scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"MISR DAVLATIDAGI AL-AZHAR MAKTABINING 15–17 YOSHDAGI O'QUVCHILARNING YUTUQLARI"

Mohira Ma'rufjonova Jahongir qizi

Abstract

"MISR DAVLATIDAGI AL-AZHAR MAKTABINING 15–17 YOSHDAGI O'QUVCHILARNING YUTUQLARI"

Full text

580 “MISR DAVLATIDAGI AL-AZHAR MAKTABINING 15–17 YOSHDAGI O‘QUVCHILARNING YUTUQLARI” ACHIEVEMENTS OF 15–17-YEAR-OLD STUDENTS OF AL-AZHAR SCHOOLS IN EGYPT Mohira Ma’rufjonova Jahongir qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda Misrning Al-Azhar ta’lim tizimi doirasidagi 15–17 yoshdagi o‘quvchilarning yutuqlari va ular erishgan natijalar tahlil qilinadi. AlAzhar maktablari milliy ta’lim tizimi bilan parallel ravishda ishlaydi va odatda uch bosqich: boshlangʻich (6 yil), preparatoriya (3 yil), va sekundar (3 yil) bosqichlardan iborat. Tadqiqotda CAPMASning 2023/2024-yillardagi ma’lumotlaridan foydalanildi: 2023/2024 akademik yilda Al-Azhar maktablarida taxminan 440 ming (440 000) sekundar (yani 15–17 yosh guruhiga yaqin) o‘quvchi borligi aniqlangan. Shuningdek, Al-Azhar instituting yillik imtihonlarida yuqori muvaffaqiyat darajasi kuzatilgan: 2020-yilda Underskotari Sayyoh Abbas barcha bosqichlarda umumiy 99,01 % muvaffaqiyat darajasini e’lon qilgan; sekundar bosqichida esa 98,02% muvaffaqiyat ko‘rsatkichi qayd etilgan Ushbu ma’lumotlar tahlili asosida xulosa qilinadiki, 15–17 yoshdagi Al-Azhar maktabi o‘quvchilari nafaqat din va Qur’on bilimida, balki akademik fanlardagi sinovlarda ham juda yuqori natijalarga erishmoqda. Bu esa Al-Azhar tizimining ma’naviy-ma’rifiy ta’lim bilan zamonaviy ta’limni muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirish strategiyasini tasdiqlaydi. Kalit so‘zlar: Al-Azhar ta’lim tizimi, Misr diniy maktablari, 15–17 yoshdagi o‘quvchilar, Al-Azhar secondary education, Excellence Incentive, akademik muvaffaqiyat darajasi, o‘quvchilar yutuqlari, CAPMAS (Egypt Statistics), diniy ta’lim va modernizatsiya, Grand Imom Ahmad al-Tayyib. Abstract. This study analyzes the achievements and academic outcomes of students aged 15–17 within Egypt’s Al-Azhar education system. Al-Azhar schools operate in parallel with the national education system and typically consist of three stages: primary (6 years), preparatory (3 years), and secondary (3 years). The research draws on CAPMAS data for the 2023/2024 academic year, which indicate that Al-Azhar schools enrolled approximately 440,000 secondary-level students (corresponding closely to the 15–17 age group). In addition, a high level of academic success has been observed in Al-Azhar institutes’ annual examinations. In 2020, Undersecretary Sayyid Abbas announced an overall success rate of 99.01% across all levels, with a recorded success rate of 98.02% at the secondary level. Based on the analysis of these data, it can be concluded that Al-Azhar secondary school students aged 15–17 achieve outstanding results not only in religious and Qur’anic studies but also in academic subjects. This confirms the effectiveness of the 581 Al-Azhar system’s strategy of successfully integrating spiritual and moral education with modern academic instruction. Keywords: Al-Azhar education system; Egyptian religious schools; students aged 15–17; Al-Azhar secondary education; Excellence Incentive; academic achievement rate; student achievements; CAPMAS (Egypt Statistics); religious education and modernization; Grand Imam Ahmad al-Tayyib. Аннотация. В данном исследовании анализируются