"APELSIN DARAXTI" ROMANINING BADIIY XUSUSIYATLARI
Abstract
"APELSIN DARAXTI" ROMANINING BADIIY XUSUSIYATLARI
Full text
307 “APELSIN DARAXTI” ROMANINING BADIIY XUSUSIYATLARI ARTISTIC FEATURES OF THE NOVEL “BITTER ORANGE TREE” Shamsimatova Maxfuza Baxtiyor qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya. Ko‘rfaz mamlakatlarida yuz bergan ijtimoiy, siyosiy va madaniy islohotlar jamiyatdagi iqtisodiy yuksalishga borib taqaladi. Albatta, ushbu islohotlar badiiy adabiyotni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Ular o‘z navbatida adabiyotda haqqoniy tasvirlash, rivojlangan davlatlar adabiyotiga taqlid qilish va badiiy tarjimani yo‘lga qo‘yish imkonini berdi. Mazkur maqolada Ummon sultonligining taniqli vakilasi Joxa al-Harisiy va uning bugungi kunda dunyoga mashhur bo‘lib borayotgan “Apelsin daraxti” romani haqida so‘z boradi. Bundan tashqari, maqolada romanning badiiy g‘oyasiga e’tibor beriladi va undagi obrazlar chuqur tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: ummon adabiyoti, Joxa al-Harisiy, “Apelsin daraxti” romani, badiiy g‘oya. Annotation. The social, political, and cultural reforms that have taken place in the Gulf countries are closely linked to economic development within society. Naturally, these reforms have not bypassed literary fiction. In turn, they have created opportunities for realistic representation in literature, imitation of the literary traditions of developed countries, and the establishment of literary translation. This article focuses on Jokha Alharthi, a prominent representative of the Sultanate of Oman, and her novel Bitter Orange Tree, which is gaining worldwide recognition today. In addition, the article examines the artistic concept of the novel and provides an in-depth analysis of its characters. Keywords: Omani literature, Jokha Alharthi, Bitter Orange Tree, artistic concept. Аннотация. Социальные, политические и культурные реформы, произошедшие в странах Персидского залива, тесно связаны с экономическим подъёмом общества. Разумеется, данные реформы не обошли стороной и художественную литературу. В свою очередь, они создали возможности для правдивого изображения действительности в литературе, подражания литературе развитых стран и налаживания художественного перевода. В данной статье рассматривается творчество известной представительницы Султаната Оман Джохи аль-Хариси и её романа «Апельсиновое дерево», который в настоящее время приобретает мировую известность. Кроме того, в статье уделяется внимание художественной идее романа и проводится глубокий анализ образов. Ключевые слова: оманская литература, Джоха аль-Хариси, роман «Апельсиновое дерево», художественная идея.
308 Ko‘hna tarixga ega arab adabiyoti o‘z boshidan turli sinovlarni o‘tkazgan, ma’lum muddat rivojlanmay, ortda qolgan bo‘lishiga qaramay, bugun jadal rivojlanib borayotgan jahonning ilg‘or adabiyotlaridan bir sifatida olimlarning diqqat markazida bo‘lib turibdi. Albatta, turg‘unlik holati mintaqadagi barcha davlatlarda yuz bergan deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Negaki, ushbu diyordagi bir guruh davlatlar asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da doimo rivojlanishda va o‘sishda bo‘lgan bo‘lsa, boshqa bir guruh davlatlar bu voqelikni mudroq holda o‘tkazdi. Ushbu jarayonni o‘z boshidan o‘tkazgan mintaqadagi davlatlardan biri, shubhasiz, Ummon sultonligi edi. Ta’kidlash joizki, Ummon sultonligida yuz bergan iqtisodiy yuksalish jamiyatdagi turfa xil sohalarga, shu jumladan, madaniyatga va adabiyotga ham o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Ushbu taraqqiyot ortidan ummon adabiyoti jahon adabiyotidan bahramand bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, badiiy ijodda yangilanishlar kuzatildi, xususan, oldin bu mintaqa adabiyoti uchun notanish janrlar paydo bo‘la boshladi. Ana shunday adabiy janrlardan biri, shubhasiz, roman janri edi. Darhaqiqat, ummon adabiyotida roman janrining shakllanishi va taraqqiyot ildizlari yaqin o‘tmishga borib taqaladi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, roman