MAXDUMI A'ZAM VA UBAYDIY RUBOIYLARI SHARHI
Abstract
MAXDUMI A'ZAM VA UBAYDIY RUBOIYLARI SHARHI
Full text
442 MAXDUMI A’ZAM VA UBAYDIY RUBOIYLARI SHARHI AN INTERPRETATION OF THE RUBĀʿĪYĀT OF MAKHDUMI A‘ZAM AND UBAYDIY Ro‘ziboyeva Husnidaxon Mirzohid qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-kurs talabasi Ilmiy rahbar: Abdullayev Muhammadjon O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta o‘qituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqola Maxdumi A’zam va Ubaydiy ruboiylarining adabiy va falsafiy tahlilini o‘z ichiga oladi. Ruboiylar oshiqona mavzular, inson qalbining his-tuyg‘ulari va ruhiy kechinmalari orqali ifodalanadi. Matnlar qalbdagi intilish, zavq va ichki iztirobni she’riy obrazlar yordamida bayon qiladi va ularni ilmiy tahlil qilish imkonini yaratadi. Kalit so‘zlar: Maxdumi A’zam, Ubaydiy, ruboiy, oshiqona mavzu, adabiy tahlil, falsafiy tahlil, qalb kechinmalari, she’riyat. Abstract: This article presents a literary and philosophical analysis of the rubāʿīyāt of Makhdumi A‘zam and Ubaydiy. The quatrains express themes of love, the emotions of the human heart, and spiritual experiences. The texts convey inner aspirations, joy, and inner anguish through poetic imagery, thereby providing an opportunity for scholarly analysis. Keywords: Makhdumi A‘zam, Ubaydiy, rubāʿī, romantic theme, literary analysis, philosophical analysis, inner experiences, poetry. Аннотация. В данной статье представлен литературный и философский анализ рубаи Макдуми Аʿзама и Убайди. В рубаи раскрываются темы любви, чувств человеческого сердца и духовных переживаний. Тексты передают внутренние стремления, радость и внутреннюю боль посредством поэтических образов, что создаёт возможность для их научного анализа. Ключевые слова: Макдуми Аʿзам, Убайди, рубаи, любовная тема, литературный анализ, философский анализ, душевные переживания, поэзия. O‘zbek adabiyotida ruboiyning g‘oyaviy-badiiy rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan shoirlardan biri Ubaydiy bo‘lib, u mazkur janrga o‘ziga xos ruh, mazmun va ohang baxsh etdi. Ya’ni u tasavvufiy mazmundagi ruboiylari bilan bu janrni yanada boyitdi. Ilohiy ma’rifatni mushohada qila olgan orif tabiatli shoir bo‘lganligi uchun uning ruboiylarida oriflik va faqirlik haqida ko‘plab zikr etiladi. Hasanxo‘ja Nisoriy Ubaydiyning “Tasavvurdagi fikrlari mazmuni asosli va kuchli bo‘lib”, “baland ma’nolarni dilpisand iboralarda” bayon etganligini yozadi hamda uning Maxdumi Az’amga bitib yuborilgan ruboiylaridan namunalar keltiradi. Darhaqiqat, Ubaydiy Maxdumi A’zamga tasavvufiy mazmundagi bir necha ruboiylarini yuboradi. Zamonasining ulug‘ shayxi bu ruboiylarni o‘qib, unga sharh yozadi va Ubaydiyga jo‘natadi. Bu ruboiylar vahdati shuhud tushunchasi asosida tasavvufning bir qator nozik masalalarini yoritishga qaratilgan edi. Vahdati vujuddan
