scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BALOG'AT FANINING RIVOJLANISH TARIXI VA AHAMIYATI

Shodmonqulov Islomjon Sadriddin o'g'li, Abdullaev Muhammad Hamzaevich

Abstract

BALOG'AT FANINING RIVOJLANISH TARIXI VA AHAMIYATI

Full text

494 BALOG‘AT FANINING RIVOJLANISH TARIXI VA AHAMIYATI Shodmonqulov Islomjon Sadriddin o‘g‘li O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Sharq filologiyasi fakulteti Arab tili yo‘nalishi talabasi Email: [email protected] Ilmiy rahbar: Abdullaev Muhammad Hamzaevich, Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. O‘zDJTU “Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi dotsenti Email: [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada arab tilshunosligining muhim bo‘limi sanalgan balog‘at ilmining mazmuni, asosiy bo‘limlari va uning tarixiy hamda nazariy ahamiyati yoritiladi. Unda balog‘atning nutqni mazmunan ravon, usluban ta’sirchan va mantiqan mukammal qilishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, balog‘at qoidalarining adabiy matnlarni talqin qilish va notiqlik san’atidagi o‘rni ilmiy-ommabop shaklda izohlanadi. Maqola balog‘at borasida yozilgan benazir asarlar va ularning mualliflari haqida ham ma’lumot beradi. Kalit so‘zlar: Balog‘at, bayon, ma’oniy, bade, bayt, sharh, ma’no, so‘z, holat. Аннотация: В данной статье раскрываются содержание, основные разделы и историко-теоретическое значение науки балагата, являющейся важным направлением арабского языкознания. Анализируется роль балагата в обеспечении смысловой плавности, стилистической выразительности и логической совершенности речи. Кроме того, в научно-популярной форме объясняется значение балегатных правил в интерпретации художественных текстов и развитии ораторского искусства. Статья также предоставляет информацию о выдающихся трудах, посвящённых балагату, и их авторах. Ключевые слова: балагат, баян, маани, бадеʼ, байт, шарх, значение, слово, контекст. Abstract: This article explores the content, major branches, and historicaltheoretical significance of Balāghah, a key discipline within Arabic linguistics. It analyzes the role of Balāghah in achieving semantic fluency, stylistic effectiveness, and logical coherence in speech. The article also explains, in a popular-scientific manner, the importance of Balāghah principles in interpreting literary texts and enhancing the art of oratory. Additionally, it provides information about the exceptional classical works written on Balāghah and their authors. Keywords: balagha, bayan, ma‘ani, badī‘, verse, commentary, meaning, word, context. Insoniyat doim hamma narsadan lazzatlanishga harakat qiladi. Lazzatlanish manbalaridan biri esa tildir. Til qancha keng imkoniyatlarga ega bo‘lsa, inson ham undan shunchalik ko‘p foydalana oladi. Imkoniyat eshigi cheksiz bo‘lgan tillardan biri esa, shubhasiz, arab tilidir. Arab tilining o‘ziga xosliklari, xususiyatlarini kashf qilish bevosita balog‘at ilmiga bog‘liqdir. Bu fan nafaqat nasriy, balki nazmiy