scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARJIMONLIK SOHASIDA TARJIMON DASTURLAR VA SUN`IY INTELLEKTNING O'RNI, ULARNING QIYOSIY TAHLILI

Berdiqulova Mavluda Abdujabbor qizi

Abstract

TARJIMONLIK SOHASIDA TARJIMON DASTURLAR VA SUN`IY INTELLEKTNING O'RNI, ULARNING QIYOSIY TAHLILI

Full text

533 TARJIMONLIK SOHASIDA TARJIMON DASTURLAR VA SUN`IY INTELLEKTNING O‘RNI , ULARNING QIYOSIY TAHLILI РОЛЬ ПРОГРАММ ПЕРЕВОДА И ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ОБЛАСТИ ПЕРЕВОДА: ИХ СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ THE ROLE OF TRANSLATION PROGRAMS AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN THE FIELD OF TRANSLATION: THEIR COMPARATIVE ANALYSIS Berdiqulova Mavluda Abdujabbor qizi Oʻzbekiston davlat Jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti talabasi Annotatsiya. So‘nggi vaqtlardagi texnika-texnologiya vositalarining taraqqiy etishi natijasida bir qancha sohalarda, xossatan tarjima sohasida avtomatlashtirilgan dasturlardan keng va unumli foydalanilmoqda. Tarjima uchun maxsus dasturlar va mashina tarjimalarning tarjima jarayonidagi samaradorlikning oshishiga xizmat qilishi dunyo tomonidan tan olinib, bu kabi vositalar yaqin kelajakda tarjimonlarga raqobatchi bo‘lishi ham tahmin qilinmoqda. Maqolada quyida nomlari keltirilgan dasturlarning tarjima sifati, undagi xato va kamchiliklar tahlil qilinadi. Tadqiqot ishi asli arab tilida bo‘lgan matnni Google translate, Yandex translate, Prompt translate va sun`iy intellekt ChatGPT da tarjima qilish orqali ularning grammatik, uslubiy va mantiqiy jihatlari solishtirishga asoslanadi. Kalit soʻzlar: tarjima, sun`iy intellekt, mashinali tarjima, tarjimon ilovalari, tarjima sifati, Google translate, Yandex translate, ChatGPT, Prompt translate. Аннотация. В результате недавнего развития технических и технологических средств автоматизированные программы широко и эффективно используются в различных областях, особенно в сфере перевода. Мир признал, что специальные программы для перевода и машинного перевода способствуют повышению эффективности процесса перевода, и ожидается, что в ближайшем будущем такие инструменты станут конкурентами переводчиков. В статье анализируется качество перевода, ошибки и недостатки перечисленных ниже программ. Исследование основано на сравнении грамматических, стилистических и логических аспектов оригинального арабского текста с его переводом с использованием Google Translate, Яндекс Переводчик, Prompt Translate и искусственного интеллекта ChatGPT. Ключевые слова: перевод, искусственный интеллект, машинный перевод, приложения-переводчики, качество перевода, Google Translate, Yandex Translate, ChatGPT, Prompt Translate. KIRISH Globallashuv va raqamli texnologiyalar taraqqiyoti bilan birga tarjimonlik sohasi ham tubdan o‘zgarib, yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Xususan, sun’iy intellekt (SI) va tarjimon dasturlarining rivojlanishi natijasida matnlarni avtomatik tarjima 534 qilish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Bu esa nafaqat tarjimonlarning ishini yengillashtirmoqda, balki tarjima sifatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. So‘nggi yillarda Google translate, Prompt translate, ChatGPT, Yandex translate kabi tarjima vositalari ommalashdi