scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ALISHER NAVOIY "SADDI ISKANDARIY" DOSTONI SO'Z BOYLIGIDAGI ZOONIMLAR XUSUSIDA

Egamova Shoxida Djalilovna

Abstract

ALISHER NAVOIY "SADDI ISKANDARIY" DOSTONI SO'Z BOYLIGIDAGI ZOONIMLAR XUSUSIDA

Full text

102 ALISHER NAVOIY “SADDI ISKANDARIY” DOSTONI SO‘Z BOYLIGIDAGI ZOONIMLAR XUSUSIDA ALISHER NAVOI'S “SADDI ISKANDARIY”: ON ZOONYMS IN THE VOCABULARY OF THE EPIC О ЗООНИМАХ В ЛЕКСИЧЕСКОМ СОСТАВЕ ПОЭМЫ «САДДИ ИСКАНДАРИЙ» АЛИШЕР НАВОИ Egamova Shoxida Djalilovna Oriental universiteti dotsenti, filologiya fanalri nomzodi e-mail: [email protected] Annotatsiya: Zamonaviy turkiy tillar lug‘at tarkibidan o‘rin olgan hayvonlar, jumladan qushlar, hasharotlar, yovvoyi va uy hayvonlarining nomlari umumturkiy leksikaning qadimiy qatlamlariga borib taqaladi. Ushbu maqolada Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostoni so‘z boyligida qo‘llanilgan zoonimlar funksional-semantik nuqtai nazardan tahlil etildi. Kalit so‘zlar: zoonim, sut emizuvchi hayvon, yirtqich sut emizuvchi hayvonlar, tuyoqli sut emizuvchi hayvonlar, tuyoqli yovvoyi hayvonlar nomi, mayda shohli hayvonlar nomi, yirik shohli hayvonlar nomi, yirik shoxli hayvonlar nomi, kemiruvchi sut emizuvchi hayvonlar nomi, qo‘lqanotli sut emizuvchi hayvonlar, dengizda yashovchi sut emizuvchi hayvonlar nomi, primatlar, sudralib yuruvchi hayvonlar. Аннотация: Названия животных, в том числе птиц, насекомых, диких и домашних животных, представленных в лексическом составе современных тюркских языков, восходят к древним слоям общетюркской лексики. В данной статье с функционально-семантической точки зрения анализируются зоонимы, используемые в лексике поэмы Алишера Навои «Садди Искандарий». Ключевые слова: зооним, млекопитающее, хищные млекопитающие, копытные млекопитающие, названия копытных диких животных, названия мелких рогатых животных, названия крупных рогатых животных, названия крупных животных с рогами, названия грызунов-млекопитающих, рукокрылые млекопитающие, названия морских млекопитающих, приматы, пресмыкающиеся. Annotation: The names of animals found in the lexical composition of modern Turkic languages — including birds, insects, wild and domestic animals — trace back to the ancient layers of common Turkic vocabulary. This article provides a functional-semantic analysis of the zoonyms used in the vocabulary of Alisher Navoi’s epic “Saddi Iskandariy.” Keywords: zoonym, mammal, predatory mammals, hoofed mammals, names of hoofed wild animals, names of small horned animals, names of large horned animals, names of large animals with horns, names of rodent mammals, chiropteran mammals, names of marine mammals, primates, reptiles. 