OLIY O'QUV YURTLARIDA ARAB TILINI O'QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Abstract
OLIY O'QUV YURTLARIDA ARAB TILINI O'QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Full text
298 OLIY O’QUV YURTLARIDA ARAB TILINI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI OPPORTUNITIES FOR USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN TEACHING ARABIC IN HIGHER EDUCATION COUNTRIES ВОЗМОЖНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ПРЕПОДАВАНИИ АРАБСКОГО ЯЗЫКА В СТРАНАХ С ВЫСШИМ ОБРАЗОВАНИЕМ Tojiyeva Zamira Zafar qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi E-mail: zamira.tojiye[email protected]u Annotatsiya. Ushbu maqolada arab tilini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Milliy va xorijiy arabshunos olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilinib, ularning fikrlari o‘zaro solishtirilgan hamda ilmiy polemika davomida turli yondashuvlarning ustun va cheklangan tomonlari ochib berilgan. Sun’iy intellekt asosidagi o‘quv vositalari, interaktiv platformalar va avtomatlashtirilgan tahlil tizimlarining o‘quv jarayoniga ta’siri, shuningdek ularni qo‘llashda yuzaga keladigan cheklovlar chuqur yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, AI va raqamli texnologiyalar arab tilini o‘rganishni individuallashtirish, tezkor feedback berish va darslarni samarali tashkil etishda muhim o‘rin tutadi, biroq o‘qituvchi omili asosiy o‘quv metodini belgilab beruvchi faktor bo‘lib qolmoqda. Maqolada ushbu texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning optimal mexanizmlari bo‘yicha ilmiy xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar: Arab tilini o‘qitish, innovatsion texnologiyalar, sun’iy intellekt, AI-pedagogika, interaktiv metodlar, shaxsiylashtirilgan ta’lim. Abstract. This article covers the theoretical and practical aspects of using innovative pedagogical technologies and artificial intelligence capabilities in teaching the Arabic language. The scientific views of national and foreign Arab scholars are analyzed, their opinions are compared, and the advantages and limitations of various approaches are revealed in the course of scientific polemics. The impact of artificial intelligence-based learning tools, interactive platforms, and automated analysis systems on the learning process, as well as the limitations that arise in their use, are thoroughly covered. According to the results of the study, AI and digital technologies play an important role in individualizing Arabic language learning, providing instant feedback, and effectively organizing lessons, but the teacher factor remains the main factor determining the teaching method. The article provides scientific conclusions on the optimal mechanisms for integrating these technologies into the educational process.
299 Keywords: Arabic language teaching, innovative technologies, artificial intelligence, AI-pedagogy, interactive methods, personalized learning. Kirish Zamonaviy ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitish, xususan arab tili kabi qadimiy tillarni o‘zlashtirish jarayoni an’anaviy usullardan zamonaviy innovatsion texnologiyalarga o‘tishni talab etmoqda. Arab tili islomiy meros, iqtisodiy hamkorlik va xalqaro aloqalar nuqtayi nazaridan o‘zbekistonlik talabalar uchun strategik ahamiyatga ega. O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, arab tili o‘qitishdagi qiyinchiliklar orasida grammatika murakkabligi va nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi qiyinchiliklar alohida o‘rin tutadi. Shu bois, oliy o‘quv yurtlarida arab tili o‘qitishda sun’iy intellekt (SI) va innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari dolzarb masalaga aylanmoqda. Sun’iy intellektga asoslangan vositalar, masalan, mashinaviy o‘qitish algoritmlari, virtual realiti (VR) va avtomatlashtirilgan tarjima tizimlari (masalan, Google Translate, ChatGPT kabi SI modellari) o‘qitish jarayonini individualizatsiya qilish, interaktivlikni oshirish va natijalarni baholashda samaradorlikni ta’minlaydi. Masalan, Duolingo yoki Rosetta Stone kabi platformalar arab tilining fonetikasi va leksikasini o‘yinlashtirilgan shaklda o‘rgatib, talabalarning qiziqishini oshiradi. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida bunday texnologiyalarni joriy etish orqali arab tili o‘qituvchilarining ish yukini kamaytirish va talabalarning o‘zlashtirish darajasini 3050% ga oshirish mumkinligi xorijiy tajribalar (AQSh, Saudiya Arabistoni universitetlari) tomonidan tasdiqlangan. Rivojlangan xorijiy tajribadan kelib chiqib, milliy ta’lim tizimida arab tilini o‘qitish amaliyotini takomillashtirish, bu sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish dolzarb masala hisoblanganligi sababli mazkur tadiqiqotda ushbu masalalar muhokama qilinadi. Tadqiqot metodologiyasi Tadqiqotda belgilangan maqsadlarga erishish uchun izlanish jarayonida dialektika, tarixiy-mantiqiy hamda tizimli tahlil, qiyosiy analiz va sintez kabi metodlardan foydalanilgan. Adabiyotlarni tahliliy o‘rganish Arab tili O‘zbekiston ta’lim tizimida sharqshunoslikda va xalqaro aloqalarda muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda bu tilda o‘qitish jarayoniga innovatsion pedagogik yondashuvlar va sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Masalan, milliy tadqiqotchi Z.Sapashovning ta’kidlashicha, arab tilini o‘qitishda an’anaviy usullar bilan zamonaviy texnologiyalarni uyg‘unlashtirish o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.[1] Shuningdek, M. Rasulxadjayeva ham darslarda ilgari faqat an’anaviy usullar qo‘llanilsa, hozir esa interaktiv dars usullari, raqamli vositalar va kommunikativ metodlar keng tatbiq etilayotganini qayd etadi. [2] Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt ta’limda individual yondashuv va mustaqil o‘qishni targ‘ib qiladi. Masalan, Shohista Toshtemirova va Umarali G‘afforov arab tilini o‘rgatishda SI asosidagi chat-botlar, ovozli yordamchilar va tarjima tizimlari yordamida o‘quvchilar uchun interaktiv va moslashtirilgan muhitlar yaratilayotganini ta’kidlaydilar. Ularning fikricha, “sun’iy intellekt Arab tilini
300 o‘rgatishda innovatsion va samarali vosita sifatida joriy etilmoqda. U an’anaviy metodlarni to‘ldiradi va ta’lim jarayonini yangi formatga ko‘taradi”. Shu bilan birga, ular agar SI texnologiyalari inson o‘qituvchi faol ishtiroki va puxta tayyorlangan dasturlar bilan birgalikda qo‘llansa, “SI texnologiyalari til o‘rganish sifatini sezilarli darajada oshirishi” mumkin ekanligini ta’kidlaydilar.[3] Demak, milliy olimlar innovatsion texnologiyalar orqali o‘qitish samaradorligini oshirishga katta umid bog‘lashmoqda. Ular tegishli metodika va o‘qituvchini hisobga olgan holda texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitish takomillashtirilishiga urg‘u beradi. Umuman olganda, yuqoridagi olimlarning fikrlariga umumiy nuqtSI nazar shuki, ular innovatsion texnologiyalar yordamida o‘qitish samaradorligini oshirishga ishonishadi. Masalan, hozir zamonaviy usullar o‘quvchi qiziqishini oshirib, real hayotda qo‘llashga tayyorlayotgan bo‘lsa, texnologiyalarga ortiqcha bog‘liqlik ham kamchilik bo‘lishi mumkin, degan mulohazalarni ham bildiradilar. Bu esa o‘qitishda texnologiyani faqat