scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARAB SARF VA NAHV ILMIDA NOQIS FE'LLAR

Umurzakova Aygul Umarovna

Abstract

ARAB SARF VA NAHV ILMIDA NOQIS FE'LLAR

Full text

287 ARAB SARF VA NAHV ILMIDA NOQIS FE’LLAR DEFECTIVE VERBS IN SCIENCE OF “SARF” AND “NAHV” OF THE ARABIC LANGUAGES НЕДОСТАТОЧНЫЕ ГЛАГОЛЫ В НАУКЕ «САРФ» И «НАХВ» АРАБСКОГО ЯЗЫКА Umurzakova Aygul Umarovna O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada arab tili “sarf” va “nahv” ilmida noqis fe’llar o‘rganib chiqildi. Olib borilgan izlanishlarimiz natijasida “sarf” va “nahv” ilmida noqis fe’llarning farqlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot ishining maqsadi asl arab manbalarga tayangan holda “sarf” ilmida o‘rganiladigan noqis fe’llar va “nahv” ilmida o‘rganiladigan noqis fe’llarni farqlarini ajratib berish. Kalit so‘zlar: sarf, nahv, noqis fe’llar, yordamchi fe’llar. Аннотация. В данной статье изучаются глаголы недостаточного вида в науке о «сарф» и «нахв» арабского языка. В результате наших исследований были показаны различия между глаголами недостаточного вида в науке «сарф» и «нахв». Цель исследовательской работы – разграничить глаголы недостаточного вида, изучаемые в науке «сарф», и глаголы недостаточного вида, изучаемые в науке «нахв», на основе оригинальных арабских источников. Ключевые слова: сарф, нахв, глаголы несовершенного вида, вспомогательные глаголы. Annotation. In this article, the defective verbs in the science of “sarf” and “nahv” of the Arabic language are studied. As a result of our research, differences between defective verbs have been shown in the science of “sarf” and “nahv”. The purpose of the research work is to differentiate between the defective verbs studied in the science of “sarf” and the defective verbs studied in the science of “nahv” based on the original Arabic sources. Key words: sarf, nahv, imperfect verbs, auxiliary verbs. KIRISH. Arab tilida so‘zlar o‘z semantik belgilari va grammatik xossalariga ko‘ra turkumlarga bo‘linadi. So‘zning semantik belgisi, uning narsa, harakat, xoss kabi ma’nolarining ifodalanishidir. Grammatik xossa deganda, so‘zning morfologik va semantik xususiyatlari nazarda tutiladi. So‘zni tarkib nuqtai nazaridan o‘rganish morfologiya “sarf” (فرصلا)ning vazifasidir. Ma’lumki, gaplarning o‘zi so‘zlardan tuziladi. So‘zlarning gapdagi vazifasini sintaksis “nahv” (وحنلا) o‘rganadi. Arab tilidagi barcha so‘zlar uch qisimga – turkumga bo‘linib o‘rganiladi. Bular ism (مسلاا), fe’l (لعفلا) va harf (فرحلا)lardir. Til haqidagi bilimda “turkum” ma’no va leksik 288 xossalari mushtarak bo‘lgan so‘zlarning majmuasidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda arab sarfidagi turkum tushunchasi nisbiy xarakterga ega. Hamma gap shundaki, mazkur qismlarning har biri