scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BALOG'AT ILMIDA TASHBEH TURLARI VA XUSUSIYATLARI

Majidova Xamidaxon Mamatkul qizi

Abstract

BALOG'AT ILMIDA TASHBEH TURLARI VA XUSUSIYATLARI

Full text

438 BALOG‘AT ILMIDA TASHBEH TURLARI VA XUSUSIYATLARI ТИПЫ И ХАРАКТЕРИСТИКИ СХОДСТВА В ФИЛОСОФИИ TYPES AND CHARACTERISTICS OF SIMILARITY IN PHILOSOPHY Majidova Xamidaxon Mamatkul qizi O‘zDJTU Sharq filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada arab tili ilmlaridan balog‘atning muhim bo‘limlaridan biri — tashbeh mavzusi atroflicha yoritiladi. Unda tashbehning mazmuni, uning nutqni qanday go‘zallashtirishi va ta’sirli qilishdagi o‘rni izohlanadi. Shuningdek, tashbehning asosiy tarkibiy qismlari hamda turlari misollar asosida tahlil qilinib, uning qo‘llanilish xususiyatlari o‘rganiladi. Kalit so‘izlar: tashbeh, mushabbah, mushabbah bihi, mufrad, murakkab, mufassal, mujmal, muakkad, mursal, tamsiliy, zimniy, maqlub Аннотация: В данной статье подробно рассматривается одна из важных частей арабской риторики — ташбих. Объясняются его содержание, роль в украшении речи и повышении её выразительности. Также анализируются основные составные части и виды ташбиха на примерах, изучаются особенности его применения. Ключевые слова: ташбих, мушаббах, мушаббах бихи, муфрад, мураккаб, муфассал, мужмал, муаккад, мурсаль, тамсий, зимний, маклуб Abstract: This article provides a detailed study of one of the important sections of Arabic rhetoric — tashbih (simile). Its meaning, role in beautifying speech, and enhancing its expressiveness are explained. The main components and types of tashbih are analyzed through examples, and its usage characteristics are examined. Keywords: tashbih, mushabbah, mushabbah bihi, mufrad, murakkab, mufassal, mujmal, muakkad, mursal, tamsiliy, zimniy, maqlub Tashbehning lug‘aviy ma’nosi: o‘xshatish (ليثمتلا) Tashbeh balog‘at istilohida: bir narsa yoki narsalar boshqa bir narsa yoki narsalar bilan bir yoki bir nechta sifatlarda sherik bo‘lishini tashbeh vositalaridan bir vosita orqali ifodalashdir. Tashbehning asosiy tarkibiy qismlari (ruknlari): mushabbah (o‘xshatilayotgan narsa), mushabbah bihi (unga o‘xshatilayotgan narsa), adatut tashbeh (o‘xshatish vositasi), vajhush shabah (o‘xshashlik jihati). Buladan ikkisi: mushabbah, mushabbah bihi tashbehning ikki tomoni (هيبشتلا افرط) deyiladi. 439 Masalan: ةيادهلا يف رونلاك ملعلا - Ilm hidoyatda (to‘g‘ri yo‘lga boshlashda) nur kabidir. Ushbu misolda ملعلا -mushabbah, رونلا – mushabbah bihi, ك - o‘xshatish vositasi, ةيادهلا يف - o‘xshash jihati bo‘lyapti. Tashbehning ikki tarafini (mushabbah, mushabbah bihi) hissiy va aqliy bo‘lishi: Hissiy - 5 ta sezgi a’zolar bilan his qila olish. Aqliy – faqatgina aql yordamida idrok qila olish. 1. Hissiy narsani hissiyga o‘xshatish: ءايضلا يف سمشلاك تنأ 2. Aqliyni aqliyga o‘xshatish: ةايحلاك ملعلا 3. Aqliyni hissiyga o‘xshatish: فيسلاك مزعلا 4. Hissiyni aqliyga o‘xshatish: نسحلا قلخلاك رطعلا ةحئار Tashbehda mushabbah va mushabbah bihi doim ishtirok etadi. Lekin o‘xshatish vositasi va sifat, ya’ni o‘xshash jihati bor bo‘lishi ham mumkin, yo‘q bo‘lishi ham mumkin. Shunga ko‘ra, tashbeh 4 turga bo‘linadi: 1. Agar vositachi (هيبشتلا ةادأ) keltirilgan bo‘lsa tashbeh mursal deyiladi. 2. Agar vositachi (هيبشتلا ةادأ) keltirilmagan bo‘lsa tashbeh muakkad deyiladi. 3. Agar o‘xshashlik jihati (هبشلا هجو) keltirilgan bo‘lsa, tashbeh mufassal deyiladi. 