ARAB TILINI O'QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA SUN'IY INTELLEKT IMKONIYATLARI
Abstract
ARAB TILINI O'QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA SUN'IY INTELLEKT IMKONIYATLARI
Full text
605 ARAB TILINI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARI INNOVATIVE TECHNOLOGIES AND THE POTENTIAL OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN TEACHING THE ARABIC LANGUAGE Yusupjanova Aziza Xoshimjanovna Ijtimoiy-siyosiy fanlar instituti talabasi Annotatsiya. Ushbu maqolada arab tilini o‘qitish jarayonida innovatsion texnologiyalar va sun’iy intellektning o‘rni tahlil qilinadi. Raqamli platformalar, mobil ilovalar, onlayn kurslar, audio-video resurslar hamda interfaol o‘yinlar kabi zamonaviy vositalarning o‘quv jarayoniga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, talabalar uchun shaxsiylashtirilgan o‘quv materiallarini yaratishda sun’iy intellektning imkoniyatlari, talaffuzni tahlil qilish, avtomatik tarjima, adaptiv testlar kabi funksiyalar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot an’anaviy va innovatsion metodlarni uyg‘unlashtirish samaradorligini ham asoslab beradi. Kalit so‘zlar: arab tili, innovatsion texnologiyalar, sun’iy intellekt, mobil ilovalar, interfaol platformalar, raqamli ta’lim, adaptiv o‘quv. صّخلملا: طّلستو .ةيبرعلا ةغللا ميلعت ةيلمع يف يعانطصلاا ءاكذلاو ةركتبملا تاينقتلا رود ةساردلا هذه لوانتت اّصنملا رثأ ىلع ءوضلا ،ةيرصبلاو ةيعمسلا داوملاو ،ةينورتكللإا تارودلاو ،ةلومحملا تاقيبطتلاو ،ةيمقرلا ت دادعإ يف يعانطصلاا ءاكذلا تاناكمإ ةساردلا ضرعتست امك .نيمّلعتملا تاراهم ريوطت يف ةيلعافتلا باعللأاو ُتو .ةيفيكتلا تارابتخلااو ،ةيللآا ةمجرتلاو ،قطنلا ليلحتو ،ةصّصخم ةيميلعت داوم بيلاسلأا نيب عمجلا ةيمهأ زرب ةيميلعتلا ةيلمعلا ةدوج عفرل ةيجولونكتلاو ةيديلقتلا. :ةيحاتفملا تاملكلا تاّصنملا ،ةلومحملا تاقيبطتلا ،يعانطصلاا ءاكذلا ،ةركتبملا تاينقتلا ،ةيبرعلا ةغللا ةيفيكتلا تارابتخلاا ،يمقرلا ميلعتلا ،ةيلعافتلا. Аннотация. В данной статье рассматривается применение инновационных технологий и искусственного интеллекта в обучении арабскому языку. Анализируется эффективность цифровых платформ, мобильных приложений, онлайн-курсов, аудио-видео материалов и интерактивных игр в процессе обучения. Особое внимание уделяется возможностям искусственного интеллекта в создании персонализированных учебных материалов, анализе произношения, автоматическом переводе и адаптивном тестировании. В исследовании также подчеркивается важность сочетания традиционных и современных методов обучения. Ключевые слова: арабский язык, инновационные технологии, искусственный интеллект, мобильные приложения, интерактивные платформы, цифровое обучение, адаптивное тестирование. Abstract. This study examines the role of innovative technologies and artificial intelligence in teaching the Arabic language. It highlights the impact of digital platforms, mobile applications, online courses, audio-visual resources, and interactive games on the learning process. The research also explores the capabilities of artificial intelligence in developing personalized learning materials, pronunciation analysis, machine translation, and adaptive testing. Furthermore, it emphasizes the effectiveness of integrating traditional teaching methods with modern technological approaches.