asarlarni ham 495 o‘rganadi. Shuningdek, balog‘at bir fan emas, balki uchta ma’oniy يناعملا, bayon ّّنايبلا va bade’ ّ عيدبلاilmlarining jamlanmasidir. Bu fan haqida ma’lumotlar ilk bor to‘qqizinchi asrda Abu Ubaydaning “Majoz al-Qur’on - نآرقلاّ زاجم” nomli asarida uchraydi 43 . Bu fanda yozilgan dastlabki asarlar savol-javob yoki kichik maqola shaklida bo‘lgan. Mashhur arab adibi Johiz (780-869) esa o‘zining “Al-bayon va attabayyun - ّنيبتلاوّنايبلا” kitobida bu fanga doir o‘zining qarashlarini aytib o‘tgan. So‘ng Abu Bakr ibn Durayd(837-933), Abu Hilol Askariy(920-1005) kabi namoyondalar ham bu fanga ta’alluqli asarlar yozishgan, ammo ularning kitobi bu fanni to‘la qonli qamrab olmagan. Bu ilm xususida mustaqil kitob yozgan ilk alloma hijriy uchinchi asrda yashagan Ibn al-Mo‘taz bo‘lib, o‘zining “Al-Bade’ - عيدبلا” kitobida balog‘at ilmlari haqida so‘z yurgizadi. Ammo u kitobida balog‘at ilmi atamalarini ishlatmagan, shuning uchun ham bu kishini balog‘at ilmi asoschisi deya olmaymiz. Balog‘at ilmi qoidalari va atamalari asoschisi sifatida Abdulqohir Jurjoniy(1009-1078) e’tirof etiladi. U o‘zining “Daloil al-e’joz - زاجعلإاّلئلاد”, hamda “Asror al-balog‘a - ّرارسأ ةغلابلا” kitoblarida ma’oniy va bayon ilmlarini mustaqil fanlarga bo‘lib, mavzulashtirib chiqdi. Qisqacha qilib aytganda, bu fanning rivojlanish bosqichi quyidagicha bo‘ladi: 1. Ilk mulohazalarning paydo bo‘lishi; 2. Boshqa ilmlarning ichida rivojlanishi; 3. Alohida fan sifatida ajralib chiqishi; 4. Mavzulashtirilgan, to‘la-to‘kis bir fanga aylanishi. Bu fanga tegishli ilk mulohazalar johiliyat davrida paydo bo‘la boshlagan. O‘sha davrda shoirlar Ukoz bozorida yig‘ilib she’rxonlik qilishgan. Eng yaxshi, go‘zal va nafis she’r aytuvchi shoirlar keyinchalik hakam vazifasini bajarib, boshqalarning she’rini tanqid qila olgan. Ana shunday hakamlardan biri Nabig‘a Zubyoniy bo‘lib, bir kuni odatdagidek shoirlar bilan suhbatlashib o‘tirganida mashhur shoira Xonsa keladi, hamda akasi Soxr haqida she’r aytadi. Shunda Nabig‘o uni maqtab “Ayollar ichida sendek shoira yo‘q”,- deydi. Xonsa: “Balki erkaklar ichida ham yo‘q”,- deya sha’nini yuksaltiradi, ammo buni Hassan ibn Sobit eshitib qoladida, “Qasamki, men sendan ham, otangdan ham, bobolaringdan ham yaxshiroq she’r aytaman”,- deydi va ushbu baytni aytadi: ّ رغلاّتانفجلاّانل ىحضلابّنعملي امدّةدجنّنمّنرطقيّانفايسأو Ma’nosi: Sahar vaqti yarqiraydi idishlarimiz, Yordam uchun qon yog‘dirar qilichlarimiz. 44 Buni eshitgan Nabig‘o Zubyoniy baytni balog‘iy jihatdan tahlil qiladi va ilk balog‘iy mulohazalarni aytadi: “Sen yaxshi shoirsan, ammo “idishlar” so‘zini “ تانفج” ko‘pligida emas “ نافج” shaklida keltirish afzalroq bo‘lardi. Negaki sen aytgan ko‘plik ozlikka dalolat qiladi. Undan keyin sen “yarqiraydi” deb aytding, “porlaydi” deganing durustroq edi. Sen “qon yog‘dirar” deding, lekin bu qon kam ekanligiga dalolat qiladi, faxrlanish uchun “qon oqizar” deyish yaxshi bo‘lar edi”. 43 Ahmad Hasan Zayat. Tarix al-adab al-arobiy – Damashq: Rovai al-kutub, 2023. – B. 502. 