scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

LINGVISTIK-KONTSEPTUAL TAHLILDA "YOSHLAR" TUSHUNCHASI: O'ZBEK VA ISPANIYA MADANIYATLARINING QIYOSIY TADQIQOTI

Achilova Zulxumor Pulatovna, Mariya Pilar Garsiya

Abstract

LINGVISTIK-KONTSEPTUAL TAHLILDA "YOSHLAR" TUSHUNCHASI: O'ZBEK VA ISPANIYA MADANIYATLARINING QIYOSIY TADQIQOTI

Full text

234 EL CONCEPTO DE “JUVENTUD” EN EL ANÁLISIS LINGÜÍSTICOCONCEPTUAL: ESTUDIO COMPARATIVO DE LAS CULTURAS UZBEKA Y ESPAÑOLA THE CONCEPT OF “YOUTH” IN LINGUISTIC-CONCEPTUAL ANALYSIS: A COMPARATIVE STUDY OF UZBEK AND SPANISH CULTURES Achilova Zulxumor Pulatovna O‘zbekiston davlat jahon tilllari universiteti Tarjimonlik fakulteti ispan tili katta o‘qituvchisi Mariya Pilar Garsiya O‘zbekiston davlat jahon tilllari universiteti Roman german filologiyasi professor o’qituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek va ispan madaniyatida “yosh” konseptining lisoniy talqini lingvokulturologik va aksiolingvistik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda har ikki xalqning milliy dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi va madaniy an'analarida “yosh” tushunchasining qanday ifodalanishi, uning tildagi semantik tarkibi hamda kontseptual xususiyatlari ochib beriladi. Maqolada “Yosh” konseptining paremiologik birliklar, frazeologizmlar va metaforalar orqali ifodalanishi tahlil qilinib, uning til va madaniyat birligidagi o‘rni belgilab beriladi. Shu bilan birga, o‘zbek va ispan tillaridagi “Yosh” tushunchasiga oid leksik birliklar orqali xalq ongida shakllangan mental-simvolik ma'nolar qiyosiy ravishda yoritiladi. Kalit so‘zlar: yosh konsepti, lingvokontseptologiya, lisoniy-madaniy manzara, lingvokulturologiya, aksiolingvistika, qiyosiy tahlil, milliy qadriyatlar. Аннотация. В данной статье анализируется лингвистическая интерпретация концепта «Возраст» в узбекской и испанской культурах на основе лингвокультурологического и аксиолингвистического подходов. В исследовании раскрывается, как концепт «молодёжь» выражен в национальном мировоззрении, системе ценностей и культурных традициях обоих народов, его семантическая структура в языке и концептуальные особенности. В статье анализируется выражение концепта «молодёжь» посредством паремиологических единиц, фразеологических единиц и метафор, определяется его место в единстве языка и культуры. Одновременно с этим в сравнительном анализе освещаются ментально-символические значения, формируемые в сознании народа посредством лексических единиц, связанных с концептом «молодёжь» в узбекском и испанском языках. Ключевые слова: концепт возраста, лингвоконцептология, лингвокультурный ландшафт, лингвокультурология, аксиолингвистика, сопоставительный анализ, национальные ценности. Abstract. This article analyzes the linguistic interpretation of the concept of "youth" in Uzbek and Spanish cultures using linguacultural and axiolinguistic approaches. The study explores how the concept of "youth" is expressed in the national 235 worldviews, value systems, and cultural traditions of both peoples, as well as its semantic structure in language and conceptual features. The article analyzes the expression of the concept of "youth" through paremiological units, phraseological units, and metaphors, and determines its place in the unity of language and culture. A comparative analysis also highlights the mental and symbolic meanings formed in the consciousness of people through lexical units associated with the concept of "youth" in the Uzbek and Spanish languages. Keywords: age concept, linguaconceptology, linguacultural landscape, linguacultural studies, axiolinguistics, comparative