RAQAMLI MA'LUMOTLARNI IZLASH VA TAHLIL QILISHNING KRIMINALISTIK YONDASHUVLARI
Abstract
Ushbu maqolada raqamli axborot resurslarining kriminalistik ahamiyati, ularni aniqlash, o‘rganish va tahlil qilishning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Raqamli ma’lumotlarning huquqiy maqomi, tashuvchilari, joylashuv shakllari va funksional tasnifi asosida tergov jarayonida qo‘llanishi tahlil qilinadi. Turli olimlar tomonidan taklif etilgan klassifikatsiyalar solishtirilib, raqamli dalillarni izlash va baholashning samaradorligini oshirishga qaratilgan. Maqolada raqamli axborotni tergov jarayoniga tadbiq etish, uni olish, saqlash, tahlil qilish va sud ekspertizasida qo‘llash uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, zamonaviy kiberjinoyatlar sharoitida raqamli ma’lumotlar bilan ishlashning amaliy ahamiyati ochib berilgan.
Full text
840 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 RAQAMLI MA’LUMOTLARNI IZLASH VA TAHLIL QILISHNING KRIMINALISTIK YONDASHUVLARI Abdazimov Saidaminxo‘ja Zoirxo‘ja o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligi kafedrasi o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18039260 Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli axborot resurslarining kriminalistik ahamiyati, ularni aniqlash, o‘rganish va tahlil qilishning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Raqamli ma’lumotlarning huquqiy maqomi, tashuvchilari, joylashuv shakllari va funksional tasnifi asosida tergov jarayonida qo‘llanishi tahlil qilinadi. Turli olimlar tomonidan taklif etilgan klassifikatsiyalar solishtirilib, raqamli dalillarni izlash va baholashning samaradorligini oshirishga qaratilgan. Maqolada raqamli axborotni tergov jarayoniga tadbiq etish, uni olish, saqlash, tahlil qilish va sud ekspertizasida qo‘llash uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, zamonaviy kiberjinoyatlar sharoitida raqamli ma’lumotlar bilan ishlashning amaliy ahamiyati ochib berilgan. Kalit so‘zlar: raqamli axborot, kriminalistika, raqamli dalillar, tergov amaliyoti, ma’lumotlarni izlash, axborotni tahlil qilish, sud ekspertizasi, kiberjinoyatlar. Аннотация. В данной статье раскрывается криминалистическое значение цифровых информационных ресурсов, а также теоретические и практические аспекты их выявления, изучения и анализа. На основе правового статуса цифровых данных, их носителей, форм размещения и функциональной классификации исследуется их применение в следственной деятельности. Сравниваются классификации, предложенные различными учёными, и анализируются подходы, направленные на повышение эффективности поиска и оценки цифровых доказательств. В статье разработаны методические рекомендации по внедрению цифровой информации в процесс расследования, её получению, сохранению, анализу и использованию в судебной экспертизе. Показано практическое значение работы с цифровыми данными в условиях современных киберпреступлений. Ключевые слова: цифровая информация, криминалистика, цифровые доказательства, следственная практика, поиск данных, анализ информации, судебная экспертиза, киберпреступления. Annotation. This article explores the forensic significance of digital information resources, as well as the theoretical and practical aspects of their detection, examination, and analysis. Based on the legal status of digital data, their carriers, locations, and functional classifications, their application within investigative procedures is evaluated. Various classifications proposed by scholars are compared, and approaches aimed at improving the effectiveness of searching for and assessing digital evidence are examined. The article develops methodological recommendations for integrating digital information into investigation processes, obtaining, preserving, analyzing, and using it in forensic examinations. The practical importance of working with digital data in the context of modern cybercrime is highlighted. Keywords: digital information, forensics, digital evidence, investigative practice, data search, information analysis, forensic examination, cybercrime.
