ARAB TILIDA JINS KATEGORIYASI
Abstract
ARAB TILIDA JINS KATEGORIYASI
Full text
460 ARAB TILIDA JINS KATEGORIYASI THE CATEGORY OF GENDER IN THE ARABIC LANGUAGE Mannofova Tahmina Abdurashid qizi O‘zDJTU Sharq filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi [email protected] Ilmiy rahbar: Umurzakova Aygul Umarovna O‘zDJTU Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada arab tilida jins kategoriyasi, yaʼni muzakkar va muannasning grammatik mohiyati, turlari atroflicha yoritilgan. Jins kategoriyasining otlar, sifatlar, fe’llar va boshqa so‘z turkumlari bilan grammatik kelishuvi misollar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, arab tilida jins kategoriyasini o‘rganishda talabalar duch keladigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Maqolada arab tilidagi jins kategoriyasi boshqa tillardagi jins kategoriyasi bilan qiyosiy jihatdan ham tahlil qilinadi.Ushbu maqola arab tili oʻrganayotgan talabalar uchun foydali boʻlishi mumkin Kalit so‘zlar: arab tili, grammatika, jins kategoriyasi, muzakkar, muannas, nahv. Аннотация. В данной статье подробно рассматривается грамматическая сущность и виды категории рода в арабском языке, а именно мужской и женский род. На примерах анализируется грамматическое согласование категории рода с существительными, прилагательными, глаголами и другими частями речи. Также освещаются трудности, с которыми сталкиваются студенты при изучении категории рода в арабском языке, и предлагаются пути их преодоления. В статье проводится сравнительный анализ категории рода в арабском языке с категорией рода в других языках. Данная статья может быть полезна для студентов, изучающих арабский язык. Ключевые слова: арабский язык, грамматика, категория рода, мужской род, женский род, нахв. Annotation. This article provides a comprehensive analysis of the grammatical nature and types of the gender category in the Arabic language, namely masculine and feminine. The grammatical agreement of the gender category with nouns, adjectives, verbs, and other parts of speech is examined through illustrative examples. In addition, the difficulties faced by students in learning the gender category in Arabic and effective ways to overcome them are discussed. The article also presents a comparative analysis of the gender category in Arabic with that of other languages. This article may be useful for students studying the Arabic language. Keywords: Arabic language, grammar, gender category, masculine, feminine, nahv. Bugungi kunda arab tili dunyo miqyosida muhim tillardan biri hisoblanadi. Arab tili nafaqat diniy va madaniy sohalarda, balki siyosiy, iqtisodiy va ilmiy
461 munosabatlarda ham keng qo‘llanilmoqda. Arab tilini chuqur o‘rganish uchun uning grammatik tizimini mukammal egallash zarur. Ana shunday muhim grammatik tushunchalardan biri — jins kategoriyasidir.Arab tilida jins kategoriyasi boshqa ko‘plab tillarga nisbatan ancha faol bo‘lib, u faqat otlarga emas, balki sifatlar, fe’llar, olmoshlar va sonlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli jins kategoriyasini to‘g‘ri tushunmasdan turib, arab tilida grammatik jihatdan to‘g‘ri gap tuzish mushkul hisoblanadi. Jins kategoriyasi— bu so‘zlarning grammatik jihatdan erkak (muzakkar) va ayol (muannas) jinsiga bo‘linishidir. Arab tilida deyarli barcha otlar va ularga bog‘liq bo‘lgan so‘zlar jins kategoriyasiga ega. Arab tilida jins