THE IMAGE OF WOMEN IN ANCIENT UZBEKISTAN: AN ANALYSIS OF ARCHAEOLOGICAL MONUMENTS AND CULTURAL-RELIGIOUS PERCEPTIONS
Abstract
this article analyzes the image of women in ancient Uzbekistan through archaeological monuments using a cultural and philosophical approach. Findings from sites such as Bolaliktepa, Fayaztepa, Karatepa, Ayritom, Afrasiab, and Koktepa reveal the religious, social, and aesthetic roles of women in ancient society. The study demonstrates that women were regarded not only as symbols of beauty but also as embodiments of protection, fertility, prosperity, and stability of life. These perceptions later influenced folklore traditions and became an integral part of national cultural heritage.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 103 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us QADIMGI O‘ZBEKISTON HUDUDIDA AYOL OBRAZI: ARXEOLOGIK YODGORLIKLAR VA MADANIY-DINIY QARASHLAR TAHLILI ОБРАЗ ЖЕНЩИНЫ НА ТЕРРИТОРИИ ДРЕВНЕГО УЗБЕКИСТАНА: АНАЛИЗ АРХЕОЛОГИЧЕСКИХ ПАМЯТНИКОВ И КУЛЬТУРНОРЕЛИГИОЗНЫХ ПРЕДСТАВЛЕНИЙ THE IMAGE OF WOMEN IN ANCIENT UZBEKISTAN: AN ANALYSIS OF ARCHAEOLOGICAL MONUMENTS AND CULTURAL-RELIGIOUS PERCEPTIONS Rajabova Nazira Shaxobovna Osiyo Xalqaro Universiteti magistranti Annotatsiya: mazkur maqolada qadimgi O‘zbekiston hududida ayol obrazining moddiy madaniyat yodgorliklarida aks etishi arxeologik va madaniy-falsafiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Bolaliktepa, Fayoztepa, Qoratepa, Ayritom, Afrosiyob va Ko‘ktepa yodgorliklarida topilgan haykalchalar, devoriy suratlar va terrakota buyumlari orqali ayolning diniy, ijtimoiy va estetik mavqei ochib beriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qadimgi jamiyatlarda ayol obrazi nafaqat go‘zallik timsoli, balki himoya, baraka, serfarzandlik va hayotiy barqarorlik ramzi sifatida shakllangan. Ushbu tasavvurlar keyinchalik xalq og‘zaki ijodi va milliy madaniy an’analarda davom etgan. Kalit so‘zlar: ayol obrazi, qadimgi O‘zbekiston, arxeologik yodgorliklar, terrakota haykalchalar, diniy tasavvurlar, madaniy meros, gender munosabatlari Аннотация: в статье проводится анализ образа женщины на территории древнего Узбекистана на основе археологических памятников и философскокультурного подхода. Материалы из Болаликтепа, Фаязтепа, Кара-тепа, Айритома, Афрасиаба и Коктепа раскрывают религиозное, социальное и эстетическое значение женского образа в древнем обществе. Показано, что женщина воспринималась не только как символ красоты, но и как олицетворение защиты, плодородия, благополучия и жизненной устойчивости. Эти представления нашли продолжение в устном народном творчестве и национальной культуре последующих эпох. Ключевые слова: Образ женщины, древний Узбекистан, археологические памятники, терракотовые фигурки, религиозные представления, культурное наследие, гендерные отношения