analysis, national values. Kirish. Hozirgi globallashuv sharoitida til va madaniyat munosabatlarini o‘rganish, millat ongida shakllangan asosiy konseptlarni tahlil etish lingvokulturologiyaning dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki til faqatgina muloqot vositasi emas, balki xalqning madaniy merosi, qadriyatlar tizimi va dunyoqarashini ifoda etuvchi muhim omildir. Shu nuqtai nazardan, har bir millat madaniyatida muhim o‘rin egallaydigan konseptlardan biri — “yosh” tushunchasidir. “Yosh” konsepti nafaqat biologik yoshni, balki insonning jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy rivojlanish bosqichlarini ham qamrab oladi. U xalqning mentaliteti, an'anaviy qadriyatlari va hayot falsafasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, har bir madaniyatda o‘ziga xos ma'no va ramziy mazmunga ega. O‘zbek va ispan xalqlari madaniyatida “yosh” tushunchasi turli lisoniy vositalar orqali namoyon bo‘ladi: maqol va matallarda, frazeologik birliklarda, badiiy asarlar va xalq og‘zaki ijodi namunasida inson yoshiga oid ko‘plab tasavvurlar, qiyoslar va munosabatlar ifodalangan. Bu birliklar xalq ongidagi qadriyatlar tizimini, jamiyatda yoshlikka bo‘lgan munosabatni va milliy dunyoqarashni namoyon etadi. Ushbu maqolada “yosh” konseptining o‘zbek va ispan tillaridagi lisoniy ifodalanish xususiyatlari lingvokulturologik hamda aksiolingvistik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Shu orqali har ikki madaniyatda “yosh” tushunchasiga beriladigan ma'no va qadriyatlar tizimidagi umumiy va farqli jihatlar aniqlanadi. Asosiy qism. Kognitiv tilshunoslikda muhim hisoblangan kontseptosfera termini bu – milliy kontseptlarning jamlanmasi ma'nosini anglatadi. U til sohibiga oid kontseptlarning barcha imkoniyatlari bilan vujudga keladi. Xalq kontseptosferasi tilda anglashilgan semantik sferaga nisbatan keng hisoblanadi. Milliy madaniyat, xalq og‘zaki ijodi, fan va badiiy adabiyot qay darajada boy bo‘lsa, xalq kontseptosferasi ham shunga mos holda keng hisoblanadi. Kontsept tushunchasi (lotincha conceptus – “tushuncha”) – predmet yoki hodisaning muhim belgilarini, yoki hodisa bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalarni o‘z ichiga olgan psixik shakllanish maьnosini anglatadi. Filologiyada kontsept tushunchasi belgining og‘zaki mazmun moxiyatini bildirib keladi. ✓ Lingvokontseptologiyada kontseptsiya lingvistik shaklda qayd etilgan semantik bo‘linishga ega bo‘lgan aqliy shakllanishdir. ✓ Lingvokulturologiyada kontseptsiya - bu semantik bo‘linish, milliymadaniy belgiga ega bo‘lgan va lingvistik shaklda qayd etilgan psixik shakllanishdir. Lingvomadaniy tushuncha bilan bir xil. 236 Falsafada tushuncha tushunchaning mazmuni, ismning (belgining) semantik ma'nosidir. Mantiqiy faoliyat hosilasi bo‘lgan «tushuncha» va kognitiv tilshunoslikda keng miqyosda qo‘llanilayotgan «kontsept» atamalarini bir xil mazmunda qo‘llash mumkinmi? So‘zsiz, bu ikkala hodisa ham tafakkur birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Bularning ikkalasining ham boshlang‘ich nuqtasi voqelikdagi predmet – hodisaning his qilinishi va obrazli tasavvur qilinishi bilan bog‘liq. Paydo bo‘lgan hissiy obraz dastlab har bir shaxsda alohida, individual ko‘rinishda bo‘ladi. Masalan, «daraxt» bir kishi uchun «terak» bo‘lsa, boshqasi uchun «archa», yana biri uchun mevali daraxtlar. Hissiyot va tafakkur faoliyatining yuqori bosqichlarida individual obraz aniq predmetdan uzoqlashib boradi va asl mantiqiy (aqliy) hodisaga aylanadi. Voqelikning bir xilda bunday his va tafakkur etilishi, umumlashgan hamda qisman mavhumlashgan obrazning yuzaga kelishi barcha uchun