443 farqli o‘laroq, vahdati shuhud Xoliq va maxluq munosabatini Qur’on va Hadis asosida talqin qiluvchi g‘oya va maslakdir. Naqshbandiya shayxlari vahdati vujudni ham e’tirof etgan holda o‘zlarini vahdati shuhud tarafdorlari deb hisoblaydilar. Ruboiylar ana shu jihatdan sharhlangan va ularga shu asosda yondashish maqsadga muvofiq. Zotan, vahdati shuhud ilm ham emas, falsafa ham emas, balki ilohiy nur va go‘zallikdan ko‘p zavq hosil etuvchi bir tajriba holi, deb qabul qilingan. Masalan, shoirning forsiy bir ruboiysida “Har chiz, ki binam, hama bo U binam”, ya’ni nimani ko‘rsam, barchasini Unda ko‘raman, deyilganda vahdati shuhud holiga ishora qilinayapti. Bundan tashqari, ruboiylarda oshiqlik, zikr, tajalliy, pir-u muridlik va hokazo mavzular ham yoritilgan-ki, Maxdumi A’zam ularning har birini nozik did va zakovat bilan sharhlab bergan. Ubaydiy ruboiylariga yozilgan bu sharh irfoniy she’riyat muxlislarini befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz. – Tarjimon. Ubaydiy quyidagi ruboiyni aytadi: Har kas, ki ba nafsi xesh qodir nabuvad, Dar mazhabi ahli ishq zohir nabuvad. Murda beh az on zinda, ki az yodi Xudo Yak lahza shavad g‘ofil-u hozir nabuvad. Mazmuni: Kishi o‘z nafsini boshqarishda imkon topa olmasa, Ishq ahli mazhabida zohir bo‘lmasa, U tiriklikdan o‘lmoq afzal, Agar Xudo yodidan bir lahza g‘aflatda bo‘lsa-yu, hozir bo‘lmasa. Xuddi shunday g‘ofillarni ahli ishq mazhabida kofir deyiladi. Aytiladi: Agar hozirsan – mo‘minsan, va agar g‘ofilsan – kofirsan. Bayt: Agar in g‘ofili payvasta gardad, Dari islom bar vay basta gardad. Mazmuni: Agar bu g‘aflat ketma-ket bo‘lsa, Islomda unga yo‘l yopiq bo‘lur. Chunki g‘aflat va itoatsizlik tuban nafs sifatidir. Bunday nafs egasini yo‘ldan urib, uni kufru zalolatga olib boradi. Lekin Haq subhanahu va taolo shafqat va marhamat yo‘li bilan o‘zining do‘stlari suhbatiga uni musharraf aylasa va u (gumroh) ulug‘lar suhbatining sharofati bilan hushyor tortib, ibrat olsagina, tavbai istig‘for bilan mashg‘ul bo‘ladi. Chunki hadisda aytilganidek: At-toyibu minaz-zanbi Ka man la zanba lah. Mazmuni: Gunohga tavba qiluvchi – Go‘yo gunohi yo‘qdek. Bu mazmunda Mahdumi A’zam quyidagi baytni keltiradi: Tavba kun, v-ar horda, istig‘for kun, Chun jarohat shud, ru dog‘ kun. Mazmuni:
444 Tavba qil yegan-ichgandan va istig‘for ayt, Chunki jarohatlanding – yuzingni dog‘la. Bu baytda o‘z nafsiga xitob qilib, uni malomat qiladi. Chunki nafs sarkashligi – kufroni ne’matki, bu insonning kabih holati. Endi u nadomat va pushaymonlik maqomida. Bu nadomat maqomi kishining tavfiq sohibi bo‘lganligini va shu bilan Haq subhanahu va taolo tomonidan aziz qilinganining nishonasidir. Bu haqida Hotam Toyning hikmatlari bor: Tavfiq ulug‘ narsa, u aziz insonlargagina beriladi. Hazrati Xon (Ubaydiy) nafsga xitob qilib va o‘tgan umridan shikoyat ohangida ruboiy aytganlar: Ey nafs, dame mutii farmon nashudi, V-az kardani khud hech pushaymon nashudi. Alqissa, ba hukmi hama mazhabho, Kofir shudivu hech musulmon