scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BADRIYA AL-BISHRNING ZAMONAVIY SAUDIYA ADABIYOTIGA QO'SHGAN HISSASI VA ADABIY O'RNI

Sevinch Ro'ziyeva Umed qizi, Saidova N. M.

Abstract

BADRIYA AL-BISHRNING ZAMONAVIY SAUDIYA ADABIYOTIGA QO'SHGAN HISSASI VA ADABIY O'RNI

Full text

392 BADRIYA AL-BISHRNING ZAMONAVIY SAUDIYA ADABIYOTIGA QO‘SHGAN HISSASI VA ADABIY O‘RNI BADRIYA AL-BISHR'S CONTRIBUTION TO MODERN SAUDI LITERATURE AND HER LITERARY PLACE ВКЛАД БАДРИИ АЛЬ-БИШР В СОВРЕМЕННУЮ САУДОВСКУЮ ЛИТЕРАТУРУ И ЕЁ МЕСТО В ЛИТЕРАТУРЕ. Sevinch Ro’ziyeva Umed qizi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Arabshunoslik oliy maktabi, adabiyotshunoslik yo’nalishi, 1-bosqich magistri, Ilmiy rahbar: dotsent Saidova N. M. onlysevig[email protected]om Annotatsiya: Ushbu maqolada Saudiya Arabistonida nasrning, xususan romannavislikning so‘nggi yillarda kechayotgan rivojlanish jarayonlari, jamiyatdagi modernizatsiya, ijtimoiy o‘zgarishlar va madaniy yangilanishlarning adabiyotga ta’siri yoritilib, ayniqsa ayollar mavzusining Saudiya nasrida qanday shakllanib, o‘ziga xos yo‘nalishga aylangani ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotning markazida zamonaviy Saudiya adabiyotining yorqin vakillaridan biri Badriya Bishr ijodi turadi. Maqolada adibaning ijodiy faoliyati, asarlari tahlili, yutuqlari haqida ma’lumot beriladi. Аннотация: В данной статье рассматриваются процессы развития прозы, в частности романоведения, в последние годы в Саудовской Аравии. Освещается влияние модернизации общества, социальных изменений и культурных обновлений на литературу, а также особое внимание уделяется тому, как формировалась тема женщин в саудовской прозе и как она приобрела уникальное направление. В центре исследования находится творчество одного из ярких представителей современной саудовской литературы — Бадрии Бишр. В статье представлена информация о творческой деятельности писательницы, анализ её произведений и достижения. Abstract: This article examines the recent developments in prose, particularly in novel writing, in Saudi Arabia. It highlights the influence of societal modernization, social changes, and cultural renewal on literature, with a special focus on how the theme of women has been shaped in Saudi prose and developed into a distinctive direction. The study centers on the work of one of the prominent figures of contemporary Saudi literature, Badriya Bishr. The article provides information about the author’s creative activity, analysis of her works, and her achievements. Kalit so’zlar: Saudiya adabiyoti; nasr; romannavislik; zamonaviy arab adabiyoti; ijtimoiy o‘zgarishlar; Badriya Bishr; ayol obrazlari; jamiyati; modernizatsiya; ayol yozuvchilar ijodi. Keywords: Saudi literature; prose; novel writing; modern Arabic literature; social change; Badriya Bishr; female images; society; modernization; women writers. 