scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARAB TILIDA INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA YOZUV MALAKASINI SHAKLLANTIRISH ALGORITMI

Radjabova Muxtasar Davranbekovna

Abstract

ARAB TILIDA INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA YOZUV MALAKASINI SHAKLLANTIRISH ALGORITMI

Full text

262 ARAB TILIDA INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA YOZUV MALAKASINI SHAKLLANTIRISH ALGORITMI ALGORITHM FOR FORMING WRITING SKILLS IN ARABIC BASED ON AN INTEGRATIVE APPROACH Radjabova Muxtasar Davranbekovna O‘zDJTU 3bosqich tayanch doktoranti [email protected] Annotatsiya. Mazkur maqolada arab tilida yozuv malakasini shakllantirishda integrativ yondashuvning amaliy mohiyati yoritiladi. Shuningdek, unda ushbu yondashuv asosida taklif qilinayotgan yetti bosqichli algoritmning diddaktik imkoniyatlari keltirilgan. Arab tilida yozuv malakasini boshqa nutq faoliyati turlari bilan bevosita bog‘liq holda o‘rgatishga qaratilgan mazkur algoritm ta’lim jarayonini tizimli tashkil etishga, o‘quvchining yozma nutqini bosqichma-bosqich va maqsadli shakllantirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlari: yozuv, yozma nutq, algoritm, integrativ yondashuv, integratsiya. Аннотация. В данной статье раскрывается практическая сущность интегративного подхода в формировании навыков письма на арабском языке. Кроме того, в ней приводятся дидактические возможности предлагаемого семиступенчатого алгоритма, основанного на данном подходе. Этот алгоритм, направленный на обучение письму на арабском языке в тесной связи с другими видами речевой деятельности, способствует системной организации учебного процесса и поэтапному, целенаправленному формированию письменной речи учащегося. Ключевые слова: письмо, письменная речь, алгоритм, интегративный подход, интеграция. Abstract. This article highlights the practical essence of the integrative approach in developing writing skills in the Arabic language. It also presents the didactic possibilities of the seven-stage algorithm proposed on the basis of this approach. The algorithm, aimed at teaching Arabic writing in direct connection with other types of speech activity, helps to organize the learning process systematically and to develop the learner’s written speech gradually and purposefully. Key words: writing, written speech, algorithm, integrative approach, integration. Davlatimizning Sharq mamlakatlari bilan ijtimoiy, siyosiy, madaniy va iqtisodiy sohalardagi hamkorlik aloqalari tobora kengayib, mustahkamlanib borayotgan bir sharoitda, xorijiy tillarni, jumladan arab tilini mukammal biladigan salohiyatli filologlar, tarjimashunoslar hamda sinxron tarjimonlarni tayyorlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shu jihatdan arab tilida yozuv malakasining shakllanishi talabaning lingvistik kompetensiyasida alohida ahamiyat kasb etadi. Yozuv — bu tilni egallashning asosiy ko‘nikmalaridan biri bo‘lib, talabaning mustaqil fikrini yozma 263 shaklda ravon, izchil va mantiqan asoslangan holda ifodalash qobiliyatini talab qiladi. Ammo ushbu jarayonni faqat imlo me’yorlari yoki grammatik qoidalarni yodlash bilan cheklash samarali natija bermaydi. Chunki yozma nutq murakkab kognitiv faoliyat bo‘lib, unda mazmunni shakllantirish, fikrni tartibga solish, reja tuzish, matnni qayta ishlash, tahlil qilish va uni mantiqiy jihatdan takomillashtirish kabi bir qator intellektual amallar uzviy ravishda namoyon bo‘ladi. Shu bois arab tilida yozuv malakasini shakllantirishga integrativ yondashuvni qo‘llash, ya’ni yozishni boshqa nutq faoliyati turlari bilan uyg‘un holda rivojlantirish, talabaning til kompetensiyasini har tomonlama mustahkamlashga xizmat qiladi. [3;274] Dunyoda tillarni o‘qitishda turlicha yondashuvlar qo’llanib kelingan va ular doimiy ravishda takomillashtirib borilgan. Ana shu yondashuvlardan biri bo‘lgan integrativ yondashuv bugungi kunda ta’lim jarayonining markaziy qismiga aylanib bormoqda. Integrativ yondashuvning asosiy tushunchasi integratsiya bo‘lib, bu atama aniq va gumanitar fanlarning turli sohalarida bir qancha ma’nolarni anglatadi. M.Gulyamova o ‘z tadqiqotida integratsiya tushunchasini ilk bor XVIII asrda ingliz olimi G.Spenser izohlab, unga ayrim bo‘laklar hamda elementlarni o‘zaro birikuvi, yaxlitligi sifatida ta’rif berganini keltirib o‘tadi.