nashudi. Mazmuni: “Ey nafs, farmon (Alloh buyrug‘i)ga itoat qilmading, o‘zing nojo‘ya ishlar qilib turib ham pushaymon bo‘lmading. Alqissa, barcha ahli tasavvuf mazhablarining hukmiga ko‘ra kofir bo‘lding-u, musulmon bo‘lmading”. Buncha malomat-u nadomatlardan so‘ng solik o‘z nafsini boshqarishga qodir bo‘ladi va uni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan bo‘ladi. Albatta, bu holat piri komil suhbatidan keyin. Nazm: (Maxdumi A’zam): Suhbati pir beh zi har amal ast, Dar ki bo u nishast — dar amal ast. In amal hamchu rozi pinhon ast, Rah barat sui vasli jonon ast. Mazmuni: Pir suhbatidan zo‘r amal yo‘qdir, Kim pir bilan o‘tirsa, go‘yo yaxshi amal qildi. Bu amal pinhon sir kabidir, Jonon vasliga eltadigan yo‘ldir. Solikning fikr-u zikri kecha-kunduz piri komil suhbatida va uning aytganlariga amal qilib, o‘z nafsini pok va tohir qilishdadir. Hadisdagidek: “Amallarning yaxshisi doimiyligidir.” Solikning nafsi pok va tohir bo‘lsa, zohiriy va botiniy iflosliklardan Rabboniy tavfiq bilan va pirning madadi ila to‘g‘ri yo‘lni ko‘radi. Solikning qalbi “sultoni jazba” maqomiga tushishi solikning shukridir. Chunki solik shariat zohiriga rioya qilib va tariqat odobi bilan odoblanib, katta saodatga musharraf bo‘ladi. Keyin bu maqomdagi solikning shukri – unda (tariqat yo‘lida) davom etishiga sabab bo‘ladi. Bu yo‘l eng oliy darajadagi maqomga olib boradi. Alloh subhanahu va taolo: “Agar shukr qilsangiz, Men yana ziyoda qilaman”, deb shokirlarni ikki dunyo saodati bilan quvontiradi (Ibrohim surasi). Ubaydiy mazkur oyatdan ruhlanib, quyidagi ruboiyni aytadi: Sad shukr ki, az ahli shariat shudam, Az zumrai arbobi tariqat shudam. Asrori haqiqat ast mag‘lubam, az on
445 Juyandayi asrori haqiqat shudam. Mazmuni: “Shukrlar bo‘lsinki, shariat ahlidanman va tariqat arboblari toifasidanman, talabim haqiqat sirlaridir, undan kelib chiqib haqiqat sirlarini izlovchisiman.” Bu maqom solikning dardi va (asosiy) istagidir. Hadisda kelganidek: “Kim bir narsani istasa va bu yo‘lda harakat qilsa topadi”. Solik Haqning sir-u asrorlari va maorifini istagandan so‘ng asrori Haq maqomiga yetadi. Nazm: (Maxdumi A’zam): Man talab kardam visolash ro‘zu shab, Yoftam inak ba hukmi “man talabā”. Mazmuni: Men kecha-kunduz visolini istadim, Endi “man talabā” hukmi bilan topdim. Bayt (Maxdumi A’zam): Dar talab zan doimo tu jar du dast, K-in talab dar rohi neku rahbar ast. Mazmuni: “Talabga har doim ikki qo‘lni ur, chunki yaxshilik yo‘lidagi talab maqsadga olib boradi. Bu til (so‘zlovchi) maorifi shohiy (ilohiy sir) asrorini topganidan so‘ng hursandligidan aytadigan solik tilidir”. Bayt: (Maxdumi A’zam) Doni chi kasonand asironi rahi ishq, Motamzadai sukhtai dar Badre chand. Ishq injо otash astu aql du’о, Ishq chun oyad, gurezad aql zu’о. Mazmuni: “Ishq yo‘lidagi asir kimligini bilasanmi? Ular Badr jangida bir necha bor kuygan motamzadalardir. Ishq bu yerda olov, aql esa tutundir. Ishq