103 Tarixdan ma’lumki tabiatda mavjud bo‘lgan o‘simlik va hayvonot dunyosi, ya’ni fauna va florasi rang-barang va xilma-xildir. Bu rang-baranglik tilda ham ma’lum darajada o‘z aksini topgan. Shuni aytish kerakki, qadim zamonlardan boshlab turkiy xalqlar uchun chorvachilik hayot kechirishning asosiy manbalaridan biri bo‘lib xizmat qilgan. Chorvachilikning kata hayotiy ahamiyati va uni yuritish shakli boy terminologiyaning rivojlanishiga sabab bo‘lgan [Sodiqova, 1963]. Ushbu maqolada Alisher Navoiy “Saddi Islkandariy” dostoni so‘z boyligidagi hayvonlar nomini ifodalovchi terminlar tizimini o‘rganar ekanmiz, larni quyidagi mavzuviy guruhlarga bo‘lib o‘rganishni maqsadga muvofiq deb bildik. I. Sut emizuvchi hayvonlar [Abdushukurov, 2020]. Sut emizuvchi hayvonlar nomini bildiruvchi terminlar leksik-semantik jihatdan quyidagi kichik guruhlarga ajratiladi: 1.Yirtqich sut emizuvchi hayvonlar [Abdushukurov, 2020]: she’r (29-bet), tulku (29-bet), bijin (88-bet), arslon (104-bet), kiyik (104-bet), karkadan (105-bet), bo‘ri (174-bet), ayig‘ (88-bet), it (174-bet), mushuk (174-bet), yumron (193-bet), qoplon (297-bet), go‘r (288-bet), go‘rdav (326-bet), karktan (381-bet), to‘ng‘uz (401bet), kunguru (409-bet), kish (89-bet) kabi. SHER [f. ريش – arslon; botir, jasur; asad] Mushuksimonlar oilasiga mansub, kalta va sarg‘ish yungli (erkaklari esa qalin yolli) yirik sutemizuvchi yirtqich hayvon; arslon. (O‘TIL, VI, 617) Qochib sher yetgan zamon ul daler,- Qari tulku ul nav’kim yetsa sher. (SI, 29-bet) TULKUbo‘risimonlar oilasiga mansub, tumshug‘i uzun, dumi mayin uzun junli, o‘ta sezgir va ayyor yirtqich sutemizuvchi hayvon (O‘TIL, V, 414). نيجب – [MAYMUN. Tana tuzilishi va qiyofasi odamga o‘xshash sutemizuvchilarning yuksak rivojlangan turkumiga mansub hayvon] (O‘TIL, III, 143). Bijin topsa yer, to ichig‘a sig‘ar, Ne qolsa ovurtig‘a borin yig‘ar. (SI, 88-bet) ARSLON-sher; arslon: Mushuksimonlar oilasiga mansub bahaybat yirtqich sutemizuvchi hayvon; sher. (O‘TIL, I, 140) Kim istar qorin birla arslonni to‘q, Yorar topsa fursat aning qornin-o‘q. (SI, 174-bet) KIYIK(KIYK)-ohu, kiyik:[Quvushshoxli sutemizuvchilar oilasining ohu, bug‘u va h. kabi katta bir guruhning umumiy nomi] (O‘TIL, II, 859) Adolat qo‘lin tutti andoq biyik, Ki topti amon arslondin kiyik. (SI, 104-bet) KENGURU [ingl. Kangaroo<Avstraliya aborigenlari tilida “gapingizga tushunmadim” degan ibora] Avstraliya tarqalgan, sakrab yuradigan xaltali sutemizuvchi hayvon (O‘TIL,II,811) Yana kunguru burj etib qa’lavor, 104 Temurlar bila aylabon ustuvor. (SI, 409-bet) KARKIDON [f. نادگرک -karkidon] Toq tuyoqli sutemizuvchilarga mansub, Afrika va Janubi-sharqiy Osiyoda tarqalgan, burni ustida bitta yoki ikkita shohi bor, terisi qalin, bahaybat hayvon. (O‘TIL, III, 318) ندکرک - f. Karkidon (govmish va filga o‘xshash hayvon). Ham ul pilzo‘r erdi, ham piltan, Takovar anga, o‘ylakim, karkadan. (SI, 162-bet) BABR ربب a.Yo‘lbars .(NAL, 78). KARK// Karkidon [f. نادکرک -karkidon] Toq tuyoqli sutemizuvchilarga mansub, Afrika va Janubi-sharqiy Osiyoda tarqalgan, burni ustida bitta yoki ikkita shohi bor, terisi qalin, bahaybat hayvon. (O‘TIL, III, 318) نادکرک - f. KARKIDON (govmish va filga o‘xshash hayvon). Gahi babr urub, goh sher o‘lturub, Va gar pilu kark-ul daler o‘lturub. (SI, 287-bet) BO‘RI [Sutemizuvchilarning itsimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvon; qashqir] .