bir xil kod – ramziy belgi hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu xilda paydo bo‘ladigan mantiqiy tuzilmani psixolog N.I.Jinkin «universal predmet kodi - UPK» deb atashni taklif qiladi. Olim bu hodisaning yuzaga kelishini inson miyasining irsiy va nasliy xususiyatlari qatoriga kiritadi. Uning fikricha, aqliy qobiliyat «tushuncha, hukmni yaratadi. Voqelikni tasvirlash va inson faoliyati sababini ko‘rsatish uchun turli xulosa va mulohazalarga keladi. Bu mantiqiy harakatlarningbajarilishi shaxsning qaysi til sohibi ekanligiga bog‘liq emas. Xuddi shuning uchun ham intellekt (aql) umumiy boshqaruv funktsiyasini ijro etadi, bu universal predmet kodi ko‘rinishidagi kodlashtirishdir» (Jinkin 1982: 88). Natijalar va muxokamalar. “Kontsept” tushunchasiga so‘z munosabati sifatida qarash mumkin bo‘lgan shu bilan bir qatorda, mavhum hodisa bo‘lganligi sababli uni aynan bir birlikning mavjud bo‘lmagan, moddiy ko‘rinish aks etmagan, balki ongimiz, tafakkurimiz orqali hosil qiladigan ma'nolar jamlanmasi sifatida baholaymiz. Bu borada M.Raxmatova: “Inson faoliyati davomida to‘plangan bilim uning ongida aks etar ekan, bunday mental reprezentatsiya milliy madaniy faoliyatning aks etishidir”,- degan fikrni bayon etadi.[7, 13.] Biroq “kontsept” atamasini “ma'no”, “tushuncha” kabi hodisalar bilan bir qatorga qo‘yish mumkinligi, shu bilan birgalikda ular aynan bir xil emasligi, o‘zaro umumiy va farqli tomonlarini ajratib olish kerakligini unutmasligimiz kerak. Bu haqda tilshunos olim Sh.Safarov bu haqda shunday fikrlarni bildiradi: «Ushbu savollarga hozircha to‘liq javob topilganicha yo‘q va uning topilishi ham gumonli. Gumon tug‘ilishining, albatta, sabablari bor. O‘zbek tilshunosligida T.Mardiyev o‘zining o‘ttizga yaqin mualliflik ishlarida aynan kontsept tushunchasiga berilgan ta'riflar, xulosalar, nazariyalar haqida ham to‘xtalib o‘tadi. Olimning fikricha: “Kontseptlar, odatda, inson turmush tarzi bilan bog‘liq ma'lum tushunchalarni maxsus qoliplarga solish, lisoniy va madaniy mavjudligini belgilashga qaratiladi. Ma'lum bir kontsept har bir lingvomadaniyatda o‘ziga xos shakllanishga ega sanaladi. Kontseptlar, o‘z navbatida, so‘z ma'nolariga nisbatan keng talqin etiladigan, murakkab tipologik qurilmaga ega.” [6, 36-44] Kontsept va bu bo‘yicha olib borilgan ishlar xam talaygina lekin aytib o‘tish lozim ki o‘zbek tilshunosligida bu soxaga oid olib borilgan ishlar maqtanarli darajada emas. Internet sahifalari orqali kuzatishlarimiz natijasida rus tilshunosligida olib borilgan tadqiqotlar nihoyatda ko‘pchilikni tashkil etishining guvohi ham bo‘ldik. Rus 237 olimlari tomonidan berilgan ta'riflar, nazariyalar, tasniflar kontseptologiya bo‘yicha bajarilajak ishlar uchun nazariy asos bo‘lsa ajab emas. O‘zbek tilshunosligida tahlil va talqin vositasi hamda termin sifatida “kontsept” atamasi 1990yillardan boshlab qo‘llanila boshlagan. Bugungi kunga qadar ko‘plab olimlar bu borada o‘z tadqiqotlarini olib borgan bo‘lsa-da, yakdil bir qaror sifatida uning aniq ta'rifini berishgan emas. Kontsept zamonaviy tilshunoslikning yadrosi sifatida takomillashib borayotgan tadqiqot sohasidir. U bevosita inson ongi, idroki bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon bo‘lib, oliy tafakkur mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Bu tushunchaga juda ko‘plab olimlar o‘zlarining ta'riflarini berishgan. Birmuncha yangi hisoblangan bu yo‘nalish bo‘yicha o‘zbek tilshunosligida ham tadqiqot ishlari ko‘lami ortmoqda. Shu o‘rinda Sh. Safarov, N.Mahmudov, T. Mardiyev, E.Mamatov, M. Rahmatova, O‘.Yusupov, G. Hoshimov kabi olimlarning tadqiqotlarini alohida ta'kidlash joiz. Bundan