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 104 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us Abstract: this article analyzes the image of women in ancient Uzbekistan through archaeological monuments using a cultural and philosophical approach. Findings from sites such as Bolaliktepa, Fayaztepa, Karatepa, Ayritom, Afrasiab, and Koktepa reveal the religious, social, and aesthetic roles of women in ancient society. The study demonstrates that women were regarded not only as symbols of beauty but also as embodiments of protection, fertility, prosperity, and stability of life. These perceptions later influenced folklore traditions and became an integral part of national cultural heritage. Keywords: image of women, ancient Uzbekistan, archaeological monuments, terracotta figurines, religious perceptions, cultural heritage, gender relations Qadimgi O‘zbekiston hududida ayol obrazi nafaqat og‘zaki ijodda, balki moddiy madaniyat yodgorliklarida ham keng ifodalangan. Arxeologik topilmalarda ayol timsolining tasviri jamiyatning diniy-estetik qarashlari, ijtimoiy tuzilmasi va gender munosabatlarini aks ettiradi. Surxondaryo viloyatidagi Bolaliktepa va Fayoztepa yodgorliklari bu jarayonning eng yorqin namunalaridan hisoblanadi. Angor tumanidagi Bolaliktepa saroyi devoriy suratlari V–VI asrlar Tohariston madaniyatining yuksak san’at namunalaridir. L.I. Albaum tadqiqotlariga ko‘ra, saroy devorlarida tasvirlangan ayollar obrazlari nafislik, estetik go‘zallik va ijtimoiy mavqeyi belgilarini mujassam etadi 1 . Ayollarning liboslari, zargarlik buyumlari, yuz ifodasi va tana tuzilishi Tohariston zodagon ayollarining jamiyatdagi yuqori maqomini ko‘rsatadi. Suratlarda ayollar erkaklar bilan teng joylashuvi — gender tengligining o‘sha davrdagi badiiy talqinini aks ettiradi. Tadqiqotchi S.G. Sokolovskiy Bolaliktepa sahnalarida ayollarning diniy-marosimdagi ishtirokiga ham e’tibor qaratib, ularni “ona timsoli” ning badiiy davomchilari sifatida baholaydi 2 . Bolaliktepa sahnalari va tadqiqot natijalari qadimgi davrlarda ayollarning jamiyatdagi tengligi va diniy-marosimlardagi faol rolini badiiy tasvir orqali aks ettirganligini ko‘rsatadi. Termiz shahrining qadimgi buddaviylik markazlaridan bo‘lgan Fayoztepa (I–III asrlar) diniy-ma’naviy hayotda ayolning tutgan o‘rni haqida muhim ma’lumot beradi. Bu yerda topilgan terrakota haykalchalar, devoriy naqshlar va muqaddas sahnalarda ayollar tinchlik, osoyishtalik, poklik va mehr ramzi sifatida ifodalangan 3 . Bu Fayoztepa 1 Албаум Л.И. Балалык-тепа. — Ташкент: Фан, 1960. — С. 45–48. 2 Соколовский С.Г. Древности Тохаристана. — Ташкент: Фан, 1970. — С. 112–118. 3 Turg‘unov A. Surxondaryo yodgorliklari. — Toshkent: Akademiya, 2001. — B. 73–75.
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 105 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us arxeologik topilmalari qadimgi Termizda ayolning diniy-ma’naviy hayotdagi o‘rni va jamiyatdagi ramziy mavqeini tushunishda muhim manba hisoblanadi. E.V. Rtveladze ta’kidlaganidek, Fayoztepada topilgan ayol haykalchalari buddaviylikdagi “yakshini” — himoya qiluvchi ruhiy ayol mavjudotlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular mo‘l-ko‘llik, hayot va farovonlik ramzlari sifatida talqin qilingan 4 . Shu bilan birga, ayollar liboslaridagi sharqona bezaklar, soch turmaklari va zargarlik buyumlari mahalliy estetik qarashlar bilan uyg‘unlashgan holda tasvirlangan bo‘lib, bu qadimgi O‘zbekiston hududida diniy-madaniy jarayonlarning murakkabligini ko‘rsatadi. Ayol obraziga oid topilmalar faqat Bolaliktepa yoki