scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ADIB AHMAD YUGNAKIYNING "HIBATU-L-HAQOYIQ" ASARINING ARAB YOZUVLI NUSXASI VА YOZUV XUSUSIYATLARI

Abdug'ofurova Maftuna Abdumannon qizi

Abstract

ADIB AHMAD YUGNAKIYNING "HIBATU-L-HAQOYIQ" ASARINING ARAB YOZUVLI NUSXASI VА YOZUV XUSUSIYATLARI

Full text

341 ADIB AHMAD YUGNAKIYNING “HIBATU-L-HAQOYIQ” ASARINING ARAB YOZUVLI NUSXASI VА YOZUV XUSUSIYATLARI THE ARABIC-SCRIPT MANUSCRIPT OF ADIB AHMAD YUGNAKI’S “HIBATU AL-HAQA’IQ” AND ITS WRITING CHARACTERISTICS АРАБСКИЙ ВАРИАНТ ПРОИЗВЕДЕНИЯ «ХИБАТУ-ЛЬ-ХАКОЙИК» АВТОРА АХМАДА ЮГНАКИ И ОСОБЕННОСТИ СТИЛЯ ИЗЛОЖЕНИЯ. Abdug‘ofurova Maftuna Abdumannon qizi TDSHU Mumtoz filologiya yo‘nalishi magistr ISFI “Pedagogika va tillar” kafedrasi o‘qituvchisi, abdujalilova.maftuna[email protected] Annotatsiya: Ilmiy merosimizning durdona asarlaridan biri bo‘lmish “Hibatul-haqoyiq” asari va uning nusxalarini ilmiy tadqiq etish tilimizning tadrijiy rivojlanish bosqichlarini ochib beradigan asosiy manbalardan biridir. Ushbu asarning arab yozuvli C nusxasi asarni tushunishda va to‘g‘ri o‘qishda o‘zining grafik xususiyatlari bilan boshqa nusxalardan anchagina imkoniyatlidir. Maqolaning maqsadi asarning arab yozuvli nusxasini grafik va orfografik xususiyatlarini aniqlash hamda mazkur xususiyatlariga tayangan holda asarni talqin qilish bilan bog‘liq kamchiliklariga tuzatishlar kiritishdan iboratdir. Ajdodlarimiz qoldirgan nodir asarlar asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish yosh tadqiqotchilar oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. Kalit so`zlar: Asarning “A”, “B”,”C” nusxalari, basmalar, unli tovushlarning ifodalanishi, nusxaning grafik xususiyatlari. Abstract: The scientific study of the work "Hibatu-l-haqoyiq", one of the masterpieces of our scientific heritage, and its copies is one of the main sources that reveal the stages of the gradual development of our language. The Arabic script C copy of this work is much more capable than other copies in understanding the work and reading it correctly with its graphic features. The purpose of the article is to determine the graphic and orthographic features of the Arabic script copy of the work and to make corrections to the shortcomings related to the interpretation of the work based on these features. Conducting scientific research on the basis of rare works left by our ancestors is one of the important tasks facing young researchers. Keywords: "A", "B", "C" copies of the work, printings, representation of vowels, graphic features of the copy. Аннотация: Научное изучение произведения «Хибату-ль-хакойик», одного из шедевров нашего научного наследия, и его копий является одним из главных источников, раскрывающих этапы постепенного развития нашего языка. Арабская копия этого произведения, написанная арабским шрифтом (C), значительно превосходит другие копии по способности понимать и правильно читать произведение благодаря своим графическим особенностям. Цель статьи – 342 определить