scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARAB TILI O'QITISH METODIKASI FANIDAN DARSLIK YARATISH ZARURIYATI: O'ZBEKISTON TAJRIBASI

Baisheva Diana

Abstract

ARAB TILI O'QITISH METODIKASI FANIDAN DARSLIK YARATISH ZARURIYATI: O'ZBEKISTON TAJRIBASI

Full text

559 ARAB TILI O‘QITISH METODIKASI FANIDAN DARSLIK YARATISH ZARURIYATI: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI THE NECESSITY OF CREATING A TEXTBOOK FOR THE COURSE “METHODOLOGY OF TEACHING THE ARABIC LANGUAGE”: THE EXPERIENCE OF UZBEKISTAN О НЕОБХОДИМОСТИ СОЗДАНИЯ УЧЕБНИКА ПО МЕТОДИКЕ ПРЕПОДАВАНИЯ АРАБСКОГО ЯЗЫКА: ОПЫТ УЗБЕКИСТАНА ناتسكبزوأ ةبرجت :ةيبرعلا ةغللا سيردتل يجهنم باتك دادعإ ةرورض Baisheva Diana O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Annotatsiya. Maqola O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari uchun Arab tili o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha darslik yaratish zaruriyatini asoslaydi, u zamonaviy metodik yondashuvlar va milliy ta’lim kontekstini hisobga oladi. Muallif mavjud adabiyotlarni tahlil qilgan holda, darslik tuzilmasida hisobga olinishi lozim bo‘lgan mezonlarni belgilaydi va mavjud materiallarning ko‘pchiligi nazariy asosga ega bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar, jumladan AI va amaliy tayyorgarlikni yetarlicha qamrab olmayotganligini aniqlaydi. Maqolada amaliy mashqlar va milliy adaptatsiyaga mos metodik yondashuvlar zarurligi ham ko‘rsatib o‘tiladi. Taklif qilinayotgan darslikning taxminiy tuzilmasi keltirilgan. Kalit so‘zlar: Arab tili o‘qitish, metodika, darslik, milliy adaptatsiya, amaliy mashqlar, zamonaviy texnologiyalar, AI integratsiyasi, ta’limiy standartlar Abstract. The article substantiates the need for a methodology textbook for the course “Arabic Language Teaching” in Uzbek universities, tailored to the national educational context and contemporary pedagogical approaches. The author, having analyzed the existing literature, defines criteria that should be considered in the textbook structure and identifies that most existing materials are primarily theoretical, do not incorporate modern technologies, including AI, or practical student training. The article emphasizes the importance of practical exercises and national adaptation and presents a preliminary structure of the proposed textbook. Keywords: Arabic language, methodology, textbook, national adaptation, practical exercises, modern technologies, AI integration, educational standards Аннотация. Статья обосновывает необходимость создания учебника по предмету «Методика преподавания арабского языка» для вузов Узбекистана, адаптированного к национальной образовательной среде и современным методическим подходам. Автор, проанализировав существующую литературу, определяет критерии, которые должны быть учтены в структуре учебника, и выявляет, что существующие материалы в основном теоретические, не охватывают интеграцию современных технологий, включая ИИ, и практическую подготовку студентов. В статье подчеркивается важность практических 560 упражнений и национальной адаптации, приведена примерная структура предлагаемого учебника. Ключевые слова: арабский язык, методика, учебник, национальная адаптация, практические упражнения, современные технологии, интеграция ИИ, образовательные стандарты صخلملا: تاعماجلا يف »ةيبرعلا ةغللا سيردت« ةدامل يجهنم باتك دادعإ ىلإ ةجاحلا ةلاقملا ضرعتست ةاعارم عم ،ةيكبزولأا تايبدلأا ليلحتب فلؤملا ماق .