kategoriyasi وحنلا (nahv) ilmining muhim bo‘limlaridan biri sanaladi. Arab tilida jins kategoriyasi ikki asosiy turga bo‘linadi: Muzakkar (ركذملا) — erkak jins Muannas ( ثنؤملا) — ayol jins Bu bo‘linish nafaqat tirik mavjudotlarga, balki jonsiz predmetlarga ham taalluqlidir. MUANNAS—ayol jinsiga dalolat qiluvchi ismlarga muannas deyiladi. Arab tilida muannas s oʻzlar maxsus belgilar orqali farqlanadi yoki lugʻaviy yoʻl bilan yodlanadi. Soʻzning muannas jinsda ekanligini koʻrsatuvchi morfologik belgilar uchtadir: 1. Soʻzning ة (ta marbutta) bilan tugashi. Masalan: ةأَرْمإ-ayol, ةديرَج-gazeta. 2. Soʻzning ءا(alif mamduda) bilan tugashi. Odatda bu belgi ُءلاْعَف vaznidagi rang va jismoniy holatni bildiruvchi sifatlarda va baʼzi otlarda b oʻladi. Masalan: ُءارْمَح-qizil rang, ُءارْحَص-sahro. 3.Soʻzning ى (alif mamduda) bilan tugashi.Bu turdagi soʻzlar kamdan kam uchraydi. Masalan: ىرْشُب-xushxabar, ىرْكِذeslash. Shuningdek, arab tilida yana shunday soʻzlar mavjudki, ularning jinsi grammatik belgilarga emas,balki shu soʻzning mazmuniga qarab belgilanadi. Ular quyidagilardir: 1. Ayollarning ismi yoki ayollarni bildiradigan soʻzlar. Masalan: مأ-ona, بَنْيَزZaynab ismi. 2.Tanadagi juft aʼzolarini bildiruvchi soʻzlar. Masalan: دَي-qoʻl, لْجِر-oyoq. 3. Aniqlik artikli va tanvin qoʻshimchasini olmaydigan geografik nomlar hamda xalq nomlari. Masalan: ُ دادغب-Bagʻdod, ُرصم - Misr. 4.Bu turdagi ismlarda muannaslik alomatlari ham yoʻq va mazmunan ayol jinsiga dalolat qilmaydi. Koʻpincha ular yaratilishiga koʻra yagona boʻlgan narsalar hisoblanadi. Ular samoʼiy muannas deb ataladi.Masalan: سْمَش-quyosh, رانolov, ضرأyer. Bundan tashqari, insonni bildirmaydigan toʻgʻri koʻplik( ملاس عمج)dan tashqari barcha koʻplikdagi soʻzlar, siniq koʻplik(رسكم عمج)lar ham muannas jinsida hisoblanadi. Muannas turlari: 1.Haqiqiy lafziy muannas–ayol jinsiga dalolat beradi va muannaslik belgisi boʻladi. Masalan: ةبلاط-talaba qiz, فةمطا - Fotima.
462 2.Haqiqiy maʼnaviy muannas–ayol jinsinini anglatadi, lekin muannaslik belgisi boʻlmaydi. Masalan: تخأ-opa, ميرم-Maryam. 3.Majoziy lafziy muannas–ayol jinsiga dalolat bermaydi, lekin muannaslik belgisi boʻladi. Masalan: ةرايس-mashina, ةرجش-daraxt. 4.Majoziy maʼnaviy muannas–ayol jinsiga dalolat qilmaydi va muannaslik belgisi ham boʻlmaydi.Masalan: سمش-quyosh, ضرأ-yer. MUZAKKAR — erkak jinsiga dalolat qiluvchi ismlarga muzakkar deyiladi. Ularda muannas kabi maxsus belgilar boʻlmaydi. Muannas soʻzlardan tashqari qolgan hamma soʻzlar muzakkar jinsda hisoblanadi. Muzakkar turlari: 1.Haqiqiy muzakkar– inson yoki hayvonlarda erkak jinsiga dalolat beradi, lafzda muzakkar hisoblanadi, yaʼni hech qanday muannaslik alomatlari boʻlmaydi. Masalan: لُجَرerkak kishi, لَمَجtuyaning erkagi. 2.Hukmiy muzakkar: inson yoki hayvonlarda maʼnosi erkak j insiga dalolat qilmaydi, lekin lafzda muzakkar hisoblanadi. Masalan: باتِكkitob, بَهَذ-oltin. 