ARAB VA O'ZBEK TILLARIDAGI TURG'UN BIRIKMALARNI TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLAR
Abstract
ARAB VA O'ZBEK TILLARIDAGI TURG'UN BIRIKMALARNI TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLAR
Full text
576 ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDAGI TURG‘UN BIRIKMALARNI TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLAR PROBLEMS IN TRANSLATING STABLE COMPOUNDS IN ARABIC AND UZBEKISTAN ПРОБЛЕМЫ ПЕРЕВОДА СТАБИЛЬНЫХ СОЕДИНЕНИЙ НА АРАБСКИЙ И УЗБЕКИСТАНСКИЙ ЯЗЫКИ Mirsaidova Xurshida Otabek qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Tarjimonlik fakulteti talabasi Email: [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada arab tilidagi turg‘un birikmalarni (frazeologizmlar, maqollar, idiomalar) o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan lingvistik va madaniy muammolar tahlil qilinadi. Maqolada arab tilidagi bir qator turg‘un birikmalar misol tariqasida ko‘rib chiqilib, ularning o‘zbek tilidagi ekvivalentlari, kontekstual mosliklari izohlanadi. Tahlil davomida tarjimonning faqat lingvistik bilim emas, balki ikki xalqning madaniyati, adabiy an’analari va tarixiy tajribasiga tayangan holda ishlashi zarurligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: turg‘un birikma, frazeologizm, maqol, madaniyat, obrazlilik حرشلا: يف ةتباثلا بيكارتلا ةمجرت ءانثأ رهظت يت لا ةيفاقثلاو ةيوغللا تلاكشملا ليلحت ةلاقملا هذه لوانتت ،لاثملأا ،ايجولوزرفلا( ةيبرعلا ةغللا نم ا ددع ةلاقملا ضرعتستو .ةيكبزولأا ةغللا ىلإ ) ة يحلاطصلاا ريب اعتلا دَّكؤي امك .يقايسلا اهقفاوت ىدمو ةيكبزولأ ا ةغللا يف اهتائفاكم حرش عم ،ةلثمأ اهفصوب ةيبرعلا يف ةتباثلا بيكارتلا يأ لب ،ةيوغللا ةفرعملا ىلع طقف سيل مجرتملا دمتعي نأ ةرورض ىلع ليلحتلا ةيلمع يف نيبعشلا ةفاقث ىلع ا ضةيخيراتلا امهتربخو ةيبدلأا امهديلاقتو. ةيحاتفملا تاملكلا: ةيريوصتلا ،ةفاقثلا ،لثملا ،ايجولوزرفلا ،ةتباثلا بيكارتلا Аннотация. В данной статье анализируются лингвистические и культурные проблемы, возникающие при переводе устойчивых выражений арабского языка (фразеологизмов, пословиц, идиом) на узбекский язык. В статье на примере ряда арабских устойчивых выражений рассматриваются их узбекские эквиваленты, контекстуальная соответствия. В ходе анализа подчёркивается, что переводчику необходимо опираться не только на лингвистические знания, но и на культуру, литературные традиции и исторический опыт обоих народов. Ключевые слова: устойчивое выражение, фразеологизм, пословица, культура, образность Abstract. This article analyzes the linguistic and cultural challenges that arise in the process of translating fixed expressions in the Arabic language (phraseological units, proverbs, idioms) into Uzbek. The study examines several Arabic fixed expressions as examples and explains their Uzbek equivalents, contextual appropriateness. Throughout the analysis, it is emphasized that a translator must rely not only on linguistic knowledge, but also on the culture, literary traditions, and historical experience of both peoples. Keywords: fixed expression, idiomatic expression, proverb, culture, figurativeness KIRISH
