaratgan [Mamatov, 2019].. Natijada turkiy tilda shakllangan ko‘plab so‘zlar o‘zbek adabiy tilida semantik va konseptual jihatdan davom etgan[Abdurahmonova, 2020]. “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk” va “Hibatul-haqoyiq” leksikasining madaniy umumiyliklarini tahlil qilish, ularning o‘zbek tiliga ta’sir doirasini tekshirish orqali ushbu asarlar o‘z davrining eng yirik madaniy-lisoniy yodgorliklari sifatida xalqning ma’naviy ideallarini til orqali ifodalaganligi o‘rganildi. Ularning leksikasini lingvomadaniy jihatdan quyidagicha tavsiflash mumkin: 1. “Qutadg‘u bilig”dagi madaniy konseptlar Asarda “bilim”, “adl”, “tenglik”, “el”, “yurt”, “boshliq”, “xalq”, “farosat” kabi so‘zlar davlat boshqaruvi madaniyati va insoniy fazilatlar konseptini aks ettiradi. Masalan, “adolat” konsepti faqat siyosiy tamoyil emas, balki jamiyat barqarorligini ta’minlovchi ma’naviy kuch sifatida talqin qilinadi. 2. “Devonu lug‘otit turk”dagi madaniy qatlamlar Mahmud Koshg‘ariy nafaqat lug‘at tuzgan, balki xalqning urf-odati, qadriyatlari, diniy tasavvurlarini tilda qayd etgan. “Yurt”, “el”, “bo‘ri”, “qon”, “toy”, “qul”, “ota”, “ona” kabi birliklar turkiy xalqning ijtimoiy tuzilmasi va axloqiy tasavvurini yoritadi. 3. “Hibatul-haqoyiq”dagi ma’naviy leksika Ahmad Yugnakiy asarida “hikmat”, “taqvo”, “nafs”, “or”, “halol”, “sadoqat” kabi so‘zlar tasavvufiy-axloqiy konseptlarning markazida turadi. Bu so‘zlar orqali insoniy kamolot, ruhiy poklanish va ma’naviy erkinlik g‘oyalari ifodalangan. Shunday qilib, uchala manba tilida madaniy birlik, ma’naviy izchillik va til orqali uzatilayotgan qadriyatlar tizimi mavjud. O‘zbek tili XI–XII asr turkiy manbalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri davomchisi sifatida shakllangan. Shu bois o‘sha davr leksikasi zamonaviy o‘zbek tilida ham iz qoldirgan. Ko‘rinib turibdiki, tarixiy manbalarda ishlatilgan ko‘plab birliklar zamonaviy o‘zbek tili lug‘atida ham faol qo‘llaniladi. Ayrim so‘zlarning semantik maydoni toraygan yoki mazmuni falsafiydan maishiyga siljigan. Masalan, “adab” so‘zi ilgari “madaniyat”, “axloqiy go‘zallik”ni bildirgan bo‘lsa, bugungi o‘zbek tilida u “odob” shaklida “xulq, muomala” ma’nosiga ko‘proq urg‘u beradi. Shunga qaramay, bunday leksik uzluksizlik turkiy til madaniyatining barqarorligini ko‘rsatadi. XI–XII asr turkiy leksikasining lingvomadaniy meros sifatida qadri juda yuksak, chunki turkiy yozma manbalar faqat tarixiy yodgorlik emas, balki madaniy identitetni 100 shakllantiruvchi lingvistik asosdir. Bu asarlar tili orqali xalq o‘z axloqiy idealini, ijtimoiy qadriyatlarini va milliy ruhini avloddan-avlodga yetkazgan. XI–XII asr turkiy leksikasining o‘zbek tilidagi semantik davomiyligi (1jadval) Tarixiy birlik Zamonaviy shakl Ma’no davomiyligi bilim bilim to‘liq saqlangan adab odob, madaniyat semantik jihatdan kengaygan el xalq semantik torayish yuz bergan yurt vatan barqaror semantika haq haqiqat, adolat konseptual davomiylik sabr sabr barqaror madaniy semantika taqvo taqvo ma’no barqarorligi Ularning leksikasida: xalqning dunyoqarashi, axloqiy me’yorlar, diniyfalsafiy qadriyatlari, estetik didi va ijtimoiy ong darajasi aks etgan. Bu jihatdan turkiy leksika — bu xalqning jamoaviy ong xotirasidir. Tilshunoslikda bunday so‘zlar “madaniy belgilar” deb yuritiladi, chunki ular millatning tarixiy-madaniy o‘zligini belgilovchi ramz sifatida yashab kelmoqda. XI–XII asr turkiy yozma yodgorliklari — “Devonu lug‘otit