393 Ключевые слова: саудовская литература; проза; роман; современная арабская литература; социальные изменения; Бадрия Бишр; женский образ; общество; модернизация; женщины-писательницы Saudiya Arabistoni adabiyoti tabiiy ravishda arab yarimorolining boy adabiy merosiga asoslanib 20-asr boshlaridan, ya’ni Saudiya davlatining dastlabki rivojlanish davrlaridan boshlanadi. Arab dunyosida an’anaviy ravishda diniy va ijtimoiy chegaralar bilan belgilangan nasriy ijod, ayniqsa romanning shakllanishi, yozuvchilarga jamiyatning turli qatlamlarini, insoniy munosabatlarni va shaxsiy kechinmalarni batafsil tasvirlash imkonini berdi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Saudiya nasri, o‘zining yangi va murakkab shakllari orqali, nafaqat adabiy janrni boyitmoqda, balki jamiyatdagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi vositaga aylanmoqda. Birinchi saudiya romanlari 1930–1950 yillarda paydo bo‘lib, ular ko‘proq ijtimoiy muammolarni ko‘taruvchi islohot ruhida edi. 1930-yilda Abdul Quddus alAnsoriyning “At-Tava’aman” (“Egizaklar”) romanining paydo bo‘lishi bilan boshlangan. U ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq tarixiy bosqichlar orqali rivojlandi. 1954-yildan boshlab adabiyot “ta’sis bosqichi”ga o‘tdi va roman janri badiiy struktura hamda mavzu jihatidan boyiy boshladi. Hamid Damiyurning “Qurbonlik narxi” (ةيحضتلا نمث) kabi romanlari Saudiya nasrining yangi bosqichga o‘tganini ko‘rsatdi. Shuningdek, Ibrohim al-Midyan, Ahmad as-Sibaa’i kabi yozuvchilar Saudiya jamiyatining iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlarini badiiy tasvirda ifodalashga katta hissa qo‘shdilar. Adabiyot rivojida gazetalar va radio ham katta rol o‘ynadi. 1924-yilda tashkil etilgan “Umm al-Qura” gazetasi va “Al-Manhal” jurnali adabiy nashr uchun ham platforma vazifasini o’tadi. Nasr sohasida qisqa hikoya va roman gazetalar orqali rivojlandi. “Al-Manhal” jurnalida 1937 - yildan boshlab qisqa hikoyalarga alohida o‘rin berildi. 1970-yillardan keyin Saudiya roman va hikoyanavsiligida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi adabiy sohada yangi yozuvchilar soni ancha ortib, nasrda romantizm va ramziylik, modernizm, milliy, insoniy mavzular bilan bog‘liq yangicha uslublar paydo bo‘ldi. Abdulaziz Mushari, Abdo Xol, Turki al-Hamad, Muhammad al-Abdali va boshqa zamonaviy yozuvchilar 1980-90-yillarda roman janrida katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. 1970–1990 yillar Saudiya romanida modernizm tendensiyalarining tobora kuchayib bordi. Buning natijasi o’laroq 1990-yillardan keyin jamiyatdagi o‘zgarishlar, globalizatsiya va axborot oqimi Saudiya adabiyotining yangi davrini boshlab berdi. Turki al-Hamad va G‘oziy al-Qusaybiy kabi yozuvchilar jasoratli, tanqidiy ruhdagi romanlari bilan Saudiya romanining yangi ovozini yaratdilar. 2000 yillardan boshlab Saudiya romani Arab adabiyoti ichida kuchli mavqe egallab, xalqaro mukofotlarda ko‘p bora nomzod bo‘la boshladi. Romannavislik uslub va badiiy tajribalar xilma-xillashuvi bilan rivojlana boshladi. Roman dastlab jurnalistika ta’sirida shakllanib, jamiyatdagi voqealar va 394 o‘zgarishlar uning mazmunini belgilashda muhim ro’l o‘ynadi. So‘nggi o‘n yilliklarda esa Saudiya romannavisligi jiddiy masalalarni xilma-xil tarzda yorituvchi, shuningdek, tasviriy va obrazli san’atlarni o’zida aks ettiruvchi janr sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Bugun Saudiya adabiyoti turli uslublar, eksperimental shakllar, ayollar ovozi, yigit va qizlarning yangi avlod ijodi bilan arab dunyosidagi eng