Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 456 MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA ILK YOSHDAGI BOLALAR TA LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARIDA OILANING O’RNI Esonova Maloxat Akilovna1, Meliboyeva Muzayana Maxsud qizi2, Nazirova Mohlaroy Bahodirjon qizi3 1Qo`qon davlat universiteti dotsenti, 2,3Qo`qon davlat universiteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.18042361 Yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk, bilimli va ma’naviy barkamol etib voyaga yetkazish masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim tizimi — bolalarning ilk rivojlanish bosqichi sifatida ularning kelgusidagi ta’lim jarayoniga tayyorgarligini ta’minlaydigan muhim poydevordir.Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonida nafaqat maktabgacha ta’lim tashkiloti, balki oila muhitining o‘rni ham beqiyosdir. Chunki bola shaxsining dastlabki ijtimoiylashuvi, axloqiy qarashlari, xulq-atvori va dunyoqarashi aynan oilada shakllanadi. Ota-onaning mehr-muhabbati, e’tibori va namunasi bolaning ruhiy hamda aqliy rivojlanishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti aytganlaridek: «Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor qayerda ishlashidan qat'i nazar, kim bo’lishidan qat'i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida e'tiborbermasa, hech qachon natija bo'lmaydi.Shuning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e'tibor beraman. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham alohida o'zimning munosabatim bor. Har bir nevaramning alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman». Oila – bolaning birinchi tarbiya maskani. Oila — bola shaxsining shakllanishi va ijtimoiylashuvida eng asosiy muhitdir. Bola ilk bor ota-onasining muomalasi, nutqi, xulq-atvori orqali atrofdagi dunyoni idrok etadi. Shu bois, bola qanday oilada ulg‘ayishidan kelgusidagi ta’lim-tarbiya natijalari ham bevosita bog‘liq bo‘ladi.Ota-onaning mehr-muhabbati, e’tibori, tinch va iliq oilaviy muhit bola ruhiyatini mustahkamlaydi, unda o‘ziga ishonch, mustaqillik va ijobiy fazilatlarni shakllantiradi.Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligiTa’lim-tarbiya jarayoni faqat tarbiyachi zimmasida emas, balki ota-onalar bilan hamkorlikda olib borilgandagina samarali bo‘ladi. Ilk yoshdagi bolalar uchun ta’limni tashkil etishda asosiy e’tibor o‘yin, muloqot, qo‘shiq, harakatli faoliyat va nutqni rivojlantirishga qaratiladi. Bu jarayonlarda oilaning ishtiroki quyidagicha namoyon bo‘ladi: •Bolaning uyda olgan tarbiyasi bog‘chadagi faoliyat bilan uyg‘unlashadi; •Ota-onalar tarbiyachilar tavsiyalariga amal qilib, bola bilan mashg‘ulotlar, o‘yinlar o‘tkazadilar; •Oila muhitida bolaga milliy qadriyatlar, odob-axloq me’yorlari singdiriladi; •Ota-onalar bolani kitob, tabiat, san’atga qiziqtirish orqali uning intellektual rivojiga hissa qo‘shadilar. Oila va tarbiyachi o‘rtasidagi o‘zaro ishonchOta-ona va tarbiyachi o‘rtasida o‘zaro hurmat, samimiy aloqa va bir-birini tushunish muhimdir. Chunki bola har ikki muhitda – uyda ham, bog‘chada ham o‘zini xavfsiz va qadrlangan his qilganida, unda ijobiy his-tuyg‘ular,
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 457 mustaqillik, o‘rganishga ishtiyoq kuchayadi.Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan oila o‘rtasidagi hamkorlik — bolani to‘laqonli rivojlantirish, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish va tarbiyaviy ishlarni uzviylikda olib borish imkonini beradi. Shu sababli ilk yoshdagi bolalar ta’limini tashkil etishda oilaning faol ishtirokini ta’minlash, ota-onalar bilan pedagoglar o‘rtasida o‘zaro tushunish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish dolzarb ahamiyat kasb etadi.Mazkur mavzu doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limni tashkil etish shakllarida oilaning tutgan o‘rni, u bilan ishlashning samarali usullari hamda bola tarbiyasidagi oila va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik tahlil etiladi..Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilk yoshdagi bolalar ta’limi mazmuniInsonning hayot yo‘lida ilk uch yil eng muhim davr hisoblanadi. Chunki aynan shu davrda bola nutq, tafakkur, hissiyot, ijtimoiy munosabatlar va mustaqil harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantira boshlaydi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilk yoshdagi bolalar ta’limi mazmuni puxta o‘ylangan bo‘lishi, bolaning tabiiy rivojlanish bosqichlariga mos tarzda tashkil etilishi talab etiladi.1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davrda bola atrof-muhitni faol kuzatadi, taqlid qiladi va eslab qoladi. Bola nutq orqali o‘z fikrini ifodalay boshlaydi.Kichik motorika (qo‘l harakatlari), umumiy motorika (yurish, sakrash, yugurish) jadal rivojlanadi.Shu bois ta’lim mazmuni bolaning jismoniy, aqliy va nutqiy rivojini uyg‘un qo‘llab-quvvatlashi zarurTa’lim mazmunini amalga oshirish shakllari •Kundalik faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gigiyena). •O‘yin faoliyatida (didaktik, harakatli, rolli o‘yinlar). •Maxsus mashg‘ulotlarda (nutq rivojlantirish, musiqiy mashg‘ulot, rasm, konstruktor). •Bayram va tadbirlarda (kichik sahna chiqishlari, mavsumiy ko‘rgazmalar). Bugungi kunda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan ishlash jarayonida asosiy e'tibor ularning axloqi va ular bilab o'tkaziladigan turli xildagi faoliyatlarga garatilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoidalari orasida insonparvarlik muhim o'rin tutadi. kichik bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayoga butunlay moslashmaganligi hisobga olgan holda ish tutiladi. Bola ulgaygan sari uning mustaqilligi, ijtimoiy hayotga moslashuvchanligi oshib boradi. O'z navbatida ta'limtarbiyaviy ishlarning mazmuni, vazifalari, vositalari, ijtimoiy agentlar, ijtimoiy muhitlar o'zgaradi. Bolalaming bilishga bo'lgan ehtiyojlari ta'lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi. Ijtimoiytarixiy tajribani o'zlashtirish asosan faol ish jarayonlarida ro'y beradi. Faoliyat bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib ma'lum izchillikda olib boriladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta davomida o'kaziladigan faoliyatlar soni va vaqti belgilab qo'yilgan. Tayyorlov guruhlarida faoliyatlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga qiziquehanlik, faol ta-fakkur qilish, taqqoslash,umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi. Bollardakuzatuvchanlik,javobgarlik, xissi takomillashtirilib boriladi, ularda mehnat qilish malakasi va xohishi tarbiyalanad. Ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlarBugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda amaliyotda joriy etish, zamon talabiga mos ravishda me'yoriy hujjatlar, o'quv-metodik adabiyotlar, o'quv metodik majmualarni ishlab chiqish, ilg'or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining rahbar va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo yicha sohaga oid bilim va ko'nikmalarni shakllantirish vazifalari dolzarb masalalar sirasiga kiritilmoqda. Innovatsion faoliyatga asoslangan pedagogik yondashuvlar va nazariyalar yangiliklarni yaratish, tatbiq etish va ulardan foydalanishning yaxlit, maqsadga yo'naltirilgan faoliyatga aylanishini talab etmoqda. Pedagoglarning innovatsion faoliyati bolalarning mustaqilligi, giziquchanligini oshirish, ularda
