scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OILADA ILK YOSHDAGI BOLALAR TA'LIM TARBIYASINI TASHKIL ETISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

Esonova Maloxatxon Akilovna, Ashurova Muqaddamxon Samadjon qizi, Ilyosova Mubinaxon Ikromjon qizi

Abstract

Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida etibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yyetuk kishi bolib osishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga ozida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir birlariga bolgan ruxiy manaviy tasirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi oqtiradi. Husayn Voiz Koshifiyning uqtirishicha insonni talim tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobilyatini ostirish mumkin. Koshifiy ozining pedagogik qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini ostirish masalasiga alohida etibor beradi. Ota-onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muxit muxim orin tutadi. Bola togri sozli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 466 OILADA ILK YOSHDAGI BOLALAR TA'LIM TARBIYASINI TASHKIL ETISHNING DOLZARB MUAMMOLARI Esonova Maloxatxon Akilovna1, Ashurova Muqaddamxon Samadjon qizi2, Ilyosova Mubinaxon Ikromjon qizi2 1Qoʻqon davlat universiteti dotsenti, 2Qoʻqon davlat universiteti talabari https://doi.org/10.5281/zenodo.18042435 Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida etibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yyetuk kishi bolib osishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga ozida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir birlariga bolgan ruxiy manaviy tasirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi oqtiradi. Husayn Voiz Koshifiyning uqtirishicha insonni talim tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobilyatini ostirish mumkin. Koshifiy ozining pedagogik qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini ostirish masalasiga alohida etibor beradi. Ota-onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muxit muxim orin tutadi. Bola togri sozli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak. Ilk yoshdagi (0–7 yoshgacha bo‘lgan) bolalarni har tomonlama – jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik va ijtimoiy jihatdan rivojlantirish, ularning shaxsiy fazilatlarini shakllantirish, keyingi bosqichdagi ta’limga puxta tayyorlashdan iborat.Bu yoshdagi tarbiya va ta’lim bolaning butun hayoti davomida asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun bu davrda bolaga beriladigan ta’lim va tarbiya individual yondashuv, sevgi, e’tibor va tushunishga asoslanishi kerak.Ilk yoshdagi bolalarda har tomonlama sog‘lom shaxs shakllanishi uchun zarur bo‘lgan jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik va ijtimoiy tarbiyani ta’minlash, ularni keyingi bosqichdagi ta’lim-tarbiya jarayonlariga psixologik va pedagogik jihatdan tayyorlash.Shaxs - ta'lim tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchisi sifatida qaraladi. Shaxsning kamolga yetishida, jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishida, nasl-irsiyat, ijtimoiy muhit, ta'lim-tarbiya muhim ahamiyatga ega albatta Ilk yoshdagi bolalarda har tomonlama sog‘lom shaxs shakllanishi uchun zarur bo‘lgan jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik va ijtimoiy tarbiyani ta’minlash, ularni keyingi bosqichdagi ta’lim-tarbiya jarayonlariga psixologik va pedagogik jihatdan tayyorlash.Boshqacha aytganda,Ilk yoshdagi ta’lim tarbiyaning maqsadi — bolani: mustaqil fikrlaydigan, sog‘lom turmush tarziga ega, axloqli va odobli, ijodiy fikrlay oladigan, ijtimoiy muhitga moslasha oladigan shaxs sifatida shakllantirishdir. Ilk yoshdagi bolalarga ta'lim tarbiya berishdagi asosiy vazifalar quyidagicha:Bolaning sog'lom o'sishini ta'minlash. Harakat faoliyatini rivojlantirish (yugurish, sakrash, muvozanatni saqlash)Aqliy va nutqiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlash(so'z boyligini oshirish, fikrni ifoda etish)Bilish faoliyatini rivojlantirish (diqqat, xotira, tafakkur)Odob-axloq qoidalarini singdirish (salomlashish, yordam berish, navbat kutish)Do'stlik, hamjihatlik, mehr-oqibat kabi ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantirish.San'at, musiqa, ranglar, shakllarga qiziqishni rivojlantirish. Tasviriy san'at, musiqa, raqs, teatr elementlari orqali estetik didni shakllantirish. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 467 Faoliyat - ta'lim muassasida bolalarga ta'iim berishning asosiy shaklidir. Faoliyat - pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir.Faoliyatda tarbiya vazifalari hal etiladi. Faoliyat bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib ma'lum izchillikda olib boriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta davomida o'tkaziladigan faoliyatlar soni va vaqti belgilab qo'yilgan. Tayyorlov guruhlarida faoliyatlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga qiziquvchanlik, faol ta-fakkur qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, javobgarlik, xissi takomillashtirilib boriladi, ularda mehnat qilish malakasi va xohishi tarbiyalanadi Faoliyat quyidagi turlarga bo'linadi: 1. Bolalarga yangi bilim beruvchi faoliyatlarni o'tkazishdan maqsad - ularni yangi bilimlardan xabardor qilish, tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, voqealar to'g'risidagi bilimlarini aniqlash va kengaytirishdir. Bunday faoliyatlarga yangi obyektni kuzatish, hikoya qilib so'zlab berish va boshqalar kiradi. Mazkur faoliyatlar hamma yosh guruhlarida o'tkaziladi. 2. Bolalarning to'plagan bilim va tajribalarini mustahkamlovchi va sistemaga soluvchi faoliyatlar. Undan ko'zlangan asosiy maqsad idrok etilgan narsalarning anglab olish va dastlabki umumlashtirishga o'rgatishdir. Buning uchun tanish obyekt kuzatiladi, ikki narsa, solishtiriladi (xona o'simliklari, daraxtlar, hayvonlar), didaktik o'yinlar, suhbatlar o'tkaziladi. Bunday faoliyatni o'tkazish orqali tarbiyachi bolalar nimani yaxshi o'zlashtirib olgan-u, nima yaxshi o'zlashtirilmaganini bilib oladi. Tarbiyachi faoliyat jarayonida bolalarning bilimini yangi narsalar - detallar bilan boyitib boradi 3. Bolalarning bilimini sinovchi faoliyatlar. Bunday faoliyatlardan maqsad tarbiyachi bolalar dastur bo'yicha o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim vamalakalarni o'zlashtirib oladilarmi-yo'qmi, shuni bilib oladi va o'zining bo'lajak ish mazmuni, metodini belgilaydi. Faoliyatning tarbiyachi o'z xohishi bilan kvartal, yarim yil va yilning oxirida, shuningdek mudira va metodistning iltimosiga binoan o'tkazishi mumkin. Ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi — har tomonlama yetuk, sog‘lom fikrlaydigan, mustaqil, ijtimoiy faol va axloqli shaxsni shakllantirishdan iborat. Shu sababli, bu jarayonda ota-ona, pedagog va jamiyatning hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Kelajagiga bee'tibor bo'lmagan xalq baxtli va farovon kunlarini uning egalari bo'lmish yosh avlod istiqbolida ko'rgan millat ta'lim-tarbiyaga alohida e'tibor beradi. Mustaqillik yillarida eng avvalo, kelajagimiz egalari bo'lgan barkamol avlod kelajagi, ta'lim va tarbiyasiga mas'ul bo'lgan ustoz va murabbiylik kasbiga e'tibor kuchaydi. Jamiyatimizda bu sharafli va o'z navbatida katta mas'uliyatli bo'lgan kasb egalariga nisbatan cheksiz hurmat va ularga e'tibor ko'rsatish davlat siyosati darajasigacha ko'tarilgan.Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta'lim sharoitida insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasini o'zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat turlarida ro'y beradi.Natijada bola o'zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosabatlari sistemasiga kiradi. Tarbiya va ta'lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo'lgan mazmunni tanlaydi, uning o'zlashtirishiga rahbarlik qiladi. Tarbiyaning o'zgarishi bolaning «eng yaqin rivojlanish zonalari» (L.S. Vigotskiy) bilan bog'liq bo'lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko'nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o'zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo'lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutqni o'zlashtirish; ancha miqdordagi tasawurlarga ega bo'lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlarni o'zlashtirish; buyum asosidagi o'yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va h.k.). Tarbiya va ta'lim eng yaqin REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 468 rivojlanish zonasiga asoslanib, bugungi rivojlanish darajasidan oldinda boradi va bolaning rivojlanishini olg'a harakatlantiradi. Taniqli pedagog A.S. Makarenko pedagogning roli va mas'uliyatini ta'kidlab, shunday yozgan edi: «Tarbiyaviy ta'sirning g'oyat qudratli ta'sir ko'rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo'lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo'lsa, buning uchun u o'z bolaligida tarbiya topganidan qarzdordir» Ta'lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o'zlashtirib olmaydi, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar. Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrof ma'lum bir munosabatning shakllanishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan, kattalarning bolalar bilan bo'ladigan his-tuyg'u, hissiy-predmetli munosabatlaridanoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi. Dastlabki harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi. Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga bog'liq bo'ladi. Bola hayotining ilk yillarida o'zidan kattalar bilan o'rnatadigan munosabati va narsabuyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi bo'ladi.Bundan tashqari, ularning aqliy va amaliy bilimlari yanada ortib boradi.Biroq, amaliyotda ilk yoshdagi bolalar ta'lim tarbiyasini tashkil etishda turli qiyinchiliklar va muammolar uchrab turibdi. Ushbu muammolar ta'lim jarayonining sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatib, bolaning to'laqonli rivojlanishiga to'siq bo'lishi mumkin. Shuning uchun ilk yoshdagi bolalar ta'lim tarbiyasidagi mavjud muammolarni chuqur o'rganish va ularni bartaraf etish bo'yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Ushbu maqolada ilk yoshdagi bolalar ta'lim tarbiyasida uchraydigan asosiy muammolar tahlil qilinadi hamda ularni hal etish yo'llari ko'rib chiqiladi.Ularni quyidagi asosiy yo'nalishlarda ko'rish mumkin: Ota-ona va oilaning roli va bilim darajasi. Malakali pedagoglarning yetishmasligi. Resurslar va moddiy-texnik bazaning zaifligi Sog'liq va xavfsizlik muammolari. Bolalar rivojini individual yondashuvning yetishmasligi Ijtimoiy-iqtisodiy omillar Shu aytish kerakki, mamlakatimiz kelajagi bo'lmish yosh avlodning ta'lim va tarbiyasiga befarq bo'lmaslik jamiyatimizdagi har bir kishining asosiy vazifasidir. Zero, insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyatni yosh avlodga o'rgatish, ulami komillikka yetaklash eng oliy maqsadimiz bo'lsin. Xulosa qilib aytganda: Ilk yoshdagi bolalar ta’limi va tarbiyasi har qanday jamiyatning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Zero, inson shaxsining asosiy jihatlari aynan erta bolalik davrida shakllanadi. Shu bois, mazkur sohani to‘g‘ri va samarali tashkil etish — nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodning ijtimoiy, aqliy va ma’naviy kamoloti uchun poydevor yaratishdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi Toshkent-2022. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori "O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi". REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 469 3. Esonova Maloxatxon Akilovna Maktabgacha pedagogika. Oquv qollanma. Toshkent-2022. 4. Nazirova Guzal Malikovna and Mamadjanova Muyassar Nurmatovna. "Basic principles of technology for teaching methodological subjects in preschool education." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071 11.12 (2022): 415-417. 5. Achilova S. Pedagogical opportunities for the upbringing of physical qualities by purposeful development of action potential in preschool children // International Journal of Social Sciences & Interdisciplinary Researc. Vol.11. Date of publication: 04.04.2022, – P.134-143.(IF 7.429). 6. Esanova Malohat MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARGA YO’NALTIRISH USULLARI Actual Problems in Higher Education in the Era of Globalization … 7. Esonova Maloxat MAKTABGACHA 6-7 YOSHLI BOLALARNI O'QITISHDA MATEMATIK BILIMLAR BERISH Actual Problems in Higher Education in the Era of Globalization … 8. Esonova Malohat MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MATEMATIK RIVOJLANISHINING MILLIY VA XORIJIY KONSEPSIYALARI Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects (Spain) 2 … 9. Эсонова М. А.ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ РЕЧИ ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА Экономика и социум, 1086-1089 10. Sultonova N.A., O`zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning kelajak istiqbollari. International Scientific and Practical Conference, 2023/11/30., 4-7. https://www.conferenceseries.info/index.php/education 11. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Kadyrova Nasibakhon., Impact of the Internet in the Conditions of Global Processes on Spirituality and Health of Youth., INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION., 2022/12/29., 1/6. p165168