va har kuni millionlab foydalanuvchilar tomonidan qo‘llanilmoqda. Shu bilan birga, inson tarjimonlari tomonidan yaratilgan tarjimalar bilan bu dasturlarning natijalarini qiyoslash ehtiyoji ortib bormoqda. Tarjima jarayonida aniqlik, kontekstga moslik, grammatik jihatdan toʻg`rilik kabi mezonlar sun’iy intellektdan foydalanishda muhim omil sifatida qaralmoqda. Ushbu maqolada tarjimonlik sohasida sun’iy intellekt va tarjimon dasturlarining tutgan o‘rni hamda ularning afzallik va kamchiliklari tahlil qilinadi. ASOSIY QISM Tanlangan matn: ابحرم مكب ،يئاقدصأ يمسا ،لداع يرمُع نورشع ،اماع اَنَأَو نِم اسنَرَف نم ِةَنيِدَم ،سيراب يلوط ةئام نوعبسو ،ارتمتنس ينزوو ةسمخ نوعبسو وليك. يترسأ ُنوُكَتَت نِم ةَسْمَخ دارفأ : يبَأ يِّمَأَو يخَأَو يتخأو. يبأ ُهُمسا دِلاَخ هرمُعَو َنوُسمخ ،ا ماَع ْلَمْعَيَو ا ريِدُم يِف ،ةكرش يمأو اَهُمسا ةَمِطاَف اهرمُع ةسمخ َنوُعَبرأو ،ا ماَع يهو ةبر تيب. يخأ ريبكلا همسا دومحم ، هرمُع ةثلاث َنوُرْشِعَو ا ماَع َوُهَو ُلَمْعَي ،ا مِّلَعُم يِتْخُأَو ُةَريِغَّصلا اهمسا ،ُةَدِجاس اَهُرْمُع َةَسْمَخ َرَشَع ،ا ماَع ُسُرْدَتَو يِف ةيوناثلا اَنَأ ُّبِحُأ يترسأ . ُسْردا يِف ةَعِماَجلا يِف ِةَنَّسلا ىَلوُْ لأا ، ُبَهْذَأ َةَسْمَخ ٍماَّيَأ يِف ،ِعوُبْسَْ لأا ُمَّلَعَتَو يِف ةعماجلا نيتغل: اَمُه ةيبرعلا ةيزيلجنلإاو ؛ يّنلأ ُّبِحُأ َمَّلَعَت ،ِتاَغُّللا ْأَرْقَأَو ا ريِثَك يف مجعملا ىّتح لا ىسنأ تاملكلا يتّلا اهمّلعتأ, ُسِلجَأَو َّلُك ٍمْوَي ةَعاَس يِف ِةَبَتَكَم ِةَعِماَجلا ِةءاررِقِل ،بتكلا يتلطع ِناَموَي : ةعمجلا تبسلاو يف موي ةعمجلا روزأ يبراقأ, مويو تبسلا ُجُرخأ َعَم يئاقدصأ ىلإ ةقيدحلا. Google translate – neyron tizimlarga asoslangan mukammal onlayntarjimon. Interfeys sodda va yuzdan ortiq tillarga tarjimani qo‘llab-quvvatlaydi. Lug‘atlar va mavjud funksiyalar soniga ko‘ra hozirgi kunga qadar eng funksional va ko‘p qirrali xizmat sanaladi. Undan maqolalar, hujjatlar, veb-sahifalarni tarjima qilishda, shuningdek, PPT, PDF va boshqa fayl formatlarida foydalanish mumkin. Google translate tarjimasi: Xush kelibsiz, do‘stlarim. Mening ismim Adel. Men yigirma yoshdaman va men Fransiyaning Parij shahridanman. Bo‘yim 170 santimetr, vaznim 75 kilogramm. Mening oilam besh kishidan iborat: otam, onam, akam va singlim. Otamning ismi Xolid, u ellik yoshda, bir kompaniyada menejer bo‘lib ishlaydi. Onamning ismi Fotima, yoshi qirq beshda, uy bekasi. Katta akam Mahmud 23 yoshda, o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Kichik singlim Sajida 15 yoshda, maktab o‘quvchisi. Men oilamni yaxshi ko‘raman. Haftada besh kun universitetga boraman. Men ikki tilni o‘rganyapman: arab va ingliz. Men til o‘rganishni yaxshi ko‘rganim uchun, o‘rgangan so‘zlarni unutmaslik uchun lug‘atni ko‘p o‘qiyman va har kuni universitet kutubxonasida bir soat kitob o‘qish uchun o‘tiraman. Menda ikki dam olish kuni bor: juma va shanba. Juma kuni men qarindoshlarimnikiga boraman, shanba kuni esa do‘stlarim bilan bog‘ga chiqaman. Tarjimadagi xatolar: • “. ُسْردا يِف ةَعِماَجلا يِف ِةَنَّسلا ىَلوُْ لأا” jumlasi “men universitetning birinchi kurs talabasiman” deb tarjima qilingan. Bu tarjima mantiqiy va uslubiy 535 jihatdan notoʻg`ri boʻlmasada, “men universitetda birinchi kursda oʻqiyman” deya tarjima qilinsa grammatik jihatdan toʻg`ri boʻladi. • “يّنلأ ِحُأ ُّب َمَّلَعَت ِتاَغُّللا” ushbu gapni Google translate “men til oʻrganishni yaxshi koʻrganim