tashqari T.Mardiyev “Do‘st/friend”, “baxtsizlik”, “mehr-muhabbat”, “yurak” kontseptlari bo‘yicha ham ilmiy izlanishlar olib borib, tadqiqotlari jarayonida o‘zbek va ingliz tili materiallarini o‘zaro solishtirgan holatda lingvomadaniy ko‘rinishda leksik-semantik, etnik jihatdan tahlil qilib bergan. Xuddi shu yo‘nalishda M.M.Rahmatovaning ham filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya mavzusi “Ingliz, o‘zbek va tojik milliy madaniyatida “Go‘zallik” kontseptining lisoniy xususiyatlari” deb nomlanib, olima bu tadqiqot ishida ingliz, o‘zbek va tojik tillari maqollarida aks etgan “go‘zallik kontsepti doirasida go‘zallik prototip ma'nolarining botiniy go‘zallik, zohiriy go‘zallik, muhit, hodisa, predmet go‘zalliklari kabi aksiologik xususiyatlari asoslab berilgan. Tilshunos olim O‘.Q. Yusupov kontsept haqida fikr yuritar ekan, uni shunday ta'riflaydi: kontseptni “tashqi yoki ichki dunyodagi biror bir narsa yoki hodisa haqidagi ongimizdagi bilimlar majmuasi, u haqidagi obrazlar va unga bo‘lgan ijobiy, salbiy, neytral munosabatlar, ya'ni baholashlardir. Kontsept bilan tushunchani aysbergga o‘xshatish mumkin. Agar kontsept aysberg bo‘lsa, uning suvdan chiqib turgan qismi tushunchadir”[13, 49]. Bu fikrga ham qo‘shilish mumkin, chunki aysbergning suvdan chiqib turgan qismi uning suvostidagi qismiga nisbatan anchayin kichik. Demak, biror so‘zni kontseptual tahlilga tortishda, dastlab, uning lisonda paydo bo‘lgan voqelanishi tushuncha deb qaraladigan bo‘lsa, chuqurroq kognitiv talqin qilinganda uning yanda ko‘proq mazmuni namoyon bo‘laveradi. Kontsept so‘zni shunchaki anglatgan ma'nosiga qarab emas, uning borliqda ifodalanadigan barcha tushunchalarini, inson idroki bilan bg‘liq jihatlarini, lingvmadaniy ko‘rinishlarini kognitiv talqinda tahlil etadi. Xulosa qilib aytganda xar qanday holda ham egallangan bilimning shakllanishi va tizimlashtirilishning asosiy vositasi til tizimidir.Tafakkur birligi va mental hodisa sifatida yuzaga keladigan kontseptning lisoniy voqelanishi ham nutqiy tafakkur faoliyati natijasidir keyingi yillarda tilshunoslik sohasida paydo bo‘layotgan va shakllnayotgan yangi yo‘nalishlarning mavjudligi bu sohadagi modernizatsiyalanishning keskin sur'atlarda ekanligidan dalolat beradi. Jahon tilshunosligiga nazar tashlasak, tilning kontseptual tabiatiga bo‘lgan talab va bu ko‘lamda qilingan ishlar, nazariyalar 80-yillarga kelib birmuncha tanqidlarga uchraydi. 238 Yillar o‘tishi bilan esa tadqiqot maydoni kengayib kontsept va kontseptual sohaga talab va qiziqish ortib bormoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Abdullaeva F. S. Lingvokulturologik tadqiqotlar asoslari. – Toshkent: O‘zDJTU nashriyoti, 2020. 2. ACHILOVA Zulxumor. "Ispan tili siyosiy nutkini o ‘zbek tiliga tarjima kilishda leksik, stilistik qiyinchiliklari va uni yengib o ‘tish imkoniyatlari." News of the NUUz 1.1.5. 2 (2024): 254-256. 3. Achilova Z.P. Cognitive characteristics of expressions expressing the concept of "Edad" in spanish – “PEDAGOGS” international research journal Т. 6. – №. 64. – С. 87-94. 4. Achilova Z.P. “Ispan va o‘zbek tilida edad leksemasi ishtirok etgan barqaror iboralar tahlilidagi umumiy va farqli stilistik xususiyatlar”. “Global Scientific Review” International Journal. Volume №38 April 2025. С.115-122. 5. Achilova, Z. P. "Ispan va o ‘zbek tillarida “EDAD” tushunchasi bilan bog ‘liq bo ‘lgan ko ‘chma ma’nolarni idrok etishning milliy o ‘ziga xos xususiyatlari." Экономика и социум 5-1 (120) (2024): 71-77. 6. Ачилова, З. П. "Ўзбек таржимачилик мактабининг оғзаки ва ёзма таржима назариясига бағишланган лингвистик тадқиқотлари." (2023): 225-229.