ARAB TILIDAGI KINOYA VA ISTI'ORALARNI O'ZBEK TILIDA TARJIMA QILISHDA KOGNITIV EKVIVALENT YARATISH USULLARI
Abstract
ARAB TILIDAGI KINOYA VA ISTI'ORALARNI O'ZBEK TILIDA TARJIMA QILISHDA KOGNITIV EKVIVALENT YARATISH USULLARI
Full text
543 ARAB TILIDAGI KINOYA VA ISTI’ORALARNI O‘ZBEK TILIDA TARJIMA QILISHDA KOGNITIV EKVIVALENT YARATISH USULLARI METHODS OF CREATING COGNITIVE EQUIVALENCE IN TRANSLATING ARABIC METAPHORS AND FIGURATIVE EXPRESSIONS INTO UZBEK Toshmamatova Gulasal Gʻolib qizi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Annotatsiya. Tarjima san’ati – bu nafaqat bir tilning so‘zlarini boshqasiga o‘girish, balki mazmun, uslub, ma’no va konnotatsiyalarni hamda muallifning obrazli fikrlarini yangi tilda o‘ziga xos yangi shaklda aks ettira olish jarayonidir. Xususan, kinoya va isti’ora kabi ifoda vositalari tarjimasi til tafakkuri va madaniy kodlarga bevosita bog‘liq bo‘lib, tarjimon oldiga murakkab vazifalarni qo‘yadi. Bu jarayonda tafakkurni idrok qilish, so‘z va iboralarni nafaqat ma’nosi, balki ularning berilgan kontekstda tutgan o‘rni, matndagi estetik, emotsional, assotsiativ qatlamlarini to‘g‘ri ochish hamda o‘zbek tilining ifoda imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish muhimdir. Bunda tarjimon har doim bir xil printsiplarga tayanmaydi, balki har bir matndagi hamda vaziyatdagi fikrning ohangini, mujassam semantik va kognitiv ishoralarni va o‘ziga xos madaniy konnotatsiyalarni chuqur o‘rganishini talab qiladi. Kalit so‘zlar: kinoya, isti’ora, tarjima, kognitiv ekvivalent, arab tili, o‘zbek tili, madaniy kod, badiiy tasvir, semantik moslik, perifraz. ىوتحملا لقن ا ضيأ لمشي لب ،بسحف ىرخأ ىلإ ةغل نم تاملكلا لقن ىلع ةمجرتلا نف رصتقي لا :صخلم طبترتو .ديرف ديدج لكش يف ةد يدج ةغل ىلإ ةيزاجملا فلؤملا راكفأ ىلإ ةفاضلإاب ،تلالادلاو ىنعملاو بولسلأاو لئاسو ةمجرتةراعتسلااو ةيرخسلاك ،ريبعتلافتلاب ا رشابم ا طابترا ، ىلع حرطتو ،ةيفاقثلا زومرلاو يوغللا ريك ،تارابعلاو تاملكلا ىنعم نع طقف سيل ةقدب فشكلاو ،ريكفتلا مهف مهملا نم ،ةيلمعلا هذه يف .ةدقعم ا ماهم مجرتملا علاو ةيلامجلا بن اوجلا نعو ،نيعم قايس يف اهعقوم نع ا ضيأ لب نم ةلماكلا ةدافتسلااو ،صنلل ةيطبارتلاو ةيفطا ةسارد بلطتي لب ،اهسفن ئداب ملا ىلع ا مئاد مجرتملا دمتعي لا ،قايسلا اذه يفو .ةيكبزولأا ةغلل ةيريبعتلا تاردقلا كلا .ةصاخلا ةيفاقثلا تلالادللو ،ةنماكلا ةيفرعملاو ةيللادلا تلالادللو ،فقومو صن ل ك يف ركفلا ةربنل ةقمعتم تامل ،ةيفاقثلا ةرفشلا ،ةيكبزولأا ةغللا ،ةيبرعلا ةغللا ،يفرعملا لداعملا ،ةمجرتلا ،ةراعتسلاا ،ةيرخسلا :ةيحاتفملا .ةيغايصلا ةداعلإا ،ةيللادلا تلاسارملا ،ةينفلا ةروصلا Аннотация: Искусство перевода – это не только процесс перевода слов с одного языка на другой, но и процесс передачи содержания, стиля, смысла и коннотаций, а также образных мыслей автора на новом языке в уникальной новой форме. В частности, перевод таких средств выразительности, как ирония и метафора, напрямую связан с языковым мышлением и культурными кодами и ставит перед переводчиком сложные задачи. В этом процессе важно воспринимать мышление, правильно раскрывать не только значение слов и фраз, но и их место в заданном контексте, эстетические, эмоциональные, ассоциативные слои текста, а также в полной мере использовать выразительные возможности узбекского языка. При этом переводчик не всегда опирается на одни и те же принципы, а требует глубокого изучения тональности мысли в
