UBAYDIY IJODIDA TASAVVUFIY TERMINLAR
Abstract
UBAYDIY IJODIDA TASAVVUFIY TERMINLAR
Full text
498 UBAYDIY IJODIDA TASAVVUFIY TERMINLAR SUFI (MYSTICAL) TERMINOLOGY IN UBAYDI’S WORKS Muxtoraliyeva Xadicha A’zamjon qizi O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti Email: [email protected] Ilmiy Rahbar: Abdullaev Muhammad Hamzaevich Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti dotsenti Email: [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada Ubaydullaxonning hayot yo‘li hamda uning qalamiga mansub “Hikmatlar” dan birinchi hikmatning eski o‘zbek yozuvidagi ko‘rinishi va arab tilida nasriy tarjimasi yoritib beriladi. Hikmatlarga sharh berilib, ularning tarkibida uchragan arabcha so‘zlarning lug‘aviy va tasavvufiy ma’nolari bayon qilinadi. Kalit so‘zlar: hikmat, Ubaydiy, tolib, solik, suluk, hol, ilmi hol, ilmi qol, zohid, shohid, fanofilloh, baqobilloh,ahbob,albob, avtod.lo makon, sidr, vujud Annotation: This article explores the life of Ubaydullaxon and presents the Old Uzbek script version of the first wisdom from his work “Hikmatlar”, along with its prose translation into Arabic. The article also provides commentary on the wisdoms, explaining the lexical and Sufi meanings of the Arabic words found within them. Key words: Ubaydiy, seeker, spiritual wayfarer, spiritual journey, spiritual state, experiential knowledge, theoretical knowledge, ascetic, spiritual witness, annihilation in God, subsistence in God, beloved ones, people of intellect, spiritual pillars, no-place / beyond space, lote tree, existence. Аннотация: В данной статье рассматривается жизненный путь Убайдуллахона, а также приводится версия первой хикмата из его произведения «Хикматлар» в староузбекском письме и её прозаический перевод на арабский язык. В статье также даётся толкование хикматов, разъясняются лексическое и суфийское значения арабских слов, встречающихся в их составе. Ключевые слова: Убайдий, ищущий, духовный путник, духовный путь, духовное состояние, опытное знание, теоретическое знание, аскет, духовный свидетель, исчезновение в Боге, пребывание в Боге, возлюбленные, люди разума, духовные столпы, вне пространства, лотосовое дерево, бытие. KIRISH. Mumtoz adabiyotimiz rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shgan ham shoh ham shoir, salohiyatda o‘z zamonasining zabardast vakillaridan biri shubhasiz Ubaydullaxon hisoblanadi. Tarixshunos olimlar uning to‘liq nomini Ubaydullaxon ibn Mahmud ibn Sulton ibn Budog‘ Sulton ibn Abulxayrxon deb qayd etishadi [1] Ushbu davrda yashab o‘tgan Muhammad Haydar Mirzo “Tarixi Rashidiy” asarida: “Faqir bandaning fikricha, keyingi yuz yil davomida hukmronlik qilgan podshohlar