графические и орфографические особенности арабской копии произведения и внести исправления в недостатки, связанные с интерпретацией произведения на основе этих особенностей. Проведение научных исследований на основе редких произведений, оставленных нашими предками, является одной из важных задач, стоящих перед молодыми исследователями. Ключевые слова: экземпляры произведения в вариантах «А», «В», «С», печатные издания, изображение гласных, графические особенности экземпляра. Ilmiy merosimizning durdona asarlaridan biri bo‘lmish “Hibatu-l-haqoyiq” asari va uning nusxalarini ilmiy tadqiq etish tilimizning tadrijiy rivojlanish bosqichlarini ochib beradigan asosiy manbalardan biridir. Biroq professor Q.Mahmudov bu asarning qo‘lyozma nusxalari to‘g‘risida quyidagilarni aytib o‘tgan: “Hibatul haqoyiq” asarining asl qo‘lyozma nusxalari bizda topilgani yo‘q. Arat Rahmatiy bu nodir asarning arab va uyg‘ur yozuvi bilan Istanbulda Abdurazzoq Baxshi ko‘chirgan nusxani “B”, Hirotda ko‘chirgan uyg‘urcha nusxani “A”, XVI asrda noma’lum shaxs tomonidan Turkiyada ko‘chirilgan arabcha nusxani “C” deb nomlaydi. Bu nusxalar Istanbul kutubxonalarida saqlanmoqda. Ushbu asarning arab yozuvli C nusxasi asarni tushunishda va to‘g‘ri o‘qishda o‘zining grafik xususiyatlari bilan boshqa nusxalardan anchagina imkoniyatlidir. Ushbu imkoniyatlarning muqaddimasida uning arab alifbosida aniq va tiniq va o‘z navbatida, harakatlar (qisqa unilar) bilan berilganligi turadi. Quyida ushbu qo‘lyozmaning shu va shu kabi yozuv xususiyatlarini birma-bir ko‘rib chiqamiz. Avvalo, asarning boshlanishi va unda unlilarning ifodlanishini ko‘rib chiqsak. Asar basmala bilan boshlangan. Asarning ilk so‘zlaridayoq aniqlik bilan harakat qilinganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu ham bo‘lsa يهلا“Ӏlᾱhi” so‘zidagi yozilmasa-da talaffuz etiladigan, aslida mavjud bo‘lgan cho‘ziq unli madda ( ῀ ) belgisi bilan berib ketilgan. Umuman olganda, hozirgi kunda arab tilidagi “a”, “i”, “u” qisqa unlilari hamda cho‘ziq unlilarni ifodalashda xizmat qiladigan, ma’lum bir vazifalarni bajaradigan alif, vov, yo harflari ushbu qo‘lyozmada quyidagicha ko‘rinishlarda keltirilgan: Birgina “u” unlisini uch xil variantda ko‘rishimiz mumkin. Birinchi variantga misol: ُكوُا يهلآو اݣأنَس أنَم أروُيَا دأمَح أش اَݣأنوُا أنَمأراَموُا نأيِد أكنِتَمأحَر أكنِنَس Il ā hi öküš hamd ayur-man seŋä, Sаniŋ rahmatïŋdïn umar-man uŋa (C.1). Yuqorida keltirilgan baytga nazar soladigan bo‘lsak, “u” unlisini alif va vov وُا harfiy birikmalari bilan berilganini ko‘rishimiz mumkin. Ayni paytda bu harfiy birikmani “av” shaklida o‘qib yuborilmasligi uchun ularning ustiga damma, ya’ni qisqa “u” unlisini qo‘yib ketgan. Ikkinchi variantga misol: أنَغاَقأرَا أليِلَد هَغ أكنيِغيِلريِب أكيِنَس يِا أكنَنأرِب أروُلوُب أچ اَكنيِم أرَل أليِلَد هر Seniŋ bïrlïğïŋğa dalil arqağan, Bolur bir näŋ ičrä dalillar meŋä (C. 1). 