544 каждом тексте и ситуации, присущих ему семантических и когнитивных сигналов и специфических культурных коннотаций. Ключевые слова: ирония, метафора, перевод, когнитивный эквивалент, арабский язык, узбекский язык, культурный код, художественный образ, семантическое соответствие, перифраза. Abstract. The art of translation is not only the process of converting words from one language into another, but also the process of reflecting the content, style, meaning and connotations, as well as the author's figurative thoughts in a new language in a unique new form. In particular, the translation of such means of expression as irony and metaphor is directly related to linguistic thinking and cultural codes, and poses complex tasks for the translator. In this process, it is important to perceive thinking, correctly reveal not only the meaning of words and phrases, but also their place in a given context, the aesthetic, emotional, associative layers of the text, and fully use the expressive capabilities of the Uzbek language. In this, the translator does not always rely on the same principles, but requires a deep study of the tone of thought in each text and situation, the inherent semantic and cognitive cues, and the specific cultural connotations. Keywords: irony, metaphor, translation, cognitive equivalent, Arabic language, Uzbek language, cultural code, artistic image, semantic correspondence, periphrasis. Kinoya va isti’ora arab tilida juda rivojlangan, qadimdan she’riyatda ham, nasriy adabiy asarlarda ham keng ishlatiladi. Bunda kinoya, ya’ni satirik mazmun yoki ichki ramziy ma’no ikki qavatli semantik tuzilmani aks ettiradi. Isti’ora esa metafora kabi tasviriy vosita hisoblanib, so‘z yoki iboraning haqiqiy emas, ko‘chma ma’noda qo‘llanilishi orqali tasvirlangan ob’ektga yangi fazilat, xususiyat, ruh va obraz beradi. Bu ikki vosita har bir tildagi tafakkur va madaniy-falsafiy olamida o‘ziga xos aks etishi bilan ajralib turadi. Shu sababli arab tilida ishlatiladigan kinoya va isti’oralarning o‘zbekchaga tarjima qilinishi, so‘zma-so‘z yoki ma’noga mos aylanmasdan, balki chuqur kognitiv yondashuvni, yangi tilda butunlay yangi ekvivalent yaratishni talab qiladi. Kognitiv ekvivalent yaratish, muayyan obraz yoki tasavvur tildan tilga o‘tganda uning semantik, ramziy, madaniy va emotsional qatlamlarini saqlab qolishga harakat qilish demakdir. Arab tilidagi ko‘plab kinoya va isti’oralarning o‘zbek tilidagi ekvivalenti tayyor holatida mavjud emas. Shu bois tarjimon oldida ko‘pchilik hollarda yangi usullardan foydalanish zarur bo‘ladi, jumladan ekvivalentli ifoda topish, konstruksiya o‘zgartirish, perifraz ishlatish, yangi metafora ishlab chiqish, muallif uslubini his qilish va ayrim hollarda mualliflik so‘z yasalishidan foydalanish – ana shu amaliy jarayon asosiy yo‘nalishlardan hisoblanadi [1]. Arab tilida kinoya va isti’oraning