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 458 ijodiy tafakkurni rivojlantirish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish imkoniyatini izlab topish ko'nikmasini shakllantirishga xizmat gilishi lozim. Shundagina pedagoglar o'z kuchlariga ishonib bolalarning o'zgaruvchan vaziyatlarda aniq faoliyat ko'rsata olishlariga ko'maklashadilar. Shu bilan bir qatorda ular bolalarning ota-onalarini maktabgacha ta lim tashkiloti hayotida faol ishtirok etishga jalb etadilar. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni sifatli ta'lim bilan ta'minash uchun ta'lim jarayonini modernizatsiyalash nihoyatda zarur hisoblanadi. Buning uchun bolani ijtimoiy hayotga tayyorlashga xizmat giladigan barcha pedagogik texnologiyalarni uyg'unlashtirish va o'zaro mujassamlashtirish talab etiladi. Maktabgacha ta'limning sifati ta'limning keyingi bosqichlarida bolalarning bilimlarni sifatli o'zlashtirishlarini kafolatlaydi. Buning uchun maktabgacha ta lim tashkilotlarini modernizatsiyalashga oid yagona talablarni ishlab chiqish, ushbu talablar sifatli ta lim va tayanch ko'nikmalarni hosil gilishni nazarda tutadi. Bu talablar asosida bolalarga ta'lim berish erta bolalik davridan boshlanadi va uzluksiz davom etadi. Xulosa qilib ayatilganda ilk yoshdagi bolalar ta’limini samarali tashkil etish - oila va maktabgacha ta’lim tashkilotining hamkorlikdagi faoliyatiga bog‘liqdir. Ota-onalar va pedagoglarning yagona maqsad sari birgalikda harakat qilishi bola shaxsining barkamol rivojlanishiga, uning kelajakdagi ta’lim bosqichlariga puxta tayyor bo‘lishiga xizmat qiladi. ta’limni tashkil etishda yosh avlodga bilim berish jarayonida yangi mazmun va mohiyatga ega bo'lgan insonparvarlik tamoyillariga asoslangan, yaratuvchanlik, ijodkorlikka intilish hissi bilan yo'g'rilgan ta'lim-tarbiya berish, komil inson shaxsini yetuklikka yo'naltirish oliy maqsadimiz ekanligini bilishimiz lozim. Binobarin, O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib borilayogan islohotlar ta'lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo'nalishga burdi. Demak, ta'lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli shaxs manfaatlarini ta'minlashga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi Toshkent-2022. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori "O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi". 3. Esonova Maloxatxon Akilovna Maktabgacha pedagogika. Oquv qollanma. Toshkent-2022. 4. Nazirova Guzal Malikovna and Mamadjanova Muyassar Nurmatovna. "Basic principles of technology for teaching methodological subjects in preschool education." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071 11.12 (2022): 415-417. 5. Achilova S. Pedagogical opportunities for the upbringing of physical qualities by purposeful development of action potential in preschool children // International Journal of Social Sciences & Interdisciplinary Researc. Vol.11. Date of publication: 04.04.2022, – P.134-143.(IF 7.429). 6. Esanova Malohat MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARGA YO’NALTIRISH USULLARI Actual Problems in Higher Education in the Era of Globalization …
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 459 7. Esonova Maloxat MAKTABGACHA 6-7 YOSHLI BOLALARNI O'QITISHDA MATEMATIK BILIMLAR BERISH Actual Problems in Higher Education in the Era of Globalization … 8. Esonova Malohat MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MATEMATIK RIVOJLANISHINING MILLIY VA XORIJIY KONSEPSIYALARI Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects (Spain) 2 … 9. Эсонова М. А.ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ РЕЧИ ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА Экономика и социум, 1086-1089 10. Sultonova N.A., O`zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning kelajak istiqbollari. International Scientific and Practical Conference, 2023/11/30., 4-7. https://www.conferenceseries.info/index.php/education 11. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Kadyrova Nasibakhon., Impact of the Internet in the Conditions of Global Processes on Spirituality and Health of Youth., INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION., 2022/12/29., 1/6. p165168