Fayoztepada emas, balki: Qoratepa (I–III asrlar) buddaviy majmuasi devoriy tasvirlari 5 , Ayritom frizlaridagi raqqosa ayollar obrazlari 6 , Zartepa haykalchalari, Qo‘ng‘irtepa terrakotalari kabi yodgorliklarda ham uchraydi. Jumladan, Ayritom frizlarida ayol raqqosalarining tasviri san’atdagi estetik idealni, go‘zallik me’yorlarini aks ettirgan bo‘lsa, Qoratepa devoriy qoldiqlarida ayol tasvirlari diniy marosim sahnalarining ajralmas qismi sifatida talqin etiladi. Afrosiyob hududida topilgan qadimgi ayol haykallari va terrakotta figurinalari So‘gd va Baqtriya hududlariga xos madaniyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu timsollar ko‘pincha mahalliy ma’budlarni ifodalash, matriarxal jamiyat strukturasi va ayolning ijtimoiy hamda diniy rolini timsol qilish maqsadida yaratilgan. Arxeologik topilmalar shuni ko‘rsatadiki, bu haykalchalar jamiyatda ayolning ona va himoyachilik mavqeini ramziy tarzda namoyon qilgan. Shu jihatdan, ular qadimgi So‘gd va Baqtriya madaniyatida Tomaris kabi tarixiy shaxslar bilan bog‘liq ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan 7 . Shu bilan arxeologik topilmalar qadimgi Markaziy Osiyo madaniyatida ayolning jamiyatdagi muhim roli va ramziy mavqeini yaxlit tushunishga yordam beradi. Afrosiyobdagi terrakotta haykalchalar turlicha o‘lchamlarda bo‘lib, ularning ayrimlari kichik dekorativ shaklida, boshqalari esa deyarli hayotiy o‘lchamdagi haykallar tarzida ishlangan. Ba’zi figuralarda ayol ma’budalarning diniy atributlari, masalan, qurollar yoki marosimiy buyumlar bilan birga tasvirlangan, bu esa ayollarning faqat uy-ro‘zg‘or rolida emas, balki jamiyat hayotida muhim diniy va ijtimoiy mavqega ega bo‘lganini ko‘rsatadi. 4 Ртвеладзе Э.В. Древний Термез и буддийские памятники. — Ташкент: Фан, 1986. — С. 59–64. 5 Аскаров А. Ўзбекистон археологияси. — Тошкент: Университет, 1997. — Б. 122–126. 6 Якубов Ш. Искусство древнего Тохаристана. — Ташкент: Фан, 1987. — С. 81–84. 7 Khakimov, A. History of Arts of Uzbekistan. Tashkent: 2018. B. 92–94.
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 106 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us Ushbu topilmalar shuningdek, Afrosiyobdagi madaniyat va san’at tarixini o‘rganishda ayol obrazlarining jamiyatdagi mavqei va ularning matriarxal xususiyatlari haqida muhim ma’lumotlar beradi. Shu sababli, bu figuralar qadimgi So‘gd va Baqtriya madaniyati kontekstida ayolning ijtimoiy rolini, ona va himoyachilik funksiyasini aks ettiruvchi timsol sifatida baholanishi lozim. Ko‘ktepa shaharchasi (hozirgi Surxondaryo viloyati) arxeologik qazishmalari natijasida topilgan aslzoda ayol qabrlaridan olingan buyumlar qadimgi O‘zbekistonda ayolning ijtimoiy mavqeini, iqtisodiy va madaniy ahamiyatini yoritishda muhim manba hisoblanadi 8 . Ushbu III-VII asrlarga mansub bo‘lib, unda topilgan buyumlar orasida zarrin naqshli taqinchoqlar, bezakli kiyimlar, ko‘plab shisha va sopol idishlar, shuningdek, Xitoy va Eron hududlaridan kelgan savdo buyumlari mavjud 9 . Ko‘ktepa shaharchasidan topilgan arxeologik topilmalar qadimgi O‘zbekistonda ayolning ijtimoiy mavqeini, iqtisodiy va madaniy ahamiyatini tushunishda muhim manba sifatida xizmat qiladi. Bu topilmalar orqali qadimgi ayol