(O‘TIL, I, 695) AYIQ//AYIG‘ [Paxmoq yungli, beso‘naqay, katta, sutemizuvchi yirtqich hayvon]. (O‘TIL, I, 192) IT 1 Uy-ro‘zg‘orni qo‘riqlash uchun, ov ovlash va sh.k. maqsadlar uchun saqlanadigan to‘rt oyoqli sutemizuvchi uy hayvoni. (O‘TIL, II, 564) Ayig‘ la’bidin jatqakim non erur, Ani itga solmoq ne imkon erur. (SI, 88-bet) MUSHUK -Mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchi (O‘TIL, III, 311) Eshik it yeridur, gar olsun bo‘ri, Mushukka maqom o‘ldi uyning to‘ri. (SI, 174-bet) GAVAZN –[f.نزوگ -katta sigir] (O‘TIL, II, 198) GAVAZN/GOVVOS [ f.نزوگ ohu, shohdor kiyik; bug‘u] (O‘TIL, II, 198) GAVAZN [Tog‘ yovvoyi buqasi] GO‘RTAK f. کتروگ Chopqir yovvoyi eshak. Gavazn o‘lturub, chun surub g o‘rtak, Qilib may aro nayshakardin gazak. (SI, 288-bet) YUMRON-yumronqoziq Yer ostidagi inlarda yashab, ekinlarga zarar keltiruvchi, tiyinlar oilasiga mansuv kemiruvchi sutemizuvchi hayvon. (O‘TIL, VI, 275) SHERI JAYONYirtqich, g‘azabli sher(NTL,694) BABRI YABON-sahro yo‘lbarsi (NTL,78) Fusun birla yumronni sheri jayon, 105 Gavaznni salobatda babri yabon. (SI, 193-bet) QOPLON1. Mushuksimonlar oilasiga mansub, mo‘ynasi qalin sarg‘ish tusli, qora halqa dog‘lari (xollari) bor yirik sutemizuvchi yirtqich hayvon. (O‘TIL, IV, 213) “Ki bu nomvari komkori daler, Yurak ichra qoplon, shukuh ichra sher. (SI, 297-bet) G O‘R f. روگ - Yovvoyi eshak. Gavazn o‘lturub, chun surub g o‘r tak, Qilib may aro nayshakardin gazak. (SI, 288-bet) OT-1. Yakkatuyoqlilarga mansub o‘txo‘r, sutemizuvchi yirik ish-ulov hayvoni. GO‘RTAK . کتروگf . Chopqir yovvoyi eshak. GO‘RDAVودروگ f. Chopqir yovvoyi eshak. OHU [f. وهآ -jayron, g‘izol; yovvoyi echki] 1 Chiroyli qora ko‘zli kiyik. Ming ot-borcha ohutaku go‘rdav, Bori go‘ru ohudin eltib garav. (SI, 326-bet) QULONنلاوق Tojik tilida “go‘r” atalgan hayvon, yovvoyi eshak.(NTL, 745) QULONOtdan kichikroq, eshakdan kattaroq, otdan ko‘ra ko‘proq eshakka o‘xshab ketadigan yovvoyi hayvon (O‘TIL, IV, 269) Qulonu kiyik charmi-kisvatlari, Alarning eti birla-quvvatlari. (SI, 381-bet) TO‘NG‘UZ 1 Yovvoyi cho‘chqa , qobon; umuman, cho‘chqa (O‘TIL, V, 507) TO‘NG‘UZto‘ng‘iz, cho‘chqa (NTL, 269) Og‘izdin to‘ng‘uzdek chiqib ikki tish, Vale yerni qozmoq alar birla ish. (SI, 401-bet) KENGURU [ingl. Kangaroo<Avstraliya aborigenlari tilida “gapingizga tushunmadim” degan ibora] Avstraliya tarqalgan, sakrab yuradigan xaltali sutemizuvchi hayvon. Yana kunguru burj etib qa’lavor, Temurlar bila aylabon ustuvor. (SI, 409-bet) KISH / KESH شک– f. Terisi po‘stin, yoqa va telpakka ishlatiladigan qora tusli hayvon (qunduzning bir turi): Qizil tulku yoxud qaro kish kibi, Ki bo‘lg‘ay tuki qatlining mujibi. (SI, 89-bet) 2. Tuyoqli sut emizuvchi hayvon [Abdushukurov, 2020]: qo‘zi (174-bet), mol (342-bet), teva (404-bet), buroq (27-bet), ot (89-bet), samand (29-bet), markab (301bet) kabi. 106 MOL II [ لام -mol, chorva]1 Sutemizuvchilar oilasiga mansub asosiy guruh uy hayvonlari (qoramol, yilqi, qo‘y, echki, tuya va b.); chorva. Qazon osturub, qildi qo‘ylar qatil, Ki molin ziyofatqa qilg‘ay sabil. (SI, 342-bet) QO‘ZI [Qo‘yning yoshiga yetmagan to‘rt-besh oylik bolasi; umuman, qo‘yning bolasi]. Bo‘riga kishi tu’ma qilsa qo‘zi, O‘zig‘a balo hosil aylar o‘zi. (SI, 174-bet) 3. Tuyoqli yovvoyi hayvonlar nomi [Abdushukurov, 