ةثيدحلا ةيجوغاديبلا بيلاسلأاو ينطولا يميلعتلا قايسلا يف ةيرظن ةيلاحلا داوملا مظعم نأ دجوو ،باتكلا دادعإ دنع رابتعلاا يف اهذخأ بجي يتلا ريياعملا ددحو ،ةمئاقلا ا وأ يعانطصلاا ءاكذلا كلذ يف امب ةثيدحلا تاينقتلا جمد لمشت لاو ،ساسلأا دكؤت .بلاطلل يلمعلا بيردتل باتكلل حرتقملا لكيهلا ميدقت متو ،ينطولا فيكتلاو ةيلمعلا نيرامتلا ةيمهأ ىلع ةلاقملا. ةيحاتفملا تاملكلا: تاينقتلا ،ةيلمعلا نيرامتلا ،ينطولا فيكتلا ،يجهنم باتك ،ةيجهنملا ،ةيبرعلا ةغللا ميلعتلا ريياعملا ،يعانطصلاا ءاكذلا جمد ،ةثيدحلاةي. KIRISH Arab tili O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari uchun muhim tillardan biridir. So‘nggi yillarda til o‘qitish metodikasi sohasida turli zamonaviy yondashuvlar joriy etilayotgan bo‘lsa-da, milliy ta’lim tizimiga moslashtirilgan darsliklarning yetishmasligi muhim muammo sifatida qolmoqda. Mavjud darsliklarning aksariyati chet el tajribasiga tayangan holda ishlab chiqilgan va asosan nazariy bilimlarga asoslangan. Shu bilan birga, amaliy mashqlar va zamonaviy texnologiyalar, jumladan sun’iy intellekt (AI), integratsiyasi yetarlicha qamrab olinmagan. Biz ushbu tadqiqot orqali O‘zbekiston sharoitida Arab tili o‘qitish metodikasi fanidan milliy kontekstga mos, amaliy va zamonaviy yondashuvlarni hisobga olgan darslik yaratish zaruriyatini ilmiy asoslashni maqsad qilganmiz. Shu maqsadda, biz: • Mavjud adabiyotlar va darsliklarni tahlil qilamiz; • Darslik tuzilmasida hisobga olinishi lozim bo‘lgan mezonlarni belgilaymiz; • Yangi darslik yaratish zaruriyatini asoslaymiz, unda milliy kontekst, amaliy mashqlar va zamonaviy metodik yondashuvlar, jumladan AI integratsiyasi hisobga olinadi. Maqolada, shuningdek, taklif qilinayotgan darslikning taxminiy tuzilmasi ham keltiriladi, bu esa o‘quv jarayonida talabalar uchun amaliy va nazariy bilimlarni birlashtirish imkonini beradi. Nazariy asos Arab tilini chet til sifatida o‘qitish metodikasi bo‘yicha mavjud adabiyotlarni o‘rganish orqali biz ularning tuzilmasi, yondashuvi va amaliy qamrovini baholadik. Tadqiqotimizda xorijiy va mahalliy mualliflarning darsliklarini tahlil qildik va ularning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdik. Masalan, quyidagi darsliklar va qo‘llanmalar bizning diqqatimizga tushdi: • Arab tilini chet til sifatida o‘qitish: Tarixi, rivojlanishi va hozirgi yo‘nalishlari (Teaching Arabic as a Foreign Language: Origins, Developments and Current Directions, Andrea Facchin); • Birlashgan Qirollikda Arab tilini chet til sifatida o‘qitish (Teaching Arabic as a Foreign Language in the UK, British Council, 2016); 561 • Arab tilini o‘qitishni rivojlantirish va MENA mintaqasida o‘rganish qashshoqligini kamaytirish yo‘li (Advancing Arabic Language Teaching and Learning: A Path to Reducing Learning Poverty in MENA, Laura Gregory, Hanada Taha Thomure, Amira Kazem, Anna Boni, Mahmoud Abduh A. Elsayed, Nadia Taibah); • 21-asr arab tili o‘qitish mutaxassislari uchun qo‘llanma (Handbook for Arabic Language Teaching Professionals in the 21st Century, Kassem M. Wahba, Zeinab A. Taha, Liz