obrazining bir necha jihatlari aniqlanadi: birinchidan, ayolning ijtimoiy mavqei yuqori bo‘lganligini ko‘rsatadi, chunki qabr ichidagi buyumlar turli janrlarda bezatilgan va qimmatbaho materiallardan tayyorlangan 10 . Ikkinchidan, ayol obrazining himoyaviy va mehribon sifatlari ham qadimiy jamiyatlarda qadrlanganligini anglash mumkin, chunki qabr ichidagi ayrim buyumlar, masalan, sopol figurinalar va amuletlar, ruhiy va diniy himoya vazifasini bajargan 11 . Bunday topilmalar qadimgi ayol obrazining jamiyatdagi yuqori mavqei, himoyaviy va mehribon tabiati hamda diniy-ma’naviy ahamiyatini yaxlit ravishda ko‘rsatadi. Ko‘ktepa topilmalari O‘zbekistonda qadimiy ayol obrazlarining jamiyatdagi turli rollari va diniy-madaniy mavqeini yaxlit tushunishga imkon beradi. Bu yodgorliklarda ayol obrazi nafaqat go‘zallik timsoli, balki himoya, baraka, serfarzandlik va hayotning abadiyligini ifodalovchi muqaddas obraz sifatida tasvirlangan. Ushbu tasvirlarda ayolning mehribon homiy, oilani asrovchi kuch va tabiat bilan uyg‘unlik ramzi sifatidagi qiyofasi ustuvor o‘rin egallaydi. Natijada bunday badiiy an’ana keyinchalik xalq og‘zaki ijodida — afsona, rivoyat, doston va marosim qo‘shiqlarida uchraydigan afsonaviy ayol timsollarining shakllanishiga zamin yaratgan. Shu tariqa qadimgi san’atdagi ayol haqidagi tasavvurlar milliy 8 Mil’manova, N. Arxeologik qazishmalar natijalari: Ko‘ktepa shaharchasi. – Toshkent: Fan, 2019. – B. 112–118. 9 Shu manbada., B. 112–118. 10 Khakimov, A. History of Arts of Uzbekistan. – Tashkent: Akademnashr, 2018. – B. 92–94. 11 Safoeva, S. The Issue of Women: Historical and Cultural Aspects. – Tashkent: Fan, 2002. – B. 48–50.
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 107 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us madaniyatning keyingi bosqichlarida mustahkam badiiy va ma’naviy an’anaga aylangan. Shunday qilib, qadimgi davrlardan XX asrgacha bo‘lgan tarixiy bosqichlarda ayol obrazi diniy-ma’naviy timsollardan boshlab madaniyat homiysi, oilaviy hayot tayanchi hamda ma’rifat targ‘ibotchisi sifatida o‘zgarib bordi. O‘zgarishlar jamiyatning iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotidagi islohotlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ayollar mavqeining evolyutsiyasi milliy tarixning ajralmas qismi hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Албаум Л.И. Балалык-тепа. — Ташкент: Фан, 1960. — 156 с. — С. 45–48. 2. Соколовский С.Г. Древности Тохаристана. — Ташкент: Фан, 1970. — 240 с. — С. 112–118. 3. Turg‘unov А. Surxondaryo yodgorliklari. — Toshkent: Akademiya, 2001. — 180 b. — B. 73–75. 4. Ртвеладзе Э.В. Древний Термез и буддийские памятники. — Ташкент: Фан, 1986. — 200 с. — С. 59–64. 5. Аскаров А. Ўзбекистон археологияси. — Тошкент: Университет, 1997. — 320 б. — Б. 122–126. 6. Якубов Ш. Искусство древнего Тохаристана. — Ташкент: Фан, 1987. — 160 с. — С. 81–84. 7. Khakimov A. History of Arts of Uzbekistan. — Tashkent: Akademnashr, 2018. — 210 p. — P. 92–94. 8. Mil’manova N. Arxeologik qazishmalar natijalari: Ko‘ktepa shaharchasi. — Toshkent: Fan, 2019. — 260 b. — B. 112–118. 9. Safoeva S. The Issue of Women: Historical and Cultural Aspects. — Tashkent: Fan, 2002. — 150 p. — P. 48–50.