841 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Insoniyat borgan sari o‘z rivojlanish yo‘lida raqamli bosqichga kirib bormoqda. Kundan kunga an’anaviy ijtimoiy munosabatlar yangi axborot texnologiyalari asosida amalga oshirilmoqda. Afsuski, zamonaviy huquqiy tartibga solish mexanizmlari texnologiyalar rivojidan sezilarli ortda qolmoqda. Mavjud huquqiy mexanizmlarni yangi texnologiyalarga tadbiq etish besamar ketmoqda va kutilgan natijani bermayabti. Kompyuter ma’lumotlarini kriminalistik klassifikatsiyalash muammolari sud ekspertlari tomonidan bir necha bor qayta ko‘rib chiqilgan. Masalan, V.Vexov, kriminalistik nuqtai nazaridan, kompyuter ma’lumotlarini quyidagi asoslarga ko‘ra guruhlarga ajratishni taklif qildi: 1) hujjatlashtirilgan va hujjatlashtirilmagan –huquqiy maqomga ko‘ra; 2) ruxsat borligi kategoriyasiga ko‘ra - umumiy foydalanishga ruxsat berilgan axborot (cheklanmagan ruxsat bilan) va ularga kirish davlat qonunlariga muvofiq cheklangan, himoya qilinadigan kompyuter ma’lumotlari; 3) taqdim etilish shakliga ko‘ra – EHM uchun elektromagnit tebranishlar (to‘lqinlar) va buyruqlar, fayllar va kompyuter dasturlarida axborotni elektromagnit signallar yordamida fazoda va vaqt oralig‘ida yuborish imkonini beradi. Kompyuter huquqshunosligi va noqonuniy turdagi tergov ishlarida kompyuter axborotidan foydalanish sohasidagi yetakchi olim Kris Rid kompyuter axborotlarini asosiy 6 turga bo‘lishni taklif etdi: birlamchi ma’lumotlar (raw data); ma’lumotlar ombori (databases); elektron axborotni rasshifrovka qilish uchun kodlar (codes necessary to inteipret computer information); dasturlash algoritmlari va ma’lumotlarni qayta ishlash algoritmlari; tijoriy ko‘rinishdagi dasturiy ta’minot (commercial software); kompyuter tizimlari (computer systems). Yuqorida ta’kidlanganidek, kompyuter ma’lumotlari raqamli axborotning umumiy miqdorining bir qismi hisoblanadi. Ma’lum bo‘ladiki, har qanday raqamli axborotni klassifikatsiyalash tizimlari taklif etilmasin, ularning hammasi shartli bo‘ladi va bu odatda bu axborot manbalarining barcha xususiyatlarini to‘liq aks ettirmaydi. Shu bilan birga, taklif etilgan klassifikatsiyalash tizimlari jinoiyprotsessual kodeksga mos isboti talab etiladigan jinoiy ishlarning dastlabki tergov va sud surishtiruvlari qo‘yadigan talablarni maksimal ravishda qondiradi. Turli xil mualliflarning ilgari tavsiya etgan kompyuter ma’lumotlarini tasniflash sxemalari yoki mazmunga ega bo‘lmagan guruhlarga bo‘lingan yoki ular turli xil jinoyatlar bo‘yicha kriminalistik tergovlarida raqamli axborotni aniqlash, olib qo‘yish, belgilash va ulardan foydalanishning barcha jihatlarini hisobga olmaydi. Taklif etilgan raqamli axborotni kriminalistik klassifikatsiyalashning asosiy maqsadi ushbu axborot manbalari guruhini izlash uchun mumkin bo‘lgan eng aniq yo‘nalishlarni aniqlash imkonini beradi; raqamli axborotni izlash, chiqarish, saqlash va h.k.lar uchun maxsus taktikalarni ishlab chiqish; dastlabki tergovning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi va jinoyat ishlarini uni qo‘llashga asoslangan holda ko‘rib chiqadi. Yuqorida qayd etilganlarni hisobga olib, shuningdek jinoyatlar tergovini kriminalistik tashkil etishni ta’minlash, uning paydo bo‘lishi yoki paydo bo‘lishi manbalari, joylashuvi, yaxlitligi yoki fragmentarligi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda raqamli axborotning funksional va axborot qiymatini hisobga olgan holda quyidagi raqamli axborotni klassifikatsiyalash tizimlari taklif etiladi. Raqamli axborotni tashuvchi vositalar turlariga ko‘ra klassifikatsiyalash. Ushbu klassifikatsiya doirasida, birinchi navbatda, raqamli axborot mustaqil raqamli texnikaning ishlash jarayonida energiya manbayiga ega tashuvchi vositalariga va mustaqil energiya manbaiga
842 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 egaligiga qarab tuslanadi. Bu kabi klassifikatsiya raqamli axborotni chiqarib olishga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Raqamli texnologiyalar vositalariga apparat ulash mashinalari vositasida raqamli axborotni klassifikatsiyalash. Ushbu tasniflash sxemasi doirasida to‘rtta kichik guruhni ajratish mumkin: birinchi kichik guruh - raqamli texnologiya vositalariga kiritilgan “qattiq” tarzda saqlanadigan ma’lumotlar, ya’ni tezkor xotira (RAM), doimiy xotira (ROM) va raqamli asbobuskunalarning elektron plitalarining ajralmas qismi bo‘lganlari; ikkinchi kichik guruhga raqamli uskunada o‘rnatiladigan mashinada saqlovchi qurilmalarda saqlanadigan ma’lumot nazarda tutiladi, ammo raqamli uskunalarning yaxlitligiga zarar