606 Keywords: Arabic language, innovative technologies, artificial intelligence, mobile applications, interactive platforms, digital learning, adaptive assessment. Biz hozir innovatsion texnologiyalar asrida yashayapmiz. Bu davr insondan tezkorlik va mukammallikni talab qilmoqda, lekin bunga katta mehnat bilangina erishish mumkin. Xatto til o‘rganishdagi mohirlik ham hozir muhim. Dunyoda millionlab insonlar tomonidan so‘zlashiladigan arab tilini o‘rganish Islomiy ilmiy merosni o‘rganish bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli bu murakkab til ixlosmandlari til egasiga aylanishda katta kuch va energiya sarflashlari zarur aks holda yillar faqat zararga ishlaydi. Arab tilini o‘rganishda an‘anaviy metodlar ya’ni grammatik darslar, lug‘at yodlash, yozma mashqlar bajarish, matnlar o‘qib tarjima qilish eng samarali usul bo‘lishiga qaramay bu hozirgi zamon o‘quvchisi uchun anchayin zerikarli va “mashaqqatli” yo‘l hisoblanadi. Shuning uchun faqat an’anaviy usul bilan kifoyalanmasdan innovatsion tehnologiyalardan unumli foydalangan holda dars tashkillashtirish va o‘quv jarayonini interaktiv, tezkor va qiziqarli qilish lozim. Innovatsion texnologiyalar Arab tilini o‘rganishda bir qator texnologiyalardan foydalanish mumkin. Bunda eng asosiy yordamchi albatta o‘rganuvchi bilan doimiy hamroh bo‘ladigan mobil qurilmadir. U orqali o‘quvchi til o‘rganishga yordam beruvchi mobil ilovalar va onlayn platformalardan oqilona foydalana oladi. Bu kabi ilovalar o‘zidagi interfaol topshiriqlari orqali so‘z boyligini oshirish va gapirish ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini beradi. Video va animatsion resruslar talaffuz va nutqni o‘stirish bilan birga Arab xalqlari madaniyatini, o‘rganilayotgan so‘zlardan konteksual ishlatish mahoratini osonlashtiradi. Talaba Arab mamlakatlaridagi madaniy muhitni vertual tarzda boshdan kechiradi va tilga bo‘lgan rag‘bati oshadi. Onlayn testlar va o‘yinlar grammatik xato-kamchiliklarni tushunish va to‘g‘rilash imkonini beradi. Qayta – qayta bajarilgan testlar orqali bilim, malaka, ko‘nikma shakllanadi. Sun’iy intellekt imkoniyatlari Sun’iy intellekt bilan muloqotda o‘rganuvchi o‘zini erkin xis qiladi ya’ni shaxsiylashtirilgan o‘quv jarayoniga ega bo‘ladi. Masalan talabalar tomonidan ko‘p foydalaniladigan ChatGPT do‘stona munosabati va bilim darajasiga mos mashqlar va izohlarni ishlab chiqishdagi avtomatigligi bilan ommalashib ketdi. U talabaning mashqlarini tahlil qiladi bir vaqtning o‘zida tavsiya va xatolar bo‘yicha takliflar ham beradi. Bir ma’no anglatuvchi sinonim so‘zlarning leksik ma’nolarini tushuntiradi, tarjima qiladi. Arab tilidagi muloqotlar orqali nutq qilish imkoniyatini beradi. Arab tilini o‘qitishdagi innovatsion texnologiyar va sun‘iy intellekt taqdim etayotgan imkoniyatlarga qaramay yana shuni ham bilish kerakki u tomonidan berilgan ma’lumotlar hamisha to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin. Bundan tashqari internet resruslari bo‘lmagan yoki zaif bo‘lgan hududlarda qo‘llash muammoga aylanadi. Demak maqsadni to‘g‘ri qo‘yib arab tilini o‘rganish uchun nima qilish kerak?! Innovatsion texnologiyar va sun‘iy intellekt arab tilini o‘rganishda dars jarayonini qiziqarli va samarali qiladi biroq o‘quvchi o‘qituvchining amaliy tajribasi