3.Maʼnaviy muzakkar: baʼzi ismlar borki, ularda muannaslik belgilarini koʻrishimiz mumkin, lekin ularning maʼnosi erkak jinsidan dalolat beradi. Masalan: ةزْمَح-Hamza ىسيع-Iso kabi erkak kishining ismlaridir. Bu turdagi ismlar lafziy muannas deb ham yuritiladi. Shuningdek, ة (ta marbutta) bilan tugamagan ayrim otlar har ikkala jinsda ishlatilishi mumkin.Masalan: سْرَف-ot, دْبَك-jigar. Bundan tashqari, baʼzi otlar va sifatlarning muzakkar shaklidagisiga ة (ta marbutta) qoʻshib, shu soʻzning muannas jinsdagisini hosil qilish mumkin. Masalan: مَع-amaki, ةَّمَع-amma, ريبَك-katta (muzakkar jinsdagilarga nisbatan), ةريبَك-katta (muannas jinsidagilarga nisbatan). Jins kategoriyasining ahamiyati Arab tilida jins kategoriyasi gapdagi barcha asosiy bo‘laklar o‘rtasidagi kelishuvni ta’minlaydi. Quyidagi holatlarda jinsga moslashuv kuzatiladi: 1.Moslashgan aniqlovchi( ةفص فوصوم )– bunda ot va sifat kelganda ular jinsda moslashishi talab etiladi, ot qaysi jinsda boʻlsa sifat ham shu jinsda kelishi shartdir. Masalan: تيبلا ريبكلا - katta uy, ةرهزلا ةليمجلا -chiroyli gul. 2.Ega va fe’l o‘rtasidabunda eganing jinsi qanday boʻlsa, shu jinsga qarab feʼl tuslanib qoʻyiladi. Maslan: يبأ لمعي -otam ishlaydi, يمأ لمعت -onam ishlaydi. 3.Ot va olmosh o‘rtasida–ot qaysi jinsda boʻlsa olmosh shunga moslab qoʻyiladi. Masalan: اذه ملقلا - bu qalam, هذه ةرايس - bu mashina. Jins kategoriyasini o‘rganishda uchraydigan qiyinchiliklar Arab tilini o‘rganayotgan talabalar jins kategoriyasi borasida bir qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Jumladan:Majoziy muannas so‘zlarni aniqlash,belgisiz muannas otlarni yodlash,fe’l,ot va sifatlarning jinsga moslashuvi kabi.Bu qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun ko‘proq amaliy mashqlar bajarish, matnlar bilan ishlash va lug‘at bilan muntazam shug‘ullanish tavsiya etiladi. Arab tilida jins kategoriyasining boshqa tillar bilan taqqoslanishi
463 Tilshunoslikda jins kategoriyasi ko‘plab tillarda uchraydi, biroq uning namoyon bo‘lishi va grammatik faoliyati tillarga qarab farqlanadi. Arab tilida jins kategoriyasi juda faol bo‘lib, u nafaqat otlarda, balki sifatlar, fe’llar, olmoshlar va sonlarda h am qat’iy koʻrinadi. O‘zbek tilida grammatik jins kategoriyasi mavjud emas. Bu holat arab tilini o‘rganayotgan o‘zbek talabalari uchun muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi, chunki ular jinsga moslashuv hodisasiga odatlanmagan bo‘ladilar. Rus va nemis tillarida esa jins kategoriyasi mavjud bo‘lib, otlar erkak, ayol va o‘rta jinsga bo‘linadi. Biroq bu tillarda jins kategoriyasi asosan otlar va sifatlar doirasida saqlanib, fe’llarga arab tilidagidek kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi. Ingliz tilida grammatik jins deyarli yo‘q bo‘lib, jins asosan leksik yo‘l bilan yoki olmoshlar orqali ifodalanadi (he, she, it). Ingliz tilida sifat va fe’llar jinsga qarab o‘zgarmaydi. Shu jihatdan qaraganda, arab tilida jins kategoriyasi boshqa tillarga nisbatan kengroq va murakkabroq tizimga ega bo‘lib, u gap tuzilishida muhim grammatik rol o‘ynaydi. Xulosa qilib aytganda, arab tilida jins kategoriyasi muhim grammatik tushunchalardan biri hisoblanadi. Muzakkar va muannas jinslarini to‘g‘ri farqlash va ulardan o‘rinli foydalanish arab tilida savodli nutq hosil qilishga yordam beradi. Arab tilidagi jins kategoriyasining boshqa tillar bilan qiyosiy tahlili ushbu tushunchaning o‘ziga xos va murakkab jihatlarini yanada yaqqol namoyon etadi. Jins kategoriyasini puxta o‘zlashtirish til o‘rganish jarayonini sezilarli darajada yengillashtiradi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Ibrohimov N., Yusupov M. Arab tili grammatikasi. Darslik. – Toshkent, 2024 2. Ahmad Hodiy Maqsudiy, Istikmal.–Toshkent, 2014 3. Hifni Nosif,Muhammad Solih,Muhammad Diyab, Mustafo Tommum, Durussu nahviya–Toshkent, 2010. 4. Mirqobil Hasanov, M. Abzalova. Arab tili darslari–Toshkent, 2016.