[2;16] Ta’limda so‘nggi yillarda integratsiya so‘zi bilan integrativ yondashuv birikmasi ham faol qo‘llanilmoqda. Chet tilini o‘qitishga integrativ yondashuv nutq faoliyatining barcha turlarini teng rivojlantirish orqali talabalarga real hayotdagi kommunikativ vaziyatlarda ham malakalarni shakllantirish imkonini beradi. Integrativ yondashuvning asosiy g‘oyasi — yozish jarayonini izolyatsiyada emas, balki jonli nutq va matn bilan bog‘liq holda o‘rgatishdir. Talaba yozishdan oldin eshitadi, o‘qiydi, gapiradi, ya’ni mazmunni ongida shakllantiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, til ko‘nikmalari bir-birini faollashtiradi: o‘qish — leksik bazani, tinglash — eshitilgan nutqni avtomatlashtirishni, gapirish — mazmunni shakllantirishni, yozish esa — mantiqan tartibli fikrni rasmiylashtirishni ta’minlaydi.[5;54] Shu bois yozuv malakasini shakllantirishga qaratilgan yetti bosqichli algoritm aynan mana shu o‘zaro bog‘liq nutq faoliyatlarini bir tizimda uyg‘unlashtirib, talabaning yozuv malakasini bosqichma-bosqich, mazmuniy hamda nutqiy tayyorgarlik asosida shakllantirishga xizmat qiladi. Quyida arab tilida yozuv faoliyatini rivojlantirish jarayoni yetti izchil bosqich asosida yoritiladi: 1-bosqich (Yozish oldi – عامتسلاا - ةثداحملا). Bu bosqichda talaba mavzu bo‘yicha tinglab yoki suhbat orqali muloqotga kirishadi. Maqsad — mavzuning mazmuniy maydonini shakllantirish, asosiy tushunchalarni ongda faollashtirish. 2-bosqich (Tadqiqot olib borish – ةءارقلا - ةباتكلا).Talaba mavzu bo‘yicha matnlar, maqolalar, misollar o‘qiydi, lug‘at tuzadi, asosiy g‘oyalarni ajratadi. Natijada g‘oya va dalillar bazasi shakllanadi. 3-bosqich (Qoralama tayyorlash – ةباتكلا). Bu bosqichda reja asosida dastlabki matn yoziladi. Grammatik to‘g‘rilikdan ko‘ra mazmun izchilligiga urg‘u beriladi. Natijada matnning birlamchi variantiga ega bo‘linadi. 4-bosqich (Tengdosh tekshiruvi – ةءارقلا, ةثداحملا - ةباتكلا). Talabalar bir-birining matnini o‘qiydi, baholaydi, fikr bildiradi. Suhbat va muhokama tashkil etiladi. Matn sifati ijtimoiy baholash orqali yaxshilanadi. 264 5-bosqich (Tahrirlash – ةباتكلا). Talaba o‘qituvchi yoki tengdosh mulohazalari asosida matnini qayta tuzatadi: grammatik, stilistik, mazmuniy yaxlitlash amalga oshiriladi. Yozma matn yakuniy til me’yorlariga yaqinlashadi. 6-bosqich (Taqdim qilish – ةثداحملا). Talaba matn mazmunini og‘zaki bayon etadi, savollarga javob beradi. Natijada yozuv mazmuni jonli nutq bilan mustahkamlanadi. 7-bosqich (Mulohaza yuritish – ةباتكلا). Talaba o‘z yozuv jarayonini baholaydi: nimalar muvaffaqiyatli bo‘ldi, nimani qayta o‘rganish kerak. Talabada o‘zini-o‘zi nazorat qilish, metakognitiv fikrlash shakllanadi. Mazkur yetti bosqichli algoritm nafaqat yozuv malakasini rivojlantirish, balki talabaning umumiy til kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qiladi. Yondashuvning afzalligi shundaki, har bir bosqich o‘zidan avvalgi bosqich bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, nutq faoliyatlarining tabiiy ketma-ketligini aks ettiradi. Talaba tilni alohida ko‘nikmalar majmuasi sifatida emas, balki yaxlit kommunikativ jarayon sifatida o‘zlashtira boshlaydi. Integratsiya jarayonida eshitish, o‘qish, gapirish va yozish o‘zaro bir-birini to‘ldiradi, mustahkamlaydi va faol bilimga aylantiradi. Integrativ yondashuv samaradorligi, avvalo, yozuvni izchil va tizimli algoritm orqali o‘rgatishda namoyon bo‘ladi. Yozuv jarayoni murakkab kognitiv faoliyat bo‘lib, bosqichma-bosqich tashkil etilgandagina samarali bo‘ladi .[4;22] Shu sababli ishlab chiqilgan yetti bosqichli algoritm nutq faoliyatlarining tabiiy ketma-ketligini hisobga oladi va har bir bosqich keyingisi uchun zamin yaratadi.[1;12] Xulosa qilib aytganda, integrativ yondashuv asosida ishlab chiqilgan mazkur yetti bosqichli algoritm yozuv jarayonini izolyatsiyada emas, balki jonli nutq, o‘qish va tinglash bilan bog‘liq holda o‘rgatishga xizmat qiladi. Bu algoritm orqali talaba tilni nazariy emas, balki amalda qo‘llab o‘zlashtiradi hamda matn bilan ishlash madaniyati, tanqidiy fikrlash va ijodiy yondashuv shakllanadi. Natijada talaba mustaqil fikrlovchi, til me’yorlarini ongli qo‘llay oladigan va kommunikativ jihatdan faol shaxsga aylanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Brown, H. D. (2014). Principles of Language Learning and Teaching. Pearson. 2. Гулямова М.Х. Инглиз тилини ўқитишда талабалар коммуникатив компетенциясини ривожлантиришга интегратив ёндашув: Пед. фан. фалс. док. … дисc. автореф. – Tошкент, 2019. – 35 б. 3. Nunan, D. Second Language Teaching and Learning. Heinle & Heinle, 1999. 4. Flower, L., & Hayes, J. (1981). A Cognitive Process Theory of Writing. 5. Hyland, K. Teaching and Researching Writing. Routledge, 2016.