2020]: kiyik (346-bet), gavazn (193-bet), qulon (381-bet), xachir (327-bet), eshak (174-bet), pil (411-bet), ohu (326-bet), go‘r (326-bet, go‘rdav (326-bet), go‘rtak (288-bet) kabi. 4. Mayda shoxli hayvonlar nomi[Abdushukurov, 2020]: qo‘y (281-bet), o‘chku (29-bet), qo‘zi (174-bet) kabi. 5. Yirik shoxli hayvonlar nomi[Abdushukurov, 2020]: go‘sola (364-bet) kabi. GO‘SOLA/ GO‘SALA -shv.ayn.buzoq (O‘TIL, II, 277). Anga g‘amza bo‘lsa jahon sohiri, Manga bo‘ldi go‘sola yuz somiri. (SI, 364-bet) 6. Кемирувчи сут эмизувчи ҳайвонлар номи[Abdushukurov, 2020]: sichqon (89-bet), yumron (193-bet) kabi. SICHQON1 Yer yuzida keng tarqalgan, xavfli kasalliklar tarqatadigan kichik kemiruvchi sutemizuvchi hayvon (O‘TIL, IV, 682) YUMRON ayn. Yumronqoziq. YUMRONQOZIQYer ostidagi inlarda yashab, ekinlarga zarar keltiruvchi, tiyinlar oilasiga mansub kemiruvchi sutemizuvchi hayvon (O‘TIL, VI, 275. Fusun birla yumronni sheri jayon, Gavaznni salobatda babri yabon. (SI, 193-bet) 7. Qo‘lqanotli sut emizuvchi hayvonlar[Abdushukurov, 2020]: shabpar (26bet) kabi. 8. Dengizda yashovchi sut emizuvchi hayvonlar nomi[Abdushukurov, 2020]: kish (89-bet) kabi. TIMSOH [a. حاسمت timsoh] Issiq mamlakatlardagi suv havzalarida yashaydigan, terisi qalqonsimon qattiq va qalin, tanasi kaltakesakka o‘xshash sudraluvchi yirik suv hayvoni. Kema ilmida barcha mallohdek, Tengiz g‘avsi fannida timsohdek. (SI, 442-bet) 9. Приматлар (маймунлар) [Abdushukurov, 2020]: bijin (88-bet) kabi. نيجب -Maymun: Bijin topsa yer, to ichig‘a sig‘ar, Ne qolsa ovurtig‘a borin yig‘ar. 107 (SI, 88-bet) Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, zoonimlarni mavzuviy guruhlarga ajratib tadqiq etish, ularda yuz bergan semantik-funksional hodisasini ochishda eng qulay usul ekanligini bir bor isbotladi. Zoologik terminlar ham tilning boshqa qatlamlari kabi xalqning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy-ma’naviy taraqqiyoti bilan bog‘liq holda rivojlangan, o‘zgargan va boyigan. SHARTLI QISQARTMALAR 1. АNATIL - Aлишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Т. I-IV. - Тошкент, 1983-1985. 2. NAL – Навоий асарлари луғати. Порсо Шамсиев таҳрири остида. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1973. –782 б. 3. SI – “Садди Искандарий”. Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик. 11-жилд. – Тошкент: Фан, 1993. 4. O‘TIL - O‘zbek tilining izohli lug‘ati. T.1-VI.-Toshkent, 2023. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Abdurahmonov G‘. O‘zbek xalqi va tilining shakllanishi haqida. -Т., 1999. 2. Abdurahmonov G‘. Shukurov Sh. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. - Toshkent: Fan, 1973. 3. Abdushukurov B. XI-XIV asrlarga oid yozma manbalar tili. –T., 2020. 4. Bafoyev B. Navoiy asarlari leksikasi. –T.: Fan, 1983. 5. Дадабоев Х.А. Обшество – политическая и социльноэкономическая терминология в тюркоязычных писменных памятниках ХI-ХIV вв.- Ташкент: Ёзувчи, 1991. 6. Дадабаев Х., Насыров И., Хусанов Н. Проблемы лексики староузбекского языка. –Ташкент: Фан, 1990. 7. Zoxidov T.Z. Zoologiya ensiklopediyasi. Baliqlar va tuban xordalilar. –T.: fan, 1979.