достижения и результаты обучения учащихся в возрасте 15–17 лет в рамках образовательной системы Аль-Азхар в Египте. Школы Аль-Азхара функционируют параллельно с национальной системой образования и, как правило, включают три этапа: начальный (6 лет), подготовительный (3 года) и средний/вторичный (3 года). В исследовании использованы данные CAPMAS за 2023/2024 учебный год: установлено, что в 2023/2024 академическом году в школах Аль-Азхара обучалось около 440 тысяч (440 000) учащихся среднего/вторичного уровня (что соответствует возрастной группе 15–17 лет). Кроме того, отмечается высокий уровень успеваемости на ежегодных экзаменах институтов Аль-Азхара: в 2020 году заместитель министра Саййид Аббас объявил общий показатель успеваемости в 99,01 % по всем уровням, при этом на вторичном уровне был зафиксирован показатель 98,02 %. На основе анализа представленных данных делается вывод о том, что учащиеся школ Аль-Азхара в возрасте 15–17 лет достигают исключительно высоких результатов не только в области религиозных и коранических знаний, но и при освоении академических дисциплин. Это подтверждает успешную стратегию системы Аль-Азхар по гармоничному сочетанию духовнонравственного воспитания с современным образованием. Ключевые слова: образовательная система Аль-Азхар; религиозные школы Египта; учащиеся 15–17 лет; среднее образование Аль-Азхара; Excellence Incentive; уровень академической успеваемости; достижения учащихся; CAPMAS (статистика Египта); религиозное образование и модернизация; Великий имам Ахмад ат-Таййиб. Kirish Al-Azhar — Misrda eng qadimiy va nufuzli diniy va ta’lim muassasalaridan biri. Al-Azharning maktab tarmog‘i (“Azhar Institutes / Institutes Sector”) Misrda davlat diniy tizimi bilan parallel tarzda ishlaydi, u yerdagi institutlar o‘quvchilarga Qur’on, islomiy fanlar bilan birga umumta’lim fanlarini ham o‘rgatadi. Ushbu tadqiqotdagi e’tibor 15–17 yoshdagi o‘quvchilarga qaratiladi — ularning yillik imtihonlaridagi muvaffaqiyati, Qur’on yodlash musobaqalaridagi natijalari, va umumiy ta’limdagi o‘sish tendensiyalari baholanadi. Tadqiqotning ahamiyati shundan iboratki, Al-Azhar ta’lim tizimi nafaqat diniy maqsadlarda, balki modernizatsiya va bilim sohasi rivojida ham muhim rol o‘ynaydi. 15–17 yosh guruhidagi o‘quvchilar — bu Al-Azhar ta’limining ikkinchi bosqichi: maktabning sekundar (secondary) bosqichi. Ular nafaqat maktabni tugatgach, AlAzhar universitetiga kirish ehtimoli bor, balki jamiyatda diniy va ijtimoiy yetakchilar sifatida shakllanishi ham mumkin. Ushbu yosh guruhida erishilgan yutuqlar Al-Azhar 582 ta’lim siyosatining samaradorligini va uning kelajakka qaratilgan maqsadlarini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot savollari quyidagicha: 1. 15–17 yoshdagi Al-Azhar o‘quvchilarining sinov natijalari qanday o‘zgarib bormoqda? 2. Qur’on yodlash va recitasiya (qiroat) bo‘yicha Al-Azhar maktablarida qanday rag‘batlantirish mexanizmlari mavjud va ular qanday taʼsir qilmoqda? 3. Al-Azhar ta’limi va uning akademik + diniy yo‘nalishda yutuqlari Misr ta’lim siyosatidagi roli va ahamiyatini qanday aks ettiradi? Tahlil va Natijalar 1. O‘quvchilar soni va demografik ko‘rsatkichlar CAPMASning “Annual Bulletin of pre-university education” ma’lumotiga ko‘ra, 2023/2024 akademik yilda Al-Azhar institularida 440 mingga yaqin sekundar bosqich (ya’ni 15–17 yoshga yaqin) o‘quvchilar bo‘lgan. Bu raqam joriy yoshlik sinov guruhlarining katta qismini tashkil qiladi va Al-Azharning pre-university (preuniversity) ta’lim tarmog‘ining keng qamrovini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, xodimlar soni ham e’tiborga sazovor: 2023/2024-yilda AlAzhar ta’lim tizimida tahminan 29.7 ming o‘qituvchi ishlagan Bu ko‘rsatkich o‘quvchilarning ta’lim sifatini saqlab qolish va kengaytirishga bo‘lgan investitsiyani aks ettiradi. 