mustaqil adabiy janr sifatida ummon adabiyotiga kirib kelishi bilan ijodkorlar orasida tez fursatda ommalashib ketmagan bo‘lsa-da, bugungi kunga kelib adiblarning sevimli janrlaridan biriga aylandi. Albatta, ushbu fikrlarni qisqa vaqt ichida ummon adabiyotida e’lon qilingan romanlar adadining ko‘paygani va ko‘plab yozuvchilar o‘z ijodlarini nasrning aynan shu janrida davom ettirayotganligi bilan izohlash mumkin. Bugungi kunda o‘z romanlari bilan ummon adabiyotiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan va katta-kichik kitobxonlar mehrini qozongan yozuvchilardan biri, shubhasiz, Joxa al-Harisiy hisoblanadi. Ummon adabiyotining taniqli vakilasi Joxa al-Harisiy 1978-yil Ummon poytaxti Maskatda ziyoli oilada tug‘ilgan. Ta’kidlash joizki, adibaning bobosi va amakisi ummonning mashhur shoirlaridan bo‘lgan. Albatta, uyda yaratilgan ijodiy muhit Joxa al-Harisiyning keyinchalik adabiyotga kirib kelishida katta rol o‘ynagan. Bundan tashqari, yozuvchining o‘zi bolalik xotiralarini eslar ekan, adabiyotga kirib kelishida bevosita onasining hissasi katta ekanligini alohida ta’kidlaydi. Dastlabki ta’limni o‘z ona yurtida olgan ijodkor, ilm talabida Angliyaga jo‘nab ketadi. U yerda o‘z savodini oshirish bilan birga, ko‘plab ma’rifatparvarlar va bir qancha ziyoli kishilar bilan tanishadi. Bugungi kunda adiba Ummonning Sulton Qobus universitetida professor sifatida o‘zining ilmiy faoliyatini davom ettirish bilan birga talabalarga ham saboq beradi. Ijodini kichik-kichik hikoyalar yozish bilan boshlagan ijodkor oradan ko‘p o‘tmay, birin-ketin romanlari bo‘lmish “Tushlar” (2004), “Oy xonimlari” (2010), “Apelsin daraxti” (2016), “G‘azalaning ipaklari” (2021)ni o‘z kitobxonlari e’tiboriga havola qildi. Albatta, ushbu romanlar kitobxonlarning mehrini birdek qozondi va munaqqidlarning iliq fikrlariga sazovor bo‘ldi. Ushbu fikrlarni, romanlarning hali hanuz turli nuqtai nazardan tadqiq etilayotgani bilan izohlash mumkin. Joxa al-Harisiy nihoyatda nozik did sohibasi. Adibaning asarlarida ilgari surilgan g‘oya va mavzularni sinchiklab o‘rganish jarayonida shunday xulosaga kelish
309 mumkin. Ijodkor asarlarida ko‘targan mavzular ham xilma-xil bo‘lib, ayni damda o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turadi. Adiba yaratgan “Apelsin daraxti” romani yuqorida keltirilgan ushbu fikrlarga yorqin misol bo‘la oladi. Bu o‘rinda, asar Joxaning uchinchi romani ekanligini va adiba uchun haqiqiy mahorat maktabi vazifasini bajarganligini ham alohida qayd etish lozim. Joxa al-Harisiyning “Apelsin daraxti” romani ayollar taqdirini, ularning o‘yfikrlari, dard-alamlarini keng qamrovda tasvirlagan asarlardan biri hisoblanadi. Roman bosh qahramoni “Zuhur” ismli qiz, asli ummonlik, biroq Buyuk Britaniyada tahsil oladi. Bosh qahramonning buvisini amalga oshmay qolgan orzu-umidlarini xotirlash bilan jadal rivojlanadi. Darhaqiqat, roman o‘ziga xos badiiy tili, turfa xil dolzarb mavzularni o‘rtaga tashlagani bilan ham ahamiyatlidir. U shu jihatiga ko‘ra 2016-yilda Sulton Qobus nomidagi madaniyat, san’at va adabiyot mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bundan tashqari, roman ingliz, fors, portugal va italyan kabi qator tillarga tarjima qilingan. Umuman olganda, Joxa al-Harisiy romanlarini o‘rganish, ularni chuqur tahlilga tortish bugungi kun adabiyotshunosligimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Yahya, A. (2019). Why Juha al-Harithi. Limādhā Juḥā al-Ḥārithī. – Beirut: Miritus Sekafiyye 8. – 244 p. (in Arabic) 2. Rahman, A. (2019). “Sayyidat al-Qamar” between the space of dream and the narrowness of reality. “Sayyidat al-Qamar” bayna fusḥat al-ḥulm wa ḍīq al-wāqiʿ. – Beirut: Miritus Sekafiyye 8. – 234 p. (in Arabic) 3. Alharthi, J. (2010). Celestial Bodies. Sayyidat al-Qamar. – Beirut: Dar AlAdab Publishing House. – 228 p. (in Arabic) 4. Haccac, H. (2019). “Sayyidat al-Qamar… The Dove’s Knock, the Watchful Flower, and the Dark-Horse Woman”. “Sayyidat al-Qamar… Ṭuruq al-ḥamāmah wa al-zahrat al-ḥārisah wa al-farāsah al-sawdāʾ”. – Beirut: Miritus Sekafiyye 8. – 67 p. (in Arabic)