scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK MUMTOZ YOZUVCHILAR ASAR NOMLASHIDA IZOFANING O'RNI

Temirboyeva Feruzabonu Uug'bek qizi, Umurzakova Aygul Umarovna

Abstract

O'ZBEK MUMTOZ YOZUVCHILAR ASAR NOMLASHIDA IZOFANING O'RNI

Full text

482 O‘ZBEK MUMTOZ YOZUVCHILAR ASAR NOMLASHIDA IZOFANING O‘RNI THE ROLE OF IḌĀFA IN TITLING THE WORKS OF CLASSICAL UZBEK WRITERS Temirboyeva Feruzabonu Uug‘bek qizi O‘zDJU Sharq filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi Ilmiy rahbar: Umurzakova Aygul Umarovna O‘zDJU Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek mumutoz adiblarining asar nomlashida izofaning o‘ziga xos o‘rni o‘rganilgan. Olib borilgan izlanishlar natijasida, arab tili grammatikasining bir qismi hisoblangan izofadan foydalanishning o‘ziga xos yo‘llari o‘rganib chiqildi. Tadqiqot ishining maqsadi, yozuvchilarning so‘z tanlash mahorati hamda arab grammatikasining puxta o‘rganilganini ochib berish. Kalit so‘zlar: arab tili, izofa(ةفاضإ), muzofa(فاضم), muzof ilayhi(هيلإ فاضم), o‘zbek mumtoz adabiyoti Аннотация. В данной статье рассматривается особая роль изофы в наименовании произведений узбекских классических писателей. В результате проведённых исследований были изучены специфические способы использования изофы, являющейся частью грамматики арабского языка. Целью исследования является раскрытие мастерства писателей в выборе слов, а также степени глубокого освоения грамматики арабского языка. Ключевый слова: арабский язык, изофа(ةفاضإ), музоф(فاضم), музоф илайхи(فاضم هيلإ), узбекская классическая литература. Annotation. This article examines the special role of isophae in the titles of works by classical Uzbek writers. The study explored the specific uses of isophae, which is part of Arabic grammar. The aim of the study is to reveal the writers' mastery of word choice, as well as the extent of their profound understanding of the concept. Keywords: arabic language, izofa(ةفاضإ), muzof(فاضم), muzof ilayhi (فاضم هيلإ), classical uzbek literature. Kirish. Arab tili somiy tillar oilasiga mansub bo‘lib, uning grammatikasi milodning VIII-IX asrlarda yaratilgan. Shu sababli chuqur va mukammal bo‘lib shakllangan. Moslashmagan aniqlovchi ya’ni izofa arab tilida turli sohalarda keng qo‘llaniladigan mavzu hisoblanadi. ةفاضإ (izofa) ikki qismdan tashkil topgan bo‘lib, ular فاضم (muzof) va هيلإ فاضم (muzof ilayhi)dir. Muzof izofaning aniqlanmishi hisoblanib, har doim moslashmagan aniqlovchi oldidan keladi. Muzof ilayhi bo‘lsa, izofaning aniqlovchisidir. Izofada muzof va muzof ilayhi o‘ziga xos munosabatlarga ega. Muzof لا artiklini va tanvin olmaydi, mantiqan aniqlanmish aniqdir. Muzof ilayhi bo‘lsa لا artiklini oladi va har doim qaratqich kelishigida turadi. Masalan: 483 بلاطلا باتك – (aniq) talabaning kitobi تنبلا ةبيقح – qizning sumkasi Izofani uch kelishikda tuslash uchun muzofning harakatlarini o‘zgartirish kifoya. Lekin muzof ilayhi uch kelishikda ham qaratqich bo‘lib qolaveradi. Masalan: ِبلاطلا َباتك – talabaning kitobini ِبلاطلا ِباتك – talaba kitobining ِتنبلا َةبيقح – qizning sumkasini ِةبيقح تنبلا – qiz sumkasining Shunday qilib izofani qaratqchli aniqlovchiga qiyoslash mumkin. Nutqda ushbu grammatik birikmadan foydalanish fikrni tiniqashtiradi va teranlashtiradi. 