44 Ibrohim Muhammad. Tarix al-balog’a – Madina: Ummul Quro, 2019. – B. 9. 496 Shu yo‘sinda bir baytdagi kamchiliklarni topib, tahlil qiladi. Bu esa, o‘sha davrda ham bu ilm haqida tushunchalar borligini, ammo hali ilm bo‘lib shakllanmaganini ko‘rsatadi. Islom dini kelib, arablar katta yerlarni fath etishgach esa, o‘z-o‘zidan arab tilini rivojlantirish, qonun-qoida o‘rnatishga ehtiyoj o‘sib bordi. Hijriy birinchi asrda nahv, keyinchalik sarf fanlari paydo bo‘ldi. Ayni nahv fani bilan birgalikda ma’oniy fani ham rivojlandi. Ammo bu davrda balog‘at fanlari mustaqil bo‘lmadi, balki boshqa fanlar zimnida rivojlandi. Ummaviylar davriga kelib balog‘at degan tushuncha “qisqalik” degan ma’noni anglatdi. Ya’ni gap qisqa, lo‘nda bo‘lishi uning balog‘atini belgilab beradi. Abbosiylar davriga kelib madaniyat, she’r va nazm rivojlanishi bilan balog‘at ilmi ham rivojlandi. Arab tili ulamolari ham qismlarga bo‘linib, kimdir nahv va sarfga, kimdir adabiyotga, kimdir esa tilshunoslik masalariga e’tibor qaratdi. Abdulqohir Jurjoniy balog‘at ilmi asoslariga oid ikki kitob yozdi. “ Daloil al-e ’ joz - زاجعلإا لئلاد”, hamda “Asror al-balog‘a - ةغلابلا رارسأ” kitoblari bu fanga asos vazifasini o‘tadi. Undan keyingi balog‘atchi olimlar Zamaxshariy, Faxriddin Roziy Abdulqohir aytgan so‘zdan boshqa so‘z deyishmadi. Jurjoniydan keyin kelgan mashhur olimlardan biri, shubhasiz, Abu Ya’qub Yusuf Sakkokiy(1160-1229) edi. Asli xorazmlik bu olim arab tili ilmlarini qamrab olgan “Miftah al-ulum - مولعلا حاتفم” nomli kitob yozgan. Bu kitob sarf, nahv, aruz, lug‘at, qofiya ilmlari bilan birgalikda ma’oniy va bayon ilmlarini ham qamrab olgan. 45 Asar turli fanlarga ko‘ra bir necha qismlarga bo‘lingan, balog‘at ilmi bu asarning uchinchi qismidan joy olgan va benihoya mashhurdir. Muhammad Qazviniy(12681338) esa aynan mana shu uchinchi qismga kichik xulosa “حاتفملا صيخلت” yozgan. Keyinchalik bu xulosasiga o‘zi sharh yozib “Izoh fi ulum al-balog‘a - مولع يف حاضيلإا ةغلابلا” deya nomlagan. Shu bilan buyuk olim Sakkokiy zamonaviy balog‘at ilmiga poydevor vazifasini o‘tagan va o‘tab kelayotgan kitobni yozib qoldiradi. Imom Qazviniyning xulosa kitobiga keyinchalik Bahouddin Subkiy(13191372), Sa’duddin Taftazoniy(1322-1390) kabi yetuk olimlar ham sharh bitishgan. Xususan, Bahouddin Subkiyning “Arus al-afroh - حارفلأا سورع” asari balog‘at ulamolari nazdida yuksak baholanadi, hamda Taftazoniyning “Mutavval - لوطملا” va “Muxtasar al-ma’oniy” kitoblari uchun muhim manba bo‘lib xizmat qildi. Bu ulamolardan keyin yozilgan asarlar faqatgina ularga taqlid qila oldi xolos. Shu sababli ham asrlar mobaynida yuqorida eslab o‘tilgan kitoblar dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. O‘tgan asrlardagi ulamolardan ta’sirlanib, ularning yo‘lini davom ettirgan, asarlarini tushunishga oson qilib bergan, yangi asr ulamolaridan Ahmad Hoshimiy “Javohir al-balog‘a”, Mustafo Sodiq Rofe’iy “E’joz alQur’on va balag‘ot annabaviyya”, Horun Abduroziq “Husn