uchun” deb tarjima qilgan. Toʻg`ri tarjima esa quyidagidek boʻlishi kerak “til oʻrganishni yaxshi koʻraman, shuning uchun” • “ ُسِلجَأَو َّلُك ٍمْوَي ةَعاَس يِف َكَم ِةَبَت ِةَعِماَجلا ِةءاررِقِل بتكلا” iborasining “kitob oʻqish uchun oʻtiraman” tarjimasi “universitet kutubxonasida har kuni bir soat davomida kitob oʻqiyman” deb tarjima qilinganda badiiy jihatdan soddaroq va aniqroq bOʻladi. • “ ُجُرخأ َعَم يئاقدصأ ىلإ اةقيدحل ” jumlasi “bog`ga chiqaman” deb emas, “doʻstlarim bilan bog`ga boraman” deb tarjima qilinsa, arabchaga yanada mos keladi. Prompt translatorbu neyron tarmoq yondashuvi va qoidalarga asoslangan tarjima tizimi, ya’ni Rule-Based Translation (RBMT)ni birlashtirgan yangi gibrid texnologiya bo‘lib, asosan, Yevropa va Osiyo tillari uchun avtomatik tarjima xizmatlarini taqdim etadi. Tizim 22 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi. Prompt translator tarjimasi: Do‘stlarimga xush kelibsiz, mening ismim Adel, men yigirma yoshdaman, men Parij shahridan Frantsiyadanman, bo‘yim bir yuz etmish santimetr, vaznim etmish besh kilogramm. Mening oilam besh a'zodan iborat: dadam, onam, akam va singlim. Otamning ismi Xolid, u ellik yoshda, kompaniyada menejer bo‘lib ishlaydi, onamning ismi Fotima, u qirq besh yoshda, u uy bekasi. Mening akam Mahmud, u yigirma uch yoshda va u o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi, mening singlim Sajida, u o‘n besh yoshda va u o‘rta maktabda o‘qiydi Men oilamni sevaman . Men birinchi yilda universitetda o‘qiyman, haftada besh kun boraman va universitetda ikki tilni o‘rganaman: Arab va ingliz; chunki men tillarni o‘rganishni yaxshi ko‘raman va o‘rgangan so‘zlarimni unutmaslik uchun leksikonda ko‘p o‘qiyman va har kuni o‘tiraman. universitet kutubxonasida kitob o‘qish uchun bir soat, mening ta'tilim ikki kun: juma va shanba juma kuni qarindoshlarimga tashrif buyuraman va shanba kuni do‘stlarim bilan bog‘ga chiqaman. Tarjimadagi xatolar: • “ابحرم مكب يئاقدصأ” iborasi “Do‘stlarimga xush kelibsiz” deya grammatik va mantiqiy jihatdan notoʻg`ri tarjima qilingan. Amalda esa “xush kelibsiz, doʻstlarim” boʻlishi kerak. • “اَنَأَو نِم اسنَرَف نم ِةَنيِدَم سيراب” soʻz birikmasi “men Parij shahridan Fransiyadanman” deb soʻzma-soʻz tarjima qilingan va takrorga yoʻl qoʻyilgan. Toʻg`ri tarjima : “men Fransiyaning Parij shahridanman” • “bo‘yim bir yuz etmish santimetr” iborasidagi “etmish” soʻzi imloviy xato hisoblanadi. • “Men birinchi yilda universitetda o‘qiyman” uslubiy va mantiqiy jihatdan xatolikka yoʻl qoʻyilgan. • “leksikonda ko‘p o‘qiyman” jumlasi “lug`atlarni koʻp oʻqiyman” deb tarjima qilinsa toʻg`ri boʻladi. 536 • “har kuni o‘tiraman. universitet kutubxonasida kitob o‘qish uchun bir soat” tarjimasida grammatik, mantiqiy va punktuatsion xatoliklarni koʻrishimiz mumkin. Toʻg`ri tarjima quyidagicha: “universitet kutubxonasida har kuni bir soat davomida kitob oʻqiyman” • “mening ta'tilim ikki kun”, “ta`til” odatda uzoq muddatli dam olish. Matnda dam olish kunlari nazarda tutilgan. Yandex translator – Statistik va neyron tarjima tizimlarining aralashuvidan hosil bo‘lgan gibrid tarjima modeliga asoslanuvchi yuqori sifatli onlayn tarjimon tizim. 