343 Keltirilgan baytdagi “روُلوُب” so‘zida و harfi bilan ifodalangan. Uchinchi variantga misol: أروُريِب أقوُل أغوُنَت هَغ أكنيِغيِل أراَب أكنِنَس اَݣأنآن ناكروُكوُي أناَغيچوُا أرَوأناَج أ تاَمُج Senïŋ barlïğïŋğa tanuğluq berür, Jumat janvar učğan yügürgän neŋä.(C. 1). Keltirilgan baytning ikkinchi misrasidagi أ تاَمُج so‘zida bu unli damma harakati bilan berilgan. Shuningdek, “i” unlisi ham xuddi “u” unlisi singari uch xil variantda keltirilgan. Birinchi variantga misol: أنَغاَقأرَا أليِلَد هَغ أكنيِغيِلريِب أكيِنَس يِا أكنَنأرِب أروُلوُب أچ اَكنيِم أرَل أليِلَد هر Seniŋ bïrlïğïŋğa dalil arqağan, Bolur bïr näŋ ičrä dalillar meŋä. (C. 1). Keltirilgan baytning ikkinchi misrasidagi هرأچيِا so‘zidagi “i” unlisi يِا shaklida berilgan. Bunda ham ushbu harfiy birikmani “ay” yoki “ey” emas, balki “i”unlisi ekanligini bildirish uchun alifning ostiga kasra harakatini qo‘yib ketgan. Ikkinchi variantga yuqoridagi baytning ichida kelgan quyidagi so‘zlar misol bo‘la oladi: أليِلَد هَغ أكنيِغيِلريِب أكيِنَس Misollardan ko‘rinib turibdiki, “i” unlisi ي harfi bilan, ayni paytda,uning oldidagi harfning ostiga kasra harakatini qo‘yish orqali ifodalangan. Uchinchi variantiga misol esa quyidagicha: أميِليِت وُب أريِتاَن هَلأريِب ِحأدَم أكنيِنَا اَݣنآ دأهَش رَكَش هَلريِب ىِداَي أكنيِنَا Anïŋ madhï birlä tatïr bu tilim, Anïŋ yadï birlä šäkär šahd aŋa.(C. 3) Keltirilgan baytning birinchi misrasidagi ِحأدَم so‘zidagi “i” unlisi kasra bilan ifodalangan. Asarda “a” unlisining berilishi quyidagicha: Ushbu unli so‘z boshida kelganida, albatta, alif harfi ustiga fatha harakatini qo‘yish orqali: أنيِت أكوُلوُا أكوُلوُا نيِد أكيِريِت أمَه أكيِريِت اَݣأنَا أ تيك ىِنوُم أنَسأرَروُك أروُراَقيِچ Ölügtin tirik ham tirikdin ölüg, Čïqarur körär-sen munï ket aŋa.(C. 2). Keltirilgan baytning so‘nggida kelgan أنَا َݣا so‘zi bunga misol bo‘la oladi. Shuningdek, fathaning o‘zi bilan ham ifodalangan. أموُزوُا ىِدألوُتوُق أكنيِلأضَف هَسألوُب اَكأنَس اَكأنَم أقيِل أغيِتَق أكنيِلأدَع هَسألوُب أرَكَا Seŋä bolsa fazlïŋ qutuldï özüm, Agar bolsa adlïŋ qatïğlïq meŋä. (C. 5). Ushbu misralardagi أقيِل أغيِتَق ,أكنيِلأدَع ,أكنيِلأضَف ,اَكأنَس kabi so‘zlardagi “a” unlilari shu tarzda ifodalangan. 344 Bundan tashqari, asarda bu unli alifning o‘zi bilan ham keltirilgan. Yuqoridagi baytning oxirida اَكأنَم so‘zida shu holatni kuzatishimiz mumkin. Arab tilida uchta qisqa “a”, “i”, “u” unlilari va ularning cho‘ziqroq talaffuz etilishini ta’minlaydigan arab alifbosidagi alif, vov hamda yo harflari mavjudligi ma’lum. Yuqorida ham aynan shu uchta unlini ko‘rib chiqdik. Biroq o‘zbek tilida yoki umuman turkiy tillarda unlilar uchta emas, balki undan ortiqligi ma’lum. Asar yozuvining arab alifbosida ekanligi, ikki tildagi unlilar soni esa bir xil emasligi turkiy tilni arab alifbosida berishda unli yoki undoshlarning o‘zaro bir-birlarining o‘rnida vazifadosh sifatida berishni taqazo etgan va bu o‘z navbatida turli ko‘rinishlarni yuzaga keltirgan. Masalan, yuqorida keltirilgan uchta unlining ko‘rinishlari har doim ham mazkur unlilarni ifodalamaydi. Chunki, arab alifbosida “e”, “o‘”, “o” (tor yoki kengligi kabilar hisobga olinmaganda