as-siyag‘o fi funun al-balog‘a”, Ali Jorim va Mustafo Amin “al-Balag‘ot al-vodiha”, Doktor Abdulaziz Atiq “Ilm al-bayon”, “Ilm al-ma’oniy”, “Ilm al-bade’”, Hifniy Nosif va do‘stlari “Durus al-balag‘o”, Muhammad Anvar Badaxshoniy “al-Balag‘ot as-sofiya”, Ahmad Qollash “Taysir al-balag‘o”, hamda Doktor Fozil Somirroiyning bir necha kitoblarini misol qilish mumkin. Bu fanga doir nafaqat kitoblar, maqolalar balki she’riy yo‘sinda yozilgan manzumalar ham 45 Abu Ya’qub Sakkokiy. Miftah al-ulum – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiyya, 1987. – B. 7. 497 mavjud, jumladan: Ibn Shihna “Miat alma’oniy”, Abdurahmon Axdoriy “Javhar almaknun” kabi takrorlanmas ilmiy meros qoldirishgan. Bu fanning ahamiyati haqida juda ko‘plab ulamolar so‘z bitishgan. Xususan, Qur’oni Karimning nozik ma’nolari va mo‘jizakorligi, Nabiy (s.a.v)ning yuksak ma’noda aytgan so‘zlari, arab tilida yozilgan she’rlar, qasidalar, hikmatli gaplarni tahlil qilib, tadqiq qiladigan ayni shu ilmdir. Aql bu ilmni chuqur o‘rganib borar ekan, qalbning sezgirligi yanada yuksaladi. Bunga misol uchun bir baytni ko‘rishimiz mumkin: )ينتم ّلك( ىتح بابلا تقرط ينتملك )ينتم ّلك( املف ايأ يل تلاقف)ليعامسإ( ا ربص )يربص ليع امسأ( ايأ تلقف Ma’nosi: Eshikni yelkam charchaguncha taqillatdim, Yelkam charchagach menga so‘z boshladi, Dediki, ey Ismoil sabr qilgin, Dedimki, ey Asmo sabrim tugadi. 46 Ko‘rinib turibdiki, ushbu baytda jinos orqali chiroyli musiqiy ohang vujudga kelgan. Bu kabi misollarni cheksiz keltirish mumkin. Undan tashqari, bu ilm arab tilida go‘zal, ravon, dadil va eng muhimi tushunarli gapirishiga ko‘maklashadi. Shu sababli ham Abdulqohir Jurjoniy: “So‘zlarning yig‘ilishi bizga ma’no hosil etmaydi, balki ular ma’noga munosib tartiblashishi zarur”,- degan. Yusuf Sakkokiy esa: “Holat taqazosiga ko‘ra gap aytish balog‘atdir”,- degan. Zamaxshariy esa “Kashshof” nomli tafsir kitoblarining muqaddimasida bu ilm haqida shunday deydi: “Agar faqih barcha zamonning fatvolarini o‘rganib chiqqan bo‘lsa, yoki kalom ilmi mutaxassisi qolgan barcha ulamolarni yenggan bo‘lsa, yoki roviy ham dunyodagi barcha qissalarni yodlasa, yoki voiz ham eng yaxshi voiz bo‘lsa, yoki nahvchi eng kuchli olim bo‘lsa, yoki tilshunos eng kuchli lug‘atchi bo‘lsa ham, ularning hech biri Qur’oni Karim ma’nolari, haqiqatlarini bayon qilish uchun talabgor bo‘lolmaydi, faqatgina balog‘at fanini puxta bilgan kishi bundan mustasno”. 47 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Ahmad Hasan Zayat. Tarix al-adab al-arobiy – Damashq: Rovai al-kutub, 2023. – B. 502. 2. Ibrohim Muhammad. Tarix al-balog‘a – Madina: Ummul Quro, 2019. – B. 9. 3. Abu Ya’qub Sakkokiy. Miftah al-ulum – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiyya, 1987. – B. 7. 4. https://allghtu-alrbytu.quora.com sayti. 5. Mahmud Zamaxshariy. Kashshof. – J: 1. – Riyod: Maktaba abeykon, 1998. – B. 96. 46 https://allghtu-alrbytu.quora.com sayti. 47 Mahmud Zamaxshariy. Kashshof. – J: 1. – Riyod: Maktaba abeykon, 1998. – B. 96.