turk”, “Qutadg‘u bilig”, “Hibatul-haqoyiq” kabi asarlar turkiy xalqlarning ma’naviy, madaniy va ijtimoiy hayotini yorituvchi bebaho manbalardir. Ularning leksik tarkibini lingvomadaniy nuqtai nazardan o‘rganish til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni, xalq tafakkurining tarixiy-madaniy ildizlarini aniqlash imkonini beradi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu manbalar leksikasi o‘zida xalq ruhiyatining, ma’naviy qadriyatlarining va dunyoqarashining til shaklidagi ifodasini mujassam etgan. XI–XII asr turkiy manbalari leksikasi xalq madaniyatining tildagi ko‘rinishidir. Har bir leksik birlik o‘z zamonining madaniy semasini, xalqning hayot tarzi, dunyoqarashi va ijtimoiy qadriyatlarini aks ettiradi. Shu boisdan bu davr leksikasini tahlil qilish orqali turkiy xalqlarning mental-madaniy portretini tiklash mumkin. O‘rganilgan manbalar leksikasida uch asosiy madaniy qatlam aniqlandi: etnografik-maishiy qatlam – xalqning kundalik hayoti, turmush tarzi va moddiy madaniyatini aks ettiradi (“yurt”, “toy”, “bozor”, “qo‘rg‘on” va b.). axloqiy-ma’naviy qatlam – axloq, odob, sadoqat, sabr, halollik kabi qadriyatlarni ifoda etuvchi birliklardan iborat (“adab”, “haq”, “sadoqat”, “to‘g‘rilik” va b.). diniy-falsafiy qatlam – tasavvuf va islom falsafasi bilan bog‘liq konseptlarni o‘zida mujassam etadi (“nafs”, “ruh”, “hikmat”, “haqiqat”, “nur” va b.). 101 Asosiy lingvomadaniy konseptlar sifatida “bilim”, “adolat”, “adab”, “el-yurt” kabi konseptlar eng faol lingvomadaniy markazlar sifatida aniqlandi. Bu konseptlar xalqning axloqiy, siyosiy va ijtimoiy hayotini tartibga soluvchi madaniy semantik tizimni tashkil etgan. Turkiy manbalar orasidagi o‘zaro lingvomadaniy bog‘liqlik mavjud bo‘lib, ulardan, “Devonu lug‘otit turk” asari xalq tilining etnolingvistik asoslarini belgilagan bo‘lsa, “Qutadg‘u bilig” esa bu asosni siyosiy-axloqiy falsafa darajasiga ko‘targan. “Hibatul-haqoyiq”da tasavvufiy yo‘nalish ustivor bo‘lib, unda til orqali ruhiyma’naviy kamolot konsepsiyasini shakllangan. Shu tariqa, bu uch asar turkiy madaniyatning lingvokulturologik zanjirini tashkil etadi. Zamonaviy o‘zbek tili leksikasida bu davr manbalaridagi ko‘plab birliklar semantik barqarorlikni saqlagan. “Bilim”, “adolat”, “haq”, “yurt”, “el” kabi birliklar bugungi kunda ham o‘z madaniy semantikasini yo‘qotmagan, bu esa til taraqqiyotida madaniy uzluksizlik mavjudligini ko‘rsatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. — Toshkent: Fan nashriyoti, 1960. 2. Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1971. 3. Ahmad Yugnakiy. Hibatul-haqoyiq. — Toshkent: Yozuvchi, 1974. 4. Jo‘rayev, N. (2015). “Qutadg‘u bilig” asarida axloqiy tushunchalarning lingvomadaniy tahlili. O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, №6, 45–52. 5. Ergashev, A. (2018). Turkiy tillar leksikasining tarixiy taraqqiyoti va lingvomadaniy tahlili. — Toshkent: Fan va texnologiya. 6. Mamatov, B. (2019). Til va madaniyat: lingvokulturologik yondashuv asoslari. — Toshkent: O‘zbekiston milliy universiteti nashriyoti. 7. Abdurahmonova, M. (2020). O‘zbek tilida qadimiy turkiy qatlamning semantik davomiyligi. — Toshkent: Innovatsiya-Ziyo. 8. To‘xtayev, T. (2017). Turkiy yozma yodgorliklar leksikasi va xalq madaniyati. — Samarqand: SamDU nashriyoti. 9. Qodirova, D. (2021). “Turkiy tillar tarixida ‘adolat’ konseptining shakllanishi va o‘zbek tilidagi izchilligi”. TDPU ilmiy to‘plami, №3, 112–120.