kelishi bilan aql qochadi.” Ruboiy (Ubaydiy): Ishq omadu shud chu khunam andar dilu pust, Nest kard maro az manu, pur kard zi dust. Ajzoi vujudam jamag‘i dust girift, Nest zi man bar manu, bokiy hama ust. Mazmuni: “Ishq kelib, butun vujudimni egalladi. Meni o‘z vujudimdan ayri qilib, do‘stga o‘z vujudimni berdi. Vujudim a’zolarini do‘st olib, menga hech narsa qoldirmay, barchasiga o‘zi sohib bo‘ldi”. Hikmat: “O‘zini tanigan Parvardigorini tanibdi”. Solik nafsini tanigandan keyin Allohni va Uning do‘stlarini taniydi, butunlay o‘z haqiqatiga vosil bo‘ladi. U vaqtda har narsa undan sodir bo‘lsa, o‘shanda uning zaboni holi yo‘q-ki, bayon qilsa (Bu holatni til bilan bayon qilib bo‘lmas). Payg‘ambar alayhissalom aytadilar; “Faqirlik mening faxrim va u bilan faxrlanaman”. Darhaqiqat, hazrati Xon (Ubaydiy) quyidagi ruboiysida bu maqom haqida xabar beradi: Ruboiy:
446 Onho, ki asiri ishqi jonon boshand, Justa ba hoki roh yakson boshand. Dorand agarči surati darveshon, Dar olami ma’nī jama sulton boshand. Mazmuni: “Jonon ishqi asiri bo‘lganlar uning qadami tuprog‘ini istanda hamkordir. Ular darveshsifat bo‘lsalar ham, lekin odami ma’nida sultondir”. Solik haqiqiy podshohlikka erishganida ham, u darvesh suratida va iymon libosida bo‘lib, zohiriy podshohlik g‘amu anduhlaridan xalos bo‘lib, ilohiy zavq holati va maqomot, oliy darajotga piri bobarokat sharofati bilan erishadi. Solik qalbi nafs maqomidan qalb maqomiga o‘tadi, o‘ziga o‘zi taskin beradi-ki, qalbi bu (qalb) maqomidan yana nafsga qaytmaydi, yana podshohi zohiriidan voz kechib, uxroviy saltanat egasiga aylanadi. Xon (Ubaydiy) bu haqda quyidagi ruboiyni aytadi: Ey dil, ba sariri saltanat binšinī, Gar binsini, hazor g‘am mebini. Behtar zi buzurgiyu kaloniyu sahist, Darveshiyu nomurodiyu miskini. Mazmuni: Ey dil, saltanat kursisiga o‘tirding, Agar o‘tirsang, ming g‘am ko‘rursan. Ulug‘lik va kattaligu podshohlikdan, Darveshligu miskinlik afzaldir. Solik bildiki, hamma gunohu nopokliklar natijada haqiqiy mahbubdan uzoqlashish, buzgunchi nafs va botini pultusar shayton va shaytoniy do‘stlar suhbatidan sodir bo‘lar ekan. Bular ta’sirida oliy maqomdan qalb maqomi adno (past) nafs maqomiga tushib qoladi. Solik bularidan xulosa chiqarib, barakotli pir suhbati sharifi va uning xizmatida bo‘la turib yana shayton hiylasi (jin va ins) sabab past martabaga tushib qolishdan qo‘rqadi. Bu holat haqida Xon (Ubaydiy) dilga xitoban shunday deydi: (Ruboiy) Zi dil, na zi devu na zi dad metarsam, Na az gami kori badi xud metarsam. Dar olam az inho nabuvad tarsam, lek Az sharri musohiboni bad metarsam. Mazmuni: Ey dil, men na devu na yirtqich (palang, sher)dan qo‘rqaman, Na o‘zim qilgan yomon ish oqibatidan. Bu olamda bularidan qo‘rqmasman, Lek yomon hamsuhbatdoshlar yomonligidan qo‘rqaman. Bilgin, ey tolibi sodiq, odam farzandlari aslida pok va pokiza bo‘ladilar. Bu nopokliklar va dunyo talashishlar hammasi mazkur nopok hamsuhbatlar ta’sirida hosil bo‘ladi. Ayniqsa, ular ichida eng xavflisi ins do‘st (inson)larki, ularning yomonligidan qo‘rqish kerak. Chunki jin do‘stlar va nafsi ammora pir suhbati va unga itoat qilish bilan yo‘qoladi. Bir hikmat bor-ki, rahbar soyasi Haq zikridan afzal. Zero, shayton Umar r.a. soyalaridan qochar ekan. Ammo ins shaytonning yomonligidan qutulish