faol adabiy sahnalardan biriga aylangan. XX asr oxirlaridan boshlab Saudiya ayol ijodkorlari adabiy sahnada faol ravishda namoyon bo‘la boshladilar va bugun arab adabiyotining eng kuchli ovoziga aylandi. Samira Xamdan Saudiya romanida ayol ovozining dastlabki ko‘zga ko‘ringan vakillaridan bo‘lib, jamiyat va shaxsiy identitet masalalarini yoritdi. Raja Alem zamonaviy saudiya adabiyotining eng yirik nomlaridan biri bo‘lib, “Kabutar marjoni” (مامحلا قوط) romani bilan xalqaro “Arabic Booker Prize”ni qo‘lga kiritgan birinchi saudiya ayolidir. Laylo al-G’amidi va Layla al-Juhani kabi yozuvchilar ayol psixologiyasi, oilaviy munosabatlar va jamiyatdagi gender ro’llarini badiiy yondashuvda yorqin ifodaladi. Ayol yozuvchilar o‘z asarlarida jamiyatdagi ayol mavqeini, feministik masalalarni va shaxsiy tajribalarni yoritadilar. Ularning ijodida psixologik tahlil, ramziy ifodalar va zamonaviy badiiy uslub uyg‘unlashgan bo‘lib, ular Saudiya adabiyotida muhim ovoz yaratdilar. Zamonaviy arab ayol yozuvchilaridan biri Saudiyalik, romannavis va jurnalist Badriya al-Bishr 1955yil Saudiyaning Riyod shahrida dunyoga keladi. U10 yoshidan boshlab kichik hikoyalar yozishni boshlagan. 1992-yilda “O‘yinning oxiri” nomi ostida qisqa hikoyalari to‘plamini nashr etdi, keyinchalik 1996 va 1999-yillarda “Chorshanba oqshomi” va “Kardamon donasi” nomli boshqa to‘plamlari chop etdi. Badriya al-Bishrning eng mashhur asarlari qatoriga 2005-yilda nashrdan chiqqan “Hind va askarlar” hamda “Al-Ashaa ko‘chasidagi ishqiy sarguzashtlar” romanlari kiradi. U 2012-yilda Arab matbuoti mukofotida “Eng yaxshi gazeta ustuni” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan. 2007-yilda “Tash ma tash janglari” kitobini nashr chiqadi. Uning 2010-yildagi yangi romani “Ayollar narxi” nomi ostida chop etildi. Saudiya Arabistoni zamonaviy adabiyotining eng yorqin vakillaridan biri Badriya al-Bishrning ijodi nafaqat Arab dunyosida, balki xalqaro miqyosda ham e’tirof etilgan. U roman, qisqa hikoya va publitsistika janrlarida faol ijod qilgan, jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar, ayolning ruhiy dunyosi va patriarxal tizimdagi ro’li kabi mavzularni badiiy vositalar orqali tasvirlagan. U ko‘plab xalqaro ilmiy va adabiy tadbirlarda ishtirok etgan. Jumladan, 2005yilda AQShda “OAV” mavzusidagi xalqaro tashrif dasturida, 2008-yilda Abu-Dabida Shayx Zayd mukofotiga bag‘ishlangan seminarda, shuningdek, 2012-yilda yozuvchilar Yusuf al-Muhaymid va Muhammad al-Qoziy 61 bilan “Roman va o‘zgarish” seminarida, “Sharja qizlar klubi”, Riyod, Madina va Maskatdagi adabiy klublarda bo‘lib o‘tgan tadbirlarda qatnashgan. 61 https://www.spa.gov.sa/2296793 395 Shuningdek, u MBC telekanalida “Badriya” dasturini olib borib, hikoya uslubini televizion formatga moslashtirgan. Dasturda u madaniy muloqot, o‘quvchilar va tomoshabinlar bilan interaktiv muloqot orqali o‘zining ijodiy tajribasini kengaytirgan. Uning dasturi an’anaviy suhbat dasturlaridan farqli ravishda, turli avlod va qatlamlar o‘rtasida dialogni rag‘batlantirgan. Al-Bishrning ijodiy yo‘li ar-Riyod shahrida 1967 yilda boshlanadi. U konservativ oilada to‘qqiz farzand ichida ikkinchi bo‘lib tug‘ilgan. 