499 ichida Ubaydullaxonga o‘xshaganini hech kim ko‘rmagan, hech kim eshitmagan. Birinchidan, u xudojo‘y musulmon, Xudodan qo‘rqadigan, har narsadan nafsini tiya oladigan odam bo‘lgan. Mamlakat, saltanat, din, raiyat, lashkarlarga tegishli barcha ishlarni shariat hukmlari asosida bajarar, undan bir qadam ham chekinmas edi” [2]Abdulg‘ozi Ubaydulloh Bahodirxon ibn Mahmud 1487-yilda Vazir shahri etagidagi Yamani tirsak mavzesida dunyoga kelgan [3] Otasi Mahmud Sulton o‘z piri Nosiriddin Ubaydulloh Xo‘ja Axror Valiydan go‘dakka ism qo‘yib berishini so‘raydi, Xo‘ja Axror Valiy unga o‘z ismini iltifot qilgan holda qo‘yib beradi. Xofiz Tanish al-Buxoriy bu haqda shunday yozadi: “O‘z nomlarini berishlari ul zotning zo‘r marhamatlaridan bo‘ldiki,shuning uchun ham uning bebaho asarlari va yaxshi nomlarining oqibatlari foniy olamda boqiydir”.[1] Tarixiy manbalarga ko‘ra, u otasining yolg‘iz farzandi bo‘lgan. Yoshlik chog‘idan ilm-u ma’rifatga muhabbati cheksiz bo‘lib, arab va fors tillarini mukammal o‘rganadi va o‘z davrining yetuk ulamolaridan ilm oladi, Qur’oni Karimni to‘liq yod oladi. Buxoro taxtiga o‘tirgach, Shayboniyxonning harbiy yurishlarida ishtirok etib, jasur, tadbirkor, mohir sarkarda sifatida taniladi. Bundan tashqari arab xatining 7 turida ham yozish qobiliyatiga ega bo‘lgan, shuningdek nasx xatida Qur’oni Karimdan nusxa ko‘chirib Makkatullohga yuboradi va bu bilan ommaga Allohning Kalomini keng yoyishga xizmat qiladi. Ta’kidlash lozimki, Ubaydullaxon adabiyot, xususan, nazm rivojiga katta hissa qo‘shgan. Ahmad Yassaviy hikmatlarini o‘rganishga erta qiziqishi tufayli hikmatnavislik yo‘nalishida sermahsul ijod qildi. Shayboniylar Movarounnahrga kirib kelishi, badiiy ijod bilan shug‘ullangani Ahmad Yassaviyning shaxsiyati va hikmat yozish an’anasi jonlanishi va bu yo‘nalishning davom ettirilishiga sabab bo‘ldi. Bizgacha uning bir necha kulliyotlari yetib kelgan, qolaversa uning yana bir devoni masoil us-salot, hikmat, ruboiy, tajreband va noma kabi janrlarni o‘z ichiga oladi. Uning ijodida diniy-tasavvufiy, axloqiy-didaktik, hikmatnavislik mavzulari alohida o‘rin tutadi. Ubaydiy Zahiriddin Muhammad Bobur bilan bir zamonda yashab ijod qilganini bir qancha tarixiy manbalar tasdiqlaydi. Ubaydullaxon Buxoro taxtini egallagach, Movarounnahrning barcha olimlarini Buxoroga to‘playdi. Bizgacha yetib kelgan devonlarini mohir Mirali kotib nasta’liq xatida ko‘chirgan. Hozirda mavjud devonlar Hindiston va Turkiyada saqlanmoqda. Quyida devon ichidagi 1-hikmatning turkiy tildagi lotin alifbosida, arab-fors tilida va Arab tilidagi tarjimasi keltirilgan: Bo‘lsa suluk ichinda solikka rahbar Alloh O‘z nuri birla oni aylar munavvar Alloh الل ربهر اككلاس ادنيکچيا كولس هسلوب يب يرون زواالل رّونم رلايا ينآ هلر اِرِّوَنُم ِهِرِوُنِب ُالل ُهْلَعْجَي ،ِكوُلُّسلا يِف ِكِلاَّسلا َفّرَشُم ُالل َنُكَي نإ Sharh: Agar Alloh solikka suluk ichida rahbar bo‘lsa, Alloh uni o‘z nuri bilan munavvar qiladi. Solikكلاس arabcha “bir yo‘lda yuruvchi” degan ma’noni bildiradi. Tasavvufda esa bir tariqat shayxiga bay’at berib, uning yo‘lida ketayotgan kishiga solik deyiladi. Shayx Jurjoniy o‘zining “Ta’riflar” asarida solikka shunday ta’rif bergan: “U maqomlar ustida o‘z holati bilan ilmi va tasavvuri emas o‘z holati bilan yurgan kishi bo‘lib, shuning uchun hosil qilgan ilmi shu darajada aniq bo‘ladiki uni