447 mushkuldir. Chunki u siz bilan hamjinsdir. Shu sababli hamma joyda, hamma vaqtda sizning huzuringizga kela oladi va sizni ozdirishga harakat qiladi. Bir hikmatda shunday deyiladi: Kunad hamjins bo hamjins parvoz, Kabutar bo kabutar, boz bo boz. Hadisda esa quyidagicha ta’rif etiladi: “Hamjins o‘z jamjinsiga talpinadi.” Haq subhanahu va taolo odamzotni ta’sirchan qilib yaratdi. Shuning uchun har kim bilan hamsuhbat bo‘lsa ta’sirlanadi. Inson yomon do‘stlar bilan hamsuhbat bo‘lmasligi zarur-ki, toki ular guruhiga kirib qolmasin. Bayt: Z-ablahon bigrez chun Iso gurext, Suhbati ablah base xun hoke rext. Mazmuni: “Iso kabi ablahlardan qoch, ablahlar suhbati ko‘p qon to‘kdi.” Endi bildingiz, haqiqiy mahbubdan uzoqlashish sabab g‘am-u anduhlar o‘sha ablahlar tomonidan hosil bo‘lar ekan. Sizni haqiqiy mahbub vaslidan ajratadigan hijob mazkur (yomon) suhbatdoshlar. Nega endi sizga murshidi komilu mukammal, mushkil (hayotiy imtihon yo‘li) yo‘lda komil pirning muborak suhbati bo‘lmasligi kerak ekan?! Bayt: To jom nakuni didai dil chand sol, Hargiz nadihand rohat az kol ba hol. Mazmuni: To qancha yillar sidqidildan ko‘z yoshlaringni qon qilmasang, Hech qachon qo‘ldan holga yo‘l topolmaysan. To oynai diling chang-u g‘ubor (gunoh)lardan pokiza bo‘lib, yaltillab turmasa, hech zamonda mahbubi haqiqiy o‘zining jamol-u jaloli bilan dil oynangda tajalliy qilmas. Bayt: Tajallo Robbuhu fi zotihi kuddilin, La umraka, la taghofil anhu, fafham. Mazmuni: Alloh o‘z komil zoti bilan tajalliy qildi, Umring bilan qasam, g‘aflatda qolma, tushun. Mahbubi haqiqiy tajalliyidan topgan zavq, solikning qalbida oromsizlik va beqarorlik paydo qiladi. U holatning o‘rnini hech narsa bosolmaydi. Bayt: Xurram onon, ki sari zulfi nigore girand, Beqarori ba kaf orandu qarore girand. Mazmuni: Ular (oshiklar) nigor zulfiga yetishlikdan hursandlar, Beqarorlik ularni egallaydi va shu bilan taskin topadilar. Oshiq bu maqomga erishgach, sizdan hech qanday pandu nasihat eshitmaydi, chunki u ishq maqomiga yetib borgan. Bu maqom ishq va muhabbat maqomidir. Bayt: Ishq in jo otash astu aql…
448 Mazmuni: Ishq bu yerda olovdir, aql esa… Bu qanday maqom-ki, har bir hol olimi oshiqlar haqida yaxshi gap aytibdilar. Nazm (Maxdumi A’zam): Gar oshiq nabudiyu gami ishq, nabudi, Chandin sukhani xub, ki gufti, ki shunidi. Mazmuni: Agar oshiq bo‘lmasang, g‘ami ishq bo‘lmas, Qancha yaxshi gap ayt-u eshit befoyda. Nazm: Har nafas z-anfosi umrat gavharist, Suyi Haq jar zarran tu rahbarist. Ishqro ponsad par astu har pari Az farozi arsh to taxt us-suro. Mazmuni: Umringdagi nafaslardan