ARAB TILIDA ANIQLASHTIRUVCHI CHEKLOV VA UNING SINTAKTIK HAMDA SEMANTIK TAHLILI
Abstract
ARAB TILIDA ANIQLASHTIRUVCHI CHEKLOV VA UNING SINTAKTIK HAMDA SEMANTIK TAHLILI
Full text
269 ARAB TILIDA ANIQLASHTIRUVCHI CHEKLOV VA UNING SINTAKTIK HAMDA SEMANTIK TAHLILI SPECIFYING RESTRICTION IN THE ARABIC LANGUAGE AND ITS SYNTACTIC AND SEMANTIC ANALYSIS Jumaniyazov Mansur Davletbayev Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoranti Annotatsiya. Ushbu maqolada arab tilidagi aniqlashtiruvchi cheklovning sintaktik va semantik xususiyatlari tahlil qilinib, arab tilshunos olimlarining bu masala borasidagi ilmiy qarashlari yoritiladi. Shuningdek, mavzuga oid bir qator klassik grammatik manbalardan misollar keltirilib, aniqlashtiruvchi cheklovning til tizimidagi oʻrni va ahamiyati izohlanadi. Kalit so‘zlar: Tamiyz; cheklov; aniqlashtiruvchi; she’riy bayt, tushirib qoldirish, Izofa; ismi tafzil Abstract. This article analyzes the syntactic and semantic features of specifying restriction in the Arabic language and presents the scholarly views of Arab linguists on this issue. In addition, examples from a number of classical grammatical sources are provided, and the role and significance of specifying restriction within the linguistic system are explained. Keywords: tamyīz; restriction; specification; poetic verse; ellipsis; iḍāfa; ism altafḍīl. Аннотация. В данной статье анализируются синтаксические и семантические особенности уточняющего ограничения в арабском языке, а также освещаются научные взгляды арабских лингвистов по данному вопросу. Кроме того, приводятся примеры из ряда классических грамматических источников и разъясняется место и значение уточняющего ограничения в языковой системе. Ключевые слова: тамйиз; ограничение; уточнение; поэтический бейт; опущение; изафет; исм ат-тафдиль. Ma'lumki, arab tilda gapning “ikkinchi darajali boʻlaklari”, degan tushuncha yoʻq. Gapning ikkinchi darajali boʻlaklari jumladagi “qoʻshilmalar” hisoblanib, ular gapni faqat kengaytirishga xizmat qiladi. Oʻzbek tilida ikkkinchi darajali boʻlaklar “gap boʻlaklari” mavzusida oʻrganilsa, arab tilida turli grammatik mavzular ichida yoritilgan. Masalan, aniqlovchi, “soʻz birikmasi sintaksisi” mavzusida “almurakkabat-murakkab birikmalar” nomi bilan ataluvchi boʻlimining ichida oʻrganilsa, toʻldiruvchi va hol arab grammatikasiga oid asl manbalarda “al-mansubat, ya'ni tushum kelishigida turuvchi ismlar” mavzusida yoritiladi. Bundan koʻrinib turibdiki, arab tilida toʻldiruvchi va hol kelishiklar mavzusida bayon qilinayapti. Shuningdek, bu tilda aniqlovchi, toʻldiruvchi va holdan tashqari yana ba'zi ikkinchi darajali boʻlaklar, ya'ni qoʻshilmalar borki, ular boshqa tillarda uchramaydi. Ana shunday boʻlaklardan biri, bu biz quyida ilmiy tadqiq qiladigan “tamyiz-cheklov”dir.
270 Gap boʻlaklaridan boʻlgan tamyiz arab tiligagina xos boʻlib, boshqa tillarda uchramaydi. Oʻzbek tilidagi ba'zi manbalarda bu termin “cheklov” ba'zilarida esa “cheklash” deb beriladi. Cheklash bu arab tilidagi kesimning xarakterini izohlashda aniqlik kiritish yoki aniq (konkret)lashtirish niyati bilan qoʻllaniladi. Cheklash vazifasini ot bajaradi. U kesimdan soʻng qoʻyiladi. Cheklash vazifasini bajarayotgan soʻz gapda noaniq holatda, tushum kelishigida boʻladi. Masalan: Yigitcha aqli bilan ajralib turardi – لاقع باشلا زاتمإ Misoldan ham koʻrinib turibdiki, cheklash vazifasini bajarayotgan ot, kesim mazmuniga aniqlik kiritgan. Oʻzbek arabshunoslari N. Ibrohimov va M. Yusupovlarning “Arab tili grammatikasi” nomli darsliklarida bu mavzu cheklov, deb nomlanib, u shunday bayon qilinadi: Cheklov boʻlib kelgan soʻz odatda gapning egasi va kesimidan keyin yoki gapning soʻngida noaniq holatda nasb holatida keladi. Bunda gapning kesimi ot kesim yoki fe'l kesim boʻlib kelishi mumkin. Cheklov gapning ega, kesimi bilan jinsda va sonda moslashmaydi. Masalan: Mahmud goʻzal yuzlidir – ااهجو نسح دومحم (soʻzma-soʻz: Mahmud yuzi jihatdan yaxshidir). ااقلخ نسح دومحم - Mahmud yaxshi xulqlidir. (soʻzma-soʻz: Mahmud xulq jihatdan yaxshidir). Endi arab nahvchilari bu kategoriyaga qanday ta'rif berishganini bilish maqsadida asl arab manbalariga murojaat qilsak. “Al-unmuzaj fi n-nahv” asarida cheklash (cheklov) mavzusi shunday bayon qilingan: “Cheklash-butun bir gapdagi mavhumlikni yoʻqotadi (ya'ni, gapning ma'nosini konkretlashtirish, cheklash uchun xizmat qiladi) va tushum kelishigida boʻladi.” Cheklov quyidagi ma'nolarda ishlatiladi: 1. Cheklov gapdagi mavhumlikni yoʻqotadi, ya'ni gapning kesimi ishora qilgan ish-harakatni qaysi jihat yo nimga nisbat ekanligini aniqlashtiradi. Masalan: Idish suvga toʻldi – اءام ءاعنلإا لأتما (soʻzma-soʻz: Idish toʻla boʻldi suv bilan) . Bu fe'liy gap boʻlib, unda “toʻldi” fe'l-kesim, cheklov soʻzi yordamida idishni “suvga” (boshqa narsa bilan emas) toʻlganiga aniqlik kiritayapti. Cheklov gapning kesimi qiyosiy yoki orttirma darajadagi sifatdan iborat boʻlganida ham ishlatiladi. Masalan: U mendan yoshroq –ااّنس ىنم رغصأ وه (soʻzma-soʻz: U mendan yosh jihatdan kichikroqdir). U mendan pastroq – ةماق ىنم رغصأ وه (soʻzma-soʻz: U mendan boʻyi jihatdan kichikroqdir). Quyidagi misolga ham e'tibor beraylik. نونلا .د نأ رابتعاب كلذب اارارق ىفرخلا ردصاربكا وه دلابلا ىف نيدوجوملا باونلا انس ىف اوجرخي مل و ا .ةراجا “Al-Xurofiy doktor An-Nuunni mavjud oʻrinbosarlar ichida yoshi jihatidan eng kattasi ekanligini hamda hecham ta'tilga chiqmaganini e'tiborga olgan holda bu qarorni chiqardi”.
271 2. Oʻlchanayotgan narsani nima ekanligini koʻrsatishda ham hajm va miqyos oʻlchovlaridan keyin cheklov ishlatiladi. Arab tilshunoslari tamyiz-cheklovning ushbu ma'noda ishlatilishiga quyidagicha izoh beradilar. حاضي– تيرتشا :تلق اذا كنلا ةمهب م ظ افلا اهلك اهوحن و ةحاسملا و ددعلا و نزولا و ليكلا ءامسا وا ااركس ااراطنق تيرتشا له ملعي لا ثيحب راطنقلا نم دارملا نيع عماسلا مهفي لا تكسو ااراطنف ريغ وا اانوباص .اازييمت ىمسي ااركس ظفلف ااركس ااراطنق تي رتشا تلق اذاف .كلذ “Izoh: oʻlchov, kilogramm, ogʻirlik, son, masofa kabilarning barchasi noaniq soʻzlardir. Agar sen bir qantor sotib oldim, desang eshituvchi seni nimadan, ya'ni shakardanmi, sovundanmi nimadan bir qintor olganingni tushunmaydi. Agar sen ااركس ااراطنق تيرتشإ – shakardan bir qantor sotib oldim, desang ااركس - shakar soʻzi tamyiz boʻlib nasb holatida keladi” . 3. 11-99 gacha boʻlgan sanoq sonlaridan keyingi sanalmishni ifodalashda ham cheklovdan foydalaniladi va bu borada rus arabshunosi B.M. Grande shunday ma'lumotlarni beradi: “cheklov 11 dan 99 gacha boʻlgan sonlardan keyin kelayotgan sanalmish soʻzni ifodalashda ham ishlatiladi masalan: ةقان نوثلاث ، الاجر رشع دحا -11 ta kishi, 30 ta tuya”. 4. “Kam - مك” soʻroq olmoshidan keyin ham cheklov ishlatiladi, ya'ni undan keyin ism birlikda tushum kelishigida turadi. Agar gapda sanalmishning son-sanogʻi noaniq boʻlsa va u soʻroq gap boʻlsa مك olmoshi birlikda tushum kelishigida noaniq holatda turadi. Masalan: senda nechta kitob bor? –كدنع ابتك مك Arab boʻlimida nechta tolib bor?- ىبرعلا مسقلا ىف ابلاط مك Shuningdek “kam” soʻroq olmoshi predlog bilan ham keladi. Bu borada arabshunos olim E.Talabov shunday ma'lumotlarni keltirib oʻtadi: “Ushbu soʻroq soʻz koʻmakchi bilan kelsa, ot munosabat bildiruvchi har ikki kelishikning istalgan birida qoʻyilishi mumkin”. Unda predlog bilan kelgan olmoshdan keyin cheklov qaratqich kelishigida yoki tushum kelishigida ishlatiladi. Masalan: Bu kostyum necha dinor (turadi) ؟ - ةلدبلا هذه رانيد مكب وا ةلدبلا هذه ارانيد مكب Ziyoviddin Makkiy Xorazmiyning “Kifayatu-n-nahv fi ilmi-l-e’rāb” asarida ham bu mavzu chuqur o’rganilgan bo’lib unda quyidagi ma’lumotlar uchraydi. زييمتلا “cheklov”ga quyidagicha ta’rif beriladi. دوصقملا نايبل اهوجو لمتحي امع ماهبلإا عفر وه زييمتلا مسلاا مامت دعب و ملاكلا مامت دعب كلذ ءيجي و ،اهنم – “cheklov maqsadni bayon qilish uchun jumlada boshqa jihatlarning ehtimoli bor bo‘lgan narsadan noaniqlikni ketkazadi. U ismdan keyin jumlaning oxirida keladi”. Masalan; اسفن ديز باط - Zayd nafs jifatdan yaxshi. Alloma bu qoidani quyidagicha tushuntiradi. ديز باط jumlasida باط so‘zi ديز ga boglanishi boshqa jihatlar borligining ehtimolini keltirdi. Agar uning oxiriga اسفن so‘zini qo‘shsang uni bayon qilgan bo‘lasan. ءام ءانلإا لأتما - Idish suv jihatdan to‘ldi. Muallif “cheklov”ning turli xil shakllarda kelishiga ham misollar keltiradi. Agar cheklangan so‘z tanvinga tugagan bo‘lsa; اتيز لطر و لاخ دوقار ىدنع -Menda bir ko‘za sirka bor va menda bir ratl yog‘ bor”. Jumlada لاخ sirka اتيز so‘zlari “cheklov” bo‘lib ismdagi noaniqlikni ketkazayapti. Agar cheklangan so‘z ikkilikdagi ism bo‘lsa;انمس ناونم - Menda ikki man yog‘ bor, jumlada ناونم so‘zi ikkilikda kelib, انمس so‘zi “cheklov” bo‘lib, uni aniqlashtiryapti. Agar ism ko‘plikda bo‘lsa; امهرد نورشع - Menda yigirma dirham bor. Agar cheklangan so‘z muzof bo‘lsa; لاسع ءانلإا ؤلم - Menda idish to‘la asal bor.
272 زييمتلا cheklangan so‘zdan oldinga o‘tishi joiz bo‘lmaydi.Masalan: امهرد نورشع “dirham yigirma” deb, “cheklov” bo‘lgan امهرد so‘zini cheklangan so‘zdan oldinga chiqarish mumkin emas. Shu o‘rinda o‘tgan mavzularda takrorlanmagan, alloma buni o‘z asarida ko‘p qo‘llamagan bir uslubga duch kelinadi. Ya’ni “cheklov”ning boshqa to‘ldiruvchilar kabi egadan va fe’ldan oldin kela olmaslik masalasida olim o‘z qarashini emas Sibavayhning talqinini keltiradi. نعزيمملا بصتنا اذإ دقت زوجي لا و ىنعملا ىف لعاف زيمملا نلأ لعفلالعفلا ىلع لعافلا مي -“Agar cheklov fe’ldan cheklangan bo‘lsa, u foil ma’nosida bo‘ladi va foilning fe’ldan oldinga o‘tishi joiz bo‘lmaydi”. Lekin Mubarrad cheklov boshqa tushum kelishigidagi ismlarga qiyosan joiz, deb quyidagi tavil vaznidagi she’rni keltiradi. اهبيبح قارفلاب ىليل رجهتأ بيطت قارفلاب اسفن ناك ام و Laylo ajralish bilan o‘z sevgilisini tashlab ketadimi U firoqda nafs jihatidan yaxshi bo‘lolmagan holda. Yuqorida keltirib oʻtilgan ma'lumotlardan koʻrinib turibdiki “cheklov” arab tiliga xos boʻlgan grammatik kategoriya boʻlib, u gapning kesimini aniqlashtirish uchun, ogʻirlik, hajm, masofani ifodalovchi oʻlchov birliklaridan hamda sondan keyin ishlatilar ekan. Cheklov boʻlib kelgan soʻz odatda gapning egasi va kesimidan keyin yoki gapning soʻngida noaniq holatda nasb holatida keladi. Cheklov gapning ega, kesimi bilan jinsda va sonda moslashmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Ibrohimov N., Yusupov M. Arab tili grammatikasi. –Namangan: Ibrat, 2009. 2. Talabov E. Arab tili. –T.: Oʻzbekiston, 1992. 3. Qosimova S.S. Hamiduddin Daririyning “Muqaddima” asari: matn va tadqiq. – T.: ToshDShI, 2014. 4. Grande B.M. Kurs arabskoy grammatiki v sravnitel'no-istoricheskom osveshenii. – M.: “Vostochnaya literatura” RAN, 1998. 5. Hifni Nosif. Ad-durusin-nahviya. –Iskandariya: Darul-aqida, 2007. 6. Kifayatu-n-nahv fi ilmi-l-e’rāb, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondidagi 10518-raqamli qo‘lyozma.