62 Otasi va onasi savodsiz bo‘lishiga qaramay, ularni o‘qishga va bilimga qiziqishini rag‘batlantirgan. Bu esa kelajakda uni nafaqat yozuvchi, balki Saudiya jamiyatining o‘ziga xos madaniy ovozi bo‘lishiga olib keladi. Yozuvchi o‘z ijodiy iste’dodining ildizlarini aynan oilaviy muhitdagi ayollardan - onasi, buvisi va amakivachchalardan olganini ta’kidlaydi: “Bizning oilada xalq og‘zaki ijodi, ertaklar va qo‘shiqlar juda sevilardi. Buvim ajoyib rivoyatchi edi. Ayollarimiz turli marosimlar uchun yaratilgan xalq qo‘shiqlarini aytishni yaxshi ko‘rardi. Bu ayollar go‘yo og‘zaki teatr yaratgandek bo‘lishardi. Men yozma so‘zni tanlagan bo‘lsam-da, oilamizdagi xalq xotirasi shu qadar boy ediki, men undan ta’sirlanmay ilojim yo‘q edi. Men hikoya qilish mahoratini ulardan meros olganman.” 63 Al-Bishr Qirol Saud universitetida bakalavr va magistr darajalarini olgan, 2005yilda Livan universitetida san’at falsafasi va sotsiologiya bo‘yicha doktorlik darajasini qo‘lga kiritgan. Uning ilmiy izlanishlari Saudiya jamiyatining ijtimoiy tuzilishini chuqur o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, bu mavzu uning asarlarining asosiy g‘oyaviy tayanchi hisoblanadi. 1989-yilda Riyoddagi Malik Saud universitetida ijtimoiy tadqiqotlar bo‘yicha bakalavr darajasini olgach,“Ar-Riyod” gazetasida muharrir sifatida ishlagan. 1994yilda o‘sha universitetda ijtimoiy tadqiqotlar bo‘yicha magistr darajasini oldi. 1996yildan 4 yil davomida Malik Saud universitetida o‘qituvchi bo‘lib ishladi. Keyinchalik u Lubnon universitetida o‘qib, 2005-yilda Badriya Beyruttagi Lubnon universitetida ijtimoiy fanlar falsafasi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1994-yilda nashr etilgan “Chorshanba oqshomi” (ءاعبرلأا ءاسم) to‘plami Badriya al-Bishrning badiiy mahoratini yanada yuksaltirgan asarlardan biridir. Ushbu to‘plam 2002-yilda fransuz tiliga tarjima qilingan bo‘lib, unda yozuvchi o‘ziga xos psixologik tahlil va realizm uslubini uyg‘unlashtirgan. U insoniy his-tuyg‘ular, jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik va shaxsiy iztirob mavzularini nafis, ammo tanqidiy ohangda tasvirlaydi. Badriya al-Bishr nafaqat ilmiy tadqiqotchi, balki faol jurnalist va adabiy shaxs sifatida ham tanilgan. U ilk bor 1997–1999-yillarda “Al-Yamama” jurnalida haftalik maqola yozishdan ish boshlagan. Keyinchalik “Ash-Sharq al-Avsat”, “Al-Hayat” gazetalarida faoliyatini davom etgan. Uning maqolalari Saudiya Arabistonining 62 Ameer Albahouth. Badryah Al-Bishr: A Master of Her Craft. 2025, 63 Madawi al-Rasheed. "A Most Masculine State: Gender, Politics, and Religion in Saudi Arabia." Cambridge University Press 396 nufuzli nashrlarida muntazam chop etilib, jamiyatdagi ijtimoiy va madaniy masalalarni yoritishga bag‘ishlangan. Yozuvchining 1999-yilda Bayrutda chop etilgan “Kardamon donasi” (لاهلا ةبح) asari esa an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar to‘qnashuvi, ayolning o‘zini anglash jarayoni, muhabbat va ijtimoiy bosim o‘rtasidagi kurashni badiiy ifoda etgan roman sifatida e’tirof etiladi. Al-Bishr ayollar huquqlari masalasining qat’iy himoyachisi bo‘lib, o‘zining ko‘plab romanlari, hikoyalari va jurnalistik maqolalarini aynan shu mavzuga bag‘ishlagan. Biroq u sotsiolog sifatida gender ro’llari borasida muvozanatli