har bir nafas gavhardir, Haqqa tomon sening har bir zarrang sekinlik bilan borur, Ishqning besh yuz pari bor – har bir pari Arshdan to yer qadrigacha. Bu maqomda oshiqlar holati har lahza va har zamon balandga chiqa boshlaydi. Bu haqida Xoniy (Ubaydiy) oliylari ruboiy aytganlar: To rasm-u tariqi oshiqi paydo shud, Kori dili oshuftayi man bolo shud. Har dil, ki ba zulfi on pari shaydo shud, Misli dili devonayi man rasvo shud. Mazmuni: Oshiqlik rasm-u rusumi paydo bo‘lganda, Mening oshufta dilim ishi ko‘tarila boshladi. Har bir qalb u pari zulfiga shaydo bo‘lsa, Mening devona qalbimdek rasvo bo‘libdi. Chunki soliki tariq (yo‘lovchi) qalbini Haq subhonahu va taolodan boshqadan poklab xalos etibdi. Uning qalbi Haqning ishqi va muhabbatiga g‘arq bo‘lib, hech zamon na lahza to‘xtamaydi. Chunki qalb bog‘landi, uni ajratib bo‘lmaydi. Bayt: Qaror dar kaffi ozodagon nagirad mol, Na sabr dar dili oshiq, na ob dar girbol. Mazmuni: “Ozodalar (komil inson) qo‘lida mol-dunyo turmas, oshiq qalbida sabr turmas, g‘alvirda suv turmas”. Chunki oshiq bezovtalana boshlaydi, mahbub vasli paydo bo‘la boshlaganda. Haq subhonahu va taolo vosilning qo‘liga tushishlikdan pokdir. Lekin Haq subhonahu va taolo inoyati va shafqatining balandligidan mahbub sifatida har lahza va har zamon muhiblar botiniga tajalliy qilib turadi. Bu bilan xotiralari taskin topadi va yana
449 sho‘rish-u devonaliklari ziyoda bo‘ladi. Bu devonalik bilan oshiq o‘zini mahbubga yaqin va oshno his etadi. Bayt: Harchi g‘ayri shu’ur ast, devonagist, Andarin roh duriyu begonagist. Mazmuni: Har qanday hushsizlik devonalikdir, Bunday yo‘l Haqqa yetishda uzoq va betona-dir. Har qancha tajalliy ko‘paya borsa, oshiq holi yana ham oxiratdagi va’daga muvofiq intiladi. Buni Xon (Ubaydiy) oliylari shunday bayon qilganlar. Ruboiy: Dar ishq giriftori tu, ey yor, manam, Vo sad alam afg‘ori tu, ey yor, manam. Gahi binamo zi dur didor maro, Chun tolibi didori tu, ey yor, manam. Mazmuni: Ey yorim, sening ishqingda giriftoringman, Ey yerim, sening fikringda yuz alamdaman. Gohi noumid qiladi didor meni, Chunki sening didoring tolibiman, ey yorim. Albatta, vasl va mushohadai mahbubi haqiqiyga bu dunyoda to‘laligicha muyassar bo‘linmaydi. Lekin oshiq-lar tajalliyning o‘zi bilangina qanoat qiladilar. Bayt: Maro az zulfi tu mue basandast, Fuzuliy makunam, ba vay basandast. Mazmuni: «Mengа zulfingdan bir tola kifoya, bundan ortig‘ini tilasam, adabsizlik qilgan bo‘laman». Oshiqlar g‘oyatda chorasiz qoladilar va ko‘z yoshi bilan kifoyalanadilar. Bayt: Oshiqi paydost az zori dil, Nest bemori chu bemori dil. Mazmuni: Oshiqlik qalb iztiroblaridandir, Hech kasallik qalb dardichalik og‘ir emas. Zero, oshiqni mahbubiga olib boradigan sarmoyasi ko‘z yoshidir. Nazm: Gir’yavu zori ajab sarmoya ast, Doyavu modar bahonaju buvad, Tokay on tifli u giren shavad. Mazmuni: Yig‘i va nola ajab sarmoyadir, Bola yig‘lab yotganda Doya-yu ona bahona axtaradi.