o‘z ichiga bizning tushunchamizdagi bir necha turkumlarni oladi. Shunga ko‘ra, ularni turkum guruhlari deb atash maqsadga muvofiqdir[6]. MAVZU DOLZARBLIGI. Sarf (فرصلا) ilmi arab tili haqidagi bilimlar tarkibiga kiruvchi asosiy fanlardan hisoblanib, zamonaviy va klassik arab tilini o‘rganishda g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Ba’zi ulamolar ushbu fanni “tasrif ilmi” (فرصتلا) deyishgan. Lekin aksar olimlar fikricha, shu ilmga “sarf” (فرصلا) atamasi ishlatish to‘g‘riroqdir. Zero, “tasrif” so‘zi “sarf”dan olingan. Bundan tashqari, “sarf” (فرصلا) vazn jihatdan ham “nahv” (وحنلا) so‘ziga mos keladi. Shu bois manbalarda “nahvu sarf” iborasi ko‘p uchraydi. Lug‘atda, “sarf” (فرصلا) va “tasrif” (فرصتلا) so‘zlari “o‘zgartirmoq, aylantirmoq” ma’nolarini anglatadi. Istilohda esa, “sarf” (فرصلا) ilmi kalimalarning tuzilishi, turli ma’nolarni ifoda qilish uchun masdarlardan xilma-xil kalimalar yasash, fe’llarni turli siyg‘alarda tuslashini o‘rgatadigan fandir. “Sarf” (فرصلا) ilmi bir o‘zakdan turli so‘zlar yasashni o‘rgatadi. Bu fanning muhimligi ham shunda [2]. Ahmad ibn Ali ibn Mas’ud (rahimahulloh): “Bilginki, sarf ilmlarning onasi, nahv esa otasidir”, - deganlar. Demak, bu fan orqali so‘zlar paydo bo‘ladi, ulardan turli shakl va siyg‘alar kelib chiqadi. Sarf (فرصلا) ilmi kalimalarning yolg‘iz shakldagi holatlarini va fe’llarning tuslanishini o‘rganadigan ilm hisoblanadi. TAHLIL. “As-sarf al-kaafi” asari muallifi Ayman Amin Abdulg‘oni “sarf” (فرصلا) ilmini istilohda mana bunday ta’riflagan[10]: وأ ، ةدايز وأ ، ةلاصأ نم اهفورح نايب و اهتغيص و ةيبرعلا ةملكلا ةينبأ نع ثحبي ملع وه فرصلا " لذ ريغ ىلإ ، ...لادبإ وأ ، للاعإ وأ ، ةحص وأ ، فذح."ك Ushbu ta’rifga ko‘ra “sarf” (فرصلا) ilmi, arab so‘zlarining tuzilishi, shakli, so‘zlarning harflari aslmi yo orttirilganmi yo tushurib qolinganmi yoki so ‘lommi yo illatlimi yo almashtirilganmi va boshqa shu kabilarni tushuntirib berish haqida muhokama qiladigan ilmdir. Mana shu kitobning davomida “sarf” (فرصلا) ilmining o‘rganiladigan mavzulari ko‘lami haqida to‘xtalib o‘tilgan[10]. ةينبملا ءامسلأا يف ثحبي لاف ، ةفرصتملا لاعفلأاو ، ةنكمتملا ةيبرعلا ءامسلأاب فرصلا ملع صتخي " لاو ، رئامضلاك فورحلا يف لاو ، سيلو ىسعك ةدماجلا لاعفلأا يف لاو ، فسويك ةيمجعلأا ءامسلأا يف ."ةفلتخملا اهعاونأب “Sarf” (فرصلا) ilmi, ism so‘z turkumidagi fleksiya bo‘yicha o‘zgaruvchi arab so‘zlari va fe’l so‘z turkumidagi fleksiya bo‘yicha o‘zgaruvchi fe’llar bilan maxsus shug‘ullanadi. Bu ilm ism so‘z turkumidagi o‘zgarmaydigan so‘zlar olmoshlar kabi, so‘zlarning arabcha bo‘lmagan shakli Yusuf kabi so‘zlar, fe’l so‘z turkumidagi fe’llarning turlanmaydigan, qotib qolgan shakldagi fe’llari masalan, َسيَل ،ىَسَع va harf so‘z turkumidagi harflarning turli xil turlarini o‘rganmaydi. Arab kalimalarining mazoni ل ، ع ، ف dir. Ya’ni kalimadagi asl harflardan zoida harflarini ajratish uchun qo‘yiladigan o‘lchovdir. Kalimada ل ، ع ، ف barobarida kelgan 289 harflar asliy harflar deyiladi. Masalan: َلَعَف– َبَرَض vaznida. Arab tilida illat harflari uchta bo‘lib, ular ى ، ا ، و harflaridir. “Sarf” (فرصلا) ilmida fe’llarning o‘zak harflari illatli harf bo‘lishi yoki bo‘lmasligi jihatidan fe’llarning qismlarga bo‘linishini haqida “Jomi’ ad-durus alarabiyya” asarida shunday deyilgan[8]: مسقني " ُلعفلا– اهفعَضو اهفرحأ ِةوق رابتعاب– . ٍّلتعُمو ، ٍحيحص : ِنيمسق ىلإ َبتك" : لثم ةحيحص اًفرحأ ةيلصلأا هفُرحأ تناك ام : حيحصلاف– ، ٌملاس : ٍماسقأ ةثلاث وهو . "َبتاكو ف . ٌفَعاضُمو ، ٌزومهمو : لثم ،اًفّعضم لاو ، ةزمه لاو ، ةّلع َفرح ِةّيلصلأا ِهفرحأ ُدحأ نكي مل ام : ملاسلا ،ذخأك : ءافلا ُزومهم : ٍماسقأ ةثلاث وهو .ةزمه ِةيلصلأا هِفرحأ ُدحأ ناك ام : زومهملاو ."َملعو بهذو بتك" أ ُدحأ ناك ام :ُفعاضملاو .أَرقك : ملالا َزومهمو ، لأسك : نيعلا ُزومهمو وهو . ةدايز ِريغل اًرّركم ِةيلصلأا هِفرح ."َمدمدو َلَزلَزك : ّيعابُر ٌفَعاضمو ، َّرَمو َّدمك :ٌّيثلاُث ٌفَعاضم : نامسق Fe’l harflarning illatli harfi bo‘lishi yoki bo‘lmasligi e’tiborga olgan holda ikki qismga bo‘linadi: sahih " حيحص" va mo’’tal " ّلتعُم" . Sahih " حيحص" fe’l – asl harflarida illatli harfi bo‘lmagan fe’l, masalan " َبتك– "َبتاكو . U uch qismga bo‘linadi: solim " "ملاس , mahmuz " ٌزومهم" va muzo’af " ٌفَعاضُم" . 1. Solim " " ملاس (to’g’ri fe’l) - fe’lning asl harflarida illatli harfning birortasi ham va na hamza va na ikki bir jinsli harf bo‘lmagan fe’l. Misol, بهذو بتك" "َملعو. 2. Mahmuz " زومهم" (hamzali fe’l) - fe’lning asl harflaridan birida hamza bo‘lgan fe’l. Hamzaning qaysi o‘zak undosh “ ل ، ع ، ف ” o‘rnida kelishiga qarab, bu fe’llar uch turga bo‘linadi: 1) birinchi o‘zak undosh “ ف ” hamzadan iborat fe’l. Misol, َذخأ 2) ikkinchi o‘zak undosh “ ع ” hamzadan iborat fe’l. Misol, َلأس 3) uchinchi o‘zak undosh “ ل ” hamzadan iborat fe’l. Misol, َأرق 3. Muzo’af " فَعاضُم" (ikkilangan fe’l) - fe’lning asl harflaridan birining ikkinchi “ ع ” bilan uchunchi “ ل ” bir jinsda bo‘lgan fe’l. Ikkilangan fe’l ikki qismga bo‘linadi: 1) muzo’af sulasiy " " ٌّيثلاُث ٌفَعاضم - uch harfli fe’l. Misol, ّدم َّرَمو 2) muzo’af ruboiy " ّيعابُر ٌفَعاضم" – to‘rt harfli fe’l. Misol, َمدمدو َلَزلَز " ُةعبرأ وهو ." ىمَرو َلاقو َدَعَو " : لثم ، ةَّلع َفرح ةَّيلصلأا ِهفرحأ دحأ ناك ام : ُّلتعملا ُلعفلاو ، ٌلاثم : ماسقأ ام : ُفوجلأاو . َثِرَوو َدَعَوك : ةَّلع َفرح ٌهُؤاف تناك ام : لاثملاف .ٌفيفلو ، ٌصقانو ، ٌفوجأو ّللاو . ىمَرو َيِضَرك : ةّلع فرح هُملا تناك ام : ُصقانلاو . َعاَبو َلاقك : ةّلع َفرح هُنيع تناك ف ناك ام : ُفي َوو ىوَط " : وحن ، ناَّيلصأ ةّلعلا فرحأ نم نافرح هيف . ٌقورفم ٌفيفلو ، ٌنورقم ٌفيفل : ِنامسق وهو . " ىف افرح ناك ام : ُقورفملا ُفيفللاو . " ىونو ىوط " : وحن ، ِنيعمتجم هيف ِةلعلا افرح ناك ام : نورقملا فيفّللاف . " "ىقَوو ىفَو " : وحن ، ِنيقرتفُم هيف ِةلعلا Mo’’tal ّلتعُم" " fe’l (zoif) – asl harflaridan biri illatli harf bo‘lgan fe’l, masalan " ىمَرو َلاقو َدَعَو ". U to‘rt qismga bo‘linadi: misal " ٌلاثم " , ajvaf " ٌفوجأ " , noqis "" ٌصقان va lafif " ٌفيفل " [8]. 