ARAB DAVLATLARIDA DIALEKTIZM VA SHEVALARNING HUDUDIY FARQLANISHI, LINGVISTIK XILMA-XILLIK VA QIYOSIY TAHLILI
Abstract
ARAB DAVLATLARIDA DIALEKTIZM VA SHEVALARNING HUDUDIY FARQLANISHI, LINGVISTIK XILMA-XILLIK VA QIYOSIY TAHLILI
Full text
589 ARAB DAVLATLARIDA DIALEKTIZM VA SHEVALARNING HUDUDIY FARQLANISHI, LINGVISTIK XILMA-XILLIK VA QIYOSIY TAHLILI РЕГИОНАЛЬНАЯ ДИФФЕНЦИАЦИЯ ДИАЛЕКТОВ И ГОВОРОВ ЯЗЫКОВОЕ РАЗНООБРАЗИЕ В АРАБСКИХ СТРАНАХ REGIONAL DIFFERENTIATION OF DIALECTS, LINGUISTIC DIVERSITY IN ARABIC COUNTRIES Safarova Sabrina Ulug‘bek qizi O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti talabasi Annotatsiya. Ushbu maqolada arab davlatlarida shevalar va dialektlarning hududiy farqlanishi, so‘zlashuvdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, so‘zlar qo‘llanilishidagi farqlar ochib beriladi va kundalik muloqotda foydalaniladigan qisqacha so‘zlashuv adabiy arab tilidagi va Misr shevasi qiyosiy taqqoslanadi. Maqola arab tilidagi dialektal xilma-xillikning kundalik nutq darajasiga qanday namoyon bo‘lishini ochib beradi va mintaqaviy til xosliklarini tushunish ilmiy ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: Arab tili, lingvistik xilma-xillik, mintaqaviy farq, dialektizm, sheva, og‘zaki nutq, adabiy til, hududiy leksika. Аннотатция. В данной статье рассмотриваются территоральные различия диалектов и говоров в арабских странах а также их роль в устной речи. Кроме того раскриваются различия улотреблении слов и проводится краткый сравнителный анализ повседневного общения на литературном арабском языке и египетском диалекте. В селом статья показывает как диалектное разнообразие проявляется на уровне повседневной речи и подчеркивает научную значимость понимания языковых особенностей различных регионов. Ключевые слова: Арабскый язык, лингвистическое разнообразие, регионалная различие, диалектизм, говар, устная речь, литенатурный язык, регионалная лексика. Abstract. In this article, the regional variation of dialects and vernuculars in a Arabic countries and their role in spoken communication are discussed. Additionally, differences in word usage are highlighted, and brief conversational comparison between Modern Standart Arabic and the Egyptian dialect is provided. Overall, the article reveals how dialectal diversity manifests in everyday speech and emphasizes the scientific significance of understanding the unique features of regional languages. Keywords: Arabic language, linguistic diversity, regional difference, dialectism, vernacular, oral speech, literary language, regional lexicion. Kirish. Arab tili VII asrda Islom paydo bo‘lishi bilan arab tili “Qur’oni Karim”ning yozilishi orqali adabiy va rasmiy til sifatida mustahkamlandi. Vaqt o‘tgan sari hududiy farqlanish sababli tilda shevalar ya’ni dialektlar paydo bo‘ldi. Arab tili eng boy lug‘at tarkibiga ega bo‘lib, uning muhim jihatlaridan biri dialektizm va shevalardir. “Dialektizm” so‘zi grekcha “nutq”, “so‘zlashuv uslubi”, “mahalliy til” degan ma’noni anglatadi. Shu bilan birga, dialektlar tilning rivojlanish jarayonlarini va
590 uni qanday shakllanganligini ko‘rsatadi. Ushbu maqolada arab tilining dialektlari va ularning lingvistik farqlari ularning mintaqaviy va madaniy ta’siri tahlil qilinadi. [1: 2] Asosiy qism: 1. Arab tilidagi dialektizmlarning hududiy farqlanishi. Arab dunyosida dialektlar va shevalar hududiy farqlanish bo‘yicha xilma-xildir. Bu farqlanishlar tarixiy, ijtimoiy va madaniy omillarga bog‘liq bo‘lib, har bir mintaqaning o‘ziga xos talaffuz, so‘z boyligi va grammatik tuzilishini yuzaga keltiradi. Arab davlatlari hisoblangan Misr, Suriya, Marokash, Iroq hududida o‘zbek tiliga tarjima qilinganda, Ahvolingiz qanday?’’ jumlasini farqlarini ko‘rib chiqamiz. Avvalo adabiy arab tilida: َكُللَح َفيَك (kayfa haluka) Misrda: كّيّزِا (izayyak) Suriyada: كَفيَك (kayfak) Marokashda: ِرياَد شاَفَيِك (kiyafoshroyri) Iroqda: كَنوُلَش (shalunak) Ko‘rib turganimizdek, yagona arab tili bo‘lsada, bir qancha shevalar paydo bo‘lgan. Shevalar , albatta, tildagi rang-baranglik va jozibadorlikni oshirishga hissa qo‘shadi. 