nuqtai nazarga ega: uning fikricha, jamiyat nafaqat ayollarga, balki erkaklarga ham oldindan belgilab qo‘yilgan rollarni yuklaydi. Uning romanlaridagi erkak obrazlari patriarxal tuzum tomonidan tor doiraga qamalgan, hayotidan norozi va o‘zligini izlaydigan insonlar sifatida ifodalanadi. Badriya al-Bishr va uning zamondoshlari ikki dunyo o‘rtasida shakllangan ijodkorlardir: biri - ota-bobolari dunyosi, an'ana, qishloq hayoti va din; ikkinchisi - globallashuv, shahar madaniyati, internet, sun’iy yo‘ldosh televideniyesi va tez o‘zgarayotgan Saudiya jamiyatidir. 2000-yildan keyin romannavislik uslub va badiiy tajribalar xilma-xillashuvi bilan rivojlana boshladi. Roman dastlab jurnalistika ta’sirida shakllanib, jamiyatdagi voqealar va o‘zgarishlar uning mazmunini belgilashda muhim ro’l o‘ynadi. So‘nggi o‘n yilliklarda esa Saudiya romannavisligi jiddiy masalalarni xilma-xil tarzda yorituvchi, shuningdek, tasviriy va obrazli san’atlarni o’zida aks ettiruvchi janr sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. XX asr ohiri-XXI asr boshlarigacha davom etgan diniy konservatizm davri (alSahva harakati 64 ) jamiyatda qat’iy nazorat o‘rnatishga urindi. Ammo neft boyliklari sababli tez rivojlangan ta’lim, xorij safarlari va erkin axborot oqimi Saudiya jamiyatini ochiqroq bo‘lishga majbur qildi. Badriya al-Bishrning “Al-A'sho ko'chasidagi ishq qissalari” (ىشعلأا عراش تايمارغ) romani Saudiya Arabistonida 1970-yillarda yashash tarzini va jamiyatdagi o‘zgarishlarni ayollar nigohi orqali tasvirlaydi. 65 Asarda turli ijtimoiy qatlamlar, yoshlar, ayollar va erkaklarning tajribalari orqali jamiyatning murakkab ijtimoiy strukturalari ochib beriladi. Roman qahramonlarining ayollar va erkaklar nigohidan hikoya qilinadi. Bu qahramonlar turli yosh, kasb, iqtisodiy va dini qatlamlardan bo‘lib, o‘quvchiga Saudiya jamiyatining turfa qirralarini his etish imkonini beradi. Telefon va rangli televizor kelishi bilan oila va ijtimoiy aloqalar qanday o‘zgarishini, shu o’zgarishlar orqali eski va yangi qadriyatlar o’rtasidagi ziddiyatlar tasvirini ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan birga, majburiy nikoh, sevgi, hasad, patriarxal tizim va gender rollari kabi masalalar aniq va hayotiy tafsilotlari bilan ko‘rsatilgan. Har bir sevgi hikoyasi bir-biriga aloqasi yo’qdek tuyulsa-da, aslida, ular bir-biriga uzviy bog‘liq va jamiyatning murakkab ijtimoiy qatlamlarini ochib beradi. Shuningdek 64 https://www.aljazeera.com/features/2019/6/5/what-is-sahwa-the-awakening-movement-under-pressure-in-saudi 65 Sawad Hussain. Excerpt from Love Stories on al-Asha Street. ArabLit, 2014 397 bu roman 2014-yilda Arab adabiyoti bo‘yicha xalqaro mukofot (International Prize for Arabic Fiction) nominatsiyasiga kiritilgan, bu uning xalqaro adabiy maydondagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Al-Bishrning hikoya uslubi o‘quvchini voqea markazida his qilish imkonini beradi. Shu bois, Saudiya tarixini va madaniyatini badiiy tarzda ochib beruvchi manba sifatida ko‘plab adabiyotshunoslar tomonidan o‘rganilgan. Saudiya adabiyoti kontekstida asarning ayollar ichki dunyosi va ularning patriarxal jamiyatdagi roli tadqiqot mavzusi bo‘lgan. Badriya al-Bishrning keyingi davr ijodida ijtimoiy-falsafiy mavzular ustuvorlik kasb etadi. 