90 dan ortiq til juftliklari orasida tarjimani amalga oshiradi va kiritish tilini avtomatik ravishda o‘zi aniqlaydi. Tarjima bazasi statistik yondashuvga asosan o‘zo‘zini rivojlantirib boradi. Yandex translator tarjimasi: Do‘stlarimga xush kelibsiz, mening ismim Adel, men yigirma yoshdaman, men Parij shahridan Frantsiyadanman, bo‘yim bir yuz etmish santimetr, vaznim etmish besh kilogramm. Mening oilam besh a'zodan iborat: dadam, onam, akam va singlim. Otamning ismi Xolid, u ellik yoshda, kompaniyada menejer bo‘lib ishlaydi, onamning ismi Fotima, u qirq besh yoshda, u uy bekasi. Mening akam Mahmud, u yigirma uch yoshda va u o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi, mening singlim Sajida, u o‘n besh yoshda va u o‘rta maktabda o‘qiydi Men oilamni sevaman . Men birinchi yilda universitetda o‘qiyman, haftada besh kun boraman va universitetda ikki tilni o‘rganaman: Arab va ingliz; chunki men tillarni o‘rganishni yaxshi ko‘raman va o‘rgangan so‘zlarimni unutmaslik uchun leksikonda ko‘p o‘qiyman va har kuni o‘tiraman. universitet kutubxonasida kitob o‘qish uchun bir soat, mening ta'tilim ikki kun: juma va shanba juma kuni qarindoshlarimga tashrif buyuraman va shanba kuni do‘stlarim bilan bog‘ga chiqaman. Tarjimadagi xatolar: • Yandex translate tarjimasida ham xuddi Prompt dasturi yoʻl qoʻygan xatoliklar mavjud. Masalan, “do‘stlarimga xush kelibsiz” deb grammatik va mantiqiy jihatdan notoʻg`ri tarjima qilingan. • “men Parij shahridan Fransiyadanman” deb soʻzma-soʻz tarjima qilingan. • “Men birinchi yilda universitetda o‘qiyman” soʻz tartibi chalkash berilgan. • “leksikonda ko‘p o‘qiyman” jumlasida ham yuqoridagi xato takrorlangan. So`nggi yillarda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi tarjima sohasiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Dastlab avtomatik tarjima dasturlari faqat sodda matnlarni taxminiy tarzda tarjima qilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning aniqligi, uslubiy mosligi va kontekstni tushunish darajasi sezilarli darajada oshdi. Sun`iy intellekt – ChatGPT tarjimasi: Salom, do‘stlarim! Mening ismim Adel. Men yigirma yoshdaman. Men Fransiyaning Parij shahridaman. Bo‘yum 170 santimetr, vaznim 75 kilogramm. Mening oilam besh kishidan iborat: otam, onam, akam, singlim va men. Otamning ismi Xolid, u ellik yoshda, kompaniyada menejer bo‘lib ishlaydi. Onam Fotima, u qirq besh yoshda va uy bekasi. Akam Mahmud yigirma uch yoshda, o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Singlim Sajida o‘n besh yoshda, yuqori sinfda o‘qiydi. 537 Men oilamni yaxshi ko‘raman. Men universitetda birinchi kursda o‘qiyman. Haftada besh kun darsga boraman va Arab hamda Ingliz tillarini o‘rganaman. Men tillarni o‘rganishni yaxshi ko‘raman, shuning uchun o‘rgangan so‘zlarimni unutmaslik uchun lug‘atda ko‘p o‘qiyman. Har kuni universitet kutubxonasida bir soat davomida kitob o‘qiyman. Mening dam olish kunlarim — juma va shanba. Juma kuni qarindoshlarimga tashrif buyuraman, shanba kuni esa do‘stlarim bilan bog‘ga boraman. Tarjimadagi xatolar: • “Bo‘yum 170 santimetr” iborasida imloviy xatolik mavjud. • “Arab hamda Ingliz tillarini o‘rganaman” tarjimasidagi arab hamda ingiliz tillari kichik harf bilan yozilishi kerak. NATIJALAR Google translator ilovasi umumiy mazmunni tushunarli qilib tarjima qilgan bo‘lsa-da, unda grammatik xatolar, uslubiy kamchiliklar va mantiqiy xatolar