607 va ko‘magiga doimo muhtoj. Agar o‘quv amaliyoti maksimal darajadagi natijani berishini xohlasak an’anaviy va zamonaviy metodni uyg‘unlashtirishimiz kerak. Zamonaviy texnologiyalar tillarni o‘rganishning eng muhim bo‘lagiga aylangan bir davrda uni chetlab o‘tish katta xato, ammo mukkasidan tushib faqat texnologiya bilan dars qilish undan ham katta xato bo‘ladi. O‘quvchi bu borada ham ustoz malakasidan foydalanishi kerak. O‘z darajasiga va toqatiga yarasha vazifani olishi, vazifani bajarishda har ikki yo‘ldan yurib ko‘rishi kerak. Texnologiyalar yordamida dars davomida olingan bilimlarni mustahkamlanadi. Talabalar til o‘rganishda uchraydigan eng katta to‘siqlar: murakkab grammatik qoidalar, talaffuz erkinligi, leksik boylik, so‘zlarni fushada va lahjalardagi shakli va farqi. Talaba bir muddat bu muammolar qarshisida qotib qoladi ana shunda zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt madaniy, kasbiy, akademik ko‘mak beradi. Nutq mashqlari, matn tarjimalari, sinonim va antonim so‘zlarni tushuntirishda yuqorida aytilganidek ChatGPT qolaversa, Bard, Microsoft Copilot programmalari, interaktiv mashqlar va adabtiv o‘qitishda Kahoot, Quizlet, Duolingo, Memrise kabi programmalarning yordami katta. Buning uchun avvalo darsni tartibga solamiz. 1. Grammatika darsini o‘rganish keyin uni video yoki animatsiya orqali takrorlash. 2. Har kuni (dam olishsiz) ozroq vaqtni interaktiv mashqlarga ajratish; 3. Test va yozma mashqlarni muntazam bajarish; 4. Sun’iy intellekt vositalarda natijalarni tekshirish, tahlil qilish; 5. Virtual muhitda nutq mashlari o‘tkazish; 6. Darsda o‘qituvchi bilan arab tilida dialog qilish; Zamonaviy tehnologiyalar orqali onlayn darslar tashkil qilish hozirgi kunda bilim samaradorligini oshiruvchi o‘ziga hos maktab bo‘ldi. Bu jarayon o‘rganuvchi o‘ziga komfort muhiti yaratib olishi bilan birga joyi va vaqtidan qat’iy arab tilini bemalol o‘zlashtirishi imkonini beradi. Shu o‘rinda zamonaviy o‘qituvchi har doim o‘z o‘quvchisidan bir qadam oldinda turib ta’lim oluvchiga zamonaviy yangiliklarni taqdim etib borishi, motivatsion qo‘llab-quvvatlab turishi kerak. Arab tilini ona tilisidan keyin birinchi til sifatida o‘rganayotganlar uchun ayniqsa ustoz ko‘magi juda muhim. Ikkinchi, uchinchi til sifatida o‘rganayotlar uchun mashaqqatlar bir muncha kamroq bo‘ladi, chunki ularda til o‘rganishga oid ma’lum tajribalar jamlangan bo‘ladi. O‘z ona tilisining grammatik jihatdan yaxshi bilgan talabalar qiyoslash yo‘li bilan arab tilini o‘rganishda integrativ yondashadilar bu esa rivojlanishga omil bo‘ladi. Arab tilini o‘rganishda muloqotga asoslangan metodlar ham muhim sanaladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Yo‘ldosheva, Z. Arab tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni // Filologiya masalalari. – 2021. – №3. – B. 134–140. 2. Ibrohimova, M. Raqamli ta’lim muhiti va uning afzalliklari // Ta’lim texnologiyalari. – 2022. – №2. – B. 44–51. 3. Raximjonov, S. Arab tili o‘qitishda mobil ilovalardan foydalanish // O‘zbekistonda xorijiy tillar. – 2020. – №6. – B. 98–104. 4. Akbarova, Sh. Xorijiy tillarni samarali o‘rgatishda hisobga olinishi kerak bo‘lgan omillar va eng ko‘p qo‘llaniladigan usullar // Multidisciplinary Scientific Journal – March, 2024 №5 – B. 119–122.