yetkazmasdan osongina olib tashlanishi yoki o‘zgartirilishi mumkin bo‘ladi; uchinchi kichik guruhga mashinada saqlovchi qurilmalardagi ma’lumotlarini ro‘yxatga olish/o‘qish moslamalari (flopping disklari, optik mashinada saqlovchi qurilmalar, flesh-kartalar va hokazolar), shuningdek portlar orqali raqamli qurilmaga ulangan tashqi saqlovchi qurilmalarda magnit disklar yoki qattiq qatlamli disklarda; to‘rtinchi kichik guruhga lokal, mintaqaviy yoki global axborot kommunikatsiya tarmoqlariga kiruvchi mashinaviy tarzda tashuvchi qurilmalarga biriktirilgan. Raqamli axborotning joylashuvi klassifikatsiyasiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: birinchi guruh – mashinaviy tashuvchi vositalar va aniq jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan, joylashuvi oldindan aniq bo‘lgan raqamli texnikaga ulangan yoki ulana oladigan mashinaviy qurilmalardagi axborot; ikkinchi guruhga – davlat hududida joylashgan mashinaviy tashuvchi qurilmalarda joylashgan (ulangan) korporativ axborotkommunikatsiya tarmoq foydalanuvchilarining axboroti kiritiladi; uchinchi guruhga – davlat hududidan tashqarida joylashgan mashinaviy tashuvchi qurilmalarda joylashgan (ulangan) lokal, mintaqaviy yoki global axborotkommunikatsiya tarmoqlardagi foydalanuvchilar uchun ruxsat mavjud bo‘lgan axborot kiritiladi. Raqamli axborotni funksional va informativ maqsadiga ko‘ra quyidagi 5 guruhga bo‘lish mumkin: · raqamli qurilmalar dasturiy ta’minoti; · elektron hujjatlar; · ma’lumotlar bazalari; · mashina tashuvchilari haqida boshqa ma’lumotlar. Oxirgi guruhga tizim va xizmat fayllari, jurnal fayllari, log fayllar va boshqalardagi ma’lumotlar kiritiladi. Raqamli texnologiyalarni qo‘llash dasturlarining kriminalistik tasnifi doirasida bir necha asosiy kichik guruhlar mavjud. Birinchisi, raqamli uskunalarni (asosiy kirish-chiqish tizimlari, operatsion tizimlar, periferik va telekommunikatsion uskunalarning ishlashi uchun dasturiy ta’minot), shuningdek xizmat dasturlari (drayverlar, utilitalar, plaginlar va boshqalar). Ikkinchi kichik guruhga raqamli texnologiyalarning ishlashini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan muayyan aniq vazifalarni hal qilish yoki amalga oshirish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot beriladi. Huquqiy dasturlarning soni va nomi jihatidan uchinchi va eng kattasi ta’lim, ko‘ngilochar va o‘yin dasturlarining kichik guruhidir. To‘rtinchi guruhda har qanday noqonuniy xattiharakatlarni sodir etishga maxsus ishlab chiqilgan, jumladan, “zararli dastur” deb nomlangan dasturlar kiritilgan. Elektron hujjatlar turli asoslarga ko‘ra bir nechta klassifikatsiya guruhlariga bo‘linishi mumkin.
843 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Birinchi va eng yirik guruhlardan biri elektron hujjat bo‘lib, asosan foydalanuvchining faylga kiritilgan hujjat ma’lumotlarini keyinchalik chop etish uchun yaratilgan. Xuddi shu fayllar rasmiy va norasmiy elektron hujjat aylanishi uchun ishlatiladi. E-mail sifatida ko‘rsatadigan ikkinchi guruh raqamli uskunadan foydalanuvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va turli xil pochta aloqasi xizmatlari (Mail.ru, Yandex.pochta, Gmail, rambler, Hotmail, Pochta.ru, Yahoo!), mobil aloqa (ovozli pochta, SMS, MMS) orqali uzatilishga mo‘ljallangan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Гайдамакин H.A. Теоретические основы компьютерной безопасности:учеб. пособие. Екатеринбург: изд-во Уральского университета, 2008. - С. 212. 2. Гайдамакин Н. А. Разграничение доступа к информации в компьютерных системах. Екатеринбург: изд-во Уральского университета, 2003.-С.328. 3. Галатенко В. А. Основы информационной безопасности. Учеб. пособие:под ред. В.Б. Бетелина.-4-е изд. М.:Интернет-Университет Информационных Технологий; БИНОМ. Лаборатория знаний, 2008. -С. 205 4. Irgasheva D.Y., Abramov A.S. Access control policy subjects to objects in distributed Information and Communication systems//2013 International Conference in Central Asia on Internet (ICI 2013, 8th-10th of October). 5. Irgasheva D.Y., Abramov A.S. Access control policy subjects to objects in distributed Information and Communication systems//2013 International Conference in Central Asia on Internet (ICI 2013, 8th-10th of October). 6. Abdazimov S. Ijtimoiy tarmoqlarda destruktiv axborotlarning tarqalishini matematik modellashtirish (si, sir, sirs modellari asosida) //Modern Science and Research. – 2025. – T. 4. – №. 5. – S. 1483-1487. 7. Mirzaeva M. B., Abdazimov S. Z. Ispolzovanie texnologiy iskusstvennogo intellekta v sfere vыsshego obrazovaniya. – 2022.