mustaqil rivojlanish yo‘li bor. Bu ikki san’at yo‘nalishi qadimiy asarlardanoq iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va falsafiy mazmunlarni chuqurroq ifodalash uchun keng qo‘llanilgan. Bunda arab madaniyati va dunyoqarashiga xos obrazlar, ramzlar va assotsiatsiyalar kamol topgan. Har bir isti’ora yoki kinoya zamirida xalqning etnik mentaliteti, tarixiy tajribasi, e’tiqodi va orzuumidlari mujassamlangan. Diniy, badiiy, falsafiy ko‘rsatkichlar, me’yorlar, qadriyatlar muayyan so‘z va ibora orqali ifodalanadi. Shu sababli arab tilidagi badiiy asarni tarjima qilayotganda, tarjimon oddiy grammatik vositalar yordamida emas, balki teran anglash
545 va tafakkur asosida yangi shakllar hamda so‘z o‘yinlariga asoslanib ekvivalent yaratishga majbur bo‘ladi. Birinchi yo‘l sifatida, o‘zbek tilida allaqachon mavjud ekvivalentlarga murojaat qilish mumkin. Ya’ni, agar arab tilidagi kinoya yoki isti’ora so‘zma-so‘z yoki ma’nodosh holda o‘zbek tilida mavjud bo‘lsa, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ishlatish mumkin. Biroq, ko‘plab hollarda bunday to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalentlar mavjud emas. Bunday vaziyatda tarjimon kengroq perifraz vositalaridan, ya’ni mazmunini to‘liq ochish uchun ko‘proq so‘z yoki ibora ishlatish, jumlaning tarkibini o‘zgartirish orqali muallif niyatini, obrazli ma’noni saqlab qolishga harakat qiladi [2]. Keyingi asosiy usul – bu sun’iy yoki yangi metafora, kognitiv ekvivalent yaratish hisoblanadi. Arab tilidagi isti’orada ishlatilgan obraz, agar o‘zbek tilida unga mos semantik, emotsional va madaniy asos topilmasa, tarjimon ba’zan boshqacha yangicha obraz ishlab chiqishiga to‘g‘ri keladi. Bu o‘rinda o‘zbek xalqining dunyoqarashi, madaniy an’analari va real hayot voqealariga asoslangan yangi tasvir tanlanadi va asosiy maqsad arabcha isti’oraning ma’no va tafakkurini asosiy ideya sifatida o‘zbek tilida yashatib berishdan iborat bo‘ladi. Yana bir samarali yondashuvlardan biri – kontekstual yechimdan foydalanishdir. Arab tilidagi har bir kinoya yoki isti’ora har doim ham mustaqil aloqaga ega bo‘lmasligi mumkin. Ularning praqmatik va konnotativ ma’nolari ko‘pincha matndagi boshqa elementlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Shu bois, tarjimon badiiy asarning umumiy syujeti, personajlari, davr va voqea joyi kabi barcha omillarni chuqur tahlil qilgan holda, kognitiv asoslangan ekvivalent topishga harakat qiladi. Bu yondashuv orqali matndagi semantik bir butunlik, kayfiyat, muallifning g‘oyasi saqlab qolinadi hamda yangi, kontekstga mos ifoda paydo bo‘ladi. Shuningdek, ba’zi hollarda arab tilidagi jo‘n ko‘chma ma’nolarga o‘zbek tilida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalent topishning imkoni yo‘q. Chunki arab tafakkurida qat’iyramzli bo‘lgan iboralar o‘zbek mentalitetiga bevosita mos kelmasligi mumkin. Bunday paytda tarjimon matnga izohli ifoda, ochiqlovchi so‘z va frazalarni kiritish yoki qisqa gaplar orqali obrazni kengroq tasvirlashga harakat qiladi; bunda ham muhim jihati – asarning badiiy va semantik qadriyatini asrab qolish