O'ZBEK FRAZEOLOGIZMLARINI ARAB TILIGA TARJIMA QILISHNING LINGVOKULTUROLOGIK MUAMMOLARI
Abstract
O'ZBEK FRAZEOLOGIZMLARINI ARAB TILIGA TARJIMA QILISHNING LINGVOKULTUROLOGIK MUAMMOLARI
Full text
548 O‘ZBEK FRAZEOLOGIZMLARINI ARAB TILIGA TARJIMA QILISHNING LINGVOKULTUROLOGIK MUAMMOLARI LINGUOCULTURAL PROBLEMS OF TRANSLATING UZBEKISTAN PHRASEOLOGISMS INTO ARABIC Abdulhakimova Dilnoza Abdumalik qizi O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Tarjimonlik fakulteti talabasi [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarni arab tiliga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan lingvokulturologik qiyinchiliklar tahlil qilinadi. Frazeologizmlar xalqning madaniy qadriyatlari va tarixiy tajribasini aks ettiruvchi ko‘zgu bo‘lgani uchun ularning tarjimasi faqat leksik ekvivalent topish bilan cheklanmay, balki obrazli-emotsional ma’noni saqlab qolishni talab qiladi. Tadqiqotning asosiy diqqat markazida inson tanasi qismlari (ko‘z, qo‘l, til) va mehnat faoliyati (ish, hunar) bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zbekcha iboralar turadi. Tadqiqot qiyosiytahliliy usul asosida olib boriladi. Kalit so‘zlar: frazeologiya, arab tili, o‘zbek tili, tarjima muammolari, lingvokulturologiya, madaniy lakuna. KIRISH Frazeologizmlar – har bir tilning milliy xususiyati, xalqning dunyoqarashi va madaniy tajribasini aks ettiruvchi iboralardir. Har qanday tilning lug ‘at boyligi faqat yangi so‘zlar yasalishigagina emas, balki balki iboralar, turg ‘un so ‘z birikmalari hisobiga ham son jihatidan, ham sifat jihatidan boyib boradi(Ilhamovna, M.S.2019). Ular oddiy so‘z birikmasi emas, balki ma’lum bir xalqning tarixiy tajribasi, turmush tarzi va fikrlash uslubini ifodalovchi muhim birliklar bo‘lib, shu sababli ularning boshqa tilga to‘g‘ri va aniq tarjima qilinishi ko‘plab muammolarni yuzaga keltiradi. O‘zbek va arab tillari o‘rtasidagi aloqalar uzoq tarixga ega bo‘lsa-da, ko‘proq leksik o‘zlashmalar darajasida o‘rganilgan. Frazeologizmlar, ayniqsa o‘zbek xalqining madaniyati va turmush tarzi bilan bog‘liq idiomalar arab tiliga tarjima qilinayotganda uchraydigan lingvokulturologik muammolar esa yetarlicha tadqiq qilinmagan. Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, tarjimonlar va tilshunoslar o‘zbekcha frazeologizmlarning obrazli va aniq ma’nosini arab tilida ifodalashda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bu qiyinchiliklar faqat so‘zlarning farqi bilangina emas, balki ikki xalqning madaniy tajribasi, fikrlash tarzi va tasavvurlari orasidagi farqlar bilan ham bog‘liq. Masalan, tana a’zolari, kundalik hayot yoki mehnat faoliyati bilan bog‘liq ko‘plab o‘zbekcha idiomalar o‘ziga xos milliy mazmunga ega bo‘lib, ularni arab tilida to‘liq qayta yaratish har doim ham oson emas, lekin iboralar arab tilida qadimdan mavjud boʻlib, arablar oʻz nutqlarida ularni tabiiy ravishda qoʻllaganlar(Ro‘zaliyev, H, 2025)