577 Har bir tilning leksik boyligi tarkibida turg‘un birikmalar alohida o‘rin tutadi. Ular xalqning qadimiy tarixi, dunyoqarashi va madaniyatini aks ettirishi bilan birga tilning milliy xususiyatlarini ham ko‘rsatib beradi. Turg‘un birikma o‘zi nima? Turg‘un birikma – bu tarkibi va tuzilishi o‘zgarmaydigan, ma’nosi yaxlit holda idrok etiladigan va nutqda tayyor shaklda qo‘llaniladigan barqaror til birligi. Bunday barqaror birliklarga frazeologik iboralar, maqollar, matallar, aforizm va boshqalar kiradi. Turg‘un birikmalar har bir tilning obrazli tafakkurini, xalqning tarixiy tajribasini va madaniy qarashlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ularning ma’nolari o‘z tarkibidagi so‘zlarning ma’nolariga bog‘liq bo‘lmaydi. Ular qotib qolgan bo‘ladi va amalda biror bir ma’noni ifodalaydi. Shundan ularni tarjima qilishdagi muammolar kelib chiqadi. Shu bois tarjimon turg‘un birikmaning mazmuniy, kontekstual va madaniy tomonlariga ham e’tibor berishi kerak bo‘ladi. ASOSIY QISM Arab tilidagi frazeologizmlarni o‘zbek tiliga tarjimasi juda kerakli va dolzarb mavzu, chunki tarjima jarayonida original tildagi nazarda tutilgan ma’noni aniq tarjima qilish, boshqa tilga, boshqa madaniyat vakiliga to‘g‘ri va aniq yetkazish uchun har ikkala xalqning tili, madaniyati, adabiyoti, turmush tarzi va ko‘pgina sohalar bilimdoni bo‘lish talab etiladi. [4; 101] Quyida ayrim arab turg‘un birikmalari va ularning o‘zbek tiliga tarjimasini keltiramiz: 2.1. Maqollar misolida: 1. نينخ يّفخب عجر So‘zma-so‘z tarjimasi “Xunaynning ikki etigi bilan qaytdi” shaklida bo‘ladi. O‘zbekchada muqobilini ko‘radigan bo‘lsak, “Quruq qo‘l bilan qaytdi” iborasini ishlatamiz. Doktor Ubayd Muhammad Abdulhalimning صصقلاو لاثملأا نم تاراتخم" "ةيملاعلا و ةيبرعلا kitoblarida bu maqolga “biror ish qilishda yeqilgan yoki biror narsaga egalik qilishda o‘zini charchataydigan shaxsga ishlatilinadi” deb ta’rif berilgan. 2. دسلأا كاذ نم لبشلا اذه So‘zma-so‘z tarjimasi “Bu sher bolasi anavi sherdan” shaklida bo‘ladi. O‘zbekchada muqobilini “Olmaning tagiga olma tushadi” shaklida berishimiz mumkin. 3. قفصت لا ةدحاو دي (yad wahida la tusaffiq) O‘zbek tilida: "Bir qo‘l bilan olov qozonilmaydi" Tahlil: Bu frazeologizm bir insonning kuchi yoki imkoniyatlari cheklanganligini ochib beradi. O‘zbek tilida bunday tushunchani beruvchi ko‘plab maqollar mavjud. [4; 102] 2.2. Iboralar misolida: 1. ةيبهذ هدي So‘zma-so‘z tarjimasi: “Qo‘li oltin” O‘zbekchada ko‘proq muqobili sifatida “qo‘li gul” iborasi ishlatilinadi 2. ةبقر ىلع راجحأ (ahjar 'ala raqbah) O‘zbek tilida: "Yelkasida tosh bor”