4. Agar o‘xshashlik jihati (هبشلا هجو) keltirilmagan bo‘lsa, tashbeh mujmal deyiladi. لصفملا لسرملا هيبشتلا ةيادهلا يف رونلاك ملعلا لصفملا دكؤملا هيبشتلا ةيادهلا يف رون ملعلا لمجملا لسرملا هيبشتلا رونلاك ملعلا لمجملا دكؤملا هيبشتلا )غ يلبلا هيبشتلا( رون ملعلا Tashbehda o‘xshatish jihati (هبشلا هجو) bir nechta narsadan olingan umumiy tasvirdan iborat bo‘lsa, u tashbeh tamsiliy deyiladi. ِءاَقْرَز ٍةَفيِحَص يِف ْ تَقِرَغ *** ٍنْيَجُل ُنوُن َلَ لاِهلا َّنَأَكَو Ushbu baytda shoir moviy osmondagi yangi chiqqan go‘zal ko‘rinishdagi yaltirab turgan kamonsimon hilolni (oyni) moviy rangdagi qog‘ozga kumush bilan yozilgan nun (ن) harfiga o‘xshatyapti. O‘xshatish jihati (هبشلا هجو) mufrod emas murakkab bo‘lyapti, ya’ni moviy rangli narsada kamonsimon oppoq narsaning borligi هبشم ملعلا ةادأ هيبشتلا ك هبشم هب رونلا هجو هبشلا يف ةيادهلا 440 Tashbeh zimniy: Avvalo, zimniy so‘ziga to‘xtalib o‘tsak: ichidagi bor narsa - نْمِض Tashbeh zimniy bu – ma’kum bo‘lgan ko‘rinishlarda mushabbah, mushabbah bihi zohir bo‘lmaydigan, balki tuzilishda yashirin holatda keladigan tashbehdir. Ya’ni: jumla bo‘lsin, she’r bayti yoki nasr bo‘lsin o‘qiyotganda tashbeh yo‘qdek ko‘rinadi. Chunki mushabbah va mushabbahbihi ko‘rinmaydi. Lekin diqqat bilan fikrlab ko‘rilsa, yashirin holatda tashbeh kelayotgani bilinadi. ُملايإ ٍتِّيَمِب ٍحرُجِل اَم *** ِهْيَلَع ُناَوَهلا ِلُهْسَي ْنُهَي ْنَم Bayt mazmuni: haqoratlanishlarga odatlanib qolgan kishi, uni haqorat qilgan kishidan og‘rinmaydi. Balki osongina qabul qilaveradi. Mutanabbiy baytning birinchi qismini shu mazmunda boshlab, ikkinchi qismida unga dalil keltiryapti. Chunki o‘lgan inson (mayyit) jarohatlansa, og‘rimaydi, og‘riqni his qilmaydi. Bir qarashda tashbeh borga o‘xshamaydi. Lekin yaxshilab fikr yuritilsa, yashiringan tashbeh bor. Ya’ni, haqoratlanishlarga rozi bo‘lib, odatlanib qolgan inson og‘riqni his qilmaydigan mayyit kabidir. ةناهلإاو لذلاب ىضري يذلا ناسنلإا هبشملا ملأب رعشي لا يذلا تيملا هب هبشملا Mushabbah bihidagi sifat odatda mushabbahning sifatidan darajasi balandroq bo‘ladi. Lekin tashbehning keyingi turida xuddiki mushabbahda sifat ya’ni o‘xshatish jihati (هبشلا هجو( mushabbah bihidagi sifatdan afzal qilib ko‘rsatiladi. Tashbeh maqlub: mushabbahda o‘xshatish jihati (هبشلا هجو) mushabbah bihidan ko‘ra kuchliroq ekanligini ko‘rsatish va mubolag‘a uchun mushabbahni mushabbah bihi qilishdir. يِف ُحْبُّصلاو ُرَقشأ ٍرْهُم ُةَّرُغ ُهَّنَأَك * ** ٍرِفْسُم ٍليَل ُةَّرُط Ma’lumki, shoirlar odatda toychoqning qashqasini (otning peshonasidagi) tong paytiga o‘xshatishadi. Lekin Ibn Mu’taz mubolag‘a uchun tong paytini toychoqning qashqasiga o‘xshatyapti. Tashbehning go‘zallik siri: هيبشتلا لامج رس 1. Tashxis (inson suratida gavdalantirish): insondan tashqari barcha narsani insonga o‘xshatish: صيخشتلا هلامج رس ِفْيَّضلا َلْثِم ُرْمُعلا 2. Tajsim (gavdalantirish): ma’naviy narsani moddiy narsaga o‘xshatish: ميسجتلا هلامج رس ءاَّحِصَلأا سوؤُر ىلع جاَت ُةَّحِّصلا 3. Tavzih (yoritish, ravshanlashtirish): ma’naviy narsani ma’naviyga, moddiy narsani modsdiyga o‘xshatish: رمق ةاتفلا )يداع( غيلبلا هيبشتلا ةاتف رمقلا بولقملا هيبشتلا 441 ىَعْسَي مْلُح ُلْدَعلا ِهِقْيِقْحَتل ُعيِمَجلا حيضوتلا هلامج رس حاَبْصِم ُمِّلَعُملا حيضوتلا هلامج رس Tashbeh tamsiliy va zimniyda go‘zallik siri tavzih bo‘ladi. Tashbeh mavzusida olib borilgan tadqiqot davomida tashbeh, turlari, unsurlari, go‘zallik sirlarini misollar yordamida o‘rganib chiqildi. Balog‘atning asosiy qoidasi: لاحلا ىضتقمل ملاكلا ةقباطم ya’ni gaplarning munosibligi holatning taqozosiga ko‘ra bo‘ladi. Shu bois, tashbehni ham o‘z o‘rnida ishlata olish muhim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ١ نورشنلا ةلاسرلا .ليلدلا عم عيدبلاو يناعملاو نايبلا يف ةحضاولا ةغلابلا .نيمأ ىفطصم ،مراجلا يلع. – توريب– ١٩ ٢٠ ٢ ةيملعلا بتكلا راد .ةغلابلا يف يناعملا رصتخم .ينازتفتلا نيدلا دعس ققحملا ةملاعلا.– توريب– ٢٠١٦ ٣ دمحم ةملاعلا ،فصان ينفح ةملاعلا. سورد .حلاص دمحم ةملاعلا ،مومط ىفطصم ةملاعلا ،بايد ىرشبلا .ةغلابلا– يشتارك– ناتسكاب٢٠٢١ ٤ يس يآ يس يوادنه .عيدبلاو نايبلاو يناعملا يف ةغلابلا رهاوج .يمشاهلا دمحأ. – ةدحتملا ةكلمملا٢٠١٧