England); • Arab tilini o‘qitish lingvistikasi va metodikasi masalalari (Voprosy lingvistiki i metodiki prepodavaniya arabskogo yazyka, L. S. Tyureva); • Talabalarni fonetika, grammatika va leksika bo‘yicha malaka shakllantirish (Formirovanie yazykovykh navykov u studentov pri izuchenii fonetiki, grammatiki i leksiki arabskogo yazyka, Leyla Mahmudovna Zubairova). Tahlilimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik: 1. Ushbu darsliklarning aksariyati nazariy bilimlarga katta e’tibor qaratadi (fonetika, grammatika, leksika), ammo amaliy mashqlar yetarli emas. 2. Ko‘pchilik darsliklar xorijiy tajribaga tayangan bo‘lib, O‘zbekiston ta’lim tizimi (ta’lim nizomi) va talabalar mенталитетi hisobga olinmagan. 3. Zamonaviy texnologiyalar, jumladan sun’iy intellekt (AI) integratsiyasi kam qo‘llanilgan. 4. Mavjud darsliklarda milliy kontekstga mos metodik yondashuvlar va amaliy mashqlar yetarlicha qamrab olinmagan. Shu sababli, biz ushbu materiallarni tanlagan mezonlar bo‘yicha baholadik, va, ularning ko‘pchiligi O‘zbekiston sharoitida Arab tili o‘qitish metodikasi fanidan yangi, milliy kontekstga mos darslik yaratish zaruriyatini tasdiqlaydi. Bu darslikda amaliy mashqlar, milliy va madaniy kontekst, zamonaviy metodik yondashuvlar va AI integratsiyasi birlashtirilishi lozim. 3. Darslikni yaratish mezonlari Yangi darslik O‘zbekiston sharoitida Arab tili o‘qitish metodikasi fanini o‘qitish uchun talabalarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda barcha zarur pedagogik ko‘nikmalarni egallash imkonini berishi lozim. Shu maqsadda darslik quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: 1. Milliy kontekstga moslashuv. Darslik O‘zbekiston ta’lim tizimi (ta’lim nizomi), milliy did va talabalar mентalitetini hisobga olishi lozim. Mashqlar va matnlar talabalarning kundalik tajribasi, madaniyati va tarixiy konteksti bilan uyg‘un bo‘lishi kerak. 2. Nazariy va amaliy bilimlarning uyg‘unligi: Talabalar darslik yordamida nafaqat nazariy bilimlarni (fonetika, grammatika, leksika) egallaydi, balki amaliy mashqlar orqali dars rejalarini tuzish, texnologik xaritalar yaratish, turli pedagogik yondashuvlarni qo‘llash va ularning samaradorligini baholash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 3. Shaxsiy tadqiqiy faoliyat: Darslik talabaga o‘zining pedagogik kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, mini-tadqiqotlar olib borish va natijalarni tahlil qilish 562 imkonini berishi lozim. Talaba o‘z pedagogik uslublarini sinovdan o‘tkazadi va o‘zinio‘zi baholash orqali mustaqil rivojlanadi. 4. Zamonaviy metodik yondashuvlar: Faol o‘quv, interaktiv mashqlar, kommunikativ va kooperativ o‘qitish uslublari, shuningdek, talabalarning tadqiqiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash metodlari darslikda aks etishi kerak. 5. Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar integratsiyasi: AI va raqamli texnologiyalar yordamida dars rejalarini tekshirish, mashqlarni avtomatlashtirish va talabalarning individual o‘quv rejasini shakllantirish imkoniyati berilishi lozim. 