scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INKLUSIV TA'LIM TIZIMINING IJOBIY TOMONLARI

Tojiboyeva Manzura Otajon qizi

Abstract

INKLUSIV TA'LIM TIZIMINING IJOBIY TOMONLARI

Full text

489 INKLUSIV TA’LIM TIZIMINING IJOBIY TOMONLARI POSITIVE ASPECTS OF THE INCLUSIVE EDUCATION SYSTEM Tojiboyeva Manzura Otajon qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-kurs talabasi Annotatsiya. Ushbu maqolada inklyuziv taʼlimning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi. Unda bunday ta'lim shaklining kelib chiqishi, ta'lim olish jarayoniga kirib kelib, uning ahamiyati, vazifalari, o‘quvchilar uchun qanday ijobiy tomonlari borligi va olib borilgan tadqiqot natijalari haqida qisqacha yoritilgan. Uning ta'lim oluvchilarning hissiy va ijtimoiy qo‘llab - quvvatlanishini ta'minlashi, ularning shaxs sifatida o‘sishi va hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirishga qanday yordam berishi haqida ta'kidlangan. Maqola yakunida inklyuziv taʼlim kelajakda ham ta’lim sohasining ajralmas qismi boʻlib qolishi kerakligi ta'kidlanib, xulosa qilinadi. Kalit so‘zlar: inklusiv ta’lim, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, imkoniyati cheklangan o‘quvchilar, sog‘lom o‘quvchilar, ta’lim muassasalari, to‘laqonli ta’lim. Аннотация. В данной статье рассматриваются роль и значение инклюзивного образования. Кратко освещаются происхождение данной формы обучения, её проникновение в образовательный процесс, а также её важность и положительные стороны для учащихся. Подчёркивается, как инклюзивное образование обеспечивает эмоциональную и социальную поддержку обучающихся, способствует их личностному развитию и формированию жизненных навыков. В заключение делается вывод о том, что инклюзивное образование должно и в будущем оставаться неотъемлемой частью системы образования. Ключевые слова: инклюзивное образование, социальная поддержка, обучающиеся с ограниченными возможностями, здоровые учащиеся, образовательные учреждения, полноценное образование, учебный процесс. Abstract. This article discusses the role and significance of inclusive education. It briefly highlights the origins of this form of education, its introduction into the learning process, its importance and objectives, the advantages it offers to students, and the results of conducted research. The article emphasizes how inclusive education ensures emotional and social support for learners, helps them grow as individuals, and contributes to the development of essential life skills. In conclusion, it is stated that inclusive education should remain an integral part of the education system in the future as well. Keywords: inclusive education, social support, students with disabilities, healthy students, educational institutions, comprehensive education. Kirish. Hozirgi globallashuv sharoitida jahon ta'limi amaliyotida ta'lim oluvchilar uchun har tomonlama qulay, moslashuvchan, variantativ ta'lim tizimini joriy qilish kun sayin ortib bormoqda. Xalqaro YUNESKO tashkilotining ham eng muhim ustuvor yõnalishlaridan biri ham o‘sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy kelib 490 chiqishidan qatʼiy nazar ta'lim bilan qamrab olish, ularning huquq va erkinliklarini taʼminlash, ularga xavfsiz va qulay usulda ta'lim berib, ularning ta'lim ehtiyojlarini qondirishdir. Har bir bola millatidan, ijtimoiy holatidan qat'iy nazar ta'lim olish huquqiga ega ekanligi inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ham, qomusimizkonstitutsiyamizda ham o‘z aksini topgan. So‘nggi yillarda bizning mamlakatimiz - mustaqil Oʻzbekistonimizda ham ta’lim oluvchilarning ijtimoiy ehtijoylari va shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, turli ta'lim tizimlari, jumladan inklusiv ta’lim tizimi ham barcha ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilishi uchun bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunga asosiy sabab esa yoshlarning fan, san’at va madaniyat sohalaridagi ijtimoiy faolligini oshirib, bugunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgangender tengligini ta’minlash va yoshlarga o‘zlarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sifatli ta’lim berishdir. II Asosiy qism 2.1 Inklusiv ta’limning kelib chiqishi Inklusiv ta’lim hamma bolalar, jumladan nogironligi bo‘lgan, rivojlanishida qiyinchiliklari bor yoki ijtimoiy jihatdan noqulay sharoitda yashaydigan o‘quvchilar bilan bir xil sharoitda, bir xil sinfda ta’lim olishini ta’minlaydigan yondashuv hisoblanadi. Bu atama ilk bor 1970yil Skandinaviya mamlakatlarida “normallashtirish” printsipini qabul qilish bilan bog‘liq ravishda vujudga kelgan. Bu atama xalqaro amaliyotda 1994-yilda Yunesko tomonidan foydalanilgan. Bunday ta’lim tizimi hozrgi kunda ta’lim sohasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berishning bir necha xil usullari mavjud. Masalan, individual o‘qitish, mustaqil ta’lim, onlayn o‘qitish, ekskulusiv va inklusiv ta’lim shakllari. Shulardan inklusiv ta’lim hozirgi kunda jadal sur’atlarda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham rivojlanib bormoqda. 2.2 Inklusiv ta’limning vazifalari Inklyuziv ta’limning bir qancha vazifalari mavjud va ular quyidagilardan iborat: ➢ rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega boʻlgan oʻquvchilar uchun har qanday kamsitilishni istisno qiladigan, barcha bolalarga teng munosabatda boʻlishni ta’minlaydigan yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratish; ➢ jamoatchilik hamda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar muammolariga nisbatan bagʻri kenglik munosabatini shakllantirish; ➢ ta’lim jarayonida sogʻlom bolalar bilan bir qatorda alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning aqliy va ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirish; ➢ oʻquvchilarning har tomonlama rivojlanishi, emotsional-irodaviy sohasi, bilish faoliyatini faollashtirish, ijtimoiy koʻnikma va salohiyatini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 491 Ushbu ta’lim yo‘nalishida, N.B.Goipova olib borgan tadqiqiotlariga, avvalo, o‘quvchilarning nuqsonlarini aniqlash ustida ish olib boriladi va ular quyidagicha bo‘lishi mumkin: ❖ eshitish kamchiliklariga ega boʻlgan bolalar (kar, zaif eshituvchi bolalar, kech kar boʻlib qolgan bolalar); ❖ koʻrish qobiliyati zaif (koʻr, zaif koʻruvchi bolalar); ❖ aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar; ❖ harakat-tayanch a’zolarida kamchiliklari boʻlgan bolalar; ❖ ruhiy rivojlanishi sust bolalar; ❖ mujassam kompleks nuqsonli koʻr-kar-soqov bolalar; ❖ autizm sindromiga chalingan bolalar Ularning nuqsonlari aniqlangach, o‘qituvchi imkoniyati cheklangan ta’lim oluvchining qobiliyatiga qarab, darsni olib borishi talab etiladi. Ko‘zi ojiz o‘quvchilarni bunga misol qilib oladigan bo‘lsak, bilamizki, ular mashg‘ulotlarni eshitish va his qilish orqali o‘zlashtiradilar. Shu bois o‘qituvchi dars jarayonida brayl alifbosida yozilgan materillardan, maxsus optik uskunalardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. 2.3 Inklusiv ta’limning ijobiy tomonlari Inklusiv ta’limni o‘quv muassasalarida joriy etish o‘quvchilarga ta’lim jarayonida bir qator yengilliklarni yaratadi. Masalan, bunday ta’lim shakli o‘quvchilarning jismoniy-ruhiy holatidan qat’iy nazar boshqa sog‘lom bolalar singari to‘laqonlicha sifatli ta’lim olishini ta’minlaydi, o‘qishini yengillashtiradi. U alohida yordamga muhtoj bolalarning atrofdagilar bilan bemalol muloqot qilishiga, ijtimoiy muhit talablariga hartomonlama javob oladigan shaxs bo‘lib voyaga yetishiga, hayotga moslashishiga qulayliklar yaratadi. Bundan tashqari, inklusiv ta’limda barcha ta’lim nogiron o‘quvchilar ham sog‘lom o‘quvchilar bilan bir qatorda bir sinfda ta’lim oladi. Nogiron o‘quvchilar maktabga ilk qadam qo‘ygan onidanoq ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘ladi. Bu ta’lim tizimi ularning sog‘lom o‘quvchilardan yordam olib, ular bilan bir qatorda ta’lim olishini, ijtimoiy jihotdan qo‘llab quvvatlanishini, eng asosiysi, o‘quvchi o‘zini boricha qabul qilishni o‘rganishini ta’minlaydi. Shuningdek, inklusiv