vosita, asosiy targ‘ibotchi emas, deb ko‘rish kerakligini ko‘rsatadi. Bu borada xorijiy mutaxassislar tomonidan ham muhim tadqiqotlar olib borilgan, tahlil etishga molik fikrlar bildirilgan. Xususan, S.Andrewson, F.Williams, D.Noel, O.Habiblarning fikricha, “sun’iy intellekt kuchli pedagogik vositaga aylangan bo‘lib, ta’lim jarayonini shaxsiylashtirilgan, tezkor va ma’lumotga asoslangan metod bilan boyita oladi”. Ular tomonidan keltirilgan misolda turli algoritmlar (chuqur tarmoqlar, transformer-modellar, nutqni aniqlash tizimlari) o‘quvchining ishlanmalarini tahlil qilib, inson o‘qituvchiga yaqin tarzda qayta aloqa (feedback) berishga qodir ekani qayd etiladi. Xususan, arab tilining o‘ziga xos qiyinchiliklarini hal etishda SI muhim yordam beradi. Masalan, matnlardagi diakritik belgilarni tiklash, morfologiyani tahlil qilish, talaffuzni yaxshilash va suhbat simulyatsiyasi orqali interaktiv mashg‘ulotlar yaratish imkoniyatlarini taqdim etadi. [4] Mazkur fikrlarni bir qarashdan qabul qilish mumkin, ammo bunda ayrim masalalar borligini ham inobatga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan, arab tilida bemalol ishlaydigan ishonchli SI tizimlari keng hajmdagi ma’lumot bazalarini talab etadi. Xalqaro ekspert K.Rahmouni ta’kidlaganidek, SI modellar arab tilidagi grammatikani noto‘g‘ri qayta ishlashi, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilishi yoki dialektal tafovutlarni noto‘g‘ri aks ettirishi mumkin.[5] Shu sababli, yuqoridagi ijobiy baholar bilan birga, SI yechimlarini doimo inson tekshiruviga tortish va o‘qituvchining o‘rni mustahkam ekanini unutmaslik kerak. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, SI qo‘llab-quvvatlashi mumkin, lekin u hech qachon haqiqiy inson muloqotini o‘rnini to‘ldira olmaydi. Xulosa Shu tariqa, nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon tajribasida ham arab tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar va sun’iy intellekt asosidagi usullarni qo‘llash istiqbollari keng muhokama qilinmoqda. Milliy olimlar an’anaviy metodlarni zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish zarurligini qayd etar ekan, xorijiy tadqiqotchilar SI yechimlarining til o‘rganishga yangi imkoniyatlar berishini ko‘rsatmoqda. Biroq barcha mutaxassislar tilni chuqur o‘rgatishda o‘qituvchi va muvozanatni unutmaslikni kerak ekanligini qayd etadilar. Yakuniy xulosa sifatida
301 aytish mumkinki, arab tili darslarida innovatsion texnologiyalar va SI vositalaridan samarali foydalanish, eng avvalo, pedagoglarning mahorati, mashg‘ulotlarning mazmun-mohiyati va texnik ta’minot uyg‘unligi bilan belgilanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Z.Sapashov. Arab tilini o‘qitishning an’anaviy va zamonaviy usullari tadqiqi // cajar. 2024. №12. url: https://cyberleninka.ru/article/n/arab-tilini-oqitishningananaviy-va-zamonaviy-usullari-tadqiqi (дата обращения: 12.12.2025). 2. M.Rasulxadjayeva. Arab tilida o‘qish va yozish ko‘nikmalarni rivojlantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish // ojp. 2025. №3. url: https://cyberleninka.ru/article/n/arab-tilida-o-qish-va-yozish-ko-nikmalarnirivojlantirishda-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanish (дата обращения: 12.12.2025). 3. Sh.Toshtemirova, U.G‘afforov. Arab tilini o‘rgatishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish tajribalari. The Lingua Spectrum Volume 6, June 2025 4. Andrewson, Susan & Williams, Felix & Noel, Dave & Habib, Osaid. (2025). Harnessing ai in learning the arabic language. 5. K.Rahmouni. AI and Arabic: a dialogue still unfolding. https://www.qfi.org/blog/ai-and-arabic/