500 adashtiruvchi shubhalarning kirib kelishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaydi”. Sulukarabcha كوُلُس hatti-xarakat, odob-axloq degan ma’nolarga ega. Tasavvufda esa suluk solik borayotgan yo‘ldir. Bu baytda Ubaydiy solik Allohning panohida bo‘lishini, hamda O‘z nuridan ato qilishi nazarda tutmoqda. Tolib topar izzatni, sonsiz lutfu rahmatni, Bizga ham ul davlatni qilg‘ay muyassar Alloh ينتمكح وفطل زيسناس ينتزِعِرَپ ات بلاط الل رّسيم ياغلق ينتلود لوا مه اكزيب َيُم َةَلْوَّدلا َكْلِت اَنَل ُلَعْجَي َالل َّلَعَل َو ،ُّدُعَت لا يِتلا َةَمْحَّرلا َو َفْطُّللا َو َّزِعلا ُبلاَّطلا ُدِجَي َرَّس ة Sharh: Tolibarabcha ( بِلاط) talab qiluvchi, tasavvufda esa tariqatga kirmoqchi bo‘lgan, ammo hanuz tariqatga qabul qilinmagan[4] kishi. Shoir agarda tariqat yo‘liga kirmoqchi bo‘lgan kishi buning uddasisan chiqa olsa, Alloh unga sanoqsiz lutf va rahmatini ato qilishini aytadi. Shoir uchun Haq taoloning rahmati va lutf ko‘rsatishi davlat maqomigacha ko‘tarilmoqda. Yodin qilib andisha, qilsang o‘zungga pesha, Bo‘lur sanga hamisha g‘amxo‘ru yovar Alloh هشيپ اكنزوا كناسليق هشيدنا بيليق نيداي الل راواي راخمغ هشيم هاكنس رولوب ا نيعمو ا ميحرو ا قيفر ا مئاد كل ناك ،َكِنامأو َكِتروشم َبحاص َالل َتلعج اذإ Sharh: Agar sen Allohning zikrini har vaqt kasb qilsang, Alloh har doim senga O‘z in’omidan ato etadi. Yovar so‘zi eski turkiy tilda in’om etuvchi ma’nosini bildiradi, qadimda “Yovar Xudo” atamasi turk ellarida keng qo‘llanilgan. Alloh zikri rohatdur, kayfiyatu holatdur, Hush vaqtu hush soatdur, Alloh, aytinglar Alloh. رودتلاح وتيفيك رودتحار يركذ الل الل رلاكنيتيا الل رودتعاس شوخ وتقو شوخ ِذالل ربكأ الل :اولوق ةعاسلا ريخو تقولا ريخ وهو ،بلقلل ةيفيكو ، لاحو ، ةحار الل ُرك Sharh: Zikr – arabcha (ركذ) bayon qilish, eslash, yodga olish, xotirlash, ma’nolarini beradi. Tasavvufda bu kalima Qushayriyning ta’rifiga ko‘ra g‘aflatning ziddidir. Allohni zikr qilib eslash kishiga o‘ziga xos bir kayfiyat bersa, boshqa bir tomondan ruhiy poklanish ya’ni shoir aytib o‘tgan holat ga ham sabab bo‘ladi. Hol – Haq ne’matidir, mehnat orqali qo‘lga kiritilmaydi, maqomlarga esa mehnat, riyozat bilan erishiladi. [5] Hol o‘zi bilan birga quvonch, tarab, surur, zavq yoki, aksincha, mahzunlik, toriqish, sog‘inch kayfiyatini yuzaga keltiradi.[6] Qul Ubaydiy ma’al qol va in kaana lakal hal Qul fi jami’il ahval Allohu Akbar Alloh لوقلاحلا كل ناك نِا و لاقلا عم يديبع الل ربكأ الل لاوحلأا عيمج يف لق الل ربكأ الل :لاوحلأا عيمج يف ركذاو ،لاح َكل تناك نإو ،لاحلا عم ْ تُبثا ،يدبع اي Sharh: Hikmat aruzning ramal bahrida yozilgan, taf’illari: | نتلاعاف | نتلاعاف | نتلاعاف نلعاف Hikmat so‘nggida o‘ziga xos uslub qo‘llanilgan bo‘lib, tavoze, haqiqiy bandalikni ifodalash, haqiqiy holni Allohga nisbat berish ma’nosi anglashiladi. Ubaydiy she’riyatida forsiy va arabiy jumlalar, Qur’on oyatlari tez-tez