ta’lim turli xil gamifikatsiyalar orqali imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqishini ottirib, ularning dars davomida faol bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, hozirgi kunda ushbu yo‘nalishda zamonaviy gamifikatsiya platformalar – Kahoot, Quizizz, Baambozzle, Wordwall kabi interaktiv o‘yinlar ko‘p qo‘llaniladi. Bu kabi o‘yinlar ta’lim oluvchilarning darsga katta qiziqish bilan qo‘shilishiga yordam beradi, chunki vizual, audio va interaktiv elementlar ularning motivatsiyasini oshirib, darsda faol bo‘lishiga imkon hozirlaydi. Shu bilan birga, N.B.Goipova fikricha, ushbu ta’lim yo‘nalishi quyidagi ijobiy jihatlarga ega: ▪ Inklyuziv ta’lim qashshoqlik iskanjasidan qutilishga imkon beradi; ▪ Inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi; ▪ Kamsitishlarning oldini oladi; masalan, bunday ta’lim shaklida bolalar sog‘lom nogironlar bilan o‘qitiladi, ularga o‘qishga qiynalayotgan sinfdoshlari bilan 492 birga ishlashga o‘rgatiladi, bu esa empatiya, hurmat va tushunishni kuchaytiradi. Buning natijasi o‘laroq, bolalar orasida ajratish va kamsitish hodisalari kamayadi. Helen Kelller fikriga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, yolg‘izlikda bolalar juda kam narsani his qila oladi, birgalikda esa juda ko‘p narsaga qodirdirlar. Bu fikr inklusiv ta’limning nuqsoni bor o‘quvchilar hayotida qanchalik muhim ekanligini, agar ular benuqson bolalar bilan birgalikda ta’lim olishsa, yetuk kadr bo‘lib voyaga yetishi mumkinligini ko‘rsatadi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. III Tadqiqot va uning natijalari 3.1 Tadqiqotning borishi Inklusiv ta’limning o‘quvchilarning ta’lim olish jarayonidagi o‘rnini bilish maqsadida so‘nggi yillarda juda ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan. Shulardan yaqindagina o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga e’tibor qaratsak: 3.2 Tadqiqot natijalari Ushbu diagrammada inklyuziv ta’limga nisbatan o‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlarini ko‘rishimiz mumkin. 90% ta’lim oluvchi bunday ta’lim shaklining ijobiy tomonlari haqida e’tirof etgan. Shu bilan birga, 8% o‘quvchilar inklusiv ta’limning ayrim salbiy jihatlariga urg‘u qaratganlar. O‘qituvchilarning bunday ta’lim tizimi borasida malakaga ega emasligi ayrim holatlarda dars jararyonlarida qiyinchiliklarning yuzaga kelishiga sabob bo‘lishi hamda bunday o‘quvchilarga boshqalarga nisabatan ko‘proq e’tibor qaratishi natijasida sog‘lom ta’lim oluvchilar orasida bir qancha nizolar kelib chiqishi mumkinligi shular jumlasidandir. Qolgan 2 % o‘quvchilar inklusiv ta’lim haqida umumiy tushunchag ega bo‘lmaganlari ushbu so‘rovnoma natijasida ayon bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim dargohlarida ushbu yo‘nalish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib boorish hali ham davom ettirilishi zarurligini ko‘rsatadi. IV Xulosa Bugun dunyoning kõplab mamlakatlarida keng qõllanayotgan inklyuziv taʼlim tizimi imkoniyati cheklangan bolalarga ta'lim jarayonida bir qancha qulayliklar yaratib, 493 ularning toʻlaqonli sifatli ta'lim olishini ta'minlaydi. Bunday ta'lim shaklining mohiyati shundan iborat: nuqsonli o‘quvchilar soğlom oʻquvchilar bilan bir qatorda teng ta'limi olishini ta'minlash, ularni ijtimoiy - ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, akademik rivojlanishiga yordash berish, ularda bagʻrikenglik, hamdardlik va empatiya kabi insoniy xislatlarni shakllantirish. Agar kelajakda ham bu ta'lim tizimidan keng foydalanishni ta'minlab, õquvchilarning to‘laqonli talim olishiga zamin hozirlansa, shubhasiz, bugungi yosh avlod har tomonlama yetuk kadr boʻlib voyaga yetadi. Foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Wikipediya.uz sayti ma’lumotlari 2. F.U.Qodirova, D.A.Pulatova. Inkluziv ta’lim: nazariya va metodika. 3. K.M.Irisboyeva, S.O. Nurmuhammedova. O‘zbekistonda inkluziv ta’limning o‘rni. 4. Goipova, N. B. (2024). Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika: darslik. Namangan, 252.