ham) harflari yo‘q. Asarda esa mazkur unlilarni ham yuqoridagi ko‘rinishlarda berilgani va ularning boshqa holatlarini quyida ko‘rib chiqamiz. Ushbu nusxaning grafik xususiyatlari to‘g‘risida umumiy qilib shuni aytish mumkinki, asar arab yozuvida ko‘chirilganligi sababli, arab alifbosidagi yigirma sakkizta harfdan to‘la va o‘z o‘rnida foydalanilgan. Shuningdek, qisqa unlilarni ifodalashda harakatlardan, cho‘ziq unlilarni ifodalashda esa harakatlar va ularga monand bo‘lgan vov, alif hamda yo harflaridan foydalanilgan. Cho‘ziq “a” va cho‘ziq “i” unlilarini bildirish uchun alif harfining kichik shaklini alifning ustiga, yoning ostiga qo‘yib ketgan. Bundan tashqari turkiy tildagi cho‘ziqlik belgisini bildirishda arab tilidagi madda belgisidan ham foydalanilgan. Turkiy tildagi tovushni ifodalashda arab tilidagi harflar kifoya qilmagan holatda fors-tojik tillaridagi )گ( چ پڭ ژ harflaridan, “e”, “o‘” kabi unlilar masalasida esa alif, vov hamda yolarini o‘zaro birikmasidan yoki shularning o‘zidan foydalanilgan. Ma’lumki, arab alifbosidagi harflarning hammasi undosh tovush hisoblanadi. Unli tovushlar qisqa va cho‘ziqqa bo‘linib, qisqa unlilar undosh harflarning ustiga yoki ostiga qo‘yiladigan harakatlar bilan ifodalansa, cho‘ziq unlilar qisqa unlilardan so‘ng alif, vov hamda yo harflaridan o‘ziga moyil bo‘lganini harakatsiz qo‘yish orqali ifodalanadi. Bu mazkur harflarning unli harf ham bo‘lib kelishi mumkinligini bildirmaydi. Balki ushbu uch undoshdan vov hamda yo harflari sirg‘aluvchi undosh bo‘lib, talaffuz qilinganida nutq a’zolari bir-biriga jipslashmaydi. Shu sababli, qisqa unlilar ulardan oldin kelganida unlilarni qisqa holida ushlab qolishning iloji yo‘q. Natijada qisqa unlilar cho‘ziqroq talaffuz qilinadi va cho‘ziq unlilarga aylanadi. Mazkur hodisaga tayangan holda turkiy tildagi unlilarni ifodalashda ushbu undoshlardan gohida yakka holda, gohida birikma holida foydalanishgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Қ. Маҳмудов. “Аҳмад Югнакийнинг “Ҳибатул ҳақойиқ” асари ҳақида”. Т.: “Фан”, 1972. – Б.10. 2. Абдураҳмонов Ғ, Рустамов А. Қадимги туркий тил. Тошкент: “Ўқитувчи” 1982. – 168 б. 3. Ирисов А. Аҳмад Югнакий. Ўзбек педагогикаси антологияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. - 212 б. 345 4. Маҳмудов Қ, Содиқов Қ. XI-XV асрнинг туркий ёзувдаги ёдгорликлар. – Тошкент: Фан, 1994. – 164 б. 5. Маҳмудов Қ. Манбаларни қайтадан кўрмоқ керак.// Ўзбекистон адабиёти ва санъати. –1995. -28 апр. Xorij adabiyoti: 6. C – “Hibatu-l-haqoyiq”ning C nusxasi: Edib Ahmed Mahmud Yükneki. Atebetü’l – hakayık. Reşid Rahmeti Arat. – Ankara, 1992. S. CXVIII – CLXVI. Elektron manbalar: 7. http://kitobim.com\library\books. 8. library.ziyonet.uz\ru\book\download. 9. http://forum.ziyouz.com\index.php?topic. 10. http\\forum.wwwturklib.com\general history\mukammal asarlar toplami 20 tomlik mukammal asarlar tuplami. 11. http:\\e-adabiyot.uz\adabiyotshunoslik\1302-maqola.html. 12. htpp:\\www.ziyouz.com\index.php?option=com_content&task=view&id