501 uchrab turadi. Baytdagi qul Ubaydiy nido san’atini yuzaga keltirgan. Ubayd so‘zi arab tilidagi ( دباع) so‘zining kichraytirilgan siyg‘asida ifodalanmoqda. Tasavvuf ahli orasida «ilmi qol» va «ilmi hol» degan tushunchalar mavjud. «Ilmi qol» til bilan ifodalasa bo‘ladigan ilmlar, ya’ni zohiriy ilmlar, chunonchi, shariat ilmi ham shunga kirgan. «Ilmi hol» esa insondagi so‘z bilan tushuntirib bo‘lmaydigan g‘aroyib ruhiy kechinmalar, favqulodda fe’l-atvor, xislatlarning namoyon bo‘lishidir. Hol shu bois tarab, surur, hazinlik, shodlik, g‘am, zavq-shavq, yayrash va xumor tushunchalari bilan aloqadordir.[6]Shoir inson garchi Allohni ulug‘lar ekan unda nafaqat ilmi hol balki ilmi qol ham bo‘lishi shart ekanligini uqtirmoqda. Ubaydiy devonida uchraydigan ayrim tasavvufiy terminlar Ubaydiy ijodida tasavvufiy terminlarning o‘rni katta ahamiyatga ega. Shoir boshqa bir hikmatda shunday deydi: “Alloh teyu fanofilloh sayrin qilib, Baqobilloh maqoming‘a borolingo”. Fanofilloharabcha )الل يف ىنف(o‘z nafsiy mavjudligi, xohish-irodasi Allohning iroda va zikrida erib ketdi. Solik o‘z “men”ligini yo‘qotib, faqat Allohni ko‘radi, Alloh bilan tirik bo‘ladi degan holat. Baqobilloharabcha (للهاب ءاقب ) tasavvufdagi yuksak maqomlardan biri solik dastlab fanonafsni yengish maqomida turadi, keyin u baqoAlloh bilan boqiy bo‘lish maqomiga ko‘tariladi. Tasavvufda ‘baqā billāh’ — solikning fano darajasidan o‘tib, ilohiy sifatlar bilan ‘qayta tirilishi’ holidir. Junayd Bag‘dodiy bu maqomni haqiqiy oriflikning boshi deb sharhlaydi. Baqo darajasidagi solikning mavjudligi butunlay Haqning tajallisi bilan to‘ladi Bundan tashqari Ubaydiy hikmatlarida zohid va shohid atamalari ham qo‘llaniladi. Zohid ( دهاز ) – hech bir narsaga qiziqmaydigan, rad qiluvchi, beparvo bo‘luvchi.. Tasavvufda esa zohid dunyoning nafsiy zavqlaridan o‘zini chetga tortuvchi, faqat Alloh roziligiga intiladigan inson. Tasavvufda zohidlik — salikning dunyoviy bog‘liqliklarni tark etishi bo‘lsa, shohidlik — qalb ko‘zi bilan Haqni mushohada qilish darajasidir. Shohidarabcha( دِهاش) guvoh, ko‘rib kuzatib turuvchi. Arab tilidagi lug‘aviy ma’nosi: Guvoh, haqiqatni ko‘rib turuvchi, hozir bo‘lgan kishi. “Shohid” shuningdek dalil, isbot, ko‘ruvchi ma’nolarida. Tasavvufda Haqni qalb bilan mushohada qiluvchi, basirat ko‘zi ochiq bo‘lgan shaxs. Qushayriy ta’rifiga ko‘ra, shohid — mavjudotda Allohning tajallilarini ko‘rib turuvchi orifdir. Shuningdek, boshqa bir baytida: اكنيلاتيا نيكرت ناهج كيدرلاناريا ركاذ يا ليك Kel ey zokir, eronlardek jahon tarkin etolingo, deydi. Eronlar-(رلاناريا) “Eran” so‘zi qadimgi turkiy tillardan bo‘lib, “er”, “botir”, “mard”, “aziz kishi” ma’nolariga ega. Tasavvufda karomatli, pok mashoyixlar. بابلا يبك بابحا بابحا هشيمه رولوب ادنيتابحص لها لاح باطقا هلريب داتوا Ahbobarabcha( بابحا)- do‘stlar, tasavvuf terminologiyasida ‘ahbob’ deb Allohning sevikli bandalari, ya’ni muhabbat yo‘lida poklangan soliklar nazarda tutiladi. Bular Haqning muhabbati bilan yashovchi, qalblari ilohiy nur bilan to‘lgan insonlardir.