2. Sinov natijalari va muvaffaqiyat darajasi 2020-yilda Al-Azhar Underskotari Sayyoh Abbas o‘z konferensiyasida bildirib o‘tganicha, barcha bosqich imtihonlaridagi umumiy muvaffaqiyat darajasi 99,01% ni tashkil qilgan. Tahlil qilingan ma’lumotlar bo‘yicha uning ichida: • Boshlangʻich bosqich (primary) — 99,5% muvaffaqiyat. Preparatory bosqich — 98,7% muvaffaqiyat. • Sekundar (secondary) bosqich — 98,02% muvaffaqiyat. Bu natija ko‘p jihatdan Al-Azhar maktablarining o‘quvchilari akademik jihatdan juda yuqori tayyorgarlikda ekanini ko‘rsatadi, ayniqsa 15–17 yoshdagi o‘quvchilar uchun. Shuningdek, Al-Azhar strategik rejasida (2022–…) ta’kidlanishicha, maktab infratuzilmasini yaxshilash, o‘quv sayohatlarini ko‘paytirish, zamonaviy o‘quv jihozlarini kiritish va o‘quv hayotining sifatini oshirishga katta e’tibor berilmoqda. 3. Ijtimoiy va siyosiy ahamiyati Al-Azhar ta’limi Misr jamiyatida diniy va ma’rifiy ahamiyatga ega. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Al-Azhar maktabi ta’limi olgan “Azharites” yoshlar diniy jihatdan chuqurroq bilimga ega bo‘lishi va, ba’zi ilmiy ishlarga ko‘ra, davlat siyosatida islomiy yo‘nalishga ijobiy munosabat ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, Grand Imom Ahmad al-Tayyib har yili Al-Azhar sekundar maktabi eng yuqori ball olgan o‘quvchilarini shaxsan tabriklaydi. Bu harakat o‘quvchilarni maqtov va motivatsiya bilan rag‘batlantirish, shuningdek Al-Azhar ta’limining nufuzini oshirishga xizmat qiladi. 4. Joriy imtihon guruhi hajmi va kirish-chiqish 583 2025-yil may oyida Al-Azhar sekundar maktab imtihonlari boshlanib, 173 808 o‘quvchi qatnashadi. Bu ko‘rsatkich Al-Azhar sekundar bosqichida o‘quvchilarning katta guruhini va ularning imtihon tizimida faol ishtirokini aks ettiradi. Imtihon komissiyalari soni ham katta: 2025-yilgi imtihonda 577 muxbir (kommissiya) tashkil etilgani xabar qilingan. Al-Azhar tizimi imtihon masalalarini modernizatsiyalashga intilmoqda: masalan, An’analarga asoslangan yoki faqat yodlashga mo‘ljallangan savollar o‘rniga “tushunish, tahlil qilish va ingliz tilidagi savollar kiritish” orqali baholashni kengaytirish rejalashtirilgan. Muhokama Tahlil natijalaridan ko‘rinib turibdiki, 15–17 yosh guruhidagi Al-Azhar maktab o‘quvchilari bir nechta muhim yo‘nalishda yutuqlarga erishmoqda. Quyida ularning asosiy tahlili: 1. Akademik muvaffaqiyat: 98% atrofidagi imtihon muvaffaqiyati (2020-yilda 98,02% sekundar bosqich) Al-Azhar maktablarining ilmiy jihatdan kuchli dasturiga ega ekanini ko‘rsatadi 2. Motivatsiya va ijtimoiy tan olinish: Grand Imomning g‘oliblarni taqdirlashi (masalan, 2023-yilda birinchi o‘rin egasiga 200 000 EGP sovrin) — bu o‘quvchilarni ruhlantiradi va madaniy jihatdan qadriyatli tizimni mustahkamlaydi. 3. Tizim kengligi va barqarorligi: 440 mingga yaqin sekundar bosqich o‘quvchilari va 577 imtihon komissiyasi — Al-Azhar ta’limining katta infratuzilmasi va keng qamrovli ta’lim siyosatining natijasi. 4. Siyosiy-diniy ahamiyati: Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, Al-Azhar ta’limi olgan yoshlar ijtimoiy-siyosiy jihatdan islomiy qarashlarni saqlab qolishi ehtimoli borligi ta’kidlangan. 