mavjud. Ayniqsa, fe’llarning zamonlari va jumlalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar noto‘g‘ri berilgan. Bu tarjima so‘zma-so‘z uslubga yaqin, lekin to‘g‘ri va tabiiy tarjima emas. Shuning uchun tarjimani inson muharriri tekshirib, tahrirlash kerak. Umumiy baho 7/10. Prompt translator ilovasida ba’zi joylarda gaplar ortiqcha so‘zma-so‘z tarjima qilingan. Imloviy, grammatik, uslubiy va mantiqiy jihatdan xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan. Badiiy jihatdan toʻg`ri tarjima emas va inson tarjimon tomonidan tekshirilishi kerak. Umumiy baho 4/10 Yandex translator dasturida esa grammatika jihatidan xatolar ko‘p. Uslub tabiiy emas, ba’zi gaplar tushunarsiz yoki ortiqcha. Ba’zi so‘zlar noto‘g‘ri ishlatilgan ("leksikonda", "birinchi yilda" va h.k.). Prompt translate qilgan xatolarni takrorlagan. Asosiy mazmun saqlangan. Umumiy baho 4/10 Sun`iy intellekt – ChatGPT tarjimasi oddiy, tushunarli va mos tilda bajarilgan. Fe’llar zamoni, birlik-ko‘plik, egalik shakllari va boshqa grammatik qurilmalar tarjimada to‘g‘ri qo‘llangan. Matn sodda va grammatik xatolarsiz tuzilgan. U o‘quvchi tomonidan oson qabul qilinadi va asl matnni to‘liq ifodalaydi. Bunday tarjimon chatlardan ta’lim yoki tanishtiruv maqsadlarida bemalol foydalanilish mumkin. Umumiy baho 9/10 MUHOKAMA. Ushbu tadqiqot davomida bir nechta mashhur tarjima tizimlari tahlil qilindi va ularning natijalari o‘zaro taqqoslandi. Tahlil natijalariga ko‘ra, eng yuqori sifatli tarjimani ChatGPT dasturi taqdim etdi. Bu tizim tarjimada nafaqat grammatik to‘g‘rilikni, balki mazmunning mantiqiy izchilligini ham to‘liq saqlab qolgan. Google translator nisbatan yaxshi natija ko‘rsatgan bo‘lsa-da, ba’zi iboralarni to‘g‘ri talqin qilmaslik holatlari kuzatildi. Yandex translator va Prompt translator esa eng past sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ldi; ayniqsa Prompt translator ko‘plab so‘z va iboralarni 538 noto‘g‘ri tarjima qilgani aniqlandi. Shunday qilib, ChatGPT eng samarali va ishonchli tarjima vositasi sifatida baholandi. Tarjimon dasturlar Leksik jihatdan Grammatik jihatdan Uslubiy jihatdan Mantiqiy jihatdan Umumiy baho 1 Google translate 8 8 7 8 7.75 2 Prompt translate 4 4 4 4 4 3 Yandex translate 6 5 5 5 5.25 4 ChatGPT 10 10 9 10 9.75 XULOSA Natijalar shuni ko‘rsatadiki, agar sifatli va tabiiy tarjima kerak bo‘lsa, ayni paytda eng yaxshi tanlov bu – Chat GPT. Ammo tarjima jarayonida ushbu tarjimonda tarjimaning dastlabki maketini yasab, soʻng uni malakali tarjimon tekshirib chiqqandan soʻnggina tarjimani muvaffaqqiyatli deb bilish mumkin. Xulosa o‘laroq hozircha sun’iy intellektlar inson tarjimonlar o‘rnini to‘liq bosa olmaydi, lekin tarjima jarayonida yordamchi vosita sifatida samarali qo‘llanilishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Jo‘raqo‘ziyeva, Z. Q. q. (2024). Tarjimashunoslikda kompyuter dasturlari. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Tarjimonlik fakulteti. 188–191betlar. 2. Qodirova M, Hamroyeva Sh. (2023) Zamonaviy dunyoda mashina tarjimasi tadriji: tahlillar va natijalar O‘zbekiston til va madaniyat, komputer lingvistikasi. 22-40-betlar 3. Itolmasova Sh. (2025) Sun`iy intellekt – tarjimonlar uchun yangi imkoniyatlar davri Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti. 24-26-betlar.