578 Tahlil: Bu ibora kimnidir og‘ir mas'uliyatga tortganligini ifodalaydi. O‘zbek tilida shunga o‘xshash iboralar "yuk ortgan" yoki "og‘ir mas'uliyat" deb atash mumkin. [4,102] 3. ةقيقحلا قنع يولي So‘zma-so‘z tarjimasi: “Haqiqatning bo‘ynini buradi” O‘zbekchadagi muqobili: “Qulog‘iga lag‘mon ilmoq” Tarjima qilish jarayonida barcha frazeologizmlarning ham ekvivalenti topilavermaydi, bu vaziyatda tarjimon eng muqobil variantini topib ishlatishi kerak bo‘ladi. Badiiy matn sintaksisi tarjimasi uchun mashqlar. Mazkur turdagi mashqlar badiiy tarjima jarayonida asliyat matni sintaksisi va uni tarjima matniga moslashtirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish usullari, asliyat va tarjima tillarining soʼz tartibi borasidagi farqlarni yoʼqqa chiqarish, badiiy matn tarjimasida qoʼllanadigan sintaktik transformatsiyalar inversiya, soʼz qoʼshish, soʼz tushirib qoldirish, transpozitsiyalar, boshqa soʼzlar bilan ifodalash, kengaytirish, soʼz tarkibini oʼzgartirish, antonimik tarjimadan foydalanish koʼnikma va malakalarini rivojlantirishga bagʼishlanadi 61 . Frazeologizmlarni tarjima qilish chog‘ida shuni yodda saqlash kerakki, har qanday tilning frazeologizmi shaxsning ichki his-hayajonini ifodalash xususiyatiga ega. Frazeologik birliklarni obrazli asosda tarjima qilayotganda, ularni ifoda qilishda aniq namunalar, qoidalar mavjudki, buning 4 xil yo‘lini ko‘rsatish mumkin: 1. Umumiy obrazlilikni saqlash. 2. Obrazlilikni qisman o‘zgartirish. 3. Obrazlilikni umuman o‘zgartirish. 4. Obrazlilikdan voz kechish. Umumiy bir tarzda aytganda, frazeologik birliklarni tarjima qilish hammavaqt ham oson emas. Frazeologik birliklarning ko‘pchiligi emotsional va ekspressiv ma'no tashiydi va milliy xususiyatga ega bo‘ladi. [3; 162-163] Tarjimonlarning madaniy bilimlari va tilga bo‘lgan chuqur tushunchasi tarjima sifatini oshiradi. Arab tilidan tarjima qilishda bu o‘ziga xos ahamiyatga ega, chunki arab tilida har bir frazeologik ifoda ma'lum bir madaniyatga yoki tarixiy kontekstga asoslanadi. Bundan tashqari, tarjimonlar turli xil tarjima metodlarini, jumladan, ekvivalentlar, paraphrasing va metaforalarni ishlatish orqali frazeologik muammolarni hal qilishlari mumkin. Bu metodlar tarjima jarayonida tilning to‘gri ishlatilishini ta'minlab, o‘quvchilarga yoki tinglovchilarga to‘gri ma'no yetkazilishiga yordam beradi. [2; 133] XULOSA Xulosa qilib shuni aytish mumkunki, arab tilidagi turg‘un birikmlarni tarjima qilish nafaqat lingvistik moslik balki madaniy tafovutlarni ham chuqur anglash talab etadi. Bunda tarjimondan tarjima qilayotgan til xalqining madaniyatini yaxshi 61 Yo’ldoshev U. BADIIY TARJIMANI O‘QITISHDA QO‘LLANADIGAN MASHQ VA TOPSHIRIQLAR TIZIMI //O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2022, [1/9] ISSN 2181-7324.-109 b.
579 o‘rganish talab etiladi. Tarjima qilishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun madaniy ekvivalentlar va metaforalardan foydalanish tavsiya etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Dr Ubayd Muhammad Abdulhalim, D.A.(2025). ةيبرعلا صصقلاو لاثملأا نم تاراتخم ةيملاعلاو Toshkent:Hilol nashr. 2. Hayitov., I. R. (2024). Tarjimaning frazeologik muammolari. Ilm fan xabarnomasi ilmiy elektron jurnali, 131-134. 3. I.,G‘afurov, O.M. (2012). Tarjima nazariyasi. Toshkent.