hisoblanadi [4]. Kognitiv ekvivalent yaratishda, tarjimon arab tilidagi badiiy ifodaning asosiy semantik yadrosini urib turadigan elementlarni aniqlaydi, uning asosiy ta’sir va ohangini saqlaydi, lekin uni o‘zbek adabiy-lisoniy tafakkuriga moslashtirib, yangi konnotativ, emotsional va estetik ohang bilan ifodalaydi. Shu nuqtayi nazardan bu jarayon bir vositachilik emas, balki samarali ijodiy qayta yaratish hisoblanadi. Ko‘plab arab adabiyotshunoslari va tarjima nazariyotchilari kognitiv ekvivalent yaratishda bir nechta asosiy yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatadilar. Birinchidan, semantik adaptatsiya vositasidan to‘liq ishlatish, ya’ni kinoya yoki isti’oradagi asosiy tasvir va o‘xshatishlarning asosini saqlagan holda, uni o‘zbekistonlik o‘quvchi idrokiga mos tarzda qayta qurish eng ma’qul usullardan biridir. Bunda tarjimon arab tili jamiyatida mavjud bo‘lgan real ob’ekt, voqea va holatlarni o‘zbek tilidagi kontekstga mos, o‘xshash yoki muvofiq elementlar yordamida ifodalaydi. Keyingi yondashuv – leksikkombinativ vositalardan foydalanish, ya’ni arab tilida kinoya yoki isti’orada ishlangan so‘z, ibora yoki figura o‘zbek tilida bir nechta so‘z yoki fraza bilan birikma holida ifodalanadi. Bu usul tarjimon oldida ijodiy tafakkur va asosiy ma’noni to‘g‘ri anglab
546 yetish talabini kuchaytiradi. Chunki har bir lisoniy obraz yoki semantik qatlam, uni idrok etgan jamoa tarixiy va madaniy taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi [5]. Uchinchi yondashuv – mualliflik metonimiyasidan foydalanish. Ba’zan tarjima qilinayotgan matnda arab tillilar uchun tushunarli bo‘lgan, biroq o‘zbek o‘quvchilari uchun yot, noodatiy yoki begona bo‘lib tuyilgan obraz uchraydi. Tarjimon bunday holda namuna ko‘rsatishi, ya’ni an’anaviy arab ramzi yoki kinoyani o‘zbek realiyasidagi muayyan o‘xshash fikr, qadriyat yoki obraz bilan almashtirishi mumkin. Bu ham o‘qiluvchanlik, ham asarning badiiy-estetik tafakkurini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, tarjimada qadimiy yoki zamonaviy arab adabiyoti namunalaridagi kinoya va isti’oralarni o‘zbek tilida zamonaviy zamirda yangicha yoki zamonga mos ohangda yetkazish ham dolzarb masalalardan sanaladi. Zero, zamonaviy o‘zbek adabiy-ijtimoiy tafakkuri yangi metaforalarga, yangi badiiy obrazlar hamda innovatsion ifoda uslublariga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarjimon nafaqat semantik va grammatik jihatdan mos ekvivalentni, balki kognitiv va madaniy asosda ham yangi, boy ifodaviy qatlamga ega bo‘lgan yangi matn yaratadi[6]. Kognitiv ekvivalent yaratishda tarjima nazariyasining turli yondashuvlari va tajribalari muhim ahamiyat kasb etadi. Garchi bevosita har bir matnni so‘zma-so‘z yoki ibora-ibora tarjima qilib bo‘lmasa-da, asosiy maqsad arab tilida ifodalangan kinoya va isti’oralarning emotsional, psixologik va mantiqiy asoslarini, muallif ruhiyatini va asarining badiiy ohangini o‘zbek tilida qamrab olgan, o‘zbekistonlik o‘quvchi tafakkurida asliyatdagi kabi kuchli taassurot qoldiradigan tarzda yetkazishga intilishdan iboratdir. Bu borada, so‘nggi