502 Albobبابلا so‘zi lubbun ُّبل aqlning eng chuqur qatlami, so‘zining ko‘plik shakli bo‘lib, tasavvufiy jihatdan haqiqatni anglab idrok qila oluvchilar nazarda tutilgan. Ulul albāb’ istilohi tasavvufda aqlni nur bilan uyg‘unlashtirgan, basirati ochilgan oriflarni bildiradi. Ular nafaqat fikr bilan, balki qalb nuri bilan ham Haqni tanigan insonlardir Avtodدتو داتوأ arabcha tayanch, tirgak, mix, tasavvufda solikning qalbida mustahkam iroda, barqaror e’tiqodga nisbatan ishlatiladi. Ahli holHol ahli solikning o‘z sa’y-harakati bilan emas, Haqning in'omi bilan keladigan ruhiy kechinmalarni boshdan kechiruvchi oriflar guruhidir. Ular na ilm, na riyozat bilan qo‘lga kirmaydigan latif ilohiy zavqga ega bo‘ladilar. Mosuvodin kechgay Sidr sori kim uchqay يك ميك نيدوسامچكوا ميك ىراس ردس يا چ ياق Sidr - arabchaردس daraxt. Tasavvuf manbalarida ‘sidr’ atamasi nafaqat jannatdagi daraxtni, balki salikning ruhiy safarida erishiladigan oliy nuqtani bildiradi. ‘Sidrat al-Muntahā’ orif idrokining tugal chegarasi bo‘lib, undan narida faqat Haqning sirlariga xos ma’rifat mavjud. Ibn Arabiy o‘zining Al-Futuhot al Makkiya asarida bu bosqichni mavjudot ilmiga nihoya, haqiqiy ilohiy ma’rifatga boshlanish degan. Ummating‘a “Lo makon” asroridin berding xabar يدريب نيديرارسا ناكم لا اغنيتّما ربخ كن Lo makonarabcha (ناكم لا) – makoni yo‘q, Tasavvufiy adabiyotda ‘la makon – la zamon’ iborasi Allohning zoti makon va zamonga bog‘liq emasligini bildiradi. Orifning ruhi ma’rifatda chuqurlashgan sayin, u makon va zamon chegaralaridan chiqib, abadiylik sirlarini his eta boshlaydi. Vujud mulki sori safar qildim ersa اسريا ميدليق رفس يراس يكلم دوجو Vujudarabcha ( دوجو) mavjud bo‘lish, bor bo‘lish. Farobiyning “Fozillar shahri” asarida aytilishicha, vujud ikki tur: vojibul vujudyaratilishi shart bo‘lgan yagona mavjudlik ya’ni Haq taolo, mumkinul vujudo‘z o‘zidan mavjud bo‘lolmaydigan vujud. Baytda vojibul vujud nazarda tutilgan. XULOSA. Ubaydiy o‘z hayoti davomida nafaqat davlatchilik, siyosiy va harbiy jabhalarda, balki ilmiy-ma’rifiy, diniy-falsafiy, tasavvufiy qarashlari hamda axloqiy yuksak e’tiqodi bilan o‘z davri bilan birga zamonaviy davr adabiyotini ma’naviy kamolot vositasi bo‘lgan hikmatlari bilan boyitdi. Bu esa Arab-fors tillarining turkiy tilga qay darajada ta’sir ko‘rsatganligini ko‘ra olish imkonini berdi. Devonlarning aksariyat qismi xorijda saqlanyotgan bo‘lsada, ularni yurtimizga olib kelib tadqiqot o‘tkazish kelajakda katta natijalar berishi shubhasiz. Uning asarlarini tatbiq qilish, chuqur o‘rganib ommaga taqdim qilish hozirgi kunda bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar sirasiga kiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: [1]Muhammad Abdullayev, “Hikmatlar” Toshkent “Movarounnahr” 2020.6-bet. [2]Sa’dulla Siyoyev Shayboniyxon (Dashti Qipchoq lochini) Tarixiy qissa „ Ensiklopediya “ nashriyoti Toshkent - 2022
503 [3]Bekzod Mirzayev. Ubaydullaxon - Shayboniylar davlatining hukmdori, Toshkent 2016 6-bet [4]Ismoilov S.“Tasavvuf etikasi” kursidan o‘quv qo‘llanma. – Guliston: 2023. 14-bet [5]MUBORAK ATANIYAZOVA MUMTOZ ADABIYOT ISTILOHLARI QISQACHA IZOHLI LUG‘ATI Nukus «ILIMPAZ» 2021 [6]Muqaddas Tojiboyeva TASAVVUF VA BADIIY IJOD Andijon 2022 18-bet