1. Misal " لاثم " (solimsifat fe’l) – fe’lning birinchi o‘zak undosh “ ف ” si, illatli harf bo‘lgan fe’l. Misol, َثِرَوو َدَعَو . 2. Ajvaf " فوجأ " - fe’lning ikkinchi o‘zak undosh “ ع ” i, illatli harf bo‘lgan fe’l. Misol, َعاَبو َلاق . 290 3. Noqis "" صقان - fe’lning uchinchi o‘zak undosh “ ل ” i, illatli harf bo‘lgan fe’l. Misol, ىمَرو َيِضَر . 4. Lafif " فيفل " - fe’l o‘zagidagi asl ikki harf, illatli harflardan bo‘lgan fe’l. Shunday, " ىفَوو ىوَط " . Bu fe’l ikkiga bo‘linadi: lafif maqrun " ٌنورقم ٌفيفل " va lafif mafruq " " ٌقورفم ٌفيفل . 1) lafif maqrun " ٌنورقم ٌفيفل " – fe’ldagi ikki illatli harfning birga qo‘shilgan holda bo‘lishi. Shu ko‘rinishda, " ىونو ىوط ". 2) lafif mafruq "" ٌقورفم ٌفيفل - fe’ldagi ikki illatli harfning ajralgan holda kelishi. Shu ko‘rinishda, "ىقَوو ىفَو " . Shunday qilib sarf ilmida noqis fe’l, fe’lning uchinchi o‘zak undosh “ ل ” i, illatli harf bo‘lgan fe’ldir. Fuad Ne’mat “ةيبرعلا ةغللا دعاوق صخلم” asarida “nahv” (وحنلا) ilmiga shunday ta’rif beradi[13]: . "اهبارعإ ةيفيكو ، تاملكلا رخاوأ طبضو ، ةلمجلا لخاد ةملك لك ةفيظو اهب فرعي دعاوق : وحنلا " “Nahv” (وحنلا) ilmi qoidalaridan, har bir so‘zning jumla ichidagi vazifasi ma’lum bo‘lib, bunda so‘zlarning oxirgi harakatini aniqlash va ularni qanday e’roblash haqida o‘rganiladi. “Jomi’ ad-durus al-arabiyya” asarida Mustafo al-G’aloyiniy noqis fe’l haqida quyidagilarni aytib o‘tgan[8]: َرخلآا ُبصنيو ، لعافلاب هل اًهيبشت لولأا ُعفريف ، ربخلاو أدتبملا ىلع لخدي ام وه : ُصقانلا لعفلا " .هل اًربخ ُربخلاو ، هل اًمسا هلوخد دعب ُأدتبملا ىّمسُيو ." ً لاداَع ُرمُع ناك " : وحن ، هب لوعفملاب هل اًهيبشت ي لا اهنلأ ، ةصقان لاعفلأا هذه تيمسو " متيل بوصنملا ركذ نم دب لا لب ، مات ملاك اهعوفرم عم اهب مت يل اهبوصنمف . ملاكلابخ لصلأا يف هنلأ ، ةدمع وه لب ، ةلضف س ، ةلضفلاب هل اًهيبشت بصن امنإو ، أدتبملل ر سفن نع ةجراخ ةلضف اهبوصنمو ، عوفرملا ركذب اهعم دقعني ملاكلا نإف ، ةماتلا لاعفلأا نم اهريغ فلاخب ا ." بيكرتل . "اهتاوخأو َداكو ، اهُتاوخأو َناك : ِنيمسق ىلع ُصقانلا ُلعفلاو “Noqis fe’l, ega va kesimning oldida kelib, uning birinchisini foil (fe’liy jumlaning egasi)ga o‘xshab bosh kelishikka, oxirini to‘ldiruvchiga o‘xshab tushum kelishigiga soladi. “Umar adolatli edi” ko‘rinishida. Noqis fe’lning qo‘shilishida ega – noqis fe’lning ismi va kesim esa noqis fe’lning kesimi deb ataladi. “Bu fe’llarning noqis fe’llar deb nomlanishi, chunki ularning bosh kelishik bilan kelishi tugallanmagan bo‘lib, jumla mukammal bo‘lmaydi. Balki mukammal jumla bo‘lishi uchun, tushum kelishigi ko‘rsatilib o‘tilishi