6. O‘qituvchi rahbarligida amaliy ko‘nikmalarni egallash: Talaba o‘qituvchi ko‘rsatmasi va rahbarligida, darslikdagi nazariy ma’lumotlar bilan bir qatorda, barcha zarur pedagogik amaliy ko‘nikmalarni egallaydi: darsni rejalashtirish, metodik vositalarni qo‘llash, o‘quv jarayonini tahlil qilish va samaradorlikni baholash. 4.Taklif etilayotgan yechimlar Yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni hisobga olgan holda, biz O‘zbekiston sharoitida Arab tili o‘qitish metodikasi fanidan yangi darslik yaratishni taklif etamiz. Ushbu darslik talabalarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy pedagogik ko‘nikmalarni egallash imkonini berishi, milliy va zamonaviy kontekstni hisobga olishi lozim. Tarkib bo‘yicha tavsiyalar: I. Nazariy qism (Theoretical Part) 1-BOB. Arab tilini o‘qitish metodikasining shakllanishi va rivoji 1.1. Arab tilini chet tili sifatida o‘qitish tarixiy bosqichlari 1.2. O‘zbekistonda arab tilini o‘qitish tizimining rivoji 1.3. Arab tili o‘qitish metodikasining fan sifatidagi shakllanishi 2-BOB. Arab tili o‘qitish metodikasining mazmuni, predmeti va metodlari 2.1. Metodika fanining mazmuni, predmeti va vazifalari 2.2. Metodikaning lingvopsixologik va pedagogik asoslari 2.3. Arab tilini o‘qitishdagi asosiy tamoyillar 2.4. Metodlar: an’anaviy, zamonaviy va aralash yondashuvlar 3-BOB. Chet tilini o‘qitish texnologiyalari va texnik vositalar 3.1. O‘qitish vositalari: darslik, qo‘llanma, multimediya resurslar 3.2. Zamonaviy texnologiyalar: LMS, mobil ilovalar, onlayn platformalar 3.3. Sun’iy intellekt (AI) integratsiyasi va uning o‘qitishdagi roli 4-BOB. Mashqlar tizimi va ularning metodik ahamiyati 4.1. Mashqlar turlari: receptiv, produktiv, interaktiv 4.2. Mashqlarni loyihalash tamoyillari 4.3. Arab tiliga xos mashqlar tizimi (fonetika, sarf-nahv, lug‘at) 4.4. O‘quv natijalarini bosqichma-bosqich shakllantirish 5-BOB. Arab tilini o‘qitishning pragmatik asoslari 5.1. O‘qituvchi shaxsining pragmatik roli 5.2. Talaba shaxsining individual xususiyatlari (stil, ehtiyoj, motivatsiya) 5.3. Arab tilining kommunikativ-pragmatik xususiyatlari 5.4. Sinfdagi real kommunikatsiya va pragmatik kompetensiya 563 6-BOB. O‘quv materiallarini tanlash mezonlari 6.1. O‘quv materiallarini tanlash tamoyillari 6.2. O‘quv maqsadlari asosida materialni saralash 6.3. Til darajalari bo‘yicha mos material tanlash 6.4. Avtentiq va yarim-avtentiq materiallardan foydalanish 7-BOB. Til kompetensiyalarini o‘qitish metodikasi 7.1. Tinglab tushunishni o‘qitish metodikasi 7.2. Gapirishni o‘qitish metodikasi 7.3. O‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish 7.4. Yozma nutqni o‘qitish metodlari 7.5. Sarf-nahvni o‘qitish metodikasi 7.6. Fonetika va tajvidni o‘rgatish 7.7. Baloğat va adabiyot elementlarini o‘qitish 8-BOB. O‘quv dasturi (curriculum) dizayni va baholash 8.1. O‘quv dasturi tuzishning nazariy asoslari 8.2. Modul asosida o‘qitish 8.3. Baholash turlari: diagnostik, formatif, summativ 8.4. Kompetensiyalarni baholash mezonlari 9-BOB. Texnologiyalarni qo‘llash (Technology Application) 9.1. Raqamli pedagogika 9.2. Onlayn va aralash ta’lim 9.3. AI, chat-botlar, avtomatik baholash tizimlari 9.4. Virtual va kengaytirilgan reallikning imkoniyatlari II. Amaliy qism (Practical Part) 1-BOB. Darsni rejalashtirish asoslari 1.1. Darsning maqsadi va vazifalarini aniqlash 1.2. O‘quv materiali mazmunini tahlil