549 Shu sababli ushbu tadqiqotda o‘zbek frazeologizmlarini arab tiliga tarjima qilish jarayonida uchraydigan lingvokulturologik muammolarni aniqlash va ularni tahlil qilish asosiy maqsad qilib olinadi. Ta’na a’zolari bilan bog‘liq frazeologizmlar tahlili: Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘zbek tilidagi tana a’zolari (qo‘l, ko‘z, til) ishtirok etgan frazeologizmlarni Arab tiliga tarjima qilishda iboraning obrazli ma’nosi va madaniy kodi yo‘qoladi. Bu uzilishlarning sababi har ikki madaniyatda bir xil a’zoga turlicha ramziy ma’nolar yuklanishidadir. Masalan, “Qo‘li ochiq” iborasini olaylik. O‘zbek madaniyatida “qo‘l” komponenti bevosita saxovat, yordam va himmat kabi ijobiy kodlarning timsoli hisoblanadi, shuning uchun ibora “saxiy” ma’nosini beradi. Uni Arab tiliga lug‘aviy tarjima qilish ( ُهُدي ةَحوُتْفَم) mantiqan to‘g‘ri bo‘lsa-da, Arab nutqida bu frazeologik analog hisoblanmaydi. Arab tilida bu ma’no ko‘proq ميِرَك so‘zi bilan ifodalanadi. Natijada, tarjimada O‘zbekcha “qo‘lning ochiqligi” obrazi yo‘qoladi va bu madaniy lakuna yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, “Ko‘zi tushmoq” (biror narsani tasodifan ko‘rib qolmoq) iborasini tahlil qilish, nisbatan yaqinroq analog topish mumkinligini ko‘rsatdi. Arab tilida ىَلَع ُهُنْيَع ْ تَعَقَو iborasi mavjud. Biroq, o‘zbek tilidagi “tushmoq” fe’li ifodalagan kuchli ma’no arab tilidagi bu analogda biroz kuchsizroq bo‘lishi mumkin. Bu holat frazeologik birliklarning hatto eng yaqin tarjimalarida ham ma’no o‘zgarishi yuzaga kelishiga isbot bo‘la oldi. Mehnat faoliyati bilan bog‘liq frazeologizmlar tahlili. O‘zbek frazeologiyasining asosiy muammolarini ilmiy jihatdan o‘rganish ishlari boshlanganiga qirq yildan oshdi(Muhammadova, M, 2025). Bu guruhdagi iboralar o‘zbek xalqining mehnatga, hunarga va ijtimoiy munosabatlarga bo‘lgan qarashlarini aks ettiradi. Ularning tarjimasi ko‘pincha qiyin kechadi, chunki bu obrazlar arab madaniyatidagi turmush tarzi yoki odatlari bilan bevosita bog‘liq emas. Masalan, “Tirnoq ostidan kir qidirmoq” (mayda nuqsonlarigacha qidirish) iborasining lug‘aviy tarjimasi arab tilida shu kabi kuchli obrazli ma’nosi bermaydi. Bu ibora arab nutqida oddiy so‘zlar yig‘indisiga aylanib qoladi. Shuning uchun bu holat madaniy lakunaning yorqin namunasidir. Tarjimon iboraning ma’nosini ُشيِتْفَّتلا ِتَّلاَّزلا ِنَع (Xatolar ustida qidirish) kabi leksik birikmalar bilan izohlab berishga majbur bo‘ladi va iboraning original obrazli kuchi yo‘qoladi.Tarjimashunos V.N. Komissarov aytganidek: “Frazeologik birliklarni tarjima qilish – bu nafaqat lug‘aviy ma’noni uzatish, balki butun boshli milliy obrazlar tizimini boshqa tilga moslashtirish jarayonidir.” Endi “Qo‘lidan ish kelmoq” (ishni uddalay olmoq, hunari bor bo‘lmoq) iborasiga qaraylik. O‘zbek madaniyatida bu ibora shaxsning mahoratini, ustalik darajasini ifodalaydi. Agar uni so‘zma-so‘z tarjima qilsak, arab tilida bu ma’no to‘liq tushunilmaydi. Arab tilida bunday mahorat ko‘pincha رِهاَم so‘zi yoki boshqa bir umumiy ifoda bilan beriladi. “Qo‘lidan ish kelishi” obrazi arab tilida bu ma’noni anglatmaydi. Bu kabi iboralar tahlili shuni ko‘rsatadi: Arab tiliga tarjima jarayonida obrazlihissiy komponentni saqlab qolishning imkonsizligi ko‘rsatadi. Eng yaxshi strategiya –