zarur. Ularning tushum kelishigida kelishi gapning ikkinchi darajali bo‘lagi degani emas, balki u asosdir. Chunki u aslida eganing kesimidir. Haqiqatda uning tushum kelishigida kelishi ulardan tashqari, to‘liq fe’llarning ikkinchi darajali bo‘lagiga o‘xshaydi. Agar jumla ular bilan bosh kelishik ko‘rinishida bog‘langan bo‘lsa, tushum kelishigida kelishi esa tarkibning o‘zidan tashqari ikkinchi darajali bo‘lagi hisoblanadi”. Nahv ilmida noqis fe’l ikki qismga bo‘linadi: “ اهُتاوخأو َناك ” va “ اهتاوخأو َداك ”. “ اهُتاوخأو َناك ” va “ اهتاوخأو َداك ” yordamchi fe’llari ismiy jumla " ةيمسلإا ةلمجلا " ning boshida kelib, bu fe’llar jumlada tugallangan ma’noga ega bo‘lishi uchun, xabarga muhtoj bo‘ladi, shu jihatidan noqis fe’llar "ةصقانلا لاعفلأا " ga aylanadi. “ اهُتاوخأو َناك ” va “ اهتاوخأو َداك ” fe’llarining noqisligi "ةصقانلا لاعفلأا " ning sababi, odatda to‘liq fe’llar " ةماتلا لاعفلأا " bosh kelishikda kelgan o‘z foillari bilan 291 birga, xoh u zohiriy xoh u taqdiriy bo‘lsin, biror bir ma’no anglatishga kifoya qiladi. "ةصقانلا لاعفلأا " fe’llar esa jumlaning tugal ma’nosi uchun faqat bosh kelishikning o‘ziga kifoya qilmasdan, xabarga ehtiyoj sezadi. " ةماتلا لاعفلأا " to‘liq fe’llar biror bir hodisani sodir bo‘lgan zamoniga dalolat beradi. Masalan, " َبَتَك " bo‘lsa, "ةباتك" yozishning o‘tgan zamonda sodir bo‘lganiga dalolat bermoqda. " ةصقانلا لاعفلأا " noqis fe’llar esa faqatgina zamonini ko‘rsatadi. XULOSA. Shunday qilib, arab tili “Sarf” (فرصلا) ilmida fe’llarning o‘zak harflari illatli harf bo‘lishi yoki bo‘lmasligi jihatidan fe’llarning qismlarga bo‘linishiga ko‘ra, fe’lning uchinchi o‘zak undosh “ ل ” i, illatli harf bo‘lgan fe’llar “noqis fe’llar”dir. “Nahv” (وحنلا) ilmida esa sintaktik aloqalarni ifodalashda qo‘llaniladigan yordamchi fe’llar, “noqis fe’llar” mavzusida o‘rganiladi. Bu fe’llarning noqis deb atalishi, ularning semantik xususiyatidan kelib chiqqan. Ularning ma’no jihatidan “noqisligi” yordamchi fe’l vazifasida kelganida namoyon bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Abdujabbarov A. Arab tili. – Т.: 2007. 2. Ahrorov I. Taysirus sarf. –T.: 2015. 3. Ibrohimov N., Yusupov M. Arab tili grammatikasi. I jild. – N.: 2009. 4. Hasanov M, Abzalova M. Arab tili darslari. – T: 2016. 5. Orifxo’jayev N. Arab tili nazariy grammatikasi. –T.: 2010. 6. Talabov E. Arab tili. – T.: 1993. 7. Халидов Б. З. Учебник арабского языка. – Т.: 1981. 8. ةرهاقلا .ةيبرعلا سوردلا عماج .ينيلاغلا ىفطصم٢٠٠٧ 9. لا .حلاص دمحم ،مومط ىفطصم ،بايد دمحم ،فصان ىنفح د وحنلا سور ةرهاقلا . ةي– ۹٢٠٠ 10. ةيقيفوتلا راد .يفاكلا فرصلا .ينغلا دبع نيمأ نميأةرهاقلا –٢٠١٠ 11. ةيقيفوتلا راد .يفاكلا وحنلا .ينغلا دبع نيمأ نميأةرهاقلا– ٢٠١٠ 12. .حضاولا وحنلا .كب نيمأ ىفطصم ،كب مراجلا يلعةرهاقلا– ٢٠١٥ 13. .ةيبرعلا ةغللا دعاوق .ةمعن داؤف- .٢٠١٠