qilish 1.3. Dars maqsadlari: umumiy, xususiy va kompetensiyaga yo‘naltirilgan maqsadlar 1.4. Bloom taksonomiyasi asosida maqsad qo‘yish 2-BOB. Texnologik xarita (lesson plan) tuzish 2.1. Texnologik xaritaning tuzilishi va vazifasi 2.2. Dars bosqichlarini loyihalash: kirish, asosiy qism, mustahkamlash, yakun 2.3. Vaqtni boshqarish (time-management) usullari 2.4. O‘qituvchi va talaba faoliyatini aniqlashtirish 3-BOB. Auditoriyaga mos metodlarni tanlash 3.1. Task-based Learning (TBL) asosida mashg‘ulotlar 3.2. Communicative Language Teaching (CLT) tamoyillari 3.3. Competency-Based Teaching (CBT) 3.4. Differensial va individual yondashuv 3.5. Talabaning ehtiyoji, stili va darajasiga ko‘ra metod tanlash mezonlari 4-BOB. Dars loyihasini amalga oshirish 4.1. Tayyorlangan texnologik xarita asosida dars o‘tish 4.2. O‘quv jarayonini kuzatish va qayd etish 564 4.3. Kursdosh talabalarda sinov darsini tashkillashtirish (microteaching) 4.4. Xatolar tahlili va refleksiya 5-BOB. Onlayn ta’limni tashkil etish 5.1. Onlayn darslarni rejalashtirish 5.2. Platformalar: Zoom, Google Classroom, Moodle va boshqalar 5.3. Onlayn darslarning afzalliklari va cheklovlari 5.4. Masofaviy baholash va talabalarni jalb qilish strategiyalari 6-BOB. Turli yosh guruhlari uchun dars loyihasi tayyorlash 6.1. Bir mavzu asosida turli yoshlar uchun dars dizayni — bolalar (7–12 yosh) — o‘smirlar (13–17 yosh) — kattalar (18+) 6.2. Yosh psixologiyasiga mos metod va mashqlar tanlash 6.3. Yoshga mos til darajasi va topshiriq murakkabligi 7-BOB. Analitik va eksperimental strategiyalar 7.1. O‘quv jarayonini tahlil qilish metodlari 7.2. Eksperimental ta’lim usullarini qo‘llash 7.3. Onlayn testlar, viktorinalar, interaktiv ilovalar yaratish 7.4. Baholash vositalari: rubrikalar, testlar, checklistlar 7.5. O‘qituvchi uchun analitika vositalari 8-BOB. O‘tkazilgan darslarning samaradorligini tadqiq qilish 8.1. Ochiq tadqiqotlar: anketa, intervyu, kuzatuv 8.2. Yashirin (bilvosita) kuzatuv strategiyalari 8.3. Bir xil mavzuni turli metodlar bilan o‘qitish va natijalarni solishtirish 8.4. Talabalar o‘zlashtirishini baholash algoritmlari 8.5. O‘qituvchi va talaba uchun qulay bo‘lgan metodlarni aniqlash 8.6. Olingan natijalar asosida kurs modeli yaratish 9-BOB. Talabalarni o‘z-o‘zini o‘qitishga o‘rgatish (learner autonomy) 9.1. Mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish 9.2. Strategiyalar: metakognitiv, kognitiv, ijtimoiy va affektiv 9.3. O‘z-o‘zini baholash va refleksiya 9.4. Talabaga mos individual o‘qish rejasini tuzish 9.5. Tugarak ishlarni olib borish. Xulosa Ushbu maqolada biz O‘zbekistonda Arab tili o‘qitish metodikasi fanidan milliy ta’lim tizimiga mos, zamonaviy texnologiyalarni integratsiya qilgan, nazariya va amaliyotning uyg‘unligini ta’minlaydigan darslik yaratish zaruriyatini asoslab berdik. Mavjud adabiyotlarning ko‘pchiligi xorijiy tajribaga tayanganligi, amaliy komponentning zaifligi, AI texnologiyalaridan foydalanishning qamrab olinmaganligi, shuningdek, o‘quvchi va o‘qituvchi ehtiyojlariga mos kompleks yondashuvning yetishmasligi bizni ushbu masalaga qayta murojaat qilishga undaydi. Taklif etilayotgan darslik konsepsiyasi nazariy asoslar bilan bir qatorda microteaching, analitik