5. Shuningdek, Al-Azhar strategik rejasida ta’lim sifatini oshirish, infratuzilmani yangilash va o‘quvchilarning ruhiy va ilmiy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilangan. 6. Bu natijalar Al-Azhar ta’lim tizimining ikki yo‘nalish — diniy va dunyoviy (akademik) — ni muvozanatda saqlab, 15–17 yoshdagi o‘quvchilarni nafaqat ma’naviy jihatdan, balki intellektual jihatdan ham rivojlantirishga qodir ekanini ko‘rsatadi. Xulosa va Tavsiyalar Xulosa • 15–17 yoshdagi Al-Azhar maktabi o‘quvchilari akademik va diniy jihatdan yuqori natijalarga erishmoqda. 2020-yilgi imtihon natijalari bo‘yicha sekundar bosqichdagi muvaffaqiyat darajasi 98,02% ga teng. • Qur’on yodlash va recitasiya musobaqalarida grand imom tomonidan rag‘batlantirish tizimi mavjud bo‘lib, o‘quvchilar raqobat orqali o‘z ma’naviy salohiyatini oshirish imkoniga ega. • “Quranic Excellence Incentive” mexanizmi o‘quvchilarga qo‘shimcha ball va yaxshiroq imtihon natijalari uchun turtki beradi. • Al-Azhar imtihon sistemi keng miqyosda: 2025-yilda 173 808 o‘quvchi imtihonda qatnashgan va 577 imtihon komissiyasi tashkil etilgan. 584 • Al-Azhar ta’limi jamiyatda diniy va ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lib, yoshlar orasida islomiy bilim, ma’naviy yetakchilik va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tavsiyalar 1. Statistik monitoringni kuchaytirish Al-Azhar institulari va davlat statistika agentliklari (masalan, CAPMAS) 15–17 yoshdagi o‘quvchilar uchun yutuqlar bo‘yicha muntazam va chuqur tahlillar olib borishi kerak. Bu o‘quvchilarning yo‘nalishi va ehtiyojlarini aniqlashda foydali bo‘ladi. 2. Rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish Qur’on musobaqalarida g‘oliblarni rag‘batlantirishni davom ettirish va kengaytirish lozim. Masalan, “Quranic Excellence Incentive” ballari bilan bir qatorda, ilmiy grantlar, stipendiyalar yoki malaka oshirish imkoniyatlari ham taklif qilinishi mumkin. 3. Talim sifatini va infratuzilmani takomillashtirish Al-Azhar strategik rejasi doirasida maktablarda zamonaviy o‘quv uskunalari, laboratoriyalar, kutubxonalar va raqamli o‘quv materiallarini joriy etishni davom ettirish kerak. Bu o‘quvchilarning ilmiy tajribasi va motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi. 4. Ijtimoiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash 15–17 yoshdagi o‘quvchilar o‘sish bosqichida bo‘lgani sababli, ularning ma’naviy va psixologik ehtiyojlarini qondirish uchun mentorlik dasturlari, ruhiy maslahat va qo‘llab-quvvatlash tizimlari tashkil etilishi lozim. 5. Tadqiqot va hamkorlik Al-Azhar va boshqa akademik institutlar o‘rtasida yoshlar ta’limi, diniy tarbiya va ma’naviyat bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish kerak. Bu Al-Azhar maktabi o‘quvchilarning yutuqlarini xalqaro miqyosda baholash va yaxshilashga yordam beradi. Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar Rasmiy davlat va institut manbalari: 1. Al-Azhar Al-Sharif Official Report (2018–2023). Cairo: Al-Azhar Supreme Council Publications. 2. Al-Azhar Education Development Strategy 2015–2025. Cairo: Al-Azhar Administrative Office, 2015. 3. Egypt Ministry of Education and Technical Education (MOETE) Annual Statistical Book 2016–2023. Cairo: MOETE. 4. CAPMAS – Central Agency for Public Mobilization and Statistics (Egypt). Education Indicators Reports 2017–2023. 5. Grand Imam Dr. Ahmad al-Tayyib Speeches on Education Reforms (2016– 2023). Cairo: Al-Azhar Media Center.