550 bu iborani funksional analog (ma’nosi yaqin bo‘lgan, ammo obrazi boshqa) yoki deskriptiv tarjima orqali yetkazishdir. Tarjima qoidalari. Arab tilidagi somatik frazeologiyalar, tilning nozik va chuqur his-tuyg‘ularni ifodalashdagi kuchini namoyon etadi. Ularning semantikasi, so‘zma-so‘z tarjimadan ko‘ra, madaniy, ijtimoiy va emotsional aloqalarni ko‘rsatadi (Nematullayeva, S, 2025). Yuqoridagi tahlilda ko‘rdikki, o‘zbekcha iboralarni arabchaga tarjima qilishda ikki asosiy muammo bor: ma’no chalkashishi va obrazning yo‘qolishi. Bu qiyinchiliklarni yechish uchun quyidagi oddiy qoidalarga amal qilishi kerak. Tushuntirib tarjima qilish (Deskriptiv Usul): Arabchada aynan shu ma’noni beradigan tayyor ibora bo‘lmasa, tarjimon iboraning ma’nosini oddiy so‘zlar bilan to‘liq tushuntirib berishi kerak. Masalan, “Tirnoq ostidan kir qidirmoq” iborasini so‘zma-so‘z tarjima qilgandan ko‘ra, “mayda-chuyda xato qidirish” degan ma’noda tushuntirib yozish eng to‘g‘ri yo‘ldir. Ma’nosi mos keluvchi iborani topish (Funksional Analog): Ba’zi hollarda o‘zbekcha iboraning to‘liq obrazi arabchada bo‘lmasligi mumkin, lekin shu ma’noni beruvchi boshqa bir ibora mavjud bo‘ladi. Tarjimon shu ma’nosi yaqin keladigan iborani topishi kerak. Masalan, “Qulog‘iga quyish” (qayta-qayta ta’kidlab tushuntirmoq) iborasini lug‘aviy tarjima qilish o‘rniga, arab tilida qayta-qayta eslatishni ifodalovchi boshqa bir mustaqil iborani ishlatish lozim. Bu usul matnning arab tilida chiroyli va tabiiy yangrashini ta’minlaydi. XULOSA Ushbu tadqiqot o‘zbek frazeologizmlarini arab tiliga tarjima qilish nafaqat lug‘aviy bilim, balki chuqur madaniy bilimni ham talab qiluvchi murakkab jarayon ekanligini tasdiqladi. Xulosa qilib aytganda, frazeologik tarjimada eng to‘g‘ri yechim deskriptiv tarjima va funksional analog topish strategiyalari hisoblanadi. Faqatgina ushbu usullar orqali iboraning asl ma’nosi, uning yashirin madaniy kodi va hissiy kuchi Arab tilidagi o‘quvchiga to‘liq yetkazilishi mumkin. Ushbu tadqiqot tarjimonlarga va ikki tilli lug‘at tuzuvchilarga, ayniqsa, o‘zbek va arab madaniyatlarini bog‘lovchi sohalarda ishlayotgan mutaxassislarga amaliy yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Ilhamovna, M. S. (2019). FRAZEOLOGIYA VA FRAZEOLOGIZMLAR MUAMMOSI. Студенческий вестник, 20(70 часть 7), 71. 2. Nematullayeva, S. (2025). ARAB TILIDAGI SOMATIK FRAZEOLOGIYALAR:“MING BIR KECHA” ASOSIDA TAHLIL. Наука и инновация, 3(1), 46-48. 3. Ro‘zaliyev, H. (2025). ARAB TILI FRAZEOLOGIYASINING KLASSIK VA ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDAGI TALQINI. Современные подходы и новые исследования в современной науке, 4(10), 41-44. 4. Muhammadova, M. (2025). “SARVQOMAT DILBARIM” QISSASIDA QO‘LLANILGAN FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING SEMANTIK TAHLILI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(15), 105-107.