2006-yilda chop etilgan “Hind va askarlar” (ركسعلاو دنه) romani jamiyatdagi erkaklar hukmronligi, ayolning inson sifatidagi qadri va uning o‘z ovozini topish yo‘lidagi izlanishlarini yoritadi. Bu asar arab dunyosidagi feministik adabiyot namunalari orasida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Yozuvchining 2010 -yilda yozilgan “Arqonli arg‘imchoq” (ةحوجرلأا) romani esa inson ruhiyatidagi nozik kechinmalar, muhabbat va ijtimoiy chegaralar o‘rtasidagi murakkab muvozanatni tahlil etuvchi asar sifatida tanilgan. 2011-yilda u “Arab Press Awards” mukofotida “Eng yaxshi gazeta maqolasi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan, uni BAA vitse-prezidenti Shayx Muhammad bin Roshid Al-Maktum taqdirlagan. 66 Shu orqali u mazkur mukofotni qo‘lga kiritgan birinchi saudiyalik ayol sifatida tarixda qolgan. 2017-yilda nashr etilgan “Payshanba mehmonlari” (سيمخلا تارئاز) romani esa jamiyatning diniy va madaniy qobig‘i ichida yashayotgan shaxsning ruhiy holatini, oilaviy munosabatlarda yuzaga keladigan ziddiyatlarni teran yoritadi. Shu yili u o‘zining “To‘liq hikoyalar to‘plami” (ةلماكلا ةيصصقلا لامعلأ) asarini e’lon qilib, o‘zining 25 yillik ijodiy yo‘lini umumlashtirgan. Badriya al-Bishr shuningdek ilmiy-analitik asarlar muallifidir. Uning “Neftdan oldingi Najd: xalq ertaklari bo‘yicha sotsiologik-tahliliy tadqiqot” ( ا لبق دجن ةسارد :طفنل ةيبعشلا تاياكحلل ةيليلحت ةيجولويسوس) nomli asari xalq og‘zaki ijodi orqali Najd mintaqasining tarixiy, madaniy va ijtimoiy tuzilmasini ilmiy asosda tahlil qiladi. Bu tadqiqot yozuvchining nafaqat badiiy, balki ilmiy salohiyatini ham namoyon etadi. Yana bir diqqatga sazovor asari - “Tash ma tash janglari: Saudiya jamiyatida taqiqlash tafakkuriga bir qarash” ( يدوعسلا عمتجملا يف ميرحتلا ةينهذ يف ةءارق :شات ام شات كراعملا) bo‘lib, unda u Saudiya jamiyatidagi madaniy senzura, taqiqlash tafakkuri va ommaviy madaniyatdagi qarama-qarshiliklarni ilmiy tahlil qiladi. Badriya al-Bishrning eng so‘nggi romani “Za’faron siri” (ةنارفعزلا رس) o‘zining poetik tili, ramziy obrazlari va ijtimoiy teran mazmuni bilan ajralib turadi. Bu asarda muallif zamonaviy ayolning ruhiy olami, uning ichki mustaqillikka intilishi hamda sevgi va jamiyat o‘rtasidagi kurashni badiiy mahorat bilan tasvirlagan. Umuman olganda, Badriya al-Bishr asarlari nafaqat Saudiya adabiyotining, balki butun arab ayol yozuvchiligi an’analarining muhim qismi hisoblanadi. Uning ijodi ijtimoiy mas’uliyat, adabiy yangilik va ayollarning o‘z ovoziga ega bo‘lish 66 https://www.abouther.com/node/3351/people/leading-ladies/badria-al-bishr-addressing-hot-button-social-issuesthrough-talk 398 g‘oyasini birlashtirgan holda, zamonaviy arab adabiyotining yangi bosqichini ifodalaydi. Yozuvchining asarlari turli-tuman mavzularni qamrab oladi va inson hamda jamiyat hayotining barcha jihatlariga taalluqlidir. Jamiyatning ayrim qatlamlari duch keladigan muammolar, ular tomonidan “tabiiy” hayotiy hodisa sifatida qabul qilinsada, yozuvchi tomonidan anormal, hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar sifatida tasvirlanadi. Ushbu o‘tkir muammolardan biri - oila va nikoh masalalariga oid stereotiplarni qat’iy