39 Sarlavha – badiiy asarning ajralmas muhim bo‘lagi hisoblanadi. Unda ijodkor matn mazmunini bir so‘z yohud bir gapga sig‘diradi, aynan shu kichik bo‘lakda asar g‘oyasi, yozuvchi niyati, obrazlar hayoti qisman bo‘lsada ochib beriladi. Ba’zi yozuvchilar aniq maqsad yo‘lida sarlavha tanlasalar, ayrimlari asar yozib bo‘lgandan so‘nggina xulosalash barobarida badiiy asarni nomlashadi. O‘zbek hamda jahon adabiyotida badiiy asarni nomlash dolzarb mavzu hisoblangan. Jahon adiblari sarlavha qo‘yishda obraz yoki detallardan foydalansa, o‘zbek mumtoz adabiyotida esa ma’no hamda mazmunga tayanib tanlanadi. Daniyel Defoning “Robinzon Kruzo”si, Shekspirning “Hamlet”i, Gi De Moppasaning “Pyer va Jan” romani, Servantesning “Don Kixot”i, Pushkinning “Kechki oqshom” va shunga o‘xshash she’rlari, Tolstoyning “Urush va tinchlik” romani va boshqa asarlar sarlavhasi misol bo‘la oladi. Ularning nom tanlashda o‘ziga xos uslublari o‘zbek adiblarnikidan farq qiladi. 40 O‘zbek mumtoz adabiyot vakillari arab tili va uning grammatikasini puxta o‘rganganliklari tufayli o‘z asarlarini nomlashda izofani mohirlik bilan qo‘llashgan. O‘zbek adabiyoti yirik namoyondasi Alisher Navoiy misolida ko‘rsak, adibning deyarli barcha sarlavhalarida izofadan mohirona foydalanish yaqqol ko‘zga tashlanadi 41 : Izofali sarlavha Izofasiz sarlavha “Badoyi’ ul-bidoya” عيادب هيادبلا Farhod va Shirin “Navodir un-nihoya” رداون هياهنا Layli va Majnun “G‘aroyib us-sig‘ar” بيرغ راغسلا Sab’ai sayyor “Navodir ush-shabob” رداون بابشلا Munshaot “Badoyi’ ul-vasat” عيادب طسولا Vaqfiya Favoyid ul-kibar دياوف رابكلا Arba’in Hayrat ul-abror تاريخ راربلأا Munojot Saddi Iskandariy ردنكسِا يدس Lison ut-tayr ريتلا ناسل Majolis un-nafois Mahbub ul-qulub Xamsat ul-mutahayyirin 39 Ibrohimov N., Yusupov M. Arab tili grammatikasi. Darslik. – Toshkent, 2024, (66-69-betlar) 40 “Jahon adiblari adabiyoti haqida(Ozod Sharafiddinov tarjimalari)” Toshkent. Ma’naviyat. 2010 41 Sh. Sirojiddinov, D. Yusupova, O.Davlatov. Navoiyshunoslik. Toshkent. “Tamaddun”. 2018 484 Nazm ul-javohir Nasoyim ul-muhabbat Holoti Sayyid Hasan Ardasher Holoti Pahlavon Muhammad Muhokamat ul-lug‘atayn Mezon ul-avzon Tarixi anbiyo va hukamo Tarixi muluki Ajam Siroj ul-muslimin Risolai tiyr andoxtan Devoni Foniy Alisher Navoiy nafaqat mohir yozuvchi, balki o‘zidan keyingi adiblar uchun buyuk ustoz hamdir. Bir qancha adiblar Navoiyni ustoz o‘laroq ko‘rib, uning yo‘lidan ketgan, usulidan ilhomlangan. Ulardan biri Muhammadrizo Ogahiydir. Ogahiy asar nomlashda ham izofadan uddaburonlik bilan foydalangan 42 : Zubdat ut-tavorix Ta’viz ul-oshiqin Firdavs ul-iqbol Riyoz ud-davla Shohid ul-iqbol Jamshidi tavoyifi fathi Gulshani davlat” Bulardan tashqari, Mashrab, Munis (“Firdavs ul-qibol”), Abulg‘oziy Bahodirxon(“Shajarai turk”) va boshqa mumtoz adabiyot vakillarining asarlari sarlavhasida izofani ko‘rish mumkin. Izofali sarlavhalar asar mazmunini to‘liqroq ochib berib, kitobxon e’tiborini o‘ziga jalb qiladi. Izofa orqali yozuvchi xissiyoti, badiiy asar g‘oyasi yorqinroq ifodalanadi. Masalan, Navoiyning “Munshaot” ya’ni “maktublar” nomidan “Nasoyim ul-muhabbat”(“Muhabbat shabadalari”) ta’sirliroq va jilvakordir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Ibrohimov N., Yusupov M. Arab tili grammatikasi. Darslik. – Toshkent, 2024, (66-69-betlar). 2. “Jahon adiblari adabiyoti haqida(Ozod Sharafiddinov tarjimalari)” Toshkent. Ma’naviyat. 2010. 3. Sh. Sirojiddinov, D. Yusupova, O.Davlatov. Navoiyshunoslik. Toshkent. “Tamaddun”. 2018. 4. “Qo‘ng‘irot sulolasining tarixnavisligida Muhammadrizo Ogahiyning “Zubdat ut-tavorih” asari” avtoreferati. H.Nazirova. Toshkent. 2022. 42 “Qo’ng’irot sulolasining tarixnavisligida Muhammadrizo Ogahiyning “Zubdat ut-tavorih” asari” avtoreferati. H.Nazirova. Toshkent. 2022