450 Har lahza ishq dardida kuygan oshiqlar qattiq ishtiyoq va kamoli shavq bilan ohu nola qiladilar. Ularning qalbi va xayolidagi g‘ayri mahbub nola oqibatida kuyib (yo‘qolib ketadi), kulga aylanadi. Buni Xoniy (Ubaydiy) oliylari shunday tasvirlaganlar. Ruboiy: Xune, ki chakad zi didayi namnokam, Oxe, ki baroyad az dili sad chokam, Z-on xuni alam xoki maro rang kunad, Z-on ox dihad ba bodi davron hokam. Mazmuni: Ko‘z yoshlarim o‘rnida chiqqan tomchi – qon, Pora-pora qalbimdan chiqqan ohdir. U alam qoni tuprog‘imni qizil qilar, Shu oh-u nola sabab tuprog‘im – kulim osmonga uchar. Har zamon mahbub tomonidan bo‘ladigan nihoyatsiz tajalliyotlardan oshiqqa zavq va lazzat yetib turadi. Oshiqni bundan har qanday dunyo lazzati to‘solmaydi. Xoniy (Ubaydiy) oliylari aytganidek: Ruboiy: Be orazi tu ba gud chi korast maro, V-az lola digar chi e’tiborast maro. Har qatrai xun, ki rezad az xori mija, Inho hama gulhoyi bahorast maro. Mazmuni: Jamoling (diydoring) bo‘lmasa, sensiz gul bilan nima ishim bor, Loladan o‘zgaga e’tiborim yo‘q. Kiprik tikanlaridan tomgan har bir tomchi qon – Bular men uchun bahor gullaridek. Oshiqlar o‘zlaridagi komil zavq va ishtiyoq bilan mahbub vasliga erishish uchun har zamon bayt va g‘azallar orqali o‘z istaklarini bayon etganlar. Ubaydiy ham shular qatorida. Ruboiy: Mushtoqi jamoli olam-oroyi tuam, Vobastayi turrai sumansoyi tuam. Dar vodiyi justuju monandi sabo, Ey gul, ba javoyi qaddi ra’noyi tuam. Mazmuni: Sening olamni oro beruvchi jamoling mushtoqiman, Sening xushbo‘y kokiling shaydosi-man. Talab vodiy-sida sabo singari, Ey gul, sening inoyating ishtiyoqidaman. Albatta, oshiqlar hayot tarzi mahbub valiyda bo‘ladi, chunki haqiqiy oshiqqa mahbub vasli muyassar bo‘lmas. Mahbubi haqiqiydan oshiqdagi g‘am-u anduh uning hayotining asl mohiyatidir. Hazrati Xon (Ubaydiy) bu holatni quyidagicha ta’riflaydilar.