2. Arab tilidagi dialektlarning so‘zlashuvdagi o‘rni. Arab tilida adabiy til bo‘lsada, dialekt va shevalarning o‘rni beqiyosdir. Negaki, shevalarning mavjudligi ham qaysidir ma’noda foydadan holi emas. Asosiy jihatlari sifatida quyidagilarni olishimiz mumkin. – Og‘zaki nutqning vositasi: Dialektlar kundalik suhbatlarda ishlatiladi va odamlar orasida muloqotni soddalashtiradi. Masalan, Misr shevasi arab dunyosida eng ko‘p tushuniladigan dialect bo‘lib, seriallar va kinolar orqali keng tarqalgan. [2: 4] – Hududiy identifikatsiya Talaffuz, leksika va Grammatik jihatdan tuzilishi shaxsning qaysi mintaqadan ekanligini aniqlash imkonini beradi. 3. Arab tilida so‘zlar qo‘llanilishidagi farqlar: Arab tilida so‘zlardan foydalanish hududiy farqlanishlar, dialektlar va shevalar bilan o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu farqlar nafaqat talaffuz va grammatik tuzilishda, balki leksikada ham seziladi. – Talaffuz va fonetik farq: Misr shevasida ق (qof) tovushi ko‘pincha g bo‘lib aytiladi: qalb– galb Mashriq shevasida esa (q)tovushi adabiy tilga anchagina yaqin. – Grammatik tuzilish Fus’ha: fe’l va shaxs ko‘rsatkichlari aniq bo‘ladi: كمهفا مل(Men tushunmadim) Misr ammiya: Grammatik tuzilish soddalashtirilgan شتمهف ام(Men tushunmadim) – Leksik farq: Misrda: سيبوتوا(otobis)– avtobus Mag‘ribda: سويرك(karius)– avtobus
591 Shu tarzda bir xil ma’noga ega so‘zlar turli hududlarda turlicha nomlanishi ham mumkin. [3: 256] 4. Adabiy arab tili va Misr shevasining taqqoslanishi. Arab tilida ko‘plab dialektlar bo‘lgani bilan Misr shevasi adabiy tilga yaqin til hisoblanadi. Kunlik so‘zlashuvda foydalaniladigan iboralarni adabiy til va Misr shevasida taqqoslab chiqamiz. Adabiy arab tilida: ريرحتلا ىلا بهذا فيك كاضف نم Misr shevasida: حورا تحمس ول ىاازا ريرحتلا O‘zbek tilida: Iltimos qanday qilib borsam bo‘ladi? Adabiy arab tilida: ةرجا ةرايسوا ةلف اح لقتست Misr shevasida: سكاتدخاتوا سيبوتا بكرت O‘zbek tilida: Avtobus yoki taksiga boring. Adabiy arab tilida: تلافاحلا فقوم نيا Misr shevasida: لا فوم نييف تاصاب O‘zbek tilida: Avtobus bekati qayerda? Adabiy arab tilida: ةرجا ةرايسل عفدت مك Misr shevasida: مااك واي دته O‘zbek tilida: Taksi uchun qancha to‘laysiz? Adabiy arab tilida: قيرطلا قرغتست ةفيقد مك Misr shevasida: هيا دا دخايب ىيرظا O‘zbek tilida : Sayohat necha daqiqa davom etadi. Adabiy arab tilida: لايزج اركش Misr shevasida: اشاب اي ملست O‘zbek tilida: Katta rahmat. Ko‘rib turganimizdek, adabiy arab tili va Misr shevasida tafovutlar talaygina. Bu tilning rang-barangligining yaqqol isbotidir. Shu sababli arab davlatlaridan bir davlat yoki bir hudud ikkinchi bir hududda yashaydigan arablar bilan muloqot qilishda qiyinchiliklarga uchraydi, dialektlarning turfa xilligi natijasida yuzaga keladigan ba’zi bir tushunmovchiliklarga ham duch kelish mumkin. Shu sababli, arab adabiy tili fus’hani bilish va o‘rganish tavsiya etiladi. Xulosa. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, arab tilida dialektizm va shevalar tilning ajralmas qismiga aylangan. Chunki shevalar hududiy farqlanishlar, leksik va fonetik o‘ziga xosliklar orqali lingvistik xilma-xillikni aks ettiradi. Ular kundalik muloqotda muhim rol o‘ynab, shaxslar orasidagi osonlikcha tushunishni ta’minlaydi va hududiy identifikstsiya imkonini beradi. Maqolada arab davlatlaridagi hududiy farqlanishlar adabiy arab tili (fusha) va Misr shevasidagi kundalik so‘zlashuv qiyosiy taqqoslandi va arab davlatlari orasidagi talaffuz, grammatik va leksik xususiyatlar tahlil qilindi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Eshmirzayeva Nilufar. Sheva dialekt va lahjalarning xusiyatlari, ularni o‘rganish metodlari. [1: 2] 2. Maksumova Inoyatyatxon. Arab tili dialektlari: Lingvistik xilma-xillik. [2:4] 3. I. Yo‘ldoshev, Tilshunoslik asoslari , , Zamin nashriyoti’’ 2019-yil. [3: 256]