tadqiqotlar, kurikulum dizayni, online ta’lim, yoshga qarab differensial metodlar, AI integratsiyasi, baholashning zamonaviy yondashuvlari kabi 565 amaliy bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Bu esa bo‘lajak arab tili o‘qituvchilarini nafaqat metodik bilimlarga, balki real pedagogik kompetensiyalarga ega mutaxassis sifatida tayyorlashga xizmat qiladi. Kelajak tadqiqotlar istiqbollari Kelajakda ushbu yo‘nalishda quyidagi tadqiqotlar dolzarb bo‘lib qoladi: 1. AI asosidagi metodik yechimlarning samaradorligini eksperimental o‘rganish — AI yordamida dars rejasi yaratish, matn tahlili, talaffuz modelini shakllantirishning real ta’lim jarayoniga ta’siri. 2. Turli yosh guruhlari uchun moslashtirilgan metodik modellarni taqqoslash — bolalar, o‘smirlar va kattalar uchun alohida metodik platforma ishlab chiqish. 3. O‘zbekistondagi mahalliy maktablar, litseylar va oliy ta’lim o‘rtasida vertikal metodik uzviylikni tadqiq qilish — til o‘rganish bosqichlari o‘rtasidagi tafovutlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 4. Arab tili o‘qituvchilarining professional identiteti va refleksiv amaliyotini chuqur o‘rganish — o‘qituvchi shaxsiyati va metodik samaradorlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash. 5. Onlayn va gibrid ta’lim sharoitida yangi baholash tizimlarini ishlab chiqish — real vaqt testi, interaktiv topshiriqlar, analitik platformalar asosida. Darslikni o‘quv jarayoniga joriy etish istiqbollari Taklif etilayotgan darslikni amaliyotga joriy etish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq: 1. Pilot sinov bosqichi. 2–3 oliy ta’lim muassasalarida darslikni tajriba tariqasida qo‘llash — talaba va o‘qituvchilardan muntazam fikr-mulohaza yig‘ish. 2. Modifikatsiya va takomillashtirish - olingan natijalar asosida mazmunni boyitish, mashqlar tizimini optimallashtirish. 3. Raqamli platforma yaratish — darslikning elektron versiyasi, interaktiv testlar, audio-video materiallar, AI asosidagi qo‘shimcha vositalar. 4. Metodik seminarlar va o‘qituvchilarni qayta tayyorlash kurslari — darslikdan foydalanish bo‘yicha amaliy treninglar o‘tkazish. 5. Respublika bo‘ylab joriy etish — darslikni OTMlar, litseylar, madrasalar va ixtisoslashtirilgan maktablarga bosqichma-bosqich tatbiq etish. 6. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Abdullayev, H. Chet tillarini o‘qitishda zamonaviy metodlar. Toshkent: Fan, 2015. 2. Boni, Anna, Gregory, Laura, Kazem, Amira, Taibah, Nadia, Taha Thomure, Hanada, Elsayed, Mahmoud Abduh A. Advancing Arabic Language Teaching and Learning: A Path to Reducing Learning Poverty in MENA. 3. England, Liz, Taha, Zeinab A., Wahba, Kassem M. Handbook for Arabic Language Teaching Professionals in the 21st Century. 4. Facchin, Andrea. Teaching Arabic as a Foreign Language: Origins, Developments and Current Directions. 566 5. Roziqov, M. Sharq tillari o‘qitish metodikasi. Toshkent: O‘qituvchi, 2008. 6. To‘xtasinov, B. Chet tillarini o‘qitish metodikasi. Toshkent: O‘qituvchi, 2012. 7. Tyureva, L. S. Voprosy lingvistiki i metodiki prepodavaniya arabskogo yazyka. 8. Zubairova, Leyla Mahmudovna. Formirovanie yazykovykh navykov u studentov pri izuchenii fonetiki, grammatiki i leksiki arabskogo yazyka.