ravishda buzish zaruratidir. Badriya al-Bishrning ijodi — bu nafaqat badiiy asarlar, balki jamiyatni o‘zgartirish vositasi. Uning hikoyalari va romanlari, maqolalari va televideniye dasturlari orqali Saudiya jamiyatidagi qadriyatlar, ayollar huquqlari va ijtimoiy o‘zgarishlar yoritiladi, roman va hikoyalari Saudiya Arabistoni va boshqa Arab davlatlaridagi universitetlarda o‘rganiladi. Tadqiqotchilar uning asarlarida Saudiya jamiyatining ichki hayotini, ayol qahramonlarning ruhiy o‘sishini va ijtimoiy normalarni tahlil qiladilar. Savvad Husayn va Amir al-Bahus 67 kabi tanqidchilar al-Bishrning ijodiy yondashuvini va jamiyatga ta’sirini ilmiy maqolalarda yoritgan. Ularning tahlillari alBishrning hikoya va romanlaridagi badiiy uslub, ayol obrazlari va ijtimoiy mavzularni chuqur o‘rganishga qaratilgan. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Badriya al-Bishrning o’zining keng ko’lamli ijodiy faoliyati orqali Saudiya zamonaviy adabiyotining nasrida yangi ovoz va yangi estetika hosil qildi. Uning asarlarida jamiyatning muhim mavzularidan bo’lmish oila, nikoh, tarbiya va asosiysi ayollarning ijtimoiy mavqeyi, ichki kechinmalari jarayoni teran tasvirlanadi. Bishrning romanlari va hikoyalarida nafaqat ayol taqdiri, balki Saudiya jamiyatidagi o‘zgarishlar, modernizatsiya, an’ana va zamonaviylik o‘rtasidagi kurash, zamonaviylikning oddiy insonlar, xossatan ayol-qizlar hayotidagi ta’siri ham o‘z ifodasini topadi. Adibning jasorati oddiy saudiy ayollar ruhiyatini ochiq va samimiy tasvirlay olganida, ularning ijtimoiy muammolariga badiiy yondashuvidadir. Shu tariqa, Badriya Bishr ijodi nafaqat Saudiya adabiy jarayonida, balki butun arab adabiyotida ayol yozuvchilarning rolini kuchaytirgan, jamiyatdagi dolzarb masalalarni yoritish orqali keng kitobxonlar qatlamiga murojaat qila olgan muhim adabiy hodisa sifatida baholanadi. Uning asarlari kelajak tadqiqotlar va adabiy tahlillar uchun ham boy manba bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. ،يقاسلا راد :ضايرلا .ىشعلأا عراش تايمارغا .رشبلا ةيردب2013 . 2. :ضايرلا .ةيبعشلا صصقلل ةيجولويسوس ةيليلحت ةسارد :طفنلا لبق دْجَن :طفنلا لبق دـجنلا .رشبلا ةيردب ،رشنلل لوادجلا راد 2013. 3. Ал-Кахтоний С. С., Саудия адабиётида роман: пайдо булиши ва ривожланиши, Тошкент, Ешлар нашриёт уйи, 2020, 360 б. 4. Firdous S., Iqbal M.S., Modern Arabic Literature: A Fusion of Tradition and Innovation, Zakariya J. Educ., Humanit. & Soc. Sci., 2025, 3(1) 67 Ameer Albahouth. Badryah Al-Bishr: A Master of Her Craft. 2025 399 6. ةيدوعسلا ةياورلا :اهروطتو ثيدحلا يبرعلا بدلأا يف ةياورلا ةأشن ,يدعاصلا ناميلس ملاس حلاص .د ادلآا ةيلكب ةيملعلا ةلجملا ,اجذومنأ№ ,ب57 ربوتكأ ,2024كلمملا ,زيزعلادبع نب ماطس ريملأا ةعماج , ةيبرعلا ة ةيدوعسلا. II. Internet manbalar: 1. https://1.www.wikipedia.com 2. https://ziyouz.com 3. https://almoqtabas.com/ar/biographies/view/25965344409519294 4. https://www.ksaart.com/badryah-al-bishr-a-master-of-her-craft/ 5. https://arablit.org/2017/03/07/an-excerpt-from-badriah-al-bishrs-love-6. 6. https://wordswithoutborders.org/read/article/2011-08/the-well/ 7. https://journals.ajsrp.com/index.php/jeps/en/article/view/8888 8. https://www.britannica.com/art/Arabic-literature/Belles-lettres-and-narrativeprose)