yillarda tarjimonlar orasida aksar hollarda hamkorlikda ishlash an’anasi keng tarqaldi. Ya’ni, tarjimon tahliliy, interpretatsion va mantiqiy yondashuvlarda o‘sha semantik yadro va metaforaning ta’sirini to‘laroq qayta ishlab, madaniyatshunos, adabiyotshunos va lingvist ekspertlar ishtirokida yangi ekvivalentni ishlab chiqishga urina boshladilar. Bu esa tarjima mahsulining sifatini kuchaytirib, asar mazmunini ko‘proq va ko‘poroq qatlamlari bilan o‘quvchiga yetkazish imkonini beradi. Har bir tarjimon o‘z ishida kinoya va isti’ora sifatida ifodalangan ob’ekt va obrazlarni ko‘pchilikka tushunarli, oson qabul qilinadigan va madaniy kodlarga mos shaklda yetkazish uchun, birinchi navbatda ulardagi asosiy semantik mazmun, ramziy ma’no, badiiy niyat va matndagi umumiy kayfiyatni aniqlab olishi kerak bo‘ladi. Chunki kinoya va isti’orani so‘zma-so‘z yoki har doim izchillik bilan tarjima qilish mumkin emas. Bu esa tarjimondan ijodkorlik, teran ilmiy yondashuv, oraliq tafakkur va innovatsion ifoda usullarini talab etadi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, arabchadan o‘zbek tiliga kinoya va isti’oralarni tarjima qilish, yangi kognitiv ekvivalent yaratish – juda murakkab va bir necha bosqichli ijodiy jarayondir. Bu ishda eng asosiy talablar – badiiy asarning mazmun, uslub va semantik qatlamlarini to‘liq qamrab olish, arab madaniyati va xalq tafakkuriga xos bo‘lgan asliyat ramzlarini o‘zbek o‘quvchisi uchun ochiq va oson idrok etiladigan ifoda, yangi obraz, yangi badiiy ramzlar orqali yetkazish, muallif g‘oyasi va individual ifoda usulini to‘liq yetkazishga intilishdan iboratdir. Tarjimon bu jarayonda o‘zbek tilining barchancha imkoniyatlaridan foydalanib, arab tilidagi badiiy tafakkur timsollarini yangi zamir va madaniy kod asosida qayta yaratishi, ularni zamonaviy, o‘qiluvchan va idrokka moyil ifoda vositalariga aylantirishi lozim. Tarjima, xususan
547 kinoya va isti’oralarni o‘zbek tilida yangi kognitiv ekvivalent sifatida yoshartirish, o‘quvchi tafakkurini boyitish va to‘laqonli qog‘ozga ko‘chirish esa faqat ilg‘or kasbiy malaka, puxta ilmiy bilim va ijtimoiy-madaniy ongga asoslangan bo‘ladi. Tarjimaning ana shu jihatlari va yondashuvlari kelgusi avlodlar uchun boy tajriba va ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Aripov, S. (2012). Tarjima nazariyasi (qoʻllanma). Toshkent: Akademnashr. 2. Fayziyev, J. (2023). Arab tarjimashunosligi tamoili. Mezhdunarodnyi nauchnyi jurnal, “Nauchnyi impuls”, Aprel, 246–253. 3. Hamroyev, H. (1982). Milliy xos soʻzlar-realiyar va badiiy tarjima. Tarjima madaniyati (maqolalar toʻplami). Toshkent: Fan. 4. Jabborov, O. (2014). Arab tilining qisqacha lugʻati (5-jild). Toshkent: Oʻzbekiston nashriyoti. 5. Osipov, G. (2006). Sotsiologicheskii slovar’ (1-jild). Moskva: M.V. Lamanosov nomidagi Rossiya davlat akademiyasi va Moskva davlat universiteti nashriyoti. 6. Quronov, D. (2010). Tarjima nazariyasi va amaliyoti (qoʻllanma). Toshkent: Akademnashr. 7. Sadiqov, Z., & Davronova, D. (2017). Tarjimashunoslik terminlarining ruscha-toʻliq til lugʻat va muammolari. Toshkent: Akademnashr.